{"id":37442,"date":"2024-09-10T10:27:32","date_gmt":"2024-09-10T05:27:32","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=37442"},"modified":"2024-09-10T10:27:47","modified_gmt":"2024-09-10T05:27:47","slug":"xorazmning-ilk-roviylari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37442&lang=oz","title":{"rendered":"XORAZMNING ILK ROVIYLARI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Uyg\u02bbonish davri tarixini o\u02bbrganish jarayonida shu narsaga amin bo\u02bblamizki, Xorazm o\u02bblkasi VIII asrdan musulmon dunyosiga juda ko\u02bbplab olimlarni yetishtirib bera boshlaydi. Birgina \u201cXorazmiy\u201d taxallusi bilan ijod qilgan olimlarning o\u02bbzi juda ko\u02bbpchilikni tashkil qilgan [8]. Xorazm olimlarga boy, ilm markazlarining buyugi va eng yuksagi edi. Ushbu arab bo\u02bblmagan diyor islomiy ta\u02bclim va g\u02bboyalarda katta iz qoldirgan yuzlab ulamo, faqih, muhaddis, mufassir va adiblarni yetishtirib chiqardi. Xorazm xalqi ilm va madaniyatga muhabbatli kishilar bo\u02bblib, Maqdisiy ularni \u201czakovat, ilm, iste\u02bcdod va odob ahli\u201d deb ta\u02bcriflaydi [4:284]. Boshqa o\u02bbrinda esa \u201cXurosonda\u00a0 xorazmlik shogirdi bo\u02bblmagan fiqh, Qur\u02bcon va adabiyot imomini topmaslik juda ham nodir holat\u201d degan edi [9: 27].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hayratlanarlisi shuki, Xorazm arablar tomonidan egallanganidan ko\u02bbp o\u02bbtmay, bu diyordan ko\u02bbplab olimlar yetishib chiqa boshlaydi. Ayniqsa, hadis ilmida bu yaqqol ko\u02bbzga tashlanadi. Hijriy 158 va 159-yillarda tug\u02bbilgan Mujohid ibn Muso hamda Dovud ibn Rashid Xorazmiy Xorazmda hadis ilmini o\u02bbrganishni boshlab berganlardan va bu yerdagi ilk hadis roviylaridandir. Shundan keyin Xorazmdan ko\u02bbplab roviy va muhaddislar yetishib chiqa boshlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu paytgacha Xorazmda hadis ilmi mavzusi alohida tadqiqot obyekti sifatida o\u02bbrganilmagan bo\u02bblsa-da, ba\u02bczi adabiyotlarda bu bo\u02bbyicha ayrim ma\u02bclumotlar uchraydi. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va O\u02bbzbekiston xalqaro islom akademiyasida olib borilayotgan tadqiqotlarni, shuningdek Z.Munavvarov, misrlik tadqiqotchi Hind Husayn Toha va turkiyalik tarixchi G.Dursun kabi tadqiqotchilar asarlarini bunga misol qilishimiz mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Umuman olganda, Xorazm roviylari yoki muhaddislari mavzusi kam o\u02bbrganilgani va bu borada adabiyotlar kamligi uchun maqolani yoritish jarayonida asosan yozma manbalarga murojaat qilindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mavzuni yoritishda muammoli xronologik, tarixiy-qiyosiy, tarixiy-bayon va boshqa metodlardan foydalanildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom dini Movarounnahr va Xorazmga VIII asr boshlarida kirib kelgan bo\u02bblsa, shu asrning ikkinchi yarmidan turli islomiy ilmlar rivojlana boshladi. Hadisshunoslik eng taraqqiy etgan sohalardan biri bo\u02bbldi. Samarqand, Buxoro va Nasaf kabi shaharlar qatori Xorazmdan ham ko\u02bbplab buyuk muhaddislar yetishib chiqdi [5]. Mujohid ibn Muso Xorazmiy va Dovud ibn Rashid Xorazmiyni shular qatoriga qo\u02bbshish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mujohid Xorazmiyning to\u02bbliq ismi Abu Ali Mujohid ibn Muso ibn Farrux bo\u02bblib, uni zamondoshlari hofiz, imom va zohid deb tan olgan. Mujohid ibn Muso 775 (h. 158) yilda Xorazmda tug\u02bbilib, boshlang\u02bbich ta\u02bclimni shu yerda olgan va umrining katta qismini Bag\u02bbdodda o\u02bbtkazgan. U yerda Sufyon ibn Uyayna, Yahyo ibn Salim at-Toifiy, Hoshim ibn Bashir, Abdulloh ibn Idris, Qosim ibn Molik al-Muzaniy va boshqa muhaddislardan ta\u02bclim olgan [8: 90]. U kishidan Imom Muslim, Imom Termiziy, Imom Nasaiy, Ibn Moja, Abu Dovud va boshqalar hadis rivoyat qilgan [2:292].