{"id":37591,"date":"2024-09-18T12:27:41","date_gmt":"2024-09-18T07:27:41","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=37591"},"modified":"2024-09-18T12:27:41","modified_gmt":"2024-09-18T07:27:41","slug":"tavba-turmush-tarzi-va-axloqni-tartibga-solish-omili-sifatida","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37591&lang=oz","title":{"rendered":"TAVBA TURMUSH TARZI VA AXLOQNI TARTIBGA SOLISH OMILI SIFATIDA"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugun shiddatli va ziddiyatli tarzda kechayotgan globallashuv jarayoni inson mohiyatini chuqurroq tadqiq etish orqali uning bunyodkorlik salohiyatidan yanada unumli foydalanishni taqozo etmoqda. Murakkab va sirli mavjudot sanalgan insonning yutuq va imkoniyatlarini, ma\u02bcnaviy borlig\u02bbini mavjud global muammolar yechimiga yo\u02bbnaltirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Yozuvchi Chingiz Aytmatov \u201cOdamlar aql-idrok bilan ish yurita boshlagan zamonlardan buyon o\u02bbzini o\u02bbzi anglashga urinib kelmoqda. Biroq hali-hanuz ular o\u02bbz chigal ishlaridan sira qutulib ketolmayapti va azal-azaldan nima uchun yovuzlik doim ezgulik ustidan g\u02bbolib chiqadi, degan jumboqli muammoni yecholmayapti\u201d [3:16-17], deganda, insondagi ijtimoiy beqarorlikni nazarda tutgan bo\u02bblishi mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Inson kamolotida ma\u02bcnaviy-axloqiy tarbiyaning o\u02bbrni benihoya kattadir. Oliy qadriyat deb ulug\u02bblangan ma\u02bcnaviy qiyofani shakllantirish masalasi ustida ko\u02bbplab tadqiqotlar olib borilgan. Tadqiqot xulosalariga ko\u02bbra, dunyodagi barcha illat, jinoyat, urush va ijtimoiy-siyosiy, ekologik inqirozlar ildizini shaxs ma\u02bcnaviyatidan qidirish lozim. Chunki jami muammolarning yechimi ana shu nuqtada mujassamlashgan. Shuningdek, ijodkorlar shaxs ma\u02bcnaviy dunyosi uning iqtisodiy va moliyaviy o\u02bbpqoniga tushib borayotganidan, yangi asr kishisi butun borlig\u02bbi bilan global iqtisodiyot va insoniyat uchun yagona hukmdor bo\u02bblmish bozorning quliga aylanib qolayotganidan xavotir bildirgan [6].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugun odamzod boyish vasvasasida yalpi tus olgan taqlid va manmanlik o\u02bbrtasida ovora-yu sarsondir. Hamma yerda va zamonlarda kamtar odamlar hayoti shuning zaminiga quriladi. Katta-yu kichik barcha kulfatlar shundan hosil bo\u02bbladi. E\u02bctiqod ojizligi, qarashlarning qashshoq va nochorligi ham shundandir [3:152]. Darhaqiqat, bugun taqlidchilik, iste\u02bcmolchilik, qanday yo\u02bbl bilan bo\u02bblsa ham, ko\u02bbproq moddiy boylik orttirish tendensiyasi kuchaymoqda. Ulug\u02bb ajdodlar bunday vaziyatdan ilm vositasida o\u02bbzlikni anglash, ma\u02bcnaviyatni boyitish, komil insonni tarbiyalash orqali chiqish mumkinligini ilmiy jihatdan asoslab bergan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Butun hayotini ilm-ma\u02bcrifatga bag\u02bbishlagan ulug\u02bb alloma Abu Lays Samarqandiy (911-985) dunyoni bilish, hayot va inson mohiyatini anglashning tub masalalariga alohida e\u02bctibor qaratgan. Tafakkur, ilm, bilish nazariyalariga falsafiy nuqtayi nazardan yangicha yondashgan. IX asrda islomshunoslar orasida inson Alloh taolo yaratgan mavjudot, taqdiri avvaldan bitilgan, o\u02bbz holicha biror narsani amalga oshirishi mumkin emas, degan tushuncha hukmron edi. Abu Lays Samarqandiy esa, inson Yaratganning amriga bo\u02bbysunadi, lekin hayotda unga juz\u02bciy ixtiyor \u2013 tanlash imkoniyati berilgan. Shuning uchun u ilm va tafakkur asosida dunyodagi o\u02bbzgarishlarni amalga oshirish qudratiga ega bo\u02bbladi, degan fikrni ilgari surgan [1:11]. Ya\u02bcni taqdirining bitilgan ekani uni biror amalga majburlamaydi. Parvardigor o\u02bbz ilmi bilan uning qanday yo\u02bbl tutishini oldindan bilib, shunday bitadi, xolos. Aslida tanlov, ixtiyor \u2013 insonning o\u02bbzida. Buni tanish asarni o\u02bbqish, tanish kinofilmni ko\u02bbrishga qiyoslash mumkin: qahramon nima ish qilishini bilasiz, uni muqarrar halokatdan qaytargingiz keladi, lekin u boshqa yo\u02bbl tutadi. Ya\u02bcni