{"id":38091,"date":"2024-10-16T11:55:47","date_gmt":"2024-10-16T06:55:47","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=38091"},"modified":"2024-10-16T15:31:17","modified_gmt":"2024-10-16T10:31:17","slug":"so%ca%bbzning-tuzi-nimada","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38091&lang=oz","title":{"rendered":"So\u02bbzning tuzi nimada?"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Til insonga ato etilgan suv va havodek bebaho ne\u02bcmat. Misol uchun, qarshingizdagi odamga \u201cmen hozir bozorga borib keldim\u201d degan gapni til vositasida bir-ikki soniyada yetkazish mumkin. Lekin xuddi shu xabarni imo-ishora bilan anglatish uchun ancha ko\u02bbp vaqt kerak bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tilning naqadar muqaddasligi va hayot uchun qanchalar zarurligi haqida Qur\u02bconi karimda ibratli voqea bayon qilingan. <strong>\u201cEslang, <\/strong>(ey Muhammad!)<strong> Rabbingiz farishtalarga: \u00abMen Yerda xalifa <\/strong>(Odam)<strong> yaratmoqchiman\u00bb, deganida, <\/strong>(ular)<strong> aytdilar: \u00abUnda <\/strong>(Yerda)<strong> buzg\u02bbunchilik qiladigan, <\/strong>(nohaq ravishda)<strong> qon to\u02bbkadigan kimsani yaratmoqchimisan? Holbuki, biz Senga hamding bilan tasbehlar aytamiz va Seni muqaddas deb bilamiz. <\/strong>(Alloh)<strong> aytdi: \u201cAlbatta, Men sizlar bilmagan narsalarni bilurman\u201d. <\/strong>(Alloh)<strong> Odamga barcha <\/strong>(yaratilgan va yaratilajak narsalarga tegishli)<strong> nomlarni o\u02bbrgatdi. So\u02bbng ularni farishtalarga <\/strong>(birma-bir)<strong> ko\u02bbrsatib dedi: \u00abAgar <\/strong>(e\u02bctirozingizda)<strong> rostgo\u02bby bo\u02bblsangiz, ana u narsalarni nomlari bilan Menga aytib beringiz!\u00bb <\/strong>(Ular)<strong> dedilar: \u201cZoti poking haqqi, bizda O\u02bbzing bildirganingdan o\u02bbzga ilm yo\u02bbqdir. Albatta, Sen Dono va Hakimdirsan\u201d<\/strong> (Baqara surasi, 30-32 oyatlar)\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Narsalarning nomlarini bilish shunchalar zarur ekan, niyat va xatti- harakatni, makon va zamonni, quvonchu qayg\u02bbuni, umuman, dildagi hissiyot va ilinjlarni osonlik bilan izhor etishning qanchalar muhimligi haqida so\u02bbzlashga hojat yo\u02bbq.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shunday ekan, har qanday hurfikr inson o\u02bbzining tilga munosabatini bu ne\u02bcmatning muqaddasligidan kelib chiqqan holda belgilab olishi lozim. Gapirganda ham, yozganda ham har bir so\u02bbz va har bir jumlaning mazmun-mohiyati, salmog\u02bbi, ahamiyati va boshqa jihatlariga e\u02bctibor qaratish zarur.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abdulla Qahhor \u201cAdabiyot atomdan kuchli\u201d deganida faqat adabiyotning o\u02bbzini emas, umuman, so\u02bbz qudratini nazarda tutgan bo\u02bblishi kerak. Buning tasdig\u02bbi sifatida dono xalqimizning so\u02bbz bilan \u201cilon inidan, pichoq qinidan chiqadi\u201d degan naqlini keltirish mumkin. Bir og\u02bbiz gap bilan odamni quyushqondan chiqarish yoki tinchlantirish hech gap emasligini hayotiy misollardan yaxshi bilamiz. Yomon gap yo shumxabardan odamlarning qon bosimi ko\u02bbtarilishi yo allergiyasi qo\u02bbzg\u02bbashi yo qand miqdori oshib ketishi hech gap emas. Deylik, \u201cfalonchi sening nafsoniyatingga tegadigan falon gap aytdi\u201d yoki \u201cshu bilan siringni hamma bilib bo\u02bbldi\u201d qabilidagi gaplarni eshitgan odam birdan g\u02bbazablanadi. Aksincha, \u201cunday emas, boshqacha gapirdi\u201d, \u201cyo\u02bbq, adashayapsan, aslida