{"id":37764,"date":"2024-09-24T12:33:22","date_gmt":"2024-09-24T07:33:22","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=37764"},"modified":"2024-09-24T12:33:22","modified_gmt":"2024-09-24T07:33:22","slug":"etnoan%ca%bcana-va-etnoqadriyatlarning-oila-tarbiyasidagi-ayrim-xususiyatlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37764&lang=oz","title":{"rendered":"ETNOAN\u02bcANA VA ETNOQADRIYATLARNING OILA TARBIYASIDAGI AYRIM XUSUSIYATLARI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Butun jahonda ro\u02bby berayotgan globallashuv jarayonlari yosh avlod tarbiyasiga ham o\u02bbz ta\u02bcsirini o\u02bbtkazmay qolmaydi. Har bir ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy tomoni bo\u02bblgani singari, globallashuv jarayoni ham bundan mustasno emas. Shu nuqtai-nazardan, har bir fuqaroning oldiga Yangi O\u02bbzbekistonni barpo etishda yoshlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, turli zararli ta\u02bcsirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, mustaqil fikrga ega, barkamol shaxs qilib tarbiyalash vazifasi qo\u02bbyilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta\u02bckidlaganidek, \u201cYangi O\u02bbzbekistan \u2013 kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, madadga muhtoj insonlar va oilalarga chinakam ko\u02bbmak va yordam berish, mehr-oqibat ko\u02bbrsatish hayotimiz qoidasiga aylanib borayotgan ijtimoiy makondir. [1:27].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ta\u02bckidlash joizki, etnoan\u02bcana va etnoqadriyatlarning ijtimoiy taraqqiyotga ta\u02bcsiri keng qamrovli universal hodisa bo\u02bblib, shaxs shakllanishi, oila mustahkamligi va davlat barqarorligini ta\u02bcminlashda katta ahamiyatga egadir. Zero, oila jamiyat va davlat asosi bo\u02bblib, etnoan\u02bcana va etnoqadriyatlarni asrab-avaylash hamda kelajak avlodlarga yetkazish funksiyasini ham bajaradi. Oila milliy davlatimiz asosini tashkil etib, etnos madaniy birligini mustahkamlab boradi. Milliy urf-odatlar etnik guruhning, shuningdek, davlatning barqaror rivojlanish asosidir [2:6-7].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Oilaviy an\u02bcanalar birlik va etnik guruhga taalluqli bo\u02bblgan yagona yaxlitlik tuyg\u02bbusini ta\u02bcminlaydi. Oila a\u02bczolari o\u02bbrtasidagi o\u02bbzaro yordam, mehr-muhabbat, bir-birini qo\u02bbllab-quvvatlash kabi fazilatlar odatiy holga aylanib, oilaviy rishtalarni yanada mustahkamlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bunday an\u02bcanalar diniy yoki madaniy tadbirlar bilan uyg\u02bbunlashganda yoshlarda ishonch va g\u02bburur tuyg\u02bbusini uyg\u02bbotib, ularni turli xil yot, zararli ijtimoiy ta\u02bcsirlar domiga tushib qolishdan himoya qildai. Milliy an\u02bcanalar farzandlarga nafaqat o\u02bbziga xoslik va g\u02bburur tuyg\u02bbusini beradi, balki kelajak avlodlarda vorisiylik hissini ham shakllantirishga xizmat qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Etnoan\u02bcanalar va qadriyatlarning eng muhim jihati shundan iborat-ki, ular yosh avlodda o\u02bbzini-o\u02bbzi identifikatsiya qilishning eng kuchli xissini shakllantiradi. Shuningdek, oila a\u02bczolarini yanada ishonchli va mustahkam rishtalar bilan birlashtirib, o\u02bbzining etnik va oilaviy guruhga mansubligini to\u02bbla his qilish imkoniyatini yaratadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Oilaviy etnoan\u02bcanalarning afzalliklaridan yana biri xavfsizlik va osoyishtalikni ta\u02bcminlashdir. Bu, ayniqsa, zamonaviy axborotlashgan jamiyatda, globallashuv va kosmopolitizm taraqqiy etayotgan bir davrda yanada muhim ahamiyat kasb etadi. Oilaviy an\u02bcanalar buzg\u02bbunchi va zararli tashqi ta\u02bcsirlarga qarshi o\u02bbziga xos \u201cimmunitet\u201d