{"id":40101,"date":"2025-02-04T16:08:41","date_gmt":"2025-02-04T11:08:41","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=40101"},"modified":"2025-02-04T11:09:57","modified_gmt":"2025-02-04T06:09:57","slug":"haqiqat-ortida-yotgan-nohaqlik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40101&lang=oz","title":{"rendered":"HAQIQAT ORTIDA YOTGAN NOHAQLIK"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ochiq tan olish kerak, bugun biz ilm-fanda nomusulmon mamlakatlar ancha ilgarilab ketgan zamonda yashamoqdamiz. Har lahza foydalanib kelayotganimiz qo\u02bbl telefonidan beminnat xizmat qilayotgan avtomobilgacha \u2013 barcha-barchasi ana shu musulmon bo\u02bblmagan insonlar ilmiy yutuqlarining samarasi, desak, xato qilmagan bo\u02bblamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Aslida yuqori texnologiyalar nazariyasining asosi \u2013 muayyan qonuniyatlar asosida sonlarni ketma-ket tartiblash, tasniflash, dasturlash, mitti va ulkan jarayonlar ketma-ketligining bog\u02bbliqligi va uzviyligini ta\u02bcminlash va hokazo amallar majmuini, ya\u02bcni bugun \u201calgoritm\u201d atalayotgan hodisani Al-Xorazmiy bobomiz kashf etgan emasmidi! Astronomiya, fizika, matematika, geometriya, geografiya, optika, tibbiyot, irrigatsiya, falsafa, me\u02bcmorlik, qo\u02bbyingki, turmushning barcha sohalarida asqotadigan har qanday fan va san\u02bcatning lokomotivlari islom uyg\u02bbonish davrining zabardastlar allomalari emasmidi! Ha, shunday. Lekin biz sustmiz. Islomni avvalgidek azizlik va g\u02bboliblik holiga, musulmonlarni bir paytlar dunyo tamaddunining yetuk asoschilari bo\u02bblgan ota-bobolarining mavqeiga qaytarish uchun sa\u02bcy-harakat qilish o\u02bbrniga, o\u02bbta ichki, arzimas, maishiy teleseriallardagi kabi zarracha ahamiyatsiz, ammo nazdimizda \u201chayot-mamot masalasi\u201d bo\u02bblgan mayda ishlar bilan chalg\u02bbib qolyapmiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tarixdan ma\u02bclumki, islomda jipslik, ilm yo\u02bblida fidoyilik kuchayganda, taraqqiyot shunchaki sha\u02bcn odimlamagan, balki parvoz qilgan. Fitna, bir-birining tagiga suv quyish, hasad, bo\u02bblinish kabi illatlar urchigan kezlarda esa, musulmon olami parokandalikdan boshqani ko\u02bbrmagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugun ham mo\u02bbmin-musulmonlar orasida hali u-hali bu masalani ko\u02bbtarib chiqib, fitna qo\u02bbzg\u02bbayotgan, boshqalarning yo\u02bblini zalolat deb, faqat o\u02bbz maslagi to\u02bbg\u02bbri ekanini da\u02bcvo qilayotgan kimsalarning buzg\u02bbunchi xatti-harakatlari ko\u02bbpayib borayotgani qalbi uyg\u02bboq har qanday musulmonni chuqur qayg\u02bbu va tashvishga solmay qo\u02bbymaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ana shunday buzuq da\u02bcvolardan biri \u2013 bu mujtahid imomlar asos solgan, biz, musulmonlar o\u02bbn-o\u02bbn bir asrdan buyon ergashib kelayotgan fiqhiy mazhablarni tark qilib, faqat Qur\u02bcon va hadisga ergashishga chaqirishdir. Tarixga nazar soladigan bo\u02bblsak, bundan bir necha o\u02bbn yillar avval musulmon jamiyatlarda bunday chaqiriqlar uchramagani, hamma amaldagi o\u02bbsha to\u02bbrt fiqhiy mazhabdan biriga asosan ibodat qilib yashaganini ko\u02bbrish mumkin. To\u02bbg\u02bbri, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vafotlaridan keyin hech qancha vaqt o\u02bbtmay, har xil firqa va toifalar, hatto payg\u02bbambarlik da\u02bcvosi bilan chiqqan kimsalar paydo bo\u02bbla boshlagani rost. Barchasi xuddi ko\u02bbpik singari bir paydo bo\u02bblib, yana g\u02bboyib bo\u02bblavergan. Bunday to\u02bbdalar orasida aqidaviy masalalarda ahli sunna val jamoaga qarshilari ham bo\u02bblgan va hozir ham topiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islomning bizga o\u02bbz mohiyatini yo\u02bbqotmagan holda yetib kelishi uchun ulkan xizmatlari bilan benazir hissa qo\u02bbshgan buyuk ulamolarning barchasi mana shu to\u02bbrt fiqhiy mazhabning birini o\u02bbziga lozim tutgan. Ular diniy ilmlarni qanchalik chuqur o\u02bbrgangan, ipidan ignasiga qadar nechog\u02bbli puxta o\u02bbzlashtirgan bo\u02bblmasin, o\u02bbz ismi yoniga shofeiy, hanafiy, molikiy yo hanbaliy