{"id":36982,"date":"2024-08-14T11:13:04","date_gmt":"2024-08-14T06:13:04","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=36982"},"modified":"2024-08-14T11:17:59","modified_gmt":"2024-08-14T06:17:59","slug":"abu-bakr-jassos-ilmiy-merosining-hanafiy-mazhabi-rivojida-tutgan-o%ca%bbrni","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36982&lang=oz","title":{"rendered":"ABU BAKR JASSOS ILMIY MEROSINING HANAFIY MAZHABI RIVOJIDA TUTGAN O\u02bbRNI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Bakr Jassos (vaf. 370\/981) qoldirgan ilmiy meros hanafiy mazhabida o\u02bbziga xos ahamiyatga ega. Alloma shaxsiy xislati, shogirdlar tarbiyasi va fiqhga oid qimmatli asarlari bilan hanafiy mazhabi rivojiga salmoqli hissa qo\u02bbshgan. Abu Bakr Jassos shaxsiyati, ilmiy safarlari va asarlari chuqur tadqiq etilishi lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Bakr Jassos hanafiy mazhabi bo\u02bbyicha fiqh va usulning yechilishi og\u02bbir muammolarini hal qilishda yordam beradigan ko\u02bbplab sharhlar yozgan. Olim yozgan sharhlar uning chuqur ilm, o\u02bbtkir zehn va keng mushohada egasi ekanidan dalolat beradi. Uning asarlarini uch guruhga ajratish mumkin: a) alloma o\u02bbzi tasnif etgan asarlar; b) sharhlar; v) muxtasar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Bakr Jassos o\u02bbzi yozgan asarlar:<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAhkom al-Qur\u02bcon\u201d. Qur\u02bcon oyatlaridan hukm olgan hanafiy fiqhidagi mashhur kitoblardan hisoblanadi. Bu uning oxirgi asarlaridan biridir [1].<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cKitob usul al-fiqh\u201d. Abu Bakr Jassos \u201cAl-Fusul fil usul\u201dni o\u02bbzining mashhur kitobi \u201cAhkomul Qur\u02bcon\u201ddan ham oldin yozgan. Muallif bu kitobda asosan fiqhiy masalalarga to\u02bbxtalsa-da, ammo usulul fiqh masalalariga kelganda kengroq sharh bergan. \u201cAl-Fusul fil usul\u201d usuli fiqh ilmida hanafiy mazhabi bo\u02bbyicha yozilgan dastalabki va asosiy kitoblardan biridir. Abu Bakr Jassos \u201cAl-Fusul fil \u2013 usul\u201dni o\u02bbzining mashhur shayxi imom Karxiy vafotidan keyin yozgan. Bu asar uning ilmiy tajriba va amaliy xulosasi sifatida yuzaga kelgan va hanafiy mazhabidagi usul al-fiqhning tojiga aylangan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cJavabat al-masoil\u201d. Bu asarda allomadan so\u02bbralgan masalalar jamlangan [1].<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAdab al-qozi\u201d. Mazkur asar haqida tarojim kitoblarda ma\u02bclumot uchramaydi. Uning Abu Bakr Jassosga mansub ekani haqidagi fikrni iroqlik tadqiqotchi Muhammad Jasim Hadisiy ilgari surgan.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad Jasim Hadisiy 1985-1988-yillarda Iroq davlat qo\u02bblyozmalar muzeyi fondida saqlanayotgan kitoblarni tadqiq etish jarayonida u yerda Abu Nasr Samarqandiyning Abu Bakr Ahmad Jassos (vaf. 370\/981) yozgan \u201cAdab al-qozi\u201d asariga yozgan sharhi ham saqlanayotgani haqida yozgan [4:22]. Nemis tadqiqotchisi Ulrix Rebshtok xulosalariga ko\u02bbra, Abu Bakr Ahmad Jassos yirik hanafiy faqihi bo\u02bblishiga qaramay, uning fatvosi Iroq va Shom hanafiy maktablariga xos bo\u02bblgan. Movarounnahrlik faqihlar esa, Jassosdan ko\u02bbra Xassofning \u201cAdab