{"id":37658,"date":"2024-09-20T08:04:24","date_gmt":"2024-09-20T03:04:24","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=37658"},"modified":"2024-09-20T10:04:58","modified_gmt":"2024-09-20T05:04:58","slug":"sayyid-abdulloh-mushkin-qalam-vasfiy-termiziy-hayoti-va-adabiy-merosining-germenevtik-tadqiqi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37658&lang=oz","title":{"rendered":"SAYYID ABDULLOH MUSHKIN QALAM VASFIY TERMIZIY HAYOTI VA ADABIY MEROSINING GERMENEVTIK TADQIQI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Har bir mamlakatning o\u02bbz tarixi, diniy va milliy qadriyatlari borligi barchamizga ma\u02bclum. Ona yurtimiz \u2013 O\u02bbzbekiston zamini ham azaldan o\u02bbzining bebaho qadriyatlari bo\u02bblgan ma\u02bcnaviy va moddiy boyliklari bilan dunyo xalqlari turmush tarziga va madaniyatiga ijobiy ta\u02bcsir ko\u02bbrsatgan. Dunyo olimlari hamon ajdodlarimizga, boy madaniy merosimizga alohida hurmat va ehtirom bilan qaraydi. Yurtimizning har bir go\u02bbshasida ulug\u02bb zotlarning qo\u02bbnim topgan maskanlari borligi bizning ulug\u02bb zotlar avlodi bo\u02bblganimizdan dalolat beradi. Samarqandiylardan \u2013 Imom Moturidiy Samarqandiy, Abu Lays Faqih Samarqandiy, Hakim Samarqandiy, Ashraf Samarqandiy, Fitrat Samarqandiy, Nizomiy Aruziy Samarqandiy, Davlatshoh Samarqandiy, Bayoziy Samarqandiy, Mutribiy Samarqandiy,\u00a0 Buxoriylardan \u2013 Imom Buxoriy, Abu Hafs Kabir Buxoriy, Abu Hafs Sag\u02bbir Buxoriy, Ubaydulloh Mas\u02bcud Buxoriy, Imlo Buxoriy, Xayoliy Buxoriy, Shavkat Buxoriy, Sayyid Muhammad Buxoriy, Shoshiylardan (hozirgi Toshkent shahri), Badriddin Shoshiy, Badr Shoshiy, Qaffol Shoshiy, Andijondan \u2013 Burhonuddin Marg\u02bbinoniy, Zahiriddin Muhammad Bobur Andijoniy, Avhaduddin Axsikatiy, Xorazmiylardan \u2013 Al-Xorazmiy, Mahmud Zamaxshariy, Najmiddin Kubro, Nasafiylardan \u2013 Imom Nasafiy, Najmiddin Umar Nasafiy, Qalonsaviy Nasafiy, Ziyouddin Nasafiy, Aziziddin Nasafiy, Sayyido Nasafiy, Keshiylardan \u2013 Abd ibn Humayd Keshiy, Abu Shakur Solimiy Keshiy, Farg\u02bboniylardan \u2013 Ahmad Farg\u02bboniy,\u00a0 Chag\u02bboniylardan (hozirgi Denov, Sariosiyo, Uzun, Sho\u02bbrchi, Oltinsoy hududlari) Tohir Chag\u02bboniy, Roziyuddin Chag\u02bboniy, Hasan Chag\u02bboniy, Xoja Alouddin Attor, Xoja Hasan Attor, Mavlono Ya\u02bcqub Charxiy, Muhammad Zohid Vaxshuvoriy,\u00a0 So\u02bbfi Olloyor, Sayqaliy Hisoriy, Mavlaviy Jununiy, Termiziylardan \u2013 Imom Termiziy, Hakim Termiziy, Abu Bakr Varroq Termiziy, Adib Sobir Termiziy, Abu Ja\u02bcfar Termiziy, Umar Termiziy, Sayyid Burhoniddin Muhaqqiq Termiziy, Xoja Samandar Termiziy, Mirsafo Termiziy, Mushkin qalam Termiziy, Judoiy Termiziy, Sayyid Ali Termiziy (Pirbobo), Fathiy Termiziy, Kashfiy Termiziy, Arshiy Termiziy kabi yurtimizning yuzlab allomalari nomini tilga olish mumkin. Yuqorida nomlari tilga olingan mutafakkir zotlarning boy ilmiy-adabiy merosini o\u02bbrganish va keng ilmiy jamoatchilikka taqdim etish muhim masalalardan sanaladi. Shu nuqtayi nazardan ushbu maqolada Termiziylarning yetuk namoyandalaridan biri \u2013 Mushkin qalam Vasfiy Termiziy hayoti va merosi haqida so\u02bbz yuritiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xorij manbashunos olimlari bugungi kunga qadar termiziylar adabiy merosi bo\u02bbyicha keng qamrovli tadqiqot ishlarini amalga oshirgan. Adib Sobir Termiziy hayoti va merosi tadqiqi borasida fors olimi Muhammad Donishgarning ilmiy ishlari muhim ahamiyatga molik[2:9], Sayyid Burhoniddin Muhaqqiq Termiziy hayoti va merosi bo\u02bbyicha fors olimlaridan Badiuzzamon Furuzonfar[10:106] va Tavfiq Hoshimpur Subhoniyning bir qator ilmiy ishlarini sanash mumkin [5:24]. Shuningdek, Amir Muizziy, Munjik Termiziy va bir qator termiziylar adabiy merosi va asarlari poetikasi haqida Ehson Shavorib Muqaddam [6:7], Muhammad Ali Nosih [1:17], Muhammad Donishgar, Ahmadrizo Yalmaho [4:3-9], Nosir Hiriy [3:10-18] va Abbos Iqbol [11:88] kabi olimlarning ilmiy izlanishlari diqqatga sazovor. Ushbu mavzu borasida esa A.Murodov, M.Kenjabek, J.Mirzayev, B.Murtazoyev va J.Cho\u02bbtmatov o\u02bbz tadqiqotlarida avtobiografik ma\u02bclumotlarni taqdim etgan. A.Murodov \u201cO\u02bbrta Osiyo xattotlik san\u02bcati tarixidan\u201d nomli asarida Sayyid Abdulloh Mushkin qalam Vasfiy Termiziy mohir xattot va rassom bo\u02bblganini tilga oladi [7:25].