{"id":38858,"date":"2024-11-28T09:05:42","date_gmt":"2024-11-28T04:05:42","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=38858"},"modified":"2024-11-27T15:08:04","modified_gmt":"2024-11-27T10:08:04","slug":"islom-mutaassiblikka-qarshi-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38858&lang=oz","title":{"rendered":"ISLOM MUTAASSIBLIKKA QARSHI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Islom dini inson hayotining har bir jabhasini o\u02bbzida mujassam etgan, har zamonga mos ezgulikka asoslangan bag\u02bbrikeng, mo\u02bbtadil dindir. Islom faqat diniy ahkomlardan iborat bo\u02bblgan din emas, balki u jamiyat ma\u02bcnaviyati va ma\u02bcrifatini shakllantiruvchi hamda kamolga yetkazuvchi hamda uning ijtimoiy-siyosiy, ruhiy-ma\u02bcnaviy talablarini qondiruvchi dindir. Ammo, islomiy arkonlarning ijrosi barobarida inson diniy ilmsizlik sababli ko\u02bbplab muammolarga duch bo\u02bblishi tabiy holdir. Mana shu muammolardan biri mutaassiblik va dinda chuqur ketishdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shariatimiz diniy mutaassiblikka va dinga chuqur berilishga doimo qarshi bo\u02bblgan. Muqaddas dinimizning asl manbalari bo\u02bblgan Qur\u02bconi karim oyatlari va hadisi sharifda dindagi bu bid\u02bcatlar qattiq qoralangan. Chunki, bu ikki illat turli zamonlarda turli nomlar ostida dinimizga tasvirlab berib bo\u02bblmas darajada zarar yetkazib, bu hol hozirda ham har xil jarangdor nomlar va shiorlar ostida davom etmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Xo\u02bbsh, diniy mutaassiblik, dinda chuqur ketish nima? Dinimizning mazkur ikki illatga munosabati qanday?<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Mutaassiblik \u2013 uning lug\u02bbaviy ma\u02bcnosi biron e\u02bctiqodga yoki dunyoqarashga o\u02bbta berilganlik, o\u02bbz fikrida qat\u02bciy turib olib, boshqalarning fikrini inobatga olmaslik hamda inkor qilish va hamisha o\u02bbzini haq deb bilishlikdir. Hozirgi vaqtda bu \u201cfanatizm\u201d ham deyiladi. Mutassib (fanat) kishi ko\u02bbr-ko\u02bbrona hox to\u02bbg\u02bbri, hox noto\u02bbg\u02bbri bo\u02bblsin o\u02bbziga ma\u02bcqul bo\u02bblgan bir fikrda mahkam turib, o\u02bbzini fikrini haq, boshqalarning fikrini nohaq deb e\u02bctiqod qilgan holda o\u02bbz fikrini amalda ko\u02bbrsatishga harakat qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Dinda g\u02bbulu ketish \u2013 \u201cdinda chuqur ketish, diniy arkonlar va ibodatlarni bajarishda haddidan oshish, to\u02bbg\u02bbri yo\u02bbl deb noto\u02bbg\u02bbri yo\u02bblga burilish\u201d ma\u02bcnolarini anglatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Oisha onamiz (r.a.)dan rivoyat qilingan quyidagi hadis buning dalilidir: \u201cBani Asad qabilasiga mansub bir ayol huzurimda o\u02bbtirgan edi. Shu payt Rasululloh (s.a.v.) uyga kirib kelib: \u201cBu ayol kim\u201d,-deb so\u02bbradilar. \u201cBu \u2013 o\u02bbsha, kechasi uxlamay namoz o\u02bbqib chiqadigan ayol\u201d,-dedim. So\u02bbng, mazkur ayolning qanaqa namoz o\u02bbqishi haqida so\u02bbzlashdik. Shunda Rasululloh (s.a.v.): \u201cBunday qilmanglar, solih amallarni qurbingiz yetganicha ado etinglar, qancha ibodat qilsangiz ham Alloh taologa maol kelmaydi-yu, biroq o\u02bbzingizga malol kelib qolmasin!\u201d\u201d \u2013dedilar<a href=\"https:\/\/sammuslim.uz\/articles\/actual\/islom-mutaassiblikka-qarshi#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a>. Hadisdan ma\u02bclum bo\u02bbladiki, har bir insonga dinda chuqur ketib, yoxud mutassibona birorta farz qilinmagan amalni o\u02bbziga vojib qilib olib, so\u02bbng bajarolmaydigan holatga tushib qolgandan ko\u02bbra dinda o\u02bbrtachalik, ya\u02bcni vasatiylik yo\u02bblini tanlab solih amallarda mudom bo\u02bblishi avloroq va yaxshiroq ekan. Payg\u02bbambarimiz s.a.v. mazkur hadislarida dinda chuqur ketishning oqibati yaxshi bo\u02bblmasligini ma\u02bclum qilib, ibodatga