bunday\u201d kabi gaplar odamni birdan tinchlantiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Endi bevosita maqsad haqida so\u02bbzlaydigan bo\u02bblsak, ko\u02bbzlangan niyat bugun matbuotimizda, teleradiomizda, majlisu yig\u02bbinlarimizda tilimizga behurmatlik namoyon bo\u02bblayotgan holatlardan ayrimlarini keltirib, hamyurtlarimizni bebaho ne\u02bcmatlardan biriga o\u02bbta mas\u02bculiyat bilan yondashishga da\u02bcvat qilishdan iborat. Zero, ne\u02bcmatni qadrlamaslik, diniy qadriyatlarni hisobga olmagan taqdirda ham, yaxshilikka olib kelmaydigan qusurdir. Aytaylik, xalqimizda azaldan non yerga tushib ketsa, darhol olib, o\u02bbpib, ko\u02bbzga surib, tepaga olib qo\u02bbyish odati bor. Bu aziz ne\u02bcmatga hurmat, bolalikdan hamma ko\u02bbrib, diliga tugib qo\u02bbyadigan tamoyil.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xo\u02bbsh, nonga munosabat shunday ekan, nima uchun ba\u02bczi hollarda tilning hurmatini uni yerga uradigan darajada e\u02bctibordan soqit qilamiz?<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Quyida matbuot, teleradio, har xil anjumanlarda eng ko\u02bbp uchraydigan qo\u02bbpol xatolardan ba\u02bczilarini keltiramiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Matbuotda ko\u02bbzimiz tushadigan va teleradioda qulog\u02bbimizga chalinadigan gaplardan biri \u201cafsuski\u201d so\u02bbzi bilan boshlanadi. Bunday jumlalarning aksariyati \u201cachinarlidir\u201d so\u02bbzi bilan yakunlanadi. \u201cAfsuski, falon narsa bo\u02bblmadi\u201d yoki \u201cfalon ish-harakat tufayli falon narsa bo\u02bblmadi\u201d deganda, ko\u02bbrsatilayotgan muammoning mohiyati ochilgan bo\u02bblardi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ko\u02bbp hollarda \u201caytish kerakki\u201d deb boshlangan jumla \u201cdeyish mumkin\u201d degan so\u02bbzlar bilan yakunlanayapti. Ehtimol, efirda bu nuqson bilinmasligi mumkindir, lekin chop qilingan narsada yaqqol ko\u02bbzga tashlanib turadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbylab ko\u02bbraylik. Har bir yozganimiz va har bir aytganimizni.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yaqinda \u201chayotimni qo\u02bbyganman\u201d degan gap chiqdi. Videofilm ko\u02bbrasizmi, radio eshitasizmi, matbuot o\u02bbqiysizmi baribir. Ota bolaga, o\u02bbg\u02bbil onaga, kuyov kelinga shunday va\u02bcda berayapti. Hayot hech qayerga qo\u02bbyilmaydi! Hayot tikiladi. Tikilganidan keyin undan qaytib bo\u02bblmaydi. Bu juda og\u02bbir gap. Uni har kim aytavermasligi kerak. Hatto videofilmda ham \u201cHar\u201d so\u02bbzi ko\u02bbpchilikni sarson qilayapti va savodsizligini ko\u02bbrsatib qo\u02bbyayapti. Ilgarigi davrda jurnalistika yo filologiyani bitirib kelgan odam bilan ehtiyot bo\u02bblib gaplashilardi, hozir ularga hamma narsani yangidan o\u02bbrgatishga to\u02bbg\u02bbri kelayapti. Mas\u02bculiyatni kasbdan o\u02bbrganadi, lekin savodini o\u02bbsha o\u02bbqigan joyida oshirmagan bo\u02bblsa, bor tinglovchilarini savodsiz qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Eng ko\u02bbp uchraydigan jiddiy xato to\u02bbg\u02bbri kelsa-kelmasa \u201char\u201d so\u02bbzini hamma yoqda ishlatish. \u201cHar bir Alloh taoloning so\u02bbzi\u201d, \u201char bir Imom Buxoriyning asari\u201d. Bu o\u02bbrinda, diniy tomondan qaraydigan bo\u02bblsak, gunohlarning eng kattasi bo\u02bblgan shirkka yo\u02bbl qo\u02bbyilayapti. \u201cHar bir Alloh taolo\u201d deganda, bir necha iloh tushuniladi, Alloh taoloning har bir so\u02bbzi emas. Yana \u201cHar bir prezidentning farmoni\u201d yoki \u201cto\u02bbrtta prezidentning qarori\u201d deganda esa prezidentlarning qarori tushuniladi. Aslida bu gap \u201cprezidentning har bir farmoni\u201d va \u201cprezidentning to\u02bbrtta qarori\u201d deb aytilishi kerak.