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ismi Mir Sayyid Abdulloh, taxallusi \u201cVasfiy\u201ddir. Muhammad Solih Kashfiyning \u201cManoqibi Murtazoviy\u201d asari muqaddimasida Kurush Mansuriy \u201cMir Sayyid Abdulloh Kirmoniy\u201d yoki \u201cMir Sayyid Muzaffar\u201d kabi ismlarni ham muallifga nisbat bergan. Uning she\u02bcriyatdagi taxallusi \u201cVasfiy\u201d bo\u02bblsa, o\u02bbz zamonasining mohir xattoti bo\u02bblgani sababli \u201cMushkin qalam\u201d unvoni berilgan. \u201cBuyuk Termiziylar\u201d kitobida Vasfiy Termiziy taxallusi \u201cVosifiy\u201d deb yozilgan. Biroq muallif o\u02bbz she\u02bcrlarida \u201cVasfiy\u201d taxallusini qo\u02bbllagan. Muhammad Solih Kashfiy Termiziyning \u201cManoqibi Murtazoviy\u201d asarida ham \u201cVasfiy\u201d deb tilga olinadi. Mir Sayyid Abdulloh Shoh Qosim Anvorning avlodi va Shoh Ne\u02bcmatulloh Valiyning farzandi bo\u02bblganini Kurushi Mansur ta\u02bckidlab o\u02bbtadi. [8:11]. \u201cTermiziy\u201d nisbasini olishi esa bevosita \u201cTermiziy\u201d sayyidlar avlodidan bo\u02bblgani bilan bog\u02bbliq. Vasfiyning ota-bobolari Hindistonga ko\u02bbchib borib, shu yerda qo\u02bbnim topgan. Mutafakkir umrining oxirigacha shu yerda yashagan. Akbarshoh va Jahongirshoh saroyida mohir xattot va shoir sifatida keng shuhrat qozongan. Shoir o\u02bbz taxallusi va unvoni borasida shunday deydi:<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>\u201cVasf<\/em><em>\u04e3<\/em><em>\u201d taxallusi manu \u201cMushkin qalam\u201d xitob,<\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>In nomho zi shohu shohanshoh yoftam.<\/em><\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazmuni: Menga taxallusim \u201cVasfiy\u201d va \u201cMushkin qalam\u201d deb murojaat qilishadi, bu nomlarni Shoh Ne\u02bcmatulloh Valiyning ma\u02bcnaviy tarbiyasi hamda Podshohlarning podshohi mehribonligidan topdim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muallif asarlarni ko\u02bbchirganida kotib \u201cAbdulloh Mushkin qalam\u201d deb yozgan. \u201cMushkin qalami\u201d unvoni\u00a0 mohir xattot, kotib va rassom bo\u02bblgani uchun berilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tavalludi va vafoti. Mir Sayyid Abdulloh 1560-yillar atrofida Dehli shahrida dunyoga kelgan. Bu zotning tavallud sanasi aniq ma\u02bclum emas. \u201cManoqibi Murtazoviy\u201d asarida Akbarobod shahrida tavallud topgan bo\u02bblishi mumkinligi taxmin qilinadi. Vafoti sanasi 1625-yildir. Baxtovarxon ismli tarixchining \u201cXattotlar haqida risola\u201d asarida Vasfiyning vafoti 1615-yil deb ko\u02bbrsatilgan. Mutafakkir qabri bugungi kunda Hindistonning Ajmir shahrida joylashgan. Ammo ko\u02bbplab tarixiy manbalarda Vasfiy 1625-yil vafot etgani aytilgan. Shuning uchun ushbu sana tarixiy haqiqatga yaqinroq bo\u02bblishi mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Vasfiy Termiziy hayoti va manoqibi (axloqiy xarakteri) borasida ikki o\u02bbg\u02bbli \u2013 Muhammad Solih Kashfiy va Muhammad Amin Arshiy tomonidan \u201cFoyizul qulub\u201d (Muhammad Solih Kashfiy) va \u201cFotihul qulub\u201d (Muhammad Amin Arshiy) asarlarida keng ma\u02bclumot berilgan. Ushbu asarning o\u02bbziga xos jihati shundan iboratki, unda Mushkin qalamning individual xarakteri, valiylik maqomi, ilm borasidagi muhabbati, shaxsiy fazilati, olimlarga ehtiromi, parhezkorligi va faqirona hayoti tasvirlangan. Shuningdek, ushbu asarlarda boshqa valiylar axloqi haqida ham to\u02bbxtab o\u02bbtilgan. Muhammad Solih Kashfiy asarning ko\u02bbp joylarida \u201cValoyati ilm Amir Abdulloh Mushkin qalam quddisa sirruhu\u201d (\u201cIlm sarboni Amir Abdulloh Mushkin qalamni Alloh sirini muhofaza etsin\u201d) iborasini takror keltiradi. Muhammad Mumin Arshiy otasi vafot etganda \u201cZi dunyoi daniy qutbi zamon raft\u201d (\u201cArzimas olamdan zamona qutbi safar qildi\u201d), dafn etilgan joyni \u201cRavzai jovid\u201d (\u201cAbadiy bog\u02bb\u201d) [9:964-967], deb keltiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Vasfiy qaysi tariqatga ergashganini quyidagi fakt orqali bilish mumkin. Ma\u02bclumki, Vasfiy yashagan davrda Abdulqodir Jiloniy asos solgan Qodiriya tariqati Hindistonda ham keng tarqalgan edi. Shu tariqat ta\u02bclimoti va g\u02bboyalari ta\u02bcsiri ostida shakllangan Chishtiya tariqati ham keyinchalik musulmonlar orasida tarqala boshlaydi. Tabiiyki, Vasfiy Termiziyga ijtimoiy muhit o\u02bbz