{"id":39086,"date":"2024-12-06T09:44:23","date_gmt":"2024-12-06T04:44:23","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=39086"},"modified":"2024-12-05T09:49:38","modified_gmt":"2024-12-05T04:49:38","slug":"o%ca%bbrta-asrlarda-razmoz-qishlog%ca%bbidan-chiqqan-roviylar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39086&lang=oz","title":{"rendered":"O\u02bbRTA ASRLARDA RAZMOZ QISHLOG\u02bbIDAN CHIQQAN ROVIYLAR"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">IX-XII asrlar islom olamida ilm-fan yuksak darajada rivojlangani bois ilm-fan rivojining oltin davri deb e\u02bctirof etilgan. Aynan shu davrda Xorazm, Buxoro, Samarqand, Nasaf, Termiz, Shosh, Farg\u02bbona va Marg\u02bbinon kabi uzoq tarixga ega ko\u02bbhna va navqiron shaharlar hamda ular atrofida joylashgan Dabusiya, Afshona, Zamaxshar, Kushoniya, Ishtixon, Sog\u02bbarj, Xushufag\u02bbon, Razmoz kabi shahar, qo\u02bbrg\u02bbon va qishloqlardan ham minglab allomalar yetishib chiqqani barchaga ma\u02bclum. Ular ilm-fanning tibbiyot, astronomiya, jug\u02bbrofiya, filosofiya, matematika, adabiyot kabi tabiiy va ijtimoiy hamda tafsir, hadis, aqida, fiqh kabi diniy ilmlar rivojiga benazir hissa qo\u02bbshgan. O\u02bbzining ko\u02bbhna va qadimiyligi bilan tarix sahifalaridan o\u02bbrin olgan qishloqlardan biri \u201cRazmoz\u201ddir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manbalarda qayd etilishicha, \u201cRazmoz\u201d Samarqand vohasidagi Ishtixon va Kushoniya oralig\u02bbida joylashgan bo\u02bblib, Samarqand bilan uning oralig\u02bbi yetti farsax masofani tashkil etgan<a href=\"#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a>. O\u02bbrta asrlarda bu qishloqdan ko\u02bbplab allomalar yetishib chiqqan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Abu Bakr Razmoziy (vaf. 987 yoki 989-y.). <\/strong>Uning to\u02bbliq ismi Abu Bakr Muhammad ibn Ja\u02bcfar ibn Jobir ibn Qarqon ibn Vode\u02bc Razmoziy So\u02bbg\u02bbdiydir<a href=\"#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a>. Aksar manbalarda Abu Bakr Razmoziy deb qayd etilgan. U o\u02bbz davrining zodagoni va yer egasi bo\u02bblib, tijorat bilan ham shug\u02bbullangan. Yoqut Hamaviyning \u201cMu\u02bcjamul buldon\u201d kitobida keltirilishicha Abu Bakr Razmoziy hadis bo\u02bbyicha asosiy ta\u02bclimni Hasan ibn Sohib Shoshiy, Abu Na\u02bcim Abdulmalik ibn Muhammad ibn Adiy Astarboziy va Zohir ibn Abdulloh ibn Xusayn So\u02bbg\u02bbdiy kabi ustozlardan olgan va ulardan hadislar rivoyat qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbz navbatida, Abu Bakr Razmoziydan o\u02bbz davrining yetuk roviylari bo\u02bblmish hofiz Abu Sa\u02bcd ibn Abdurahmon ibn Muhammad Idrisiy va Abu Hafs Umar ibn Ahmad ibn Muhammad ibn Shohin Shohiniy Samarqandiy<a href=\"#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a>lar hadis tinglagan va rivoyat qilgan. Jumladan, Abu Sa\u02bcd ibn Abdurahmon ibn Muhammad Idrisiy: \u201cMen Abu Bakr Razmoziydan eshitgan hadislarning hammasi hasan edi\u201d, degan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abdulkarim Sam\u02bconiyning \u201cAnsob\u201d kitobida qayd etilishicha, Abu Bakr Razmoziy 377\/987 yoki 379\/989-yilda vafot etgan<a href=\"#_ftn4\" name=\"_ftnref4\"><sup>[4]<\/sup><\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Sulaymon Razmoziy. <\/strong>Allomaning to\u02bbliq ismi Sulaymon ibn Dovud ibn Muhammad Razmoziydir. U boshlang\u02bbich ta\u02bclimni tug\u02bbilib o\u02bbsgan qishlog\u02bbi Razmozda olgan. Keyinchalik Buxoro va boshqa shaharlarga borib, u yerdagi olimlardan hadis o\u02bbrgangan va zamonasining ishonchli roviysi bo\u02bblib yetishgan. Sulaymon Razmoziy Sarbul fayiy degan joyda qozi lavozimida ham faoliyat olib borgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Najmiddin Umar Nasafiyning \u201cAl-qand fiy zikri ulamoi Samarqand\u201d asarida uning Jamoliddin Abu Nasr Ahmad ibn Abdurahmon Buxoriydan rivoyat qilgan quyidagi hadisi keltirilgan: