{"id":39685,"date":"2025-01-15T10:00:29","date_gmt":"2025-01-15T05:00:29","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=39685"},"modified":"2025-01-15T10:00:29","modified_gmt":"2025-01-15T05:00:29","slug":"buyuk-muhaddis-imom-buxoriyning-oilasi-bo%ca%bblganmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39685&lang=oz","title":{"rendered":"BUYUK MUHADDIS IMOM BUXORIYNING OILASI BO\u02bbLGANMI?"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Dunyoda buyuk zotlar, mutafakkir va allomalar hayoti, ilmiy merosi va oilaviy muhitini bilishga qiziqish katta. Bir olim yoki mutafakkirning yetishib chiqishida qancha insonning xizmati bor. Barcha ulug\u02bb insonlarning voyaga yetishida avvalo, oiladagi ilm-ma\u02bcrifatga e\u02bctibor, zakiy ustozlar, sadoqatli sheriklar, olijanob va saxovatli kishilarning ulkan xizmati bor.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriyni ham xuddi mana shunday muhit tarbiyalagan. Muhaddisning ustozlari va do\u02bbstlari haqida ko\u02bbplab manbalarda ma\u02bclumot keltirilgan. Muhaddisning oilasi haqida, uning oilasi bo\u02bblganmi yoki yo\u02bbq?, Farzandlari bormi yoki yo\u02bbq?. Bu kabi savollar doimo ilm ahlining diqqat markazida bo\u02bblib kelgan. Shuningdek, buyuk imom uylanganmi? Farzandlari haqida biron manbada ma\u02bclumot bormi kabi savollar ham ko\u02bbp beriladi. Haqiqatda buyuk imomning buyukligi nimada, bu martabaga qanday erishgan. O\u02bbz shaxsiy hayoti bilan mashg\u02bbul bo\u02bblganmi? Bir umr u kishiga kim xizmat qilgan? Och qolsa taom, chanqasa suv tutgan kim?. Bu xizmatlarni biron kishi uning yonida turib bajarganmi?. Buyuk muhaddisning shaxsiy hayoti haqidagi mavzuni yoritishda ko\u02bbplab manbalar tadqiq etildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu maqolada Imom Buxoriyning shaxsiy hayoti qanday bo\u02bblgani haqida ma\u02bclumotlar jamlandi, tadqiqotchilar qarashlari o\u02bbrganilib, xulosaviy fikr berildi. Bu masalada tarixchilar Imom Buxoriyning oila qurmagani va uning farzandi bo\u02bblmaganini ta\u02bckidlaydi. Buyuk muhaddisning hayoti va merosini chuqur o\u02bbrganish natijasida, uning oilasi va hayotdagi shaxsiy fazilatlari ham ko\u02bbplab olimlar tomonidan o\u02bbrganilgan. Ulug\u02bb allomalarning shaxsiy hayotiga nazar solinsa, ularning aksar qismi tasnif etgan kitoblarida o\u02bbz oilasi haqida ma\u02bclumot taqdim etmagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mavzuni yoritishda asosan islom tarixida e\u02bctirof etilgan tarix va tarojim kitoblari hamda hadis ilmida mashhur allomalarning nodir asarlaridan foydalanildi. Xususan, Imom Buxoriy hayoti va ilmiy merosi borasida uzoq vaqt tadqiqot olib borgan olim Abdusattor Shayxning \u201cImom Buxoriy ustozil asotiziyn va imomil muhaddisiyn\u2026.\u201d nomli kitobidagi tarixiy ma\u02bclumotlar, Xatib Bag\u02bbdodiyning \u201cTarixi Bag\u02bbdod\u201d asari, Imom Zahabiyning \u201cSiyar a\u02bclomin nubalo\u201d asari, Ibn Asokirning \u201cTarixu Dimashq\u201d hamda Ibn Hajar Asqaloniyning \u201cTag\u02bbliqut ta\u02bcliq\u201d va \u201cHadyus soriy\u201d asarlari o\u02bbrganilib, ularda keltirilgan tarixiy ma\u02bclumotlar ilmiy tahlil qilindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mavzuni yoritishda kyetma-ketlik, xolislik, ilmiy-qiyosiy tahlil usullaridan foydalanildi. Shuningdek, mavzu doirasidagi ma\u02bclumotlarning bir-biriga nomutanosibligi hisobga olinib, allomalar va muarrixlar qarashlaridan kelib chiqqan holda besh bosqichli xulosaviy qarashlar ishlab chiqildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriyning oilasi, farzandlari haqida quyidagi tarixiy manbalar va hayotiy voqeliklar bilan tanishib, xulosa chiqaramiz:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Birinchi qarash:<\/em><\/strong> Imom Buxoriyning ahli oilasi va joriyasi bo\u02bblgan. Bunga dalil sifatida Shamsiddin Zahabiyning \u201cSiyar a\u02bclomin nubalo\u201d va \u201cTarixul islom\u201d asarida keltirilgan ma\u02bclumotlarni ko\u02bbrsatish mumkin. Muhaddisning xos kotibi Varroq Muhammad ibn Hotamdan rivoyat qilingan manbada \u201cImom Buxoriy menga \u201cMening ahli