{"id":39420,"date":"2024-12-24T09:51:06","date_gmt":"2024-12-24T04:51:06","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=39420"},"modified":"2024-12-23T09:56:50","modified_gmt":"2024-12-23T04:56:50","slug":"kam-sonli-hadis-rivoyat-qilgan-muqillun-sahobalar-2-qism","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39420&lang=oz","title":{"rendered":"KAM SONLI HADIS RIVOYAT QILGAN (MUQILLUN) SAHOBALAR 2-QISM"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Abu Muso Ash\u02bcariy<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ash\u02bcar qabilasiga mansub<a href=\"#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a>. Abu Muso jami 360 hadis rivoyat qilgan bo\u02bblib, bu hadislarning 49 tasi \u201cSahihayn\u201dda rivoyat qilingan, ulardan 4 tasi Buxoriy, 15 tasi esa Muslim tomonidan mustaqil ravishda rivoyat qilingan<a href=\"#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Payg\u02bbambar (a.s.) davrlarida Rasululloh (s.a.v.) uni bir dengiz yurishida sariyya qo\u02bbmondoni etib tayinlagan. Payg\u02bbambar (a.s.) Abu Musoni Yamanning Zabid, Rimo\u02bc, Adan va Sohil hududlariga qozilik qilishi, diniy ta\u02bclim berish va zakot yig\u02bbishi uchun yuborganlar<a href=\"#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a>. Payg\u02bbambar (a.s.) vado hajidan keyin esa uni Yamanning Ma\u02bcrab hududiga voliy qilib tayinlaganlar<a href=\"#_ftn4\" name=\"_ftnref4\">[4]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hazrati Umar xalifaligi davrida Abu Musoni Basra voliysi etib tayinlagan. Kyeyinchalik Kufa voliysi etib tayinlangan va vazifasini Hazrati Usmon davrida ham davom ettirgan<a href=\"#_ftn5\" name=\"_ftnref5\">[5]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Muso 42\/662-663-yili vafot etgan<a href=\"#_ftn6\" name=\"_ftnref6\">[6]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Abu Z<\/strong><strong>a<\/strong><strong>r<\/strong><strong>r<\/strong><strong> G\u02bbiforiy<\/strong><strong> (r.a.)<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">G\u02bbifor qabilasiga mansub. Payg\u02bbambar (a.s.) bilan doim yonma-yon bo\u02bblgani tufayli ilmda yuqori darajaga erishgan. Ilmni tarqatishga katta ahamiyat bergan. Ko\u02bbp hadis rivoyat qilgani bois Hazrati Umar uni Madinadan tashqariga chiqarmagani naql qilingan. Rivoyat qilgan hadislarining 281 tasi Ahmad ibn Hanbalning \u201cMusnad\u201dida, 33 tasi esa Buxoriy va Muslimning kitoblaridan o\u02bbrin olgan<a href=\"#_ftn7\" name=\"_ftnref7\">[7]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Oddiy hayot kechirgan Abu Zarr, Payg\u02bbambar (a.s.)ning xizmatlarida bo\u02bblardi. U zotning yonlarida bo\u02bblmagan paytlarda esa masjidda yotib-turgan<a href=\"#_ftn8\" name=\"_ftnref8\">[8]<\/a>. Payg\u02bbambarimiz (s.a.v.)ga tegishli yigirma qo\u02bbyni Madina yaqinidagi \u201cG\u02bboba\u201d deb ataladigan joyda boqqan<a href=\"#_ftn9\" name=\"_ftnref9\">[9]<\/a>. Mol-mulkka katta ahamiyat bermagani kabi, ehtiyojdan ortiq mollarni ham Alloh yo\u02bblida sarflash lozim deb bilgan<a href=\"#_ftn10\" name=\"_ftnref10\">[10]<\/a>. Unga to\u02bbrt ming dirham berilganida, xizmatchiga bir yillik yetadigan ozuqa oldirib, qolganini sadaqa qilgan<a href=\"#_ftn11\" name=\"_ftnref11\">[11]<\/a>. Ummu Talq Abu Zarrning uyiga borganida uni judayam horg\u02bbin va holsiz holda ko\u02bbrgani, qo\u02bblida ikki tayoq bilan jundan ip yigirayotgani va unga un bilan bug\u02bbdoy berganini aytgan<a href=\"#_ftn12\" name=\"_ftnref12\">[12]<\/a>. Abu Zarr qo\u02bblida ortiqcha mol bo\u02bblganlarga uni Alloh yo\u02bblida infoq qilishni tavsiya qilgan. Muoviya Abu Zarrning o\u02bbzi ham shunday yo\u02bbl tutishini sinash maqsadida xizmatchisi orqali yarim tunda ming dinor yuborgan. Ertalab xizmatchisiga Abu Zarrga borib xatolik sodir bo\u02bblgani va ming dinorni qaytarib berishini so\u02bbrashni buyurgan. Ammo Abu Zarr sadaqa qilganini aytgan. Shundan keyin Muoviya uning so\u02bbzi va harakati bir-biriga mos ekaniga ishonch hosil qilgan<a href=\"#_ftn13\" name=\"_ftnref13\">[13]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Zarr 32\/653-yili Rabazada vafot etgan<a href=\"#_ftn14\" name=\"_ftnref14\">[14]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Sa\u02bcd ibn Abu Vaqqos<\/strong><strong> (r.a.)