vazifasini bajaradi. Asrlardan beri ajdodlarimizdan qolib kelayotgan oilaviy marosim va urf-odatlar farzandlar hayotida muhim jarayon bo\u02bblib, ular yoshlarni tashqi tahdidlar, turli g\u02bbarazli kuchlar va virtual voqelikning salbiy ta\u02bcsirlaridan ma\u02bclum darajada yiroqlashtiradi. Shuningdek, yoshlarni real hayotning mohiyatini yanada teranroq anglab yetishida ham g\u02bboyat ahamiyatlidir. Shu sabab oilaviy an\u02bcanalar tezkor o\u02bbzgarayotgan dunyo tahlikalari va xurujlaridan ma\u02bclum darajada himoya vositasini ham bajaradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu jarayonlarning barchasi etnoan\u02bcanalar bilan chambarchas bog\u02bbliq bo\u02bblib, avval mavjud bo\u02bblgan normalar, urf-odatlar, qoidalar va boshqa shu kabi hodisalarni qayta baholash zaruriyatini anglatadi. An\u02bcanalar ijtimoiy-madaniy merosning asosiy elementi sifatida avloddan avlodga o\u02bbtadi va muayyan jamiyatlar, sinflar va ijtimoiy guruhlarda uzoq vaqt saqlanib qoladi. \u201cVorisiylik ananalari buzilsa, har qanday jamiyat ham ichdan nuray boshlaydi\u201d. [3:29]<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Oilaning etnik yo\u02bbnaltirilgan ijtimoiy-madaniy tavsifi shaxsni shakllantirishga, uning madaniy rivojlanishi va ma\u02bcnaviy qiyofasiga ma\u02bclum darajada ta\u02bcsir ko\u02bbrsatadi. Bu ta\u02bcsirlashuv jarayonlari turli omil va vositalar orqali, masalan, shaxsning shaxsiy hayotiga tegishli nikoh munosabatlarida, shaxsning ota-onasi bilan shaxsiy munosabatida, farzandlar va qarindoshlar o\u02bbrtasidagi o\u02bbzaro aloqalarida, shuningdek, ruhiy va individual kechinmalarida amalga oshadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Oilaning etnomadaniy qadriyatlari ijtimoiy taraqqiyotni o\u02bbziga xos tarzda aks ettiradi va voqea-hodislarning o\u02bbzga qirralarini ham namoyon qilishga yordam beradi. Oila madaniyat, etnoan\u02bcana va urf-odatlarning barqaror amal qilishi va rivojlanishiga bevosita ta\u02bcsir qiladi va umumlashtiradi. Shu tariqa xalq va jamiyat o\u02bbz ehtiyojlaridan kelib chiqib, go\u02bbzallik, ulug\u02bbvorlik qonuniyatlariga va tamoyillariga amal qilgan holda, nafaqat milliy urf-odat va an\u02bcanalarni, balki o\u02bbrnatilgan oilaviy marosim va urf-odatlarni ham yarata boradi. Oilaviy marosimlar barqaror va mustahkam bo\u02bblishiga qaramay, ular vaqt o\u02bbtishi bilan ma\u02bclum darajada o\u02bbzgaradi, yangi sharoit va ehtiyojlar tizimiga moslasha boradi. Shunday qilib, milliy urf-odatlar va marosimlar, oilaviy an\u02bcanalar uyg\u02bbunlashuvi halq ma\u02bcnaviy hayotining ajralmas qismiga aylanadi. O\u02bbz mazmuni va mohiyati ila ular zamonaviy davrga moslashadi va yoshlar tarbiyasiga juda katta ta\u02bcsirni o\u02bbtkazadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Oilaviy etnoan\u02bcanalarni asrab-avvaylash milliy o\u02bbz-o\u02bbzini anglashni shakllantirish va milliy o\u02bbzlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Oilaviy marosimlar va munosabatlar, o\u02bbzaro aloqalar, shajara va qon-qarindoshlikni kelib chiqishi, ajdodlarimiz kim bo\u02bblgan va biz kimning avlodlarimiz kabi tushunchalarni shakllantirishga yordam beradi. Bu esa oila tarixini bilishga va unga hurmat bilan munosabatda bo\u02bblishga xizmat qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu bilan birga, madaniyat o\u02bbzining barcha umuminsoniy ko\u02bbrsatkichlari bilan ma\u02bclum bir xalqning, etnik guruhlar manfaatlarini ham aks ettiradi. Bu jarayon oilaviy tarbiya vositasida samarali amalga oshiriladi.