oid amallardan toqat yetadiganini olishga buyurdilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Jumladan, ibodatlarning shartlarini bajarishda ham g\u02bbulu bo\u02bblib, ular dinimizda qattiq qoralanadi. Masalan, tahorat va g\u02bbuslda Payg\u02bbambarimiz s.a.v.ning sunnatlarida ko\u02bbrsatilgan me\u02bcyordan ortiq suv ishlatishni ulamolarimizning ayrimlari \u201cisrof\u201d desa, ba\u02bczilari \u201cg\u02bbulu\u201dning bir ko\u02bbrinishi deb ham aytganlar. Shuningdek, g\u02bbulu amali insonning yeb-ichishi, kiyinishi va hatto kafanlanishida ham mavjuddir, zero, Payg\u02bbambarimiz (s.a.v.): \u201c(Mayyitni) kafanlashda haddingizdan oshmanglar\u201d, deb buyurganlar.<a href=\"https:\/\/sammuslim.uz\/articles\/actual\/islom-mutaassiblikka-qarshi#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Aslida Alloh taolo tomonidan nozil qilingan navqiron va muqaddas dinimiz \u2013 Islomning asosini tashkil qilgan amallar bandalarning toqatidan kelib chiqqan holda farz qilingan, ya\u02bcni mo\u02bbtadillik va bag\u02bbrikenglikka asoslangan dindir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u201cAlloh hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmaydi. (Har kimning) qilgan (yaxshi) amali o\u02bbzi uchundir va (yomon) amali ham o\u02bbzining buynigadir. \u2026.\u201d<a href=\"https:\/\/sammuslim.uz\/articles\/actual\/islom-mutaassiblikka-qarshi#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Mazkur oyatda Alloh taolo insonlarni ibodatdan qurbi yetmaydigan narsaga buyurmaganligini xabar qilmoqda. Hatto shariat hukmlarining umumiy qoidalarini bajarishga toqati \u2013 qurbi yetmaydigan kishilar uchun ba\u02bczi amallarning bajarilishida dinimizda istisnolar ham mavjudki, dinda chuqur ketgan, mutaassib kishilar shariatda berilgan bunday yengilliklarni tan olmaydilar va alaloqibat kechirilmaydigan gunohi kabiralardan biri \u2013kibrga, ya\u02bcni o\u02bbz ibodatlari bilan mag\u02bbrurlanish hissiga mubtalo bo\u02bbladilar. Barchamizni bu illatdan Alloh taolo saqlagan bo\u02bblsin!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Alloh taolo Muhammad s.a.v.ning ummatini har bir ishda mo\u02bbtadil bo\u02bblgan, adolatli ummat ekanligini ta\u02bcriflab shunday degan: \u201cShuningdek (ya\u02bcni, haq yo\u02bblga hidoyat qilganimiz kabi), sizlarni boshqa odamlar ustida guvoh bo\u02bblishingiz va payg\u02bbambar sizlarning ustingizda guvoh bo\u02bblishi uchun o\u02bbrta (mo\u02bbtadil, adolatli) bir millat qildik.\u201d<a href=\"https:\/\/sammuslim.uz\/articles\/actual\/islom-mutaassiblikka-qarshi#_ftn4\" name=\"_ftnref4\">[4]<\/a>\u00a0Alloh taolo Muhammad s.a.v.ning ummatini o\u02bbz kalomi sharifida alohida, xossatan ulug\u02bblab, ularni haqq yo\u02bbl sari hidoyat qildik hamda amallarida mo\u02bbtadil ummat qildik, deb ta\u02bcrifladi. Chunki, dinda chuqur ketish va ahkomlarda mutassibona amalda bo\u02bblish to\u02bbg\u02bbri yo\u02bbldan adashish va halokatning asosiy omilidir. Ular sababli turli bid\u02bcat, xurofotlar paydo bo\u02bbladi, hatto shayton bu amallarni chiroyli ko\u02bbrsatib qo\u02bbyganligi oqibatida shirk amali sodir bo\u02bbladi. Bu holatni salaf avliyolar, piru ustozlarga sig\u02bbinish, ularning so\u02bbzini o\u02bbzining voqe\u02bclikdagi holatiga to\u02bbg\u02bbri kelsa-kelmasa ham hayotiga tatbiq qilishda kuzatish mumkin. Biz bu so\u02bbzlarimiz bilan piru murshid azizlarimizga ta\u02bcna toshi otishdan yiroqmiz. Ul zotlarning Islom dini rivoji uchun, xalqimizning milliy o\u02bbzligini shakllantirish uchun xizmatlari beqiyosdir. Ul zotlarga Payg\u02bbambarimizning tirik siyratlari, deb ta\u02bcrif bersak xato bo\u02bblmas. Chunki, ular Payg\u02bbambarimiz (s.a.v.)ning xulqu siyratlarini o\u02bbz hayotlariga tatbiq qilib, bu siyratni ummatga ham amaliy namoyon qilgan bu ummatning gultojlaridir. U zotlar sabab bu din ahkomlari, shariat odoblari qon-qonimizga