{"id":39936,"date":"2025-01-29T09:13:55","date_gmt":"2025-01-29T04:13:55","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=39936"},"modified":"2025-01-27T11:16:21","modified_gmt":"2025-01-27T06:16:21","slug":"tasavvufning-ma%ca%bcnaviy-boyligi-mavlono-orif-deggaroniy-faoliyati-misolida","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39936&lang=oz","title":{"rendered":"TASAVVUFNING MA\u02bcNAVIY BOYLIGI  (Mavlono Orif Deggaroniy faoliyati misolida)"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbrta Osiyo xalqlari ma\u02bcnaviy hayotida Islom dini beqiyos ahamiyatga ega. O\u02bbrta asrlar islomgacha bo\u02bblgan davrlarda yurtimiz aholisi buddaviylik, nasroniylik va asosan otashparastlik diniga e\u02bctiqod qilgan. Bizga ma\u02bclumki, din e\u02bctiqod masalalari shaklan qabul ifodasi bilan u yoki bu dinga mansubligini ifodalamaydi. Uni qalban qabul qilishi va fitratan taslim bo\u02bblgani bilan diniy mansubligiga qarab insonning chin e\u02bctiqodi haqida xulosa qilinadi. Musulmon dunyosida \u201cO\u02bbrta Osiyo islom madaniyatining beshigi\u201d degan ibora uchraydi. Nima uchun?. Islom dini arab sahrolarida vujudga kelgan bo\u02bblsa-da, uning yuksalishi, taraqqiy etishi va targ\u02bbiboti markazi Osiyodan turib amalga oshirildi. Milliy ma\u02bcnaviyatimizning fundamental asoslari ushbu din ta\u02bcsiri ostida rivoj topdi. Yurtimiz tasavvufning buyuk allomalari va avliyolarini yetishtirib bergan yurt sifatida tanilgan. Imom Buxoriy o\u02bbzining sahih hadislari bilan, Ahmad Yassaviy (1093-1166), Bahouddin Naqshband (1318-1389), Najmiddin Kubro (1145-1221) o\u02bbzining tasavvuf tariqatlari bilan islomni yetuk darajaga olib chiqdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugungi kunga qadar ushbu mavzuda ko\u02bbplab o\u02bbrganishlar amalga oshirildi. Abdurauf Fitrat tadqiqotlariga murojaat qilinganda u: \u201cO\u02bbrta Osiyo tasavvufining kubroviya, yassaviya, naqshbandiya va qalandariya kabi ko\u02bbp oqimlari o\u02bbrinlashg\u02bbon. Bularning hammasi haqida tafsilot berish hozir mening uchun mumkin emas\u201d [3:38], degan. Buni Fitratning o\u02bbsha vaqtlarda sobiq Sho\u02bbrolar hukumati tomonidan ta\u02bcqib ostiga olingani bilan izohlash mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Quyi Zarafshon vohasi tasavvuf allomalari faoliyati va ma\u02bcnaviy merosini o\u02bbrganishda ayrim o\u02bblkashunoslarning ham tadqiqotlari tahlil qilindi. Xususan, A.Hotamov, [4:152] Sh.Halilov, N.Bekniyozov [5] va S.Mustafoyevning [9:48] risolalarida tasavvuf shayxlarining ma\u02bcnaviy-ruhiy, ijtimoiy-siyosiy faoliyati, hayoti va ijodi kengroq ochib berishga harakat qilingan. Shunday bo\u02bblsa-da, ushbu tadqiqotlar ko\u02bbproq badiiy publitsistik xarakterga ega ekani bilan tavsiflanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">E.Rustamov, M.A.Usmonov [12:23] esa yuqoridagi tadqiqotlardan farqli ravishda tasavvuf ta\u02bclimotining yassaviya tariqatini ijtimoiy-tarixiy negizlari, uning axloqiy-tarbiyaviy jihatlari, O\u02bbrta Osiyo xalqlari madaniyatining rivojlanishiga ta\u02bcsiri masalalarini falsafiy tahlil qilgan. Yuqorida keltirilgan tadqiqotlar asosan filologik yo\u02bbnalishda bo\u02bblib, ularda islom madaniyati, yassaviya ta\u02bclimotining ijtimoiy, tarixiy va ko\u02bbproq badiiy ahamiyati ko\u02bbrsatib berilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xorijiy tadqiqotlar tahlil qilinganda ingliz sharqshunosi J.S.Trimengemning \u201cThe sufi orders in islam\u201d nomli kitobini keltirib o\u02bbtish mumkin. Unda muallif so\u02bbfiylik jamoalari, tariqatlar va ba\u02bczi tasavvuf allomalari faoliyatini sharhlashga harakat qiladi [8:359]. Uning tadqiqotlarida so\u02bbfiylikni paydo bo\u02bblishidan tortib, Markaziy Osiyoda keng tarqalishigacha bo\u02bblgan jarayonlar yoritiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">V.V.Bartold ham XV asr oxiri XVI asrda Markaziy Osiyoda yuz bergan ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy jarayonlarni manbalar asosida yoritgan. U B.Ahmedovdan farqli ravishda O\u02bbrta asr tasavvuf shayxlarining ijtimoiy-siyosiy hayotda tutgan o\u02bbrnini ochib berishga harakat qilgan [2:560].