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jumla tuzishda so\u02bbzlarni o\u02bbz o\u02bbrniga qo\u02bbya olmaslik illati shu qadar keng tarqalib ketdiki, ayrimlar zamonaviy nashrlarni o\u02bbqishdan bezib qoldi, teleradioni kuzatmay qo\u02bbydi. \u201cOchiqdan-ochiq ayollarga diskriminatsiya\u201d, \u201cgijjalar bilan qanday uy sharoitida kurashish mumkin?\u201d degan jumlalar va telba-teskari iboralar har narsani o\u02bbqib eshitishga intiladigan yosh avlodning tafakkurini buzishi butun jamiyat kelajagi uchun zarardir. Hozir ba\u02bczilar tarjimayi holini yo ta\u02bctilga chiqish arizasini ham yoza olmasligi mana shunday mayda ko\u02bbringan, lekin tomib-tomib ko\u02bbl bo\u02bblgan illatlarning oqibati bo\u02bblsa kerak. \u201cUy sharoitida gijjalarga qarshi qanday kurashish mumkin?\u201d deyish qiyinmi?!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cHar ikkisi\u201d yo \u201char uchalasi\u201d degan so\u02bbzlar ham juda urf bo\u02bbldi. Ikki kishi haqida gapira turib, har ikkisi deyish bema\u02bcni. Aslida \u201cikkovi\u201d yo \u201cikkovining har biri\u201d yo jo\u02bbngina \u201char biri\u201d bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cHaftaning har payshanba kuni\u201d qabilidagi gaplar ham \u201char kasalligi\u201dning bir turi. Oyning har payshanbasi deyish mumkin, chunki bir necha marta keladi. Haftada esa bitta bo\u02bbladi. Shuning uchun oddiy qilib \u00abhar payshanba\u00bb desak, hech kimning g\u02bbijini kelmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cHar\u201d bilan \u201chech\u201dning farqiga ham borish kerak. Bunday qo\u02bbpol \u201cadashish\u201dga misollar ko\u02bbp. Mana bittasi: \u201cHar bir shoirning kitobi vatan haqidagi she\u02bcrsiz chiqmaydi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Keyingi noo\u02bbrin qo\u02bbllanayotgan so\u02bbzlardan biri \u201cajrim\u201ddir. Bu hukm ma\u02bcnosini bildiradi. Masalan, \u00absudning ajrimi chiqqan\u00bb deymiz. Shuning uchun ajrim so\u02bbzini oilaviy ajrashishlarga nisbatan ishlatib bo\u02bblmaydi. Masalan, \u00aboilaviy ajrimga olib keluvchi falon sabab va omillar\u00bb deb ko\u02bbp gapirilayapti.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ssenariymi, ko\u02bbrsatuv yo eshittirish matnimi, nutq, ma\u02bcruza yo maqolami, nima yozishimizdan qat\u02bci nazar, ortiqcha so\u02bbz va qo\u02bbshimchalarni o\u02bbylab ishlatishimiz kerak. Ilm egallashga bo\u02bblgan intilish, sportga bo\u02bblgan qiziqish va hokazo. Bu \u201cbo\u02bblgan\u201dlarning nima keragi bor, tushunib bo\u02bblmaydi. Farosatimiz oqsashi oqibatida \u201cbo\u02bblgan\u201dni \u201cbo\u02bblmagan\u201dga aylantirayapmiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cBejiz\u201d so\u02bbziga -ga, \u201chozir\u201d so\u02bbziga -da qo\u02bbshish rasm bo\u02bbldi. Ruslar \u201c\u0432 \u0441\u0435\u0439\u0447\u0430\u0441\u201d, inglizlar \u00abat now\u00bb demaydi. Boshqa xalqlar ham \u201chozir\u201dga bunday qo\u02bbshimcha qo\u02bbshmaydi. Biz qachon, qayerdan o\u02bbrgandik, shuni sira anglab bo\u02bblmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qo\u02bbshimchalar orasida -lik masalasida ham ish pachava. Bu qo\u02bbshimchani bo\u02bblar-bo\u02bblmas joylarga zo\u02bbrlab kiritayapmiz. Borganliklari, kelganligi, boshqa