{"id":39779,"date":"2025-01-23T09:11:50","date_gmt":"2025-01-23T04:11:50","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=39779"},"modified":"2025-01-23T15:40:56","modified_gmt":"2025-01-23T10:40:56","slug":"siyosatnoma-an%ca%bcanasi-va-abu-yusufning-horun-ar-rashidga-tavsiyalari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39779&lang=oz","title":{"rendered":"\u201cSIYOSATNOMA\u201d AN\u02bcANASI VA ABU YUSUFNING HORUN AR-RASHIDGA TAVSIYALARI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tarix, antropologiya, arxeologiya, sotsiologiya va ijtimoiy psixologiyaga oid tadqiqotlardan ma\u02bclumki, insonlar ijtimoiy mavjudotdir. Ular turli sabablarga ko\u02bbra jamoa bo\u02bblib yashashga odatlangan. Davlat\u00a0 negizida birlashish tarixning qaysidir davrida amalga oshirilgani tarixchilar tomonidan aniqlangan. Shunday bo\u02bblsa-da, faylasuf olim Jon Lokk fikricha, bir vaqtlar yer yuzida hukumat yoki siyosiy jamoa bo\u02bblmagan. Hamma odamlar tabiiy anarxiya holatini boshidan kechirgan. Biroq, tartib va tinch-totuv yashash mushkul bo\u02bblgan tabiiy anarxiya holati o\u02bbz fikriga ega bo\u02bblgan har qanday insonni qoniqtirmas edi. Kuchsizlar kuchlilardan qo\u02bbrqar va ularga qarshi himoyasiz bo\u02bblgan. Shu sababli insonlar birlashib, siyosiy jamoa tuzdi va uni boshqaruvchi hukmdorlarga fuqarolarni himoya qilishiga ishonch bildirdi. Hozirgi kungacha o\u02bbtgan barcha hukmdorlar o\u02bbz hukmronligi uchun ushbu birinchi ijtimoiy shartnoma tufayli insonlar oldida qarzdordir. Shunga ko\u02bbra, hukumat biror masalada qaror qabul qilishda xalqning roziligini olishi lozimdir [7:92].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Aflotun kishilarning jamoa bo\u02bblib yashashi va davlat barpo etish zaruriyatini ularning yakka shaxs sifatida o\u02bbz ehtiyojlarini qondira olmasligi bilan bog\u02bblaydi [9:86]. Arastu inson ijtimoiy mavjudot bo\u02bblgani holda faqat jamiyat ichida ma\u02bcnaviy kamolotga yetishi mumkinligini ta\u02bckidlab, davlatning asosiy maqsadi fuqarolarning ma\u02bcnaviy kamolotga yetishiga yordam berish ekanini ta\u02bckidlaydi [9:89].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Forobiy yunon faylasuflari kabi insonlar o\u02bbz ehtiyojini qondirish va kamol topishi uchun jamoa va jamiyat birlashuviga zaruriyat borligi bilan izohlaydi [2:238]. Nizomulmulk esa davlatni ilohiy inoyat deb hisoblaydi. Jamiyatdagi urush va ixtiloflarning oldini olish, kishilarni tinch va osoyishta yashashi uchun Alloh taolo har asrda xalq ichidan bir kishini podshohlikka ko\u02bbtaradi. Barcha ishlar shu hukmdor orqali amalga oshirilib, xalq uning adolati soyasida tinch-totuv yashaydi [12:16].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Lyuterning siyosat falsafasi inson zotini ikki qarama-qarshi kuchga, ya\u02bcni Tangri qudrati va dunyoga talpinuvchi iblis kuchlariga ajratadi [10:27]. Gobbs esa resurslar tanqisligi va odamlarning mol-dunyoga o\u02bbchligini bunga asosiy sabab sifatida keltiradi. Unga ko\u02bbra, odamlar egalik qilishi mumkin bo\u02bblgan resurslar cheklangan. Agar ikki kishi bir vaqtning o\u02bbzida bir narsani xohlasa, ular bir-biriga dushman bo\u02bblib qoladi va biri ikkinchisini yo\u02bbq qilishga intiladi. Urushlarning yana bir sababi odamlar o\u02bbrtasidagi nomus va sha\u02bcn uchun kurashdir. Bu tuyg\u02bbu jamiyatda hasad, nafrat va nihoyat urush muhitini yaratadi. Gobbsning fikriga ko\u02bbra, odamlarni boshqarish uchun qonun qabul qilish va jamiyatda tartibni saqlashga mas\u02bcul bo\u02bblgan mutlaq hokimiyat manbai bo\u02bblishi kerak. Buning uchun esa davlat kerak bo\u02bbladi [13:54].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Inson, jamiyat va davlat majmuasida yana bir muhim masala hukmdor va xalq o\u02bbrtasidagi munosabatdir. Siyosatnomalarda hukmdor va unga bo\u02bbyinsinuvchilar o\u02bbrtasidagi munosabatlar haqida muhim ma\u02bclumotlar qayd etilib, ularning bir-biri oldidagi mas\u02bculiyat va burchi aniq bayon etilgan. Jumladan, \u201cQutadg\u02bbu bilig\u201dda hukmdorning xalq ustidagi huquqlari sifatida hukmdorga itoat etish, soliqlarni o\u02bbz vaqtida to\u02bblash, hukmdor yaxshi ko\u02bbrgan narsani yaxshi ko\u02bbrish va aksincha unga xush kelmagan narsani qilmaslik keltirilgan. Buning evaziga hukmdor xalqni himoya qilishi, davlatni boshqarish uchun adolatli qonunlar chiqarishi, zulmning oldini olishi va yo\u02bbllarni xavfsiz holatga keltirishi kerak [15:863-865].