{"id":39076,"date":"2024-12-04T14:51:48","date_gmt":"2024-12-04T09:51:48","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=39076"},"modified":"2024-12-04T14:51:48","modified_gmt":"2024-12-04T09:51:48","slug":"oksford-islom-tadqiqotlari-markaziga-katta-langar-quroni-faksimilesi-sovga-qilindi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=39076&lang=oz","title":{"rendered":"Oksford Islom tadqiqotlari markaziga Katta Langar Qur&#8217;oni faksimilesi sovg&#8217;a qilindi"},"content":{"rendered":"<p><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/dunyo0412.jpg\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O&#8217;zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov boshchiligidagi delegatsiya Buyuk Britaniyaga tashrifi davomida Oksford Islom tadqiqotlari markaziga tashrif buyurdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Markaz vakillari va olimlari bilan uchrashuvda mamlakatimiz elchisi Ravshan Usmonov, O&#8217;zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg&#8217;un G&#8217;afurov, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Muzaffarxon Joniyev, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Jamoliddin Karimov va boshqalar ishtirok etdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yangi O&#8217;zbekistonda madaniy merosni asrab-avaylash, o&#8217;rganish va ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, dolzarb ilmiy tadqiqotlar haqidagi, shuningdek, bu boradagi xalqaro hamkorlikni faol rivojlantirishga oid taqdimotlar tinglandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O&#8217;z navbatida, Oksford Islom tadqiqotlari markazi vakillari ham qator davlatlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan &#8220;Islom olami tarixi atlasi&#8221; loyihasini taqdim etdi. Loyihada dunyoning har bir mintaqasining Islom sivilizatsiyasi rivojidagi o&#8217;rni, muhim kashfiyotlar, olimlar hayoti va faoliyati, shuningdek, islom sivilizatsiyasining jahon ilm-faniga qo&#8217;shgan hissasi ko&#8217;rib chiqildi. Muzokaralar chog&#8217;ida ushbu loyiha turkumida Markaziy Osiyoning islom sivilizatsiyasi rivojidagi roliga bag&#8217;ishlangan jildni yaratish bo&#8217;yicha ikki tomonning sa&#8217;y-harakatlarini birlashtirish bo&#8217;yicha kelishuvga erishildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Uchrashuv O&#8217;zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Xalqaro tadqiqot markazlari va Oksforddagi islom tadqiqotlari markazi o&#8217;rtasida hamkorlik memorandumlari imzolanishi bilan yakunlandi. Tadbir doirasida so&#8217;nggi yillarda chop etilgan kitob va albomlar ko&#8217;rgazmasi tashkil etildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Oksford islom tadqiqotlari markaziga Katta Langar Qur&#8217;oni faksimilesi, shuningdek, &#8220;O&#8217;zbekiston madaniy merosi dunyo to&#8217;plamlarida&#8221; turkumidagi kitob-albomlar sovg&#8217;a qilindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 O&#8217;zbekiston boy tarix va betakror madaniy merosga ega qadimiy mamlakat, \u2013 dedi Oksford islom tadqiqotlari markazi direktori Farhan Nizomiy. \u2013 Men O&#8217;zbekistonga ko&#8217;p marotaba borganman. Ammo so&#8217;nggi yillarda mamlakatingiz tashqi dunyo bilan aloqalari tobora kengaya boshladi. Yangi O&#8217;zbekiston rahbari barcha xorijiy hamkorlar qatori biz olimlar, xorijiy tadqiqotchilar uchun ham eshiklar ochiq ekanini aytmoqda. Jumladan, O&#8217;zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan Oksford islom tadqiqotlari markazi bilan birgalikda o&#8217;zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish bo&#8217;yicha olib borilgan muzokaralar kutilgan natijalarni berishiga ishonaman.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shundan so&#8217;ng, O&#8217;zbekiston delegatsiyasi vakillari dunyoning eng qadimiy kutubxonalaridan biri bo&#8217;lgan Oksforddagi Bodlean kutubxonasida\u00a0bo&#8217;ldi va u yerda O&#8217;zbekistonga oid nodir qo&#8217;lyozmalar bilan tanishishdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013O&#8217;zbekiston buyuk allomalar, shoir va mutafakkirlar yurti, \u2013 deydi Bodlean kutubxonasi Sharq qo&#8217;lyozmalari bo&#8217;limi kuratori Nikolas Kontovas. \u2013 Jumladan, hazrat Alisher Navoiyning ul zot hayotligi davrida ko&#8217;chirilgan qo&#8217;lyozmalari kutubxonamiz fondining nodir javohirlaridan sanaladi. Bunday bebaho asarlarni bemalol butun insoniyatning\u00a0xazinasi deyish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kutubxonada o&#8217;zbekistonlik olimlar O&#8217;zbekiston madaniy merosiga oid o&#8217;ndan ortiq qo&#8217;lyozmalar bilan tanishdilar. Ayniqsa, Alisher Navoiyning shaxsiy dastxati bo&#8217;lgan &#8220;Xamsa&#8221; qo&#8217;lyozmasi katta taassurot qoldirdi. Mirzo Ulug&#8217;bekning &#8220;Ziji Ko&#8217;ragoniy&#8221; asari ham o&#8217;ziga xos tarixga ega. Uni salkam uch asr ilgari oksfordlik olim Jon Geyvs sotib olgan va kitob hoshiyasida zarhal qaydlar kiritgan. Kitob sahifalarida usmonli turk tilidagi bitiklar ham uchraydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O&#8217;zbekiston ilmiy delegatsiyasining Buyuk Britaniyaga tashrifi davom etmoqda.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manba: <a href=\"https:\/\/dunyo.info\/uz\/Fakt\/faksimile-korana-katta-langar-peredano-v-dar-oksfordskomu-centru-islamskih-issledovaniy\"><span style=\"color: #0000ff;\">&#8220;Dunyo&#8221; AA<\/span><\/a><\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov boshchiligidagi delegatsiya Buyuk Britaniyaga tashrifi davomida Oksford Islom tadqiqotlari markaziga tashrif buyurdi. Markaz vakillari va olimlari bilan uchrashuvda mamlakatimiz elchisi Ravshan Usmonov, O&#8217;zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg&#8217;un G&#8217;afurov, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Muzaffarxon Joniyev, Imom Moturidiy xalqaro &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":39074,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[654,652,642],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/39076"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=39076"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/39076\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":39077,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/39076\/revisions\/39077"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/39074"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=39076"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=39076"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=39076"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}