{"id":37487,"date":"2024-09-12T09:42:20","date_gmt":"2024-09-12T04:42:20","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=37487"},"modified":"2024-09-12T09:42:20","modified_gmt":"2024-09-12T04:42:20","slug":"alloh-taoloning-takvin-sifati-hodismi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37487&lang=oz","title":{"rendered":"ALLOH TAOLONING TAKVIN SIFATI HODISMI?"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo butun olamni yaratgan, komillik sifatlari bilan sifatlangan, aybu nuqsonlardan pok va hech narsa Unga o\u02bbxshamaydigan Zotdir. U xotini, farzandi, ota-onasi va sherigi bo\u02bblmagan yakka-yu yagonadir. U ibtidosiz avval va intihosiz oxirdir. U bor edi. U bilan birga hech narsa yo\u02bbq edi. Hozir ham shunday. Biror narsa u bilan birga emas. Olamni yaratgani Unda biror o\u02bbzgarish paydo qilgani yo\u02bbq. U zamon va makonni yaratgan, ularni boshqarib turadigan, vaqt va joy Uni o\u02bbrab olmagan, boshlanishi va oxiri bo\u02bblmagan cheksizdir. U biror jihatdan maxluqotlarga o\u02bbxshamaydi. U tirikdir. Uning tirikligi ruh bilan emas, balki O\u02bbziga xos azaliy sifat bilandir. U hech qachon o\u02bblmaydi. U qodirdir. U keyinchalik paydo bo\u02bblgan qudrat bilan emas, balki O\u02bbzidagi azaliy qudrat sifati bilan qodirdir. Uning qudrati O\u02bbzidan boshqa hamma narsaga ta\u02bcsir etadi. U butun olamni O\u02bbz qudrati bilan boshqarib turadi. Hamma Uning qudratidan istifoda etadi. Hamma Uning qodir qilishi bilan qodir bo\u02bbladi. Barcha quvvat Allohdandir. U olimdir. Uning olimligi o\u02bbrganish va o\u02bbzlashtirish yo\u02bblidan emas, balki O\u02bbzidagi azaliy ilm sifati (bilish xususiyati) bilandir. Unga hamma narsa ma\u02bclum. U bilmagan narsa yo\u02bbq. U kelajakda bo\u02bbladigan narsalarni oldindan biladi. U oshkor narsalarni ham, maxfiylarini ham birdek biladi. U qalblarda yashirilgan narsalarni ham biladi. U gapiruvchidir. U harf va tovushlar bilan emas, balki O\u02bbziga xos gapirish sifati bilan gapiradi. U til va lablar kabi a\u02bczolar bilan gapirmaydi. Chunki U jism (zarralardan tarkib topgan narsa) emasdir. A\u02bczolar esa, jismda bo\u02bbladi. U O\u02bbz qudrati bilan so\u02bbzlarini maxluqotlarga tushunarli qilib yetkazadi. Ular Allohning azaliy so\u02bbzini emas, balki azaliy so\u02bbziga dalolat etadigan, havoda yaratilgan harf va tovushlarni eshitadilar. U eshituvchidir. U a\u02bczolar bilan emas, balki O\u02bbziga xos azaliy sifat bilan eshitadi. U barcha so\u02bbzlarni va tovushlarni birdek eshitadi. Maxluqotning so\u02bbzlari va tovushlari unga aralashib ketmaydi. U bir vaqtning o\u02bbzida gapirilgan barcha gaplarni bir-biridan ajratib eshitadi. U eng past tovushlarni ham eshita oladi. U ko\u02bbruvchidir. U a\u02bczolar bilan emas, balki O\u02bbziga xos azaliy sifat bilan ko\u02bbradi. U hamma narsani ko\u02bbradi. Uning osmonni ko\u02bbrishi bilan chumolini ko\u02bbrishi o\u02bbrtasida farq yo\u02bbq. U qorong\u02bbi kechada qora toshni ustida o\u02bbrmalab ketayotgan qora chumolini ham ko\u02bbra oladi. U iroda qiluvchidir. U O\u02bbzidagi azaliy sifat bilan iroda qiluvchidir. U xohlagan narsa albatta, bo\u02bbladi. U xohlamagan narsa hech qachon bo\u02bblmaydi. Olamda bo\u02bblayotgan hamma ishda Uning xohishi bor. Ammo U gunoh-ma\u02bcsiyatlarga rozi bo\u02bblmaydi. Xohish va rozilik o\u02bbrtasida nozik farq bor. Ba\u02bczan inson o\u02bbzi rozi bo\u02bblmagan va yaxshi ko\u02bbrmagan ishni qilishni xohlashi bunga ochiq dalil. Mazkur yetti sifat aqiyda olimlari orasida zotiy sifatlar (Allohning zotiga oid sifatlar) deb yuritiladi. U yaratuvchidir. Yaratish yo\u02bbqdan bor qilishdir. U O\u02bbziga xos tarzda aytgan \u201cBo\u02bbl!