{"id":37427,"date":"2024-09-09T10:41:09","date_gmt":"2024-09-09T05:41:09","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=37427"},"modified":"2024-09-09T10:41:09","modified_gmt":"2024-09-09T05:41:09","slug":"abdulloh-subazmuniy-musnadining-ilmiy-tadqiqi-masalasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37427&lang=oz","title":{"rendered":"ABDULLOH SUBAZMUNIY \u201cMUSNAD\u201dINING ILMIY TADQIQI MASALASI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhaddis olimlar Rasululloh (s.a.v.)dan rivoyat qilingan hadislarni o\u02bbz uslubidan kelib chiqib jamlagan. Vaqt o\u02bbtgandan keyin avvalgi muhaddislar tomonidan yozilgan asarlarni boshqa muhaddis yangi uslubda tartiblagan. Ayniqsa, musnad uslubida ta\u02bclif etilgan asarlarni mavzularga bo\u02bblgan holda qayta tartibga solish bo\u02bbyicha ko\u02bbplab ishlar olib borilgan. Buxorolik olim Abdulloh Subazmuniyning \u201cMusnad\u201di boshqa usulda qayta tartiblangan kitoblar jumlasiga kiradi.\u00a0 Olimning bu asarida imom Abu Hanifa (vaf. 150\/767)ning ustozlari rivoyat qilgan hadislar jamlangan. Jumladan, unda \u201cMa asnadahu al-imom Abu Hanifa an Abdulmalik ibn Umayr\u201d [15:68], ya\u02bcni \u201cImom Abu Hanifaning Abdulmalik ibn Umayrdan isnod bilan keltirgan hadisi\u201d, deb keltiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhaddis olim Abdulloh Subazmuniyning to\u02bbliq ismi Abdulloh ibn Muhammad ibn Ya\u02bcqub ibn Horis ibn Xalil Ustoz Imom Hofiz Faqih Subazmuniy Horisiy Kaloboziy (258-340\/872-952) bo\u02bblib, u Buxorodan yarim farsax (1,5 km.) uzoqlikdagi Subazmun qishlog\u02bbida 258\/872-yili tavallud topgan. Olim faqih va muhaddis bo\u02bblib tanilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abdulloh Subazmuniy hanafiy mazhabining mashhur faqihlaridan hisoblanib, manbalarda muhaddis va tilshunos olim bo\u02bblgani to\u02bbg\u02bbrisidagi ma\u02bclumotlar ham keltirilgan. O\u02bbz zamonasida odamlar imom Subazmuniydan doimiy ravishda olgan maslahatlarida biror marta xato uchramagani uchun unga \u201cUstoz\u201d laqabini bergan. Olim Iroq, Hijoz va Xuroson shaharlariga ko\u02bbplab sayohat qilganidan \u201cAl-Javvol\u201d (jahongashta, sayohatchi) laqabini olgan, shuningdek, hadis va adabiyotdan dars ham bergan. Muhaddis olim 340\/952-yili shavvol oyining 5-juma (4-mart) kunida vafot etgan. Uning tug\u02bbilgan va vafot etgan yillari xususida ixtilof yo\u02bbq. Qabri o\u02bbzi tug\u02bbilib o\u02bbsgan Subazmun qishlog\u02bbida joylashgan [5:291] [9:82]. Shuningdek, Ahmad ibn Mahmud Buxoriy \u201cTarixi Mullozoda (Buxoro mozorolari)\u201d asarining \u201cSubazmundagi qabrlar to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi bobida olimning mozori haqida \u201c&#8230; ulug\u02bb shayx va mashhur imom Abu Muhammad Abdulloh ibn Muhammad ibn Ya\u02bcqub ibn Horis Subazmuniy qaddasallohu taolo ruhahuning pokiza qabri ham o\u02bbsha yerdadir\u201d [1:92], degan ma\u02bclumotni keltirgan. Bu fikrni muhaddis, tarixchi, hanafiy faqihi Abdulhay Laknaviy ham (vaf. 1304\/1887) \u201cAl-Favoid al-bahiyya\u201d asarida tasdiqlagan [5:291]. Hozirda bu qabriston faoliyatini to\u02bbxtatgan. Shuningdek, aniq ma\u02bclumotlar bo\u02bblmani bois\u00a0 olim qabrini aniqlashning imkoni yo\u02bbq.