{"id":40246,"date":"2025-02-13T09:21:29","date_gmt":"2025-02-13T04:21:29","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=40246"},"modified":"2025-02-10T15:53:19","modified_gmt":"2025-02-10T10:53:19","slug":"hijrat-o%ca%bbzi-nima-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40246&lang=oz","title":{"rendered":"HIJRAT O\u02bbZI NIMA?"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cHijrat\u201d so\u02bbzi lug\u02bbatda \u201ctark etmoq\u201d ma\u02bcnosini anglatadi. Shar\u02bciy istilohda esa, musulmon odamning joni va dinini asrash uchun vatanini tark etishi tushuniladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriyning \u201cSahihul Buxoriy\u201d asaridagi birinchi hadisda bu ma\u02bcno ochiq ifodalangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0Umar ibn Xattobdan rivoyat qilinadi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0\u201cMen Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bunday deganlarini eshitdim: <strong><em>\u201cAlbatta, amallar niyatlarga bog\u02bbliqdir va har bir kishi uchun niyat qilgan narsasi bo\u02bbladi. Bas, kimning hijrati Alloh va Rasuliga bo\u02bblsa, uning hijrati Alloh va Rasuliga bo\u02bblgan hisoblanadi. Kimning hijrati molu dunyoga bo\u02bblsa, unga erishadi yoki biror ayolga bo\u02bblsa, unga uylanadi. Uning hijrati hijrat qilgan narsasiga bo\u02bbladi\u201d.<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hijrat muqaddas islomiy tushunchalardan ekanini bayon qilish bilan birga, Makkadan Madinaga hijrat qilgan musulmonlarni har bir ishda niyatni yaxshi qilish va Allohning rizosini istash zarur ekaniga da\u02bcvat qilganlar. Ammo Makka fath etilgandan keyin Rasulullohsollallohu alayhi vasallam musulmonlarni u yerdan hijrat qilishini man etganlar. Bu Sahihul Buxoriyda kelgan quyidagi hadisda o\u02bbz ifodasini topgan:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Abbosdan rivoyat qilinadi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallam: <strong><em>\u201cFathdan so\u02bbng hijrat yo\u02bbqdir&#8230;\u201d, <\/em><\/strong>dedilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur hadis Makka to\u02bbg\u02bbrisida aytilgan bo\u02bblsa-da, shaharning fath etilgani undan hijrat qilish joiz emasligiga sabab bo\u02bblgani uchun ushbu hukm barcha fath etilgan diyorlarga tegishli hisoblanadi. Demak, qaysi diyor bir marta fath etilgan bo\u02bblsa, undan hijrat qilish mumkin emas. Ammo yuqorida ta\u02bckidlanganidek, kofirlar tomonidan ishg\u02bbol qilinib, musulmonlarning joni va diniga xavf tug\u02bbilgan diyorda hijrat hukmi yangidan joriy bo\u02bbladi. Chunki hijratdan ko\u02bbzlangan asl maqsad musulmonning joni va dinini saqlab qolishdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0Davlat rahbari musulmonlardan bo\u02bblgan va musulmonlar emin-erkin ibodat qila oladigan diyordan kamchilik topishga urinib, odamlarni hijrat qilishga chaqirish fitnaning ayni o\u02bbzidir. Chunki bundan ko\u02bbzlangan asl maqsad hijrat emas, balki yoshlarni har xil urushlarga jalb etishdir. Buni ularning gapiga aldanib, ko\u02bbp yillar begona yurtlarda sarson bo\u02bblib, oxir- oqibat Allohning marhamati bilan vataniga qaytib kelishga muyassar bo\u02bblgan musulmonlar misolida bilib olish mumkin. O\u02bbtgan davr mobaynida adashgan toifalarning ko\u02bbrsatmasiga amal qilganlar biror islom diyorida tinch va farovon hayot kechirgani kuzatilmadi. Mazkur holatlar O\u02bbzbekiston musulmonlar uchun eng bexavotir joy ekanini ko\u02bbrsatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qolaversa, hijratdan to\u02bbsadigan omillar uning soqit bo\u02bblishini ta\u02bcminlaydi. Masalan, hijrat qilish uchun moddiy imkoniyati bo\u02bblmaslik, keksalik yoki yoshlik kabi omillar hijratning soqit bo\u02bblishiga sabab bo\u02bbladi. Alloh taolo buni Qur\u02bconi karimda quyidagicha bayon qilgan:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cFarishtalar o\u02bbziga zulm qilgan kimsalarni vafot ettirayotganda: \u201c<\/strong>(Dunyoda) <strong>qanday holda edingiz?