nisbasini qo\u02bbshib zikr qilishni sharaf deb bilgan. Ibn Hajar Haytamiy (shofeiy), Ibn Hajar Asqaloniy (hanafiy), Ibn Rajab (hanbaliy) kabi zabardast olimlar bunga yorqin misoldir. Bu ro\u02bbyxatni yana uzoq davom ettirish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ammo, afsuslar bo\u02bblsinki, axborot texnologiyalari juda ham taraqqiy topgan hozirgi davrda qaydandir shayxlik unvonini orttirib olgan ayrim johil kimsalar buzuq va botil da\u02bcvolari bilan mo\u02bbmin-musulmonlar orasiga tafriqa solish (ularni avval bir-biridan ajratish, keyin yovlashtirish) orqali dinimiz dushmanlarining tegirmonlariga suv quymoqda. Bizga dinning pok-pokiza holida yetib kelishida ko\u02bbprik vazifasini o\u02bbtab bergan ne-ne allomalarimizni adashganga, zalolatga ketganga chiqarmoqda. Buyuk imomlar va ularning mazhablari yo\u02bblini tutib, diniy ahkomlarni ado etib kelayotgan musulmonlarni o\u02bbz ota-bobolariga ko\u02bbr-ko\u02bbrona ergashib, kufrga ketgan kofirlarga o\u02bbxshatmoqda. Hatto namozda imom o\u02bbtayotib \u201cAbu Hanifaning mazhabi asosida o\u02bbqib beraymi yoki Payg\u02bbambar alayhissalomnikinimi?\u201d deb so\u02bbrashga jur\u02bcat qiladigan bezbetlikkacha borishdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazhablar kecha yo bugun paydo bo\u02bblgani yo\u02bbq. Payg\u02bbambar alayhissalomning sahobalari hayot bo\u02bblgan saodat asrida ham ular orasida fiqhiy ahkomlar masalasida xilma-xilliklar bo\u02bblgan. Aqidaviy masalalarda barchasi birdek nuqtayi nazarda bo\u02bblgan ana shu buyuk sahobalar o\u02bbz ilmiga asoslanib ayrim masalalar yuzasidan hukmlar chiqarib turgani, ulardan to\u02bbg\u02bbrilarini Rasululloh sollallohu alayhi vasallam so\u02bbz yoki sukut saqlash orqali tasdiqlaganlari buning yorqin dalilidir. Zotan, sunnatga ulamolar tomonidan berilgan ta\u02bcrifning o\u02bbzi ham shundan dalolat beradi. Sunnat \u2013 Rasululloh sollallohu alayhi vasallam amalga oshirgan ishlari, so\u02bbz yo sukut saqlash bilan qilgan tasdiqlaridir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Fiqhiy mazhablar \u2013 bu mujtahid imomlarning Qur\u02bcon, hadis, ijmo va qiyosga asoslangan ilmiy xulosalaridir. Ular osmondan olib yo nimadandir ilhomlanib gapirgan emas. Bosgan har bir qadami, og\u02bbzidan chiqqan har bir gapiga yuqoridagi to\u02bbrt manbadan naqliy dalil-hujjatlari bo\u02bblgan. Imom Abu Hanifa roziyallohu anhuning \u201cAgar men o\u02bbzimdan olib gapirganimda edi, mahsining usti emas, ostiga mas\u02bch tortish, peshobdan keyin g\u02bbusl qilish, junublikdan keyin tahorat olish lozim, degan bo\u02bblar edim\u201d, degan so\u02bbzlarini bir yodga keltiring-a! Aqlan olib qaraganda ham xuddi shunday bo\u02bblishi kerak edi. Ammo Abu Hanifa roziyallohu anhu Qur\u02bcon va hadisdagi naqliy hujjatlarni chetga surib qo\u02bbyib, o\u02bbz ra\u02bcyiga muvofiq hukm qilmagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tobeinlar tabaqasidan bo\u02bblgan shunday buyuk imomlarning gaplarini pisand qilmay, o\u02bbz qarashlarini ilgari surayotgan hozirgi \u201cshayxlar\u201dga mutaassiblik qilayotgan yoshlarni ko\u02bbrganda, ularning har biri bilan alohida-alohida suhbatlashgingiz, qalb ko\u02bbzlarini ochib, g\u02bbaflatdan uyg\u02bbotgingiz keladi. Salaflarga ergashishimiz kerak, deb, Ibn Taymiya, Ibn Qoyyim rahimahumalloh kabi ulamolarga taassub qilib kelayotgan musulmon yoshlarning chin ma\u02bcnodagi salaflar bo\u02bblmish buyuk mujtahid imomlarga ergashgan kishilarni adashganga chiqarayotganini ko\u02bbrib hayratda qolasiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Arablar haq insonga \u201cal-haqqu ma\u02bcak\u201d (haqiqat sen bilandir), nohaqqa \u201cal-haqqu alayk\u201d (haqiqat sendan ustun-yuqoridir, ya\u02bcni sen adashyapsan) deydi. Bu toifa \u201cshayxlar\u201d haqiqat ular bilan emas, balki ular uzra ekanini yo bilmaydi, ya\u02bcni yetarli ilmga ega emas, yo bila turib, atay fitna qo\u02bbzg\u02bbash uchun buzg\u02bbunchilik qiladi. Haqiqiy ilm egasi haqni ham, botilni ham o\u02bbrganadi. Chunki botilning qayerda va nima uchun botil ekanini bilish kerak. Shunda unga munosib raddiya berish mumkin. Shuncha