ixtiyor o\u02bbzida bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Inson olgan bilimi, orttirgan turmush tajribasi zaminida oliyjanob, ezgu niyatlarni amalga oshirish yo\u02bbllarini izlashi shart. Zero, hayot yo\u02bblida u qilishi mumkin bo\u02bblgan birdan-bir ulug\u02bb ish \u2013 odamlarga haqiqat va yaxshilik so\u02bbzini o\u02bbzi bilgan, anglagan darajada yetkazish. Inson umri nima, degan savolga lo\u02bbnda javob topish mushkul. Chunki insoniy munosabatlar shunchalik turfa, tabiati, fe\u02bcl-atvori nihoyatda rang-barang va murakkabki, hatto eng mukammal zamonaviy kompyuter ham oddiy inson tabiatining umumiy chizig\u02bbini ajratib bera olmaydi. Bu esa, insonni o\u02bbrganishga qiziqishni yanada kuchaytiradi.Ulug\u02bb ajdodlar ma\u02bcnaviy merosida har bir inson oldida odam bo\u02bblishdek muqarrar vazifa ko\u02bbndalang turgani ta\u02bckidlanadi, chunki kelajak shundan yaraladi [3:4].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom dinining muqaddas manbalariga ko\u02bbra, odamlarning aksar nojo\u02bbya ishi va gunohi ilmsizlik, johillik hamda nafsga tobelik sababli sodir bo\u02bbladi. Inson bundan tavba vositasida xalos bo\u02bbladi. Gunoh Allohning amriga xilof ravishda biror amalni qilish yoki uni tark etish bo\u02bblib, bundan xalos bo\u02bblish uchun avval uni bilish, anglash lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom G\u02bbazzoliy gunohlar kelib chiqishiga ko\u02bbra rububiylik (yaratuvchiga xos), shaytoniylik, hayvoniylik va yovvoyilik kabi to\u02bbrt sifatga borib taqalishini ma\u02bclum qiladi. Inson tiynati har xil aralashmalardan qorilgan va ularning har biri o\u02bbz ta\u02bcsiriga egadir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kibr, faxr, g\u02bburur va maqtovni sevish, hammadan ustun bo\u02bblishni istash kabilar rububiylik sifatlariga ishtiyoqni qo\u02bbzg\u02bbaydi. Barcha gunohi kabiralar shu nuqtadan yoyiladi va u aksar jinoyatlar onasidir.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hasad, zulm-sitam, hiyla, aldamchilik, fasod va makrga buyurish, tovlamachilik, zalolatga da\u02bcvat qilish kabilar shaytoniy sifatlardan tarqaladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qizg\u02bbanchiqlik, ochko\u02bbzlik, jinsiy va qorin shahvatini qondirish uchun hirs bilan tashlanish, o\u02bbg\u02bbirlik, dunyo orttirishga mehr kabilar hayvoniy sifatdan tug\u02bbiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yovvoyilik sifati esa g\u02bbazab, nafrat, odamlarga qo\u02bbl ko\u02bbtarish, so\u02bbkish, o\u02bbldirish, mol-mulkini zoye qilish kabi illatlarni paydo qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Barcha gunohlar ushbu sifatlardan tarmoqlanib, yoyiladi. Bu sifatlar inson fitratida asta-sekin harakatlanib, biri ikkinchisiga yo\u02bbl ochadi. Avvalo hayvoniy sifati g\u02bbolib kelib, keyin unga yovvoyilik sifatlari ergashadi, ular birlashib, aqlni qalloblik, makkorlik va hiyla yo\u02bblida ishlatuvchi shaytoniy sifatlarni paydo qiladi [2:62-63].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Keyin fitratni faxr, izzat, ulug\u02bblik va buyuklikni da\u02bcvo qilish, barchadan ustunlikni qasd qilish kabi rububiylik sifatlari egallaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tavba insoniyat ruhiyatining eng ulug\u02bb ne\u02bcmatlaridan biri sifatida uning ma\u02bcnaviy takomilida muhim o\u02bbrin tutadi. Tavba \u2013 bu hayot tajribasi ko\u02bbpaygan sayin ortib boradigan vijdon qiymati, inson aql-idroki tomonidan tarbiyalanadigan ne\u02bcmatdir [3:273].