{"id":37221,"date":"2024-08-26T11:22:19","date_gmt":"2024-08-26T06:22:19","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=37221"},"modified":"2024-08-26T11:27:05","modified_gmt":"2024-08-26T06:27:05","slug":"buyuk-ajdodlarimiz-ma%ca%bcnaviy-merosini-o%ca%bbrganish-va-tadqiq-etish-jamiyat-taraqqiyoti-uchun-muhim-asos-bo%ca%bblib-xizmat-qiladi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37221&lang=oz","title":{"rendered":"BUYUK AJDODLARIMIZ MA\u02bcNAVIY MEROSINI O\u02bbRGANISh VA TADQIQ ETISH jamiyat taraqqiyoti uchun muhim asos bo\u02bblib xizmat qiladi"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda O\u02bbzbekiston madaniy merosini o\u02bbrganish, saqlash va ommalashtirish bo\u02bbyicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) tomonidan tashkil etilgan \u201cBuyuk ajdodlar merosi \u2014 Uchinchi Renessans asosi\u201d mavzusidagi VIII xalqaro kongress 23-avgust kuni Toshkentda boshlanib, shu kunlarda o\u02bbz ishini Samarqandda davom ettirmoqda.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kongressda IRCICA, <span class=\"fontstyle0\">ISESCO<\/span>, TURKSOY singari xalqaro tashkilotlar, \u201cAl-Furqon\u201d fondi, Xalqaro Turkiy akademiya rahbar va xodimlari, dunyoning 35 davlatidan 300 ga yaqin olimlar, mutaxassislar, tadqiqotchilar ishtirok etmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">24-avgust kuni Samarqanddagi kongress markazida xalqaro forumning ochilish marosimi bo\u02bblib o\u02bbtdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning anjuman qatnashchilariga tabrigini Prezident maslahatchisi Xayriddin Sultonov o\u02bbqib eshittirdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tabrikda kongressda bugun va kelajakka mo\u02bbljallangan ilmiy dastur va rejalar muhokama qilinayotgani diqqatga sazovorligi alohida ta\u02bckidlangan. Xususan, \u201cO\u02bbzbekiston madaniy myerosi jahon to\u02bbplamlarida\u201d loyihasi doirasida 70 jildlik kitob-albomlar nashr qilinib, yurtimiz va chet ellardagi eng mashhur kutubxonalar, oliygoh va muzeylar, nufuzli ilm-ma\u02bcrifat maskanlariga yetkazib berildi. Ana shu ishlarning davomi sifatida anjuman kunlarida mazkur turkumdagi yana 10 ta yangi jild taqdimoti o\u02bbtkazilishi ham muhim madaniy hodisadir, deya qayd etilgan. Shuningdek, fundamental tadqiqotlarni o\u02bbtkazishga qaratilgan dastur, ilmiy loyihalarni ishlab chiqish, ularni amalga oshirishdagi chora-tadbirlar o\u02bbzaro hamkorlik uchun yangi imkoniyatlarni ochib berishiga e\u02bctibor qaratilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2014 Davlatimiz rahbari tabrigida O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi eshiklari olimlar va tadqiqotchilar uchun hamisha ochiq ekanini eshitib, har birimizning qalbimizda g\u02bburur va iftixor uyg\u02bbondi, \u2014 deydi O\u02bbzFA vitseprezidenti Bahrom Abduhalimov. \u2014 Joriy yil iyul oyida mamlakatimizning yetakchi olimlari ishtirokida \u201cBuyuk ajdodlar merosi \u2013 Uchinchi Renessans asosi\u201d Respublika forumini o\u02bbtkazgan edik. Forumda Islom sivilizatsiyasi markazi bilan bog\u02bbliq 600 dan ortiq taklif bildirildi. Bugungi kongress ham ana shu takliflardan kelib chiqib, xalqaro tajribani chuqurroq o\u02bbrganish maqsadida tashkil etildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kun tartibiga ko\u02bbra, olimlar ishtirokida \u201cMarkaziy Osiyo islomgacha bo\u02bblgan davrda\u201d, \u201cJaholatga qarshi ma\u02bcrifat: islom ma\u02bcnaviy merosini ommalashtirishning dolzarb masalalari\u201d, \u201cTa\u02bclim va fan islom sivilizatsiyasining asosi\u201d, \u201cO\u02bbzbekiston madaniy merosi dunyo to\u02bbplamlarida\u201d, \u201cArxitektura, san\u02bcat va hunarmandchilik: kelajak uchun meros\u201d, \u201cInnovatsion muzeylar \u2013 kelajak muzeyi: Islom sivilizatsiyasi markazi va Imom al-Buxoriy muzeylari ko\u02bbrgazmasida yangi texnologiyalar\u201d, \u201cO\u02bbzbekiston madaniy merosi dunyo to\u02bbplamlarida: dunyo va milliy kolleksiyalar bo\u02bbyicha ishlarning yangi yo\u02bbnalishlari\u201d kabi mavzularda seminarlar, muhokamalar tashkil etildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Unda Islom sivilizatsiyasi markazi va xorijiy dizaynerlar o\u02bbz loyihalari, konsepsiyalari bilan o\u02bbrtoqlashdi. Shuningdek, ilmiy xodimlar tomonidan muzeylar va Imom Buxoriy markazining ko\u02bbrgazmalari konsepsiyalari taqdim etilmoqda. Milliy mutaxassislar hamkorlikdagi loyihalarni, jumladan, O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi va Imom Buxoriy muzeyining ko\u02bbrgazmalari bo\u02bbyicha videoroliklar namoyish qilinyapti.