{"id":39765,"date":"2025-01-21T09:01:30","date_gmt":"2025-01-21T04:01:30","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=39765"},"modified":"2025-01-21T15:27:37","modified_gmt":"2025-01-21T10:27:37","slug":"at-tarixus-sag%ca%bbir-asari-hadis-roviylari-tarixini-o%ca%bbrganishga-oid-muhim-manba","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39765&lang=oz","title":{"rendered":"\u201cAT-TARIXUS SAG\u02bbIR\u201d ASARI HADIS ROVIYLARI TARIXINI O\u02bbRGANISHGA OID MUHIM MANBA"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mamlakatimizda Qur\u02bcon, hadis, aqida, fiqh, tasavvuf kabi islom ilmlariga oid qimmatli asarlar ta\u02bclif etgan ulug\u02bb ajdodlarimiz ilmiy merosini o\u02bbrganish yangi bosqichga chiqdi. Bunda Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari va Islom sivilizatsiyasi markazining tashkil etilgani muhim ahamiyatga ega bo\u02bbldi. Qayd etish kerakki, shu vaqtgacha allomalarimiz asarlari yakka tartibda ona tilimizga tarjima qilingan bo\u02bblsa, bugungi kunda ushbu jarayon tizimli ilmiy harakatga aylandi. Masalan, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi \u201cTa\u02bcvilot al-Qur\u02bcon\u201d asarini o\u02bbzbek tiliga o\u02bbgirishni yo\u02bblga qo\u02bbygan. Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi esa Imom Termiziy va Hakim Termiziyning 20 dan oshiq asarlarini nashr etishga erishdi. Xuddi shunday, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi \u201cHadis ilmida musulmonlar amiri\u201d deb ardoqlangan bobomiz Imom Buxoriyning barcha asarlarini o\u02bbzbek tilida chop etishga yaqin turibdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yaqinda ilmiy jamoatchilikka taqdim etilgan \u201cAt-Tarixus sag\u02bbir\u201d asarini Markaz faoliyatining yorqin amaliy natijasi sifatida baholash mumkin. \u201cAt-Tarixus sag\u02bbir\u201d tarjimasi 570 sahifadan iborat bo\u02bblib, unda keltirilgan ayrim tarixiy voqealarga izoh va sharhlar berildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy hadis roviylari tarixiga oid \u201cAt-Tarixul kabir\u201d, \u201cTarixul avsat\u201d va \u201cAt-Tarixus sag\u02bbir\u201d deb nomlangan asarlar yozgan bo\u02bblib, \u201cAt-Tarixul kabir\u201dda jami 13 ming 798 nafar roviy haqida \u00a0ma\u02bclumot keltirilgan. \u201cAt-Tarixul kabir\u201ddagi roviylar alifbo tartibi bilan berilgan bo\u02bblsa, \u201cAt-Tarixus sag\u02bbir\u201d sanalar bo\u02bbyicha, ya\u02bcni hadis roviylarining vafot etgan yillariga ko\u02bbra tartiblangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriydan \u201cAt-Tarixus sag\u02bbir\u201dni Abdulloh ibn Muhammad \u00a0ibn Abdurahmon Ashqar va Abu Muhammad Zanjavayh ibn Muhammad Nisoburiylar rivoyat qilgan [2:27].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ulamolar Imom Buxoriyning tarix kitoblariga yuqori baho bergan. Ravdoniy: \u201cAsar sahobalar tarixiga oid bo\u02bblib, ular haqida ma\u02bclumot berilgan ilk asardir\u201d, degan [3:32].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad ibn Abu Hotim Varroq Buxoriy esa: \u201cAbu Sahl Mahmud Shofe\u02bciy bunday deganini eshitdim: \u201cO\u02bbttizdan ziyod misrlik ulamodan eshitgan edim. Ular: \u201cBizning bu dunyodagi ehtiyojimiz Muhammad ibn Ismoilning \u201cTarix\u201d kitobini o\u02bbqishdir\u201d, degan edi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAt-Tarixus sag\u02bbir\u201d asari 2997 nafar roviy haqidagi ma\u02bclumotlarni jamlagan. Imom Buxoriy bu asarda mashhur sahobalar, tobeinlar va tobeinlarning izdoshlarini, ularning vafot etgan yillari, naslu nasabi, o\u02bbzaro muloqoti haqida bayon qiladi. Ko\u02bbp hollarda ayrim roviylarning sifatlariga xos bo\u02bblgan hadis istilohlarini: jarh va ta\u02bcdil, nosix va mansux, sahih va zaifligini bayon qilganini ham qayd etadi. Muallif bu asariga