{"id":38987,"date":"2024-12-02T11:27:16","date_gmt":"2024-12-02T06:27:16","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=38987"},"modified":"2024-12-02T14:53:57","modified_gmt":"2024-12-02T09:53:57","slug":"oyatlar-bilan-hukm-qilmaganlarni-kofirga-chiqarish-masalasida-ulamolarning-qarashlari-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38987&lang=oz","title":{"rendered":"OYATLAR BILAN HUKM QILMAGANLARNI KOFIRGA CHIQARISH MASALASIDA ULAMOLARNING QARASHLARI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Islom dini insonlarni ilm, hamjihatlik va ahillikka chorlaydi. Ular orasida johillik, firqalanish va o\u02bbzaro kelishmovchilik keltirib chiqaradigan har qanday g\u02bboya, qarash va chaqiriqlarni keskin qoralaydi. Axborot asri bo\u02bblmish hozirgi kunlarda har xil radikal va ekstremistik g\u02bboya egalari musulmonlarni o\u02bbn to\u02bbrt asrdan beri amalda bo\u02bblib kelgan to\u02bbrt fiqhiy mazhab ulamolarining asarlari va qarashlarini tark qilib, bevosita Qur\u02bcon oyatlari va hadislardan hukm olishga da\u02bcvat qilmoqda. Ularni o\u02bbzlarining g\u02bbarazli maqsadlariga moslab talqin qilishga, musulmonlarni, ayniqsa, g\u02bbo\u02bbr yoshlarni to\u02bbg\u02bbri yo\u02bbldan og\u02bbdirib, o\u02bbz domiga tortishga harakat qilmoqda.<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26745#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ular noto\u02bbg\u02bbri talqin qilayotgan ana shunday oyatlardan biri Alloh taoloning:<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>\ufd3f\u0648\u064e\u0645\u064e\u0646\u0652 \u0644\u064e\u0645\u0652 \u064a\u064e\u062d\u0652\u0643\u064f\u0645\u0652 \u0628\u0650\u0645\u064e\u0627 \u0623\u064e\u0646\u0652\u0632\u064e\u0644\u064e \u0627\u0644\u0644\u0651\u064e\u0647\u064f \u0641\u064e\u0623\u064f\u0648\u0644\u064e\u0626\u0650\u0643\u064e \u0647\u064f\u0645\u064f \u0627\u0644\u0652\u0643\u064e\u0627\u0641\u0650\u0631\u064f\u0648\u0646\u064e\ufd3e<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>\u201cAlloh nozil qilgan narsa\u00a0<\/strong>(oyatlar)<strong>\u00a0bilan hukm qilmaganlar \u2013 ana o\u02bbshalar kofirlardir\u201d<\/strong><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26745#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a><strong>,\u00a0<\/strong><strong>degan so\u02bbzidir.<\/strong>\u00a0Ularning da\u02bcvosicha, uni amalda tatbiq qilmagani uchun hozirgi zamon musulmon rahbarlari ham, ularning qonunlariga itoat qilgan musulmonlar ham kofir. Ammo bu jumhur ulamolari tomonidan mazkur oyatga berilgan sharh va izohlarga nomuvofiqdir. Chunki ahli sunna val jamoa ijmosiga ko\u02bbra, zohiri muhkam oyatlarga zid keladigan har qanday oyat yoki hadis ularga muvofiq keladigan qilib tushunilishi lozim. Gunohi kabiraga qo\u02bbl urib qo\u02bbygan musulmon masalasi buning isbotidir. Zero, qat\u02bciy dalil bilan taqiqlangan biror ish yoki narsani halol sanamagan kishi dindan chiqmaydi. E\u02bctiborli jihati shundaki, Alloh taolo nozil qilgan oyatlar bilan hukm qilmagan kishilarni kufrda ayblash borasida ulamolarning qarashlari turlicha bo\u02bblgan. Vaziyat, sharoit, masalaning qay tarzda qo\u02bbyilishiga qarab, ularga yondashuv ham farqlangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Abdulhaq ibn Atiyya o\u02bbzining \u201cAl-Muharrarul vojiz\u201d deb nomlangan tafsirida bunday degan: \u201cAlloh taoloning:<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>\ufd3f\u0648\u064e\u0645\u064e\u0646\u0652 \u0644\u064e\u0645\u0652 \u064a\u064e\u062d\u0652\u0643\u064f\u0645\u0652 \u0628\u0650\u0645\u064e\u0627 \u0623\u064e\u0646\u0652\u0632\u064e\u0644\u064e \u0627\u0644\u0644\u0651\u064e\u0647\u064f \u0641\u064e\u0623\u064f\u0648\u0644\u064e\u0626\u0650\u0643\u064e \u0647\u064f\u0645\u064f \u0627\u0644\u0652\u0643\u064e\u0627\u0641\u0650\u0631\u064f\u0648\u0646\u064e\ufd3e<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>\u201cAlloh nozil qilgan narsa\u00a0<\/strong>(oyatlar)<strong>\u00a0bilan hukm qilmaganlar \u2013 ana o\u02bbshalar kofirlardir<\/strong><strong>\u201d<\/strong><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26745#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a><strong>,<\/strong>\u00a0oyati borasida ulamolar har xil fikr bildirgan. Bir guruhi: \u201cBu (va keyingi ikki oyatdagi) kofirlar, zolimlar va fosiqlardan murod avvalgi isyonchi qavmlardir\u201d, degan. Bu haqda Baro ibn Ozib roziyallohu anhudan hadis ham rivoyat qilingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ko\u02bbpchilik ulamolar: \u201cHaqiqatan ham bu oyatda Alloh taolo nozil qilgan oyatlar bilan hukm qilmaganlar nazarda tutiladi. Lekin ummatning amirlariga nisbatan olganda, u imondan chiqaradigan kufr emas\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26745#_ftn4\" name=\"_ftnref4\">[4]<\/a>, degan fikrni aytgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Firyobiy, Said ibn Mansur, Ibn Munzir, Ibn Abu Hotim, Hokim va Bayhaqiy\u00a0<strong>\u201cAlloh nozil qilgan narsa\u00a0<\/strong>(oyatlar)<strong>\u00a0bilan hukm qilmaganlar \u2013 ana o\u02bbshalar kofirlardir\u201d<\/strong>\u00a0oyatining tafsirida Ibn Abbos roziyallohu anhuning bunday deganini rivoyat qiladi: \u201cBu yerda ayrimlar ilgari surayotgan kufr nazarda tutilmagan. U dindan chiqaradigan kufr emas, balki kufroni ne\u02bcmat, ya\u02bcni ne\u02bcmatga nisbatan noshukrlikdir\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Abdulloh ibn Humayd va Ibn Munzir\u00a0<strong>\u201cAlloh nozil qilgan narsa\u00a0<\/strong>(oyatlar)<strong>\u00a0bilan hukm qilmaganlar \u2013 ana o\u02bbshalar kofirlardir\u201d<\/strong>\u00a0oyatining tafsirida Ato ibn Abu Raboh roziyallohu anhuning: \u201cImondan chiqarmaydigan kufr, zulmdan quyiroq zulm, fisqdan quyiroq fisqdir\u201d, deb aytganini rivoyat qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Qushayriy bunday degan: \u201cXavorijlarning fikricha, pora olib (Alloh nozil qilgan oyatlardan) boshqasi bilan hukm qilgan kishi kofirdir\u201d. Bu fikrni keltirishda Hasan va Suddiyga nisbat berilgan\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26745#_ftn5\" name=\"_ftnref5\">[5]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Huzayfa va Ibn Abbos roziyallohu anhumo esa: \u201cBu oyat hammamiz uchun umumiydir\u201d, degan. \u201cAgar musulmonlardan biri shu ishni qilsa, to Allohga, uning farishtalari, kitoblari, payg\u02bbambarlari va qiyomat kuniga (shak keltirib) kofir bo\u02bblmaguncha u dindan chiqaradigan kufr hisoblanmaydi\u201d, degan. Bu ma\u02bcno mufassirlarning bir guruhidan, jumladan, Ibn Abbos, Tovus va Atodan rivoyat qilingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Alloh taolo:<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>\ufd3f\u0648\u064e\u0623\u064e\u0645\u0651\u064e\u0627 \u0671\u0644\u06e1\u0642\u064e\u0670\u0633\u0650\u0637\u064f\u0648\u0646\u064e \u0641\u064e\u0643\u064e\u0627\u0646\u064f\u0648\u0627\u0652 \u0644\u0650\u062c\u064e\u0647\u064e\u0646\u0651\u064e\u0645\u064e \u062d\u064e\u0637\u064e\u0628\u0627\u064b\ufd3e<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>\u201c<\/strong><strong>A<\/strong><strong>mmo\u00a0<\/strong>(yo\u02bbldan)\u00a0<strong>ozganlar\u00a0<\/strong>(ga kelsak)<strong>, bas, ular jahannamga