{"id":37862,"date":"2024-10-02T11:35:36","date_gmt":"2024-10-02T06:35:36","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=37862"},"modified":"2024-10-03T11:22:11","modified_gmt":"2024-10-03T06:22:11","slug":"ma%ca%bcrifatli-ayolning-ta%ca%bcsiri-asrlarga-tatiydi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37862&lang=oz","title":{"rendered":"MA\u02bcRIFATLI AYOLNING TA\u02bcSIRI ASRLARGA TATIYDI!"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hayotda insonning beg\u02bbaraz yordamchilari juda ko\u02bbp bo\u02bbladi. Masalan, jazirama issiqda daraxtning soyasi yo zilol chashmaning muzdek suvi tanani yayratadi. Daraxt yo soy buning uchun hech narsa talab qilmaydi. Beg\u02bbaraz yordamchilar safiga toza havoni ham qo\u02bbshish mumkin. U ham insondan haq so\u02bbramaydi. Insonning ota-onasi bunday ko\u02bbmakdosh va yelkadoshlarning eng ulug\u02bblaridir. Ular farzanddan hech qanday mukofot kutmagan holda doim bor kuch-g\u02bbayrati bilan unga yaxshilik qilishga harakat qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Beg\u02bbaraz yordamchilarning va sodiq oshnolarning yana biri esa, kitobdir. Inson mutolaa bilan o\u02bbzini ham, dunyoni ham bezaydi. Albatta, dunyo sir-sinoatlarining tagiga yetishning, hamma narsani bilishning imkoni yo\u02bbq. Lekin mutolaadan keyingi inson \u2013 orttirgan oz bo\u02bblsa-da ma\u02bcrifati bilan \u2013 mutolaadan oldingi xuddi o\u02bbsha insondan bir pog\u02bbona ustun bo\u02bblishi haq gap. Yana shu ham haqiqatki, o\u02bbqilgan kitobdan olingan ma\u02bclumot, bilim, axborot, qahramonlarning tajribasi, turli vaziyatlarda qanday yo\u02bbl tutgani kabi hayotiy voqealar kelajakda birda bo\u02bblmasa birda asqotib qoladi. Misol uchun, 1997-yilda suratga olingan \u201cHalokat yoqasida\u201d (\u201cThe Edge\u201d) filmining qahramoni \u2013 sherigi bilan kimsasiz o\u02bbrmonda qolib ketgan milliarder Charlz Morstak aynan ko\u02bbp kitob o\u02bbqigani uchun turli xavf-xatarlarni yengib o\u02bbtib, omon qoladi. Bu asar real voqealarga asoslangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bashariyatni hamma zamonlarda turli toifalarga bo\u02bblib tasniflashgan. Kitobxonlik borasida shunday qiladigan bo\u02bblsak, insonlarni mutolaani yaxshi ko\u02bbradiganlar va kitobga vaqt ajratadiganlarni tushunmaydiganlarga ajratish mumkin. Ikkinchi toifaning nazarida ko\u02bbngilxushlik uchun tevarak-atrofda shuncha qiziqarli narsalar turganda, kitob o\u02bbqish bilan shug\u02bbullanish vaqtni behuda sarflash bo\u02bblib, ular bu hodisada mantiq qo\u02bbrmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Albatta, bu katta xato. Mutolaadan voz kechganlar uning zavqidan bebahra qolishi bilan birga, ko\u02bbplab foydalardan ham mahrum bo\u02bblishidan bexabardir. Chunki ilm-fan kitobxonlikning ko\u02bbp tomonlama manfaatli ekanini, ayniqsa, inson miyasining hissiy va aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishdagi o\u02bbrni beqiyosligini allaqachon isbotlab bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ba\u02bczi kitoblar hayotning turli jabhalaridagi bo\u02bbshliqlarni to\u02bbldirishga xizmat qiladigan axborot va ma\u02bclumot \u201cg\u02bbishtlari\u201d bo\u02bblsa, ayrimlari \u201cko\u02bbngil uchun vitamin\u201d vazifasini o\u02bbtaydi \u2013 turli his-tuyg\u02bbularni jilovlash, ruhiy taskin topish imkonini beradi. Shu tariqa kitobga oshno bo\u02bblgan inson dunyoni yaxshiroq taniydi, uning uchun borliq qiziqarliroq va tushunarliroq bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qur\u02bconi karimning birinchi bo\u02bblib nozil qilingan kalimasi Alaq surasining 1-oyatidagi boshidagi <strong>\u201cO\u02bbqing!