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tarix davomida jamiyatni boshqaradigan shaxslarning xalqqa nisbatan adolatli va mehr-oqibatli bo\u02bblishi kutilgan. Biroq hokimiyatni qo\u02bblga kiritgan hukmdorning o\u02bbz davlatini adolatli boshqarmasligi, xalqiga zulm qilishi tarixda ko\u02bbp uchraydigan hodisalardan biridir. Shafqatsizlik bilan boshqariladigan davlatlar uzoq davom etmay, ichki tartibsizlik oqibatida davlatni tashqi kuchlarga nisbatan zaif qilib, uning qulashiga zamin yaratgan. Davlat arboblari, sarkardalar, faylasuflar va olimlar davlat boshqaruvidagi illatlarni ko\u02bbrsatib, xalqqa yaxshi va adolatli munosabatda bo\u02bblish kabi masalalarda hukmdorlarga tavsiya va pand-nasihat majmualarini taqdim etgan. Vaqt o\u02bbtishi bilan bu asarlar siyosatnomalar tarzida shakllandi. Siyosatnoma tipidagi asarlarni kengroq o\u02bbrganish zarur. Chunki bu asarlarda keltirilgan nasihatlar faqat hukmdorlarga berilmasdan, balki ayrim mansabdorlar, jumladan, vazir, viloyat noibi, hokim va hokimiyat tepasiga endi keladigan valiahdlarga berilgan maslahat bo\u02bblishi mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Siyosatnoma an\u02bcanasi islomdan oldin ham Sharq va G\u02bbarbda mashhur bo\u02bblgan. Bu sohada Sharq dunyosidagi hind-eron asarlari odatda namuna sifatida keltirilgan. Sosoniylarning so\u02bbnggi hukmdorlari davrida yozilgan \u201cAndarznoma\u201d, \u201cPandnoma\u201d asarlari va Buzurgmehr risolalari ancha mashhurdir. Abdulloh ibn Muqaffa tomonidan tarjima qilingan \u201cKalila va Dimna\u201d nomli asarning asl nomi Panchatantra bo\u02bblgan bu asar sanskrit tilidan tarjima qilingan. Panchatantra Eron shohi Xusrav Anushervon (<a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/531\">531<\/a>&#8211;<a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/579\">579<\/a>) buyrug\u02bbiga binoan, uning shaxsiy tabibi Barzuya Hindistondan keltirgan va pahlaviy tiliga tarjima qilingan [8:3].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sharqdagi hind-eron maktabiga turkiy xalqlar an\u02bcanasini ham qo\u02bbshish mumkin. O\u02bbrxun-Enasoy yodgorliklarida keltirilgan nasihatlar davlat boshqaruviga oid siyosatnoma yozish an\u02bcanasini ifodalaydi. Siyosatnoma asar yozish bo\u02bbyicha G\u02bbarbda asosan yunon faylasuflari, tarixchi va shoirlari ustunlik qiladi. Yunonlar bu mavzuda muhim asarlar taqdim etgan. Ulardan Aflotun va Arastu tomonidan yozilgan asarlar hozirgacha siyosat falsafasiga o\u02bbz ta\u02bcsirini o\u02bbtkazib kelmoqda. Shuningdek, yunon shoiri Ezop, Lafonten, Fenelon va Nikkolo Makiavelli kabi mutafakkirlar siyosatnoma an\u02bcanasining muhim vakillari sanaladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islomda siyosat falsafasining ibtidosi Muhammad sollallohu alayhi vasallam payg\u02bbambarligi davridan boshlangan, desak bo\u02bbladi. U zot faoliyati davomida islom ummatining payg\u02bbambari, davlat boshlig\u02bbi, qonun chiqaruvchi qozi va qo\u02bbshin qo\u02bbmondoni kabi vazifalarni bajargan. U tarqoq arab qabilalarini islom bayrog\u02bbi ostida birlashtirdi. Islomda xalifalik maqomi bo\u02bbyicha bahslar Payg\u02bbambar vafoti va xulafoi roshidindan keyin vujudga keldi [4:40]. Muoviya tomonidan o\u02bbg\u02bbli Yazidning xalifa etib tayinlashi xalifalik tizimining buzilishiga va islom jamoasiga rahbarlik qilish masalasiga oid munozaralar paydo bo\u02bblishiga olib keldi. Shu davrdan boshlab xalifalik otadan o\u02bbg\u02bbilga merosiy tarzda o\u02bbtadigan mansabga aylandi. Biroq xalifa mamlakatdagi diniy va dunyoviy hokimiyatning yagona rahbari sifatida saqlab qolindi. Bu holat Ummaviylar va Abbosiylar davrida ham davom etib, toki xalifa Mutavakkil (847-861) davriga kelib xalifalik parchalanish davriga qadar davom etdi. Abbosiylar xalifasi Mutavakkil davrida hokimiyat zaiflashdi va bu, o\u02bbz navbatida, davlatning parchalanib ketishiga olib keldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom tarixida siyosatnoma an\u02bcanasi Qur\u02bconi karim va Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadislari bilan boshlangan. Keyingi davrlarda yozilgan siyosatnomalarning mavzulari Qur\u02bconi karimda keltirilgan buyruq va ta\u02bcqiqlardan iborat ekanini ko\u02bbrish mumkin. Qur\u02bconi karim insonni axloqli, adolatli, saxovatli