al-qozi\u201d asariga sharh yozishni afzal ko\u02bbrgan [14:110-122]. Ammo Muhammad Jasim Hadisiyning guvohlik berishicha, Movarounnahr olimlari Abu Bakr Jassos asarlariga ham alohida e\u02bctibor qaratgan. Jumladan, qozilik masalalariga bag\u02bbishlangan bir qator asarlar muallifi Hokim Abu Nasr Samarqandiy Abu Bakr Jassosning \u201cAdab al-qozi\u201d kitobiga sharh yozgan. Alloma Abu Nasr Samarqandiy 486\/1093-yilda Samarqandda tavallud topgan va 550\/1155-yilda shu shaharda vafot etgan. Abu Nasr Samarqandiy, \u201cImomul huda\u201d, \u201cFaqih\u201d nomlari, \u201cAbul Lays\u201d kunyasi bilan mashhur bo\u02bblgan Nasr ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Ibrohim Samarqandiyni (vaf. 375\/985) o\u02bbziga ustoz sanab, uning asarlaridan talabalarga dars bergan. Bu ma\u02bclumot \u201cKashf az-zunun\u201d asarida keltirilgan. Tarixchi Qurashiy Abu Nasr Samarqandiyni \u201cIbrismiy\u201d nisbasi bilan zikr qilgan. \u201cIbrismiy\u201d nisbasidan shu narsa ma\u02bclum bo\u02bbladiki, Abu Nasr Samarqandiy arab emas, balki mahalliy faqihlardan bo\u02bblgan [7:109].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bundan shuni bilish mumkinki, Movarounnahrda ham Abu Bakr Jassos ilmiy merosiga qiziqish katta bo\u02bblgan. Bu haqda ko\u02bbproq ma\u02bclumotga ega bo\u02bblish uchun nemis tadqiqotchisi Ulrix Rebshtok fikrini chuqurroq tahlil qilish va Abu Nasr Samarqandiyning ushbu qo\u02bblyozma asarini tadqiq etish maqsadga muvofiq.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Bakr Jassos sharhlagan asarlar:<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cSharh al-Jome\u02bc al-kabir\u201d. Mazhab imomlari rivoyati jamlangan furu\u02bc bo\u02bbyicha Imom Muhammadning \u201cAl-Jome\u02bc al-kabir\u201d asariga sharh. Muhammad ibn Hasan Shayboniyning (vaf. 187\/803) \u201cAl-Jome\u02bc al-kabir fil furu\u02bc\u201d kitobi hanafiy mazhabiga doir asosiy manbalardan sanaladi. Hoji Xalifa \u201cKashf az-zunun\u201d asarida: \u201cMuhaqqiqlar bu kitobni tahqiq qilishni istab, uning ajoyib lafzlariga alohida ahamiyat qaratgan. Hatto unga sharhlar yozilib, mazmuni yanada kengroq bayon qilib berildi\u201d, deb xabar beradi. 370\/980-yili vafot etgan Abu Bakr Jassos nomi bilan mashhur imom Abu Bakr Ahmad ibn Ali sharhi shunday kitoblardan biri bo\u02bblganini aytib o\u02bbtadi [15:569]. Imom Abu Bakr Jassosning tarjimayi holi yozilgan ko\u02bbplab manbalarda ushbu kitob olimga nisbat berilgan va bu haqda o\u02bbziga taalluqli asarlarda ham keltirilgan [2:212]. Ushbu sharh to\u02bbqqiz yuz varaqdan iborat bo\u02bblib, har bir sahifada o\u02bbn to\u02bbqqiz satr mavjud ekani xususida ham qo\u02bbshimcha ma\u02bclumot bor. Mazkur kitob uning ilk asarlaridan bo\u02bblishi mumkin. Chunki kitob nusxalovchisi (560\/1165-yili ko\u02bbchirilgan) ushbu kitobni alloma 348\/959-yili Bag\u02bbdoddagi Salom shahrida yozib tugatganini, bu uning Nishopurdan qaytib, ustozi Karxiy o\u02bbrnida Bag\u02bbdodda dars va fatvo bera boshlaganidan to\u02bbrt yil keyinga to\u02bbg\u02bbri kelishi\u00a0 haqida aytib o\u02bbtgan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cSharh al-Jome\u02bc as-sag\u02bbir\u201d. Bu asar ham Imom Muhammadning kitobiga sharh bo\u02bblib, u Imom Abu Yusufning Abu Hanifadan rivoyat