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2014 Kongryessning asosiy maqsadi O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi megaloyihasini xalqaro ilmiy jamoatchilikka taqdim etishdan iborat, \u2014 deydi markaz direktori Firdavs Abduxoliqov. \u2014 Ayni paytda faoliyatimizning to\u02bblaqonli ishga tushishi uchun jadal harakatlar boshlangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Markaz dunyo ahamiyatiga molik ulkan madaniy, ma\u02bcrifiy maskan sifatida qad rostlamoqda. Barcha sa\u02bcy-harakatlarimiz mamlakatimizda diniy-ma\u02bcrifiy sohada olib borilayotgan islohotlar ahamiyatini ochib berishga qaratilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Markaz zimmasidagi ulkan vazifalarni ado etish uchun mamlakatimiz va xorijdagi barcha ilmiy kuch va imkoniyatlar safarbar etilmoqda. Akademik tadqiqotlardan olingan ilmiy xulosalar markazda amaliy yoki nazariy shaklda o\u02bbz ifodasini topadi. U ham ilmiy, ham jozibador maskanga aylanadi. Ayni damda sohaga oid muloqotlarga mo\u02bbljallangan ilm o\u02bbchog\u02bbi bo\u02bbladi. Shu sabab yirik xalqaro anjumanda e\u02bctiborni ko\u02bbproq markazning kutubxona va muzeylari fondini xalqaro andozalarga mos, bugungi kun talablaridan kyelib chiqib boyitish, markaz faoliyatini yanada kengaytirishga qaratildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xalqaro kongress dunyoning 35 dan ziyod davlatidan 300 ga yaqin olimlar, tadqiqotchilar, madaniy meros sohasida faoliyat yuritayotgan ekspertlar hamda madaniyat, san\u02bcat arboblarini bir maydonga jamladi. Fursatdan foydalanib, ularning fikrlari bilan qiziqdik.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2014 Mamlakatingizda barcha sohalar qatori ta\u02bclim, ilm-fan, madaniyat va ma\u02bcrifat, buyuk ajdodlar merosini saqlash borasida olib borilayotgan keng ko\u02bblamli ishlarni muntazam kuzatib boramiz va behad quvonamiz, \u2014 deydi \u201cSandro Tetti\u201d Rim nashriyot uyi asoschisi va direktori Sandro Tetti. \u2014 Zotan, O\u02bbzbekiston zaminidan jahon tamadduniga munosib hissa qo\u02bbshgan buyuk allomalar yetishib chiqqan. O\u02bbzbek xalqining bebaho madaniy merosi bugun dunyoning turli hududlarida saqlanmoqda va o\u02bbrganilmoqda. Shu bilan birga, jahonning yuksak minbarlaridan turib, islom diniing insonparvarlik va ma\u02bcrifatparvarlik mohiyatini keng targ\u02bbib etishga qaratilgan O\u02bbzbekiston tashabbuslari xalqaro miqyosda qo\u02bbllab-quvvatlanayotgani bejiz emas. Zotan, bugun dunyo ahli ana shunday ezgu da\u02bcvatlarga, xayrli tashabbuslarga katta ehtiyoj sezmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2014 O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi islom merosini tadqiq etishga qaratilgan bir qator xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan izchil hamkorlikni yo\u02bblga qo\u02bbygan, \u2014 deydi Islom tarixi, san\u02bcati va madaniyati tadqiqotlari markazi \u2014 IRSIKA rahbari Mahmud Erol Qilich. \u2014 WOSCU boshqaruvi a\u02bczolaridan biri sifatida aytishim mumkinki, ushbu zamindan yetishib chiqqan buyuk allomalarning Islom olami va jahon sivilizatsiyasiga qo\u02bbshgan hissasini o\u02bbrganish, muqaddas dinimizning insonparvarlik g\u02bboyalarini targ\u02bbib etish o\u02bbta muhim masala. Guvoh bo\u02bblyapmizki, markaz binosi sharqona an\u02bcanalar hamda zamonaviy arxitektura talablari asosida qad rostlamoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Samarqand viloyatida qayta bunyod etilayotgan Imom al-Buxoriy majmuasi ham tez orada Islom olamining eng mashhur qadamjolaridan biriga aylanishi kutilmoqda. Bunga kuni kecha ushbu inshootlarga qilgan tashrifimiz davomida guvoh bo\u02bbldik.