bo\u02bblishga chaqiradi va baxillik, adolatsizlik, axloqsizlikdan qaytaradi. Payg\u02bbambar Muhammad sollallohu alayhi vasallamning so\u02bbzlari va xatti-harakatlarini ham ushbu muqaddas kitobda keltirilgan oyatlarning tafsiri va kengaytirilgan tavsifi deb ta\u02bckidlashimiz mumkin. U zot Qur\u02bconi karimda keltirilgan buyruq va taqiqlarni hayotlik chog\u02bblarida shaxsan amalga oshirish orqali ko\u02bbrsatib o\u02bbtganlar. Kishilarga adolatli munosabatda bo\u02bblish uning shiori bo\u02bblib, doimo boshliqlarni adolatga buyurgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Alloh taolo hech qanday soya bo\u02bblmagan qiyomat kunida o\u02bbz soyasi ostidan panoh beradigan yetti kishining birinchisi odil hukmdor bo\u02bblishini ta\u02bckidlaydi [14:84].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad sollallohu alayhi vasallam o\u02bbz faoliyatidan tashqari, turli hududlarga yuborgan qo\u02bbshin qo\u02bbmondonlari va jangchilarga ham ba\u02bczi tavsiyalar berganlar. Jumladan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tunda biron bir aholi manziliga kelsalar, kechasi unga hujum qilmay, kunduzni kutar edilar. U keksalar, ayollar va bolalarni o\u02bbldirishni man qilganlar. U zot asirlarga yomon munosabatda bo\u02bblishni istamas, ularni qo\u02bbllarini yechib qo\u02bbyishni, ovqatlantirishni, kasallarni davolab, kiyintirishni buyurgan. Bu amr va tavsiyalar Payg\u02bbambardan keyin ham amalga oshirilganini ko\u02bbramiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Bakr xalifa bo\u02bblgach, Usoma ibn Zaydni qo\u02bbshinga bosh qilib Shomga yubordi. Xalifa Usoma ibn Zaydga qo\u02bbshin bilan birga bo\u02bblgan paytda unga xiyonat qilmaslikni, bergan va\u02bcdasini bajarishni, o\u02bbljani teng taqsimlashni, dushmanlarning og\u02bbzi, burni va quloqlarini kesmaslikni, monastirlarda ibodat qiluvchi yoshi ulug\u02bb dindorlar, qariyalar va bolalarni o\u02bbldirmaslikni amr qiladi. U davlat boshqaruviga jiddiy e\u02bctibor bilan qaraydi, hatto vafot etsa, o\u02bbz o\u02bbrniga kimni qoldirishini maslahatlashib, Umar ibn Xattobni o\u02bbrinbosar sifatida tanlaganini aytib o\u02bbtadi. O\u02bblimi oldidan Umarni yoniga chaqirib, xalifalikni qabul qilganidan so\u02bbng davlat boshqaruviga oid qisqacha o\u02bbz tavsiyalarini beradi. Umar, Usmon va Ali raziyallahu anhu xalifaligi davrida bu an\u02bcana davom ettirilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ali vafot etishidan oldin o\u02bbg\u02bbillariga taqvoga amal qilish, yetim, miskin va beva-bechoralarga g\u02bbamxo\u02bbrlik qilish, zolimga dushman, mazlumga himoyachi bo\u02bblish, Allohning kitobiga itoat qilish, namozni o\u02bbz vaqtida o\u02bbqish, zakotni to\u02bbg\u02bbri to\u02bblash, qilgan gunohlariga tavba qilish, g\u02bbazab va ginalarni yengish, er-xotin munosabatlariga rioya qilish, johillarga bag\u02bbrikeng bo\u02bblish, dinni yaxshi tushunishga harakat qilish, yaxshi qo\u02bbshnichilik munosabatlarini saqlashni amr qilgan [5:391].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ummaviylar davlatining eng odil hukmdori Umar ibn Abdulaziz borasida ham ko\u02bbplab misollar keltirish mumkin. Uning davlat boshqaruvidagi e\u02bctiborli inson ekanini ahli ayoli Fotima shunday hikoya qiladi: \u201cBir kuni Umarning oldiga bordim. U ko\u02bbrpada yig\u02bblab o\u02bbtirgan edi. \u201cBiror narsa bo\u02bbldimi?\u201d deb so\u02bbradim. U Muhammad sollallohu alayhi vasallam ummatining ishlarini o\u02bbz zimmasiga olib, bemorlar, kambag\u02bballar, miskinlar, keksalar, mazlumlar, yetimlar, ko\u02bbp bolali oilalar va boshqalar haqida o\u02bbylab, Alloh taolo qiyomat kuni mendan ular haqida so\u02bbraganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ular tufayli mendan xafa bo\u02bblishidan yig\u02bblayapman deb aytdi\u201d. Umar ibn Abdulazizning Kufa hokimi Abdulhamidga yozgan maktubida quyidagi tavsiyalarni yetkazadi: \u201cKufa yomon hokimlar tomonidan boshlangan qiyinchilik va zo\u02bbravonlik girdobiga duchor bo\u02bbldi. Dinning mohiyati adolat va xushxulqlikdir&#8230; Gunoh ishning ozi bo\u02bblmaydi. Ekin o\u02bbsmaydigan cho\u02bbl joylarni aholi yashaydigan joy deb hisoblamang. Aholidan soliqlarni yumshoqlik bilan yig\u02bbinglar&#8230; Mamlakatimizdagi musulmon kishilardan xiroj olmang. Mening bu amrlarimga amal qiling\u2026[5:63-65].