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Barcha muhaddislar Mujohid ibn Musoning hadis rivoyatida ishonchli ekanini ta\u02bckidlagan. Xorazmlik muhaddis Abu Bakr Barqoniy (948-yil tug\u02bbilgan) Muhammad ibn Abbosdan rivoyat qilib, bunday deydi: \u201cBizga Ahmad ibn Muhammad ibn Mas\u02bcada Fazzoriy so\u02bbzlab berdi, u Ja\u02bcfar ibn Darstavayhdan, u Ahmad ibn Muhammad ibn Qosim ibn Muhrizdan so\u02bbzladi: Yahyo ibn Ma\u02bciyndan Mujohid ibn Muso Xorazmiy haqida so\u02bbradim, u: \u201cSiqa, ishonchli\u201d, dedi\u201d [5].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Abi Hotim ar-Roziy (vaf.938) \u201cAl-Jarh vat-tadil\u201d asarida otasidan Mujohid ibn Muso haqida so\u02bbraganini va otasi \u201cu ishonchli\u201d deb javob berganini yozadi [10]. Xatib al-Bag\u02bbdodiy ham (vaf.1071) o\u02bbzining \u201cBag\u02bbdod tarixi\u201d asarida Yahyo ibn Ma\u02bciyndan xorazmlik roviy haqida so\u02bbraganida, mashhur muhaddis \u201cu ishonchli odam, unda hech qanday ayb yo\u02bbq\u201d deb javob berganini yozadi [10].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mujohid ibn Musodan ko\u02bbplab mashhur muhaddislar hadis rivoyat qilgan. Undan kelgan hadislar \u201cSahihi Muslim\u201d, to\u02bbrt \u201cSunan\u201d va boshqa hadis to\u02bbplamlarida uchraydi [5].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Nasaiy xorazmlik roviydan quyidagi hadisni rivoyat qilgan: \u201cBizga Mujohid ibn Muso xabar qildi: \u201cIsmoil ibn Ulayya bizga Yunusdan, u Hasandan, u Abu Muso Ash\u02bcaridan rivoyat qildi: \u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallam: \u201cAgar ikki musulmon bir-biriga qilich o\u02bbqtalsa va bittasi sherigini o\u02bbldirsa, o\u02bbldirguvchi ham, o\u02bbldirilgan ham do\u02bbzaxdadir\u201d, dedilar. Shunda bir kishi: \u201cEy Rasululloh, mana bu-ku qotil, o\u02bbldirilgan nima uchun?\u201d dedi. U zot: \u201cChunki u ham sherigini o\u02bbldirmoqchi edi\u201d, dedilar\u201d [5].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cSahihi Ibn Hibbon\u201d asariga murojaat qiladigan bo\u02bblsak, quyidagi hadisni keltirish mumkin: \u201cBizga Abu Ya\u02bclo xabar berdi: Mujohid ibn Muso bizga xabar berdi: \u201cIs\u02bchoq Azraq aytdi: \u201cZakariyo ibn Abu Zoida bizga Muhammad ibn Abdurahmon ibn Sa\u02bcd ibn Zuroradan, u Ibn Ka\u02bcb ibn Molikdan, u otasidan rivoyat qildi: \u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallam: \u201cKishining mol va shuhratga bo\u02bblgan hirsi uning dini uchun qo\u02bbylar orasiga qo\u02bbyib yuborilgan ikki och bo\u02bbridan ham yomonroqdir\u201d, dedilar\u201d [5].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Zahabiy (vaf.1348) \u201cSiyaru a\u02bclamin nubalo\u201d asarida roviylardan biri Mujohid ibn Muso bo\u02bblgan bir hadisni keltiradi. Unga ko\u02bbra, Abdulloh ibn Abu Qatoda otasidan rivoyat qilgan: \u201cRasululloh (s.a.v) \u201cpeshin namozi (farzi)ning avvalgi ikki rakatida qiroat qilardilar. Ba\u02bczida ayrim oyatlarni bizga eshittirib qo\u02bbyardilar. Birinchi rakatni uzunroq, ikkinchi rakatni qisqaroq o\u02bbqirdilar. Asr namozining ham avvalgi ikki rakatida (shunday) qiroat qilardilar\u201d (Fotihadan keyin zam sura o\u02bbqilishi to\u02bbg\u02bbrisidagi bu sahih hadisni Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Nasaiy va Ahmad rivoyat qilgan) [2:293].