{"id":37854,"date":"2024-10-01T10:01:57","date_gmt":"2024-10-01T05:01:57","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=37854"},"modified":"2024-10-01T10:01:57","modified_gmt":"2024-10-01T05:01:57","slug":"mamlakat-maorifsiz-xuddi-mo%ca%bbrt-g%ca%bbishtdan-qurilgan-uydek-bo%ca%bblib-qoladi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37854&lang=oz","title":{"rendered":"MAMLAKAT MAORIFSIZ XUDDI MO\u02bbRT G\u02bbISHTDAN QURILGAN UYDEK BO\u02bbLIB QOLADI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Har yili 1-oktabr arafasida uztoz-murabbiylarni tabriklaymiz, qo\u02bbliga topshiradigan yosh avlod ta\u02bclim-tarbiyasidagi g\u02bboyat muhim o\u02bbrni haqida ko\u02bbp alqovlarni aytamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu yaxshi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Lekin bir-ikki kun o\u02bbtganidan keyin o\u02bbqituvchilarni yana cho\u02bbqqidan yerga tushirib qo\u02bbyamiz. \u201cHa, nima, vazifasi shu bo\u02bblgandan keyin qilsin-da\u201d, \u201cAslida hamma ayb o\u02bbqituvchilarda\u201d, \u201cOnasi (otasi) o\u02bbqituvchi ekanmi, shuni oldinroq aytmaysizmi, yo\u02bbq, bo\u02bblmaydi\u201d kabi o\u02bbrganib qolgan jumlalarimiz jonlana boshlaydi. Yana direktorlarning g\u02bbiybatini qilishga kirishamiz. Davlat oyligini oshirib qo\u02bbysa ham maktablarda pul yig\u02bbish va hokazo \u201cnayranglar\u201d to\u02bbxtamayotganidan noliymiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Inson boshiga tushmaguncha hech bir voqea-hodisaning lazzatu iztirobini bilmaydi. Hamma narsani boshqalarga oson tutaveramiz. Vaholanki, farzandimizga bitta gapni uqtirguncha qancha esimiz ketishini o\u02bbylab ham ko\u02bbrmaymiz, lekin 30-40 bola bilan ishlaydigan o\u02bbqituvchi ustiga bemalol mag\u02bbzava to\u02bbkamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mana, bir vaziyatni olaylik. \u201cKitob o\u02bbqi\u201d degan gap hammaga ham yoqavermaydi. Bunday gaplarni \u201cpardalab\u201d aytish kerak. Buni ota-ona ham eplashi mumkin. Lekin har doim ham emas va faqat oila doirasida, xolos. Umumiy kitobxonlik madaniyatini esa faqat o\u02bbqituvchi rivojlantira oladi. U bolaning miyasiga pedagogik usullar bilan ta\u02bclim va unga ishtiyoqni shunday singdiradiki, tarbiyalanuvchi o\u02bbzi bilmagan holda muallimga ergashadi. Bu borada Oybek domlaning xotiralarida mahallaning chirog\u02bbi haqida yozilgan gap yaxshi o\u02bbgit bo\u02bbladi. Bolalar chiroqni sindiraveradi, \u201cbunday qilma\u201d, degan gapni tushunmaydi. Kunlardan bir kun ulug\u02bb yoshli bir odam qorong\u02bbu tushganda chiroq ostiga yig\u02bbilgan bolalarning oldiga keladi-da, \u201cFalon odam qish chillasi tunda uyiga qaytayotib, eshagining oyog\u02bbi toyib, mana bu ariqqa tushib, vafot etgan edi. Agar chiroq butun bo\u02bblib turganida, shunday bo\u02bblmas edi\u201d, deydi. O\u02bbshandan keyin mahallaning chirog\u02bbi sira ham sindirilmagan ekan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cBaland so\u02bbzlar\u201d ishlatilganda, ko\u02bbpchilik burnini jiyiradi. Shunday esa-da, o\u02bbqituvchilik eng sharafli kasb ekanini faqat so\u02bbzda emas, qalbda ham tan olib, mashaqqati haqida fikr yuritib turaylik endi!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Faqat bayramoldi kunlari emas, har kuni, deylik, maktabdan qaytgan farzandni ko\u02bbrgan lahzalarda!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Axir, insoniyatni bugungi taraqqiyot darajasiga ta\u02bclim, ilm, muallim yetkazdi-ku. Bu ta\u02bckid zamirida juda katta mehnat borligini ko\u02bbpchiligimiz yaxshi bilamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ta\u02bclim olayotgan inson tanovuldan qorni to\u02bbygan odamdan farqli bo\u02bbladi. Ilm \u201cyeyilmaydi\u201d, ilm mashaqqat bilan o\u02bbrganiladi va uqiladi. Bizga hech kim kitob o\u02bbqib bermaydi, o\u02bbqib bergan taqdirda ham uqtirib bermaydi. Faqat o\u02bbqituvchi jon kuydiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muallimning ishi dunyodagi eng og\u02bbir (<em>eng sharafli bo\u02bblsa ham<\/em>) kasb ekanini hamma biladi. Hayotning oqu qorasini idrok eta olmaydigan bolaga ilm o\u02bbrgatish, o\u02bbzi uchun mutlaqo notanish narsalar to\u02bbg\u02bbrisida unga bilim berishning murakkabligi va mashaqqatini e\u02bctirof etishdan bosh tortadigan odamni topib bo\u02bblmasa kerak.