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu mavzuning asosiy adabiyotlari sirasiga Sadriddin Salim Buxoriy va Nigora Safarovaning ham Karmanalik \u201cHazrat Mavlono Orif Deggaroniy\u201d hayotiga bag\u02bbishlangan bir qator risolalarini kiritish mumkin. Ammo ushbu risolalarda Orif Deggaroniy hayoti, faoliyati, tarixiy davriyligi, geografik joy nomlari va uning joylashuviga ko\u02bbproq urg\u02bbu berilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qolaversa, tasavvuf ta\u02bclimotining paydo bo\u02bblishi, keng tarqalishi, mohiyati va ijtimoiy hayotga ta\u02bcsiri xususida E.Karimov, N.Komilov, B.Do\u02bbstqorayev, I.Haqqulov, B.Valixo\u02bbjayev, B.O\u02bbrinboyev, K.Kattayev, A.Hotamov, Sh.Xalilov, Hamidjon Homidiy, Orif Usmon, Nodirxon Hasaniy, Hoji Ismatulloh Abdulloh, A.Nuriddinov, A.Abdullayev, Sadriddin Salim Buxoriy, E.Zoirov, G.Navro\u02bbzova kabi olimlarning asarlarida o\u02bbz aksini topgan. S.Inoyatov, [7: 192, 140] H.Turayev, M.Saidov, O.Hayitova, A.Kandaxarov [11:140] kabi olimlarning tadqiqotlarida esa XVI asrda Buxoro xonligida muhim mavqega ega bo\u02bblgan Karmananing ijtimoiy-siyosiy va ma\u02bcnaviy hayotiga oid ayrim ma\u02bclumotlar keltirilgan. Ushbu ma\u02bclumotlarda XVI asrda faoliyat yuritgan ayrim tasavvuf vakillarining ijtimoiy-siyosiy hayotga ta\u02bcsiri ko\u02bbrsatib o\u02bbtilgan. Shunday bo\u02bblsa-da, yuqoridagi manbalar tahlilidan shu narsa ayon bo\u02bbladiki, ularda karmanalik shayxlar shaxsining ma\u02bcnaviy tarbiyaviy jihatlariga alohida to\u02bbxtab o\u02bbtilmagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Maqsadimiz tasavvuf allomalari merosini tahlili o\u02bblaroq ularning ma\u02bcnaviy tarbiya borasidagi qarashlarini yosh avlod uchun fundamental axloq namunalari sifatida tanishtirish. Zotan tarixdan saboq chiqarmasdan turib, kelajakni bunyod etib bo\u02bblmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sharqshunos, islom, markaziy yevroosiyoshunoslik va diplomatiya fanlari olimi Elyor Karimov ham bu kabi fikrlarni o\u02bbzining bir qator chiqishlarida ta\u02bckidlab o\u02bbtadi [5]. Islomning ma\u02bcnaviy qiyofasini tanitishda, uning asl mohiyatini ochib berishda sharq, xususan, o\u02bbrta osiyolik ko\u02bbplab tasavvuf so\u02bbfiylarining targ\u02bbiboti muhim ahamiyatga ega bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tasavvuf darg\u02bbalaridan Xoja Yusuf Hamadoniy komil-u mukammal zot bo\u02bblsa-da, kamtarona hayot kechirgan. U kishi maktab ochib, bu maktabda hayoti davomida darslaridagi targ\u02bbiboti natijasida 8 ming budparastni musulmon qilgani aytiladi [17:22]. Bu ishlar natijasi o\u02bblaroq shogirdlar tayyorlagan, ular ham o\u02bbz navbatida, ustozidan olgan bilimini hayoti davomida islom dinining keng yoyilishiga sarflagan. Xuddi shunday so\u02bbfiy va ma\u02bcnaviy tarbiya ustozlaridan Karmana farzandlaridan Mavlono Orif Deggaroniy (1313-1375), Shayx Xudoydod Vali (1461-1532), Qosim Shayx Azizon (1500-1578)ni misol keltirish mumkin. Islom dini targ\u02bbiboti davomida uning ma\u02bcnaviy qiyofasini yaratgan bunday buyuk zotlar nafaqat o\u02bbz zamonasiga, balki kelajak avlod uchun ham buyuk meros qoldirgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Amir Sayyid Kulol topshirig\u02bbiga ko\u02bbra, Bahouddin Naqshbandga pirlik qilgan Mavlono Orif Deggaroniy hazratlari umrining asosiy qismini so\u02bbfiy g\u02bboyalari targ\u02bbiboti va ma\u02bcnaviy tarbiya masalalariga bag\u02bbishladi. Mavlono Orif Deggaroniy (1313-1375) hozirgi Navoiy viloyati, Karmana tumani Deggaron qishlog\u02bbida, hozirgi Hazora hududida tavallud topgan. \u201cDeggaron\u201d so\u02bbzi ikki qismdan iborat bo\u02bblib, \u201cDeg\u201d qozon, \u201cgaron\u201d og\u02bbir, vazmin degan ma\u02bcnolarni anglatadi. Ya\u02bcni og\u02bbir va vazmin qozon, qozon yasovchi hunarmandlar istiqomat qilgan joy degan ma\u02bcnoni bildiradi. Mavlono Orif Deggaroniyning tarjimai holi xususida ishonchli manbalar qatorida Faxriddin Ali bin Husayn Voiz Koshifiyning (1463-1532) \u201cRashahotu aynul hayot\u201d asari bo\u02bblib, unda asosan tariqat peshvolari, avliyo va pirlarning hayoti haqida hikoya qilinadi. Mavlono Orif Deggaroniy yoshligida Bahouddin Qishloqiyning yonida hadis, zohiriy va botiniy ilmlarni o\u02bbrganish bilan kamol topadi. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Mavlono Orif Deggaroniy bu ilmlarni yoshlikdan Bahouddin Naqshband bilan birga o\u02bbrganadi. So\u02bbngra Amir Sayid Kuloldan tariqat saboqlarini oladi. Deggaroniy tasavvufning jahriy zikrdan ko\u02bbra xufya zikrga xayrixoh edi. Deggaroniyning bu qarashlari misoli Bahouddin Naqshbandning \u201cDil ba yoru, dast ba kor\u201d \u201cko\u02bbngil xudoda bo\u02bblsin-u, qo\u02bbl ish bilan band bo\u02bblsin\u201d shiori\u00a0bilan yo\u02bbg\u02bbrilgan edi. Chunki Bahouddin Naqshband yetti yil Mavlono Orif Deggaroniy qo\u02bbl ostida ta\u02bclim oladi. Garchi ular orasidagi yoshning farqi 5-6 yosh bo\u02bblsa-da, Naqshband ham o\u02bbz navbatida, Deggaroniyni ma\u02bcnaviy piri sifatida ko\u02bbrgan, do\u02bbstlik va ustoz-shogird munosabatlari bilan birga, bir-biriga hurmati juda yuqori bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ko\u02bbp vaqtlar Mavlono Orif bilan birga Raboti Malik qurilishida ustoz- shogird birga mehnat qildi. Shuningdek, ko\u02bbplab manbalarda ikki do\u02bbst, ustoz-shogird umri davomida ikki marotaba haj amalini bajargani va har ikkala safarga ham birga borgani ma\u02bclum.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cHazrat Bahouddin Naqshband aytardilar: \u201cMen xufyona zikr bilan mashg\u02bbul bo\u02bblganimda nogoh sirlarga duch keldim. Bu sirning mohiyatini tushunmoq uchun talab vodiysiga qadam urdim. Mavlono Orif bilan o\u02bbttiz yil birga qidirdik. Men ikki bor Hijoz (ya\u02bcni haj) safarida bo\u02bbldim, barcha go\u02bbshalarni kezdim. Kishi bormikin, o\u02bbzi tizzama-tizza o\u02bbtirsa-yu, osmonlarni sayr etsa, zohiri yerda, botini osmonda bo\u02bblsa?!\u201d [13:6-14]. Ushbu parchadan shunday taassurot olish mumkinki, ikki tanada yashayotgan bir ruh, haqiqiy ruhiy kamolotni yetuklikka intilishlar ifodasiga qiyos qilsa bo\u02bbladi. Shuningdek, bu ikki tariqat peshvosining o\u02bbttiz yil davomidagi izlagan haqiqati insoniyatni Haqqa eltuvchi tariqat yo\u02bblini qaror toptirgan bo\u02bblsa ajab emas. Ajib va g\u02bbaroyib voqealar ularning boshidan o\u02bbtar edi. Bu kabi ma\u02bclumotlar ular nafaqat tariqat borasida, qolaversa, hayotiy qarashlar doirasida ham hamfikr bo\u02bblganini bildiradi. Bahouddin Naqshband Mavlono Orif Deggaroniyning hurmati uchun mulozamat va xizmatni davom ettirgan. Shu yetti yil davomida ariq labiga tahorat uchun borsa-da, Mavlonodan yuqorida tahorat olmas edi. Yo\u02bblda ketayotganlarida uning qadamlari izi ustiga oyog\u02bbini qo\u02bbymas edi\u201d [1:49\u201350].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Chunki \u201cAmir Sayyid Kulol (Amir Sayyid Kulol (XIII asr oxiri-1370-yillar) Mavlono Orif Deggaroniy va Bahouddin Naqshbandning ma\u02bcnaviy piri, ustozi) aytgan edi: \u201cMening yoronlarim orasida mana shu ikki kishi, ya\u02bcni Xoja Bahouddin va Mavlono Orif Deggaroniyga o\u02bbxshagan hech kim yo\u02bbq. Bular hammadan o\u02bbzib ketdilar\u201d&#8230;. Xojamiz \u201cIlm o\u02bbrganing, agar u Chinda bo\u02bblsa ham\u201d, degan hadisga amal qilib, Amir Sayyid Kulol tarbiyasidan so\u02bbng, yana yetti yil Mavlono Orif Deggaroniyning xizmati va mulozamatida bo\u02bbldilar\u201d. Bu haqda tasavvufshunos tarjimon Sadriddin Salim Buxoriy (1946-2010) o\u02bbzining \u201cIkki yuz yetmish yetti pir\u201d kitobida: \u201cMaqomati shohi Naqshband\u201dda yozilishicha, \u2013 deb ta\u02bckidlaydi, hazrat Bahouddin Naqshband, hazrat Sayyid Mir Kuloldan ijozat olgandan so\u02bbng, yetti yil hazrat Mavlono Orif Deggaroniy xizmatida bo\u02bbladi\u201d. Manbadagi Bahouddin Naqshband Amir Kuloldan 7 yil ta\u02bclim olgan degan ma\u02bclumotga asoslansak, 1347-yildan 1354-yilgacha Bahouddin Amir Kuloldan ilm olgan. 1354-yildan yana 7 yil to 1360-yilgacha Orif Deggaroniy xizmatida bo\u02bblgan va Qusam Shayxdan ilm olib 1361-yildan o\u02bbzi mustaqil tariqatni tashkil eta boshlagan [6:12].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu kabi so\u02bbfiylarimizning do\u02bbstlik va ustoz-shogird munosabatlari bugungi ilm talabidagi avlodga ustozga hurmat borasida namuna bo\u02bbla oladi. Qolaversa, tasavvuf ta\u02bclimotida ustoz rizoligiga ilohiy quvvat manbai sifatida qaraladi. Tasavvuf so\u02bbfiylarning hayot yo\u02bbli mahalliy xalqlar madaniyatiga aylanib bordi. Ularning targ\u02bbiboti ma\u02bcnaviy hayotni qaytadan jonlantirib, islomlashtirishda katta rol o\u02bbynadi. Mavlono Orif Deggaroniy ham o\u02bbz navbatida, yetuk o\u02bbrinbosarlarni tayyorlaydi. Ulardan Ali Safiy Mavlono, Amir Ashraf va Amir Ixtiyoriddinlarni ko\u02bbrsatish mumkin. Bu haqda Muhammad Tohir Eshon \u201cTazkirai Naqshbandiya\u201d asarida bunday deydi. \u201cHazrat Amir Ashraf Buxoriy rahmatullohi alayhning bayonidur. Ul muqtadoiy a\u02bcraf (bilimdonroq) va rahnamoi axlaf, ya\u02bcni hazrati Shayx Amir Ashrafdur. Ayturlarkim, ul sohibi sharaf Mavlono Orifning xalifai avvalidur. Bayt:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ba\u02bcdi Orif bidon Amir Ashraf,<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Beshaku begumon bishud ashraf.