<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Milodiy 592-yili Makkada tug\u02bbilgan<a href=\"#_ftn15\" name=\"_ftnref15\">[15]<\/a>. Hadis rivoyatida ehtiyotkor bo\u02bblgan Sa\u02bcd, rivoyat qilgan hadislarining o\u02bbn beshi \u201cSahihayn\u201dda mushtarak keltirilgan. Rivoyatlarining beshi Buxoriyda, sakkizi esa Muslimda mustaqil ravishda naql qilingan<a href=\"#_ftn16\" name=\"_ftnref16\">[16]<\/a>. Jami 271 hadis rivoyat qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Payg\u02bbambar (a.s.) uni Bani Damra qabilasi bilan olib borilgan urush<a href=\"#_ftn17\" name=\"_ftnref17\">[17]<\/a>da va Harror sariyyasi qo\u02bbmondoni etib tayinlaganlar<a href=\"#_ftn18\" name=\"_ftnref18\">[18]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hazrati Umar davrida Iroq fronti bosh qo\u02bbmondoni bo\u02bblib Qodisiyya jangida Sosoniylarni mag\u02bblubiyatga uchratgan. Hazrati Umarning buyrug\u02bbi bilan Kufa shahrini qurgan va uning voliysi bo\u02bblgan<a href=\"#_ftn19\" name=\"_ftnref19\">[19]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sa\u02bcd mol-mulki ko\u02bbp ekani, qizidan boshqa merosxo\u02bbri yo\u02bbq ekani va molining uchdan ikki qismini sadaqa qilmoqchi ekanini Rasululloh (s.a.v)ga aytganida Rasululloh (s.a.v.) buni rad etganlar<a href=\"#_ftn20\" name=\"_ftnref20\">[20]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sa\u02bcd Aqiq deb atalgan hududda 55\/675-yili vafot etgan. Sa\u02bcdning Marvon ibn Hakamga 5000 dirham zakot yuborgani va vafot etganida 250000 dirham qoldirgani rivoyat qilingan<a href=\"#_ftn21\" name=\"_ftnref21\">[21]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Hazrati Abu Bakr<\/strong><strong> Siddiq (r.a.)<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Fil voqeasidan uch yil keyin dunyoga kelgan. Hadis rivoyatida juda ehtiyotkor bo\u02bblgan Hazrati Abu Bakr, Hazrati Payg\u02bbambar (a.s.)dan jami 142 hadis rivoyat qilgan. Bu hadislarni Abu Bakr Ahmad ibn Ali Marvaziy \u201cMusnadi Abu Bakr Siddiq\u201d nomli asarida to\u02bbplagan<a href=\"#_ftn22\" name=\"_ftnref22\">[22]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hazrati Abu Bakr risolatdan oldin Dorun Nadvada \u201cal-Ashnoq\u201d (diyat<a href=\"#_ftn23\" name=\"_ftnref23\">[23]<\/a> va g\u02bbanima<a href=\"#_ftn24\" name=\"_ftnref24\">[24]<\/a>lardan kelgan mollardan mas\u02bcul shaxs) vazifasini bajarardi<a href=\"#_ftn25\" name=\"_ftnref25\">[25]<\/a>. Shuningdek, mato va kiyim savdosi bilan shug\u02bbullangan Abu Bakr savdo karvonlari bilan Shom va Yamanga sayohatlar qilgan. Islomni qabul qilgan paytida 40000 dirhamga yaqin sarmoyasi bo\u02bblgan<a href=\"#_ftn26\" name=\"_ftnref26\">[26]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islomni qabul qilgandan so\u02bbng savdoni bir muddat to\u02bbxtatgan Hazrati Abu Bakr Hazrati Payg\u02bbambar (s.a.v.) tomonlaridan turli janglarda qo\u02bbmondon va bayroqdor sifatida vazifalangan, shuningdek, haj amiri vazifasini bajargan. Hijratdan keyin savdoni yana davom ettirgan. Savdodan tashqari qo\u02bbylari ham bo\u02bblgan Hazrati Abu Bakr vaqt-vaqti bilan bu qo\u02bbylarni boqqan, ba\u02bczan esa haq evaziga boshqalarga boqtirgan. Hazrati Abu Bakrning yana bir daromadi esa urushlardan olingan g\u02bbanimatlardir. Buning misoli sifatida, Hazrati Payg\u02bbambar (s.a.v.) u kishiga Xaybarning fathidan keyin 100 vasq g\u02bballa berganlar<a href=\"#_ftn27\" name=\"_ftnref27\">[27]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Payg\u02bbambar (a.s.)ning vafotlaridan keyin xalifalikka saylangan Hazrati Abu Bakr savdo va cho\u02bbponlik kasbini davom ettirgan, keyinchalik e\u02bctiroz qilganiga qaramay Hazrati Umar va Abu Ubayda ibn Jarroh boshchiligida Baytulmoldan xalifalik maoshi bilan ta\u02bcminlangan<a href=\"#_ftn28\" name=\"_ftnref28\">[28]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hazrati Abu Bakr 13\/634-yili, 63 yoshida vafot etgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Hazrati Usmon <\/strong><strong>ibn Affon (r.a.)