{"id":40241,"date":"2025-02-14T09:42:04","date_gmt":"2025-02-14T04:42:04","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=40241"},"modified":"2025-02-10T15:43:32","modified_gmt":"2025-02-10T10:43:32","slug":"islom-terrorizm-va-ekstremizmni-qoralaydi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40241&lang=oz","title":{"rendered":"ISLOM TERRORIZM VA EKSTREMIZMNI QORALAYDI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ayni vaqtda butun olamning tinchini buzayotgan eng asosiy illatlar boshida ekologiya ham, viruslar ham, iqtisodiy bo\u02bbhronlar ham emas, balki terrorizm va ekstremizm turadi. Shu sababli ko\u02bbplab begunoh insonlar qoni to\u02bbkilib, odamlar hayotdan bevaqt ko\u02bbz yummoqda, yurtlar vayronaga aylanib, minglab insonlar boshpanasidan mahrum bo\u02bblmoqda. Insoniyatning baxtli kelajagi, Yer yuzini obod etish uchun xizmat qilishi kerak bo\u02bblgan behisob mol-davlat ana shu terrorizmning salbiy oqibatlarini bartaraf qilish uchun sarflanayotgani yana ham achinarli. Terrorizmdan eng ko\u02bbp zarar ko\u02bbrayotgan islom va musulmonlar bugun o\u02bbsha nokas kimsalarning kasriga qolib, yomonotliq bo\u02bblayotgani esa chidab bo\u02bblmas adolatsizlikdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom \u2013 olamshumul din, Muhammad alayhissalom esa butun insoniyatga yuborilgan payg\u02bbambardirlar. Alloh taolo bunday degan: <strong>\u201c<\/strong>(Ey Muhammad!)<strong> Biz Sizni, haqiqatan, barcha odamlarga xushxabar beruvchi va ogohlantiruvchi bo\u02bblgan holingizda <\/strong>(payg\u02bbambar qilib)<strong> yubordik\u201d<\/strong><a href=\"#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a>. Musulmonlarning vazifasi ana shu olamshumul dinni \u2013 millatlar va elatlarning xilma-xilligini tabiiy voqelik deb qabul qilgan holda \u2013 dunyodagi barcha xalqlar va turli madaniyat vakillariga yetkazish, uning sof va tub tamoyillarini ko\u02bbrsatib berishdan iborat. Shuning uchun Haq taolo: <strong>\u201cRabbingiz xohlaganida, <\/strong>(barcha)<strong> odamlarni bir ummat <\/strong>(bir dinga tobe)<strong> qilgan bo\u02bblur edi. <\/strong>(Ular)<strong> mudom turlicha <\/strong>(har xil e\u02bctiqodda)<strong> bo\u02bblib boraveradilar. Bundan Rabbingiz rahm qilgan kishilargina mustasnodirlar. Ularni shuning uchun yaratgandir\u201d<\/strong><a href=\"#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a>, deb, shu rang-baranglikka diqqatimizni qaratadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ha, Qodir Parvardigor odamlarni xilma-xil e\u02bctiqodda yaratgan va bu borliqning qonunidir. Musulmonning vazifasi Yaratganning ana shu xohish-irodasiga bo\u02bbysunib, insonlar bilan eng yaxshi suhbat va muomala asosida muloqotda bo\u02bblishdir. Shuning uchun ham Alloh taolo Qur\u02bconi karimda butun insoniyatga xitob qilib: <strong>\u201cDarhaqiqat, <\/strong>(Biz)<strong> Odam farzandlarini <\/strong>(aziz va)<strong> mukarram qildik\u201d<\/strong><a href=\"#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a>, degan. E\u02bctibor bersak, bu xitob alohida bir din vakillariga qaratilmagan. Bundan kelib chiqadiki, islom dini jinsi, irqi, millati yo dinidan qat\u02bci nazar, har bir insonga hurmat-ehtirom bilan qaraydi. Alloh taolo insonlar orasidagi mazkur xilma-xillikni ular o\u02bbzaro tanishishi, Yerni obod qilishdek buyuk maqsadni amalga oshirish yo\u02bblida bir-birining tajribasidan foydalanishi, hamkorlik qilishi uchun yaratgan. Bu haqda Uning O\u02bbzi bunday deydi: <strong>\u201cEy insonlar! Darhaqiqat, Biz sizlarni bir erkak <\/strong>(Odam)<strong> va bir ayol <\/strong>(Havvo)<strong>dan yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanishishingiz uchun sizlarni <\/strong>(turli-tuman)<strong> xalqlar va qabila <\/strong>(elat)<strong>lar qilib qo\u02bbydik. Albatta, Alloh nazdida <\/strong>(eng azizu)<strong> mukarramrog\u02bbingiz taqvodorrog\u02bbingizdir. Albatta, Alloh o\u02bbta biluvchi va xabardor zotdir\u201d<\/strong><a href=\"#_ftn4\" name=\"_ftnref4\">[4]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ekstremizm terrorizmning darvozasidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Siyosatchi va sharhlovchilar islom bilan bog\u02bblaydigan ekstremizmni ulamolar ikkiga ajratadi. Birinchisi dindan yiroq ekstremizm bo\u02bblib, uning maqsadi dinni odamlar qalbi va aqlidan uzoqlatish, shaxsiy va ijtimoiy hayotda dinning ta\u02bcsirini kamaytirishdan iborat. Ikkinchisi dinni anglashda yuzaga keladigan ekstremizm bo\u02bblib, bunga ahkomu arkonlar, tamoyil va tushunchalarni noto\u02bbg\u02bbri va radikal tarzda tushunish (aniqrog\u02bbi, tushuntirish, omi insonlar miyasiga quyish) sabab bo\u02bbladi. Islom dini ekstremizmning bu ikki ko\u02bbrinishini ham rad qiladi va ulardan qaytaradi. Qaytarganda ham, qattiq tanbeh bergan va oqibatidan ogohlantirgan holda qaytaradi. Ekstremistlarni musulmonlarning yo\u02bbllaridan yurmaydigan va maslaklarini tutmaydigan kimsalar deb hisoblaydi. Chunki ba\u02bczilari sunnatlardan yuz o\u02bbgirib, farz amallarga qattiq kirishib ketgan bo\u02bbladi, boshqalari yana o\u02bbzgacha xurmacha qiliqlar orttirgan bo\u02bbladi. Vaholanki, farz faqat sunnat bilan komil bo\u02bblishini yaxshi biladi, lekin parokandalik keltirib chiqarish, fitna qo\u02bbzg\u02bbash, jaholat urug\u02bbini yoyish uchun xunrezlik va g\u02bbarazgo\u02bbylik yo\u02bblidan yuradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bir necha musulmonlar Oisha roziyallohu anhodan Payg\u02bbambar sollallohu alayhi vasallamning ibodatlari haqida so\u02bbraganda, uning javobini eshitib, buni oz sanaydi va: \u201cBiz qayoqda-yu, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qayoqda? Alloh u zotning avvalgi va oxirgi gunohlarini kechirgan bo\u02bblsa\u201d, deydi. Keyin ulardan biri: \u201cAmmo men tuni bilan uxlamasdan ibodat qilib chiqaman\u201d, deydi. Ikkinchisi: \u201cMen esa, yil bo\u02bbyi ro\u02bbza tutaman va biror kun ham ochiq og\u02bbiz yurmayman\u201d, deydi. Uchinchisi: \u201cMen ayollardan uzoqda bo\u02bblaman va uylanmay yashayapman\u201d, deydi. Ularning gap-so\u02bbzlari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning quloqlariga yetib borgach, u zot bunday deydilar: <strong><em>\u201cAmmo men namoz o\u02bbqiyman va uxlayman ham. Ro\u02bbza ham tutaman va ochiq og\u02bbiz ham yuraman. Ayollarga uylanaman ham. Shunday ekan, kim mening sunnatimdan yuz o\u02bbgiradigan bo\u02bblsa, men<\/em><\/strong><em>(ing ummatim)<strong>dan emasdir\u201d<\/strong><\/em><a href=\"#_ftn5\" name=\"_ftnref5\">[5]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Binobarin, odamlarni din ishida yengildan qiyinga, to\u02bbkinlikdan tanglikka, soddadan murakkabga boshlaydigan har qanday odam radikal va ekstremist bo\u02bblib, Allohning ta\u02bclimotiga qattiq qarshi chiqadigan kishidir, deb aytish mumkin ekan. Chunki ekstremist \u2013 Qodir Parvardigor: <strong>\u201cAlloh sizlarga yengillik istaydi, og\u02bbirlik xohlamaydi\u201d<\/strong><a href=\"#_ftn6\" name=\"_ftnref6\">[6]<\/a>, deb qo\u02bbygani holda insonlarni Haq taolo ato etgan yengillikdan mashaqqatga chaqiradigan