singib, bizning milliy o\u02bbzligimizga aylanganligini alohida ta\u02bckidlash lozim. Ammo o\u02bbzini tariqat sohibi, yoxud dinning asl jonkuyarlari sifatida nomoyon qilib, shariat ilmidan bexabar holda peshvolik talab qilayotgan, Alloh va payg\u02bbambarining buyrug\u02bbi bir chetda qolib dinda bo\u02bblmagan toqatdan tashqari amallarni targ\u02bbib qilayotgan kimsalarning \u201ctariqat\u201d nomi bilan ish yuritayotgani ko\u02bbz yumib bo\u02bblmas holatdir. Asl maqsadi din rivoji va jamiyat musaffoligidan boshqa narsa bo\u02bblgan bunday \u201cpir\u201dlarning yo\u02bbli kesik, oqibati xorlikdan boshqa narsa emas.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Juladan, Islom dinini o\u02bbz qobig\u02bbiga moslashga, yoxud unga \u201cfundamentalizm\u201d, \u201cterrorizm\u201d kabi nojoiz iboralarni yopishtirishga harakat qilayotganlar Islom dining asl mohiyatini noto\u02bbg\u02bbri talqin qilayotgan kishilardir. Xo\u02bbsh, muqaddas dinimizning asl mohiyati qanday? Nimalardan iborat? Buni to\u02bbg\u02bbri anglab yetish uchun yana Qur\u02bcon karim va hadisi sharifga murojaat qilamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Alloh taolo o\u02bbzining kalomi sharifida ro\u02bbza ibodatining miqdori haqida ma\u02bclum qilganidan keyin:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u201c\u2026Alloh sizlarga yengillikni istaydi, sizlarga og\u02bbir bo\u02bblishini istamaydi\u2026\u201d,<a href=\"https:\/\/sammuslim.uz\/articles\/actual\/islom-mutaassiblikka-qarshi#_ftn5\" name=\"_ftnref5\">[5]<\/a>-deydi. Mazkur oyati karimani boshqa ibodatlarning bajarilish me\u02bcyoriga qiyosan olsak Islom dinining ahkomlari bandalar toqatidan kelib chiqqan holda farz qilinganiga guvoh bo\u02bblamiz. Qur\u02bconi karimning bir necha joyida mazkur ma\u02bcnodagi oyatlarni uchratish mumkin. Shariat va sunnatda zikri keltirilmagan amallarni hayotga joriy qilib, dinni boshqalarga qiyin ko\u02bbrsatish janob Payg\u02bbambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning muborak so\u02bbzlariga xilof bo\u02bblib, to\u02bbg\u02bbridan to\u02bbg\u02bbri Alloh taoloning yuqorida zikr qilingan oyati karimasiga qarshi chiqishdir. Shundan keyin ham kimki to\u02bbg\u02bbri yo\u02bbl aniq bo\u02bblib, so\u02bbng o\u02bbz havoyi xohishiga ergashsa, Alloh taolo uni yanada zalolatga boshlab adashtiradi, oxiratda esa u uchun Alloh taoloning alamli azobi bordir:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u201cKim haq yo\u02bblni aniq bilganidan keyin payg\u02bbambarga xilof ish qilsa va mo\u02bbminlarning yo\u02bbllaridan boshqa yo\u02bblga ergashib ketsa, biz uni ketganicha qo\u02bbyib beramiz. So\u02bbngra jahannamga dohil qilamiz. Naqadar yomon joydir u!\u201d<a href=\"https:\/\/sammuslim.uz\/articles\/actual\/islom-mutaassiblikka-qarshi#_ftn6\" name=\"_ftnref6\">[6]<\/a><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Har qanday nom ostidagi zulm va zo\u02bbravonlik, jumladan kishining ibodat sababli o\u02bbz jismiga zulm qilishi ham, e\u02bctiqod va ibodatda mutaassibona yo\u02bblni tanlab dinda chuqur ketish ham, jinoyatlarning har qanday holati va ko\u02bbrinishlari ham, garchi u Islom dini nomidan sodir bo\u02bblayotgan bo\u02bblsada Islom aqidasi va ta\u02bclimotiga mutlaqo qarama-qarshidir. Musulmon kishi boshqa odamlarni shariatda buyurilmagan ishlarni buyurmaslikka hamda yomon ishlarni qilishdan qaytarishga mas\u02bculdir hamda o\u02bbzi ham jinoyat sanalgan amallarni sodir etishi mumkin emas. Har bir iymon-e\u02bctiqodli insonnning burchi yer yuzida farovonlik va osoyishtalikni qaror toptirib, buzg\u02bbunchilik va fasod ishlarga qarshi kurashmog\u02bbi lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Zero, Payg\u02bbambarimiz s.a.v.: \u201c(Din arkonlarini) yengil qilib ko\u02bbrsatinglar, og\u02bbir qilib ko\u02bbrsatmanglar. (Dindagi) yaxshi, xushxabar narsalarni aytinglar, dindan