\u201d degan so\u02bbz bilan butun olamni yo\u02bbqdan bor qildi. Mana shu \u201ctakvin sifati (yaratish xususiyati)\u201d deb yuritiladi. Ahli sunna val jamoaga mansub moturidiy va ash\u02bcariylar o\u02bbrtasida fe\u02bcliy sifat (Allohning ishiga oid sifat) bo\u02bblmish takvin borasida ikki xil qarash mavjud. Moturidiylar: \u201cAlloh taoloning\u00a0 barcha sifatlari azaliydir\u201d, deydi. Ash\u02bcariylar: \u201cAlloh taoloning zotiy sifatlari azaliy. Ammo fe\u02bcliy sifatlari hodisdir\u201d, deydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mullo Ali Qoriy \u201cSharhul fiqhil akbar\u201d asarida bu masalani quyidagicha bayon etadi: \u201cFe\u02bcliy sifatlar shunday sifatlarki, ularning yuzaga chiqishi yaratiluvchi narsalarning mavjud bo\u02bblishiga bog\u02bbliqdir. Zotiy va fe\u02bcliy sifatlar orasidagi farqni yuzaga chiqarish borasida har xil ta\u02bcriflar aytilgan:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Mo\u02bbtazila toifasining fikricha, \u201cAlloh falon kishi uchun farzand yaratdi, falon kishi uchun yaratmadi\u201d, \u201cZaydni molu davlat bilan rizqlantirdi, Amrni rizqlantirmadi\u201d deyilganidek, uni inkor va isbot ma\u02bcnosida talqin qilish mumkin bo\u02bblganlari fe\u02bcliy sifatlar, ammo \u201cFalon narsani bilmadi\u201d, \u201cFalon narsaga qodir bo\u02bblmadi\u201d deyilmaganidek, ilm (bilish) va qudrat (qodir bo\u02bblish) kabi ularni inkor ma\u02bcnosida talqin qilish mumkin bo\u02bblmaganlari zotiy sifatlar hisoblanadi. Demak, ularning fikricha, iroda (xohlash) va kalom (gapirish) fe\u02bcliy sifatlar turkumiga kiradi. Chunki bu sifatlarni inkor va isbot ma\u02bcnosida talqin qilish mumkin. Ular o\u02bbz so\u02bbziga quyidagi oyatlarni misol qilib keltiradi: \u201cAlloh sizlarga yengillikni iroda qiladi. Qiyinchilikni iroda qilmaydi\u201d (Baqara:185). \u201cAlloh Musoga haqiqatan gapirdi\u201d (Baqara: 174).\u201cAlloh qiyomat kunida ularga (kofirlarga) gapirmaydi\u201d (Niso: 164). Mo\u02bbtazila toifasi ushbu ikki sifatni fe\u02bcliy sifatlar qatoriga qo\u02bbshib, ularni hodis (keyinchalik paydo bo\u02bblgan) deydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Ash\u02bcariylar fikricha, Undan tiriklik sifati inkor etilsa, Unda o\u02bblim borligi, qudrat sifati inkor etilsa, ojizlik borligi, ilm sifati inkor etilsa, johillik borligi kelib chiqishi kabi uni inkor etilganda teskarisi sobit bo\u02bbladigan sifatlar zotiy sifatlar, ammo tiriltirish, o\u02bbldirish, yaratish, rizqlantirish kabi inkor etilganda teskarisi sobit bo\u02bblmaydigani (masalan, \u201cAlloh falon kishini tiriltirmaydi\u201d, deyilsa, \u201cUni o\u02bbldiradi\u201d degan gap kelib chiqmaydi) fe\u02bcliy sifatlar hisoblanadi. Ushbu ta\u02bcrifga ko\u02bbra, agar iroda sifati inkor etilsa, Unda majburlik va ixtiyorsizlik borligi kelib chiqadi. Agar kalom sifati inkor etilsa, Unda gunglik va sukut qilish borligi kelib chiqadi. Demak, ash\u02bcariylarning ushbu ta\u02bcrifidan ular zotiy sifatlar ekani ma\u02bclum bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bizning nazdimizda, qudrat, ilm, izzat (azizlik), azamat (buyuklik) kabi U zotni ularning teskarisi bilan sifatlash joiz bo\u02bblmagani zotiy sifatlar, ammo mehribonlik qilish, rahm qilish va g\u02bbazab qilish, yomon ko\u02bbrish kabi ularning teskarisi bilan sifatlash joiz bo\u02bblganlari fe\u02bcliy sifatlar hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mo\u02bbtazila va Ash\u02bcariylar fe\u02bcliy sifatlarni hodis deyishiga quyidagilar sabab bo\u02bblgan: Agar takvin (bor qilish) azaliy bo\u02bblsa, bu sifat mukavvan (bor qilinuvchi)ning mavjud bo\u02bblishiga azalda aloqador bo\u02bblar edi. Agar takvin mukavvanning mavjud bo\u02bblishiga azalda aloqador bo\u02bblsa, mukavvan azalda mavjud bo\u02bblishi lozim bo\u02bblardi. Chunki mukavvan bo\u02bblmay turib, takvin haqida gapirish xuddi uriluvchi narsa bo\u02bblmay turib, urish haqida gapirishga o\u02bbxshaydi. Albatta, mukavvan azaliy bo\u02bblishi muhol. Demak, takvin hodis (yangi paydo bo\u02bbluvchi) bo\u02bblishi lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bunga quyidagicha javob berish mumkin: Agar takvin boshqa bir takvin bilan hodis (yangi paydo bo\u02bbluvchi) bo\u02bblsa, har bir takvindan oldin yana bir takvin bo\u02bblishi lozim. Bu