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulafoi roshidin va ummaviy xalifalarning yuqorida keltirib o\u02bbtilgan ba\u02bczi buyruq va nasihatlari Qur\u02bconi karim va Rasululloh (s.a.v)dan boshlangan deb hisoblanadi. Bunda esa, islom davri siyosatnoma an\u02bcanasining davomi ekani oydinlashadi.\u00a0 Ummaviylar davrining oxirlarida siyosatnomalar yozish bo\u02bbyicha Sharq va G\u02bbarb ilm o\u02bbchoqlarining o\u02bbzaro uyg\u02bbunlashuvi natijasida yangicha qarashlar shakllana boshladi. Ummaviylar xalifasi Hishom (724-743) davrida olimlar antik davrdagi davlat boshqaruvi bilan bog\u02bbliq ishlarni tarjima qilishga kirishdi. Ulardan biri Mavlo Abul A\u02bclo Salim Arastuning Iskandarga yozgan risolalarini tarjima qildi. Ushbu risolalarning aksariyati fors madaniyati ta\u02bcsirida yozilgan yunon olimlarining qarashlari edi. Bu olimning \u201cKitab fis-siyasatil-amiya\u201d risolasi ham muhim ahamiyatga ega. Bu davrda Fors podshohlari haqida hikoya qilinadigan asarlarni ham tarjima qilish boshlandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">VIII asrda \u201cPanchatantra\u201dning \u201cKalila va Dimna\u201d nomi ostida tarjima qilinishi odob-axloq va tarbiyaga oid asarlarning arab adabiyotiga kirib kelishiga sabab bo\u02bbldi [4:99]. Abbosiylar davrida pand-nasihat mavzusidagi kitoblar yanada kengroq va tizimli tarzda yozilganini ko\u02bbramiz. Xalifa Ma\u02bcmun davrida tashkil etilgan \u201cBaytul-hikma\u201dda qadimgi Sharq va yunon olimlarining ilm-fan va falsafaga oid asarlari arab tiliga tarjima qilindi. Bu tarjimalar ichida boshqaruv tizimiga oid asarlarning salmog\u02bbi ham yetarlicha bo\u02bblgan. Abbosiylar davrida yozilgan siyosatnoma asarlarda Sharq va G\u02bbarb ilmiy maktablarining ta\u02bcsiri yaqqol ko\u02bbzga tashlanadi. Ummaviylar davrida yozilgan kitoblarda yagona manba Qur\u02bconi karim va hadislar edi. VIII asrdan boshlab yozilgan asarlarda Qur\u02bcon va hadislardan tashqari Hindiston, Eron va Qadimgi Yunonistonda yashagan hukmdorlar, faylasuflar yoki davlat arboblari ham misol tariqasida keltirila boshlandi. Xususan, xulafoi-roshidin, Muoviya, Umar ibn Abdulaziz, Horun ar-Rashid kabi davlat boshqaruvida muvaffaqiyat qozongan xalifalar, Aflotun, Arastu, Iskandar Zulqarnayn, Jamshid, Anushervon kabi Eron va Yunoniston tarixida ko\u02bbzga ko\u02bbringan hukmdor va faylasuflarni shular jumlasiga kiritish mumkin. Ba\u02bczi asarlarda Muhammad sollallohu alayhi vasallamdan oldin o\u02bbtgan Payg\u02bbambarlar faoliyatini ham misol tariqasida keltirish boshlandi. Mavardiy (974-1058) \u201cNasihatul-muluk\u201d asarini yozayotganda qo\u02bbllagan usuli haqida shunday deydi: \u201cLekin biz kitobimizga faqat o\u02bbz fikrimizni kiritib qo\u02bbymaganmiz, biz o\u02bbz nafsimizga ergashmasdan, har doim aytganlarimizga dalil keltirganmiz. Har bir aytgan so\u02bbzimizga Alloh taolo tomonidan nozil qilingan kitobdan bir oyat, Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnati va hadislaridan rivoyat dalil keltirdik. So\u02bbngra xulafoi roshidin, o\u02bbtmishdagi hukmdorlar, avvalgi sultonlar va faylasuflarning tarixdagi bosib o\u02bbtgan yo\u02bbllarini ham tilga oldik\u201d [11:115]. Nizomulmulk (1018-1092) o\u02bbzining \u201cSiyosatnoma\u201d asarida shunday yozadi: \u201cMen hadislar, Qur\u02bcon oyatlari, zamona ulamolarining so\u02bbzlari, ular aytgan qissalar va ularning talqinlarini har bir joy va bobda tushunarli tilda yetkazdim, toki odamlar bu kitobni o\u02bbqiyotganda shubha-gumonga tushib, kayfiyati tushmasin\u201d [12:17]. Abu Mansur as-Saolibiyning (961-1038) asosan Beruniy va Ibn Sino kabi olimlarni o\u02bbz saroyiga taklif qilgan Ma\u02bcmun ibn Ma\u02bcmunga bag\u02bbishlab yozgan \u201cAdabul-Muluk\u201dasari ham shu tartibda bayon qilingan [1:3].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abbosiylar va undan keyingi davrlarda yuqoridagi tartibga mos kelmaydigan pand-nasihatga oid asarlar ham yozilgan. G\u02bbaznaviylar hukmdori Sabuqteginning o\u02bbg\u02bbli Mahmud uchun vaziri Abul Fath Bustiy tomonidan yozilgan \u201cPandnoma\u201d shulardan biridir. Bu kitobda hech bir oyat, hadis yoki biror hukmdor yoki olim keltirilmagan. Biroq ushbu pandnomaga diqqat bilan e\u02bctibor qaratilsa, islom dini ta\u02bcsiri darhol seziladi. Asarda keltirilgan pand-nasihatlar biror oyat tafsiri yoki hadis sharhiga o\u02bbxshaydi. Ayrim siyosatnomalarda, islomning ilk davrida yozilgani kabi faqat Qur\u02bconi karim va hadislar manba sifatida tilga olinib, boshqa ulamolar fikri keltirilmaydi. Tohiriylar sulolasi asoschisi Tohir ibn Husayn (821-822)ning o\u02bbg\u02bbli Abdullohga (828-845) xalifa Ma\u02bcmun tomonidan Misrga hokim etib tayinlanganida yozgan uzun maktubini misol qilib keltirish mumkin. U o\u02bbg\u02bbliga boshqaruv bo\u02bbyicha bergan nasihatlarini shunday yozadiki, unda Qur\u02bconi karim oyatlari matn mazmuniga singdirib yuboriladi [5:258-267].