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu bois ham o\u02bbqituvchining faqat maoshini emas, jamiyatdagi mavqeini oshirishimiz zarur. Dunyo tajribasida bu xususda o\u02bbrnak olarli jihatlar ko\u02bbp. Masalan, Italiyada uchta kasb egasi tirband yo\u02bblda qolib ketmasligi lozim \u2013 shifokor, o\u02bbt o\u02bbchiruvchi va o\u02bbqituvchi. Fransiyaning badavlat odamlari obro\u02bb-e\u02bctiborini yanada oshirish uchun o\u02bbqituvchilar yashaydigan hududdan uy olishga intiladi. Angliyaliklar nutqida: \u201cBu bola daho, u o\u02bbqituvchidek fikrlaydi!\u201d degan ibora bor. Yaponlar soyasini bosib olmaslik uchun o\u02bbqituvchidan yetti qadam ortda yuradi. Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkel oylik kamligidan norozilik bildirgan fuqarolarga murojaat qilib: \u201cMaoshingiz sizni o\u02bbqitgan o\u02bbqituvchilarning ish haqidan yuqori bo\u02bblishini kutmasligingiz kerak\u201d, degan edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbqituvchi ta\u02bclim berish vositasida kelajakni belgilaydi. XX asrning eng nufuzli siyosatchilaridan biri Uinston Cherchill bejiz \u201cmaktab o\u02bbqituvchilari shunday qudratga ega bo\u02bbladiki, bosh vazirlar buni orzu qiladi, xolos\u201d, demagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bizda qo\u02bblida zarracha hokimiyat bo\u02bblgan odam o\u02bbqituvchiga yopishadi \u2013 tanqid qiladi, bevosita vazifasi bo\u02bblmagan ishlarni yuklaydi. Hamyoni sal qappayganlar o\u02bbqituvchiga xizmatkordek qaraydigan bo\u02bblib qoladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ularning yumushini yengillatishni ham o\u02bbylaylik endi!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ishining ahamiyati yo ilmiy aytganda, foydali ish koeffitsiyenti o\u02bbqituvchinikining yarim foiziga ham teng kelmaydigan \u201czo\u02bbr\u201dlarga xizmat mashinasi beramiz, alohida tibbiy xizmat ko\u02bbrsatamiz, davralarda \u201ckeling-keling\u201d qilamiz. Har kuni darslar va \u201cg\u02bbuju-g\u02bbuju\u201ddan asabi o\u02bbn barobar ko\u02bbp charchaydigan o\u02bbqituvchilar <em>(asosan ayollar)<\/em> ishga piyoda yo \u201cyo\u02bbl moshin\u201d <em>(tirband avtobusda)<\/em> bilan borib-keladi. Kasal bo\u02bblsa, o\u02bbquvchilar xursand bo\u02bbladi <em>(\u201cBugun dars bo\u02bblmas ekan!\u201d)<\/em>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mayli xizmat mashinasi bermaylik, alohida tibbiy xizmat bilan ham ta\u02bcminlamaylik. Lekin jilla qursa, sal qadrlaylik-da endi!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbqituvchining hisobotlari, zimmasiga yuklab qo\u02bbyilgan boshqa qog\u02bbozbozlik tashvishlari va \u201cijtimoiy burchlari\u201d \u2013 alohida masala. Quyidagi qisqa dialogda buning zardobini o\u02bbqituvchining o\u02bbz og\u02bbzidan bilib olamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>O\u02bbqituvchining sochini olayotgan sartarosh so\u02bbrabdi:<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>\u2013 Nega ta\u02bclim tizimimiz borgan sari yomonlashib ketmoqda?