tasalsul<a href=\"#_ftn1\" name=\"_ftnref1\"><sup>[1]<\/sup><\/a>ga olib boradi.Tasalsul esa, botildir. Demak, mukavvan qadim takvin (Alloh taoloning azaliy yaratish xususiyati) bilan mavjud bo\u02bbladi. Bu biz aytayotgan so\u02bbzdir. Agar mukavvan hech kimning takvinisiz o\u02bbz-o\u02bbzidan paydo bo\u02bbladi deyilsa, bu gapni aytgan kishi yaratuvchini yo\u02bbqqa chiqargan hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa shuki, biz: \u201cTakvin sifati (bor qilish xususiyati) azaliy, ammo unga aloqador bo\u02bblgan mukavvan (bor qilinuvchi) hodisdir\u201d, deymiz. Bu \u201cIlm sifati azaliy, ammo ba\u02bczi ma\u02bclumotlar (bilinuvchi narsalar) hodis (yangi paydo bo\u02bblgan)\u201d deganga o\u02bbxshaydi. Chunki azaldagi takvin (bor qilish) olam azalda mavjud bo\u02bblishi uchun emas, balki vaqti kelganda mavjud bo\u02bblishi uchundir. Demak, Uning takvini azaliy va abadiy boqiy qoluvchidir. Kelajakda bo\u02bbladigan narsalarning mavjud bo\u02bblishi Uning o\u02bbsha azaliy takviniga bog\u02bbliqdir. Ammo urish bunga o\u02bbxshamaydi. Chunki u boqiy qolmaydigan sifatdir. Shunday ekan, urish uriluvchining mavjud bo\u02bblishigacha boqiy qolishi tasavvurga sig\u02bbmaydi. Yana ularga: \u201cOlamning mavjud bo\u02bblishi Uning zotiga yoki sifatlaridan biriga bog\u02bbliqmi yoki yo\u02bbqmi?\u201d deymiz. Agar ular: \u201cYo\u02bbq (Uning zotiga ham, sifatiga ham bog\u02bbliq emas)\u201d, desa, Uni (yaratuvchini) yo\u02bbqqa chiqargan bo\u02bbladi. Agar ular: \u201cHa (Uning zotiga yoki sifatlaridan biriga bog\u02bbliq)\u201d, desa, biz ularga: \u201cOlamning mavjudligi unga bog\u02bbliq bo\u02bblgan narsa azaliymi yoki hodismi?\u201d deymiz. Agar ular: \u201cHodis\u201d, desa, \u201cu ham olamdan hisoblanadi va olamning paydo bo\u02bblishi Alloh taologa emas, balki o\u02bbzining bir qismiga bog\u02bbliq\u201d degan bo\u02bbladi. Bu ham Uni (yaratuvchini) yo\u02bbqqa chiqarish hisoblanadi. Agar ular: \u201cU azaliydir\u201d, desa, biz ularga: \u201cBu olamning azaliy bo\u02bblishini taqozo etadimi yoki yo\u02bbqmi?\u201d deymiz. Agar ular: \u201cHa (olamning azaliyligini taqozo etadi)\u201d, desa, kofir bo\u02bbladi. Agar ular: \u201cYo\u02bbq (olamning azaliyligini taqozo etmaydi)\u201d, desa, ularning shubhasi botil bo\u02bbladi (ya\u02bcni, bizga ergashgan bo\u02bbladi). Chunki Ash\u02bcariylar nazdida olam \u201cBo\u02bbl\u201d degan xitob bilan mavjud bo\u02bblgan. Demak, ushbu so\u02bbz takvindir. Uning azaliy ekani esa, yuqoridagi dalillar bilan isbotlandi\u201d [5:62].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Moturidiy \u201cKitabut tavhid\u201d asarida ushbu masalada uzoq bahs yuritgandan so\u02bbng xulosa qilib bunday deydi: \u201cTakvinning haqiqatini bilishga bashariyatning ongi yetmasa-da, Alloh taolo hamma narsani kelajakda bo\u02bblishini bilganiga ko\u02bbra \u201cBo\u02bbl!\u201d degan so\u02bbzdan ham yengilroq (harf va tovushlardan iborat bo\u02bblmagan O\u02bbziga xos azaliy) bitta so\u02bbz bilan takvinni ado etishi va har bir narsa mavjud bo\u02bblish vaqti kelganda o\u02bbsha takvin bilan mavjud bo\u02bblishi mumkin ishlar jumlasidandir. Bunda har bir narsaning mavjud bo\u02bblish vaqti yetganda takvinga tegishli so\u02bbz boshqatdan takrorlanmaydi. Barcha amru nahiy va va\u02bcdayu va\u02bcidlar o\u02bbsha so\u02bbzning ichiga doxil bo\u02bbladi. Bas, u kelajakda mavjud bo\u02bbluvchi narsalarning vaqti va makoni har xil bo\u02bblishiga ko\u02bbra, bo\u02bblib o\u02bbtgan va endi bo\u02bbladigan narsalar haqida xabar berish hisoblanadi. Lekin inson mashg\u02bbul qilmaydigan va mashaqqat tug\u02bbdirmaydigan (Allohni urintirib qo\u02bbymaydigan) takvinning haqiqatini idrok etishdan ojizdir. Barcha quvvat Allohdandir\u201d [3:113].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa o\u02bbrnida shuni aytish lozimki, Ash\u02bcariy va uning izdoshlari Alloh taoloning: \u201cAgar U biror narsani iroda qilsa, Uning ishi shundan iboratki, unga \u201cBo\u02bbl!