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Inson nuqsondan butkul holi emas. U gunoh qilgan zahoti pushaymon bo\u02bblib, uning oqibatini darhol bir yaxshi ish bilan yuvish orqali o\u02bbnglashi mumkin. Gunohning doimiy tarzda takrorlanishi qalbni kishanlab qo\u02bbyadi va undan gunoh o\u02bbchmaydigan bo\u02bblib qoladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom G\u02bbazzoliy ayrim ishlarni avom kishilar sodir etsa, kechirilishini, lekin orifu olimlar shunday qilsa, kechirilmasligini ta\u02bckidlaydi [2:121-126]. Bu, o\u02bbz navbatida, ilmli, fozil kishilar zimmasiga katta mas\u02bculiyat yuklanganini, ular har ishni chuqur tafakkur bilan hal etishi lozim ekanini anglatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alisher Navoiy insonning dunyoga kelishi va yashashidan maqsad Alloh taolodan omonat sifatida berilgan pokiza qalbni asrab-avaylash va umrining poyonida asl holida o\u02bbz Yaratuvchisiga qaytarishdan iborat ekanini ta\u02bckidlaydi. Nojo\u02bbya ishlar tavba vositasida o\u02bbnglanishini aytib, \u201cTavba yomon fe\u02bcllar tufayli keladigan baloning oldini olmoqdir [4:46], o\u02bbz aybidan xabardor bo\u02bblmoq, oldida turgan yo\u02bblning xavfli ekanini tushunmoqdir\u201d [5:85], degan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Insonda pushaymonlik hissi, \u201cXatoimni o\u02bbnglayman\u201d degan qasd, xohish ham afsus-nadomat tufayli yuzaga keladi. Makoni qalb bo\u02bblgan \u201cqasd\u201dning zamon jihatidan hozir, o\u02bbtmish va kelajakka bog\u02bbliqligi bor. Kim xatosini o\u02bbnglashni maqsad qilsa, shu zahoti, hoziroq gunohdan to\u02bbxtashi va farz amallarni ado qilishga kirishishi lozim. Banda o\u02bbz xatosini tuzatishni diliga tukkan ekan, niyatining amaliy ijrosida qat\u02bciy bo\u02bblsa, o\u02bbtmish xatosi albatta o\u02bbnglanadi. Bu esa, tavba shaxsning o\u02bbz-o\u02bbzini takomillashtirish omili, ma\u02bcnaviy yuksalish vositasi ekanini ko\u02bbrsatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tavbasi qabul bo\u02bblishini xohlagan inson fikrini balog\u02bbatga yetgan ilk davriga qaratmog\u02bbi, umrini yilma-yil, oyma-oy, kunma-kun, boringki, har nafasigacha taftish etmog\u02bbi, gunohlarini bir-bir eslab, afsus-nadomat bilan astoydil tavba qilmog\u02bbi lozim [2:131].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom G\u02bbazzoliy odamlarni gunohni tark etishga undashning to\u02bbrt yo\u02bbli borligini aytadi. Birinchisi, gunohkor va osiylar qalbiga xavf soluvchi oyatlarni zikr qilmoq.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cU xohlagan kishilarni O\u02bbz rahmatiga (jannatiga) kiritur. Zolimlar uchun esa alamli azobni tayyorlab qo\u02bbygandir\u201d (Inson surasi, 31-oyat).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu sirlardan bahramand bo\u02bblgan kishi Alloh yo\u02bblidagi solih banda uchun samimiy tavbaning naqadar kerak ekanini yaxshi anglaydi. Oqil kishi nodir bir javharga ega bo\u02bblsa-yu, uning bir qismini hech foydasiz zoye qilsa, shubhasiz, u buning uchun yig\u02bblaydi. Agar bu zoye qilish uning halokatiga sabab bo\u02bblsa, yig\u02bbi yanada dahshatliroq tus oladi [2:44].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Gunohlarni tark etishga undashning ikkinchi yo\u02bbli payg\u02bbambarlar va o\u02bbtmishdagi solih kishilar haqida, gunohlari tufayli ularning boshiga tushgan musibatlar to\u02bbg\u02bbrisida hikoya qilishdir [2:201]. Qalblarni titratib, ularda chuqur iz qoldiruvchi bu hikoyalarning manfaati katta bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: \u201cTong otib, kun yorishgan har sahar, kun botib, shafaqlar yo\u02bbqolgan har kecha borki, unda ikki farishta to\u02bbrt xil ovozda bir-biriga deydi: \u201cKoshki, bu xalq yaratilmasa edi!\u201d Boshqasi deydi: \u201cKoshki, ular yaratilganidan so\u02bbng nima uchun yaratilganini bilsa edi!\u201d. Yana biri deydi: \u201cKoshki,\u00a0 ular nima uchun yaratilganini bilganidan so\u02bbng, bilganiga amal qilsa edi!\u201d (Daylamiy rivoyati).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ba\u02bczi rivoyatlarda: \u201cKoshki, ular ilm majlisi qurib, bilganlarini bir-biriga eslatsa edi\u201d. Boshqasi deydi: \u201cMayli, ular bilganiga amal qilmagan ekan, koshki, qilgan amallariga tavba qilsa edi\u201d [2:198-199].