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abbosiylar davrida mana shunday uslubda yozilgan asarlardan biri Yoqub Abu Yusuf tomonidan (731-799) xalifa Horun ar-Rashidga (765-809) taqdim etilgan \u201cKitab al-xaroj\u201d asaridir. \u201cKitab al-xaroj\u201d aslida siyosatnoma an\u02bcanasi doirasida xalifaga pand-nasihat qilish uchun yozilgan kitob emas. \u201cKitob al-xaroj\u201d asari islom tarixida davlat xarajatlarini mablag\u02bb bilan ta\u02bcminlashda soliqlarning o\u02bbrni va roli, soliq turlari, miqdori, ularni yig\u02bbish, to\u02bbplash, jamiyat va davlat ehtiyojlari uchun teng taqsimlash tartibi, fuqarolar va soliq yig\u02bbuvchilarning huquq va majburiyatlari bilan bog\u02bbliq munosabatlarni tartibga soluvchi musulmon huquqshunosligi normalariga bag\u02bbishlangan asardir. Bunda Horun ar-Rashidga davlat boshqaruvi bo\u02bbyicha ko\u02bbrsatmalarni o\u02bbz ichiga olgan kirish qismi e\u02bctiborimizni tortadi. Siyosatnoma an\u02bcanasiga oid asar hisoblanadigan bu kitobning muqaddimasida Abu Yusuf xalifaga maslahat berishda faqat oyat va hadislardan manba sifatida foydalangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u0410bu Yusuf xalifalik soliq tizimining shakllanishiga ulkan hissa qo\u02bbshgan. Uning soliq solish muammolari to\u02bbg\u02bbrisidagi \u201cKitob al-xaroj\u201d risolasi islom olamida iqtisodiy masalalarni qamrab olgan birinchi risola hisoblanadi. U bu kitobni hijriy 174-182 yillarda Abbosiylar xalifaligining bosh qozisi bo\u02bblib ishlagan paytida yozgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u0410bbosiylar xalifaligi islom huquq va an\u02bcanalariga asoslangan holda boshqarilar edi. Bunda o\u02bbsha davrda bosh qozi bo\u02bblgan \u0410bu Yusufning xizmati kattadir. Uning xalifa Horun ar-Rashidga bag\u02bbishlab yozgan \u201cKitob al-xaroj\u201d asarining muqaddimasida islomiy boshqaruv tizimi xulafoi roshidin va Umar ibn \u0410bdulaziz kabi bo\u02bblishi alohida ta\u02bckidlab o\u02bbtilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xalifa Horun ar-Rashid mamlakat aholisining hayoti va mol-mulki xavfsizligini ta\u02bcminlashga, adolat bilan hukmronlik qilishga harakat qilgan hukmdor edi. U Imom \u0410bu Yusufdan iqtisodiy-ijtimoiy masalalar bo\u02bbyicha savollarga javob berishni, islom dinida soliq qoidalari qay tartibda bo\u02bblishi haqida so\u02bbraydi. \u0410bu Yusuf bu savollarga javob berish maqsadida \u201cKitob al-xaroj\u201d asarini yozdi. Unda nafaqat davlat daromadlari va xarajatlari, balki turli ijtimoiy-iqtisodiy masalalar ham yoritilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Yusufning kitob muqaddimasida keltirilgan boshqaruvga oid tavsiyalari siyosatnoma ana\u02bcanasi doirasida yoritilgan mavzulardan farq qilmaydi. Hukmdorga berilgan tavsiyalarda xalqni adolat bilan boshqarish masalasi siyosatnomalarga xos xususiyat hisoblanadi. Abu Yusuf tavsiyalarining yana bir xususiyati shundaki, u asarda Eron-Hind yoki Qadimgi Yunoniston hukmdorlari va faylasuflaridan misol keltirmasdan, balki masalani sharhlashda turli oyat va hadislardan foydalanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Yusuf bu kitobni yozishdan maqsadini quyidagicha ifodalaydi: \u201cMo\u02bbminlar amiri, Alloh uni qo\u02bbllab-quvvatlasin, mendan o\u02bbzi uchun xiroj, ushr, zakot, jizya va boshqa soliqlarni yig\u02bbishda, mazkur ishning mohiyatini anglab, unga muvofiq ish tutishda qo\u02bbllanma bo\u02bbladigan kitob yozib berishimni so\u02bbradi. Bu kitobni yozdirishdan maqsad \u2013 fuqarolariga zulm (jabr) qilmaslik va ularning farovonligini ta\u02bcminlashdan iborat. Alloh mo\u02bbminlar amirini ko\u02bbzlagan ishiga muvaffaq qilsin, uni to\u02bbg\u02bbri yo\u02bblga boshlab, maqsadiga erishishida yordam bersin, uni tashvishga solayotgan narsalardan salomat qilsin\u201d [6:8].