o\u02bbtin bo\u02bbluvchi kimsalardir\u201d<\/strong><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26745#_ftn6\" name=\"_ftnref6\">[6]<\/a><strong>,<\/strong>\u00a0degan. Oyatdagi \u201c\u0627\u0644\u0652\u0642\u064e\u0627\u0633\u0650\u0637\u0652\u201d [al-qosit] \u201cadolatsiz va zolim\u201d ma\u02bcnosidadir<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26745#_ftn7\" name=\"_ftnref7\">[7]<\/a>. Shayxul islom buni ko\u02bbp o\u02bbrinlarda tilga olib, bunday fikr bildirgan: \u201cSalaflar insonda imon va nifoq bo\u02bblishi mumkin, degan. Shuningdek, unda imon va kufr ham bo\u02bbladi\u201d. Bu kufr Ibn Abbos va uning izdoshlari\u00a0<strong>\u201cAlloh nozil qilgan narsa\u00a0<\/strong>(oyatlar)<strong>\u00a0bilan hukm qilmaganlar \u2013 ana o\u02bbshalar kofirlardir\u201d<\/strong>\u00a0oyati borasida aytganidek, dindan chiqaradigan kufr bo\u02bblmaydi. Ahli sunna imomlaridan Ahmad ibn Hanbal va boshqalar ham ularning yo\u02bblidan yurgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Boshqa bir o\u02bbrinda bunday deyilgan: \u201cSahihi Muslim\u201dda aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:\u00a0<strong>\u201cRabbingiz nima deganiga qaramaysizmi?! \u201cBandalarimga biror ne\u02bcmat ato etsam, ularning bir toifasi unga kofir bo\u02bblib tong ottiradi. Ular: \u201cyulduzlar va yulduzlar sababli\u201d, deb aytadi\u201d,\u00a0<\/strong>deganlar. Bunga o\u02bbxshash gaplar (boshqa) hadislarda (ham) bor.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Sahobalardan Ibn Abbos va boshqalar Alloh taoloning:<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>\ufd3f\u0648\u064e\u0645\u064e\u0646\u0652 \u0644\u064e\u0645\u0652 \u064a\u064e\u062d\u0652\u0643\u064f\u0645\u0652 \u0628\u0650\u0645\u064e\u0627 \u0623\u064e\u0646\u0652\u0632\u064e\u0644\u064e \u0627\u0644\u0644\u0651\u064e\u0647\u064f \u0641\u064e\u0623\u064f\u0648\u0644\u064e\u0626\u0650\u0643\u064e \u0647\u064f\u0645\u064f \u0627\u0644\u0652\u0643\u064e\u0627\u0641\u0650\u0631\u064f\u0648\u0646\u064e\ufd3e<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>\u201cAlloh nozil qilgan narsa\u00a0<\/strong>(oyatlar)<strong>\u00a0bilan hukm qilmaganlar \u2013 ana o\u02bbshalar kofirlardir\u201d,\u00a0<\/strong>degan so\u02bbzi va undan keyingi ikki oyatda kelgan \u201czolimun\u201d va \u201cfosiqun\u201dni \u201ckufrdan quyiroq kufr, fisqdan quyiroq fisq, zulmdan quyiroq zulmdir\u201d, deb tafsir qilgan. Buni Imom Ahmad, Imom Buxoriy va boshqalar ham aytib o\u02bbtgan. \u201cTakfir\u201d mavzusi bo\u02bbyicha ko\u02bbproq ma\u02bclumot olishni xohlaganlar \u201cFatovoyi fikriyya\u201d kitobiga murojaat qilsin!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Biz yuqorida aytib o\u02bbtgan gaplardan murjiiylardek e\u02bctiqod qilishimiz tushunilmaydi. Ularning fikricha, mushrik odamga (savob) amalning foydasi tegmaganidek, mo\u02bbmin odamga ham (gunoh) amalning zarari yetmaydi. Murjiiylardan beshinchi toifasining ta\u02bcbiriga ko\u02bbra, musulmonlardan hech kim do\u02bbzaxga kirmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Biz esa, aksincha, mashhur \u201cJabroil hadisi\u201dda kelganidek, imon bu e\u02bctiqod bo\u02bblganidek, til bilan iqror bo\u02bblib, ruknlarga amal qilish hamdir, u ziyoda va noqis bo\u02bbladi, deymiz. Bu ahli sunnaning tutgan yo\u02bbli. Lekin jumhur ulamolarning fikriga ko\u02bbra, u gunoh sababli \u2013 xoh biror vojibni tark qilish bo\u02bblsin, xoh harom ishga qo\u02bbl urish bo\u02bblsin, \u2013 kofir bo\u02bblmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Yuqoridagi oyat borasida ulamolarning fikrlaridan olinadigan foyda shuki, oyatlardan to\u02bbg\u02bbridan-to\u02bbg\u02bbri hukm chiqarmasdan, balki uning kengroq sharhlariga va bu borada yurtimiz ulamolarining ko\u02bbrsatmalariga murojaat qilish kerak. Buzg\u02bbunchi guruh va oqim vakillarining g\u02bbarazli va fitnali vayronkor g\u02bboyalari asossizdir. Bunday illatlardan uzoq yurib, doimo hushyor, sezgir va ogoh bo\u02bblib yashashimiz kerakligini hayotning o\u02bbzi taqozo etmoqda.