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazmuni:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Orif Deggaroniydan so\u02bbng Amir Ashraf,<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shak va shubhasiz ashraf zotlardan bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Chunonchi, \u201cHazrati Mavlono Orifning rixlatidan so\u02bbngra ul azizning o\u02bbrnida qoyim maqom bo\u02bblib, toliblarni Xudo azza va jallaning yo\u02bblig\u02bba kirgizdi va ul bobda baqadri imkon sa\u02bcyin tamom ko\u02bbrguzub, odamlarni rost tariyqg\u02bba soldi\u201d [17:42].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cMavlono Orif Deggaroniyning shaxsiy sifatlaridan, ul zot avliyolik darajasini uchta xislatlar kamolotida ko\u02bbradi.<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Baland darajaga yetganda ham kamtarlik qilmoq.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qudrati va sabr-toqati yetgunicha parhezkorlik qilmoq.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">To kuchi yetguniga qadar insof qilmoqlikdir\u201d [14:7].<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tasavvufda ustoz-shogird, xalifalik an\u02bcanalari bilan silsilalararo tasavvuf ta\u02bclimotining targ\u02bbibotini olib bordi. Tasavvuf ta\u02bclimotida shunday gap bor: \u201cHar kim bu yo\u02bblni iroda qilsa va tariqat hirqasini kiyishni xohlasa, uni pirning qo\u02bblidan kiysin\u201d. Tasavvufni ustozsiz anglab bo\u02bblmasligi \u2013 bu ta\u02bclimotning bosh qoidalaridan. Xuddi shunday, manbalarda Mavlono Bahouddin ham do\u02bbst, ham ustoz sifatida Deggaroniydan hadis o\u02bbrgangani yozilgan. Naqshbandiya ta\u02bclimotining ma\u02bcnaviy mazmunining boyishida ustozi Mavlono Orif Deggaroniyning ham qarashlari o\u02bbz aksini topib boradi. Xulosa qilganda, tasavvuf ta\u02bclimotida inson o\u02bbzi mustaqil qanchalik ko\u02bbp o\u02bbrganishi, izlanishi bilan bu ilmni to\u02bbliq egallab bo\u02bblmasligi, albatta, ustozning zarurligi xususida xulosa beradi. Ayni bu xususiyatlar islom olamida ustoz-shogird silsilasi muqaddas dinimiz targ\u02bbiboti yo\u02bblida xizmat qilishiga olib keldi. Shuningdek, taqvo yo\u02bblida noto\u02bbg\u02bbri xulosalardan uzoqda bo\u02bblishiga, islom dinining ma\u02bcnaviy qiyofasini saqlagan holda asrlar davomida o\u02bbzining munosib himoya vazifasini bajarishga imkon berdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Quyi Zarafshon vohasi tasavvuf ta\u02bclimotida Mavlono Orif Deggaroniy va Xoja Bahouddin Naqshbandning o\u02bbrni va ahamiyati katta. Bu ikki ustoz-\u00adshogird, ikki do\u02bbst birga o\u02bbqidi, bir ustozdan ta\u02bclim oldi, bir ijtimoiy zamonda faoliyat yuritdi. Movarounnahrning Quyi Zarafshon hududida umrguzaronlik qildi va turlicha kishilik jamiyatlarining guvohi bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ta\u02bckidlab o\u02bbtish lozimki, hazrat Mavlono Orif Deggaroniy buyuk valiy, ulkan alloma, atoqli tarbiyachi bo\u02bblib, Xojagon\u00ad-Naqshbandiya tariqati rivojiga muhim hissa qo\u02bbshgan zot edi. Xojagon tariqati Markaziy Osiyodagi diniy-tasavvufiy oqimlardan birining nomi bo\u02bblib, bu oqim turli vaqtlarda XII-XV asr oxirlarigacha turli darajadagi so\u02bbfiylar jamoasi hisoblangan. Uning asoschisi aslida Abduxoliq G\u02bbijduvoniy bo\u02bblib, u kishidan to Bahouddin Naqshbandgacha meros sifatida o\u02bbtib kelgan. Bahouddin Naqshband yashagan davrda ham tariqat Xojagon deb atalgan, u kishining vafotidan keyin tariqat Naqshbandiya deb nomlangan. Demak, Naqshbandiya tariqati o\u02bbz g\u02bboyaviy kelib chiqishi jihatidan Xojagon tariqatiga borib taqaladi. Faylasuf olima N.Safarovaning tadqiqotlarida keltirilishicha, Xojagon-Naqshbandiylik yagona silsila sifatida vujudga keldi, chunki Bahouddin Naqshband Abduxoliq G\u02bbijduvoniyning tasavvufiy qarashlarini chuqur o\u02bbzlashtirdi. Xojagon ta\u02bclimotining Naqshbandiya tariqati uchun ahamiyati quyidagilarda ko\u02bbrinadi: inson kamoloti uchun zaruriy bo\u02bblgan qalbni poklash vositalaridan biri zikri xufiyani o\u02bbrgatdi. Naqshbandiylik tasavvufning boshqa oqimlari, ayniqsa, jahriya, ya\u02bcni baland ovoz bilan zikr qilish yoki samo\u02bb\u2013 musiqa kuylari ostida zikr aytish usullarini qo\u02bbllagan