ta\u02bcsirini ko\u02bbrsatadi. Shuningdek, mutafakkir she\u02bcrlariga ham ushbu tariqat g\u02bboyalari sezilarli darajada ta\u02bcsir ko\u02bbrsatgan. Bundan ko\u02bbra kuchliroq dalil esa Muhammad Solih va Muhammad Amin yozgan asarlardagi ma\u02bclumotlarda Vasfiyning Chishtiya tariqati namoyandasi sifatida ko\u02bbrsatilganidir. Vasfiyga ushbu tariqat sir asrori haqida Shayx Fayzulloh Sahoranpuriy dars bergan. \u201cFoyizul qulub\u201d asaridagi voqealar ko\u02bbproq Vasfiyning Xoja Muiniddin Chishtiy xonaqohida o\u02bbtkazgan damlarini o\u02bbz ichiga oladi. Mutafakkir o\u02bbzini Abdulqodir Jiloniyning ma\u02bcnaviy shogirdi sifatida bilar edi. \u201cFehristi nusxahoi xatti Pokiston\u201d kitobida keltirilishicha, \u201cFotihul qulub\u201d va \u201cFoyizul qulub\u201dda kelgan ma\u02bclumotlar \u201csharhi holi botini Mushkin qalam\u201d, ya\u02bcni Mushkin qalamning botiniy olami sharhlar majmui hisoblanadi. Ushbu asarlar ikki ulug\u02bb farzandi tomonidan yozildi va bu risolani doktor Muin Nizomiy nashrga tayyorlagan\u201d [9:964-967]. Muhammad Solih Kashfiy otasi tilidan naql etadiki,<\/span><\/p>\n<div dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'arial black', sans-serif;\"><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">\u062f\u0631 \u0627\u06cc\u0627\u0645 \u0634\u0628\u0627\u0628 \u0627\u06a9\u062b\u0631 \u0645\u0637\u0627\u0644\u0639\u0647 \u062a\u0630\u0643\u0631\u0629 \u0623\u0648\u0644\u064a\u0627 \u0645\u06cc \u0646\u0645\u0648\u062f\u0645 \u0648<\/span><\/strong><\/span><\/div>\n<div dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'arial black', sans-serif;\"><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">\u00a0\u0627\u0632\u0633\u062e\u0646\u0627\u0646\u062d\u0642\u0627\u0642\u06cc\u0642\u0628\u06cc\u0627\u0646\u0634\u0641\u06cc\u0648\u0636\u0645\u06cc\u0628\u0631\u062f\u0645<\/span><\/strong><\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">[9:964-967]<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">(Yoshlikda ko\u02bbproq valiy zotlar haqida asarlarni o\u02bbqirdim va ularning haqiqat maqomiga eltuvchi so\u02bbzlaridan fayz olardim).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu asarda Kashfiy otasining fazilati barakasidan ulug\u02bb martabaga erishgani va xalq orasida keng shuhrat qozonganini ham alohida e\u02bctirof etadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yoshligi va ilm o\u02bbrganishi. Vasfiy ilk boshlang\u02bbich ta\u02bclimni ota-onasidan olib, so\u02bbngra zamondosh ulamolardan biri Fayzulloh Bahornapuriydan tasavvuf ilmini o\u02bbrganadi. Sanoiy G\u02bbaznaviy, Fariduddin Attor, Jaloliddin Rumiy, Muslihiddin Sa\u02bcdiy Sheroziy, Hofiz Sheroziy kabi sharq mutafakkirlari merosidan bahramand bo\u02bblib, orifona she\u02bcrlar yozishga intiladi. Nasx va nasta\u02bcliq xat turlarini juda chiroyli yozardi. Qodiriya tariqati ustozlaridan tariqat sayru sulukini o\u02bbrganadi va ma\u02bcnaviy merosini shu g\u02bboyalar ta\u02bcsirida yozadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Boy ma\u02bcnaviy merosi. Termiziyshunos olim Kurush Mansurning ta\u02bckidlashicha, Vasfiy Termiziydan she\u02bcriy \u201cDevon\u201d va beshta masnaviy janridagi she\u02bcr qolgan. Shoir she\u02bcriyati mazmuni ko\u02bbproq axloqiy mavzularga oiddir. Ijodkor individual xarakteriga bog\u02bbliq hasbiya baytlaridan birida o\u02bbzining kamgapligi, odamlar bilan bo\u02bblar-bo\u02bblmas narsalarda tortishishni yoqtirmaganini shunday izohlaydi.<\/span><\/p>\n<div dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'arial black', sans-serif;\"><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">\u0646\u0647 \u062d\u0631\u0641 \u0628\u0627 \u06a9\u0633 \u0648 \u0646\u0647 \u06af\u0648\u0634 \u0628\u0627 \u062d\u0631\u0641 \u06a9\u0633<\/span><\/strong><\/span><\/div>\n<div dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'arial black', sans-serif;\"><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">\u0628\u0631\u0647\u0645 \u0632\u062f\u06cc \u0634\u0639\u0631 \u0633\u0648\u0627\u0644 \u062c\u0648\u0627\u0628 \u0631\u0627<\/span><\/strong><\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">[9: 13].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazmuni: Na bir kishi bilan ortiqcha suhbat, na bir kishining bo\u02bblar-bo\u02bblmas so\u02bbziga quloq solish bor, sen shu xislat bilan savol-javob (behuda bahs-munozara) qilish shioridan voz kechding.