oilam va joriyam bor. Sen esa balog\u02bbatga yetgan yosh yigitsan\u201d,\u00a0 deb aytdi\u201d, degan ma\u02bclumot keltirilgan [4:12\/451-452]. Imom Buxoriy tomonidan \u201cmening ahli oilam bor\u201d deb aytilishi muhaddisning oilasi borligiga yorqin ishora bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Varroq tomonidan yana bir tarixiy rivoyat keltiriladi: \u201cAbdulloh ibn Muhammad Sorifiyni eshitdim: \u201cMen Abu Abdulloh Buxoriyning uyida bo\u02bbldim. U kishining oldiga joriyalari kirmoqchi bo\u02bbldi. Uning oldidan o\u02bbtayotganda, bexosdan siyohdonga oyog\u02bbi tegib ketdi va undagi rang to\u02bbkilib ketdi. Unga qarab Buxoriy (g\u02bbazablanib) \u201cShunday ham yurasanmi&#8230;.?!\u201d dedi. Joriya: \u201cHojam, yo\u02bbl juda tor ekan, o\u02bbtishga qiynaldim. Uzr\u201d, deb javob berdi. Buxoriy qo\u02bbllarini qo\u02bbydilarda: \u201cSen ket, men seni ozod qildim\u201d, dedi. Shunda Imom Buxoriydan: \u201cEy Abu Abdulloh joriyangiz g\u02bbazabingizni chiqardimi?!\u201d deb so\u02bbrashdi. Imom Buxoriy shunday deb javob berdi: \u201cAgar meni g\u02bbazabim chiqqan bo\u02bblsa, nafsim rozi bo\u02bblgan amalni qilib uni tinchlantirdim\u201d [7:480]. Ya\u02bcni uni ozod qildim, endi joriya qiladigan ishlarni o\u02bbz nafsim qiladi, degan. Mazkur xabar Imom Buxoriyning ayoli va joriyasi bo\u02bblganiga yaqqol dalil sifatida keltiriladi. Chunki bu xabar uzoq yillar muhaddisga kotiblik qilgan Varroq va Imom Buxoriy bilan ko\u02bbp yillar birga turib, hadis o\u02bbrgangan muhaddislardan biri Hofiz Sayrofidan rivoyat qilingan. Bu, o\u02bbz navbatida, manbaning ishonchli deb sanalishiga asos bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Ikkinchi qarash:<\/em><\/strong> Imom Buxoriyning o\u02bbg\u02bbil farzandi bo\u02bblib, uning ismi Ahmad Abu Hafs bo\u02bblgan. Bakr ibn Muniyr va Muhammad ibn Abu Xotam bu haqda shunday xabar bergan. Abu Bakr aytadi:\u00a0 \u201cImom Buxoriyda tijorat uchun mol bor edi. Bu tijorat moli uning o\u02bbg\u02bbli Ahmad Abu Hafs tomonidan olib kelingan. Shunda bu tijorat molini olish uchun savdogarlar keldi va unga besh ming dirham berishini aytib, savdo qilib qaytib ketdi. Ular ketganidan so\u02bbng boshqa savdogarlar keldi-da, ayni shu tijorat moliga o\u02bbn ming dirham berishini aytdi. Shunda Imom Buxoriy ular taklif etgan foyda va savdoni rad etdi. Buxoriy shunday dedi: \u201cMen kecha bu mollarni boshqa tijoratchilarga sotishga va\u02bcda bergan edim, foyda uchun men o\u02bbz va\u02bcdamdan qaytishni istamayman\u201d [4:12\/448;3:2\/11;5:53\/81;12:2\/28;6:480; 7:5\/359]. Mazkur ma\u02bclumot mashhur tarixiy kitoblar \u201cTarixi Bag\u02bbdod\u201d, \u201cTarixi Damashq\u201d, \u201cSiyar A\u02bclou Nubalo\u201d, \u201cTabaqatu Subkiy\u201d, \u201cAl-Hadyus Soriy\u201d, \u201cTag\u02bbliqut ta\u02bcliq\u201d va boshqa asarlarda kelgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu xabar Imom Buxoriyning farzandi bo\u02bblgani va uning ismi Ahmad, kunyasi Abu Hafs ekanidan dalolat beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xabarda kelgan \u201cBu tijorat moli uning o\u02bbg\u02bbli Ahmad Abu Hafs tomonidan olib kelingan edi\u201d jumlasi Imom Buxoriyning o\u02bbg\u02bbli bo\u02bblganiga ishoradir. Shu manbani asos qilgan ba\u02bczi muarrixlar Imom Buxoriyning Ahmad ismli o\u02bbg\u02bbli bo\u02bblgan, deb xulosa qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, Imom Buxoriy hayoti va faoliyati to\u02bbg\u02bbrisida uzoq yillar tadqiqot olib borgan Abdusattor Shayx \u201cImom Buxoriy ustozil asotiziyn va imomil muhaddisiyn\u201d nomli kitobida Imom Buxoriyning oilasi va farzandlari haqidagi ma\u02bclumotlarni umumlashtirgan. Unda muallif Imom Buxoriyning o\u02bbg\u02bbil farzandi bo\u02bblgani, uning ismini Ahmad qo\u02bbygani va bu ismni muhaddis Payg\u02bbambar Muhammad (s.a.v.)ning ismiga o\u02bbxshash qo\u02bbyganini ta\u02bckidlaydi [2:50]. Bu qarash ko\u02bbplab manbalar asosida olib borilgan ilmiy tadqiqot va qiyosiy tahlillar natijasidir. Ushbu fikrni yoqlovchilar Imom Buxoriyning oilasi, farzandi va joriyasi bo\u02bblgani to\u02bbg\u02bbrisidagi tarixiy manbalarda keltirilgan ma\u02bclumotlardan foydalanib, shu xulosaga kelgan. Albatta, bu mavzuda to\u02bbg\u02bbri xulosa Allohga ma\u02bclum, buyuk imomni Alloh rahmat qilsin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Uchinchi qarash:<\/em><\/strong> Imom Buxoriyning qiz farzandi bo\u02bblgani manbalarda zikr qilingan. Muhammad ibn Abdulloh ibn Bay\u02bcil Hokim \u201cMa\u02bcrifatal ulumil hadis\u201d kitobida Imom Buxoriy va Imom Muslimlarning o\u02bbg\u02bbil farzandi bo\u02bblmagan, deb keltirib o\u02bbtgan [9:52].