Sulaymon Razmoziy: \u201cBizga qozi, imom Jamoliddin Abu Nasr Ahmad ibn Abdurahmon Buxoroda xabar berdi\u201d, \u2013 dedi. U: \u201cBizga shayx, imom Shamsulaimma Abu Muhammad Abdulaziz ibn Ahmad Halvoniy rahmatullohi alayh xabar berdi\u201d, \u2013 dedi. U: \u201cBizga imom Abu Ali Husayn ibn Nazr Nasafiy rahmatullohi alayh hadis aytdi, \u2013 dedi\u201d. U: \u201cBizga Abu Yoqub Yusuf ibn Bakr ibn Abdulloh hadis aytdi\u201d, \u2013 dedi. U: \u201cBizga Haysama ibn Sulaymon hadis aytdi\u201d, \u2013 dedi. U: \u201cBizga Ahmad ibn Farj esa Muhammad ibn Sa\u02bcid Toifiydan, u esa Ibn Jurayjdan, u esa A\u02bctodan, u esa Ibn Abbos roziyallohu anhudan, u esa Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan hadis aytdi\u201d, \u2013 dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: <em>\u201cUmmatimdan uch toifa kishilar iblis va uning askarlaridan himoyalangandir: ertayu kech Allohni yod (zikr) etadiganlar, Allohning g\u02bbazabidan qo\u02bbrqib yig\u02bblaydiganlar va saharda istig\u02bbfor aytadiganlar\u201d,<\/em> \u2013 dedilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Najmiddin rahmatullohi alayh mazkur hadisni nazmga solib bunday degan ekan:<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Mal\u02bcun Iblis va uning askarlarining yomonligidan,<\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Uch toifa kishilar himoyalangan, bu kelgan xabarlarda.<\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Allohni zikr qiluvchi va yig\u02bblaguvchi qo\u02bbrqib Allohdan,<\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Hamda Allohga duo qiluvchi saharlarda<\/em><a href=\"#_ftn5\" name=\"_ftnref5\"><sup>[5]<\/sup><\/a>.<\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Abu Is\u02bchoq Razmoziy. <\/strong>Uning to\u02bbliq ismi Abu Is\u02bchoq Ibrohim Zanun Dihqon Razmoziydir. U aksar manbalarda Abu Is\u02bchoq Razmoziy nomi bilan qayd etilgan. U hadis borasida Abu Salim A\u02bclo ibn Maslama va Mahmud ibn Xaddosh Toliqoniylardan ta\u02bclim olgan va ulardan hadis rivoyat qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbz navbatida, Abu Is\u02bchoq Razmoziydan Abu Amr Muhammad ibn Is\u02bchoq Usfuriy va Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad ibn Ibrohim Samarqandiy kabi allomalar hadis o\u02bbrgangan va rivoyat qilgan<a href=\"#_ftn6\" name=\"_ftnref6\">[6]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Abu Muhammad Razmoziy. <\/strong>Abu Muhammad Razmoziy So\u02bbg\u02bbdiy ham o\u02bbz zamonasining hadis roviylaridan bo\u02bblgan. U ustozi Abu Is\u02bchoq Kasiydan hadis o\u02bbrganish va rivoyat qilish borasida ta\u02bclim olgan va undan hadislar rivoyat qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abdulkarim Sam\u02bconiyning \u201cAnsob\u201d asarida keltirilishicha Abu Muhammad Razmoziydan Muhammad ibn Karom kabi roviylar hadis rivoyat qilgan<a href=\"#_ftn7\" name=\"_ftnref7\">[7]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Abu Abdulloh Razmoziy. <\/strong>\u00a0Abu Abdulloh Razmoziy So\u02bbg\u02bbdiy Samarqandiy ham o\u02bbz zamonasining taniqli hadis roviylaridan bo\u02bblgan. Abdulkarim Sam\u02bconiyning \u201cAnsob\u201d kitobida keltirilishicha Abu Abdulloh Razmoziy asosan Husayn ibn Abdulloh Rabanjaniydan hadis rivoyat qilish metod<a href=\"#_ftn8\" name=\"_ftnref8\">[8]<\/a>larini o\u02bbrganib, undan hadislar rivoyat qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbz navbatida Yusuf ibn Ma\u02bcruf Ishtixoniy kabi roviylari Abu Abdulloh Razmoziydan hadislar rivoyat qilgan<a href=\"#_ftn9\" name=\"_ftnref9\"><sup>[9]<\/sup><\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yuqorida keltirilgan ma\u02bclumotlardan ilmiy xulosa olinadigan bo\u02bblsa, O\u02bbrta asrlarda Razmoz qishlog\u02bbida ham o\u02bbziga xos hadis maktabiga asos solinib, hadislar sanadini chuqur o\u02bbrganadigan roviylar faoliyati keng rivojlangan. Ko\u02bbrinib turibdiki, mintaqaning boshqa joylaridan