qilgan 352 furu\u02bc masalalaridan iborat. Hoji Xalifa \u201cKashf az-zunun\u201dda Muhammad ibn Hasan Shayboniyning \u201cAl-Jome\u02bc as-sag\u02bbir\u201d asari haqida xabar berib, bunday deydi: \u201cAsar qadimiy va muborakdir. Bazdaviy aytganidek, kitob 352 ta masalani o\u02bbz ichiga olgan, shundan 170 tasida ixtilof zikr qilingan, qiyos va istehson faqat ikkita masalada keltirilgan. Ustozlar ushbu asarni ulug\u02bblab: \u201cUning masalalarini bilmay turib, biron kishi fatvo va qozilikka loyiq bo\u02bbla olmaydi\u201d, degan\u201d [15:563]. Shundan so\u02bbng Hoji Xalifa Muhammad ibn Hasan Shayboniyning \u201cAl-Jome\u02bc as-sag\u02bbir\u201d kitobiga yozilgan 13 dan ortiq sharhini keltirib, ular orasidan Abu Bakr Jassos kitobini ham qayd etadi. Ushbu sharh Abu Bakr Jassosga oid ekani Adirnaviyning \u201cMaham al-fuqaho\u201d, Laknaviyning \u201cAn-Nofe\u02bc al-kabir\u201d, Ibn Qutlubug\u02bboning \u201cToj at-tarojim\u201d kabi manbalarida ham keltirilgan [5].<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cSharh al-manasik\u201d. Bu kitob ham Muhammad ibn Hasan Shayboniy asari sharhi bo\u02bblib, allomaning bizgacha yetib kelmagan asarlaridan sanaladi. Ushbu sharhni alloma \u201cSharh muxtasar at-Tahoviy\u201dda keltirib, o\u02bbz sharhida \u201cMuxtasar at-Tahoviy\u201ddagi manosik masalalari barchasi Imom Muhammadning \u201cAl-Manosik\u201d asarida mavjudligini bayon qilgan. Shu bilan birga, \u201cSharh muxtasar at-Tahoviy\u201d ham turli masalalar doirasida muhim jihat va foydalarni o\u02bbz ichiga olgan [13:68]. Uning boshqa bir qancha manbalarda ham Abu Bakr Jassosga mansub ekani zikr qilingan. Buni Ibn Nadim \u201cAl-Fihrist\u201d asarida, Itqoniy Abu Bakr Jassosning \u201cSharh muxtasar at-Tahoviy\u201d asari oxirgi varag\u02bbida, Ismoil Bosho Bag\u02bbdodiy \u201cHadiyat al-orifin\u201d asarida va Ibn Qutulubug\u02bbo \u201cToj at-tarojim\u201d asarida keltirib o\u02bbtgan [10].<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cTa\u02bcliq \u02bcala al-asl lil Imam Muhammad ibn al-Hasan\u201d. Abu Bakr Jassos Xassofning \u201cAdab al-qazi\u201d asariga yozgan sharhida ushbu kitob haqida so\u02bbz boradi. Lekin tarojim kitoblarida biror kishining buni tilga olgani ma\u02bclum emas [9:123].<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cSharh Muxtasar Karxiy\u201d. Hanafiy mazhabi furu\u02bc al-fiqhiga oid asar. Imom Abulhasan Ubaydulloh ibn Husayn Karxiy (vaf. 340\/951) Abu Bakr Jassosning ulug\u02bb ustozlaridan biridir. Uning fiqh va usul al-fiqhga bag\u02bbishlangan ko\u02bbplab asari bor. \u201cMuxtasar Karxiy fi furu\u02bc al-hanafiya\u201d shular jumlasidandir. Bu asar hanafiy mazhabi fiqhi bo\u02bbyicha yozilgan muhim asarlardan sanaladi. Abu Bakr Jassos ustozining muxtasariga sharh yozishi tabiiy holdir. Bir qancha manbalarda ushbu sharh unga mansub deb ko\u02bbrsatilgan [16].<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cSharh Muxtasar at-Tahoviy\u201d. Bu asar ham furu\u02bc bo\u02bbyicha bo\u02bblib, juda qisqa sharhlangan [9:124-127]. Imom Abu Ja\u02bcfar Ahmad ibn Muhammad Tahoviyning (vaf. 321\/933) \u201cMuxtasar at-Tahoviy fi furu\u02bc al-hanafiya\u201d kitobi hanafiy mazhabida yozilgan ilk muxtasar asarlardan bo\u02bblishiga qaramay, unda eng asosiy va muhim masalalar o\u02bbrin olgan. Hoji Xalifa bu asarga Abu Bakr Jassos ham sharh yozganini aytib o\u02bbtgan [15:167]. Abu Bakr Jassos tarjimayi holi yozilgan manbalarning deyarli barchasida ushbu sharh unga mansub ekani aytilgan. Allomaning o\u02bbzi \u201cAhkom al-Qur\u02bcon\u201d asarida ko\u02bbp o\u02bbrinlarda shu asariga murojaat qilgan [9:124-127].