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hofiz Abdurahmon ibn Ali ibn Daybi Shayboniy Imom Buxoriy haqida shunday deydi: \u201cU vafot etganda uning o\u02bbg\u02bbil farzandi yo\u02bbq edi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sirojiddin ibn Umar ibn Ali: \u201cImom Buxoriy va Imom Muslimlarda o\u02bbg\u02bbil farzand bo\u02bblmagan\u201d, deb ta\u02bckidlagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mullo Ali Qorining \u201cMirqot al-mafotih\u201d asarida [8:1\/17], Muhammad ibn Ismoil Amir San\u02bconiy \u201cTahbir li iyzohi ma\u02bconil taysir\u201d asarida [11:1\/97], Muhammad ibn Ali Shavkoniy \u201cNaylu avtor\u201d asarida [10:1\/21], Abdulhaq Buxoriy Dehlaviy Hanafiy \u201cLam\u02bcot tanqih fiy sharhi mushkotil masobih\u201d asarida [1:10\/261] Imom Buxoriyning o\u02bbg\u02bbil farzandi bo\u02bblmaganini qayd etgan. Ushbu manbalarda muhaddisning faqat o\u02bbg\u02bbil farzandi bo\u02bblmaganining qayd etilishi, uning qiz farzandi bo\u02bblganiga ishora bo\u02bblib, allomaning qiz farzandi bo\u02bblgan deb xulosa qilingan. Ba\u02bczi manbalarda Imom Buxoriyning o\u02bbg\u02bbil farzandi bo\u02bblmagan, ammo u kishining bir nafar qiz farzandi bo\u02bblgan, deb ta\u02bckidlangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>To\u02bbrtinchi qarash<\/em><\/strong>: Imom Buxoriyning oila qurgani va farzandli bo\u02bblganini inkor etuvchilar. Muarrix A\u02bcjuliy: \u201cMen biron manbada Imom Buxoriyning uylangani va undan farzandli bo\u02bblgani to\u02bbg\u02bbrisidagi xabarni ko\u02bbrmadim\u201d, degan. Imom Buxoriyning \u201cTorix al-avsat\u201d asari muhaqqiqi Taysir ibn Sa\u02bcd Abu Humayd esa: \u201cTarojim kitoblarida Imom Buxoriyning oilasi va uning zurriyoti haqida biron ma\u02bclumot kelmagan. Faqat Imom Hokim: \u201cImom Buxoriy va Imom Muslimdan o\u02bbg\u02bbil farzand qolmagan\u201d, degan ma\u02bclumot mavjud deb ta\u02bckidlagan. Shuningdek, muhaddisning farzandlari haqida ma\u02bclumotning mavjud emasligi, uning farzandi va oilasi mutlaq bo\u02bblmaganiga ham asos bo\u02bblmaydi [13:50].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Beshinchi qarash<\/em><\/strong><em>:<\/em> Imom Buxoriyning zurriyoti umuman bo\u02bblmagan, deb aytuvchilar toifasi ham mavjud. Abdusalom Muborakfuriy bu borada bir qancha ma\u02bclumotlarni jamlagan. U Validdin Xatib va Mullo Ali Qoriy qarashiga tayanib, Imom Buxoriyning farzandi bo\u02bblmagan, degan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Husayn ibn Muhammad Lo\u02bciy Mag\u02bbribiy: \u201cImom Buxoriyning farzandi bo\u02bblmagan. Ammo Alloh taolo u kishiga har qanday solih farzanddan ham afzal sharaf va maqomni berdi. Bu uning sahih asari shuhratidir. Undan butun dunyo musulmonlari foydalanadi\u201d [14:1\/27], deb ta\u02bckidlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manbalardan ma\u02bclum bo\u02bbladiki, Imom Buxoriyning oilasi va farzandi bor bo\u02bblgan. Ammo tarixiy kitoblarda bu to\u02bbg\u02bbrida ochiq bayon qilinmagan. Umuman, allomalar tarixiga e\u02bctibor qaratilsa, ularning aksariyati shaxsiy hayoti va oilasi haqida ma\u02bclumot qoldirmaganini ko\u02bbrish mumkin. Imom Buxoriy ham oilasi va farzandlari haqida nodir asarlarida ma\u02bclumot bermagan. Buni muhaddisning hadisga muhabbati va ilmga nisbatan omonatdorligi bilan ham izohlash mumkin. Imom Buxoriyning maqsadi o\u02bbzidan nodir asar qoldirish bo\u02bblgan. Muhaddis o\u02bbzining asari xususida \u201cAlloh va o\u02bbzim o\u02bbrtamda hujjat bo\u02bbldi\u201d, deb ta\u02bckidlaydi. Haqiqatda alloma yaratgan asar butun musulmonlar uchun Qur\u02bconi karimdan keyingi hujjatga aylandi. Imom Buxoriyning niyati go\u02bbzal bo\u02bblganiga munosib, Alloh taolo uni maqsadiga muvofiq darajaga ko\u02bbtardi [13:50].