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xattotlik mahorati. O\u02bbrta Osiyoda xattotlik san\u02bcati taraqqiyoti Amir Temur va temuriylar davridan boshlangan. Husnixat san\u02bcati dastlab Xuroson poytaxti Hirotda rivojlanib, u yerda Sulton Ali Mashhadiy boshliq yirik xattotlik maktabi tashkil topadi. Maktabning o\u02bbziga xos xususiyati shundan iborat ediki, bu yerda asosan Mir Ali Tabriziy yaratgan nasta\u02bcliq xat uslubi Sulton Ali tomonidan takomillashtiriladi. Bu uslub yirik va mayda nasta\u02bcliq kitobat ishlarida keng qo\u02bbllanib, badiiy va tarixiy asarlar faqat nasta\u02bcliq xatida kitobat qilingan. Diniy va ba\u02bczi ilmiy asarlar esa ko\u02bbproq me\u02bcmorchilik, naqqoshlik san\u02bcatida va Sharq epigrafiyasida ishlatilgan. XVI asrda Temuriylar saltanati inqirozga yuz tutib, siyosiy hukmronlik Shayboniylar qo\u02bbliga o\u02bbtishi bilan Buxoroda madaniy hayot ma\u02bclum darajada taraqqiy topadi. Hirot xattotlari, rassomlari va madaniyat arboblaridan bir qismi Buxoroga keladi. U yerda Buxoroning o\u02bbziga xos yangicha kitobat va husnixat san\u02bcati rivoj topadi. XVI va XVII asrlarda yashab ijod etgan Buxoro xattotlari husni xat bobida o\u02bbziga xos uslub \u2013 Buxoro xattotlik maktabini yaratadi [7: 48].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Demak, Temuriylar davrida xattotlik, naqqoshlik va rassomlik keng rivoj topib, butun Movarounnahr, Xuroson va Hindiston kabi o\u02bblkalarda tarqalgan. Ayniqsa, Boburiylar sulolasi davrida Hindistonda xattotlik, naqqoshlik, rassomlik va sharqona binokorlik taraqqiy topadi. Bu nafis san\u02bcat turlarini Akbarshoh va Shohjahon yanada kengroq rivojlantirishga intilib, mohir xattot, rassom va naqqoshlarni o\u02bbz saroyiga xizmatga jalb qiladi. Bular qatori Mushkin qalam Vasfiy Termiziy, Muhammad Solih Termiziy, Arshiy Termiziy, Nomiy Termiziy va Judoiy Termiziylarni sanash mumkin. Ushbu zotlar orasida Mushkin qalam Vasfiy Termiziy chiroyli husni xati bilan ajralib turardi.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Vasfiy Termiziy Akbarshoh va Shohjahon hukmronligi davrida saroyda xattotlik bilan shug\u02bbullanadi. Bir qancha asarlarni nasta\u02bcliq xati bilan ko\u02bbchiradi. Saroy mulozimlari uning husni xatini ko\u02bbrib \u201cMushkin qalam\u201d deb unvon beradi. Vasfiyning har ikki o\u02bbg\u02bbli \u2013 Kashfiy va Arshiy ham o\u02bbz zamonasida mohir xattot bo\u02bblgani bevosita otasi kasbini davom ettirganidan dalolat beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Vasfiy Termiziy Boburiylar hukmronligi davrida xattotlik maktabini yanada jonlantirishda jonbozlik ko\u02bbrsatadi. Uning husni xati ko\u02bbpchilikni o\u02bbziga maftun qilardi. Zamondoshlari uni ushbu hunari uchun \u201cMushkin qalam\u201d (\u201cQalam xushbo\u02bby\u201d) deyishardi. Nasta\u02bcliq xatida Shohg\u02bbiyos va Roqimiy kabi xattotlarga shogird tushgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cMir\u02bcotul olam\u201d va \u201cShohjahonnoma\u201d asarlarida Vasfiy Termiziy ijodi borasida quyidagilar yozilgan: \u201cKo\u02bbplab oshiqona she\u02bcrlari bor, tabiati toza eranlardandir\u201d [8: 12]. Bundan kelib chiqadiki, Vasfiy Termiziy she\u02bcriyati oshiqona, orifona va badiiy tasvirlarga boy ekan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mushkinqalam Vasfiy Termiziyning ikkita o\u02bbg\u02bblining nomi manbalarda zikr etiladi. Muhammad Solih Kashfiy Termiziy va Mirmuhammad Mumin Arshiy Termiziy. Qizlari va boshqa farzandlari borligi yoki yo\u02bbqligi haqida biz tekshirgan manbalarda ma\u02bclumot uchratmadik.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Vasfiy Termiziy o\u02bbzidan keyin boy ma\u02bcnaviy meros qoldirgan. Orifona, oshiqona va ruhiy tarbiyaga oid she\u02bcrlari tili ravon va tushunish osonligi bilan xalq orasida tez tarqaladi. Uning ijodida g\u02bbazal va masnaviy janrlari yetakchi o\u02bbrin egallaydi. She\u02bcrlarida Payg\u02bbambarlar tarixi, insonning yaratilishi, komil inson axloqi tasviri muhim obraz sanaladi. Ba\u02bczi xorijlik adabiyotshunoslar Vasfiy Termiziyni shialik oqimi bilan ayblaydi. Holbuki, mutafakkir ahli sunna val jamoa yo\u02bblida ekanini she\u02bcrlarida ochiq-oydin bayon etgan:<\/span><\/p>\n<div dir=\"rtl\" style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'arial