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abdulloh Subazmuniy haqida yozilgan manbalarda uning bir necha asarlari bor (lahu tasonif) ekani aytilgan [3:496]. Hozirga qadar uning \u201cMusnad Abi Hanifa\u201d va \u201cKashf al-osor fi manoqib Abu Hanifa\u201d (bu asar qisqacha qilib \u201cKashf al-osor\u201d deyiladi \u2013 D.M) asarlari yetib kelgan. Ushbu \u201cKashf al-osor fi manoqib Abi Hanifa\u201d asari O\u02bbzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo\u02bblyozmalar fondida 3105-raqami ostida saqlab kelinmoqda. Ammo \u201cMusnad Abu Hanifa\u201d asarining O\u02bbzbekistondagi nusxalari haqida ma\u02bclumot mavjud emas.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, olim \u201cKashf al-osor fi manoqib Abu Hanifa\u201d asarining Muhammad ibn Bishr rivoyatida: \u201cU Abu Hanifa orqali ko\u02bbp rivoyat qilgan bo\u02bblib, aksariyati g\u02bbaribdir va ularning ko\u02bbpini \u201cMusnad\u201d kitobida keltirib o\u02bbtdik\u201d [8:85a], \u201cU rivoyat qilgan hadislar ko\u02bbp bo\u02bblib, ularni \u201cMusnad\u201d kitobida zikr qildik\u201d, deb keltirgan.\u00a0 Ushbu ma\u02bclumotga tayanib, \u201cMusnad\u201d asari \u201cKashf al-osor\u201ddan oldin yozilgan, degan xulosaga kelish mumkin. Bu kabi holatlar ko\u02bbp takrorlansa-da, biroq Abdulloh Subazmuniy\u00a0\u00a0 boshqa asari haqida ma\u02bclumot keltirmagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhaddisning \u201cMusnad\u201dida Imom Abu Hanifaning shayxi zikr etilib, so\u02bbngra u rivoyat qilgan hadislar bayon qilingan. Masalan, \u201cAbu Hanifa Hakam ibn Utaybadan rivoyat qilgan hadislar\u201d, deb Hakamdan qanday hadislar rivoyat qilgan bo\u02bblsa, ularni birma-bir keltirgan. Bu holat odatdagi musnad yozish uslubidan farq qiladi<a href=\"#_ftn1\" name=\"_ftnref1\"><sup>[1]<\/sup><\/a>. Asarda, umumiy hisobda Imom Abu Hanifaning 79 ta shayxi ishtirok etgan. Mazkur asar Abu Muhammad Asyutiy tomonidan tadqiq qilinib, 2008-yilda nashr etilgan [15:336]. Unda 915 ta hadis jamlangan bo\u02bblib, mashhur muhaddis Ibn Manda (vaf. 395\/1005) rivoyati orqali yetib kelgan. Shuningdek, aniq ma\u02bclumotlar bo\u02bblmagani bois olim qabrini aniqlashning imkoni yo\u02bbq.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abdulloh Subazmuniyning ushbu \u201cMusnad\u201d asari keyinchalik boshqa hanafiy muhaddislari tomonidan qayta ishlangan. Ulardan biri alloma Muso ibn Zakariyo ibn Ibrohim ibn Muhammad ibn Soid Haskafiy Qoziy Sadruddin (vaf. 650\/1252)dir. U asarni muxtasar holatga keltirgan. Olim Halabga kelib, shu yerda yashab, faoliyat yuritgan va faqih bo\u02bblib tanilgan. Keyinchalik Qohiraga borib, Jahorkas madrasasida fiqh va boshqa fanlardan dars bergan. Shu bilan birga, Halab va Qohirada hadis rivoyat qilish bilan ham shug\u02bbullangan. Umrining oxirini Qohirada o\u02bbtkazgan va o\u02bbsha yerda vafot etgan. Haskafiy Imom Iftixoruddin Abdulmuttalib ibn Fazl Hoshimiy Abu Hoshimdan hadis eshitgan bo\u02bblsa, Dimyotiy kabi ulug\u02bb muhaddisga ustozlik qilgan [14:316].