kishidir. Shunisi ayanchliki, ekstremistlar dinimizdagi barqaror hukmlarga, muqaddas diniy qadriyatlarimizga hujum qilish uchun payt poylab yuradi. Kitob va maqolalari bilan odamlarni mo\u02bbtadillikdan tanglikka chaqiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Terrorchilar esa o\u02bbziga tobe bo\u02bblganlarni aldaydi, chalkashtiradi. O\u02bbzining buzg\u02bbunchilik harakatlari va jinoyatlarini dinga bog\u02bblab, oq qilib ko\u02bbrsatishga urinadi. O\u02bbzini din himoyachisi, tayanchi, madadkori sifatida namoyon etishga harakat qiladi. Ya\u02bcni pok dinning nomini sotib ish qiladi. Uning mohiyati va muborak suratini buzib talqin qiladi. Ammo biz bilamizki, din, jon, aql, sha\u02bcn, nasab yoki mol-mulkka tajovuz bo\u02bbladigan har qanday xatti-harakat terrorchilik hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Terrorchilar musulmonlarni o\u02bbldiradi. Yoshu qarini, erkagu ayolni, kattayu kichikni ajratib o\u02bbtirmaydi. Butun Yer yuzida buzg\u02bbunchilik qiladi. Alloh taolo: <strong>\u201cBiror jonni o\u02bbldirmagan yoki Yerda<\/strong> (buzg\u02bbunchilik va qaroqchilik kabi) <strong>fasod ishlarni qilmagan insonni o\u02bbldirgan kimsa xuddi butun insoniyatni o\u02bbldirgan kabidir\u201d<\/strong><a href=\"#_ftn7\" name=\"_ftnref7\">[7]<\/a>; <strong>\u201cKim bir mo\u02bbminni o\u02bbldirsa, uning jazosi jahannamda abadiy qolishdir\u201d<\/strong><a href=\"#_ftn8\" name=\"_ftnref8\">[8]<\/a><strong>, <\/strong>degan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: <strong><em>\u201cQasamki, Allohning nazdida dunyoning zavolga yuz tutishi bir musulmon kishining o\u02bbldirilishidan ko\u02bbra yengilroqdir\u201d<\/em><\/strong><a href=\"#_ftn9\" name=\"_ftnref9\">[9]<\/a>, deganlar. Yana: <strong><em>\u201cMendan so\u02bbng bir-biringizning bo\u02bbyningizga qilich soladigan kofir bo\u02bblib ketmangiz\u201d<\/em><\/strong><a href=\"#_ftn10\" name=\"_ftnref10\">[10]<\/a>, deb nasihat qilganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Terrorchilar odamlarni azoblab, qafaslangan holda suvga cho\u02bbktirib, tiriklayin o\u02bbtda yoqib, xursand bo\u02bbladi. Kelishuv va bitimlarni hurmat qilmaydi. Jangu jadalga umuman aloqasi bo\u02bblmagan tinch aholi vakillariga ham tajovuz qiladi. Payg\u02bbambar sollallohu alayhi vasallamning: <strong><em>\u201cKim bir ahdlashgan jonni o\u02bbldirsa, jannatning hidini ham hidlay olmaydi. Holbuki, uning hidi qirq yillik masofadan kelib turadi\u201d<\/em><\/strong><a href=\"#_ftn11\" name=\"_ftnref11\">[11]<\/a>, degan so\u02bbzlariga rioya qilmaydi. Terrorchilar Allohning uylari hisoblanmish masjidlarni portlatib, ibodat qilib turgan mo\u02bbmin-musulmonlarni ham o\u02bbldirib yuboraveradi. Bu faqat shuni bildiradiki, ular islomning asl ta\u02bclimoti va muqaddas ahkomlaridan chetlashib ketgan kimsalardir. Ular na musulmonlarning va na masjidlarning hurmatini joyiga qo\u02bbyadi. O\u02bbta berahm, o\u02bbta beshafqat (vaholanki, Nabiy sollallohu alayhi vasallam: <strong><em>\u201cRahm qilmaganga rahm qilinmaydi\u201d<\/em><\/strong> <a href=\"#_ftn12\" name=\"_ftnref12\">[12]<\/a>, deganlar). Na begunoh qonni, na o\u02bbzgalarning mol-mulkini e\u02bctiborga oladi. Aslida islom dini uy va masjidlar nari tursin, hatto g\u02bbayridinlarning ibodatxonalariga ham teginmaslikni buyuradi. Bu haqda Payg\u02bbambar alayhissalom: <strong><em>\u201cBolalarni hamda o\u02bbz ibodatxonalarida ibodat qilib turganlarni o\u02bbldirmangiz\u201d<\/em><\/strong><a href=\"#_ftn13\" name=\"_ftnref13\">[13]<\/a>, deganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xo\u02bbsh, unda ekstremistik va terrorchi tashkilotlarga a\u02bczolikning hukmi qanday bo\u02bbladi?