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mujohid Xorazmiy sakson olti yoshida, 858 (h. 244) yil rabiul avval oyida, juma kuni vafot etgan. Imom Zahabiyning xabar berishicha, Mujohid ibn Muso Ahmad ibn Hanbaldan olti yosh katta bo\u02bblgan [11].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Keyingi roviy Abu Fazl Dovud ibn Rashid Xorazmiy ham asli xorazmlik bo\u02bblib, Bag\u02bbdodda yashagan. Bani Hoshimning mavlolaridan bo\u02bblib, ilm talabida yurt kezgan hadis ilmi sohibidir. Xorazmlik roviydan Muslim ibn al-Hajjoj, Ibn Moja, Nasaiy, Abu Dovud va ko\u02bbplab muhaddislar hadis rivoyat qilgan. Milodiy 776 (h. 159) yilda tug\u02bbilib, 854 (h. 239) yilda vafot etgan [2:188; 6:75; 8:90].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Barcha ulamolar Dovud ibn Rashidning hadis rivoyatida ishonchli ekanini ta\u02bckidlagan. Xususan, Yahyo ibn Ma\u02bciyn: \u201cDovud ibn Rashid \u2013 siqa\u201d, deb aytgan bo\u02bblsa, Ibn Sa\u02bcd (vaf.845) \u201cAt-tabaqot al-kubro\u201d asarida \u201cDovud ibn Rashid Xorazm ahlidan, u Valid ibn Muslim, Baqiy ibn Valid, Ismoil ibn Abbos va boshqa shomliklardan rivoyat qilgan bo\u02bblib, ishonchli roviy\u201d, deb xabar beradi [12].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhaddislar sultoni Imom Buxoriy esa \u201cAt-tarix al-kabir\u201d asarining \u201cDinor bobi\u201dda xorazmlik roviy haqida shunday ma\u02bclumot keltirgan: \u201cAbu Fazl Dovud ibn Rashid Bag\u02bbdodda yashagan. Abul Malih Hasan, Valid ibn Muslim va boshqalardan (hadis) eshitgan\u201d [12]. Ibn Abi Xatim ar-Roziy (vaf. 938) ham \u201cJarh va ta\u02bcdil\u201d asarida Dovud ibn Rashidni \u201cishonchli (sodiq)\u201d roviy ekanini yozadi [12].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Fazl Xorazmiy rivoyat qilgan hadislardan misol keltirsak. Xatib Bag\u02bbdodiy (vaf.1071) \u201cTarixi Bag\u02bbdod\u201d kitobida bunday hadis keltiradi: \u201cAbdulmalik ibn Muhammad ibn Abdulloh Voizning bizga xabar berishicha, u Abu Sahl Ahmad ibn Muhammad ibn Abdulloh ibn Ziyod al-Qattondan, u Muhammad ibn al-Munadiydan, u Dovud ibn Rashid (Xorazmiy)dan, u esa Ibn Aliyadan, u Hajjoj ibn Abi Usmondan, u Yahyo ibn Abi Kasirdan, u Abu Salamadan, u esa Abu Hurayradan bunday rivoyat qiladi: \u201cRasululloh sollallohu alayhi va sallam bunday deganlar: \u201cJuvon ayolning roziligi olinmaguncha, u nikoh qilinmaydi, qizdan esa bu haqda ruxsat so\u02bbraladi\u201d. \u201cEy, Rasululloh, uning ruxsati qanday bo\u02bbladi?\u201d, deb so\u02bbrashdi. Rasululloh: \u201c(uning ruxsati) sukut qilishidir\u201d, dedilar [12].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Zahabiy (vaf. 1348) o\u02bbz kitobida quyidagi hadisni keltiradi: \u201cMen Abul Ma\u02bcoiliy Ahmad ibn Is\u02bchoqqa o\u02bbqib berdim. U kishiga Muborak ibn Abul Juvd, u kishiga zohid Ahmad ibn Abu G\u02bbolib, u kishiga Abdulaziz ibn Ali, u kishiga Abu Tohir Muxallis, u kishiga Abdulloh Bag\u02bbaviy, u kishiga Dovud ibn Rashid, u kishiga Abu Ismoil Muaddib roviy A\u02bcmashdan, u kishi Abu Solihdan rivoyat qiladi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Hurayra so\u02bbraydi: \u201cEy Rasululloh, menga jannatga kiritadigan narsani lo\u02bbnda qilib o\u02bbrgating\u201d. Shunda u zot: \u201cg\u02bbazablanma\u201d dedilar\u201d [2:189; 12].