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Haskafiy orqali yetib kelgan asarda, hadislar bir necha bor takror kelgan bo\u02bblsa, qolganlarida isnodning o\u02bbzi zikr qilingan. Bu esa, boshqalar ham bu hadisni naql qilganini bildiradi. Muxtasar qilingan joyda \u201cQola Abu Muhammad&#8230;\u201d (Abu Muhammad dedi&#8230;), deb ta\u02bckidlangan o\u02bbrinlar ko\u02bbp uchraydi [12:176]. Bular orqali Subazmuniy keltirgan isnodlar o\u02bbrnini bilish mumkin. Bu esa, bir hadisning ko\u02bbplab isnodlari mavjudligini ko\u02bbrsatish yo\u02bblidir. Chunki hadis ilmi qonuniyatlariga ko\u02bbra, hadis isnodlari qancha ko\u02bbp bo\u02bblsa, o\u02bbsha rivoyat kuchli hisoblangan. Masalan, Imom Abu Hanifa o\u02bbz shayxidan bir hadis aytsa, uni Abu Hanifaning nechta shogirdi rivoyat qilgan bo\u02bblsa, o\u02bbshalarda hadis matni keltirilmagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Haskafiydan so\u02bbng uning kitobini shayx, alloma Muhammad Obid Sindiy Madiniy (vaf. 1257\/1839) fiqhiy masalalar tartibiga ko\u02bbra joylashtirgan. Sindiyning to\u02bbliq ismi Muhammad Obid ibn Ahmad Ali ibn Muhammad Murod ibn Ya\u02bcqub Hofiz ibn Mahmud Ansoriy Xazrajiy bo\u02bblib, Sindda (Pokiston) dunyoga kelgan. Bobosi oilasini arab yerlariga olib borgan va o\u02bbsha joylarda yashab qolgan. Olim avval Hijozda, keyin Yamanda yashagan. O\u02bbz davrida hadis, fiqh va hatto tabobatni ham o\u02bbrgangan [7:5]. Bir qator kitoblar, xususan, \u201cMihnat al-Boriy fi jam\u02bc rivoyat al-Buxoriy\u201d, \u201cTartib musnad al-imom ash-Shofe\u02bciy\u201d, \u201cAl-Mavohib al-latifa sharh musnad al-imam Abu Hanifa\u201d va boshqalarni yozgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sindiy \u201cMusnad\u201dni Abu Hanifa ustozlarini bilmagan tolibi ilmlarning undan hadislarni oson topishi uchun fiqhiy tartibda joylashtirgan [11:138]. Asar fiqhiy tartibda bo\u02bblsa ham unda fiqhga oid bo\u02bblmagan imon, shamoyil, ilm va boshqa shu kabi masalalarga ham o\u02bbrin ajratilgan. Kitob nomini \u201cTartib musnad al-imom Abu Hanifa bi rivoyat al-Haskafiy\u201d deb nomlagan [7:5]. Ushbu asar Abu Barakot Haqqunnabiy Sindiy Azhariy tomonidan nashrga tayyorlangan va 2016-yili Misrda chop etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asardagi o\u02bbttiz uch kitobda besh yuz yigirma to\u02bbqqiz hadis o\u02bbrin olgan bo\u02bblib, u \u201cAs-Sindiy musnadi\u201d nomi bilan yuritilgan. Eng katta bob namozga oid bo\u02bblib, unda 119 ta hadis keltirilgan. Asarda yana raqamlanmagan ba\u02bczi hadislar bo\u02bblib, ular 77 tani tashkil etgan va ular \u201cva fi rivayatin\u201d, ya\u02bcni \u201cyana bir rivoyatda\u201d deb berilgan. Bu rivoyatlarda o\u02bbzidan yuqorida bo\u02bblgan va raqamlangan hadislarning mazmuniga mos boshqa hadis keltirilgan. Masalan, nikoh kitobida, Abu Hanifa Yunus ibn Abdullohdan, u otasidan, otasi Robi ibn Sabra Juhaniydan, u yana otasidan rivoyat qilgan: \u201cRasululloh (s.a.v.) Makka fathi kuni ayollarga vaqtincha uylanishdan qaytardilar\u201d. Bu rivoyatga raqam qo\u02bbyilgan bo\u02bblib, uning ortidan \u201cyana bir rivoyatda\u201d deb: \u201cHaj yili mut\u02bcadan qaytardilar\u201d va davomida \u201cyana bir rivoyatda\u201d deb: \u201cRasululloh (s.a.v.)