voqealarning yilma-yil kechishiga qarab tartib bergan. Agar bir sanani tugatsa, u sanada vafot etgan mashhur shaxslarni, ular bilan bog\u02bbliq muhim ishlarni zikr etib, undan so\u02bbng keyingi voqealarni hikoya qilishni boshlagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy ushbu asarini yozar ekan, avvalo, ilmiy omonatdorlik va xolislik tamoyillariga qat\u02bciy rioya qilgan. Bu asarning ahamiyatga molik jihati shundaki, ayrim roviylarning sifati jarh va ta\u02bcdil iboralari bilan keltirilgan. Imom Buxoriy jarh lafzini ishlatmoqchi bo\u02bblsa, juda ehtiyotkorlik bilan yondashgan. Masalan: \u0646\u0638\u0631 \u0641\u064a\u0647 (fiyhi nazarun \u2013 uning rivoyatlarini tekshirish lozim), \u0639\u0646\u0647 \u0633\u0643\u062a\u0648\u0627 (sakatu anhu \u2013 u haqda sukut saqlashgan) ni ishlatgan. Muhaddisning bu borada qo\u02bbllagan eng qattiq so\u02bbzi \u0627\u0644\u062d\u062f\u064a\u062b \u0645\u0646\u0643\u0631 (munkarul hadis \u2013 rivoyat qilgan hadisi rad etilgan) so\u02bbzidir. Shu sababli ulamolar Imom Buxoriyning roviyga bergan yengilgina salbiy ta\u02bcrifini ham jiddiy qabul qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asarni tartibga keltirishda muallifning quyidagi maqsadlari ko\u02bbzga tashlanadi:<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Roviyning ismi va kunyasini aniqlash-tirish:<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>&#8211;\u00a01310. Abu Ja\u02bcfar Madoiniyning ismi Abu Ja\u02bcfar Abdulloh ibn Misvar ibn Avn ibn Ja\u02bcfar ibn Abu Tolib Qurayshiydir <\/em>[1:319]<em>. <\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>&#8211;\u00a02579. Mus\u02bchar ibn Abdulmalik ibn Sala\u02bca Hamdoniy Kufiyning kunyasi Abu Muhammaddir<\/em>[1:507]<em>. <\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>&#8211;\u00a02600. Ahmad ibn Solih aytdi: \u201cYunus akamning o\u02bbg\u02bbli Anbasa ibn Xolid ibn Yazid 197\/813-yilda vafot qildi. Uning laqabi Ayliy edi\u201d<\/em> [1:509]<em>.<\/em><\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\" start=\"2\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Roviyning Payg\u02bbambar alayhissalomni ko\u02bbrgani va u zot alayhissalomdan hadis rivoyat qilganini aniqlashtirish:<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>&#8211;\u00a02358. Ma\u02bcmar Sobitdan, u Anasdan, u Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan hadis aytgan. Ma\u02bcmardan Abu Dovud rivoyat qilgan<\/em> [1:476]<em>.<\/em><\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\" start=\"3\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Roviyning tug\u02bbilgan, yashagan, safar qilgan, vaqtinchalik to\u02bbxtab o\u02bbtgan va vafot etgan sana hamda manzillarini aniqlashtirish:<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#8211;\u00a0<em>1570. Yahyo ibn Bukayr dedi: \u201cQoriz ibn Shaybaning ozod qilgan quli Ubaydulloh ibn Abu Yazid 126\/744-yili vafot etdi. U makkalikdir\u201d<\/em> [1:361]<em>. <\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>&#8211;\u00a01753. Amr ibn Qays Sakuniy Himsiy 140\/757-yili vafot etgan <\/em>[1:388]<em>. <\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>&#8211;\u00a02392. Xalafning kunyasi Abu Ahmad bo\u02bblib, Ashja\u02bcning ozod qilgan quli edi. Aytilishicha, u 181\/797-yili yuz yoshida Bag\u02bbdodda vafot etgan. Xalaf avval Kufada yashadi, keyin Vositga ko\u02bbchdi, so\u02bbngra Bag\u02bbdodga ko\u02bbchib o\u02bbtdi. Ahmad: \u201cXalaf 180\/796 yoki 179\/795-yilning oxirida vafot etdi\u201d, dedi<\/em> [1:481]<em>.