<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cMuxtasar at-Tahoviy\u201d asari asosan ikki xil \u2013 katta va kichik hajmda bo\u02bblib, alloma uning kichik hajmlisini sharhlaganini Shayx Jorulloh Rumiy [8] aytib o\u02bbtgan [11:1].<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\" start=\"7\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cSharh adab al-qozi lil Xassof\u201d [6]. Xassofning bu asariga Abu Bakr Jassosdan boshqa ko\u02bbplab olimlar sharh yozgan. Hoji Xalifa ulardan 9 tasining nomini keltirgan [3:85]. \u201cAdab al-qozi\u201d muallifi Xassof nomi bilan tanilgan hanafiy mazhabi faqihi, Imom Abu Bakr Ahmad ibn Umar Shayboniy (vaf. 261\/875) fiqh ilmida \u201cAdab-al-qozi\u201d nomli asar yozib, uni 120 ta bobga ajratgan holda tizimlashtirgan. Hoji Xalifa ushbu kitob juda mazmunli ekanini aytib, unga to\u02bbqqiz kishi sharh yozganini bildirgan va Abu Bakr Jassosni ham shular qatorida tilga olgan [15:46].<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur sharh bir qancha manbalarda, xususan, \u201cMaham al-fuqaho\u201d, \u201cHadiyyat al-orifin\u201d va \u201cAl-Favoid al-bahiyya\u201d asarlarida Abu Bakr Jassos qalamiga mansub ekani aytilgan [12]. \u201cTarix at-turos al-arabiy\u201d asari muallifi uning bir necha qo\u02bblyozmasi mavjudligini aytib o\u02bbtgan [9:123-124].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu kitob allomaning boshqa asarlariga o\u02bbxshamaydi. Ba\u02bczi fikrlarga ko\u02bbra, asar Abu Bakr Jassos tomonidan imlo qilingan. Xassofning matni aniq, alohida va unga boshqa biron qo\u02bbshimcha kiritilmagan. Shu bois, ba\u02bczi o\u02bbrinlarda \u201cBobning qolgan qismi tushunarli, shuning uchun ularni keltirishni ma\u02bcqul topmadik\u201d [9:132-142], deyilgan. Bu kabi fikrlar ushbu ikki shaxsni bir olim sifatida e\u02bctirof etishga sabab bo\u02bblishi mumkin. Abu Bakr Jassos bilan Abu Bakr Xassofni bir shaxs sifatida talqin qilish xatodir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Bakr Jassos tushuntirish kerak bo\u02bblgan masalalarni tushuntirib, ba\u02bczi o\u02bbrinlarda qisqa tarzda, ba\u02bczida esa mufassal qilib, gohida boshqa kitoblardan misol keltirib tushuntirgan. Buni dars vaqtida imlo qildirganiga yana dalil shuki, ba\u02bczi o\u02bbrinlarda bir masala qaytarilgan va unga qaytadan sharh berilgan.<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\" start=\"8\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cSharh al-Asma al-husna\u201d. Manbalarda ushbu kitob nomi uchraydi, lekin uning ahamiyati va mundarijasi xususida ma\u02bclumot yo\u02bbq. Yuqoridagi sharh asarlari bilan birga, quyidagi katta hajmdagi asarlarni muxtasar shaklga keltirgan. Jumladan, \u201cIxtisor ixtilaf al-fuqaho lit-Tahoviy\u201d asari mazhablarni o\u02bbzaro qiyoslashda mo\u02bbtabar va muhim manba hisoblanadi. \u201cKashf az-zunun\u201d muallifi zikr qilishicha [15:32], bu asar yana \u201cIxtilaf ar-rivaya\u201d deb nomlanib, muxtasar holga keltirilmasdan oldin 130 dan ortiq juzdan iborat bo\u02bblgan.