\u00a0 fath kuni ayollarga vaqtincha uylanishdan qaytardilar\u201d, deyilgan [7:106]. Agar bularni ham alohida hisoblasa, kitobda jami 196 ta hadis keltirilgan bo\u02bbladi. Shu o\u02bbrinda aytish lozimki, bu asar hadis ilmiga oid ekani uchun faqat hadislar sanab o\u02bbtilgan bo\u02bblib, fatvolar berilmagan, sharh ham qilinmagan. Asarning istibro va rahn kitoblarida bittadan rivoyat zikr qilingan. Shu bilan birga, Sindiy kitobning kirish qismida \u201cAmallar niyatga bog\u02bbliq\u201d hadisini keltirgan [7:39] va uni asosiy hadislar qatoriga qo\u02bbshmagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asarning yana bir xususiyati hadislarni bahs orasida rivoyat qilishdir. Jumladan, namoz kitobining 18-hadisida Sufyon ibn Uyayna (vaf. 198\/814) shunday degan: \u201cAbu Hanifa va Avzoiy Makkada Dorul hannotda uchrashdi. Avzoiy Abu Hanifaga: Sizlarga nima bo\u02bblganki, namozda qo\u02bbllaringizni rukudan oldin va keyin ko\u02bbtarmaysizlar?\u201d deganida, Abu Hanifa: \u201cChunki bu bo\u02bbyicha Rosululloh (s.a.v.)dan sahih hadis kelmagan\u201d, dedi. Avzoiy: \u201cQanday qilib sahih emas, Menga Zuhriy Solimdan, u otasidan (Abdulloh ibn Umar), u Rasululloh (s.a.v.)dan hadis aytgan: \u201cU zot namoz boshlashda rukudan oldin va keyin qo\u02bbllarini ko\u02bbtarar edilar\u201d, dedi. Abu Hanifa unga: \u201cBizga Hammod Ibrohimdan, u Alqama va Asvaddan, ular Ibn Mas\u02bcuddan hadis aytib bergan: \u201cU zot faqat namozga kirishlarida qo\u02bbl ko\u02bbtarganlar, bu ishni qaytib qilmaganlar\u201d, dedi. Shunda Avzoiy: \u201cMen senga Zuhriydan, Solimdan, otasidan deb hadis aytsam, sen Hammoddan, u Ibrohimdan kelgan hadisni aytding!\u201d, dedi. Abu Hanifa: \u201cHammod Zuhriydan faqihroq, Ibrohim Solimdan faqihroq, Alqama fiqhda Ibn Umardan kam emas. Ibn Umarning sahobiy fazilati bor. Asvadning ham ko\u02bbplab fazilatlari bor. Abdulloh Abdulloh-da!\u201d, deganida Avzoiy sukut saqlab qoldi\u201d [7:70].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Subazmuniy o\u02bbz \u201cMusnad\u201dini Imom Abu Hanifa ustozlari asosida tuzib chiqqani uchun ham uni qayta tartiblash jarayonida bu holat saqlanib qolgan. Umumiy hisobda Imom Abu Hanifaning 89 nafar shayxi \u2013 ustozi zirk qilingan. Hatto ular orasida bir nafar ayol shayxi bo\u02bblganini ham bilish mumkin. Shuningdek, ustozlari orasida Hammod, Ato ibn Abu Raboh kabi olimlarning bo\u02bblishi va ulardan ko\u02bbp dars olganiga ham ishora qilish holatlari kuzatiladi. Shu bilan birga, Muhammad Obid Sindiy asarga \u201cAl-Mavahib al-latifa fil haram Makkiy bi sharh Musnad al-imom Haskafiy\u201d nomi bilan sharh ham yozgan. Musnadlar orasidagi eng katta sharh ehtimol shu bo\u02bblishi mumkin [11:155]. Bundan tashqari, Muhammad Hasan Sunbuhaliy (vaf. 1305\/1887) Sindiy asarini \u201cTansiq an-nizom bisharh Musnad al-imom\u201d nomi bilan sharhlagan va uning muqaddima qismida asardagi roviylar haqida qimmatli ma\u02bclumotlarni keltirgan [11:157]. Bu asarda 521 ta hadis sharhlangan [10:682]. Biroq bu asarning qirish qismi juda qisqa bo\u02bblib, ilmiy tadqiq qilinmagan. Shu bilan birga, bu asarga Ali Qori tomonidan yozilgan sharh Hindistonda 1312\/1894-yili Haraviy tomonidan nashr etilgan [11:138].