<\/em><\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\" start=\"4\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Roviyning hadisi tark qilinishining sababini bayon qilish:<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>&#8211;\u00a01768. Yahyo bizga Sufyondan, u Mansurdan, u Ibrohimdan, u Xolid ibn Sa\u02bcddan, u Abu Mas\u02bcuddan rivoyat qildi: \u201cU ko\u02bbzadan nabiz (mast qiluvchi ichimlik) ichar edi\u201d<\/em> [1:390]<em>. <\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>&#8211;\u00a01771. Xolid Abd Basriy hadisni Ibn Munzir va Hasandan rivoyat qilgan. Amr ibn Ali uni hadis to\u02bbquvchi, deb ayblagan<\/em>[1:391]<em>. <\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>&#8211;\u00a02041. Ja\u02bcfar ibn Abu Ja\u02bcfar Ashjaiyning otasidan rivoyat qilgan hadislari munkardir <\/em>[1:433]<em>.<\/em><\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\" start=\"5\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Roviylar silsilasini aniqlashtirish:<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>&#8211;\u00a01430. Miqsamning Ummu Salamadan ham, Maymunadan ham, Oishadan ham hadis eshitgani ma\u02bclum emas <\/em>[1:338]<em>. <\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>&#8211;\u00a02241. Said ibn Zuvn Sa\u02bclabiy Basriy Anas ibn Molikni ko\u02bbrgan. Undan Muhammad ibn Said Qurayshiy hadis eshitgan. Saidning hadisiga ergashilmaydi <\/em>[1:461]<em>.<\/em><\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\" start=\"6\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Roviyning fazilatlari, nuqsonlari va hadisga ta\u02bcsir qiladigan boshqa xususiyatlarini keltirish:<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#8211;\u00a0<em>1898. Menga Ubaydulloh ibn Said so\u02bbzlab berdi: Bizga Yahyo ibn Said so\u02bbzlab berdi: \u201cMenga Sariy ibn Ismoilning bir majlisda yolg\u02bbon so\u02bbzlagani oshkor bo\u02bbldi. U Kufiy Hamdoniydir\u201d<\/em> [1:412]<em>. <\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>&#8211;\u00a01899. Ali dedi: \u201cJarir dedi: \u201cUmar ibn Ya\u02bclo hadisni Anasdan rivoyat qilardi\u201d. Menga Umar ibn Ya\u02bcloning qavmidan Zoida: \u201cSenga u (Umar) qaysi hadislarni aytib berdi?\u201d dedi. Men: \u201cAnasdan rivoyat qilingan hadislarni aytdi\u201d, dedim. Zoida: \u201cGuvohlik berib aytamanki, u (Umar ibn Ya\u02bclo) bunday-bunday (halolligiga shubha bo\u02bblgan) narsalarni ichar edi. Shu sababli xohlasang, undan hadis yozib ol, xohlasang, undan tiyil\u201d, dedi\u201d<\/em> [1:412]<em>. <\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>&#8211;\u00a02098. Abdulloh ibn Muhriz Omiriy Jazariy Qatodadan munkar hadis rivoyat qilgan <\/em>[1:441]<em>. <\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>&#8211;\u00a02189. Maysara ibn Abdu Robbihga yolg\u02bbonchilik aybi qo\u02bbyilar edi <\/em>[1:455]<em>.<\/em><\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\" start=\"7\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hadisning darajasini belgilash:<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>&#8211;\u00a01303. Abu Saviya Uqaymiyning ismi Suhayldir. Uning hadisi basralik roviylar rivoyatlari qatorida turadi<\/em> [1:319]<em>. <\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>&#8211;\u00a01309. Sho\u02bbba Abu Avndan rivoyat qilib aytadi: \u201cHoris bundan boshqa sanad bilan tanilmagan va bu sahih emas\u201d<\/em> [1:319]<em>. <\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>&#8211;\u00a01564. Muoz ibn Muoz Sho\u02bbbadan, u Tavbadan, u Nofe\u02bcdan, u Ibn Umardan, u Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan kiyim haqida rivoyat qildi. Ammo bu hadisni Ibn Umardan rivoyat qilgani sahih emas <\/em>[1:360]<em>.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>&#8211;\u00a01801. Musayyab ibn Nofe\u02bc Abdulloh ibn Sulaymon ibn Junoda ibn Abu Umayyadan, u otasidan hadis rivoyat qilgan. U Davsiydir. Uning hadisiga ergashilmaydi<\/em> [1:395]<em>.