[4:104-105] Oila turmush tarzi shaxsning shakllanish jarayoniga bevosita ta\u02bcsir etadi. Oilaning milliy madaniyat va shaxs o\u02bbrtasidagi vositachilik vazifasini qay darajada amalga oshirilishi shaxsga ham, etnik guruhning darajasiga ham bevosita bog\u02bbliqdir. Oila va milliy madaniyat tushunchalari ajralmas tushunchalar bo\u02bblib, ular doimo bir-birini to\u02bbldirib keladi. Oilaviy turmush tarzi milliy madaniyat xarakterini belgilaydi. Shu bilan birga, milliy madaniyat hamisha oilaviy an\u02bcanalar posboni vazifasini bajarib kelgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Milliy madaniyat ko\u02bbp jihatdan oilaviy milliy qadriyatlarga, ertaklar, hikoyalar, turli xil asori-atiqalar, urf-odatlar, marosimlar, an\u02bcanalar kabi ko\u02bbplab vositalar yordamida asrab-avaylanadigan va avloddan-avlodga o\u02bbtadigan birlamchi muhitga asoslanadi. Aynan mana shu tushunchalar asosida millat mentaliteti mustahkamlanadi va rivojlanadi, uning ma\u02bcnaviy birligi va davomiyligi saqlana boradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Markaziy Osiyo xalqlarining milliy madaniyati ilm-fanga tashnaligi, bilimga intilishi, mehnatevarligi, burch va mas\u02bculiyatni xis eta olishi, oilasevarligi, mehmondo\u02bbstligi, vatanparvarligi, ota-ona va kattalarni hurmat qilishi, yetim-yesir va nogironlarni qo\u02bbllab-quvvatlash kabi go\u02bbzal fazilatlari bilan alohida ajralib turadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Etnoan\u02bcana va etnomadaniyatni asrab-avaylash oilada milliy tilga bo\u02bblgan e\u02bctibor bilan bevosita bog\u02bbliqdir. Bola dastlab til ko\u02bbnikmalarini oila davrasida egallaydi. Agar ushbu jarayonlar milliy tilda sodir bo\u02bblsa, demak, bu omil oilaning milliy madaniyatini saqlash va vorisiylikni amalga oshirishda hal qiluvchi rol o\u02bbynaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Agar xalq o\u02bbtmishning boy tajribasi, mehr-oqibat, tinchlik-osoyishtalik, rahm-shavqat, bag\u02bbrikenglik kabi qadriyatlarini hisobga olgan holda zamonaviy voqelikni yaxshiroq aks ettirishga qaratilgan milliy g\u02bboyaning yangi konsepsiyasini izlayotgan bo\u02bblsa, oilaviy tarbiya vazifalari yanada murakkablashadi. [5:84]<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Etnomadaniyatning keyingi taqdiri, etnik guruhning zamonaviy dunyoda tutgan o\u02bbrni, oilada paydo bo\u02bblgan muammolarni qanchalik muvaffaqiyatli hal qila olishiga bog\u02bbliq. Bunday paytda madaniy hayot o\u02bbziga xos xususiyatga ega bo\u02bblishi mumkin. Avvallo, albatta tarixiy meros, diniy an\u02bcanalar va marosimlarga e\u02bctibor qaratish kerak bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shunday qilib, har bir etnos o\u02bbz xalqining an\u02bcanalari, o\u02bbziga xos xususiyatlari, madaniyati va etnoqadriyatlarini himoya etishi etnik guruhlar shakllanishiga bevosita bog\u02bbliqdir. Shuningdek, etnoan\u02bcanalar va etnoqadriyatlar, ma\u02bclum bir davlatda millatning shakllanishi, uning mustahkamlana borishi, rivojlanishi mamlakat mustaqilligi va suverenitetini saqlab qolishda ham juda muhimdir. Zero, oila doimo davlatning diqqat markazida va himoyasida bo\u02bblgan. Oilani asrab-avaylash, uni qo\u02bbllab-quvvatlash milliy madaniyatni saqlash va rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor vazifasidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yuqorida bayon etilgan fikrlar oilaviy tarbiyada etnoan\u02bcana va etnoqadriyatlarning roli qanchalik muhim ekanligini yana bir bora isbotlaydi. Zero, globallashuv davrida, ko\u02bbp madaniyatli jamiyatda oilaviy tarbiya orqali etnomadaniy an\u02bcanalarni saqlab qolish, madaniy xilma-xillikni saqlashning asosiy omiliga aylanmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Etnoan\u02bcana va urf-odatlar yosh avlod tarbiyasida ulkan ahamiyat kasb etib, ularda ma\u02bclum bir ijtimoiy-madaniyat va etnik guruhga mansubligini, o\u02bbz