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tadqiqot natijasi va manbalar tahlili asosida quyidagicha xulosa qilish mumkin:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriyning oilasi va Ahmad ismli farzandi bo\u02bblgan;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhaddis o\u02bbz asarlarida oilasi va farzandlari haqida xabar bermagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy oilasi, uni tashvishi va farzandlari haqida yozishdan ko\u02bbra, Rasululloh (s.a.v.)dan bir hadis yozib qoldirishni afzal ko\u02bbrgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Buyuk muhaddisning ilmiy merosini o\u02bbrganish bilan birga, oilasi, farzandlari va unga yaqin bo\u02bblgan insonlar haqidagi ma\u02bclumotlar ham o\u02bbquvchi uchun qiziqarli va ayni vaqtda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu tarixiy ma\u02bclumotlar Imom Buxoriyni yanada yaqinroq bilishga, buyuk xizmatlarini amalga oshirishida yonida turgan insonlarni tanishimizga yordam beradi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abdulhaq Buxoriy Dehlaviy Hanafiy. Lam\u02bcot tanqih fiy sharhi mushkotil masobih. \u2013 Bayrut: Dor Kutub, 2010.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abdusattor Shayx. Imom Buxoriy ustozil asotiziyn va imomil muhaddisiyn\u2026. \u2013 Damashq: Dor al-qalam, 2007.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Bag\u02bbdodiy. Tarixi Bag\u02bbdod. \u2013 Bayrut: Soyd al-xotir al-ilmiyya<strong>,<\/strong> \u2013 J. 3.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Siyar a\u02bclomin nubalo. \u2013 Bayrut: Dorul kutubil ilmiya, 1998.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ibn Asokir. Tarixu Dimashq. \u2013 Bayrut: Dorul fikr, 1998.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ibn Hajar. Tag\u02bbliqut ta\u02bcliq. \u2013 Misr: Dor Ammor, 1985.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ibn Hajar. Hadyus soriy. \u2013 Bayrut: Dorul ma\u02bcrifa, 1995.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Mullo Ali Qoriy. Mirqot al-mafotih. \u2013 Bayrut: Dor ilm, 2010.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Muhammad ibn Abdulloh. Ma\u02bcrifat al-ulumil hadis. \u2013 Bayrut: Dor Kutub, 2010.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Muhammad ibn Ali Shavkoniy. Naylu avtor. \u2013 Misr: Al-Meros, 2002.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Muhammad ibn Ismoil Amir San\u02bconiy. Tahbir li iyzohi ma\u02bconil taysir. \u2013 Bayrut: Dor al-ilmiya, 2000.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Tojuddin Subkiy. Tabaqotush shofi\u02bciyati-l-l-kubro. J. 2. \u2013 Qohira: Doru Hajr, 1992.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Umarov Sh. Imom Buxoriy ta\u02bcrifi. \u2013 T., Ilm 21, 2024.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-size: 12pt;\">\u00a0Husayn ibn Ahmad Mag\u02bbribiy.\u00a0 Badrut tamom. \u2013 Bayrut: Dor al kutub, 1994.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">SHUKURILLO UMAROV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">tarix fanlari bo\u02bbyicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Dunyoda buyuk zotlar, mutafakkir va allomalar hayoti, ilmiy merosi va oilaviy muhitini bilishga qiziqish katta. Bir olim yoki mutafakkirning yetishib chiqishida qancha insonning xizmati bor. Barcha ulug\u02bb insonlarning voyaga yetishida avvalo, oiladagi ilm-ma\u02bcrifatga e\u02bctibor, zakiy ustozlar, sadoqatli sheriklar, olijanob va saxovatli kishilarning ulkan xizmati bor. Imom Buxoriyni ham xuddi mana shunday muhit tarbiyalagan. Muhaddisning ustozlari &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":39686,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>BUYUK MUHADDIS IMOM BUXORIYNING OILASI BO\u02bbLGANMI? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"BUYUK MUHADDIS IMOM BUXORIYNING OILASI BO\u02bbLGANMI?