<\/em><\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\" start=\"8\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manzillarning geografik joylashuvi haqida ma\u02bclumot berish:<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>&#8211;\u00a01335. Zamor San\u02bcodan ikki marhala masofadagi joydir<\/em> [1:323]<em>. <\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>&#8211;\u00a01651. Menga Ali ibn Nasr so\u02bbzlab berdi: \u201cAsh\u02bcas ibn Abdulloh ibn Jobir Abu Abdulloh A\u02bcmo Huddoniy Basriydir. Huddon Azdda joylashgan\u201d<\/em> [1:374]<em>.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>&#8211;\u00a02025. Avzo Humayr hududiga kiruvchi joydir. Humayr esa Damashqning Farodis Shomiy darvozasi tomonidan chiq<\/em><em>qan<\/em><em>da keladigan qishloqdir <\/em>[1:430]<em>.<\/em><\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\" start=\"9\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhim voqea-hodisalarning qachon sodir bo\u02bblganini rivoyat qilish:<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>&#8211;\u00a0290. Menga Hasan ibn Voqi\u02bc so\u02bbzlab berdi: Bizga Zamra so\u02bbzlab berdi: \u201cJamal voqeasi 36\/657-yili bo\u02bblgan edi\u201d. Abu Nuaym: \u201cU rajab oyida bo\u02bblgan\u201d, dedi <\/em>[1:133]<em>. <\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>&#8211;\u00a02058. Ali dedi: \u201cSufyonning: \u201cJuhhof (halokatli yog\u02bbingarchilik) saksoninchi yili bo\u02bblgan edi\u201d, deb aytayotganini eshitganman\u201d<\/em> [1:435]<em>.<\/em><\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\" start=\"10\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Roviyning hadis ilmidagi salohiyatini aniqlashtirish:<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>&#8211;\u00a0<\/strong><em>1347. Ba\u02bczi nasabshunos olimlar aytdi: \u201cHakam ibn Utayba ibn Nahhos Bani Sa\u02bcd ibn Ijl ibn Luhayn qabilasidandir. Uning (hadis) yodlagan yoki yodlamaganini bilmayman\u201d<\/em> [1:324]<em>. <\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>&#8211;\u00a02170. Bizga Muslim so\u02bbzlab berdi: Bizga Abu Hasan Said ibn Zayd so\u02bbzlab berdi: \u201cU rostgo\u02bby, hofizdir\u201d<\/em> [1:452]<em>. <\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>&#8211;\u00a02368. Ali ibn Abdulloh Menga Sufyondan so\u02bbzlab berdi: U aytdi: \u201cMolik hadis ilmida peshvo kishidir\u201d<\/em> [1:477]<em>.<\/em><\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\" start=\"11\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Roviy qaysidir firqaga mansub bo\u02bblsa, ma\u02bclum qilish:<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>&#8211;\u00a01677. Yahyo ibn Said dedi: \u201cAto ibn Abu Maymuna o\u02bblat kasalligidan keyin vafot etdi. U qadariylarning e\u02bctiqodida edi\u201d<\/em> [1:377]<em>. <\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>&#8211;\u00a01988. Ali ibn Nasr menga aytib berdi. U Solih ibn Abdulquddusning aka (yoki uka)si Abdusalomning ozod qilgan qulidir. Abdusalom esa Abdurahmon ibn Qaysning ozod qilgan qulidir. U Mahlabning ona bir ukasi bo\u02bblib, qurbonlik kuni xorijiylar bilan birga o\u02bbldirilgan <\/em>[1:425]<em>. <\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>&#8211;\u00a02071. Menga Qutayba so\u02bbzlab berdi: \u201cAbu Azhar Muborak ibn Mujohid Marvaziy qadariylar toifasidan edi\u201d. (Qutayba) uni o\u02bbta zaif hisoblagan <\/em>[1:437]<em>.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>&#8211;\u00a02517. Abu Sumayr Hakim ibn Xizom Basriy hadisi munkar kishidir. U qadariylardan bo\u02bblgan. Abdulmalik ibn Umayr va A\u02bcmashdan hadis eshitgan <\/em>[1:497]<em>.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>&#8211;\u00a02519. Menga Muhammad so\u02bbzlab berdi: Bizga Bishr ibn Umar so\u02bbzlab berdi: \u201cMolik meni undan (Ibrohim ibn Muhammad Abu Yahyo Aslamiydan rivoyat qilishdan) qaytardi\u201d. Men: \u201cQadariy bo\u02bblgani uchun meni undan qaytaryapsizmi?