{"id":38110,"date":"2024-10-16T18:18:08","date_gmt":"2024-10-16T13:18:08","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=38110"},"modified":"2024-10-17T08:50:44","modified_gmt":"2024-10-17T03:50:44","slug":"islom-ezgulik-va-tinchlik-dini-xalqaro-ilmiy-amaliy-konferensiyasi-ishtirokchilariga","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38110&lang=oz","title":{"rendered":"\u201cISLOM \u2013 EZGULIK VA TINCHLIK DINI\u201d XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI ISHTIROKCHILARIGA"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hurmatli anjuman qatnashchilari!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qadrli do\u02bbstlar!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Avvalo, sizlarni azim Toshkent va qadimiy Xiva shaharlarida o\u02bbtkazilayotgan \u201cIslom \u2014 ezgulik va tinchlik dini\u201d mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ochilishi bilan samimiy tabriklayman.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Biz dunyoning uzoq va yaqin davlatlaridan tashrif buyurgan siz, aziz mehmonlarni \u2014 nufuzli xalqaro islom tashkilotlari rahbarlari, taniqli olim va ulamolar, jamoat arboblari va tadqiqotchilarni tinchlik va totuvlik, do\u02bbstlik va hamjihatlik elchilari, deb bilamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sizlarning muqaddas islom dinining insonparvarlik mohiyatini ochib berish, jahon ilm-fani va sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo\u02bbshgan buyuk allomalarimiz merosini o\u02bbrganish va keng targ\u02bbib etish borasida olib borayotgan ibratli faoliyatingizni barchamiz yaxshi bilamiz va yuksak qadrlaymiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ana shunday ezgu ishlaringiz uchun sizlarga o\u02bbz nomimdan, xalqimiz nomidan chuqur minnatdorlik bildiraman.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bag\u02bbrikeng va mehmondo\u02bbst O\u02bbzbekiston diyoriga xush kelibsiz!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Aziz do\u02bbstlar!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xabaringiz bor, bugungi anjumanimiz Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2023-yil 19-sentyabr kuni Nyu-York shahrida bo\u02bblib o\u02bbtgan 78-sessiyasida O\u02bbzbekiston tomonidan ilgari surilgan tashabbus asosida o\u02bbtkazilmokda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu ezgu tashabbus xalqaro hamjamiyat va sizlar kabi ma\u02bcrifatparvar va oqil insonlar tarafidan bizga mamnuniyat ag\u02bbishlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Konferensiyamizning \u201cIslom \u2014 ezgulik va tinchlik dini\u201d deb nomlanishi ham albatta bejiz emas. Hammamiz yaxshi bilamizki, islom dini odamzod uchun tinchlik va omonlik dini sifatidayuborilgan buyuk ta\u02bclimotdir. Muqaddas Qur\u02bconi karimning \u201cBaqara\u201d surasi, 208-oyatida: \u201cEy, iymon keltirganlar, yoppasiga tinchlik ishiga kirishingiz!\u201d \u2014 deya da\u02bcvat qilingani ham fikrimizni tasdiqdaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ulug\u02bb vatandoshimiz Imom Termiziy hazratlari rivoyat qilgan: \u201cAllohdan afv va tinchlik-omonlikni so\u02bbranglar. Chunki biror kishiga iymondan keyin tinchlik-omonlikdan afzalroq ne\u02bcmat berilgani yo\u02bbq\u201d, degan hadisi sharifda ham tinchlik va barqarorlikning insoniyat hayotida qanday beqiyos ahamiyatga ega ekani alohida ta\u02bckidlangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugungi kunda Yangi O\u02bbzbekistonda islom dinining ezgu qadriyatlari, nomlari dunyoga mashhur mutafakkir olimu ulamolarimiz merosini asrab-avaylash, ularni ilmiy o\u02bbrganib, xalqimiz va jahon ahliga yetkazishga qaratilgan keng ko\u02bblamli islohotlar amalga oshirilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">So\u02bbnggi yetti yilda mamlakatimizda Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari tashkil etilgani, ilmiy-ma\u02bcrifiy jihatdan g\u02bboyat noyob bo\u02bblgan Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati yo\u02bblga qo\u02bbyilgani buning yorqin dalilidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ayni vaqtda Imom Buxoriyning \u201cSahihi Buxoriy\u201d, \u201cTarix\u201d, \u201cXalqu af\u02bcol al-ibod\u201d, Imom Termiziyning \u201cSunani Termiziy\u201d, Imom Moturidiyning \u201cTa\u02bcvilot al-Qur\u02bcon\u201d, \u201cTavhid\u201d, Abu Muin Nasafiyning \u201cTabsiratul adilla\u201d, Burhoniddin Marg\u02bbinoniyning \u201cHidoya\u201d kabi islom dunyosida nodir sanalgan asarlari o\u02bbzbek tiliga tarjima qilinib, zamonaviy sharhlari tayyorlangani va bu kabi xayrli ishlar izchil davom etayotganini ta\u02bckidlab o\u02bbtmoqchiman.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">So\u02bbnggi yillarda jahonda kuzatilayotgan globallashuv jarayonlarining ijobiy jihatlari bilan birga, ayrim noxush holatlar, jumladan, islomofobiya ko\u02bbrinishlari musulmon jamiyatlarining tafakkur va turmush tarzi, madaniyati, urf-odat va qadriyatlariga ham ta\u02bcsir ko\u02bbrsatayotganiga hammamiz guvohmiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu ma\u02bcnoda, mazkur konferensiyada yer yuzida tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, mo\u02bbminmusulmonlar uchun manfaatli bo\u02bblgan azaliy qadriyatlarni asrab-avaylash, globallashuv sharoitida islom dinini zamon bilan uyg\u02bbun va hamohang holda rivojlantirish, ma\u02bcnaviy poklik va odob-axloqqa qarshi g\u02bboyaviy tahdidlarning oldini olish, islomda ijtimoiy himoya masalalari kabi muhim mavzularning muhokama etilishi katta ahamiyat kasb etishi shubhasiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ishonamanki, anjuman jarayonida bo\u02bblib o\u02bbtadigan qizg\u02bbin muhokamalar, bildiriladigan g\u02bboya va tashabbuslar muqaddas islom dinimizning asl ma\u02bcno-mazmunini, ezgulik va tinchlikka xizmat qiladigan olijanob g\u02bboyalarini ochib berish va ommalashtirishda muhim qadam bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xalqaro konferensiya doirasida mamlakatimizda mo\u02bbmin-musulmonlar uchun yaratilgan sharoitlar, vijdon erkinligini ta\u02bcminlash, ulug\u02bb ajdodlarimizning tabarruk xotiralarini e\u02bczozlash, ularning ilmiy-ma\u02bcrifiy merosi va nodir qo\u02bblyozmalarni tadqiq va targ\u02bbib etish yo\u02bblida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib, bu boradagi o\u02bbzaro hamkorligimizni yanada rivojlantirish bo\u02bbyicha yangi taklif va tavsiyalarni bayon etasizlar, degan umiddaman.