<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>O\u02bbqituvchi biroz o\u02bbylanib aytibdi:<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>\u2013 Tasavvur qiling, soch oladigan ish qurolingizning qo\u02bbllanishini tuman, shahar va viloyat miqyosida kimlargadir yozma ravishda asoslab, tushuntirib berishingiz kerak bo\u02bbladi. Har bir mijozning sochini olish bo\u02bbyicha kunlik, haftalik, oylik, choraklik, yillik, 3-yillik, 5-yillik istiqbolli rejalar tuzasiz, keyin hisobotini yozasiz. Soch yuvish tartibini, shampun va boshqa kosmetik moddalarni izohlab, yozma ma\u02bclumot tayyorlashingiz so\u02bbraladi. Ha aytgancha, o\u02bbzingiz xohlagan o\u02bbtkir qaychidan foydalanish taqiqlanadi. Bundan tashqari, oyda ikki-uch marta komissiya keladi. Har bir mijoz bilan \u201cavvalgi va keyingi holat\u201d bo\u02bbyicha selfi qilib, hisobotga qo\u02bbshasiz. Keyin buning haqiqat ekanini og\u02bbzaki suhbatda o\u02bbzingiz yoki sartaroshxona rahbari bilan birga isbotlab berasiz. Ba\u02bczida mijozlaringizning uyiga borib, sochlari qanday o\u02bbsayotganini, muammolari bor-yo\u02bbqligini, qanday psixologik yordam kerakligini so\u02bbrab turishingiz kerak. Shunday sharoitda ishlay olarmidingiz?!<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekistonda o\u02bbqituvchilarning oyligi bosqichma-bochqich oshib boryapti. Lekin boshqa soha vakillarining daromadiga nisbatan olib qaraganda, hali baribir kishini xotirjam qiladigan darajada emas. Internet sahifalarida eng ko\u02bbp va eng kam maosh oladiganlar e\u02bclon qilinib turadi. Shulardan birida aytilishicha, ilg\u02bborlik bank, sug\u02bburta, lizing, kredit va IT sohalari xodimlarida ekan. Eng kam maosh esa o\u02bbqituvchi va shifokorlarniki bo\u02bblib chiqdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Aslida mamlakat taraqqiyotiga xizmat qilishini hisobga olib, eng ko\u02bbp oylikni o\u02bbqituvchilarga to\u02bblashimiz kerak emasmi?!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Faqat balandparvoz gaplar bilan cheklanayotganga o\u02bbxshab qolyapmiz. Bu oddiygina pafos. O\u02bbylab ko\u02bbrsak, boshqa gaplar siyqasi chiqqanidan keyin odamning ensasini qotirsa, pafos avvalboshdanoq hech kimga yoqmaydi. Negaki, pafosda mohiyat, asos bo\u02bblmaydi. Chunki, amalda hammasi zo\u02bbr bo\u02bblsa, pafosga zarurat qolmasdi \u2013 buni hamma yaxshi biladi. Odamlar yana shuni aniq biladiki, yaxshi narsa alqovga muhtoj bo\u02bblmaydi. Pafos esa \u2013 quruq narsa. Shundan kelib chiqib, ish tutaylik-da.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bizga yaxshi, aqlli, ma\u02bcrifatli o\u02bbqituvchilar qanchalar kerak ekanini hamma biladi, barchamiz bu haqda bong urishga tayyormiz. Lekin amalda hamma o\u02bbzgalardan harakat kutadi. Uch kunlik farzandini donish tarbiyasiga olib borgan ota \u201cuch kun kechikibsiz\u201d degan tanbeh eshitgani to\u02bbg\u02bbrisidagi hikoyat ko\u02bbpchiligimizga yaxshi tanish. Shunday ekan, kelajakni qo\u02bbsh qo\u02bbllab topshiradiganimiz yoshlarga ta\u02bclim-tarbiya beradigan odam uchun birovning qo\u02bbliga qaramaydigan, tamagirlik qilmaydigan boshqacha shart-sharoit kerak. Bunga esa, imkon qadar tezroq kirishish zarur. Uch kunlik go\u02bbdak tarbiyaga kech qolgan bo\u02bblsa, birinchi sinf bolasi qanchalar ortda ekanini o\u02bbylab ko\u02bbrish vaqti allaqachon kelgan. Ya\u02bcni, biz hozirning o\u02bbzidayoq ancha kech qolgan maqomdamiz. Xalqning ma\u02bcrifati yaxshilanmasa, ertaga davlat barbod bo\u02bblishini anglab yetgan holda harakat qilaylik-da. Mamlakat maorifsiz xuddi mo\u02bbrt g\u02bbishtdan qurilgan uydek bo\u02bblib qoladi, axir!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbqituvchi eng boobro\u02bb odam, chor-atrofdagi mahalla-qasabaning vijdoni bo\u02bblsin. \u201cQora mehnat egasi\u201d bo\u02bblib, maktabga majburiy mehnatga yuborilgan odamning kayfiyati bilan bormasin. Biz farzandimizga dakki bergani uchun qasos o\u02bbtida yonib, har turli qo\u02bbpolliklarga bormasdan, o\u02bbqituvchi kelayotganini ko\u02bbrib, sal chetga chiqishga, tavoze bilan o\u02bbtkazib yuborishga odatlanaylik. Shunda yosh avlod bu zotni hurmat qilishni o\u02bbrganadi. Mansabga mingan, lekin ta\u02bclimni yaxshilash uchun qayg\u02bburmasdan, faqat hujjatbozlik va hisobottalablik bilan shug\u02bbullanuvchi kimsalar ham. Ahamiyatini bir-ikki kitoblik so\u02bbz bilan aytib bo\u02bblmaydigan darajadagi muhim ishni qilayotgan odamni qadrlash \u2013 kelajak uchun jon kuydirish.