<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Begunoh insonlarning qonini to\u02bbkish, arzimas vajlar va botil da\u02bcvolar bilan musulmonlarni kofirga chiqarish, insonlarning sha\u02bcnini yerga urish, mol-mulkini o\u02bbzlashtirib olishni halol hisoblashga chaqiradigan har qanday ekstremistik va terrorchi tashkilotga a\u02bczo bo\u02bblish islom nuqtayi nazardan haromdir! Chunki bunday ishlar islomning oliyjanoblik, bag\u02bbrikenglik va insonparvarlik tamoyillariga mutlaqo zid. Ana shunday tashkilotlarga a\u02bczo bo\u02bblib kirgan kimsalar Alloh va Uning Rasuliga osiylik qilgan, haq yo\u02bbldan og\u02bbishgan, ochiq-oydin zalolatga ketgan bo\u02bbladi. Bunday to\u02bbdalarga qo\u02bbshilganlar oxir-oqibat muqarrar ziyonga uchraydi, uzoq yashamaydi, halovat topmaydi, ikki dunyosini o\u02bbz qo\u02bbli bilan kuydiradi, tezda halokatga yo\u02bbliqib, johiliyat davridagi tuban insonlar kabi jirkanchli tarzda vafot topadi. Chunki Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Payg\u02bbambar alayhissalom: <strong><em>\u201cKim tarafkashlikka chaqirgan yoki unga yordam bergan holda o\u02bbldirilsa, johiliyat o\u02bblimini topibdi\u201d<\/em><\/strong><a href=\"#_ftn14\" name=\"_ftnref14\">[14]<\/a>, deganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Terrorchilar tomonida turib qurolli nizolarda ishtirok etish yoki ularni moddiy-ma\u02bcnaviy qo\u02bbllab-quvvatlash diniy nuqtayi nazardan haromdir. Bunday ishlarga qo\u02bbl urgan kishi mavhum bayroq ostida jang qilgan, o\u02bbzgalar mulkini o\u02bbzlashtirib olish, insonlar sha\u02bcnini toptash va begunoh insonlar qonini to\u02bbkishga tashna bo\u02bblgan terrorchi va jinoyatchi hisoblanadi. <strong>\u201cKim bir mo\u02bbminni o\u02bbldirsa, uning jazosi jahannam bo\u02bblib, o\u02bbsha joyda abadiy qolajak. Alloh unday kimsaga g\u02bbazab qilgan, la\u02bcnatlagan va uning uchun ulug\u02bb azobni tayyorlab qo\u02bbygandir\u201d<\/strong><a href=\"#_ftn15\" name=\"_ftnref15\">[15]<\/a> oyati hamda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: <strong><em>\u201cAlbatta, bir-biringizning qoningiz, molingiz, obro\u02bbyingizga daxl qilmoq xuddi shu bugun<\/em><\/strong> (Qurbon hayiti kuni nazarda tutilgan) <strong><em>shu oyda shu shahar<\/em><\/strong> (Makka)<strong><em>da<\/em><\/strong> (boshqa jinoyatlar qilish harom bo\u02bblgani kabi) <strong><em>haromdir!\u201d<\/em><\/strong> <a href=\"#_ftn16\" name=\"_ftnref16\">[16]<\/a> degan so\u02bbzlari bu ta\u02bckidning dalil-isbotlaridir. Bas, bir musulmonni o\u02bbldirgan kishi gunohlarning eng kattasiga qo\u02bbl urgan bo\u02bbladi. Zero, Payg\u02bbambar alayhissalom: <strong><em>\u201cGunohi kabiralar orasida eng kattasi \u2013 Allohga shirk keltirish, jon <\/em><\/strong>(egasi)<strong><em>ni o\u02bbldirish, ota-onaga oq bo\u02bblish va yolg\u02bbon guvohlik berishdir\u201d<\/em><\/strong><a href=\"#_ftn17\" name=\"_ftnref17\">[17]<\/a>, deganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yuqorida aytilganlardan xulosa chiqargan holda mehr-oqibat, insonparvarlik, bag\u02bbrikenglik, ilm-ma\u02bcrifat dini bo\u02bblmish islomni o\u02bbz g\u02bbarazli niyatlarini amalga oshirish uchun niqob qilib olgan har qanday shaxs va guruhga, ular ilgari suradigan botil va asossiz da\u02bcvolarga qarshi barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib birlashmog\u02bbimiz lozim. Bu jipslashish, avvalo, bag\u02bbrida dinimiz buyurgan barcha arkonlar va amallarni emin-erkin ado etib kelayotgan shu aziz yurtning ravnaqi, shu hur Vatanda istiqomat qilib kelayotgan insonlarning saodati uchun ham ruhan, ham jisman kurashga o\u02bbz hissamizni qo\u02bbshishimizda namoyon bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"#_ftnref1\" name=\"_ftn1\"><\/a><span style=\"font-size: 12pt;\">1 Saba\u02bc surasi, 28-oyat.