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Abu Ja\u02bcfar Tahoviy bir qancha ilmni to\u02bbliq bilishi bilan tanilgan olimdir. \u201cIxtilof al-fuqaho\u201d kitobi ayni shu sohada yozilgan mukammal asar bo\u02bblib, 135 ta juzdan iborat. Shuning uchun ulamolar hajmini kamaytirish maqsadida unga muxtasar yozishgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hoji Xalifa ulamolar ixtilofiga to\u02bbxtalib, bunday deydi: \u201cBu sohada bir qancha ulamolar asar tasnif qilgan. Ulardan biri Imom Abu Ja\u02bcfar Ahmad ibn Muhammad Tahoviy Hanafiydir (vaf. 321\/933). Uning \u201cIxtilof ar-rivoyat\u201d deb nomlangan kitobi 135 ta juzdan iborat. Imom Abu Bakr Ahmad ibn Ali Jassos Hanafiy uni muxtasar holatga keltirgan\u201d [17:32]. Darhaqiqat, katta hajmdan iborat asarlarni muxtasar holga keltirish oson ish emas. Bunda kitobning asosiy mazmuni va belgilarini o\u02bbzgartirmagan holda undan ko\u02bbplab ma\u02bclumotlarni olib tashlashga to\u02bbg\u02bbri keldi. Abu Bakr Jassos ushbu vazifani to\u02bbliq uddalay olgan. U masalaning ortiqcha va kengaygan tafsilotlarini olib tashlagan va ko\u02bbp hollarda masalaning o\u02bbzini keltirishdan nariga o\u02bbtmaydi. Avval Abu Hanifa va uning shogirdlarini zikr qilib, keyin ularga muvofiq kelganlar so\u02bbzini keltiradi. So\u02bbng Imom Molik va unga muvofiq olimlar so\u02bbzlarini keltirgan va shu tartibda ulamolar so\u02bbzini ketma-ket bayon etadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Bakr Jassos mashhur mazhab mujtahid imomlari va ularning shogirdlari tomonidan berilgan fatvo va hukmlar bilan birga, Avzo\u02bciy (vaf. 157\/774), Sufyon Savriy (vaf. 161\/778), Lays ibn Sa\u02bcd (vaf. 175\/791), Usmon Battiy (vaf. 143\/760), Ibn Abu Laylo (vaf. 148\/765) va Hasan ibn Solih (vaf. 167\/783) kabi unchalik mashhur bo\u02bblmagan ulamolar fikrlarini ham keltirgan. Shuningdek, sahoba va tobeinlarning fiqhga oid ko\u02bbplab fikrini keltirgan. Shu jihatdan, Abu Bakr Jassosning ushbu kitobi eng qadimgi mujtahidlar, ayniqsa, keyinchalik mazhablar e\u02bctibordan qolgan ulamolar qarashlari va ularning ixtilofli masalalarni hal etishda tutgan o\u02bbrnini aniqlashda juda muhim manba hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>Foydalanilgan adabiyotlar:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abu Bakr Jassos. Ahkom al-Qur\u02bcon. J.1-3. \u2013 Bayrut: Dor al-kutub al-ilmiya, (nashr yili ko\u02bbrsatilmagan).<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abu Bakr Jassos. Ahkom al-Qur\u02bcon. J.3. \u2013 Bayrut: Dor al-fikr, 2008.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abu Muhammad Abdulqodir ibn Abul Vafo Muhammad ibn Muhammad Misriy Qurashiy. Al-Javohir al muziya fi tabaqot al-hanafiya. J.1. \u2013 Xaydarobod: 1913.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abu Nasr Samarqandiy. Kitobush shurut val vasoiq \/ Muhammad Jasim Hadisiy tahriri ostida. \u2013 Bag\u02bbdod: Vizaratus saqofa val-i\u02bclam, Dorush shu\u02bcun as-saqofiyya al-\u02bcamma, ofoq \u02bcarabiya, 1419\/1998.