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Yusuf undan so\u02bbralgan masalalar haqida yozishni boshlashdan oldin Horun ar-Rashidga adolatli boshqaruv haqida bir qancha maslahat beradi. Bu maslahatlarning eng birinchisi adolat bilan hukm chiqarish haqida edi. U bu haqda: \u201cErtaga tajovuzkorlar yo\u02bblidan borganlar qatorida \u0410lloh huzurida to\u02bbxtamagin, negaki, qiyomat kunining egasi o\u02bbz bandalarining maqomiga qarab emas, balki bajargan ishiga qarab jazo beradi\u201d [3:35].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">U davlatni hukmdorning qo\u02bblidagi Allohning in\u02bcomi deb biladi. \u201cAlloh sizga bergan narsaga ehtiyot bo\u02bbling va sizga ishonib topshirilgan hukmlarni bajaring\u201d. Musulmon davlatining farovonligi uchun u shunday ta\u02bckidlaydi: \u201cHukmdor xalq farovonligi uchun javobgardir va u ular uchun hamma narsani qilishi kerak\u201d. Xalifa Horun ar-Rashidga yozgan risolasida u odamlar farovonligini ta\u02bcminlash va qiyinchiliklardan xalos qilish musulmon davlatining asosiy vazifasi, deb ta\u02bckidlagan. Shuningdek, u jamiyatning barcha a\u02bczolari farovonligini ta\u02bcminlaydigan va umumiy farovonlikni yuksaltiradigan siyosat zarurligini yozadi. Abu Yusuf xalifaga o\u02bbz ishini vaqtida bajarishni, hech bir ishni kechiktirmaslikni, xalqni adolat bilan boshqarishni, kuniga bir soat bo\u02bblsa ham adolatli bo\u02bblishni maslahat beradi. Qiyomat kunida Alloh huzurida boshliqlarning eng baxtlisi qo\u02bbl ostidagi fuqarolari undan xursand bo\u02bblganidir. Xalifa to\u02bbg\u02bbri yo\u02bbldan adashmasligi, o\u02bbz xohishiga ko\u02bbra va g\u02bbazab ustida ish ko\u02bbrmasligi kerak. Shuningdek, u Alloh taoloning buyruqlarini bajarishda uzoq-yaqin insonlarning hammasini teng ko\u02bbrishi va ularga birdek munosabatda bo\u02bblishi lozimligini ta\u02bckidlaydi [6:9].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Yusuf Horun ar-Rashidning g\u02bbaflat pardasini o\u02bbrab, oxiratini unutishini istamaydi. Qiyomat kuni kelishidan xabar beruvchi oyatlardan misol keltiradi. Yana oxiratda hukm qattiq bo\u02bblishini bildiruvchi oyatlarga e\u02bctibor qaratadi va xalifaga zulm yo\u02bbliga kirishdan saqlanishni maslahat beradi. Uning fikricha, hukmdor xalqning cho\u02bbponidir va ular uchun mas\u02bculdir. Agar cho\u02bbpon qo\u02bbyini tashlab ketsa yoki boshqa ish bilan band bo\u02bblgani sababli suruvdagi hayvonlar yo\u02bbqolib qolsa yoxud nobud bo\u02bblsa, cho\u02bbpon ularni to\u02bblashi shart. Shu munosabat bilan hayvonlarning yo\u02bbq qilinishi cho\u02bbponning yo\u02bbq qilinishiga ham olib kelishi mumkin. Cho\u02bbponning yaxshi qo\u02bbriqlashi, nazorati va himoyasi tufayli podaning yaxshi xulq-atvori uning baxti va mehnati evaziga munosib javob olishiga sabab bo\u02bbladi. Xuddi shuningdek, Alloh taolo xalifani oxiratda himoya qilishi va g\u02bbamxo\u02bbrligi uning dunyoda o\u02bbz qo\u02bbl ostidagilarini himoya qilishi va g\u02bbamxo\u02bbrligiga bog\u02bbliqdir. Xalifaning o\u02bbz qavmini adolat bilan boshqarishi oxiratda najot topishiga sabab bo\u02bblsa, zulmi esa Alloh taolo tomonidan jazolanishiga olib keladi. Shu sababdan xalifa o\u02bbz qavmining ahvolidan xabardor bo\u02bblishi kerak [6:10].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Yusuf Horun ar-Rashidga bergan nasihatini duo bilan yakunlaydi va xalifaning bu kitobga bo\u02bblgan talabini oshirish uchun o\u02bbzi tanlagan ko\u02bbplab hadislarni kitob oxiriga qo\u02bbshadi.<strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abu Mansur as-Saolibiy. Kitob latoif al-maorif. \u2013 T.: Fan, 1987.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. \u2013 T.: Yangi asr avlodi, 2016.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u0410\u0431\u0443 \u042e\u0441\u0443\u0444 \u042f\u043a\u0443\u0431 \u0431. \u0418\u0431\u0440\u0430\u0445\u0438\u043c \u0430\u043b-\u041a\u0443\u0444\u0438. \u041a\u0438\u0442\u0430\u0431 \u0430\u043b-\u0425\u0430\u0440\u0430\u0434\u0436 (\u041c\u0443\u0441\u0443\u043b\u044c\u043c\u0430\u043d\u0441\u043a\u043e\u0435 \u043d\u0430\u043b\u043e\u0433\u043e\u043e\u0431\u043b\u043e\u0436\u0435\u043d\u0438\u0435) \/ \u041f\u0435\u0440. \u0441 \u0430\u0440\u0430\u0431\u0441\u043a\u043e\u0433\u043e \u0438 \u043a\u043e\u043c\u043c\u0435\u043d\u0442\u0430\u0440\u0438\u0438 \u0410.\u042d.