nafratlantirib qo\u02bbymanglar\u201d,-<a href=\"https:\/\/sammuslim.uz\/articles\/actual\/islom-mutaassiblikka-qarshi#_ftn7\" name=\"_ftnref7\">[7]<\/a>\u00a0deb marhamat qilganlar va bu dinni barcha bilan barobar baham ko\u02bbrish lozimligini uqtiradilar. Payg\u02bbambarimiz s.a.v. dinda qanday yo\u02bbl tutish lozimligi haqida shunday ko\u02bbrsatma beradilar: \u201cDin yengildir, hech kim uni qiyinlashtirib yubormasin, mabodo qiyinlashtirib yuborsa, din uni yengib qo\u02bbyadi\u2026\u201d<a href=\"https:\/\/sammuslim.uz\/articles\/actual\/islom-mutaassiblikka-qarshi#_ftn8\" name=\"_ftnref8\">[8]<\/a>, ya\u02bcni, farz qilingan ibodatlardan tashqari ibodatlarni va solih amallarni haddan ziyod o\u02bbz zimmasiga yuklab olishi natijasida ularni bajara olmay hammasini tark etishga sabab bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bu so\u02bbzlar bilan Islomga kiradigan kishining talabi bilan hisoblashgan holda unga dinni tushuntiring demoqchi emasmiz. Aksincha, uning toqatidan kelib chiqib, shariat ahkomlarini bayon qiling, toki u inson dinimizdan nafratlanib qolmasin, deymiz. Bu din navqiron, bag\u02bbrikeng dindir. Uning dargohida shoh ham gado ham, faqiru dunyodor ham, gunohsizu gunohkor ham, olimu johil ham najot izlab, o\u02bbz ehtiyojini topish ilinjida ibodatga yuzlanishini unutmaslik lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Payg\u02bbambarimiz s.a.v. dinda, e\u02bctiqodda qay darajada bo\u02bblish zarurligini ko\u02bbrsatib: \u201cIshlarning yaxshisi \u2013 uning o\u02bbrtachasidir\u201d,-dedilar<a href=\"https:\/\/sammuslim.uz\/articles\/actual\/islom-mutaassiblikka-qarshi#_ftn9\" name=\"_ftnref9\">[9]<\/a>. Sarvari olam payg\u02bbambarimiz Muhammad s.a.v. shunday deb turganlarida boshqa yo\u02bblga ne hojat? Zero Payg\u02bbambarimiz s.a.v.: \u201cSizlarning yaxshilaringiz dunyosini deb oxiratini, oxiratini deb dunyosini tark qilmaganlaringiz hamda insonlarga yuk bo\u02bblmaganlaringizdir\u201d,<a href=\"https:\/\/sammuslim.uz\/articles\/actual\/islom-mutaassiblikka-qarshi#_ftn10\" name=\"_ftnref10\">[10]<\/a>\u00a0-degan muborak hadislari bilan musulmon kishini qanday umrguzaronlik qilishini ham belgilab berganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Biz mutaassiblik va dinda chuqur ketish haqida so\u02bbzimizni muxtasar qildik. Shunday bo\u02bblsada, o\u02bbquvchi uchun bu borada kifoya qilgulik ma\u02bclumotlarni berdik, deb umid qilamiz. Yuqorida keltirilgan oyat va hadislarni to\u02bbg\u02bbri qabul qilib, har bir musulmon birodarimiz dindagi e\u02bctiqodini xolislik bilan tanlasa, buning oqibati chiroyli bo\u02bbladi va albatta bu\u00a0 jamiyatda ham o\u02bbz samarasini namoyon qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Buzrujmehr o\u02bbz asarini yozib tugallagandan keyin oxiriga: \u201cKishining bu masalalarni yod olib olim bo\u02bblishi ajablanarli emas, balki bu asarni yod olib olim bo\u02bblolmagan kishining holati ajablanarlidir\u201d, -deb yozgan ekanlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Yuqorida keltirilgan oyat va hadislardan o\u02bbziga ma\u02bclum bilimni hosil qilgan kishining amaliga biz ham ajablanmaymiz, ammo ajab, bu oyat va hadislarni o\u02bbqib o\u02bbziga yetarli xulosa ololmagan kishigadir. Alloh taolo barchamizni hidoyatga musharraf etib, to\u02bbg\u02bbri yo\u02bbldan adashtirmasin!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Nodir Qobilov<br \/>\nImom Buxoriy Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\u00a0<\/strong><strong>ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">_____________________________________________________________________<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/sammuslim.uz\/articles\/actual\/islom-mutaassiblikka-qarshi#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a>\u00a0Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy. Sahihi Buxoriy. \u201cO\u02bbzbekiston miliy ensiklopediyasi\u201d Davlat ilmiy nashriyoti. T.: 2008. 