\u201d dedim. U: \u201cUning dini kuchli emas\u201d, dedi <\/em>[1:497]<em>.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa sifatida aytish mumkinki, Imom Buxoriy roviylar tarixiga juda katta e\u02bctibor qaratib, har bir ma\u02bclumotni ilmiy omonatdorlik nuqtayi nazaridan sinchiklab o\u02bbrgangan, o\u02bbziga yetib kelgan xabarning kim tomonidan aytilganiga alohida ahamiyat qaratgan. Ushbu asar roviylar haqida yozilgan dastlabki kitoblardan bo\u02bblib, undagi ma\u02bclumotlar eng ishonchli uslublar asosida saralangan. Shu nuqtayi nazardan \u201cAt-Tarixus sag\u02bbir\u201d asarini o\u02bbrganish nafaqat roviylar haqida eng to\u02bbg\u02bbri ma\u02bclumotga ega bo\u02bblish imkonini beradi, balki Imom Buxoriy hadis rivoyat qiluvchilar haqidagi ma\u02bclumotlarni saralash bo\u02bbyicha qo\u02bbllagan uslub-metodlarni o\u02bbrganish va undan axborot oqimi kuchayib borayotgan bugungi kunda turli fan va sohalar doirasida qo\u02bbllashda dolzarb ahamiyat kasb etadi.<strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR<\/strong><strong>:<\/strong><\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy. At-Tarixus sag\u02bbir. \u2013 Toshkent: G\u02bbafur G\u02bbulom nomidagi nashriyot matbaa uyi. 2023.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Imom Buxoriy. At-Tarixus sag\u02bbir. \u2013 Bayrut: Dorul ma\u02bcrifa, 1986.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u00a0Imom Buxoriy. At-Tarixul avsat. \u2013 Ar-Riyod: Dorus Sumay\u02bciy, 1998.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0SHAHZOD ISLOMOV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston xalqaro islom akademiyasi ilmiy xodimi<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mamlakatimizda Qur\u02bcon, hadis, aqida, fiqh, tasavvuf kabi islom ilmlariga oid qimmatli asarlar ta\u02bclif etgan ulug\u02bb ajdodlarimiz ilmiy merosini o\u02bbrganish yangi bosqichga chiqdi. Bunda Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari va Islom sivilizatsiyasi markazining tashkil etilgani muhim ahamiyatga ega bo\u02bbldi. Qayd etish kerakki, shu vaqtgacha allomalarimiz asarlari yakka tartibda ona tilimizga tarjima qilingan &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":39766,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[659,639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>\u201cAT-TARIXUS SAG\u02bbIR\u201d ASARI HADIS ROVIYLARI TARIXINI O\u02bbRGANISHGA OID MUHIM MANBA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39765&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"\u201cAT-TARIXUS SAG\u02bbIR\u201d ASARI HADIS ROVIYLARI TARIXINI O\u02bbRGANISHGA OID MUHIM MANBA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Mamlakatimizda Qur\u02bcon, hadis, aqida, fiqh, tasavvuf kabi islom ilmlariga oid qimmatli asarlar ta\u02bclif etgan ulug\u02bb ajdodlarimiz ilmiy merosini o\u02bbrganish yangi bosqichga chiqdi. Bunda Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari va Islom sivilizatsiyasi markazining tashkil etilgani muhim ahamiyatga ega bo\u02bbldi. Qayd etish kerakki, shu vaqtgacha allomalarimiz asarlari yakka tartibda ona tilimizga tarjima qilingan &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39765&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2025-01-21T04:01:30+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2025-01-21T10:27:37+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/tarix2101.