black', sans-serif;\"><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">\u0645\u0646 \u0645\u062d\u0628\u0651 \u0686\u0627\u0631 \u06cc\u0627\u0631 \u0645\u0635\u0637\u0641\u06cc<\/span><\/strong><\/span><\/div>\n<div dir=\"rtl\" style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'arial black', sans-serif;\"><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">\u062e\u0627\u0631\u062c\u06cc \u06af\u0648 \u062e\u0648\u0646 \u0634\u0648\u062f \u0632\u06cc\u0646 \u0645\u0627\u062c\u0631\u0627<\/span><\/strong><\/span><\/div>\n<div dir=\"rtl\" style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'arial black', sans-serif;\"><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">\u0647\u0631 \u06a9\u0631\u0627 \u06cc\u06a9 \u0632\u0631\u0651\u0647 \u062f\u0627\u0646\u0634 \u06cc\u0627\u0631 \u0634\u062f<\/span><\/strong><\/span><\/div>\n<div dir=\"rtl\" style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'arial black', sans-serif;\"><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">\u0627\u0632 \u0641\u0631\u0627\u0635\u062a \u0645\u062e\u0644\u0635 \u0627\u06cc\u0646 \u0686\u0627\u0631 \u0634\u062f<\/span><\/strong><\/span><\/div>\n<div dir=\"rtl\" style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'arial black', sans-serif;\"><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">\u0686\u0627\u0631 \u0627\u0646\u0635\u0648\u0631 \u0647\u0645 \u0628\u0647 \u0647\u0645 \u0622\u0645\u062f \u0627\u0632 \u0622\u0646<\/span><\/strong><\/span><\/div>\n<div dir=\"rtl\" style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'arial black', sans-serif;\"><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">\u06a9\u0648 \u0634\u0648\u0646\u062f \u0627\u06cc\u0646 \u0686\u0627\u0631 \u0627\u0632 \u067e\u0631\u062f\u0647 \u0639\u06cc\u0627\u0646<\/span><\/strong><\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">[8: 35].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazmuni: Men to\u02bbrt yorning (Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali roziyallohu anhum) do\u02bbstiman, xorijiylar bu ko\u02bbrgulikni ko\u02bbrib qayg\u02bbuga botishini aytgin. Agar har kimning ozgina ilmi bo\u02bblsa, farosat yuzasidan ularga muxlis bo\u02bblardi. Bu to\u02bbrt yorlar borliqqa kelishi uchun, oldin to\u02bbrt unsur (suv, tuproq, shamol, olov)ni yaratdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad Solih Kashfiy Termiziy \u201cManoqibi Murtazoviy\u201d asarida otasining she\u02bcriyatidan misol keltirmoqchi bo\u02bblsa, \u0644\u0648\u0627\u0644\u062f\u06cc (Otamdan) deb boshlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cRayhonatul adab\u201d tazkirasining 4-jildida Vasfiy Termiziyning axloqiy ma\u02bcnoga boy ushbu baytlari keltirilgan:<\/span><\/p>\n<div dir=\"rtl\" style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'arial black', sans-serif;\"><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">\u0645\u0631\u062f\u0645\u0627\u0646 \u0631\u0627 \u0628\u0647 \u0686\u0634\u0645 \u0648\u0642\u062a \u0646\u06af\u0631<\/span><\/strong><\/span><\/div>\n<div dir=\"rtl\" style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'arial black', sans-serif;\"><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">\u0648\u0632 \u062e\u06cc\u0627\u0644 \u067e\u0631\u06cc\u0631\u0648 \u062f\u06cc \u0628\u06af\u0632\u0631<\/span><\/strong><\/span><\/div>\n<div dir=\"rtl\" style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'arial black', sans-serif;\"><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">\u0686\u0646\u062f \u06af\u0648\u06cc\u06cc \u0641\u0644\u0627\u0646 \u0686\u0646\u0627\u0646\u0634 \u0645\u0627\u0645<\/span><\/strong><\/span><\/div>\n<div dir=\"rtl\" style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'arial black', sans-serif;\"><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">\u0686\u0646\u062f \u06af\u0648\u06cc\u06cc \u0641\u0644\u0627\u0646 \u0686\u0646\u0627\u0646\u0634 \u067e\u062f\u0631<\/span><\/strong><\/span><\/div>\n<div dir=\"rtl\" style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'arial black', sans-serif;\"><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">\u0646\u0627\u0641 \u0622\u0647\u0648 \u0646\u062e\u0633\u062a \u062e\u0648\u0646 \u0628\u0648\u062f\u0647 \u0627\u0633\u062a<\/span><\/strong><\/span><\/div>\n<div