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Zahabiy asaridagi quyidagi ajib hikoya Abu Fazl Xorazmiyning ichki olami naqadar chiroyli, xulqi go\u02bbzal, qalbi pok ekanini ko\u02bbrsatadi va insonni o\u02bbyga toldiradi. Shuningdek, yurtimizda yashab o\u02bbtgan ota-bobolarimiz naqadar buyuk bo\u02bblganini bildiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bir kuni Dovud ibn Rashid Xorazmiy Ibrohim Harbiyga aytadi: \u201cBir kecha namoz o\u02bbqish uchun turganimda kiyimim yupqaligidan sovqotib, uxlab qolibman. Tushimda: \u201cEy Dovud, ularni uxlatib, sizni uyg\u02bbotdik. Biz uchun iltijo qilib yig\u02bblamaysizmi?\u201d degan ovozni eshitdim\u201d. Harbiy: \u201cDovud shundan keyin uxlamadi, ya\u02bcni tungi tahajjudni tark qilmadi, deb o\u02bbylayman\u201d, degan\u201d [2:189].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa va takliflar.\u00a0\u00a0 Avvalgi e\u02bctiqodi zardushtiylik bo\u02bblgan Xorazm vohasiga islom dini kirib kelishi va yoyilishi bilan bir vaqtda bu hududda \u201cson-sanoqsiz\u201d olimlar dunyoga kelishni boshlaydi. 1203-yilda Gurganch shahrida bo\u02bblgan eronlik adib Muhammad Avfiy shaharda ilm odamlarining ko\u02bbpligidan hayratlanib: \u201cBu shaharda ilm ahli Ko\u02bbk yuzidagi yulduzlar kabi ko\u02bbp\u201d, degan edi [7:249].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Aksariyat kishilar Xorazmdan faqat Muhammad ibn Muso Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy kabi dunyoviy fan olimlari yoki Mahmud Zamaxshariy kabi katta tilshunoslar yetishib chiqqan, deb biladi. Lekin bu diyorda ulug\u02bb roviylaru muhaddislar ham tug\u02bbilgani, ular rivoyat qilgan hadislar buyuk muhaddislarning hadis to\u02bbplamlarida keltirilgani va bu o\u02bblkaga hatto Imom Buxoriy ham hadis izlab kelgani [3: 47] ayni haqiqatdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Agar Musulmon Renessansi davridagi Xorazmga ilm-fan tomonidan qaraydigan bo\u02bblsak, u o\u02bbzida jilolanib turgan va har bir toshi alohida, o\u02bbzgacha yog\u02bbdu taratadigan mozaikani ifodalaydi. Rostdan ham, Xorazm arablar fathidan boshlab to mo\u02bbg\u02bbullar istilosigacha bo\u02bblgan davrda ilm-fanning deyarli barcha sohalaridagi olimlarni yetishtirib berdi, ularga beshik bo\u02bbldi. Bu diyor buyuk faylasuflarni ham, matematik va astronomlarni ham, tabibu adiblarni ham, ulug\u02bb muhaddis va mashhur faqihlarni, mufassiru mutakallimlarni ham kamolga yetkazdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Birgina hadis ilmini oladigan bo\u02bblsak, Xorazmda afrig\u02bbiylar va ma\u02bcmuniylar davrida quyidagi sodiq roviy va muhaddislar yetishib chiqqan: Dovud ibn Rashid, Mujohid ibn Muso, Abdulloh ibn Ubay, Abu Yusuf Ya\u02bcqub ibn Jarroh, Abu Abdulloh Solih ibn Molik, Abul Husayn Muhammad ibn Husayn Hayyot, Abu Umar Horis ibn Surayj Naqqol, Ali ibn Ahmad Vasiy, Abu Is\u02bchoq Ibrohim ibn Bemor, Abu Bakr Muhammad ibn Dovud Safardariy, Sa\u02bcid Usmon Atakiy, Abu Muhammad Abdulloh ibn Muhammad Hazorasbiy, Abu Bakr Ahmad ibn Ibrohim Habbobiy, Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad Barqoniy va hok. Olimlarning barchasi VIII-X asrlarda yashagan va\u00a0 \u201cXorazmiy\u201d nisbasi bilan tanilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yuqoridagilardan kelib chiqib, bir taklifni ilgari surish mumkin: qaysi sabablar va omillar tufayli ilk Renessans davrida Xorazmdan har xil sohalarda ko\u02bbp va benazir olimlar yetishib chiqqanini va bu vohaning qaysi jihati tashqaridagi olimlar e\u02bctiborini o\u02bbziga jalb qilganini alohida o\u02bbrganish, tadqiq qilish kerak. Bir tomondan qaraganda, bu yerda faqat aniq va tabiiy fan olimlarini ko\u02bbrsak, boshqa tarafdan diniy ilm vakillarini