xalqi madaniyatiga hurmat ruhini shakllantirish hissini shakllantirishga yordam beradi. Etnik an\u02bcanalar oilaviy rishtalarni mustahkamlashda samarali vosita bo\u02bblib, u oila a\u02bczolarida o\u02bbzaro tushunish va totuvlik muhitini yaratadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Oilaviy tarbiyada etnoan\u02bcanalarni saqlash bugungi kunda tobora tarqalib borayotgan assimilyatsiya jarayonlariga qarshi tura olish va har bir etnik guruh madaniyatining o\u02bbziga xosligini saqlab qolishga yordam beradi. Etnomadaniy qadriyatlar faol bo\u02bblgan oilalarda tarbiyalangan bolalar ko\u02bbpincha ruhan kuchli, o\u02bbziga ishongan bo\u02bblib voyaga yetadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa qilib aytganda, oilada yosh avlodni etnoan\u02bcana hamda etnoqadriyatlar asosida tarbiyalash bugungi kunda yanada dolzarb va barkamol avlodni shakllantirishning muhim omili hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>Foydalanilgan adabiyotlar:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Mirziyoyev Sh.M. Yangi O\u02bbzbekiston strategiyasi [Matn] \/ Sh.M. Mirziyoyev. &#8211; T.: O\u02bbzbekiston, 2021. \u2013 B. 464.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Alimasov V. Madaniyat falsafasi. \u2013 T.: Donishmand ziyosi, 2023. \u2013 B. 6-7.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Zohirov R. Oila institutini mustaxkamlashda ma\u02bcnaviy-axloqiy tarbiyaning ahamiyati. \u2013 Qarshi. Nasaf, 2022. \u2013 B. 188.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Urazaliyeva G. Nekotor\u044bye aspekt\u044b izmeneniya sotsialn\u044bx sennostey v sovremennoy uzbekskoy semye. Tom. 4 \u2116 2 (2024): Mejdunarodn\u044by jurnal filosofskix issledovaniy i sotsialn\u044bx nauk. \/ https:\/\/ijpsss.iscience.uz\/index.php\/ijpsss. \u2013 S. 103-106<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Filosofskiy ensiklopedicheskiy slovar \/ Gl. red.: L.F.Ilichyov, P.N.Fedoseyev, S.M.Kovalyov, V.G.Panov \u2013 M., 1983. \u2013 S.840.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">GULSHADA O\u02bbRAZALIYEVA,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzMU doktoranti, sotsiologiya fanlari nomzodi, dotsent<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Butun jahonda ro\u02bby berayotgan globallashuv jarayonlari yosh avlod tarbiyasiga ham o\u02bbz ta\u02bcsirini o\u02bbtkazmay qolmaydi. Har bir ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy tomoni bo\u02bblgani singari, globallashuv jarayoni ham bundan mustasno emas. Shu nuqtai-nazardan, har bir fuqaroning oldiga Yangi O\u02bbzbekistonni barpo etishda yoshlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, turli zararli ta\u02bcsirlar va oqimlarga &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":37765,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>ETNOAN\u02bcANA VA ETNOQADRIYATLARNING OILA TARBIYASIDAGI AYRIM XUSUSIYATLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"ETNOAN\u02bcANA VA ETNOQADRIYATLARNING OILA TARBIYASIDAGI AYRIM XUSUSIYATLARI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37764&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"ETNOAN\u02bcANA VA ETNOQADRIYATLARNING OILA TARBIYASIDAGI AYRIM XUSUSIYATLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"ETNOAN\u02bcANA VA ETNOQADRIYATLARNING OILA TARBIYASIDAGI AYRIM XUSUSIYATLARI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37764&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2024-09-24T07:33:22+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/etnoqaryat.