dir=\"rtl\" style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'arial black', sans-serif;\"><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">\u0633\u0646\u06af \u0628\u0648\u062f\u0647 \u0627\u0633\u062a \u0632 \u0627\u0628\u062a\u062f\u0627 \u06af\u0648\u0647\u0631<\/span><\/strong><\/span><\/div>\n<div dir=\"rtl\" style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'arial black', sans-serif;\"><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">\u06a9\u0647\u062a\u0631\u0627\u0646 \u0645\u0647\u062a\u0631\u0627\u0646 \u0634\u0648\u0646\u062f \u0628\u0647 \u0639\u0645\u0631<\/span><\/strong><\/span><\/div>\n<div dir=\"rtl\" style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'arial black', sans-serif;\"><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">\u06a9\u0633 \u0646\u0632\u0627\u062f\u0647 \u0627\u0633\u062a \u0645\u0647\u062a\u0631 \u0627\u0632 \u0645\u0627\u062f\u0631<\/span><\/strong><\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">[8: 10].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazmuni: Odamlarga vaqt ko\u02bbzgusi bilan boq. Erta-indin xayolidin voz kech. Qachongacha otam shunday, onam bunday edi, deb maqtaysan. Ohuning kindigi, ilk laxta qondan iborat edi, qimmatbaho gavhar ham dastlab tosh bo\u02bblganini esla. Xoja yoki xodim bo\u02bblishni vaqt ko\u02bbrsatadi, chunki onadan hech kim xoja bo\u02bblib tug\u02bbilmagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Darhaqiqat, insonni zamon o\u02bbtishi bilan kimligini bilishingiz mumkin. Insonning o\u02bbz fe\u02bcl-atvorini doimiy yashirib yurish imkonsizdir. Zamon inson axloqi oinasi ekanini hayotiy tajribaning o\u02bbzi ko\u02bbrsatgan. Mutafakkir birovga baho berishda shoshqaloqlik qilmaslik lozimligini aytmoqda. Shoshqaloqlik yuzasidan odamlar orasida qanchalar fitna va urushlar kelib chiqqani tarixiy haqiqat. Har bir ishni erta yoki indin qilaman deb, o\u02bbz umringga ishonma, bu xomxayollik seni halokat zindoniga uloqtirishi tayin. Shu baytlar davomida Vasfiy kiyikning kindigi dastlab bir laxta qon bo\u02bblgani va noyob gavharlar ham ilk oddiy tosh bo\u02bblganini eslatmoqda. Bu misollar orqali alloma nima demoqchi! Aytmoqchi bo\u02bblgan narsasi shuki, hech kimga uning tashqi ko\u02bbrinishi yoki faqirligiga qarab baho bermang. Balki shu kabi faqir va haqir insonlar ertaga dunyoni boshqarishi yoki valiy zotlardan bo\u02bblib voyaga yetishi mumkin. Hech kim dengiz tubida qanday qimmatbaho gavhar borligini bilmaydi, Allohning oldida shag\u02bbalning qadri balandmi yoki marvarid toshlarmi bizga qorong\u02bbu. Inson taqdiriga nisbatan xulosaviy fikrni aytish birovning taqdirini bilaman deyish bilan barobar. Ushbu misralar so\u02bbngida inson farzandi onasi qornidan xoja yoki xizmatkor bo\u02bblib tug\u02bbilmasligini bayon etgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kotiblik va rassomlik badiiy san\u02bcatidan namunalar. Mushkin qalam Vasfiy Termiziy o\u02bbz davrida bir qancha mumtoz shoirlarning she\u02bcriy devonlarini chiroyli husni xat bilan ko\u02bbchirgan. Shu bilan birga, rassomchilik borasida mahorati baland edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0Vasfiy Termiziy nafaqat mohir xattot va kotib, balki sharq miniatyura san\u02bcatida ham o\u02bbz mahoratini ko\u02bbrsatgan san\u02bcatkorlardan biridir.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0Xulosa. Ushbu maqolada Termiziylar adabiy maktabining yetuk vakillaridan bo\u02bblmish Mushkin qalam Vasfiy Termiziy hayoti va boy merosi haqida so\u02bbz yuritildi. Mutafakkir hayoti va merosi haqida ma\u02bclumot berilgan adabiy va tarixiy manbalar ko\u02bbzdan kechirildi. Tadqiqot doirasida amalga oshirilgan ishlar natijasida Mushkin qalam Vasfiy Termiziyning yangi tarjimayi holi ilmiy ma\u02bclumotlar asosida ro\u02bbyobga chiqdi. Boburiylar hukmronligi davrida asli Termizlik bo\u02bblgan Nomiy Termiziy, Fozil Termiziy, Vasfiy Termiziy, Kashfiy Termiziy, Arshiy Termiziy, Hoshim Termiziy kabi shoir, xattot va mutasavvif zotlarning Hindistonda faoliyat yuritgani tarixiy haqiqat. Shu nuqtayi nazardan o\u02bbtmishda dunyoning turli madaniyat o\u02bbchoqlarida ilmiy faoliyat olib borgan allomalarimiz hayoti va merosini o\u02bbrganish, keng ilmiy jamoatchilikka taqdim etish bugungi kundagi dolzarb vazifalardan biriga aylanmoqda.