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ikkinchi olim Mahmud ibn Ahmad ibn Mas\u02bcud Jamoluddin Qunaviy Dimashqiy (vaf. 771\/1369) ham Abdulloh Subazmuniy asarini muxtasar qilib, \u201cAl-Mutamid muxtasar al-Musnad\u201d (\u201cMusnadning muxtasariga tayanch\u201d), deb nomlagan [11:143]. Ammo asarning qo\u02bblyozma nusxasiga \u201cAl-Mutamid ahodis al-Musnad\u201d, deb nom berilgan [13:23a]. U asarni fiqhiy masalalar tartibiga ko\u02bbra, o\u02bbttiz uch bobga bo\u02bblib chiqqan. So\u02bbngra uni \u201cAl-Mustanid sharh al-Mutamid\u201d nomi bilan sharhlagan. Biroq bu asar haqida boshqa ma\u02bclumot yo\u02bbq. Shu o\u02bbrinda aytish mumkinki, ushbu olim tafsir, kalom, fiqh va boshqa sohalarda ham qalam tebratgan serqirra ijod sohibidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Uchinchi olim esa, Zaynuddin Qosim ibn Qutlubug\u02bbo (vaf. 879\/1474) bo\u02bblib, u ham Horisiy (Subazmuniy) asarini Abu Abdulloh Muhammad ibn Husayn ibn Xusrav Balxiy (vaf. 576\/1183) kabi boblarga bo\u02bblgan holda rivoyat qilgan va u \u201cIbn Qutlubug\u02bbo Musnadi\u201d deb yuritilgan [11:149]. Boshqa o\u02bbrinda \u201cTabvib Musnad lil Horisiy\u201d [4:972] nomi bilan zikr qilingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Subazmuniyning \u201cMusnad\u201d asari hanafiy mazhabida yozilgan Isfahoniy va boshqa olimlarning \u201cMusnad\u201dlaridan hajman katta bo\u02bblib, muhaddislar hamda keng xalq ommasiga mo\u02bbljallangan manbalardan biri sifatida qadrlidi. Buni \u201cMusnad\u201dga yozilgan muxtasar va sharhlarning ko\u02bbpligidan ham bilish mumkin. Shu bois, hanafiy olimlarining hadis to\u02bbplamlari orasida Imom Subazmuniyning \u201cMusnad\u201d va Xorazmiyning \u201cJome\u02bc al-masonid\u201d asarlari eng ko\u02bbp zikr qilingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hanafiy olimlari keyingi davrlarda o\u02bbz mazhabiga nisbatan qilingan tuhmat va turli ko\u02bbrinishdagi ziddiyatlardan, jumladan, hadislar xususidagi ixtiloflardan o\u02bbzlarini hadis ilmiga oid asar yozish bilan himoya qilgan. Natijada, hanafiy olimlari tomonidan yaratilgan hadis kitoblari paydo bo\u02bbla boshlagan. Bu turdagi kitoblarda asosan Imom Abu Hanifadan rivoyat qilingan va ushbu mazhabda hujjat sifatida ishlatiladigan hadislar jamlangan. Mana shunday manbalardan Abdulloh Subazmuniyning \u201cMusnad\u201d va \u201cKashf al-osor fi manoqib Abu Hanifa\u201d asarlari o\u02bbrin olgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hanafiy mazhabi olimlaridan Abu Muayyad Muvaffaq ibn Ahmad ibn Is\u02bchoq Makkiy Xorazmiy (vaf. 568\/1172) Abu Hanifaga nisbat berilgan 15 ta musnadlardan fiqhiy masalalarda saylanma yozgan va ular orasida eng ko\u02bbp foydalangani Abdulloh Subazmuniy Buxoriyning \u201cMusnad\u201didir. Shuningdek, Abu Muayyad Muhammad ibn Mahmud ibn Muhammad Xorazmiy (vaf. 665\/1266) kabi olimlar ham o\u02bbz asarlarini yaratishda undan keng foydalangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hanafiy muhaddislarining asosiy e\u02bctibori va olib borgan ishlari Imom Abu Hanifaning muhaddislik faoliyatini to\u02bbliqroq ko\u02bbrsatishga qaratilgan. Shuningdek, ular imomni \u201chadislarni yaxshi bilmaydi\u201d, degan asossiz gaplardan himoya qilish uchun ham hadislardan hujjat to\u02bbplagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa qilib aytganda, Abdulloh Subazmuniyning \u201cMusnad\u201d asari ko\u02bbplab olimlar tomonidan tadqiq etilgan. Yuqorida keltirilgan ma\u02bclumotlar Abdulloh Subazmuniyning asari ustida olib borilgan izlanishlar ko\u02bblami keng ekanini ko\u02bbrsatadi. Ayni paytda, Imom Subazmuniy \u201cMusnad\u201dining mintaqamiz olimlari tomonidan tadqiq qilinishi ham muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, Sindiy asaridagi roviylarni chuqur o\u02bbrganish yurtimizdan yetishib chiqqan barcha hanafiy muhaddislar haqida to\u02bbliqroq ma\u02bclumot olish imkonini bergan.