shakli borishlik, kelishlik&#8230; buni yozgan ham qiynaladi, o\u02bbqigan ham, eshitganning esa ensasi qotadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yana -lar qo\u02bbshimchasi borasida ham ahvol yaxshi emas. Hurmat va ko\u02bbplik ma\u02bcnosida ishlatilganda, e\u02bctirozga o\u02bbrin qolmaydi. Lekin bu so\u02bbzni hamma yoqqa suqaverish savodsizlik va adabsizlikdir. Deylik, o\u02bbzbek tilida raqam ishlatilsa, \u201c-lar\u201dga hojat qolmaydi. O\u02bbnta talaba, millionta kalava deb ketaveramiz. Bu bir jihati. Ikkinchidan, ko\u02bbplikni har narsaga ham ishlatib bo\u02bblmaydi. \u00abO\u02bbnta talaba keldi\u00bb deymiz, \u00abO\u02bbnta talaba keldilar\u00bb demaymiz. Bir reportajda \u00abQazilma ishlari chog\u02bbida bu yerdan suyaklar chiqishdi\u00bb degan jumla ketgan edi. \u00abUlarning falon ish qilishganliklari\u00bb tarzidagi qusurli gaplar efirda ham, nashrda ham ko\u02bbp uchraydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Endi \u201cshunday-bunday munosabatlari\u201d ga ozgina to\u02bbxtalsak. Shu deyish uchun avval bu deb olish kerak. Masalan, \u00abbu kitob foydali, shuni olaman\u00bb deyiladi. Biz esa biror iqtibos keltiradigan bo\u02bblsak, \u201cfalonchi shunday dedi:\u201d ramkasini ishlatamiz. \u201cO\u02bbrmonga o\u02bbt ketibdi, falonchi shunday dedi\u201d desak, bu ma\u02bcqul. Lekin avval ma\u02bclumotni keltirmay turib, \u201cshunday\u201dni ishlatsak, g\u02bbaliz bo\u02bbladi. Nima uchun hayotiy jumlalarning o\u02bbzidan kelib chiqmaymiz? Masalan, ustoz biror narsani o\u02bbrgatganda, \u00abavval bunday qilasan, keyin mana bunday qilasan, shunday qilsang yaxshi bo\u02bbladi\u00bb deydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu safdagi yana bir qo\u02bbpollik jumlada \u201cqanchalik\u201d so\u02bbzi kelgan bo\u02bblsa, \u201cshunchalik\u201d so\u02bbzi ishlatilmayotganidir. \u201cBadantarbiyani qanchalik tez odat qilsangiz, o\u02bbzingizga yaxshidir\u201d. Bu jumla kemtikligi bilinib turibdi. Bunga qo\u02bbshimcha sifatida \u201cqancha\u201d,\u201cnecha\u201d va \u201cnechta\u201dni ham farqlay bilish kerak. \u201cNon qancha turadi?\u201d, \u201cnon necha pul?\u201d, \u201cnechta non bor?\u201d kabi savollar kundalik hayotda ko\u02bbp ishlatiladi, lekin qog\u02bbozga tushishi bilan g\u02bbalizlashib ketadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Biz \u201ciliq\u201d bilan \u201cissiq\u201dni ham farqlamay qo\u02bbydik. Ob-havo ma\u02bclumotida havo salqinroq bo\u02bblsa, \u201ciliq\u201d so\u02bbzi ishlatiladi. Yozgi issiqlarga nisbatan \u201cissiq\u201d qo\u02bbllanadi. Aslida issiqlik fizikaga oid tushuncha bo\u02bblib, darajada aytilganda, unga izoh berish shart emas. \u201cIssiq\u201d bir daraja ham, million daraja ham bo\u02bblishi mumkin. \u201cIliq\u201d esa o\u02bbta nisbiy tushuncha. Shimolda yashovchilar uchun iliq bo\u02bblgan daraja janubdagilar uchun sovuq bo\u02bbladi va aksincha. Qat\u02bciy gap shuki, iliqlik hech qanday daraja bilan o\u02bblchanmaydi yo belgilanmaydi. Yana hammamiz ozmi-ko\u02bbpmi biladigan rus tiliga qiyos qilsak, ular \u00ab \u0441\u0442\u043e\u043b\u044c\u043a\u043e-\u0442\u043e \u0433\u0440\u0430\u0434\u0443\u0441\u043e\u0432 \u043f\u0440\u043e\u0445\u043b\u0430\u0434\u044b\u00bb yo \u00ab \u043f\u044f\u0442\u044c\u0441\u043e\u0442 \u0433\u0440\u0430\u0434\u0443\u0441\u043e\u0432 \u0436\u0430\u0440\u044b\u00bb demaydi. Shunday ekan, fizika atamalariga to\u02bbliq amal qilish kerak. Havo haroratiga qarab, darajaga iliq issiq deb baho berib bo\u02bblmaydi. Rus tilidan misol keltiradigan bo\u02bblsak, \u00ab\u2026\u0433\u0440\u0430\u0434\u0443\u0441\u043e\u0432 \u0442\u0435\u043f\u043b\u0430\u00bb tarzidagi jumla ishlatiladi, ular \u00ab&#8230; \u0433\u0440\u0430\u0434\u0443\u0441\u043e\u0432 \u0436\u0430\u0440\u044b\u00bb, \u00ab&#8230; \u0433\u0440\u0430\u0434\u0443\u0441\u043e\u0432 \u043f\u0440\u043e\u0445\u043b\u0430\u0434\u044b\u00bb demaydi. Boshqa xalqlarda ham shunday.