yassaviylik va boshqalardan xufiya zikri bilan farq qiladi [15:132]. Xojagon va Naqshbandiya tariqatlarining silsilaviy bog\u02bblanishi, ma\u02bcnaviy birligi, ularning Markaziy Osiyo xalqlari orasida keng tarqalishi va mustahkamlanishida Mavlono Orif Deggaroniyning o\u02bbrni beqiyos bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mavlono Orif o\u02bbz shogirdlariga Haq yo\u02bblidan borib, Haqqa yetishish lozimligini anglab turishni buyurgan. Mavlono Orif Deggaroniy va Bahouddin Naqshbandning dunyoqarashi botinan Xudo bilan, zohiran odamlar bilan bo\u02bblish kerakligiga asoslangan. Ularning aqidasiga ko\u02bbra, \u201cDil ba yoru dast ba kor\u201d, ya\u02bcni qalb Alloh bilan, qo\u02bbl esa mehnatdan ajralmasligi kerak edi. Zotan, mehnat \u00adva mashaqqatsiz iste\u02bcmol qilingan rizq va narsa haromdir. Ushbu naqllarni Mavlono Orif har bir mashvaratda, shogirdlar va muridlar davrasida takrorlab turgan. Naqshbandiya tariqatida aql ko\u02bbz qorachig\u02bbiga fayz bag\u02bbishlashini unutmaslikka va komillik sifat \u00adfazilatlarini egallashga da\u02bcvat etiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mavlono Orif Deggaroniy ham tasavvuf yo\u02bblida yuksak maqomga erishdi va ularning xulqu odobi hammaga namuna, hikmatlari esa bugungi yoshlarga ibratdir. Tasavvuf ta\u02bclimotining ikki ulug\u02bb namoyandasi \u2013 Mavlono Orif Deggaroniy va Xoja Bahouddin Naqshband o\u02bbz davri uchun zarur bo\u02bblgan ulkan ma\u02bcnaviy meros qoldirdi. Bu meros hozirgi kunga qadar insonlar qalbini yoritib kelmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manbalardagi naqllar bilan tanishar ekanmiz, Mavlono Orif Deggaroniyning yuksak ma\u02bcnaviy xislat sohibi ekani, adolat, insof, diyonat tarafdori bo\u02bblgani, shuhratparastlik, manmanlikni qoralaganining guvohi bo\u02bblamiz. Aytar edilarki, \u201cTaom iste\u02bcmol qilayotgan paytda har bir a\u02bczo bir ish bilan band bo\u02bblur. Dil ham bu paytda zikr bilan mashg\u02bbul bo\u02bblur. Lekin bu vaqtda dil \u201cAlloh\u201d yoki \u201cLa ilaha illalloh\u201d zikrini emas, balki dasturxondagi ne\u02bcmatni beruvchi Alloh taoloni mushohada etur. Dil sababdan musabbibga kelur. Allohning Razzoqligini mushohada etur. Mana shu holat zikr hisoblanadi. Shundaylar ham borki, o\u02bbng qo\u02bbli bilan taom yeydi, chap qo\u02bbli bilan tasbeh o\u02bbgiradi. Bu ish manmanlik, kibr, shuhratparastlik, firibgarlik hisoblanadi\u201d. Orif Deggaroniy inson taom tanovul qilar ekan, bergan rizqi uchun Allohga shukrona aytishga chaqiradi. U kishi insonlarni halol mehnat bilan rizq topishga undagan va o\u02bbzi ham ziroatchilik bilan shug\u02bbullangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bahouddin Naqshband Amir Kuloldan keyin yetti yil uning to\u02bbrtinchi xalifasi bo\u02bblgan Mavlono Orif Deggaroniyning xizmati va mulozamatida bo\u02bbldi. Bu mulozamatda xilma-xil riyozatu jiddu jahdni o\u02bbz bo\u02bbyniga oldi. Ko\u02bbp vaqtlar Mavlono Orif bilan birga Raboti Malik qurilishida mardikorlik qildilar [10:70].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mavlono Orif Deggaroniyning quyidagi hikmatlari \u201cRashahot\u201d kitobida berilgan: \u201cMavlono Orif menga aytdilar: \u201cAgar yukimni ko\u02bbtarsin desang, yukingni ko\u02bbtarguvchi do\u02bbst topmoq hayotda dushvordir. Va agar yukini ko\u02bbtarishni istasang, butun jahondagilar senga do\u02bbst bo\u02bblg\u02bbay\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xo\u02bbsh, Mavlono Orif \u201cyuk\u201d deganda nimani nazarda tutgan? Bu qanday \u201cyuk\u201dki qashshoq, beva\u00ad bechora, musibatli, dardmand kishilarga hamdardlik izhor qilish kabi insoniy fazilatlardan tortib, to elu yurt, xalq va din yo\u02bblida fidoyi bo\u02bblmoqni anglatadi? Mavlono bu bilan senda birovning dardiga sherik bo\u02bblish, o\u02bbzgalarning og\u02bbirini yengil etish uchun rag\u02bbbat Alloh yo\u02bblida xolis xizmat qilish fazilati bo\u02bblsa, butun bani bashar senga do\u02bbst bo\u02bbladi, demoqchi. Bu dunyoda bandaning boshiga tushishi mumkin bo\u02bblgan \u201cyuk\u201d xilma \u00adxil bo\u02bblib, jazm qilgan javonmard boshqa birovning \u201cyuk\u201dini ko\u02bbtarishga qodir ekan. Darhaqiqat, kasalga hamdardlik bildirib, uni bu \u201cyuk\u201ddan qutqarsa bo\u02bbladi. Muhtojga molu davlat bersang, uning \u201cyuk\u201di yengillashadi, muhtojlik azobidan qutuladi. Jon xatarda qolganda ham haqiqiy mardlar o\u02bbzgalar