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbqituvchilar Shveysariyada \u2013 6200, Germaniyada \u2013 4400 yevro, AQSH va Finlyandiyada 3900 dollar oylik oladi. Fransiyada haftasiga 19 soatlik dars uchun 3300 yevro to\u02bblanadi. Rossiyada 800 dollar, qo\u02bbshni Qozog\u02bbistonda esa malakasiga qarab 1000 dollargacha maosh beriladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yaponiya o\u02bbqituvchiga vazirning maoshi, imperatorning obro\u02bbsi va deputatning daxlsizligi berilgani bois bugun shunday darajaga yetgandir balki. Bu davlatda o\u02bbqituvchiga 4000 dollar to\u02bblanadi va maktablarda bir bo\u02bbsh o\u02bbringa 20 nomzod bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yuqorida aytilganidek, O\u02bbzbekistonda o\u02bbqituvchilar oyligi 5-6-yil oldingiga qaraganda birmuncha yuqori. 2017-yilda o\u02bbrtacha 1,1 million so\u02bbm berilgan bo\u02bblsa, 2021-yilda 2,3 millionga so\u02bbmga yetdi. Hozir 6-7 million oladiganlar ham bor. Lekin buncha oylik olish uchun ikki smenada ishlash, zimmaga qo\u02bbshimcha yuklamalar va boshqa tashvishlarni olish kerak.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Boshqalardan kattaroq oylik bilan ta\u02bcminlamasak, hech bo\u02bblmasa yengilliklar beraylik. Deylik, o\u02bbrnakka loyiq o\u02bbqituvchilarni rag\u02bbbat tariqasida sanatoriyga yuboraylik. Bepul! Yoki arzon uy-joy bilan ta\u02bcminlaylik, kommunal to\u02bblovlarini qisqartiraylik, arzon kredit beraylik, jamoat transportida bepul yursin. Boshqa o\u02bbqituvchilar ularga tenglashishga intiladi, malaka va mahoratini oshiradi, o\u02bbqiydi, izlanadi, o\u02bbrganadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Davlat kelajagi ta\u02bclim-tarbiyaga bog\u02bbliq ekan, o\u02bbqituvchilarni rozi qilib, hurmatini joyiga qo\u02bbyaylik-da endi!<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Madina MASHRABXON<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Har yili 1-oktabr arafasida uztoz-murabbiylarni tabriklaymiz, qo\u02bbliga topshiradigan yosh avlod ta\u02bclim-tarbiyasidagi g\u02bboyat muhim o\u02bbrni haqida ko\u02bbp alqovlarni aytamiz. Bu yaxshi. Lekin bir-ikki kun o\u02bbtganidan keyin o\u02bbqituvchilarni yana cho\u02bbqqidan yerga tushirib qo\u02bbyamiz. \u201cHa, nima, vazifasi shu bo\u02bblgandan keyin qilsin-da\u201d, \u201cAslida hamma ayb o\u02bbqituvchilarda\u201d, \u201cOnasi (otasi) o\u02bbqituvchi ekanmi, shuni oldinroq aytmaysizmi, yo\u02bbq, bo\u02bblmaydi\u201d kabi o\u02bbrganib qolgan jumlalarimiz &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":37855,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>MAMLAKAT MAORIFSIZ XUDDI MO\u02bbRT G\u02bbISHTDAN QURILGAN UYDEK BO\u02bbLIB QOLADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"MAMLAKAT MAORIFSIZ XUDDI MO\u02bbRT G\u02bbISHTDAN QURILGAN UYDEK BO\u02bbLIB QOLADI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37854&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"MAMLAKAT MAORIFSIZ XUDDI MO\u02bbRT G\u02bbISHTDAN QURILGAN UYDEK BO\u02bbLIB QOLADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"MAMLAKAT MAORIFSIZ XUDDI MO\u02bbRT G\u02bbISHTDAN QURILGAN UYDEK BO\u02bbLIB QOLADI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37854&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2024-10-01T05:01:57+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/maorifsiz011024.