\u201d<\/strong><a href=\"#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a> (\u0627\u0642\u0652\u0631\u064e\u0623\u0652) so\u02bbzi edi. Mutolaaning ahamiyati to\u02bbg\u02bbrisida shuning o\u02bbzidan kerakli xulosa chiqarib olish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Klassik adabiyotga murojaat qilamiz. Abdulla Qodiriyning \u201cMehrobdan chayon\u201d romanida ukalari bilan bolalarcha o\u02bbyin o\u02bbynaydigan, oddiy, sodda qiz bo\u02bblgan Ra\u02bcno xon saroyida sarmunshiylikka nomzodi qo\u02bbyilgan Anvar bilan mushoirada g\u02bbolib bo\u02bbladi. Ustiga ustak, bo\u02bblajak mirzoning xato haqidagi dashnomiga munosib javob berib, g\u02bbalabasini yana bir karra tasdiqlaydi. E\u02bctibor bering-a:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>&#8211; Yengding, Ra\u02bcno, yengding, &#8211; dedi Anvar, &#8211; lekin keyingi misra\u02bcda bir xato qilding&#8230;<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>&#8211; Masalan?<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>&#8211; Tibning aytishicha, safro emas, qon kuysa, kishi jinni bo\u02bbladir&#8230;<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>&#8211; Qonning buzulishig\u02bba avvalo safroning kuyishi kerak, safro kuymay turib qon buzulmaydir&#8230; Xo\u02bbsh, yana yozasizmi yoki yengildingizmi?<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>&#8211; Yengildim&#8230;<a href=\"#_ftn2\" name=\"_ftnref2\"><strong>[2]<\/strong><\/a><\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Agar Ra\u02bcno o\u02bbsha davr qizlari kabi o\u02bbz qobig\u02bbiga o\u02bbralib, faqat uy-ro\u02bbzg\u02bbor ishlari, xamir qorish, non yopish, ovqat qilish, supurib sidirish, kir yuvish, bichish-tikish kabilar bilan cheklanib qolganida, yengish tugul, bahsning o\u02bbziga ham yaramas edi. U o\u02bbqimishli bo\u02bblgani uchungina g\u02bbolib chiqadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abdulla Qodiriy qahramonlarning kitobxonligi to\u02bbg\u02bbrisida gapirmay turib, ularning ilmu ma\u02bcrifatini ko\u02bbrsatib beradi. Shu asarda Ra\u02bcnoning ma\u02bcrifatini ochib beradigan yana bir sahna bor. <strong><em>\u201cXayrul umuri avsatuho\u201d<\/em><\/strong> (\u201cHar bir ishning o\u02bbrtachasi yaxshi\u201d) hadisini ko\u02bbp takrorlaydigan Solih maxdum osh yeyishga kelganda, sal ochko\u02bbzlik qiladi, ya\u02bcni <em>\u201cavsat\u201d<\/em>dan o\u02bbtib ketib, <em>\u201ca\u02bclo\u201d<\/em>da ish ko\u02bbradi \u2013 <em>\u201cbir oshamni ham go\u02bbshtsiz yubormasliqqa tirishib\u201d<\/em> boradi. <em>\u201cOg\u02bbzing kuymasa, a\u02bclosi ham durust\u201d<\/em>, deydi va Ra\u02bcnoni chipxo\u02bbrligi uchun koyiydi. Shunda qizi <em>\u201cMeniki adno<a href=\"#_ftn3\" name=\"_ftnref3\"><strong>[3]<\/strong><\/a><\/em> (eng quyi)<em>\u201d,<\/em> deydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ra\u02bcnoning a\u02bclo, o\u02bbrtacha va quyini \u2013 <em>\u201ca\u02bclo\u201d<\/em>, <em>\u201cavsat\u201d<\/em> va <em>\u201cadno\u201d<\/em>ni bilishi va otasi ko\u02bbp aytadigan hadisiga mos tarzda javob berishi uning ma\u02bcrifatidan dalolat beradi, albatta. Bu ma\u02bcrifatning zamirida esa, shubhasiz, kitob mutolaasi yotadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bevosita ayollar orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish mavzuiga o\u02bbtishdan avval, mutolaa to\u02bbg\u02bbrisidagi inkor etib bo\u02bblmaydigan ayrim dalillarni keltirsak.