uchun jonini fido qilib, do\u02bbst hayotini saqlab qoladi. Lekin yana bir \u201cyuk\u201d borki, uni bandaning boshidan ko\u02bbtarishga hech kim qodir emas. Bu gunohkorlik \u201cyuk\u201di! Bu dunyoda qilingan gunohlar \u201cyuk\u201di bandaning yelkasida Qiyomatgacha turadi. Tariqat pirlari, xususan, Mavlono Orif Deggaroniy ham Payg\u02bbambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning izdoshlari bo\u02bblgan. U zot ham o\u02bbzgalar \u201cyuk\u201dini ko\u02bbtarib yashadi. Odamlarni to\u02bbg\u02bbri yo\u02bblga boshladi, tariqatu shariat rivojiga muhim hissa qo\u02bbshdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xojagon tariqatining yirik namoyandasi bo\u02bblgan Mavlonodek valiylar inson qalbining muhabbat urug\u02bbi hisoblanadi. Hazrat Bahouddinning quyidagi hikmatlariga e\u02bctibor beraylik: \u201cSuhbatimizga kelganlarni ba\u02bczilarining qalbida muhabbat urug\u02bbi bor, lekin u urug\u02bbning gurkirab o\u02bbsishiga xalaqit beruvchi xas\u00ad xashaklar mavjud (kibr, hasad, baxillik, nifoq, g\u02bburur). Bizning vazifamiz ularning qalbini xasu xashakdan pokizalashdir. Lekin ba\u02bczi suhbatga kelganlar qalbida muhabbat urug\u02bbi umuman yo\u02bbq. Biz ularning qalbiga muhabbat urug\u02bbini sepamiz\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Naql qiladilarki, hazrat Amir Kulol o\u02bbz as\u02bchoblari, jumladan, Mavlono Orif Deggaroniy, Bahouddin Naqshband va boshqalar bilan birga Buxorodagi jome\u02bc masjidi tomon borayotgan edi. Bir kimsa yo\u02bbl yoqasidagi dalasida o\u02bbz g\u02bbulomi bilan birga dehqonchilik qilayotgan edi. Shunda g\u02bbulom o\u02bbz xojasidan so\u02bbradi: \u201cBu o\u02bbtib ketayotganlar kim?\u201d Xoja dedi: \u201cBular narzxo\u02bbrlardur!\u201d. Bu gapdan voqif bo\u02bblgan hazrat Amir Kulol muridlariga dedilar: \u201cEy yoronlar! Bizning ulug\u02bb xojamiz hazrat Abduxoliq G\u02bbijduvoniy alayhir rahma aytar edilarki, kimki darveshlarga haqorat nazari bilan qarasa, to gargin (og\u02bbir teri kasalligi) dardiga chalinmaguncha dunyodan o\u02bbtmas\u201d. As\u02bchoblar bu gapdan g\u02bboyat mutassir bo\u02bbldi. Hazrat Amir Kulol barcha muridlari, jumladan, Mavlono Orif Deggaroniy va Bahouddin Naqshbandga qarata quyidagi nasihatni aytdilar: \u201cEy yoronlar! Ixlos eting \u2013 xalos bo\u02bblasiz, Alloh g\u02bbazabidan qo\u02bbrqing \u2013 najot topasiz. Va yana bilingki, barcha toatning tagida tavba turadi. Va tavba uldurki, qilgan gunohingiz uchun dildan pushaymon bo\u02bblmoq va qayta bu gunohni takrorlamaslikka ahd qilmoqdir. Va yana kasb-hunar bilan tirikchiligingizni o\u02bbtkazib, halol kasb orqali ro\u02bbzg\u02bboringizga yetgulik miqdorida lofu isrof darajasiga yetkazmasdan rizq-ro\u02bbz topishga harakat qilmog\u02bbingiz lozim. Va shul jamg\u02bbarmangizdan kambag\u02bballarga nafaqa beringki, bunda ham isrofgarchilik yohud baxillik etmang. O\u02bbrta yo\u02bblni tuting\u201d [16:21].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu so\u02bbzlardan shuni anglash mumkinki, tasavvuf tariqati vakillari jamiyatda halollik va insof, isrofgarchilikka yo\u02bbl qo\u02bbymaslik va sadaqa berish borasida namuna bo\u02bblishga harakat qilgan. Shuningdek, atrofdagilarni ham shunga da\u02bcvat qilib, ma\u02bcnaviy-ruhiy poklikni targ\u02bbib etgan. Bu esa o\u02bbz davrida va bugungi kunda ham insonlarni ma\u02bcnaviy komil inson sifatida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, Orif Deggaroniy va uning safdoshi Xoja Bahouddin Naqshband Movarounnahr ijtimoiy-ma\u02bcnaviy muhitini yaxshilashga katta hissa qo\u02bbshgan zotlardir. Ular tasavvuf ta\u02bclimotini shariat ilmi bilan uyg\u02bbunlashtirgan. Deggaroniy oddiy mehnatkash insonlar hayotida sharqona tavoze bilan ishlashni targ\u02bbib qilgan va bu orqali tasavvuf falsafasi yuksalishiga hissa qo\u02bbshgan. Mavlono Orif Deggaroniy insonlarning ruhiy kamolotini yuksak darajaga ko\u02bbtarishga va halol mehnat orqali rizq topishga undagan. U ziroatchilik bilan shug\u02bbullangan va odamlarni Allohga shukrona aytishga chaqirgan. Orif Deggaroniy shaxsiy kamolotga erishish yo\u02bblida bilimni ulug\u02bblagan va uni eng yuksak ma\u02bcnaviy xazina deb bilgan.<strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abul Muhsin Boqir ibn Muhammad Ali. Bahouddin Balogardon. \u2013 T.: Yozuvchi,<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u0411\u0430\u0440\u0442\u043e\u043b\u044c\u0434 \u0412.