<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Fil voqeasidan olti yil oldin Toifda dunyoga kelgan. Otasi Qurayshning boy savdogarlaridan bo\u02bblgan. U Hadis rivoyatida juda ehtiyotkor bo\u02bblgan Hazrati Usmon Payg\u02bbambar (a.s.)dan 146 hadis rivoyat qilgan<a href=\"#_ftn29\" name=\"_ftnref29\">[29]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yoshligidan otasining yonida savdo qilish orqali tijorat borasida o\u02bbzini rivojlantirgan. Otasi Affon Shomga savdo maqsadida chiqqan sayohatida vafot etib Hazrati Usmonga katta meros qoldirgan. Hijoz mintaqasining muhim savdogarlari orasiga kirgan Hazrati Usmon Shom, Yaman va Hijoz yarmarkalariga borib, mato, kiyim va oziq-ovqat savdosi bilan kun kechirgan<a href=\"#_ftn30\" name=\"_ftnref30\">[30]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hazrati Usmon Hazrati Abu Bakrning xalifalik davrida uning kotibligini qilgan. Hazrati Umarning xalifaligi davrida esa Hazrati Umarga maslahatchilik qilgan, Hazrati Umar poytaxtdan ketganda uning o\u02bbrniga vakillik vazifasini bajargan va Hazrati Umarning ham kotibligini qilgan. Shuningdek, Hazrati Umar Hazrati Usmonga Vodilquro va fay\u02bc daromadlaridan ulush bergan. Xalifaligi davrida esa moddiy ahvoli yaxshi bo\u02bblgani va savdo bilan shug\u02bbullangani sababli Baytulmoldan maosh olmagan<a href=\"#_ftn31\" name=\"_ftnref31\">[31]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mashhur rivoyatga ko\u02bbra 82 yoshida, 35\/656-yili uyida Qur\u02bcon o\u02bbqib turgan paytda shahid qilingan<a href=\"#_ftn32\" name=\"_ftnref32\">[32]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0<\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a> Ibn Sa\u02bcd. Tabaqot. J. 4. \u2013 B. 78.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a> Kandemir. Abu Muso Ash\u02bcariy. TDIE. J. 10. \u2013 B. 191.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a> Altun. Abu Muso Ash\u02bcariy. \u2013 B. 49.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref4\" name=\"_ftn4\">[4]<\/a> Altun. Abu Muso Ash\u02bcariy. \u2013 B. 56.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref5\" name=\"_ftn5\">[5]<\/a> Ibn Asokir. Tarix. \u2013 Bayrut: Dorul fikr, 1995. J. 32. \u2013 B. 21.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref6\" name=\"_ftn6\">[6]<\/a> Kandemir. Abu Muso Ash\u02bcariy. J. 10. \u2013 B. 191.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref7\" name=\"_ftn7\">[7]<\/a> Aydinli. Abu Zarr G\u02bbiforiy. TDIE. J. 10. \u2013 B. 268.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref8\" name=\"_ftn8\">[8]<\/a> Zahabiy. Siyar. J. 2. \u2013 B. 61.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref9\" name=\"_ftn9\">[9]<\/a> Azizova. \u00c7ali\u015fma hayati. \u2013 B. 48.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref10\" name=\"_ftn10\">[10]<\/a> Aydinli. Abu Zarr G\u02bbiforiy. J. 10. \u2013 B. 268.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref11\" name=\"_ftn11\">[11]<\/a> Zahabiy. Siyar. J. 2. \u2013 B. 73.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref12\" name=\"_ftn12\">[12]<\/a> Zahabiy. Siyar. J. 2. \u2013 B. 74.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref13\" name=\"_ftn13\">[13]<\/a> Zahabiy. Siyar. J. 2. \u2013 B. 69.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref14\" name=\"_ftn14\">[14]<\/a> Aydinli. Abu Zarr G\u02bbiforiy. J. 10. \u2013 B. 268.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref15\" name=\"_ftn15\">[15]<\/a> Hatibo\u011flu. Sa\u02bcd ibn Abu Vaqqos. TDIE. J. 35. \u2013 B. 372.