ko\u02bbplab allomalar ilm o\u02bbrganish maqsadida Razmozga kelgan. Buning natijasida Razmozdan ko\u02bbplab hadis roviylari yetishib chiqib, hadis va sanad ilmi ravnaqiga katta hissa qo\u02bbshgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Albatta, bu muxtasar maqola O\u02bbrta asrlarda Razmozda tug\u02bbilib o\u02bbsgan va faoliyat olib borgan barcha allomalarning hayoti va ilmiy merosini aks ettirmaydi. Unda arab manbalarida qayd etilgan ba\u02bczi ma\u02bclumotlar keltirildi, xolos. Shu bois Razmoz qishlog\u02bbi tarixi va u yerdan yetishib chiqqan allomalar hayoti va ilmiy ijodini o\u02bbrganish bo\u02bbyicha keng qamrovli ilmiy izlanishlar olib borish dolzarb masala bo\u02bblib qolaveradi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a> Abu Abdulloh Yoqut Hamaviy. Mu\u02bcjamul buldon. J. 5. \u2013 Bayrut, 1979. \u2013 B. 454.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a> Abdulkarim Sam\u02bconiy. Ansob. J. 3. \u2013 Bayrut. \u2013 Lubnon, 1998. \u2013 B. 60.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a> Abdulkarim Sam\u02bconiy. Ansob. J. 3. \u2013 Bayrut. \u2013 Lubnon, 1998. \u2013 B. 390;<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref4\" name=\"_ftn4\"><sup>[4]<\/sup><\/a> Qarang: Abdulkarim Sam\u02bconiy. Ansob. J. 6. \u2013 Bayrut. \u2013 Lubnon, 1998. \u2013 B. 122; Abu Abdulloh Yoqut Hamaviy. Mu\u02bcjamul buldon. J. 5. \u2013 Bayrut, 1979. \u2013 B. 454<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref5\" name=\"_ftn5\"><sup>[5]<\/sup><\/a> Najmiddin Umar ibn Muhammad ibn Ahmad Nasafiy. Al-qand fiy zikri ulamoi Samarqand. \u2013 Tehron, 1999. \u2013 B. 225.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref6\" name=\"_ftn6\">[6]<\/a> Abdulkarim Sam\u02bconiy. Ansob. J. 6. \u2013 Bayrut. \u2013 Lubnon, 1998. \u2013 B. 122<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref7\" name=\"_ftn7\">[7]<\/a> Abdulkarim Sam\u02bconiy. Ansob. J. 6. \u2013 Bayrut. \u2013 Lubnon, 1998. \u2013 B. 122<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref8\" name=\"_ftn8\">[8]<\/a> Metod\u00a0so\u02bbzi \u00a0yunoncha \u201cmetodos\u201d so\u02bbzidan olingan bo\u02bblib, bilish yoki tadqiqot yo\u02bbli, nazariya, ta\u02bclimot degan ma\u02bcnolarni anglatadi. Ya\u02bcni voqelikni amaliy va nazariy egallash, o\u02bbzlashtirish, o\u02bbrganish, bilish uchun yo\u02bbl-yo\u02bbriqlar, usullar majmuasi, falsafiy bilimlarni yaratish va asoslash usuli.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref9\" name=\"_ftn9\"><sup>[9]<\/sup><\/a> Abdulkarim Sam\u02bconiy. Ansob. J. 6. \u2013 Bayrut, 1998. \u2013 B. 122<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Yo\u02bbldoshxon ISAYEV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>IX-XII asrlar islom olamida ilm-fan yuksak darajada rivojlangani bois ilm-fan rivojining oltin davri deb e\u02bctirof etilgan. Aynan shu davrda Xorazm, Buxoro, Samarqand, Nasaf, Termiz, Shosh, Farg\u02bbona va Marg\u02bbinon kabi uzoq tarixga ega ko\u02bbhna va navqiron shaharlar hamda ular atrofida joylashgan Dabusiya, Afshona, Zamaxshar, Kushoniya, Ishtixon, Sog\u02bbarj, Xushufag\u02bbon, Razmoz kabi shahar, qo\u02bbrg\u02bbon va qishloqlardan ham minglab &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":39087,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[650],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>O\u02bbRTA ASRLARDA RAZMOZ QISHLOG\u02bbIDAN CHIQQAN ROVIYLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"O\u02bbRTA ASRLARDA RAZMOZ QISHLOG\u02bbIDAN CHIQQAN ROVIYLAR\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39086&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"O\u02bbRTA ASRLARDA RAZMOZ QISHLOG\u02bbIDAN CHIQQAN ROVIYLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"O\u02bbRTA ASRLARDA RAZMOZ QISHLOG\u02bbIDAN CHIQQAN ROVIYLAR\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39086&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2024-12-06T04:44:23+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2024-12-05T04:49:38+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/Razmoziy.