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Keyingi paytlarda \u201chaqiqatdan\u201d, \u201cbarchalarimiz\u201d deyishga o\u02bbrgandik. \u201cMa\u02bcnan\u201d, \u201cjismonan\u201d, \u201ctabiatan\u201d deyilgani kabi \u201chaqiqatan\u201d demay qo\u02bbydik. \u201cHammamiz\u201d deganda ko\u02bbpchilikni, barchani tushunamiz, lekin \u00abbarchalarimiz\u00bb, \u00abbarchalaringiz\u00bb deyishni madaniyat, odob belgisi deb qabul qilib oldik. Ya\u02bcni, savodsizlik adabga aylanib borayapti. Boshqa misol kerakmi?! \u00abO\u02bbqinilgan\u00bb, \u201caytinilgan\u201d degan so\u02bbzlar kunda-kunora quloqqa chalinayapti. \u201cO\u02bbqimoq\u201dning majhul nisbati \u201co\u02bbqilmoq\u201d, \u201caytmoq\u201dniki \u00abaytilmoq\u00bb. \u00abO\u02bbqinilmoq\u00bb degan fe\u02bcl yo\u02bbq!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Albatta, bir maqolada bunday qusurlarning hammasini sanab o\u02bbtishning iloji yo\u02bbq (\u201cilojisi yo\u02bbq\u201d deyilmaydi). So\u02bbz yakunida bir gapni aytib o\u02bbtamiz, xolos: chiroyli gapirish yo yozishga ishtiyoqmandlar ko\u02bbp. Afsuski, ularning aksariyatiga boshqalar \u201custoz\u201d, \u201cdomla\u201d deb murojaat qiladi, aytganini mutlaq haq va to\u02bbg\u02bbri narsa deb biladi. Odamlar teleradio va gazeta-jurnallar, majlisu anjumanlardagi gaplarni etalon yo haqiqat sifatida qabul qilishga o\u02bbrgangan. Shunday ekan, aytadigan yo yozadigan har bir narsamizga mas\u02bculiyat bilan yondashishimiz zarur. Aks holda, bu shunchaki loqaydlik emas, balki o\u02bbz ona tilimizga hurmatsizlik, kufroni ne\u02bcmat bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Anvar BOBOYEV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manba: \u00abMA\u02bcNAVIY HAYOT\u00bb <\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">tarixiy-falsafiy, ma\u02bcnaviy-ma\u02bcrifiy, ilmiy-ommabop jurnal, \u21163\/2024<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Til insonga ato etilgan suv va havodek bebaho ne\u02bcmat. Misol uchun, qarshingizdagi odamga \u201cmen hozir bozorga borib keldim\u201d degan gapni til vositasida bir-ikki soniyada yetkazish mumkin. Lekin xuddi shu xabarni imo-ishora bilan anglatish uchun ancha ko\u02bbp vaqt kerak bo\u02bbladi. Tilning naqadar muqaddasligi va hayot uchun qanchalar zarurligi haqida Qur\u02bconi karimda ibratli voqea bayon qilingan. \u201cEslang, &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":38089,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>So\u02bbzning tuzi nimada? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"So\u02bbzning tuzi nimada?\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38091&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"So\u02bbzning tuzi nimada? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"So\u02bbzning tuzi nimada?\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38091&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2024-10-16T06:55:47+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2024-10-16T10:31:17+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/manaviyhayot161024.