\u0428\u043c\u0438\u0434\u0442\u0430. \u0421\u0443\u043f\u0440\u0430\u043a\u043e\u043c\u043c\u0435\u043d\u0442\u0430\u0440\u0438\u0438 \u043a \u043f\u0435\u0440\u0435\u0432\u043e\u0434\u0443 \u0410.\u0421.\u0411\u043e\u0433\u043e\u043b\u044e\u0431\u043e\u0432\u0430. \u041f\u043e\u0434\u0433\u043e\u0442\u043e\u0432\u043a\u0430 \u043a \u0438\u0437\u0434\u0430\u043d\u0438\u044e, \u0432\u0441\u0442\u0443\u043f\u0438\u0442. \u0441\u0442\u0430\u0442\u044c\u044f \u0438 \u0443\u043a\u0430\u0437\u0430\u0442\u0435\u043b\u0438 \u0410.\u0410.\u0425\u0438\u0441\u043c\u0430\u0442\u0443\u043b\u0438\u043d\u0430. \u2013 \u0421\u0430\u043d\u043a\u0442 \u041f\u0435\u0442\u0435\u0440\u0431\u0443\u0440\u0433.,<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Erwin I.J. Rosenthal. Political thought in medieval islam. \u2013 Cambridge: University press, 1962.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u0130bn\u00fc\u02bcl-Es\u00eer, \u0130zzeddin Ebi\u02bcl-Hasan Ali b. Ebi\u02bcl-Keram Muhammed b. Muhammed e\u015f-\u015eeyb\u00e2n\u00ee, el-K\u00e2mil fi\u02bctT\u00e2r\u00eeh. \u2013 Beyrut: Dar-u Sadr, 1979. II.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Imom Abu Yusuf Yoqub ibn Ibrohim Kufiy. Kitob al-xaroj. \u2013 T.: O\u02bbzbekiston xalqaro islom akademiyasi, 2021.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">John Locke and government by consent \/ by Maurice Cranston. \/\/ IN:\u00a0<em>Political ideas<\/em>\/ edited by David\u00a0<a href=\"https:\/\/openpublishing.psu.edu\/locke\/bib\/nt.html#thomsond\">Thomson<\/a>. \u2013 London: Watts, 1966.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Kalila va Dimna \/ Tarjimon: Suyima G\u02bbaniyeva. \u2013 T.: Yangi asr avlodi, 2014.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Macit G\u00f6kberk. Felsefe tarihi, remzi kitabevi. \u2013 Istanbul, 1985.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Martin Luther and the \u201cTwo Kingdoms\u201d \/ W.D.J.Cargill Thomson. \/\/ IN:\u00a0<em>Political ideas<\/em>\/ edited by David\u00a0<a href=\"https:\/\/openpublishing.psu.edu\/locke\/bib\/nt.html#thomsond\">Thomson<\/a>. \u2013 London: Watts, 1966.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Siyaset sanati (Nasihat\u00fc\u02bcl-M\u00fcl\u00fbk, \u00c7av. Mustafa Sar\u0131b\u0131y\u0131k, K\u0131rkambar Yay., \u0130st., 2000.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Siyosatnoma (Siyarul muluk). \u2013T.: Yangi asr avlodi, 2008.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Thomas Hobbes and Philosophy of Absolutism \/ K.R.Minogue. \/\/ <em>Political ideas<\/em>\/ edited by David\u00a0<a href=\"https:\/\/openpublishing.psu.edu\/locke\/bib\/nt.html#thomsond\">Thomson<\/a>. \u2013 Harmondsworth, England: Penguin Book Ltd., 1966.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Yahyo ibn Sharaf Navaviy. Riyozus solihiyn. \u2013 T.: Movarounnahr. 2004.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Yusuf Xos Hojib. Qutadg\u02bbu bilig. \u2013 T.: Fan, 1971.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">ABDUQAHHOR RAXMONOV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktor o\u02bbrinbosari,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">falsafa fanlari bo\u02bbyicha falsafa doktori (PhD), dotsent<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Tarix, antropologiya, arxeologiya, sotsiologiya va ijtimoiy psixologiyaga oid tadqiqotlardan ma\u02bclumki, insonlar ijtimoiy mavjudotdir. Ular turli sabablarga ko\u02bbra jamoa bo\u02bblib yashashga odatlangan. Davlat\u00a0 negizida birlashish tarixning qaysidir davrida amalga oshirilgani tarixchilar tomonidan aniqlangan. Shunday bo\u02bblsa-da, faylasuf olim Jon Lokk fikricha, bir vaqtlar yer yuzida hukumat yoki siyosiy jamoa bo\u02bblmagan. Hamma odamlar tabiiy anarxiya holatini boshidan kechirgan. &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":39781,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>\u201cSIYOSATNOMA\u201d AN\u02bcANASI VA ABU YUSUFNING HORUN AR-RASHIDGA TAVSIYALARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"\u201cSIYOSATNOMA\u201d AN\u02bcANASI VA ABU YUSUFNING HORUN AR-RASHIDGA TAVSIYALARI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39779&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"\u201cSIYOSATNOMA\u201d AN\u02bcANASI VA ABU YUSUFNING HORUN AR-RASHIDGA TAVSIYALARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"\u201cSIYOSATNOMA\u201d AN\u02bcANASI VA ABU YUSUFNING HORUN AR-RASHIDGA TAVSIYALARI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39779&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2025-01-23T04:11:50+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2025-01-23T10:40:56+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/siyosatnoma2301.