\u201d deydi, bas, u bo\u02bbladi\u201d, (Yasin: 82) degan so\u02bbzini zohiriga ko\u02bbra tushunib, takvinni qudrat sifatining maxluqotga ta\u02bcsirini ifodalaydigan izofiy sifat (nisbiy sifat) deb hisoblagan. Shuning uchun ular qudrat sifatini azaliy, takvin sifatini esa, hodis deb hukm qilgan. Hanafiylar esa, takvin sifatini qudrat sifatidan alohida haqiqiy sifat deb e\u02bctibor qilgan va uning azaliy ekanini ta\u02bckidlagan. Darhaqiqat, Alloh taoloning barcha sifatlari azaliy va hamisha Uning Zoti bilan birga bo\u02bbluvchi haqiqiy sifatlardir. Chunki sifat zot bilan qoim bo\u02bbluvchi ma\u02bcno (xususiyat)dir. Alloh taoloning sifatlari doimo Uning zoti bilan birga bo\u02bblib, Undan hech qachon ajralmaydi. Uning zotida hodis (yangi paydo bo\u02bbluvchi) narsa bo\u02bblishi mumkin emas. Chunki hodis narsalardan ajrala olmaydiganning o\u02bbzi ham hodis bo\u02bbladi. Demak, Uning barcha sifatlari shu jumladan takvin sifati ham azaliydir. Moturidiylar Alloh taoloning: \u201cHech narsa Unga o\u02bbxshash emas\u201d, (Shuro: 11) degan so\u02bbzini asos qilib, yuqoridagi oyatda zikr qilingan \u201cBo\u02bbl\u201d degan so\u02bbzni bandalarniki kabi harf va tovushlardan iborat hodislik alomatlari bo\u02bblgan oddiy so\u02bbz emas, balki Allohning O\u02bbziga xos so\u02bbz deb tafsir qilgan. Albatta, harf va tovushlardan tarkib topgan so\u02bbzda hodislik alomatlari bo\u02bbladi. Chunki unda harf va tovushlar ketma-ket keladi hamda ularning boshlanishi va tugashi bo\u02bbladi. Allohning so\u02bbzi maxluqot so\u02bbzining jinsidan bo\u02bblmagach, uni hodis deyish uchun dalil yo\u02bbq. Demak, Allohning so\u02bbzini azaliy deb hukm qilish lozim. Albatta, Alloh gapirganda o\u02bbsha azaliy so\u02bbz bilan gapiradi. Ammo uning haqiqatini bilishdan inson aqli ojizdir. Alloh bor edi. U bilan birga hech narsa yo\u02bbq edi. Hozir ham o\u02bbshanday. Ya\u02bcni Alloh O\u02bbz sifatlari bilan birga azaliydir. Allohdan boshqalar esa, hodisdir. Hodis narsalardan birortasi azaliy bo\u02bbla olmaydi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>Foydalanilgan adabiyotlar:<\/strong><\/span><\/div>\n<div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abdulaziz Mansur. Qur\u02bconi karim ma\u02bcnolarining tarjima va tafsiri. \u2013 T.: TIU, 2004.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abu Lays Samarqandiy. Tafsiri Samarqandiy. J.1. \u2013 Bayrut: Dorul kutubil ilmiya, 1993.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abu Mansur Moturidiy. Kitobut tavhid. \u2013 Istanbul: Maktabatul irshod, 2005.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Mulla Ali Qoriy. Zav\u02bcul maoliy. \u2013 Istanbul: Yilanli ayazma yolu, 2015.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Mulla Ali Qoriy. Sharhul fiqhil akbar. \u2013T.: Movarounnahr, 2017.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Sa\u02bcduddin Taftazoniy. Sharhi aqoidi Nasafiy. \u2013 Pokiston: Maktabatul Madina, 2001.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri Hilol. 1-juz. \u2013 T.: Hilol-Nashr, 2018.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref1\" name=\"_ftn1\"><sup>[1]<\/sup><\/a> Tasalsul har bir narsaning mavjudligi undan oldingi o\u02bbziga o\u02bbxshagan narsaning mavjudligiga bog\u02bbliq bo\u02bblishi.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Obid XURSANDOV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Alloh taolo butun olamni yaratgan, komillik sifatlari bilan sifatlangan, aybu nuqsonlardan pok va hech narsa Unga o\u02bbxshamaydigan Zotdir. U xotini, farzandi, ota-onasi va sherigi bo\u02bblmagan yakka-yu yagonadir. U ibtidosiz avval va intihosiz oxirdir. U bor edi. U bilan birga hech narsa yo\u02bbq edi. Hozir ham shunday. Biror narsa u bilan birga emas. Olamni yaratgani Unda &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":37488,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>ALLOH TAOLONING TAKVIN SIFATI HODISMI? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"ALLOH TAOLONING TAKVIN SIFATI HODISMI?