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Avvalo, muntazam ravishda kitob o\u02bbqiydigan kishi muqarrar tarzda doim yangi narsalarni o\u02bbrganib borishini ta\u02bckidlash kerak. Buning ustiga, tanadagi mushaklar harakat talab qilinganidek, miya ham mashqqa muhtojdir. Harakatsiz mushak atrofiyaga uchraydi, oyoq-qo\u02bbllar uvishib qoladi. Miya ham mashqlarsiz \u201cerinchoq\u201d bo\u02bblib qoladi, o\u02bbz vazifasini imkoniyat darajasida bajarmay qo\u02bbyadi. Buning oldini olish uchun topishmoqlar topish, boshqotirmalar yechish, shaxmatga o\u02bbxshagan aqliy o\u02bbyinlar o\u02bbynash va kitob o\u02bbqib turish kerak. Qandaydir qimmatli narsa yo\u02bbqolishi, sarflanishi, eskirishi, yaroqsiz holga kelishi mumkin, kitobdan olingan bilim esa yo\u02bbqolmaydi, uni hech kim tortib ham ololmaydi. U qachon asqotishi noma\u02bclum bo\u02bblsa-da, o\u02bbz egasini hayotning turli sinovlariga tayyorlab boradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kitob mutolaasi so\u02bbz boyligini oshiradi, nutqni ravon qiladi. Bu kishining o\u02bbziga ishonchini mustahkamlaydi. O\u02bbzgalar oldida aqliy salohiyatini namoyon qiladi va shu tariqa qadr-qimmatini oshiradi. Buyuk fransuz adibi va ma\u02bcrifatchi faylasufi Fransua-Mari Volter bejiz \u201cYaxshi yozadigan mualliflarining asarlarini o\u02bbqib, yaxshi gapirishni odat qilasiz\u201d<a href=\"#_ftn4\" name=\"_ftnref4\">[4]<\/a>, demagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">2013-yili Emori universitetida o\u02bbtkazilgan tadqiqotda ikki toifa odamlar miyasining faoliyati taqqoslandi. Ularning yarmi tajribadan avval kitob o\u02bbqidi, qolgani o\u02bbqimadi. Miyalar skanerdan o\u02bbtkazilganda, kitob mutolaa qilganlar o\u02bbzgalar uchun qayg\u02bburib, rahm-shafqatliroq bo\u02bblgani, o\u02bbqimaganlar esa, bu borada umuman bezovtalik sezmagani aniqlandi. Bu shundan darak beradiki, badiiy kitoblar mutolaasi odamlarni yaxshi tushunishga yordam berarkan. Bu oilaviy hayotda ham, ish-o\u02bbqishda ham juda asqotadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Oilaviy hayot haqida gap ochilgan ekan, kitob o\u02bbqish \u201cyuqumli\u201d ekanini ham aytib o\u02bbtish kerak. Ota-onasi kitobxon bo\u02bblgan, uyqudan oldin ertaklar o\u02bbqib beradigan farzand o\u02bbz-o\u02bbzidan mutolaaga mehr qo\u02bbyadi. Chunki, \u201cqush uyasida ko\u02bbrganini qiladi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mushaklar mashq bilan pishiganidek, kitob o\u02bbqigan kishining miyasi charxlanib boradi. U aqlliroq bo\u02bblish bilan birga, ong-tafakkuri yuqoriroq, miyasi tiniqroq ham bo\u02bbladi. AQSHda o\u02bbtkazilgan nevrologik tadqiqot natijasida muntazam kitob o\u02bbqidiganlarning aqliy qobiliyati rivojlangan, xotirasi mustahkam bo\u02bblishi aniqlangan. Atigi 6 daqiqalik mutolaa stress (siqilish)ni 68 foiz kamaytirishi ham shu tadqiqotchilar tomonidan ilmiy tasdiqlangan. Chunki, har qanday yaxshi kitob kishini ijobiy ma\u02bcnoda o\u02bbz domiga tortib, hamma narsani unuttiradi, xotirjam qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xotira haqida so\u02bbz yuritilar ekan, bu masalaga alohida to\u02bbxtalish kerak. Kitob mutolaasi jarayonida inson ko\u02bbplab qahramonlarga duch keladi. Ularning fe\u02bcl-atvori, orzu-niyatlari, kechinmalari, qo\u02bbyingki, butun ichki va tashqi dunyosi bilan tanishadi, boshidan o\u02bbtgan voqealarga guvoh bo\u02bbladi. Hissiyotlariga hamnafas bo\u02bblib, birga xursand bo\u02bbladi va birga iztirob chekadi. Bularning barchasi miyada jamlanib boradi va sinapslar (neyronlar o\u02bbrtasidagi aloqa nuqtalari)ni mustahkamlash orqali uning faolligini oshiradi. Bu esa, xotiraga bevosita ijobiy ta\u02bcsir ko\u02bbrsatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xotirasi