1-juz\u02bc. -B. 184. Imom Muslimda bu sahobiyaning ismi Havlo binti Nuvayt, deb keltirilgan.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/sammuslim.uz\/articles\/actual\/islom-mutaassiblikka-qarshi#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a>\u00a0Mavahibu-l-jalil fiy sharhi muxtasari-sh-shayxi-l-Xalil. \u201cDoru olami-l-kutub\u201d 5-juz. Madina.: 2003. \u2013B 460.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/sammuslim.uz\/articles\/actual\/islom-mutaassiblikka-qarshi#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a>\u00a0Shayx Abdulaziz Mansur. Qur\u02bconi karim ma\u02bcnolarining tarjima va tafsiri, \u201dBaqara \u201d surasining 286-oyat mazmuni.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/sammuslim.uz\/articles\/actual\/islom-mutaassiblikka-qarshi#_ftnref4\" name=\"_ftn4\">[4]<\/a>\u00a0Shayx Abdulaziz Mansur. Qur\u02bconi karim ma\u02bcnolarining tarjima va tafsiri, \u201dBaqara \u201d surasining 143-oyat mazmuni.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/sammuslim.uz\/articles\/actual\/islom-mutaassiblikka-qarshi#_ftnref5\" name=\"_ftn5\">[5]<\/a>\u00a0Shayx Abdulaziz Mansur. Qur\u02bconi karim ma\u02bcnolarining tarjima va tafsiri, \u201cBaqara\u201d surasi,185-oyat mazmunidan.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/sammuslim.uz\/articles\/actual\/islom-mutaassiblikka-qarshi#_ftnref6\" name=\"_ftn6\">[6]<\/a>\u00a0Shayx Abdulaziz Mansur. Qur\u02bconi karim ma\u02bcnolarining tarjima va tafsiri,Niso surasi. 115-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/sammuslim.uz\/articles\/actual\/islom-mutaassiblikka-qarshi#_ftnref7\" name=\"_ftn7\">[7]<\/a>\u00a0Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy. Sahihi Buxoriy. \u201cO\u02bbzbekiston miliy ensiklopediyasi\u201d Davlat ilmiy nashriyoti. T.: 2008. 1-juz\u02bc. -B. 23, 2-juz, -B 392.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/sammuslim.uz\/articles\/actual\/islom-mutaassiblikka-qarshi#_ftnref8\" name=\"_ftn8\">[8]<\/a>\u00a0Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy. Sahihi Buxoriy. \u201cO\u02bbzbekiston miliy ensiklopediyasi\u201d Davlat ilmiy nashriyoti. T.: 2008. 1-kitob.\u00a0 \u2013B 16.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/sammuslim.uz\/articles\/actual\/islom-mutaassiblikka-qarshi#_ftnref9\" name=\"_ftn9\">[9]<\/a>\u00a0 Muborak ibn Muhammad al-Jazariy. \u201cJomi\u02bcu-l-usul fiy ahadiysi-r-rasul\u201d. \u201cDoru-l-bayon\u201d nashriyoti. 1972. 10-juz, -B 130. Mazkur hadisni Imom Bayhaqiy ham mursal holda \u201cShu\u02bcbu-l-iymon\u201d asarida rivoyat qilgan.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/sammuslim.uz\/articles\/actual\/islom-mutaassiblikka-qarshi#_ftnref10\" name=\"_ftn10\">[10]<\/a>\u00a0 Ali ibn Hisomiddin al-Hindiy. \u201cKanzu-l-a\u02bcmol\u201d. \u201cMuassasatu-r-risola\u201d nashriyoti, Bayrut 1989. 3-juz, -B 428..<\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Islom dini inson hayotining har bir jabhasini o\u02bbzida mujassam etgan, har zamonga mos ezgulikka asoslangan bag\u02bbrikeng, mo\u02bbtadil dindir. Islom faqat diniy ahkomlardan iborat bo\u02bblgan din emas, balki u jamiyat ma\u02bcnaviyati va ma\u02bcrifatini shakllantiruvchi hamda kamolga yetkazuvchi hamda uning ijtimoiy-siyosiy, ruhiy-ma\u02bcnaviy talablarini qondiruvchi dindir. Ammo, islomiy arkonlarning ijrosi barobarida inson diniy ilmsizlik sababli ko\u02bbplab muammolarga duch &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":21458,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>ISLOM MUTAASSIBLIKKA QARSHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"ISLOM MUTAASSIBLIKKA QARSHI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38858&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"ISLOM MUTAASSIBLIKKA QARSHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"ISLOM MUTAASSIBLIKKA QARSHI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38858&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2024-11-28T04:05:42+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2024-11-27T10:08:04+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/mutaassiblikkaqarshi.