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Keyingisi bu dunyoda gunohlar uchun beriladigan jazoning tez kelishiga iqrorni insonlar zehnida qaror toptirishdan iborat. Banda musibatga yo\u02bbliqar ekan, albatta, bu uning biror jinoyatiga jazo (kafforat) ekanini unga uqtirish lozim [2:203]. Gunohlarning bu dunyoda qashshoqlik, xastalik va boshqa ofatlarga sabab bo\u02bblishi haqida kelgan xabarlar ko\u02bbp. Gunohkor kishi nimaga mubtalo bo\u02bblsa, bu unga jazo va shu narsa uni rizqdan mahrum qiladi, badbaxtlik ustiga badbaxtlik keltiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shunday ekan, hadis sharifda keltirilgan: \u201cYomonlikka uni yo\u02bbq\u00a0 qiluvchi yaxshilikni ergashtir\u201d (Termiziy rivoyati), degan ta\u02bckidni gunohning kafforati sifatida talqin qilish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Gunohlarni tark etishga undashning to\u02bbrtinchi yo\u02bbli mast qiluvchi ichimlik ichish, zino, o\u02bbg\u02bbirlik, odam o\u02bbldirish, g\u02bbiybat, kibr, hasad kabi gunohlarning har biri uchun beriladigan jazolarni alohida-alohida eslatishdir [2:207]. Jumladan, zakotni tark etish, biron jonni o\u02bbldirish, mol-mulkka bosqinchilik qilish, or-nomusni toptash kabilar bandaning haqiga taalluqli gunohdir. Banda haqiga tajovuz qilgan zolimlar, to afv etilgunga qadar zulmi uchun hisob beradi. Ularning gunohi tark etilmaydigan (kechirilmaydigan) bitikda qayd qilingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa qilib aytganda, inson ilm-ma\u02bcrifat vositasida kamolga yetadi, jaholati bartaraf qilinadi. Chunki ilm olish, kuzatish, hayotiy tajriba to\u02bbplash orqali jamlanadigan axborot vositasida tub sifat o\u02bbzgarishlari sodir bo\u02bbladi. Natijada, u o\u02bbzining fe\u02bcl-atvori, ish faoliyati, ijtimoiy munosabatlarini tanqidiy tahlil qilib, to\u02bbg\u02bbri hayotiy xulosa chiqaradi. Tavba asosida turmush tarzi va axloqini tartibga solishga kirishadi. Nojo\u02bbya ishlarni takrorlamaslikka, nuqsonlarini tuzatishga qaror qilib, takomilga yuz tutadi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>Foydalanilgan adabiyotlar:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abu Lays Samarqandiy. \u2013 T.: Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi nashriyoti, 2024.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abu Homid G\u02bbazzoliy. Tavba kitobi. -T.: Sharq, 2018.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Aytmatov Ch. Qiyomat. \u2013T.: Yangi asr avlodi, 2018.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Alisher Navoiy. Mahbubul qulub. Mukammal asarlar to\u02bbplami. 20 tomlik. 14 t. \u2013T.: Fan, 1998.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Alisher Navoiy. Hayratul abror (nasriy bayoni). \u2013B.85 \/\/ https:\/\/www.ziyouz.com\/books\/alisher_navoiy_asarlari\/Alisher%20Navoiy.%20Xamsa.%20Hayratul-abror%20(nasriy%20bayoni).pdf<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Shu sohada ishlayotganimdan xijolatda yuraman \u2013 tilshunos Baxtiyor Mengliyev ta\u02bblimdagi muammolar haqida \/\/ https:\/\/oyina.uz\/uz\/article\/2384\/\/ \u201cTafakkur\u201d jurnali, 2023-yil 4-son. \u201cZohiran taraqqiyot, botinan&#8230;\u201d suhbati)<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Baxtiyor TURSUNOV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy kotibi, PhD<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bugun shiddatli va ziddiyatli tarzda kechayotgan globallashuv jarayoni inson mohiyatini chuqurroq tadqiq etish orqali uning bunyodkorlik salohiyatidan yanada unumli foydalanishni taqozo etmoqda. Murakkab va sirli mavjudot sanalgan insonning yutuq va imkoniyatlarini, ma\u02bcnaviy borlig\u02bbini mavjud global muammolar yechimiga yo\u02bbnaltirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Yozuvchi Chingiz Aytmatov \u201cOdamlar aql-idrok bilan ish yurita boshlagan zamonlardan buyon o\u02bbzini o\u02bbzi &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":37592,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>TAVBA TURMUSH TARZI VA AXLOQNI TARTIBGA SOLISH OMILI SIFATIDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"TAVBA TURMUSH TARZI VA AXLOQNI TARTIBGA SOLISH OMILI SIFATIDA\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37591&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"TAVBA TURMUSH TARZI VA AXLOQNI TARTIBGA SOLISH OMILI SIFATIDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"TAVBA TURMUSH TARZI VA AXLOQNI TARTIBGA SOLISH OMILI SIFATIDA\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37591&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2024-09-18T07:27:41+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/tavba.