yaxshi bo\u02bblgan odamning diqqati ham joyida bo\u02bbladi. Chunki, mutolaa jarayonida inson butun vujudi bilan kitobdagi voqealar ichiga sho\u02bbng\u02bbib ketib, qaysidir ma\u02bcnoda hayotdan uziladi. Negaki, butun diqqat-e\u02bctibori kitobdagi voqea-hodisalarga qaratiladi. Tadqiqotlar shuni ko\u02bbrsatadiki, ishxonada o\u02bbz vazifasini bajarishga kirishishdan avval 15-20 daqiqa kitob o\u02bbqigan odam diqqati jamlanganini birinchi kuniyoq aniq his qilar ekan. Shu bois bo\u02bblsa kerak, ulug\u02bb rus adibi va mutafakkiri Lev Tolstoy \u201cHamma narsani o\u02bbqish shart emas, ko\u02bbngilda paydo bo\u02bbladigan savollarga javob beradiganini mutolaa qilish kifoya\u201d<a href=\"#_ftn5\" name=\"_ftnref5\">[5]<\/a>, degan. Ya\u02bcni, ko\u02bbngli xotirjam kishining diqqati ham jam bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu sababli tibbiyot sohasi mutaxassislari mutolaa hozir ommalashib borayotgan Alsgeymer kasalligining oldini olishda ham muhim profilaktik omil bo\u02bblishini aytmoqda<a href=\"#_ftn6\" name=\"_ftnref6\">[6]<\/a>. Doimo yangi ma\u02bclumot olib turgan, ya\u02bcni muntazam mashq qilib boradigan tiniq miya juda faol ishlaydi va unda xastalanishga moyillik bo\u02bblmaydi. Bunday odamlarning turmushi sifat jihatidan yuqori, o\u02bbzini his qilishi nisbatan yaxshi bo\u02bbladi. Kitobga oshno bo\u02bblgan kishi hayotidan mamnun bo\u02bblib yashaydi, dunyoga hushyor ko\u02bbz bilan qaraydi, sinovlarga duch kelganda, o\u02bbzini yo\u02bbqotib qo\u02bbymaydi, yangiliklarga intiladi, g\u02bboya ijodkorligida peshqadam bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ijodkorligi, tashabbuskorligi yuqori bo\u02bblgan insonning tahlil qilish qobiliyati ham o\u02bbsib boradi. Chunki, bora-bora kitobdagi voqealar qanday rivojlanishini \u2013 davomini hali o\u02bbqimay turib \u2013 tahlil qilish odati shakllanadi. Ko\u02bbp takrorlanadigan odat xulqqa aylanishini barchamiz yaxshi bilamiz. Demak, kitobxonning qobiliyatlari tahlilchilik sifati bilan boyiydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kitobxonlikning xotin-qizlar hayotiga ta\u02bcsiri, ularning ijtimoiy faolligini oshirishdagi ahamiyati haqida so\u02bbz yuritadigan bo\u02bblsak, \u201cMehrobdan chayon\u201d romanidan misol keltirilgan ikki epizodning o\u02bbzi buning nechog\u02bbli muhim ekanini yaqqol namoyon etib turibdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Albatta, jamiyatda xotin-qizlarning faolligini yuksaltirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo\u02bbnalishlaridan. Xususan, 2022-2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo\u02bbyicha Milliy dasturda ta\u02bckidlanganidek<a href=\"#_ftn7\" name=\"_ftnref7\">[7]<\/a>, so\u02bbnggi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar yaratish, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ularning to\u02bblaqonli ishtirok etishini ta\u02bcminlash, ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy jihatdan qo\u02bbllab-quvvatlash, shuningdek, tazyiq va zo\u02bbravonliklardan himoya qilishga qaratilgan keng ko\u02bblamli islohotlar amalga oshirildi. Parlamentda xotin-qizlar soni BMT tomonidan belgilangan tavsiyalarga mos darajaga yetib, 32 foizni tashkil etdi. Xotin-qizlarning boshqaruv lavozimidagi ulushi 27 foizga, tadbirkorlik sohasida 25 foizga, siyosiy partiyalarda 44 foizga, oliy ta\u02bclimda 46 foizga yetdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bundan tashqari, har yili 28 nafar iqtidorli qiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanyapti. Bu mukofot laureatlarini oliy ta\u02bclimning bakalavriat va