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2014 Kongryess davomida markaz ekspozitsiyalari mazmunini yaxshilash bo\u02bbyicha ekspert baholari va tavsiyalar olinadi, O\u02bbzbekistonning madaniy-tarixiy merosini saqlashga qaratilgan bir qator muhim loyihalarni amalga oshirish bo\u02bbyicha muzokaralar olib boriladi, \u2014 deydi Qatar Milliy kutubxonasi direktori Tan Husim xonim. \u2014 Shuni ma\u02bclum qilishdan mamnunmanki, bizning kutubxona islom merosi durdonalari saqlanayotgan dunyodagi yirik ma\u02bcrifiy maskanlar qatorida turadi. Kelgusida ushbu kutubxona bilan hamkorlikda kitob-albomlar, nodir asarlarning faksimile nusxalarini yaratish niyatidamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">VIII xalqaro kongress doirasida \u201cO\u02bbzbekiston madaniy merosi\u201d turkumidagi kitob-albomlarning 71-80 jildlari, shuningdek, bir qator bezakli nashrlar taqdimotlari o\u02bbtkazildi, kitob-albomlar ko\u02bbrgazmalari tashkil qilindi. Xorijiy mamlakatlardagi bir qancha ilmiy-ma\u02bcrifiy muassasalar, tashkilotlar bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yalpi yig\u02bbilishdan so\u02bbng kongress o\u02bbz ishini yettita sho\u02bbba doirasida Islom sivilizatsiyasi markazi va Imom Buxoriy muzeylarining ekspozitsiyalari bo\u02bbyicha taqdim qilingan loyihalarni muhokama qilish bilan davom ettirdi. Shuningdek, AQSH va Rossiyadan kelgan mutaxassislar ishtirokida Islom sivilizasiyasi markazi va Imom Buxoriy muzeyi uchun zamonaviy texnologiyalar loyihalarining taqdimoti o\u02bbtkazildi. Muhokama va ma\u02bcruzalar yakuni bo\u02bbyicha muzey zallari ekspozitsiyalari uchun taklif etilgan loyihalar tasdiqlandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kongress o\u02bbz ishini davom ettirmoqda. Kun tartibida O\u02bbzbekistonning boy madaniy merosi, uni saqlash va ommalashtirish maqsad qilingan. Shuningdek, islom sivilizasiyasining qimmatli madaniy va ma\u02bcnaviy mulkini kyelajak avlodga yetkazish kabi muhim masalalar muhokama qilinadi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00a0<\/strong><strong>Manba: \u201cYangi O\u02bbzbekiston\u201d gazetasi 2024-yil 25 avgust, \u2116171(1232) <br \/>\n<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda O\u02bbzbekiston madaniy merosini o\u02bbrganish, saqlash va ommalashtirish bo\u02bbyicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) tomonidan tashkil etilgan \u201cBuyuk ajdodlar merosi \u2014 Uchinchi Renessans asosi\u201d mavzusidagi VIII xalqaro kongress 23-avgust kuni Toshkentda boshlanib, shu kunlarda o\u02bbz ishini Samarqandda davom ettirmoqda. Kongressda IRCICA, ISESCO, TURKSOY singari xalqaro tashkilotlar, \u201cAl-Furqon\u201d fondi, Xalqaro Turkiy akademiya rahbar va &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":37218,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[642],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>BUYUK AJDODLARIMIZ MA\u02bcNAVIY MEROSINI O\u02bbRGANISh VA TADQIQ ETISH jamiyat taraqqiyoti uchun muhim asos bo\u02bblib xizmat qiladi - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"BUYUK AJDODLARIMIZ MA\u02bcNAVIY MEROSINI O\u02bbRGANISh VA TADQIQ ETISH jamiyat taraqqiyoti uchun muhim asos bo\u02bblib xizmat qiladi\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37221&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"BUYUK AJDODLARIMIZ MA\u02bcNAVIY MEROSINI O\u02bbRGANISh VA TADQIQ ETISH jamiyat taraqqiyoti uchun muhim asos bo\u02bblib xizmat qiladi - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"BUYUK AJDODLARIMIZ MA\u02bcNAVIY MEROSINI O\u02bbRGANISh VA TADQIQ ETISH jamiyat taraqqiyoti uchun muhim asos bo\u02bblib xizmat qiladi\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37221&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2024-08-26T06:22:19+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2024-08-26T06:27:05+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/08\/yanuzb2608.