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"370\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"7 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39765&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39765&lang=oz\",\"name\":\"\u201cAT-TARIXUS SAG\u02bbIR\u201d ASARI HADIS ROVIYLARI TARIXINI O\u02bbRGANISHGA OID MUHIM MANBA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39765&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39765&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/tarix2101.jpg\",\"datePublished\":\"2025-01-21T04:01:30+00:00\",\"dateModified\":\"2025-01-21T10:27:37+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39765&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39765&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39765&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/tarix2101.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/tarix2101.jpg\",\"width\":660,\"height\":370},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39765&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"\u201cAT-TARIXUS SAG\u02bbIR\u201d ASARI HADIS ROVIYLARI TARIXINI O\u02bbRGANISHGA OID MUHIM MANBA\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"\u201cAT-TARIXUS SAG\u02bbIR\u201d ASARI HADIS ROVIYLARI TARIXINI O\u02bbRGANISHGA OID MUHIM MANBA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39765&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"\u201cAT-TARIXUS SAG\u02bbIR\u201d ASARI HADIS ROVIYLARI TARIXINI O\u02bbRGANISHGA OID MUHIM MANBA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Mamlakatimizda Qur\u02bcon, hadis, aqida, fiqh, tasavvuf kabi islom ilmlariga oid qimmatli asarlar ta\u02bclif etgan ulug\u02bb ajdodlarimiz ilmiy merosini o\u02bbrganish yangi bosqichga chiqdi. Bunda Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari va Islom sivilizatsiyasi markazining tashkil etilgani muhim ahamiyatga ega bo\u02bbldi. Qayd etish kerakki, shu vaqtgacha allomalarimiz asarlari yakka tartibda ona tilimizga tarjima qilingan &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39765&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2025-01-21T04:01:30+00:00","article_modified_time":"2025-01-21T10:27:37+00:00","og_image":[{"width":660,"height":370,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/tarix2101.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"7 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39765&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39765&lang=oz","name":"\u201cAT-TARIXUS SAG\u02bbIR\u201d ASARI HADIS ROVIYLARI TARIXINI O\u02bbRGANISHGA OID MUHIM MANBA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39765&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39765&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/tarix2101.jpg","datePublished":"2025-01-21T04:01:30+00:00","dateModified":"2025-01-21T10:27:37+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39765&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=39765&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39765&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/tarix2101.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/tarix2101.jpg","width":660,"height":370},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39765&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"\u201cAT-TARIXUS SAG\u02bbIR\u201d ASARI HADIS ROVIYLARI TARIXINI O\u02bbRGANISHGA OID MUHIM MANBA"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/39765"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=39765"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/39765\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":39825,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/39765\/revisions\/39825"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/39766"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=39765"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=39765"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=39765"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}