magistratura bosqichlariga kirish imtihonlarisiz, davlat granti asosida qabul qilish yo\u02bblga qo\u02bbyilgan. \u201cMo\u02bbtabar ayol\u201d ko\u02bbkrak nishoni ta\u02bcsis etilib, hozirgacha 855 nafar faol\u00a0 ayol ushbu ko\u02bbkrak nishoni bilan taqdirlandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xo\u02bbsh, qizlarimiz va ayollarimizning parlamentariy bo\u02bblishi, tadbirkorlik bilan shug\u02bbullanishi, siyosiy partiyalar faoliyatida ishtirok etishi, davlatning yuksak mukofotlari bilan taqdirlanishi negizida nima yotadi? Albatta, shaxsiy sa\u02bcy-harakat va intilish. Bu intilish nimadan kelib chiqadi? Uy ishlari bilan o\u02bbralashib qolib, ora-sira \u201csariq matbuot\u201d o\u02bbqiydigan, asosan esa, faqat seriallar bilan ovunadigan xotin-qizlar shunday darajaga yetishishi mumkinmi? Tabiiyki, yo\u02bbq. Bularning negizi ma\u02bcrifatdir. Ma\u02bcrifat esa, mutolaa bilan chambarchas bog\u02bbliq.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Oilaviy hayot madaniyati, turmush madaniyati, tibbiy madaniyat, huquqiy madaniyat, milliy qadriyatlarni e\u02bczozlash fazilati ham ma\u02bcrifat bilan mustahkamlanadi. Ayol shu xislatlarga ega bo\u02bblsa, nafaqat farzandlarini jismonan, aqlan va ruhan sog\u02bblom qilib voyaga yetkazadi, balki o\u02bbzi ham jamiyat hayotida faol ishtirok etishga intiladi. Negaki, o\u02bbqimishli ayol farzandlar kelajagiga, yurt taqdiriga befarq bo\u02bblmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekistonda yaratilgan iqtidorli yosh xotin-qizlarni rahbarlik lavozimlariga tavsiya etish tizimi, \u201cYetakchi ayollar muloqoti\u201d platformasi o\u02bbz qobig\u02bbiga o\u02bbralib qolganlar emas, birinchi navbatda, ma\u02bcrifat yo\u02bblini tanlaganlar uchun foydalidir. Bundan ko\u02bbzlangan boshqa maqsad ham bor \u2013 toki, boshqalar ularni ko\u02bbrib, o\u02bbrnak-ibrat olsin, tenglashishga harakat qilsin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Davlat tomonidan xotin-qizlar bandligini ta\u02bcminlash, ularning tadbirkorligini qo\u02bbllab-quvvatlash, salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ayollarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi o\u02bbrni va mavqeini yanada oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar uy bekalarining faoliyat qamrovini kengaytirishga qaratilgan. Lekin bu imkoniyatlardan foydalana bilish uchun baribir yana o\u02bbsha ma\u02bcrifat va uning asosi bo\u02bblgan mutolaa kerak bo\u02bbladi. Farmonu qarorlar, boshqa huquqiy-me\u02bcyoriy hujjatlar bilan tanishish uchun ularni shaxsan o\u02bbqib chiqish kerak. Mahalla-ko\u02bbydagi mish-mishlar bilan cheklanish o\u02bbzini o\u02bbzi cheklash bilan barobardir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu sababli hozir yurtimizda xotin-qizlarning ta\u02bclim olishi uchun qo\u02bbshimcha shart-sharoitlar yaratish, ilm-fan sohasida ayollarning rolini yanada oshirishga alohida e\u02bctibor qaratilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ayollarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishini rag\u02bbbatlantirishga katta e\u02bctibor qaratilayotganini alohida ta\u02bckidlash lozim. Zero, bugungi hayotning biror jabhasi yo\u02bbqki, AKT kirib bormagan bo\u02bblsin. Shu maqsadda \u201cBir million dasturchi\u201d loyihasida ishtirok etuvchi xotin-qizlar ulushini 30 foizga yetkazish mo\u02bbljallanmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Albatta, xotin-qizlar o\u02bbz iqtidor va qobiliyatini to\u02bbliq namoyon etishi uchun ba\u02bczan \u201ceskilik qoldiqlari\u201d to\u02bbsqinlik qiladigan holatlar hali ham uchrab turibdi. Deylik, ta\u02bclim