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>Foydalanilgan adabiyotlar:<\/strong><\/span><\/div>\n<div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Buxoriy Ahmad. Tarixi mullozoda dar zikri mozoroti Buxoro \/ tarjimon Rahimov K. \u2013 T.: Fan, 2019.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Yo\u02bbldoshev N., Qurbonov H. Buxoro shahri va uning atro\u00adfidagi ziyoratgohlar tarixi. \u2013 Buxoro: Buxoro nashriyoti, 2001.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Zahabiy. Mizon al-i\u02bctidol fi naqd ar-rijol. Shahri ko\u02bbrsatilmagan. Dor ihyo al-kutub al-arabiyya, 1963. \u2013 J. 2.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Kattoniy Abdulhay. Fihras al-fahoris val asbat. \u2013 Bayrut: Dor al-G\u02bbarb al-islomiy, 1982. \u2013 J. 2.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Laknaviy Abdulhay. Al-Favoid al-bahiyya fi tarojum al-hanafiyya. \u2013 Bayrut: Dor al-Arqam, 1998.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Sindiy Obid. Al-Mavohib al-latifa sharh musnad al-imam Abi Hanifa. \u2013 Dimashq: Dor an-navodir, 2013. \u2013 T. 1.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Sindiy Obid. Tartib musnad al-imom Abi Hanifa bi rivoyat al-Haskafiy. \u2013 Qohira: Dor al-ehson, 2016.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Subazmuniy Abdulloh. Kashf al-osor fi manoqib Abi Hanifa. \u2013Toshkent: O\u02bbzbekiston Respublikasi FA Sharqshunoslik instituti, \u2013 Qo\u02bblyozmalar asosiy fondi. \u2013 Qo\u02bblyozma \u2116 3105. \u2013 256 varaq.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Suxareva O.A. Kvartalnaya ob\u0449ina pozdnefeodalnogo goroda Buxar\u044b. \u2013 M.: Nauka, 1976.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Tartib Musnad al-Imom al-A\u02bczam \/ Min rivoyat al-qodiy al-imom al-muhaddis alloma Sadr ad-din Muso ibn Zakariyo al-Haskafiy rh. li-Xotimat al-Hofiz Muhammad Obid as-Sindiy al-Ansoriy rh. Maa sharh Tansiq an-nizom fi Musnad al-Imom li-Muhammad Hasan as-Sunbuliy rh. Yangi nashr. \u2013 Karachi: Maktabat al-Bushro, 2010.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Urkazaiy, Muhammad Amin. Masonid al-imam Abu Hanifa. \u2013 Karachi: Al-Qodir barnatak sentr. 1978.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Xaskafiy Muso. Muxtasar musnad Abu Hanifa. \u2013 Qohira: Qo\u02bblyozma. Al-Azhar kutubxonasi. \u2116 Inv. \u2116 311832. \u2013 176 varaq.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Qunaviy Mahmud. Al-Mutamid ahodis al-Musnad. Qo\u02bblyozma \/ Ustoz Muhammad ibn Turkiy at-Turkiy shaxsiy kutubxonasi. 40 varaq. https:\/\/www.alukah.net\/library\/0\/112140\/.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Qurashiy Abdulqodir. Al-Javohir al-muziyya. \u2013 Al-Qohira: Hijr, \u2013 T.3.