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"494\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"5 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39086&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39086&lang=oz\",\"name\":\"O\u02bbRTA ASRLARDA RAZMOZ QISHLOG\u02bbIDAN CHIQQAN ROVIYLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39086&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39086&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/Razmoziy.jpg\",\"datePublished\":\"2024-12-06T04:44:23+00:00\",\"dateModified\":\"2024-12-05T04:49:38+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"O\u02bbRTA ASRLARDA RAZMOZ QISHLOG\u02bbIDAN CHIQQAN ROVIYLAR\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39086&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39086&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39086&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/Razmoziy.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/Razmoziy.jpg\",\"width\":660,\"height\":494},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39086&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"O\u02bbRTA ASRLARDA RAZMOZ QISHLOG\u02bbIDAN CHIQQAN ROVIYLAR\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"O\u02bbRTA ASRLARDA RAZMOZ QISHLOG\u02bbIDAN CHIQQAN ROVIYLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"O\u02bbRTA ASRLARDA RAZMOZ QISHLOG\u02bbIDAN CHIQQAN ROVIYLAR","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39086&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"O\u02bbRTA ASRLARDA RAZMOZ QISHLOG\u02bbIDAN CHIQQAN ROVIYLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"O\u02bbRTA ASRLARDA RAZMOZ QISHLOG\u02bbIDAN CHIQQAN ROVIYLAR","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39086&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2024-12-06T04:44:23+00:00","article_modified_time":"2024-12-05T04:49:38+00:00","og_image":[{"width":660,"height":494,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/Razmoziy.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"5 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39086&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39086&lang=oz","name":"O\u02bbRTA ASRLARDA RAZMOZ QISHLOG\u02bbIDAN CHIQQAN ROVIYLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39086&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39086&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/Razmoziy.jpg","datePublished":"2024-12-06T04:44:23+00:00","dateModified":"2024-12-05T04:49:38+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"O\u02bbRTA ASRLARDA RAZMOZ QISHLOG\u02bbIDAN CHIQQAN ROVIYLAR","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39086&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=39086&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39086&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/Razmoziy.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/Razmoziy.jpg","width":660,"height":494},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39086&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"O\u02bbRTA ASRLARDA RAZMOZ QISHLOG\u02bbIDAN CHIQQAN ROVIYLAR"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/39086"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=39086"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/39086\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":39092,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/39086\/revisions\/39092"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/39087"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=39086"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=39086"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=39086"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}