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sizlarni bugungi nufuzli anjumanning ochilishi bilan yana bir bor qutlar ekanman, Yaratgan Robbimizdan barchangizga sihat-salomatlik, ilmiy va ijodiy faoliyatingizga baraka tilab qolaman.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shavkat MIRZIYOYEV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manba: \u201cYangi O\u02bbzbekiston\u201d gazetasi 2024-yil\u00a016\u00a0oktyabr, \u2116209(1270)<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hurmatli anjuman qatnashchilari! Qadrli do\u02bbstlar! Avvalo, sizlarni azim Toshkent va qadimiy Xiva shaharlarida o\u02bbtkazilayotgan \u201cIslom \u2014 ezgulik va tinchlik dini\u201d mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ochilishi bilan samimiy tabriklayman. Biz dunyoning uzoq va yaqin davlatlaridan tashrif buyurgan siz, aziz mehmonlarni \u2014 nufuzli xalqaro islom tashkilotlari rahbarlari, taniqli olim va ulamolar, jamoat arboblari va tadqiqotchilarni tinchlik va totuvlik, &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":38107,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[642],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>\u201cISLOM \u2013 EZGULIK VA TINCHLIK DINI\u201d XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI ISHTIROKCHILARIGA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"\u201cISLOM \u2013 EZGULIK VA TINCHLIK DINI\u201d XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI ISHTIROKCHILARIGA\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38110&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"\u201cISLOM \u2013 EZGULIK VA TINCHLIK DINI\u201d XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI ISHTIROKCHILARIGA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"\u201cISLOM \u2013 EZGULIK VA TINCHLIK DINI\u201d XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI ISHTIROKCHILARIGA\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38110&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2024-10-16T13:18:08+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2024-10-17T03:50:44+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/20241016_yuz.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"587\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"3 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38110&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38110&lang=oz\",\"name\":\"\u201cISLOM \u2013 EZGULIK VA TINCHLIK DINI\u201d XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI ISHTIROKCHILARIGA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38110&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38110&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/20241016_yuz.jpg\",\"datePublished\":\"2024-10-16T13:18:08+00:00\",\"dateModified\":\"2024-10-17T03:50:44+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"\u201cISLOM \u2013 EZGULIK VA TINCHLIK DINI\u201d XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI ISHTIROKCHILARIGA\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38110&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38110&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38110&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/20241016_yuz.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/20241016_yuz.jpg\",\"width\":660,\"height\":587},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38110&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"\u201cISLOM \u2013 EZGULIK VA TINCHLIK DINI\u201d XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI ISHTIROKCHILARIGA\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"\u201cISLOM \u2013 EZGULIK VA TINCHLIK DINI\u201d XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI ISHTIROKCHILARIGA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"\u201cISLOM \u2013 EZGULIK VA TINCHLIK DINI\u201d XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI ISHTIROKCHILARIGA","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38110&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"\u201cISLOM \u2013 EZGULIK VA TINCHLIK DINI\u201d XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI ISHTIROKCHILARIGA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"\u201cISLOM \u2013 EZGULIK VA TINCHLIK DINI\u201d XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI ISHTIROKCHILARIGA","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38110&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2024-10-16T13:18:08+00:00","article_modified_time":"2024-10-17T03:50:44+00:00","og_image":[{"width":660,"height":587,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/20241016_yuz.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"3 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38110&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38110&lang=oz","name":"\u201cISLOM \u2013 EZGULIK VA TINCHLIK DINI\u201d XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI ISHTIROKCHILARIGA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38110&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38110&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/20241016_yuz.jpg","datePublished":"2024-10-16T13:18:08+00:00","dateModified":"2024-10-17T03:50:44+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"\u201cISLOM \u2013 EZGULIK VA TINCHLIK DINI\u201d XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI ISHTIROKCHILARIGA","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38110&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=38110&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38110&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/20241016_yuz.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/20241016_yuz.jpg","width":660,"height":587},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38110&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"\u201cISLOM \u2013 EZGULIK VA TINCHLIK DINI\u201d XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI ISHTIROKCHILARIGA"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/38110"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=38110"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/38110\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":38117,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/38110\/revisions\/38117"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/38107"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=38110"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=38110"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=38110"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}