\u201d deydi. Ular: \u201cBiz Yerda kuchsiz edik\u201d, deydi. <\/strong>(Farishtalar:)<strong> \u201cAllohning Yeri keng emasmidiki, unda hijrat qilsangiz?!\u201d deydi. Ana o\u02bbshalarning joyi do\u02bbzaxdir. U juda ham yomon joydir. Lekin erkak, ayol va bolalardan chorasiz bo\u02bblgan va yo\u02bbl topa olmaydigan zaiflari bundan mustasnodir. Alloh ularni afv qiladi. Alloh afv qiluvchi va mag\u02bbfiratli Zotdir\u201d. <\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu oyatda Alloh taologa toat-ibodat qilishdan to\u02bbsilganini bahona qilib, U Zotga ibodat qilmaganlar qoralanmoqda. Chunki ular boshqa yerga borib, emin-erkin ibodat qilish imkoniyatiga ega edi. Oyatning davomida qari, bemor, ayol va yosh bolaga hijrat vojib bo\u02bblmasligi ochiq bayon etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hijratdan to\u02bbsadigan omillardan yana biri ota-ona bo\u02bblib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularni yolg\u02bbiz tashlab ketishdan qaytarganlar. Imom Buxoriy \u201cAl-adab al-mufrad\u201d asarida bunday keltirgan:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abdulloh ibn Amrdan rivoyat qilinadi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cBir kishi ota-onasini yig\u02bblatib, hijrat qilishga ahdu paymon qilish uchun Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga keldi. U zot sollallohu alayhi vasallam: <strong><em>\u201cUlarning oldiga qaytib borgin-da, qanday yig\u02bblatgan bo\u02bblsang, shunday kuldir!\u201d<\/em><\/strong> dedilar\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ota-onasini tashlab ketish joiz emasligi haqida kelgan hadislar juda ko\u02bbp bo\u02bblib, ularning ba\u02bczisida ota-onaga xizmat qilish jihoddan ham afzal ekani ochiq ifodalangan. Imom Buxoriy \u201cSahihul Buxoriy\u201d asarida \u201cOta-onasining iznisiz jihod qilmaydi\u201d degan alohida bob ajratib, unda quyidagi hadisni keltirgan:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abdulloh ibn Amrdan rivoyat qilinadi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cBir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamga: \u201cJihodga chiqaman\u201d, dedi. U zot: <strong><em>\u201cOta-onang bormi?\u201d<\/em><\/strong> deb so\u02bbradilar. U: \u201cHa\u201d, dedi. <strong><em>\u201cUnday bo\u02bblsa, ular <\/em><\/strong>(xizmati)<strong><em>da jihod qil!\u201d<\/em><\/strong> dedilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0 Mazkur hadisda ota-onaga xizmat qilish jihoddan afzal va savobliroq ekaniga dalil bor. U zot \u201cota-onang musulmonmi?\u201d deb so\u02bbramadilar. Demak, bu masalada ota-onaning musulmon yoki kofirligining ahamiyati yo\u02bbq.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0 Abu Amr Shayboniy Abdulloh (ibn Mas\u02bcud)ning hovlisiga ishora qilib: \u201cBizga mana shu hovlining egasi bunday xabar berdi\u201d, dedi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0 \u201cMen Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan: \u201cQaysi amal Allohga suyukliroq?\u201d deb so\u02bbradim. U zot: <strong><em>\u201cVaqtida o\u02bbqilgan namoz\u201d,<\/em><\/strong> dedilar. Men: \u201cUndan keyin qaysi?\u201d dedim. U zot: <strong><em>\u201cOta-onaga yaxshilik qilish\u201d,<\/em><\/strong> dedilar. Men: \u201cUndan keyin qaysi?\u201d dedim. U zot: <strong><em>\u201cAlloh yo\u02bblida jihod qilish\u201d,<\/em><\/strong> dedilar. Abdulloh aytadi: \u201cU zot bularni menga aytdilar. Agar yana so\u02bbrasam, javob beraverar edilar\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0 Hadisda ota-onaga yaxshilik qilish jihoddan oldin qo\u02bbyilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0 Ota-onaga xizmat qilish jihoddan afzal ekaniga Qur\u02bconi karimda ham dalil bor.