\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39685&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"BUYUK MUHADDIS IMOM BUXORIYNING OILASI BO\u02bbLGANMI? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"BUYUK MUHADDIS IMOM BUXORIYNING OILASI BO\u02bbLGANMI?\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39685&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2025-01-15T05:00:29+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/oilasi1501.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"374\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"7 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39685&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39685&lang=oz\",\"name\":\"BUYUK MUHADDIS IMOM BUXORIYNING OILASI BO\u02bbLGANMI? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39685&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39685&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/oilasi1501.jpg\",\"datePublished\":\"2025-01-15T05:00:29+00:00\",\"dateModified\":\"2025-01-15T05:00:29+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"BUYUK MUHADDIS IMOM BUXORIYNING OILASI BO\u02bbLGANMI?\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39685&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39685&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39685&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/oilasi1501.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/oilasi1501.jpg\",\"width\":660,\"height\":374},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39685&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"BUYUK MUHADDIS IMOM BUXORIYNING OILASI BO\u02bbLGANMI?\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"BUYUK MUHADDIS IMOM BUXORIYNING OILASI BO\u02bbLGANMI? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"BUYUK MUHADDIS IMOM BUXORIYNING OILASI BO\u02bbLGANMI?","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39685&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"BUYUK MUHADDIS IMOM BUXORIYNING OILASI BO\u02bbLGANMI? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"BUYUK MUHADDIS IMOM BUXORIYNING OILASI BO\u02bbLGANMI?","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39685&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2025-01-15T05:00:29+00:00","og_image":[{"width":660,"height":374,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/oilasi1501.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"7 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39685&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39685&lang=oz","name":"BUYUK MUHADDIS IMOM BUXORIYNING OILASI BO\u02bbLGANMI? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39685&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39685&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/oilasi1501.jpg","datePublished":"2025-01-15T05:00:29+00:00","dateModified":"2025-01-15T05:00:29+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"BUYUK MUHADDIS IMOM BUXORIYNING OILASI BO\u02bbLGANMI?","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39685&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=39685&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39685&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/oilasi1501.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/oilasi1501.jpg","width":660,"height":374},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39685&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"BUYUK MUHADDIS IMOM BUXORIYNING OILASI BO\u02bbLGANMI?"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/39685"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=39685"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/39685\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":39687,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/39685\/revisions\/39687"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/39686"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=39685"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=39685"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=39685"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}