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Adirnaviy. Maham al-fuqaho. \u2013 Mirs: Dor al-kutub al-misriya (yili ko\u02bbrsatilmagan). \u2013 B. 69-70. Abdulhay Laknaviy. An-Nofe\u02bc al-kabir li-man yutoli\u02bc al-Jome\u02bc as-sag\u02bbir. \u2013 Karachi: Idara al-Qur\u02bcon va al-ulum al-islamiya, 1990. \u2013 B. 35; Zayniddin Qosim ibn Qutlubg\u02bbo. Taj at-tarojim fi tabaqot al-hanafiya. \u2013 Lepsig: Brokxaus, 1862. \u2013 B. 96; Hoji Xalifa. Kashfuz zunun. J.1. \u2013 Istanbul: 1941-43. \u2013 B. 563.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ahmad ibn Umar Shayboniy Abu Bakr Xassof (797\/181-875\/261) muhaddis, faraz va hisob-kitob ilmida mohir, mazhabni yaxshi bilgan mashhur hanafiy olimlardan bo\u02bblib, zohid, taqvodor, o\u02bbz kasbi bilan kun ko\u02bbrgan inson sifatida tarixda qolgan. Otasi orqali buyuk hadis imomlaridan hadis rivoyat qilgan, ko\u02bbp asarlari bor. Bag\u02bbdodda vafot etgan (Qarang: Ibn Abulvafo. Al-Javahir al-mudiyya fi tobaqot al-hanafiya. J.1. \u2013 Haydarobod: Dirayat al-ma\u02bcarif an-nizomiya. \u2013 B. 87-88; Muhammad Abdulhay Laknaviy. Al-Favaid al-bahiya fi tarojim al-kutub al-hanafiya. \u2013 Misr: Matba\u02bc dar as-sa\u02bcoda, 1906. \u2013 B. 29-30).<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Bekmirzayev I.I. Movarounnahrda qozilik hujjatlari: tarixiy ildizlar va tahliliy yondashuvlar. Monografiya, \u2013 T.: Toshkent islom universiteti, 2014.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Valiyuddin ibn Mustafo Qistintiniy, hijriy 1101-yilda vafot etgan, faqih va usul olimi bo\u02bblgan. (Qarang: Umar Rizo Kahhola. Mu\u02bcjam al-muallifin \u2013 Tarojim musannifi al-kutub al-arabiya. J.2. \u2013 Bayrut: Muassasa ar-risala, 1957. \u2013 B. 168; Xayriddin Zirikliy. Al-a\u02bclam \u2013 Qomus tarojim li ashhur ar-rijal va an-nisa min al-arab va al-musta\u02bcribin va al-mustashrqin. J.8. \u2013 Bayrut: Dor al-ilm li al-malayin, 1998. \u2013 B.118).<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Doktor Safvat Mustafo. Al-Imam Abu Bakr Jassos va manhajuh fi at-tafsir. \u2013 Qohira: Dar as-salom, 2008.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ibn Nadim. Al-Fihrist. \u2013 Tehron: 1971. \u2013 B.261; Ismoil Poshsho Bag\u02bbdodiy. Hadiya al-orifin \u2013 Asma al-muallifin va osor al-musannifin. J.1. \u2013 Bayrut: Dar ihyo at-turos al-arabiy, 1951. \u2013 B.67; Zayniddin Qosim ibn Qutlubg\u02bbo. Taj at-tarojim fi tabaqot al-hanafiya. \u2013 Lepsig: Brokxaus, 1862. \u2013 B.96.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Imom Jassos. Sharh muxtasar at-Tahoviy \/ Qo\u02bblyozma. \u2013 Istanbul: Sulaymoniya kutubxonasi, 717-raqam. 1-varaq.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ismoil Poshsho Bag\u02bbdodiy. Hadiya al-orifin \u2013 Asma al-muallifin va osor al-musannifin. J.1. \u2013 Bayrut: Dar ihyo at-turos al-arabiy, 1951. \u2013 B. 166; Muhammad Abdulhay Laknaviy. Al-Favaid al-bahiya fi tarojim al-kutub al-hanafiya. \u2013 Misr: Matba\u02bc dar as-sa\u02bcoda, 1906. \u2013 B. 28.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Tahqiq al-juz as-saniy min sharh muxtasar at-Tahoviy. J.1. Doktorlik dissertatsiyasi. \u2013 Makka: Jamiat Umm al-quro markaziy kutubxonasi, raqam 1924.