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0 Alloh taolo: <strong>\u201cRobbing O\u02bbzidan boshqaga ibodat qilmasligingizni \u00a0va ota-onaga yaxshilik qilishni hukm qildi\u201d,<\/strong> degan. Bu namozdan keyin eng afzal va savobli amal ota-onaga yaxshilik qilish ekaniga yaqqol dalildir. Chunki oyatda Allohga ibodat qilishdan keyingi o\u02bbrinda ota-onaga yaxshilik qilish zikr etilgan. Xullas, hamma dalillar jamlansa, ota-onaning iznisiz hijrat qilish va jihodga chiqish joiz emasligi ma\u02bclum bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0 Adashgan toifalar sirlari fosh bo\u02bblib qolishidan qo\u02bbrqib, bu kabi qat\u02bciy va muttafaqun alayh dalillarni biror marta tilga olmaydi. Bu ularning kitob-u sunnatdan o\u02bbzining g\u02bbarazli maqsadida foydalanayotganini ko\u02bbrsatadi. Ular yoshlarning ilmsizligidan foydalanib, oyat va hadislarni o\u02bbzlari xohlagancha talqin qilmoqda. Masalan, ulardan biri: \u201cIbrohim alayhissalom otasi kofir bo\u02bblgani uchun uni tashlab ketgan. Siz ham ota-onangizni tashlab, hijrat qiling!\u201d deydi. Ming afsuski, unga ergashganlardan birortasi: \u201cIbrohim alayhissalom haqidagi qissalarda bunday ma\u02bcno yo\u02bbq. Balki Ibrohim alayhissalom otasiga juda mehribon bo\u02bblgan. Bir oyatda otasi Ozar uni toshbo\u02bbron qilib o\u02bbldirmoqchi bo\u02bblgani va uydan haydab chiqarganidan keyin noiloj otasini tark etgani, shunda ham otasiga salomatlik tilab, unga istig\u02bbfor aytishini ma\u02bclum qilgani aks etgan bo\u02bblsa, boshqa oyatda Ibrohim alayhissalom otasining kofir holda o\u02bblganini bilgandan keyin unga istig\u02bbfor aytishni to\u02bbxtatgani, Ibrohim alayhissalom juda ko\u02bbp duo qiluvchi va mehribon kishi bo\u02bblgani bayon qilingan\u201d, deyishga ilmi yetmaydi. Yoki ulardan birortasi: \u201cBizning ota-onamiz kofir emas. \u201cAllohdan o\u02bbzga iloh yo\u02bbq va Muhammad uning elchisidir\u201d degan odamni kofir deyishga nima haqqingiz bor? Yoki bu toyyib kalimani aytgan odam musulmon hisoblanishi haqidagi hadislarni inkor qilasizmi?!\u201d deya olmaydi. Shayxlari: \u201cUlar namoz o\u02bbqimagani uchun kofir\u201d, desa, birortasi: \u201cUlarning ko\u02bbpchiligi namozxon. Ba\u02bczilari namoz o\u02bbqimasa-da, namoz o\u02bbqishni niyat qiladi. Ular namozning farzligini inkor qilmaydi\u201d, deb javob berishdan ojiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0Xulosa o\u02bbrnida aytish mumkinki, yoshlarimiz adashgan toifalarning ustki ko\u02bbrinishiga uchishni tark qilib, ishonchli olimlarning aniq dalillariga quloq solmas ekan, hech qachon zalolat botqog\u02bbidan chiqa olmaydi. O\u02bbzi, ota-onasi va musulmonlar jamiyatini xavf ostida qoldirishda davom etadi. Savobga erishish o\u02bbrniga gunohga botadi. Alloh taolo zalolat yo\u02bbliga bilmasdan kirib qolgan birodarlarimizni O\u02bbz fazlu marhamati bilan to\u02bbg\u02bbri yo\u02bblga hidoyat qilsin!<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>OBID XURSANDOV, <\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot <\/strong><strong>markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u201cHijrat\u201d so\u02bbzi lug\u02bbatda \u201ctark etmoq\u201d ma\u02bcnosini anglatadi. Shar\u02bciy istilohda esa, musulmon odamning joni va dinini asrash uchun vatanini tark etishi tushuniladi. Imom Buxoriyning \u201cSahihul Buxoriy\u201d asaridagi birinchi hadisda bu ma\u02bcno ochiq ifodalangan. \u00a0Umar ibn Xattobdan rivoyat qilinadi: \u00a0\u201cMen Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bunday deganlarini eshitdim: \u201cAlbatta, amallar niyatlarga bog\u02bbliqdir va har bir kishi uchun niyat &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":36724,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[2449,639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>HIJRAT O\u02bbZI NIMA? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"HIJRAT O\u02bbZI NIMA?