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26745#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a>\u00a0Quyida Abdulloh ibn Shayx Mahfuzning \u201cOyatlar bilan hukm qilmaganlarni kofirga chiqarish\u201d masalasidagi qarashlari bayon etiladi. Batafsil qarang: Abdulloh ibn Shayx Mahfuz ibn Bayya. Voqe bo\u02bbluvchi fiqhni asoslashda murojaat qilinadigan o\u02bbrinlarni bayon etish. \u2013 Abu Dabi: Al-Muvatto markazi nashriyoti, 2018. \u2013 B. 247-251.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26745#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a>\u00a0Moida surasi, 44-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26745#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a>Moida surasi, 44-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26745#_ftnref4\" name=\"_ftn4\">[4]<\/a>Ibn Atiya. \u2013 J. 4. \u2013 B. 456-457.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26745#_ftnref5\" name=\"_ftn5\">[5]<\/a>At-Tahrir vat tanvir. \u00ad\u2013 J. 6. \u2013 B. 211-212.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26745#_ftnref6\" name=\"_ftn6\">[6]<\/a>Jin surasi, 15-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=26745#_ftnref7\" name=\"_ftn7\">[7]<\/a>At-Tamhid.\u2013 J. 6.\u2013 B.74-75.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Mashrab Xidirov<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Islom dini insonlarni ilm, hamjihatlik va ahillikka chorlaydi. Ular orasida johillik, firqalanish va o\u02bbzaro kelishmovchilik keltirib chiqaradigan har qanday g\u02bboya, qarash va chaqiriqlarni keskin qoralaydi. Axborot asri bo\u02bblmish hozirgi kunlarda har xil radikal va ekstremistik g\u02bboya egalari musulmonlarni o\u02bbn to\u02bbrt asrdan beri amalda bo\u02bblib kelgan to\u02bbrt fiqhiy mazhab ulamolarining asarlari va qarashlarini tark qilib, bevosita &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":38993,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[2449,639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>OYATLAR BILAN HUKM QILMAGANLARNI KOFIRGA CHIQARISH MASALASIDA ULAMOLARNING QARASHLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"OYATLAR BILAN HUKM QILMAGANLARNI KOFIRGA CHIQARISH MASALASIDA ULAMOLARNING QARASHLARI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38987&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"OYATLAR BILAN HUKM QILMAGANLARNI KOFIRGA CHIQARISH MASALASIDA ULAMOLARNING QARASHLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"OYATLAR BILAN HUKM QILMAGANLARNI KOFIRGA CHIQARISH MASALASIDA ULAMOLARNING QARASHLARI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38987&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2024-12-02T06:27:16+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2024-12-02T09:53:57+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/bukhari_buxoriy2024_24.