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Horisiy Abu Muhammad. Musnad Abi Hanifa \/ tahqiq Abu Muhammad Asyutiy. \u2013 Bayrut: Dor al-kutub al-ilmiyya, 2008.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref1\" name=\"_ftn1\"><sup>[1]<\/sup><\/a> Musnad so\u02bbzi arab tilida asoslangan, tayanch, dalillangan, ya\u02bcni isnodga asoslangan, degan\u00a0 ma\u02bcnolarni bildiradi. Hadis istilohida esa, bir necha ma\u02bcnolarda qo\u02bbllanib keladi. Birinchi ma\u02bcnosiga ko\u02bbra, isnodi muttasil ravishda o\u02bbz nihoyasiga, ya\u02bcni Payg\u02bbambarga (s.a.v.) yetgan hadis, ya\u02bcni sanadi bilan rivoyat qilingan hadisdir. Hadis to\u02bbplami sifatida esa, quyidagi uslublarda yozilgan: 1. Sahobiylarning nomlari alifbo tarzida joylashtirilib, bir sahobiy rivoyat qilgan barcha hadislar bir joyda keltiriladi, undan keyin boshqa sahobiy va hokazo; 2. Sahobiyning fazilatiga qarab tuziladi; 3. Sahobiylarning islomga kirish tarixiga ko\u02bbra, oldin Abu Bakr (r.a.)niki keltirilib, undan keyin boshqalar bilan davom ettiriladi. Ammo Subazmuniy boshqa uslubni qo\u02bbllagan.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">DONIYOR MURATOV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Muhaddis olimlar Rasululloh (s.a.v.)dan rivoyat qilingan hadislarni o\u02bbz uslubidan kelib chiqib jamlagan. Vaqt o\u02bbtgandan keyin avvalgi muhaddislar tomonidan yozilgan asarlarni boshqa muhaddis yangi uslubda tartiblagan. Ayniqsa, musnad uslubida ta\u02bclif etilgan asarlarni mavzularga bo\u02bblgan holda qayta tartibga solish bo\u02bbyicha ko\u02bbplab ishlar olib borilgan. Buxorolik olim Abdulloh Subazmuniyning \u201cMusnad\u201di boshqa usulda qayta tartiblangan kitoblar jumlasiga kiradi.\u00a0 Olimning &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":37428,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[3256,3254],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>ABDULLOH SUBAZMUNIY \u201cMUSNAD\u201dINING ILMIY TADQIQI MASALASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"ABDULLOH SUBAZMUNIY \u201cMUSNAD\u201dINING ILMIY TADQIQI MASALASI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37427&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"ABDULLOH SUBAZMUNIY \u201cMUSNAD\u201dINING ILMIY TADQIQI MASALASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"ABDULLOH SUBAZMUNIY \u201cMUSNAD\u201dINING ILMIY TADQIQI MASALASI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37427&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2024-09-09T05:41:09+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/subazmiy_musnad.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"439\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"10 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37427&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37427&lang=oz\",\"name\":\"ABDULLOH SUBAZMUNIY \u201cMUSNAD\u201dINING ILMIY TADQIQI MASALASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37427&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37427&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/subazmiy_musnad.jpg\",\"datePublished\":\"2024-09-09T05:41:09+00:00\",\"dateModified\":\"2024-09-09T05:41:09+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"ABDULLOH SUBAZMUNIY \u201cMUSNAD\u201dINING ILMIY TADQIQI MASALASI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37427&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37427&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37427&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/subazmiy_musnad.