ko\u02bbramiz. Uchinchi taraf ham borki, ularning bu iqlimda yashab, ijod qilgani aqlni shoshirib qo\u02bbyadi. Bular aqlni birinchi o\u02bbringa qo\u02bbyuvchi mo\u02bbtaziliylar. Ha, shunday, o\u02bbrta asrlarda Xorazmning o\u02bbziga xos jozibasi bo\u02bblganki, u asrlar davomida olimlar e\u02bctiborini o\u02bbziga jalb etgan. Balki, bu Xorazmning sulh yo\u02bbli bilan fath qilingani [1:83] va buning natijasida islom dini bu yerda ilm-ma\u02bcrifat orqali yoyilgani bilan bog\u02bbliqdir. Bu boradagi keyingi tadqiqotlar bu fikrni yo tasdiqlaydi, yoki inkor qiladi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>Foydalanilgan adabiyotlar:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Bazzoziy Muhammad ibn Muhammad al-Kardariy. Al-Bazzoziy fatvolari (arab tilida). 1-jild. \u2013 Bayrut, 2009.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Zahabiy Shamsiddin Muhammad ibn Ahmad. Mashhur daholar siyrati. \u2013 T., 2017.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Islom ensiklopediyasi. 1-jild. \u2013 T., 2020.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Maqdisiy. Ahsan ut-taqosim fiy ma\u02bcrifatil aqolim (arab tilida). \u2013Qohira, 1991.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Mirzayev B. Mujohid ibn Muso \u2013 xorazmlik ishonchli roviy \/\/ https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=24082<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Munavvarov Z. Renessans olimlari qomusi. \u2013 T., 2021.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Orazsahedov A. Tarihte G\u00fcrgen\u00e7 \u015fehri. Doktora tezi. \u2013 Konya, 2018.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Sam\u02bconiy Abdulkarim. Nasabnoma. \u2013 T., 2017.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Hind Husayn Toha. Xorazm iqlimida arab adabiyoti (arab tilida). \u2013 Bag\u02bbdod, 1976.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">http:\/\/hadithtransmitters.hawramani.com\/?p=98478#04dea2<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">https:\/\/www.islamweb.net\/ar\/library\/content\/60\/2094<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/hadithtransmitters.hawramani.com\/?p=67013#88e09f\">http:\/\/hadithtransmitters.hawramani.com\/?p=67013#88e09f<\/a><\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mardon XASANOV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">UrDU mustaqil tadqiqotchisi<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Uyg\u02bbonish davri tarixini o\u02bbrganish jarayonida shu narsaga amin bo\u02bblamizki, Xorazm o\u02bblkasi VIII asrdan musulmon dunyosiga juda ko\u02bbplab olimlarni yetishtirib bera boshlaydi. Birgina \u201cXorazmiy\u201d taxallusi bilan ijod qilgan olimlarning o\u02bbzi juda ko\u02bbpchilikni tashkil qilgan [8]. Xorazm olimlarga boy, ilm markazlarining buyugi va eng yuksagi edi. Ushbu arab bo\u02bblmagan diyor islomiy ta\u02bclim va g\u02bboyalarda katta iz qoldirgan &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":37443,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[650],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>XORAZMNING ILK ROVIYLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"XORAZMNING ILK ROVIYLARI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37442&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"XORAZMNING ILK ROVIYLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"XORAZMNING ILK ROVIYLARI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37442&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2024-09-10T05:27:32+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2024-09-10T05:27:47+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/roviyxorazm.