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>Foydalanilgan adabiyotlar:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Adib Sobir Termiziy. Devon\/Tas\u02bchih va muqaddimai Muhammad Ali Nosih. \u2013 Tehron: Ilmiy, 1343. \u2013 S. 17.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Adib Sobir Termiziy. Devon\/Tas\u02bchih va muqaddimai Muhammad Donishgar. \u2013 Tehron: Baynal-milal hudo, 1370. \u2013 S. 3-9;<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Amir Muizziy. Devon\/Tas\u02bchih va muqaddimai Nosir Hiyriy. \u2013 Tehron: Marzbon, 1382. \u2013 S. 10-18.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ahmadrizo Yalmaho\/\/Naqdi Devoni Adib Sobir Termiziy. \u2013 Tehron: Kitobi mohi adabiyot va falsafa, mohi obon, 1384. \u211697.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Maqoloti Burhoniddin Muhaqqiq Termiziy\/ Tas\u02bchihi Tavfiq Hoshimpur Subhoniy. \u2013 Tehron: Nashri anjumani osoru mafoxiri farhangiy, 1395. \u2013 S. 3-24.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Munjik Termiziy. Devon\/Tas\u02bchih va muqaddimai Ehson Shavorib Muqaddam. \u2013 Tehron: Merosi maktub, 1391. \u2013 S. 7.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Murodov A. O\u02bbrta Osiyo xattotlik san\u02bcati tarixidan. \u2013 T.: Fan, 1971. \u2013 B. 48.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Muhammad Solih Kashfiy Termiziy. Manoqibi Murtazaviy\/bo tas\u02bchehi Kurushi Mansur. \u2013 Tehron: Intishoroti Ravzana, 1342 h. \u2013 S. 11.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Orif Navshohiy. Fehristi nusxahoi xattii forsii Pokiston. \u2013 Tehron: Merosi maktub, 1396. \u2013 S. 964-967<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Sayyid Burhoniddin Muhaqqiq Termiziy. Majmuai mavoiz va kalimoti Sayyid Burhoniddin Muhaqqiq Termiziy ba hamrohii tafsiri surai \u201cMuhammad\u201d va \u201cFath\u201d\/bo tas\u02bchihot va havoshiyi Badiuzzamon Furuzonfar. \u2013 Tehron: Markazi nashri donishgohiy, 1339. \u2013 S. 106; Burhoniddin Muhaqqiq Termiziy.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u0627\u0645\u0631\u0627\u0644\u0634\u0639\u0631\u0627\u0645\u062d\u0645\u062f\u0628\u0646\u0639\u0628\u062f\u0627\u0644\u0645\u0644\u06a9\u0645\u0639\u0632\u06cc. \u062f\u06cc\u0648\u0627\u0646. \/ \u0628\u0633\u0639\u06cc\u0627\u0647\u062a\u0645\u0627\u0645\u0639\u0628\u0627\u0633\u0639\u0642\u0628\u0627\u0644. \u2013 \u062a\u0647\u0631\u0627\u0646: \u06a9\u062a\u0627\u0628\u0641\u0631\u0648\u0634\u06cc\u0627\u0633\u0644\u0627\u0645\u06cc, 1318. \u2013 \u0635. 888<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.honar.ac.ir\/uploads_%DA%A9%D8%AA%D8%A7%D8%A8%D8%AA_1011%D9%82.pdf\">https:\/\/www.honar.ac.ir\/uploads_%DA%A9%D8%AA%D8%A7%D8%A8%D8%AA_1011%D9%82.pdf<\/a><\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">KAROMIDDIN JAMAHMATOV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori o\u02bbrinbosari,\u00a0 <\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Toshkent davlat o\u02bbzbek tili va adabiyoti universiteti doktoranti (DSc)<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Har bir mamlakatning o\u02bbz tarixi, diniy va milliy qadriyatlari borligi barchamizga ma\u02bclum. Ona yurtimiz \u2013 O\u02bbzbekiston zamini ham azaldan o\u02bbzining bebaho qadriyatlari bo\u02bblgan ma\u02bcnaviy va moddiy boyliklari bilan dunyo xalqlari turmush tarziga va madaniyatiga ijobiy ta\u02bcsir ko\u02bbrsatgan. Dunyo olimlari hamon ajdodlarimizga, boy madaniy merosimizga alohida hurmat va ehtirom bilan qaraydi. Yurtimizning har bir go\u02bbshasida ulug\u02bb &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":37659,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[650],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>SAYYID ABDULLOH MUSHKIN QALAM VASFIY TERMIZIY HAYOTI VA ADABIY MEROSINING GERMENEVTIK TADQIQI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"SAYYID ABDULLOH MUSHKIN QALAM VASFIY TERMIZIY HAYOTI VA ADABIY MEROSINING GERMENEVTIK TADQIQI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37658&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"SAYYID ABDULLOH MUSHKIN QALAM VASFIY TERMIZIY HAYOTI VA ADABIY MEROSINING GERMENEVTIK TADQIQI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"SAYYID ABDULLOH MUSHKIN QALAM VASFIY TERMIZIY HAYOTI VA ADABIY MEROSINING GERMENEVTIK TADQIQI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37658&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2024-09-20T03:04:24+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2024-09-20T05:04:58+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/mushkinvasfiy.