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"370\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"13 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39779&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39779&lang=oz\",\"name\":\"\u201cSIYOSATNOMA\u201d AN\u02bcANASI VA ABU YUSUFNING HORUN AR-RASHIDGA TAVSIYALARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39779&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39779&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/siyosatnoma2301.jpg\",\"datePublished\":\"2025-01-23T04:11:50+00:00\",\"dateModified\":\"2025-01-23T10:40:56+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"\u201cSIYOSATNOMA\u201d AN\u02bcANASI VA ABU YUSUFNING HORUN AR-RASHIDGA TAVSIYALARI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39779&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39779&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39779&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/siyosatnoma2301.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/siyosatnoma2301.jpg\",\"width\":660,\"height\":370},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39779&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"\u201cSIYOSATNOMA\u201d AN\u02bcANASI VA ABU YUSUFNING HORUN AR-RASHIDGA TAVSIYALARI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"\u201cSIYOSATNOMA\u201d AN\u02bcANASI VA ABU YUSUFNING HORUN AR-RASHIDGA TAVSIYALARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"\u201cSIYOSATNOMA\u201d AN\u02bcANASI VA ABU YUSUFNING HORUN AR-RASHIDGA TAVSIYALARI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39779&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"\u201cSIYOSATNOMA\u201d AN\u02bcANASI VA ABU YUSUFNING HORUN AR-RASHIDGA TAVSIYALARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"\u201cSIYOSATNOMA\u201d AN\u02bcANASI VA ABU YUSUFNING HORUN AR-RASHIDGA TAVSIYALARI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39779&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2025-01-23T04:11:50+00:00","article_modified_time":"2025-01-23T10:40:56+00:00","og_image":[{"width":660,"height":370,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/siyosatnoma2301.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"13 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39779&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39779&lang=oz","name":"\u201cSIYOSATNOMA\u201d AN\u02bcANASI VA ABU YUSUFNING HORUN AR-RASHIDGA TAVSIYALARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39779&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39779&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/siyosatnoma2301.jpg","datePublished":"2025-01-23T04:11:50+00:00","dateModified":"2025-01-23T10:40:56+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"\u201cSIYOSATNOMA\u201d AN\u02bcANASI VA ABU YUSUFNING HORUN AR-RASHIDGA TAVSIYALARI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39779&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=39779&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39779&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/siyosatnoma2301.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/siyosatnoma2301.jpg","width":660,"height":370},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39779&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"\u201cSIYOSATNOMA\u201d AN\u02bcANASI VA ABU YUSUFNING HORUN AR-RASHIDGA TAVSIYALARI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/39779"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=39779"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/39779\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":39873,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/39779\/revisions\/39873"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/39781"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=39779"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=39779"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=39779"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}