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/subazmiy_musnad.jpg\",\"width\":660,\"height\":439},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37427&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"ABDULLOH SUBAZMUNIY \u201cMUSNAD\u201dINING ILMIY TADQIQI MASALASI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"ABDULLOH SUBAZMUNIY \u201cMUSNAD\u201dINING ILMIY TADQIQI MASALASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"ABDULLOH SUBAZMUNIY \u201cMUSNAD\u201dINING ILMIY TADQIQI MASALASI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37427&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"ABDULLOH SUBAZMUNIY \u201cMUSNAD\u201dINING ILMIY TADQIQI MASALASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"ABDULLOH SUBAZMUNIY \u201cMUSNAD\u201dINING ILMIY TADQIQI MASALASI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37427&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2024-09-09T05:41:09+00:00","og_image":[{"width":660,"height":439,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/subazmiy_musnad.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"10 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37427&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37427&lang=oz","name":"ABDULLOH SUBAZMUNIY \u201cMUSNAD\u201dINING ILMIY TADQIQI MASALASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37427&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37427&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/subazmiy_musnad.jpg","datePublished":"2024-09-09T05:41:09+00:00","dateModified":"2024-09-09T05:41:09+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"ABDULLOH SUBAZMUNIY \u201cMUSNAD\u201dINING ILMIY TADQIQI MASALASI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37427&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=37427&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37427&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/subazmiy_musnad.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/subazmiy_musnad.jpg","width":660,"height":439},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37427&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"ABDULLOH SUBAZMUNIY \u201cMUSNAD\u201dINING ILMIY TADQIQI MASALASI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/37427"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=37427"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/37427\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":37429,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/37427\/revisions\/37429"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/37428"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=37427"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=37427"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=37427"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}