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"377\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"7 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37591&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37591&lang=oz\",\"name\":\"TAVBA TURMUSH TARZI VA AXLOQNI TARTIBGA SOLISH OMILI SIFATIDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37591&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37591&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/tavba.jpg\",\"datePublished\":\"2024-09-18T07:27:41+00:00\",\"dateModified\":\"2024-09-18T07:27:41+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"TAVBA TURMUSH TARZI VA AXLOQNI TARTIBGA SOLISH OMILI SIFATIDA\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37591&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37591&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37591&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/tavba.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/tavba.jpg\",\"width\":660,\"height\":377},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37591&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"TAVBA TURMUSH TARZI VA AXLOQNI TARTIBGA SOLISH OMILI SIFATIDA\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"TAVBA TURMUSH TARZI VA AXLOQNI TARTIBGA SOLISH OMILI SIFATIDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"TAVBA TURMUSH TARZI VA AXLOQNI TARTIBGA SOLISH OMILI SIFATIDA","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37591&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"TAVBA TURMUSH TARZI VA AXLOQNI TARTIBGA SOLISH OMILI SIFATIDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"TAVBA TURMUSH TARZI VA AXLOQNI TARTIBGA SOLISH OMILI SIFATIDA","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37591&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2024-09-18T07:27:41+00:00","og_image":[{"width":660,"height":377,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/tavba.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"7 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37591&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37591&lang=oz","name":"TAVBA TURMUSH TARZI VA AXLOQNI TARTIBGA SOLISH OMILI SIFATIDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37591&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37591&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/tavba.jpg","datePublished":"2024-09-18T07:27:41+00:00","dateModified":"2024-09-18T07:27:41+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"TAVBA TURMUSH TARZI VA AXLOQNI TARTIBGA SOLISH OMILI SIFATIDA","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37591&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=37591&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37591&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/tavba.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/tavba.jpg","width":660,"height":377},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37591&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"TAVBA TURMUSH TARZI VA AXLOQNI TARTIBGA SOLISH OMILI SIFATIDA"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/37591"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=37591"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/37591\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":37593,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/37591\/revisions\/37593"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/37592"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=37591"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=37591"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=37591"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}