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref16\" name=\"_ftn16\">[16]<\/a> Zahabiy. Siyar. J. 1. \u2013 B. 93.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref17\" name=\"_ftn17\">[17]<\/a> Azizova. \u00c7ali\u015fma hayati. \u2013 B. 43.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref18\" name=\"_ftn18\">[18]<\/a> Azizova. \u00c7ali\u015fma hayati. \u2013 B. 303.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref19\" name=\"_ftn19\">[19]<\/a> Hatibo\u011flu. Sa\u02bcd ibn Abu Vaqqos. TDIE. J. 35. \u2013 B. 372.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref20\" name=\"_ftn20\">[20]<\/a> Ibn Sa\u02bcd. Tabaqot. J. 3. \u2013 B. 107.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref21\" name=\"_ftn21\">[21]<\/a> Ibn Sa\u02bcd. Tabaqot. J. 3. \u2013 B. 110.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref22\" name=\"_ftn22\">[22]<\/a> Fayda. Abu Bakr. TDIE. J. 10. \u2013 B. 101.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref23\" name=\"_ftn23\">[23]<\/a> Diyat \u2013 Arabcha &#8220;to\u02bblash, berish&#8221; ma\u02bcnosini bildiradigan &#8220;vady&#8221; ildizidan kelib chiqqan &#8220;diyat&#8221; Islom huquqida bir shaxsning nohaq o\u02bbldirilishi, mayib qilinishi yoki yaralanishi holatida jaza va qon puli sifatida to\u02bblanadigan mol yoki pulni ifodalaydi.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref24\" name=\"_ftn24\">[24]<\/a> G\u02bbanima \u2013 (ko\u02bbpligi g\u02bbanoim) lug\u02bbatda \u201cbir narsani qiynalmay qo\u02bblga kiritish\u201d degan ma\u02bcnoni bildiradi. Islom huquqida esa \u201cmusulmonlarning urush yo\u02bbli bilan g\u02bbayri musulmonlardan qo\u02bblga kiritgan asirlar va har turli mol\u201d sifatida ta\u02bcriflanadi.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref25\" name=\"_ftn25\">[25]<\/a> Oktay. Ra\u015fid halifeler. \u2013 B. 28.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref26\" name=\"_ftn26\">[26]<\/a> Fayda. Abu Bakr. J. 10. \u2013 B. 102.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref27\" name=\"_ftn27\">[27]<\/a> Oktay. Ra\u015fid halifeler. \u2013 B. 29.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref28\" name=\"_ftn28\">[28]<\/a> Oktay. Ra\u015fid halifeler. \u2013 B. 37.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref29\" name=\"_ftn29\">[29]<\/a> Yi\u011fit. Usmon. TDIE. J. 33. \u2013 B. 438.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref30\" name=\"_ftn30\">[30]<\/a> Oktay. Ra\u015fid halifeler. \u2013 B. 82.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref31\" name=\"_ftn31\">[31]<\/a> Oktay. Ra\u015fid halifeler. \u2013 B. 81.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref32\" name=\"_ftn32\">[32]<\/a> Yi\u011fit. Usmon. TDIE. J. 33. \u2013 B. 441.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Otabek MUHAMMADIYEV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Abu Muso Ash\u02bcariy Ash\u02bcar qabilasiga mansub[1]. Abu Muso jami 360 hadis rivoyat qilgan bo\u02bblib, bu hadislarning 49 tasi \u201cSahihayn\u201dda rivoyat qilingan, ulardan 4 tasi Buxoriy, 15 tasi esa Muslim tomonidan mustaqil ravishda rivoyat qilingan[2]. Payg\u02bbambar (a.s.) davrlarida Rasululloh (s.a.v.) uni bir dengiz yurishida sariyya qo\u02bbmondoni etib tayinlagan. Payg\u02bbambar (a.s.) Abu Musoni Yamanning Zabid, Rimo\u02bc, Adan &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":39414,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>KAM SONLI HADIS RIVOYAT QILGAN (MUQILLUN) SAHOBALAR 2-QISM - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"KAM SONLI HADIS RIVOYAT QILGAN (MUQILLUN) SAHOBALAR 2-QISM\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39420&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"KAM SONLI HADIS RIVOYAT QILGAN (MUQILLUN) SAHOBALAR 2-QISM - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"KAM SONLI HADIS RIVOYAT QILGAN (MUQILLUN) SAHOBALAR 2-QISM\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39420&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2024-12-24T04:51:06+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2024-12-23T04:56:50+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/muqilin.