nufuzli ulamo, qancha-qancha ishonchli manbalar turganda, ularga yuqoridan, mensimaslik bilan qarab, chalakam-chatti o\u02bbqib olgan yo o\u02bbrgatilgan to\u02bbrtta narsasini pesh qiladigan, niyati faqat buzg\u02bbunchilik va fitnakorlikdan iborat bo\u02bblgan kishi sira ham ilm odami bo\u02bbla olmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qur\u02bcon va hadisga amal qilishimiz kerak, Abu Hanifa yo Shofeiy kabilarning gaplariga emas, deb jar solayotgan kimsalarning da\u02bcvolari haqiqat ortida yotgan nohaqlik ekanini isbotlab berish uchun ularga Qur\u02bcon va hadisdan dalil keltirganingizda, \u201cTo\u02bbxtab turing-chi, bu oyat yo hadis haqida Ibn Taymiya yoxud Ibn Qoyyim yoki Alboniy nima degan ekan?\u201d deyishini ko\u02bbrib, yoqa ushlaysiz. Ular bu ish jarrohlik stolida yotgan bemor tepasiga ko\u02bbchadan birinchi uchragan kimsani taklif qilib, o\u02bbz ishining ustasi bo\u02bblgan jarrohlarni chetga surib qo\u02bbyish ekanini bilmaydimi?! Xohlagan odam Qur\u02bcon yo hadisdan hukm chiqarib olaveradigan bo\u02bblsa, Alloh taoloning <strong>\u201cAgar bilmaydigan bo\u02bblsangiz, zikr ahlidan so\u02bbrangiz!\u201d<\/strong> (Anbiyo surasi, 7-oyat) degan gapi qayerda qoladi?! Insonlarning ikki dunyodagi saodati diniy ilmlarga qarab turibdi, axir. Bu hayoti dunyoda har sohaning o\u02bbz mutaxassisi bo\u02bblgani holda, din xohlagan odam kirib chiqadigan karvonsaroy bo\u02bblib qolishi sog\u02bblom aqlga to\u02bbg\u02bbri kelarmikan?!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Musulmonlarni ahillik va ittifoqlikka, ilm-fanda taraqqiyotga chaqirish o\u02bbrniga internet tarmoqlari, har xil ijtimoiy sahifalar orqali ular orasiga parchalanish, nifoq va nizo urug\u02bbini sochayotgan dindosh birodarlarimiz yon-atrofga, o\u02bbtmish va hozirga teran idrok bilan nazar solsa, yaxshi bo\u02bblar edi. Asrlar osha yetib kelgan fiqhiy mazhablarga amal qilib yashayotgan musulmonlarning fikrini chalkashtirib tashlamasa, to\u02bbg\u02bbri ish bo\u02bblardi. Zero, ta\u02bckidlanganidek, ularning fiqhiy ahkomlari shunday asoslar ustiga barpo etilganki, har bir masala yechimining negizida, albatta, Qur\u02bcon, hadis, ijmo yo qiyosdan olingan o\u02bbz dalil-hujjati bor. Ijtihod maydoni kishi o\u02bbziga yoqadigan, havoyi nafsiga muvofiq keladigan qilib hukmlar chiqarib oladigan joy emas. Dorixonalardagi barcha dorilarning qo\u02bbllanmasida \u201cshifokor bilan maslahatlashish\u201d haqida ko\u02bbrsatma mavjud bo\u02bblgan bir paytda kishining oxiratdagi o\u02bbrnini belgilab beradigan diniy ahkomlar masalasida har kim o\u02bbz bilganicha amal qilib ketaverishi o\u02bbta nodonlik emasmi?!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa qilib aytadigan bo\u02bblsak, biz, musulmonlar amal qilib kelayotgan fiqhiy mazhablar buyuk mujtahid imomlarning Qur\u02bcon, hadis, ijmo va qiyosga asoslangan ilmiy xulosalaridir. Ular buning sabog\u02bbini o\u02bbzlari bevosita suhbatida bo\u02bblgan buyuk sahobalar va tobeinlardan olgan. Ular esa, bizga Allohning dinini yetkazib, shariat ahkomlarini ko\u02bbrsatib bergan va ko\u02bbrsatib berishga mas\u02bcul bo\u02bblgan Payg\u02bbambar sollallohu alayhi vasallamdan olgan. Bundan kelib chiqadiki, fiqhiy mazhablarga amal qilish va mujtahid imomlarga ergashish Payg\u02bbambar alayhissalomga ergashish demakdir!<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Alouddin NEMATOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ochiq tan olish kerak, bugun biz ilm-fanda nomusulmon mamlakatlar ancha ilgarilab ketgan zamonda yashamoqdamiz. Har lahza foydalanib kelayotganimiz qo\u02bbl telefonidan beminnat xizmat qilayotgan avtomobilgacha \u2013 barcha-barchasi ana shu musulmon bo\u02bblmagan insonlar ilmiy yutuqlarining samarasi, desak, xato qilmagan bo\u02bblamiz. Aslida yuqori texnologiyalar nazariyasining asosi \u2013 muayyan qonuniyatlar asosida sonlarni ketma-ket tartiblash, tasniflash, dasturlash, mitti va ulkan &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":40102,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[2449,639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>HAQIQAT ORTIDA YOTGAN NOHAQLIK - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"HAQIQAT ORTIDA YOTGAN NOHAQLIK\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40101&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"HAQIQAT ORTIDA YOTGAN NOHAQLIK - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"HAQIQAT ORTIDA YOTGAN NOHAQLIK\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40101&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2025-02-04T11:08:41+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2025-02-04T06:09:57+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/haqiqat040225.