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"651\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"5 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37221&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37221&lang=oz\",\"name\":\"BUYUK AJDODLARIMIZ MA\u02bcNAVIY MEROSINI O\u02bbRGANISh VA TADQIQ ETISH jamiyat taraqqiyoti uchun muhim asos bo\u02bblib xizmat qiladi - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37221&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37221&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/08\/yanuzb2608.jpg\",\"datePublished\":\"2024-08-26T06:22:19+00:00\",\"dateModified\":\"2024-08-26T06:27:05+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"BUYUK AJDODLARIMIZ MA\u02bcNAVIY MEROSINI O\u02bbRGANISh VA TADQIQ ETISH jamiyat taraqqiyoti uchun muhim asos bo\u02bblib xizmat qiladi\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37221&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37221&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37221&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/08\/yanuzb2608.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/08\/yanuzb2608.jpg\",\"width\":660,\"height\":651},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37221&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"BUYUK AJDODLARIMIZ MA\u02bcNAVIY MEROSINI O\u02bbRGANISh VA TADQIQ ETISH jamiyat taraqqiyoti uchun muhim asos bo\u02bblib xizmat qiladi\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"BUYUK AJDODLARIMIZ MA\u02bcNAVIY MEROSINI O\u02bbRGANISh VA TADQIQ ETISH jamiyat taraqqiyoti uchun muhim asos bo\u02bblib xizmat qiladi - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"BUYUK AJDODLARIMIZ MA\u02bcNAVIY MEROSINI O\u02bbRGANISh VA TADQIQ ETISH jamiyat taraqqiyoti uchun muhim asos bo\u02bblib xizmat qiladi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37221&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"BUYUK AJDODLARIMIZ MA\u02bcNAVIY MEROSINI O\u02bbRGANISh VA TADQIQ ETISH jamiyat taraqqiyoti uchun muhim asos bo\u02bblib xizmat qiladi - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"BUYUK AJDODLARIMIZ MA\u02bcNAVIY MEROSINI O\u02bbRGANISh VA TADQIQ ETISH jamiyat taraqqiyoti uchun muhim asos bo\u02bblib xizmat qiladi","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37221&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2024-08-26T06:22:19+00:00","article_modified_time":"2024-08-26T06:27:05+00:00","og_image":[{"width":660,"height":651,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/08\/yanuzb2608.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"5 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37221&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37221&lang=oz","name":"BUYUK AJDODLARIMIZ MA\u02bcNAVIY MEROSINI O\u02bbRGANISh VA TADQIQ ETISH jamiyat taraqqiyoti uchun muhim asos bo\u02bblib xizmat qiladi - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37221&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37221&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/08\/yanuzb2608.jpg","datePublished":"2024-08-26T06:22:19+00:00","dateModified":"2024-08-26T06:27:05+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"BUYUK AJDODLARIMIZ MA\u02bcNAVIY MEROSINI O\u02bbRGANISh VA TADQIQ ETISH jamiyat taraqqiyoti uchun muhim asos bo\u02bblib xizmat qiladi","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37221&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=37221&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37221&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/08\/yanuzb2608.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/08\/yanuzb2608.jpg","width":660,"height":651},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=37221&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"BUYUK AJDODLARIMIZ MA\u02bcNAVIY MEROSINI O\u02bbRGANISh VA TADQIQ ETISH jamiyat taraqqiyoti uchun muhim asos bo\u02bblib xizmat qiladi"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/37221"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=37221"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/37221\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":37224,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/37221\/revisions\/37224"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/37218"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=37221"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=37221"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=37221"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}