\u0412. \u0421\u043e\u0447\u0438\u043d\u0435\u043d\u0438\u044f. \u0420\u0430\u0431\u043e\u0442\u044b \u043f\u043e \u043e\u0442\u0434\u0435\u043b\u044c\u043d\u044b\u043c \u043f\u0440\u043e\u0431\u043b\u0435\u043c\u0430\u043c \u0438\u0441\u0442\u043e\u0440\u0438\u0438 \u0421\u0440\u0435\u0434\u043d\u0435\u0439 \u0410\u0437\u0438\u0438. \u0427\u0430\u0441\u0442 II. \u2013\u041c\u043e\u0441\u043a\u0432\u0430: \u041d\u0430\u0443\u043a\u0430, 1964.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ahmad Yassaviy maktabi shoirlari to\u02bbg\u02bbrisida tekshirishlar. Tanlangan asarlar. \u2013 II jild. Ilmiy asarlar. \u2013 T.: Ma\u02bcnaviyat, 2000.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Hotamov A., Bekniyozov N. Karmana qadimiy diyor. \u2013 T.: O\u02bbzbekiston, 2007.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">https:\/\/www.uzanalytics.com\/tarix\/10360\/<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Haydarxo\u02bbja Y. Bahouddin Naqshband. \u2013 T.: Sano-standart, 2019.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Inoyatov S., Hayitova O. Karmana tarix ko\u02bbzgusida. \u2013 T.: Sharq, 2006; Karmana shahrining Buxoro xonligi ijtimoiy-siyosiy va ma\u02bcnaviy hayotida tutgan o\u02bbrni. Tarix fan. nom. diss&#8230;. \u2013 T., 2003.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Spencer Trimingham. The sufi orders in islam. Oxford at the Clarendon press. 1971.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Mustafoyev S. Karmana azizlari. \u2013 T.: Muharrir, 2010; Uning o\u02bbzi: Qosim Shayx Azizon. \u2013 T.: Sano-standart, 2013.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Navro\u02bbzova G. Xoja Bahouddin Naqshband hayoti va ma\u02bcnaviy merosi. \u2013 T.: Fan, 2012.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Qanaxarov A. Karmana shahrining Buxoro xonligi ijtimoiy-siyosiy va ma\u02bcnaviy hayotida tutgan o\u02bbrni. Tarix fan. nom. diss&#8230;. \u2013 T., 2003.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Rustamov E. Yassaviy hikmatlarida tarix va hayot sadosi \/\/ O\u02bbzbek tili va adabiyoti. \u2013 T., 1972, \u21164-5; \u0423\u0441\u043c\u043e\u043d\u043e\u0432 \u041c.\u0410. \u041e\u0441\u043d\u043e\u0432\u043d\u0438\u0435 \u044d\u0442\u0430\u043f\u0438 \u044d\u0432\u043e\u043b\u044e\u0446\u0438\u0438 \u0438\u0441\u043b\u0430\u043c\u0430 \/\/ \u0430\u0432\u0442\u043e\u0440\u0435\u0444. \u0414\u0438\u0441\u0441\u2026.\u0434.\u0444\u0438\u043b\u043e\u0441.\u043d. \u2013 \u041c., 1978.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Sadriddin S.B, Azimov S. Hazrat Mavlono Orif Deggaroniy. \u2013 Buxoro: Buxoro nashriyoti,<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Xoja Orif Orifnoma. \u2013 T.: Navro\u02bbz, 1994.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Safarova N. Xojagon tasavvufiy ta\u02bclimotida ma\u02bcnaviy-axloqiy qadriyatlar masalasi. Dissertatsiya, fal.fan.nomzodi. \u2013T.,<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Sadriddin Salim Buxoriy. Hazrat Mavlono Orif \u2013 Buxoro., 2008.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Hamidxon Islomiy., Mahmudxon Hasaniy. Mavlono Orif Deggaroniy. \u00a0\u2013T.: \u201cFalsafa va huquq\u201d nashriyoti, 2007.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">SARDOR QUVONOV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Navoiy davlat pedagogika instituti o\u02bbqituvchisi<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u02bbrta Osiyo xalqlari ma\u02bcnaviy hayotida Islom dini beqiyos ahamiyatga ega. O\u02bbrta asrlar islomgacha bo\u02bblgan davrlarda yurtimiz aholisi buddaviylik, nasroniylik va asosan otashparastlik diniga e\u02bctiqod qilgan. Bizga ma\u02bclumki, din e\u02bctiqod masalalari shaklan qabul ifodasi bilan u yoki bu dinga mansubligini ifodalamaydi. Uni qalban qabul qilishi va fitratan taslim bo\u02bblgani bilan diniy mansubligiga qarab insonning chin e\u02bctiqodi &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":39937,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[3574,3578,3570,3580,3572,3576,3552],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>TASAVVUFNING MA\u02bcNAVIY BOYLIGI (Mavlono Orif Deggaroniy faoliyati misolida) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"TASAVVUFNING MA\u02bcNAVIY BOYLIGI(Mavlono Orif Deggaroniy faoliyati misolida)\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39936&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"TASAVVUFNING MA\u02bcNAVIY BOYLIGI (Mavlono Orif Deggaroniy faoliyati misolida) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"TASAVVUFNING MA\u02bcNAVIY BOYLIGI(Mavlono Orif Deggaroniy faoliyati misolida)\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39936&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2025-01-29T04:13:55+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2025-01-27T06:16:21+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/290125.