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"427\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"6 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39420&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39420&lang=oz\",\"name\":\"KAM SONLI HADIS RIVOYAT QILGAN (MUQILLUN) SAHOBALAR 2-QISM - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39420&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39420&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/muqilin.jpg\",\"datePublished\":\"2024-12-24T04:51:06+00:00\",\"dateModified\":\"2024-12-23T04:56:50+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"KAM SONLI HADIS RIVOYAT QILGAN (MUQILLUN) SAHOBALAR 2-QISM\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39420&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39420&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39420&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/muqilin.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/muqilin.jpg\",\"width\":660,\"height\":427},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39420&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"KAM SONLI HADIS RIVOYAT QILGAN (MUQILLUN) SAHOBALAR 2-QISM\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"KAM SONLI HADIS RIVOYAT QILGAN (MUQILLUN) SAHOBALAR 2-QISM - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"KAM SONLI HADIS RIVOYAT QILGAN (MUQILLUN) SAHOBALAR 2-QISM","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39420&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"KAM SONLI HADIS RIVOYAT QILGAN (MUQILLUN) SAHOBALAR 2-QISM - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"KAM SONLI HADIS RIVOYAT QILGAN (MUQILLUN) SAHOBALAR 2-QISM","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39420&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2024-12-24T04:51:06+00:00","article_modified_time":"2024-12-23T04:56:50+00:00","og_image":[{"width":660,"height":427,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/muqilin.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"6 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39420&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39420&lang=oz","name":"KAM SONLI HADIS RIVOYAT QILGAN (MUQILLUN) SAHOBALAR 2-QISM - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39420&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39420&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/muqilin.jpg","datePublished":"2024-12-24T04:51:06+00:00","dateModified":"2024-12-23T04:56:50+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"KAM SONLI HADIS RIVOYAT QILGAN (MUQILLUN) SAHOBALAR 2-QISM","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39420&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=39420&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39420&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/muqilin.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/muqilin.jpg","width":660,"height":427},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39420&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"KAM SONLI HADIS RIVOYAT QILGAN (MUQILLUN) SAHOBALAR 2-QISM"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/39420"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=39420"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/39420\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":39421,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/39420\/revisions\/39421"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/39414"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=39420"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=39420"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=39420"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}