sohasida qizlar va o\u02bbg\u02bbil bolalarga boshqa-boshqa yondashuv butunlay barham topmagan. Ayrimlar o\u02bbg\u02bblini o\u02bbqitishga qattiq bel bog\u02bblagani holda, \u201cbaribir birovning xasmi, o\u02bbqib nima ham bo\u02bblardi\u201d degan xato o\u02bbyda qizini o\u02bbqitishga u qadar qattiq tirishmaydi. Aslida qiz bola qanchalar ma\u02bcrifatli bo\u02bblsa, kelajakda ona bo\u02bblganidan keyin farzandlari ham shunchalar aqlli bo\u02bblib voyaga yetadi. Bu esa, jamiyat, mamlakat taqdiriga bevosita ta\u02bcsir qiladigan eng kuchli omillardan biridir. Lekin, ta\u02bckidlanganidek, buni bilish, idrok etish va shu haqiqatga iqror bo\u02bblish uchun yana o\u02bbsha xulosadagi gapga kelamiz \u2013 ko\u02bbproq kitob o\u02bbqish kerak. Ota-ona qizini, qaynota-qaynona kelinini ma\u02bcrifatli qilish uchun qayg\u02bburishi zarur.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hozir AKT rivojlanishi bilan ma\u02bcrifatga yetishish ancha oson va qulay bo\u02bblib qoldi. To\u02bbg\u02bbri-da, masofadan turib ishlash imkoniyatlari yaratilar ekan, nima uchun uyda o\u02bbtirgan holda, kutubxonaga \u201ckirish\u201d mumkin bo\u02bblmasin! Bugun kutubxonalar, axborot-resurs markazlari, jahon kitob fondlarining katta qismi raqamlashtirilgan, ularga uyda o\u02bbtirib ham a\u02bczo bo\u02bblish, kerakli kitoblarni topib o\u02bbqish hech qanaqa qiyinchilik tug\u02bbdirmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu ma\u02bcnoda, \u201cBir million dasturchi\u201d loyihasida qizlarning faol ishtirokini kengaytirishga qaratilgan keng ko\u02bblamli ishlardan ham ikki asosiy maqsad ko\u02bbzlangan. Birinchisi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida qobiliyatli qizlarni kashf etish va salohiyatini yuzaga chiqarish bo\u02bblsa, ikkinchisi xuddi shu qizlardan o\u02bbrnak-ibrat manbalarini yaratishdir \u2013 toki, tengdoshlari havas qilib, ularga o\u02bbxshashga, tenglashishga intilsin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Xulosa<\/strong> qilib aytadigan bo\u02bblsak, hayotdagi yutuqlar, farovonlik, xotirjamlik kabi ne\u02bcmatlarga asosan ma\u02bcrifat bilan erishiladi. Ma\u02bcrifatlilikning bosh omili esa, ta\u02bckidlanganidek, kitobga oshno bo\u02bblishdir. Mutolaani odat qilgan, kitobga mehr qo\u02bbygan odam hech qachon kam bo\u02bblmaydi. Ayollar ma\u02bcrifatli bo\u02bblganda esa, buning davlat va jamiyatga ta\u02bcsiri faqat yaqin kelajakka emas, ko\u02bbp asrlar nariga ham yetib boradi. Yodingizda bo\u02bblsa, Hadis ilmining sultoni maqomiga erishgan Imom Buxoriyni vaqtida onasi ma\u02bcrifatga yo\u02bbllagan. Bu allomaning \u201cSahihul Buxoriy\u201d asarini musulmon dunyosi hali-hanuz Qur\u02bconi karimdan keyingi eng ishonchli manba hisoblaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu yorqin misolning o\u02bbzi xotin-qizlarda va umuman hammada kitobxonlikka ishtiyoqni kuchaytirmog\u02bbi, ruhlantirmog\u02bbi, ilhomlantirmog\u02bbi aniq. Lekin buning uchun ham yuqoridagi satrlarni o\u02bbqish kerak!<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a> <a href=\"https:\/\/quranenc.com\/uz\/browse\/uzbek_rwwad\/96\/1\">https:\/\/quranenc.com\/uz\/browse\/uzbek_rwwad\/96\/1<\/a>. Qur\u02bconi karim ma\u02bcnolarining tarjimasi \u2013 Qur\u02bconi karim ma\u02bcnolarining o\u02bbzbekcha tarjimasi, mutarjim: Ruvvadut tarjama markazi tarjimonlari.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a> <a href=\"https:\/\/ipkmvd.uz\/media\/pdf\/kitoblar\/Mehrobdan_chayon_Abdulla_Qodoriy.pdf\">https:\/\/ipkmvd.uz\/media\/pdf\/kitoblar\/Mehrobdan_chayon_Abdulla_Qodoriy.pdf<\/a>. Abdulla Qodiriy. Mehrobdan chayon. B. \u2013 55-56.