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"393\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"6 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40101&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40101&lang=oz\",\"name\":\"HAQIQAT ORTIDA YOTGAN NOHAQLIK - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40101&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40101&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/haqiqat040225.jpg\",\"datePublished\":\"2025-02-04T11:08:41+00:00\",\"dateModified\":\"2025-02-04T06:09:57+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"HAQIQAT ORTIDA YOTGAN NOHAQLIK\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40101&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40101&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40101&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/haqiqat040225.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/haqiqat040225.jpg\",\"width\":660,\"height\":393},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40101&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"HAQIQAT ORTIDA YOTGAN NOHAQLIK\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"HAQIQAT ORTIDA YOTGAN NOHAQLIK - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"HAQIQAT ORTIDA YOTGAN NOHAQLIK","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40101&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"HAQIQAT ORTIDA YOTGAN NOHAQLIK - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"HAQIQAT ORTIDA YOTGAN NOHAQLIK","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40101&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2025-02-04T11:08:41+00:00","article_modified_time":"2025-02-04T06:09:57+00:00","og_image":[{"width":660,"height":393,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/haqiqat040225.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"6 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40101&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40101&lang=oz","name":"HAQIQAT ORTIDA YOTGAN NOHAQLIK - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40101&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40101&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/haqiqat040225.jpg","datePublished":"2025-02-04T11:08:41+00:00","dateModified":"2025-02-04T06:09:57+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"HAQIQAT ORTIDA YOTGAN NOHAQLIK","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40101&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=40101&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40101&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/haqiqat040225.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/haqiqat040225.jpg","width":660,"height":393},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40101&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"HAQIQAT ORTIDA YOTGAN NOHAQLIK"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/40101"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=40101"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/40101\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":40103,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/40101\/revisions\/40103"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/40102"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=40101"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=40101"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=40101"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}