\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37487&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"ALLOH TAOLONING TAKVIN SIFATI HODISMI? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"ALLOH TAOLONING TAKVIN SIFATI HODISMI?\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37487&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2024-09-12T04:42:20+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/takvin.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"439\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"8 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37487&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37487&lang=oz\",\"name\":\"ALLOH TAOLONING TAKVIN SIFATI HODISMI? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37487&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37487&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/takvin.jpg\",\"datePublished\":\"2024-09-12T04:42:20+00:00\",\"dateModified\":\"2024-09-12T04:42:20+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"ALLOH TAOLONING TAKVIN SIFATI HODISMI?\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37487&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37487&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37487&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/takvin.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/takvin.jpg\",\"width\":660,\"height\":439},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37487&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"ALLOH TAOLONING TAKVIN SIFATI HODISMI?\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"ALLOH TAOLONING TAKVIN SIFATI HODISMI? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"ALLOH TAOLONING TAKVIN SIFATI HODISMI?","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37487&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"ALLOH TAOLONING TAKVIN SIFATI HODISMI? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"ALLOH TAOLONING TAKVIN SIFATI HODISMI?","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37487&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2024-09-12T04:42:20+00:00","og_image":[{"width":660,"height":439,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/takvin.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"8 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37487&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37487&lang=oz","name":"ALLOH TAOLONING TAKVIN SIFATI HODISMI? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37487&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37487&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/takvin.jpg","datePublished":"2024-09-12T04:42:20+00:00","dateModified":"2024-09-12T04:42:20+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"ALLOH TAOLONING TAKVIN SIFATI HODISMI?","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37487&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=37487&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37487&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/takvin.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/takvin.jpg","width":660,"height":439},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37487&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"ALLOH TAOLONING TAKVIN SIFATI HODISMI?"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/37487"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=37487"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/37487\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":37489,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/37487\/revisions\/37489"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/37488"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=37487"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=37487"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=37487"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}