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ulrich Rebstock. Abw\u00e4gen als Entscheidungshilfe in den us\u00fbl al-fiqh: Die anf\u00e4nge der targ\u00eeh-Methode bei al-Gassos \/\/ Der Islam (zeitschrift f\u00fcr geschichte und kultur des Islamischen orients). \u2013 Berlin: Walter de Gruyter, 2003. \u2013 \u2116 80.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Hoji Xalifa. Kashfuz zunun. J.1. \u2013 Istanbul: 1941-43.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Hoji Xalifa. Kashfuz zunun. J.2. \u2013 Istanbul: 1941-43. \u2013 B. 1634; Ibn Abulvafo. Al-Javahir al-mudiya fi tobaqot al-hanafiya. J.1. \u2013 Haydarobod: Dirayat al-ma\u02bcarif an-nizomiya. \u2013 B. 223; Zayniddin Qosim ibn Qutlubg\u02bbo. Taj at-tarojim fi tabaqot al-hanafiya. \u2013 Lepzig: Brokxaus, 1862. \u2013 B. 96. Muhammad Abdulhay Laknaviy. Al-Favaid al-bahiya fi tarojim al-kutub al-hanafiya. \u2013 Misr: Matba\u02bc dar as-sa\u02bcoda, 1906. \u2013 B. 28.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Hoji Xalifa. Kashfuz zunun. J.2. \u2013 Istanbul: 1941-43.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Burxon AXMEDOV, <\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzXIA katta o\u02bbqituvchisi, PhD<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Abu Bakr Jassos (vaf. 370\/981) qoldirgan ilmiy meros hanafiy mazhabida o\u02bbziga xos ahamiyatga ega. Alloma shaxsiy xislati, shogirdlar tarbiyasi va fiqhga oid qimmatli asarlari bilan hanafiy mazhabi rivojiga salmoqli hissa qo\u02bbshgan. Abu Bakr Jassos shaxsiyati, ilmiy safarlari va asarlari chuqur tadqiq etilishi lozim. Abu Bakr Jassos hanafiy mazhabi bo\u02bbyicha fiqh va usulning yechilishi og\u02bbir muammolarini &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":36987,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[650],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>ABU BAKR JASSOS ILMIY MEROSINING HANAFIY MAZHABI RIVOJIDA TUTGAN O\u02bbRNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"ABU BAKR JASSOS ILMIY MEROSINING HANAFIY MAZHABI RIVOJIDA TUTGAN O\u02bbRNI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36982&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"ABU BAKR JASSOS ILMIY MEROSINING HANAFIY MAZHABI RIVOJIDA TUTGAN O\u02bbRNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"ABU BAKR JASSOS ILMIY MEROSINING HANAFIY MAZHABI RIVOJIDA TUTGAN O\u02bbRNI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36982&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2024-08-14T06:13:04+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2024-08-14T06:17:59+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/08\/jassos.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"379\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"10 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36982&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36982&lang=oz\",\"name\":\"ABU BAKR JASSOS ILMIY MEROSINING HANAFIY MAZHABI RIVOJIDA TUTGAN O\u02bbRNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36982&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36982&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/08\/jassos.jpg\",\"datePublished\":\"2024-08-14T06:13:04+00:00\",\"dateModified\":\"2024-08-14T06:17:59+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"ABU BAKR JASSOS ILMIY MEROSINING HANAFIY MAZHABI RIVOJIDA TUTGAN O\u02bbRNI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36982&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36982&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36982&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/08\/jassos.