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a> Shu manba. B \u2013 81.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref4\" name=\"_ftn4\">[4]<\/a> <a href=\"https:\/\/ru.citaty.net\/tsitaty\/640866-volter-chitaia-avtorov-kotorye-khorosho-pishut-privykaesh-kho\/\">https:\/\/ru.citaty.net\/tsitaty\/640866-volter-chitaia-avtorov-kotorye-khorosho-pishut-privykaesh-kho\/<\/a>. Sitat\u044b izvestn\u044bx lichnostey.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref5\" name=\"_ftn5\">[5]<\/a> Istochnik: <a href=\"http:\/\/tolstoy-lit.ru\/tolstoy\/pisma\/1901-1902\/letter-263.htm\">http:\/\/tolstoy-lit.ru\/tolstoy\/pisma\/1901-1902\/letter-263.htm<\/a>. Tolstoy L. N. &#8211; Feltenu H. Ye., 20-avgusta 1902 g.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref6\" name=\"_ftn6\">[6]<\/a> <a href=\"https:\/\/ria.ru\/20130920\/964584721.html\">https:\/\/ria.ru\/20130920\/964584721.html<\/a>. Ekspert: chteniye i optimizm za\u0449ityat ot bolezni Alsgeymera.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref7\" name=\"_ftn7\">[7]<\/a> <a href=\"https:\/\/lex.uz\/docs\/5899498\">https:\/\/lex.uz\/docs\/5899498<\/a>. 2022-2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo\u02bbyicha Milliy dastur.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Dilfuza RASULOVA,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cBilim\u201d axborot-kutubxona markazi<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Axborot-bibliografiya <\/span><\/strong><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">xizmati rahbari.<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kamolat BABAYEVA,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kataloglashtirish va axborot fondlariga ishlov berish xizmati<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">yetakchi mutaxassisi.<\/span><\/strong><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><u>\u00a9<\/u><\/strong><strong><u> \u2013 mualliflik huquqi asosida, maqola ko\u02bbchirilganda yoki undan iqtibos olinganda, manba va mualliflar ko\u02bbrsatilishi shart!<\/u><\/strong><\/span><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hayotda insonning beg\u02bbaraz yordamchilari juda ko\u02bbp bo\u02bbladi. Masalan, jazirama issiqda daraxtning soyasi yo zilol chashmaning muzdek suvi tanani yayratadi. Daraxt yo soy buning uchun hech narsa talab qilmaydi. Beg\u02bbaraz yordamchilar safiga toza havoni ham qo\u02bbshish mumkin. U ham insondan haq so\u02bbramaydi. Insonning ota-onasi bunday ko\u02bbmakdosh va yelkadoshlarning eng ulug\u02bblaridir. Ular farzanddan hech qanday mukofot kutmagan &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":37863,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>MA\u02bcRIFATLI AYOLNING TA\u02bcSIRI ASRLARGA TATIYDI! - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"MA\u02bcRIFATLI AYOLNING TA\u02bcSIRI ASRLARGA TATIYDI!\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37862&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"MA\u02bcRIFATLI AYOLNING TA\u02bcSIRI ASRLARGA TATIYDI! - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"MA\u02bcRIFATLI AYOLNING TA\u02bcSIRI ASRLARGA TATIYDI!\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37862&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2024-10-02T06:35:36+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2024-10-03T06:22:11+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/ayoll021024.