<\/span><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref2\" name=\"_ftn2\"><\/a>2 Hud surasi, 118-119 oyatlar.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref3\" name=\"_ftn3\"><\/a>3 Isro surasi, 70-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref4\" name=\"_ftn4\"><\/a>4 Hujurot surasi, 13-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref5\" name=\"_ftn5\"><\/a>5 Muttafaqun alayh.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref6\" name=\"_ftn6\"><\/a>6 Baqara surasi, 185-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref7\" name=\"_ftn7\"><\/a>7 Moida surasi, 32-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref8\" name=\"_ftn8\"><\/a>8 Niso surasi, 93-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref9\" name=\"_ftn9\"><\/a>9 Termiziy rivoyati.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref10\" name=\"_ftn10\"><\/a>10 Muttafaqun alayh.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref11\" name=\"_ftn11\"><\/a>11 Imom Buxoriy rivoyati.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref12\" name=\"_ftn12\"><\/a>12 Imom Buxoriy rivoyati.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref13\" name=\"_ftn13\"><\/a>13 Imom Ahmad rivoyati.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref14\" name=\"_ftn14\"><\/a>14 Imom Muslim rivoyati.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref15\" name=\"_ftn15\"><\/a>15 Imom Muslim rivoyati.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref16\" name=\"_ftn16\"><\/a>16 Muslim rivoyati.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref17\" name=\"_ftn17\"><\/a>17 Buxoriy rivoyati.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alouddin NEMATOV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ayni vaqtda butun olamning tinchini buzayotgan eng asosiy illatlar boshida ekologiya ham, viruslar ham, iqtisodiy bo\u02bbhronlar ham emas, balki terrorizm va ekstremizm turadi. Shu sababli ko\u02bbplab begunoh insonlar qoni to\u02bbkilib, odamlar hayotdan bevaqt ko\u02bbz yummoqda, yurtlar vayronaga aylanib, minglab insonlar boshpanasidan mahrum bo\u02bblmoqda. Insoniyatning baxtli kelajagi, Yer yuzini obod etish uchun xizmat qilishi kerak bo\u02bblgan &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":40242,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[2449,639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>ISLOM TERRORIZM VA EKSTREMIZMNI QORALAYDI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"ISLOM TERRORIZM VA EKSTREMIZMNI QORALAYDI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40241&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"ISLOM TERRORIZM VA EKSTREMIZMNI QORALAYDI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"ISLOM TERRORIZM VA EKSTREMIZMNI QORALAYDI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40241&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2025-02-14T04:42:04+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2025-02-10T10:43:32+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/terrorizm140225.