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"587\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"7 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38091&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38091&lang=oz\",\"name\":\"So\u02bbzning tuzi nimada? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38091&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38091&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/manaviyhayot161024.jpg\",\"datePublished\":\"2024-10-16T06:55:47+00:00\",\"dateModified\":\"2024-10-16T10:31:17+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"So\u02bbzning tuzi nimada?\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38091&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38091&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38091&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/manaviyhayot161024.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/manaviyhayot161024.jpg\",\"width\":660,\"height\":587},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38091&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"So\u02bbzning tuzi nimada?\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"So\u02bbzning tuzi nimada? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"So\u02bbzning tuzi nimada?","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38091&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"So\u02bbzning tuzi nimada? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"So\u02bbzning tuzi nimada?","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38091&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2024-10-16T06:55:47+00:00","article_modified_time":"2024-10-16T10:31:17+00:00","og_image":[{"width":660,"height":587,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/manaviyhayot161024.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"7 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38091&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38091&lang=oz","name":"So\u02bbzning tuzi nimada? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38091&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38091&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/manaviyhayot161024.jpg","datePublished":"2024-10-16T06:55:47+00:00","dateModified":"2024-10-16T10:31:17+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"So\u02bbzning tuzi nimada?","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38091&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=38091&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38091&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/manaviyhayot161024.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/manaviyhayot161024.jpg","width":660,"height":587},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=38091&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"So\u02bbzning tuzi nimada?"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/38091"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=38091"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/38091\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":38096,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/38091\/revisions\/38096"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/38089"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=38091"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=38091"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=38091"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}