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/08\/jassos.jpg\",\"width\":660,\"height\":379},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36982&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"ABU BAKR JASSOS ILMIY MEROSINING HANAFIY MAZHABI RIVOJIDA TUTGAN O\u02bbRNI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"ABU BAKR JASSOS ILMIY MEROSINING HANAFIY MAZHABI RIVOJIDA TUTGAN O\u02bbRNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"ABU BAKR JASSOS ILMIY MEROSINING HANAFIY MAZHABI RIVOJIDA TUTGAN O\u02bbRNI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36982&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"ABU BAKR JASSOS ILMIY MEROSINING HANAFIY MAZHABI RIVOJIDA TUTGAN O\u02bbRNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"ABU BAKR JASSOS ILMIY MEROSINING HANAFIY MAZHABI RIVOJIDA TUTGAN O\u02bbRNI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36982&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2024-08-14T06:13:04+00:00","article_modified_time":"2024-08-14T06:17:59+00:00","og_image":[{"width":660,"height":379,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/08\/jassos.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"10 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36982&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36982&lang=oz","name":"ABU BAKR JASSOS ILMIY MEROSINING HANAFIY MAZHABI RIVOJIDA TUTGAN O\u02bbRNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36982&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36982&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/08\/jassos.jpg","datePublished":"2024-08-14T06:13:04+00:00","dateModified":"2024-08-14T06:17:59+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"ABU BAKR JASSOS ILMIY MEROSINING HANAFIY MAZHABI RIVOJIDA TUTGAN O\u02bbRNI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36982&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=36982&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36982&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/08\/jassos.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/08\/jassos.jpg","width":660,"height":379},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36982&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"ABU BAKR JASSOS ILMIY MEROSINING HANAFIY MAZHABI RIVOJIDA TUTGAN O\u02bbRNI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/36982"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=36982"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/36982\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":36984,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/36982\/revisions\/36984"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/36987"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=36982"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=36982"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=36982"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}