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"440\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"7 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40241&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40241&lang=oz\",\"name\":\"ISLOM TERRORIZM VA EKSTREMIZMNI QORALAYDI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40241&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40241&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/terrorizm140225.jpg\",\"datePublished\":\"2025-02-14T04:42:04+00:00\",\"dateModified\":\"2025-02-10T10:43:32+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"ISLOM TERRORIZM VA EKSTREMIZMNI QORALAYDI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40241&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40241&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40241&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/terrorizm140225.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/terrorizm140225.jpg\",\"width\":660,\"height\":440},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40241&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"ISLOM TERRORIZM VA EKSTREMIZMNI QORALAYDI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"ISLOM TERRORIZM VA EKSTREMIZMNI QORALAYDI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"ISLOM TERRORIZM VA EKSTREMIZMNI QORALAYDI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40241&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"ISLOM TERRORIZM VA EKSTREMIZMNI QORALAYDI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"ISLOM TERRORIZM VA EKSTREMIZMNI QORALAYDI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40241&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2025-02-14T04:42:04+00:00","article_modified_time":"2025-02-10T10:43:32+00:00","og_image":[{"width":660,"height":440,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/terrorizm140225.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"7 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40241&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40241&lang=oz","name":"ISLOM TERRORIZM VA EKSTREMIZMNI QORALAYDI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40241&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40241&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/terrorizm140225.jpg","datePublished":"2025-02-14T04:42:04+00:00","dateModified":"2025-02-10T10:43:32+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"ISLOM TERRORIZM VA EKSTREMIZMNI QORALAYDI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40241&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=40241&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40241&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/terrorizm140225.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/terrorizm140225.jpg","width":660,"height":440},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40241&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"ISLOM TERRORIZM VA EKSTREMIZMNI QORALAYDI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/40241"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=40241"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/40241\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":40306,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/40241\/revisions\/40306"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/40242"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=40241"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=40241"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=40241"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}