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"495\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"6 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37764&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37764&lang=oz\",\"name\":\"ETNOAN\u02bcANA VA ETNOQADRIYATLARNING OILA TARBIYASIDAGI AYRIM XUSUSIYATLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37764&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37764&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/etnoqaryat.jpg\",\"datePublished\":\"2024-09-24T07:33:22+00:00\",\"dateModified\":\"2024-09-24T07:33:22+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"ETNOAN\u02bcANA VA ETNOQADRIYATLARNING OILA TARBIYASIDAGI AYRIM XUSUSIYATLARI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37764&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37764&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37764&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/etnoqaryat.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/etnoqaryat.jpg\",\"width\":660,\"height\":495},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37764&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"ETNOAN\u02bcANA VA ETNOQADRIYATLARNING OILA TARBIYASIDAGI AYRIM XUSUSIYATLARI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"ETNOAN\u02bcANA VA ETNOQADRIYATLARNING OILA TARBIYASIDAGI AYRIM XUSUSIYATLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"ETNOAN\u02bcANA VA ETNOQADRIYATLARNING OILA TARBIYASIDAGI AYRIM XUSUSIYATLARI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37764&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"ETNOAN\u02bcANA VA ETNOQADRIYATLARNING OILA TARBIYASIDAGI AYRIM XUSUSIYATLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"ETNOAN\u02bcANA VA ETNOQADRIYATLARNING OILA TARBIYASIDAGI AYRIM XUSUSIYATLARI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37764&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2024-09-24T07:33:22+00:00","og_image":[{"width":660,"height":495,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/etnoqaryat.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"6 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37764&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37764&lang=oz","name":"ETNOAN\u02bcANA VA ETNOQADRIYATLARNING OILA TARBIYASIDAGI AYRIM XUSUSIYATLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37764&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37764&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/etnoqaryat.jpg","datePublished":"2024-09-24T07:33:22+00:00","dateModified":"2024-09-24T07:33:22+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"ETNOAN\u02bcANA VA ETNOQADRIYATLARNING OILA TARBIYASIDAGI AYRIM XUSUSIYATLARI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37764&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=37764&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37764&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/etnoqaryat.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/etnoqaryat.jpg","width":660,"height":495},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37764&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"ETNOAN\u02bcANA VA ETNOQADRIYATLARNING OILA TARBIYASIDAGI AYRIM XUSUSIYATLARI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/37764"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=37764"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/37764\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":37766,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/37764\/revisions\/37766"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/37765"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=37764"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=37764"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=37764"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}