\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40246&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"HIJRAT O\u02bbZI NIMA? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"HIJRAT O\u02bbZI NIMA?\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40246&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2025-02-13T04:21:29+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2025-02-10T10:53:19+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/08\/hijratuzi.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"457\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"5 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40246&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40246&lang=oz\",\"name\":\"HIJRAT O\u02bbZI NIMA? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40246&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40246&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/08\/hijratuzi.jpg\",\"datePublished\":\"2025-02-13T04:21:29+00:00\",\"dateModified\":\"2025-02-10T10:53:19+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"HIJRAT O\u02bbZI NIMA?\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40246&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40246&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40246&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/08\/hijratuzi.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/08\/hijratuzi.jpg\",\"width\":660,\"height\":457},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40246&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"HIJRAT O\u02bbZI NIMA?\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"HIJRAT O\u02bbZI NIMA? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"HIJRAT O\u02bbZI NIMA?","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40246&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"HIJRAT O\u02bbZI NIMA? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"HIJRAT O\u02bbZI NIMA?","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40246&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2025-02-13T04:21:29+00:00","article_modified_time":"2025-02-10T10:53:19+00:00","og_image":[{"width":660,"height":457,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/08\/hijratuzi.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"5 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40246&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40246&lang=oz","name":"HIJRAT O\u02bbZI NIMA? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40246&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40246&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/08\/hijratuzi.jpg","datePublished":"2025-02-13T04:21:29+00:00","dateModified":"2025-02-10T10:53:19+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"HIJRAT O\u02bbZI NIMA?","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40246&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=40246&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40246&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/08\/hijratuzi.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/08\/hijratuzi.jpg","width":660,"height":457},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40246&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"HIJRAT O\u02bbZI NIMA?"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/40246"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=40246"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/40246\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":40247,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/40246\/revisions\/40247"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/36724"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=40246"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=40246"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=40246"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}