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"440\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"8 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38858&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38858&lang=oz\",\"name\":\"ISLOM MUTAASSIBLIKKA QARSHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38858&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38858&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/mutaassiblikkaqarshi.jpg\",\"datePublished\":\"2024-11-28T04:05:42+00:00\",\"dateModified\":\"2024-11-27T10:08:04+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"ISLOM MUTAASSIBLIKKA QARSHI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38858&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38858&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38858&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/mutaassiblikkaqarshi.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/mutaassiblikkaqarshi.jpg\",\"width\":660,\"height\":440},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38858&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"ISLOM MUTAASSIBLIKKA QARSHI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"ISLOM MUTAASSIBLIKKA QARSHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"ISLOM MUTAASSIBLIKKA QARSHI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38858&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"ISLOM MUTAASSIBLIKKA QARSHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"ISLOM MUTAASSIBLIKKA QARSHI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38858&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2024-11-28T04:05:42+00:00","article_modified_time":"2024-11-27T10:08:04+00:00","og_image":[{"width":660,"height":440,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/mutaassiblikkaqarshi.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"8 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38858&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38858&lang=oz","name":"ISLOM MUTAASSIBLIKKA QARSHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38858&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38858&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/mutaassiblikkaqarshi.jpg","datePublished":"2024-11-28T04:05:42+00:00","dateModified":"2024-11-27T10:08:04+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"ISLOM MUTAASSIBLIKKA QARSHI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38858&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=38858&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38858&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/mutaassiblikkaqarshi.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/04\/mutaassiblikkaqarshi.jpg","width":660,"height":440},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38858&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"ISLOM MUTAASSIBLIKKA QARSHI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/38858"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=38858"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/38858\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":38859,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/38858\/revisions\/38859"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/21458"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=38858"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=38858"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=38858"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}