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"440\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"11 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37658&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37658&lang=oz\",\"name\":\"SAYYID ABDULLOH MUSHKIN QALAM VASFIY TERMIZIY HAYOTI VA ADABIY MEROSINING GERMENEVTIK TADQIQI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37658&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37658&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/mushkinvasfiy.jpg\",\"datePublished\":\"2024-09-20T03:04:24+00:00\",\"dateModified\":\"2024-09-20T05:04:58+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"SAYYID ABDULLOH MUSHKIN QALAM VASFIY TERMIZIY HAYOTI VA ADABIY MEROSINING GERMENEVTIK TADQIQI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37658&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37658&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37658&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/mushkinvasfiy.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/mushkinvasfiy.jpg\",\"width\":660,\"height\":440},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37658&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"SAYYID ABDULLOH MUSHKIN QALAM VASFIY TERMIZIY HAYOTI VA ADABIY MEROSINING GERMENEVTIK TADQIQI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"SAYYID ABDULLOH MUSHKIN QALAM VASFIY TERMIZIY HAYOTI VA ADABIY MEROSINING GERMENEVTIK TADQIQI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"SAYYID ABDULLOH MUSHKIN QALAM VASFIY TERMIZIY HAYOTI VA ADABIY MEROSINING GERMENEVTIK TADQIQI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37658&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"SAYYID ABDULLOH MUSHKIN QALAM VASFIY TERMIZIY HAYOTI VA ADABIY MEROSINING GERMENEVTIK TADQIQI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"SAYYID ABDULLOH MUSHKIN QALAM VASFIY TERMIZIY HAYOTI VA ADABIY MEROSINING GERMENEVTIK TADQIQI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37658&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2024-09-20T03:04:24+00:00","article_modified_time":"2024-09-20T05:04:58+00:00","og_image":[{"width":660,"height":440,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/mushkinvasfiy.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"11 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37658&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37658&lang=oz","name":"SAYYID ABDULLOH MUSHKIN QALAM VASFIY TERMIZIY HAYOTI VA ADABIY MEROSINING GERMENEVTIK TADQIQI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37658&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37658&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/mushkinvasfiy.jpg","datePublished":"2024-09-20T03:04:24+00:00","dateModified":"2024-09-20T05:04:58+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"SAYYID ABDULLOH MUSHKIN QALAM VASFIY TERMIZIY HAYOTI VA ADABIY MEROSINING GERMENEVTIK TADQIQI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37658&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=37658&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37658&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/mushkinvasfiy.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/mushkinvasfiy.jpg","width":660,"height":440},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37658&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"SAYYID ABDULLOH MUSHKIN QALAM VASFIY TERMIZIY HAYOTI VA ADABIY MEROSINING GERMENEVTIK TADQIQI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/37658"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=37658"}],"version-history":[{"count":5,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/37658\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":37699,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/37658\/revisions\/37699"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/37659"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=37658"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=37658"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=37658"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}