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"5 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38987&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38987&lang=oz\",\"name\":\"OYATLAR BILAN HUKM QILMAGANLARNI KOFIRGA CHIQARISH MASALASIDA ULAMOLARNING QARASHLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38987&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38987&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/bukhari_buxoriy2024_24.jpg\",\"datePublished\":\"2024-12-02T06:27:16+00:00\",\"dateModified\":\"2024-12-02T09:53:57+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"OYATLAR BILAN HUKM QILMAGANLARNI KOFIRGA CHIQARISH MASALASIDA ULAMOLARNING QARASHLARI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38987&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38987&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38987&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/bukhari_buxoriy2024_24.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/bukhari_buxoriy2024_24.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38987&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"OYATLAR BILAN HUKM QILMAGANLARNI KOFIRGA CHIQARISH MASALASIDA ULAMOLARNING QARASHLARI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"OYATLAR BILAN HUKM QILMAGANLARNI KOFIRGA CHIQARISH MASALASIDA ULAMOLARNING QARASHLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"OYATLAR BILAN HUKM QILMAGANLARNI KOFIRGA CHIQARISH MASALASIDA ULAMOLARNING QARASHLARI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38987&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"OYATLAR BILAN HUKM QILMAGANLARNI KOFIRGA CHIQARISH MASALASIDA ULAMOLARNING QARASHLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"OYATLAR BILAN HUKM QILMAGANLARNI KOFIRGA CHIQARISH MASALASIDA ULAMOLARNING QARASHLARI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38987&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2024-12-02T06:27:16+00:00","article_modified_time":"2024-12-02T09:53:57+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/bukhari_buxoriy2024_24.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"5 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38987&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38987&lang=oz","name":"OYATLAR BILAN HUKM QILMAGANLARNI KOFIRGA CHIQARISH MASALASIDA ULAMOLARNING QARASHLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38987&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38987&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/bukhari_buxoriy2024_24.jpg","datePublished":"2024-12-02T06:27:16+00:00","dateModified":"2024-12-02T09:53:57+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"OYATLAR BILAN HUKM QILMAGANLARNI KOFIRGA CHIQARISH MASALASIDA ULAMOLARNING QARASHLARI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38987&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=38987&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38987&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/bukhari_buxoriy2024_24.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/bukhari_buxoriy2024_24.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38987&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"OYATLAR BILAN HUKM QILMAGANLARNI KOFIRGA CHIQARISH MASALASIDA ULAMOLARNING QARASHLARI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/38987"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=38987"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/38987\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":38988,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/38987\/revisions\/38988"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/38993"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=38987"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=38987"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=38987"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}