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"440\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"10 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37862&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37862&lang=oz\",\"name\":\"MA\u02bcRIFATLI AYOLNING TA\u02bcSIRI ASRLARGA TATIYDI! - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37862&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37862&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/ayoll021024.jpg\",\"datePublished\":\"2024-10-02T06:35:36+00:00\",\"dateModified\":\"2024-10-03T06:22:11+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"MA\u02bcRIFATLI AYOLNING TA\u02bcSIRI ASRLARGA TATIYDI!\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37862&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37862&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37862&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/ayoll021024.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/ayoll021024.jpg\",\"width\":660,\"height\":440},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37862&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"MA\u02bcRIFATLI AYOLNING TA\u02bcSIRI ASRLARGA TATIYDI!\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"MA\u02bcRIFATLI AYOLNING TA\u02bcSIRI ASRLARGA TATIYDI! - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"MA\u02bcRIFATLI AYOLNING TA\u02bcSIRI ASRLARGA TATIYDI!","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37862&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"MA\u02bcRIFATLI AYOLNING TA\u02bcSIRI ASRLARGA TATIYDI! - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"MA\u02bcRIFATLI AYOLNING TA\u02bcSIRI ASRLARGA TATIYDI!","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37862&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2024-10-02T06:35:36+00:00","article_modified_time":"2024-10-03T06:22:11+00:00","og_image":[{"width":660,"height":440,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/ayoll021024.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"10 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37862&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37862&lang=oz","name":"MA\u02bcRIFATLI AYOLNING TA\u02bcSIRI ASRLARGA TATIYDI! - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37862&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37862&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/ayoll021024.jpg","datePublished":"2024-10-02T06:35:36+00:00","dateModified":"2024-10-03T06:22:11+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"MA\u02bcRIFATLI AYOLNING TA\u02bcSIRI ASRLARGA TATIYDI!","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37862&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=37862&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37862&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/ayoll021024.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/ayoll021024.jpg","width":660,"height":440},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37862&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"MA\u02bcRIFATLI AYOLNING TA\u02bcSIRI ASRLARGA TATIYDI!"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/37862"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=37862"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/37862\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":37890,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/37862\/revisions\/37890"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/37863"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=37862"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=37862"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=37862"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}