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"458\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"13 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39936&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39936&lang=oz\",\"name\":\"TASAVVUFNING MA\u02bcNAVIY BOYLIGI (Mavlono Orif Deggaroniy faoliyati misolida) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39936&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39936&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/290125.jpg\",\"datePublished\":\"2025-01-29T04:13:55+00:00\",\"dateModified\":\"2025-01-27T06:16:21+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"TASAVVUFNING MA\u02bcNAVIY BOYLIGI(Mavlono Orif Deggaroniy faoliyati misolida)\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39936&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39936&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39936&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/290125.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/290125.jpg\",\"width\":660,\"height\":458},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39936&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"TASAVVUFNING MA\u02bcNAVIY BOYLIGI (Mavlono Orif Deggaroniy faoliyati misolida)\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"TASAVVUFNING MA\u02bcNAVIY BOYLIGI (Mavlono Orif Deggaroniy faoliyati misolida) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"TASAVVUFNING MA\u02bcNAVIY BOYLIGI(Mavlono Orif Deggaroniy faoliyati misolida)","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39936&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"TASAVVUFNING MA\u02bcNAVIY BOYLIGI (Mavlono Orif Deggaroniy faoliyati misolida) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"TASAVVUFNING MA\u02bcNAVIY BOYLIGI(Mavlono Orif Deggaroniy faoliyati misolida)","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39936&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2025-01-29T04:13:55+00:00","article_modified_time":"2025-01-27T06:16:21+00:00","og_image":[{"width":660,"height":458,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/290125.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"13 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39936&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39936&lang=oz","name":"TASAVVUFNING MA\u02bcNAVIY BOYLIGI (Mavlono Orif Deggaroniy faoliyati misolida) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39936&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39936&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/290125.jpg","datePublished":"2025-01-29T04:13:55+00:00","dateModified":"2025-01-27T06:16:21+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"TASAVVUFNING MA\u02bcNAVIY BOYLIGI(Mavlono Orif Deggaroniy faoliyati misolida)","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39936&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=39936&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39936&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/290125.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/290125.jpg","width":660,"height":458},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39936&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"TASAVVUFNING MA\u02bcNAVIY BOYLIGI (Mavlono Orif Deggaroniy faoliyati misolida)"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/39936"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=39936"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/39936\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":39938,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/39936\/revisions\/39938"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/39937"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=39936"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=39936"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=39936"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}