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"440\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"8 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37442&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37442&lang=oz\",\"name\":\"XORAZMNING ILK ROVIYLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37442&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37442&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/roviyxorazm.jpg\",\"datePublished\":\"2024-09-10T05:27:32+00:00\",\"dateModified\":\"2024-09-10T05:27:47+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"XORAZMNING ILK ROVIYLARI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37442&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37442&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37442&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/roviyxorazm.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/roviyxorazm.jpg\",\"width\":660,\"height\":440},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37442&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"XORAZMNING ILK ROVIYLARI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"XORAZMNING ILK ROVIYLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"XORAZMNING ILK ROVIYLARI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37442&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"XORAZMNING ILK ROVIYLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"XORAZMNING ILK ROVIYLARI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37442&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2024-09-10T05:27:32+00:00","article_modified_time":"2024-09-10T05:27:47+00:00","og_image":[{"width":660,"height":440,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/roviyxorazm.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"8 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37442&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37442&lang=oz","name":"XORAZMNING ILK ROVIYLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37442&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37442&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/roviyxorazm.jpg","datePublished":"2024-09-10T05:27:32+00:00","dateModified":"2024-09-10T05:27:47+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"XORAZMNING ILK ROVIYLARI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37442&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=37442&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37442&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/roviyxorazm.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/roviyxorazm.jpg","width":660,"height":440},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37442&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"XORAZMNING ILK ROVIYLARI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/37442"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=37442"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/37442\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":37445,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/37442\/revisions\/37445"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/37443"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=37442"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=37442"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=37442"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}