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"372\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"6 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37854&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37854&lang=oz\",\"name\":\"MAMLAKAT MAORIFSIZ XUDDI MO\u02bbRT G\u02bbISHTDAN QURILGAN UYDEK BO\u02bbLIB QOLADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37854&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37854&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/maorifsiz011024.jpg\",\"datePublished\":\"2024-10-01T05:01:57+00:00\",\"dateModified\":\"2024-10-01T05:01:57+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"MAMLAKAT MAORIFSIZ XUDDI MO\u02bbRT G\u02bbISHTDAN QURILGAN UYDEK BO\u02bbLIB QOLADI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37854&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37854&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37854&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/maorifsiz011024.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/maorifsiz011024.jpg\",\"width\":660,\"height\":372},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37854&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"MAMLAKAT MAORIFSIZ XUDDI MO\u02bbRT G\u02bbISHTDAN QURILGAN UYDEK BO\u02bbLIB QOLADI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"MAMLAKAT MAORIFSIZ XUDDI MO\u02bbRT G\u02bbISHTDAN QURILGAN UYDEK BO\u02bbLIB QOLADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"MAMLAKAT MAORIFSIZ XUDDI MO\u02bbRT G\u02bbISHTDAN QURILGAN UYDEK BO\u02bbLIB QOLADI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37854&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"MAMLAKAT MAORIFSIZ XUDDI MO\u02bbRT G\u02bbISHTDAN QURILGAN UYDEK BO\u02bbLIB QOLADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"MAMLAKAT MAORIFSIZ XUDDI MO\u02bbRT G\u02bbISHTDAN QURILGAN UYDEK BO\u02bbLIB QOLADI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37854&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2024-10-01T05:01:57+00:00","og_image":[{"width":660,"height":372,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/maorifsiz011024.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"6 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37854&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37854&lang=oz","name":"MAMLAKAT MAORIFSIZ XUDDI MO\u02bbRT G\u02bbISHTDAN QURILGAN UYDEK BO\u02bbLIB QOLADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37854&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37854&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/maorifsiz011024.jpg","datePublished":"2024-10-01T05:01:57+00:00","dateModified":"2024-10-01T05:01:57+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"MAMLAKAT MAORIFSIZ XUDDI MO\u02bbRT G\u02bbISHTDAN QURILGAN UYDEK BO\u02bbLIB QOLADI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37854&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=37854&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37854&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/maorifsiz011024.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/maorifsiz011024.jpg","width":660,"height":372},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37854&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"MAMLAKAT MAORIFSIZ XUDDI MO\u02bbRT G\u02bbISHTDAN QURILGAN UYDEK BO\u02bbLIB QOLADI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/37854"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=37854"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/37854\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":37856,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/37854\/revisions\/37856"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/37855"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=37854"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=37854"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=37854"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}