{"id":36888,"date":"2024-08-09T10:06:45","date_gmt":"2024-08-09T05:06:45","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=36888"},"modified":"2024-08-09T10:08:48","modified_gmt":"2024-08-09T05:08:48","slug":"sahihul-buxoriy-roviysi-abu-is%ca%bchoq-ibrohim-ibn-ma%ca%bcqil-nasafiy-hayoti-va-ilmiy-faoliyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36888&lang=oz","title":{"rendered":"\u201cSAHIHUL BUXORIY\u201d ROVIYSI ABU IS\u02bcHOQ IBROHIM IBN MA\u02bcQIL NASAFIY HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriyning \u201cSahihul Buxoriy\u201d asari Qur\u02bconi karimdan keyingi manba hisoblanadi. Ko\u02bbpchilik bu to\u02bbplam va unga oid ma\u02bclumotlardan xabardor bo\u02bblishga intiladi. \u201cSahihul Buxoriy\u201d roviylari, ularning hayoti va ilmiy faoliyati xorijlik olimlar tomonidan mukammal o\u02bbrganilgan va bu haqda kitob, risola va bahslar yozilgan. Afsuski, yurtimizda bu mavzu hanuz to\u02bbliq o\u02bbrganilmagan. Ushbu roviylar hayoti va ilmiy faoliyatini o\u02bbrganish va tadqiq qilish hozirgi kunda oldimizda turgan muhim vazifalardan biridir.\u00a0\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu roviy hayoti va ilmiy faoliyatiga oid ma\u02bclumotlar har xil manbalarda turlicha berilgan. Ba\u02bczi manbalarda tarjimayi holi bayon etilgan bo\u02bblsa, boshqasida \u201cSahihul Buxoriy\u201d roviysi ekaniga urg\u02bbu berilgan. Imom Zahabiyning \u201cTazkirotul Huffoz\u201d va Abdulkarim Sam\u02bconiyning \u201cAl-Ansob\u201d asarida tarjimayi holi bayon etilgan. Imom Zahabiyning \u201cSiyaru a\u02bclomin nubalo\u201d va Ismoil ibn Umar ibn Kasirning \u201cAl-Bidoya van nihoya\u201d asarida tarjimayi holi bilan birga \u201cSahihul Buxoriy\u201d roviysi ekani haqida ma\u02bclumot berilgan. \u00a0\u00a0\u00a0\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy (810-870) \u201cSahihul Buxoriy\u201dni yozib bo\u02bblgach, uni odamlarga yetkazish uchun ko\u02bbplab dars tashkil qilgan. Bu darslarda \u201cSahihul Buxoriy\u201dni eshitishga mushtoq bo\u02bblgan va rivoyat qilishga katta qiziqish bilan qaraydigan ko\u02bbplab odam to\u02bbplangan. Ahli ilm o\u02bbz kitobini yetkazishda joriy qilgan odatga muvofiq Imom Buxoriy ham \u201cSahihul Buxoriy\u201d kitobini aytib yozdirish uchun bir necha joyda dars halqalari tashkil qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cSahihul Buxoriy\u201dni Imom Buxoriyning o\u02bbzidan tinglagan bu jamoa orasida kitobni boshqalardan ko\u02bbra ko\u02bbproq eshitgan roviylar toifasi mashhur bo\u02bblgan. Ular kitob ro\u02bbyxati va rivoyatini mukammal o\u02bbrgangan. O\u02bbzidan keyingi hadis va xabarlarni rivoyat qiluvchi kishilarga bu kitobni yetkazgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy \u201cSahihul Buxoriy\u201ddan dars beradigan majlislarda rivoyatlarni to\u02bbg\u02bbrilash, eshitgan narsalarini yozib olish va lafzlarni tuzatish uchun mehnatini sarflaydigan roviylar to\u02bbplangan. Abu Abdulloh Firabriy: \u201cImom Buxoriyning \u201cSahihul Buxoriy\u201d kitobini muallifning o\u02bbzidan men bilan birga to\u02bbqson mingga yaqin kishi eshitgan\u201d, deb aytgan [3: J: 11. B:28].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu katta jamoa orasidan dastlabki roviylar tabaqasi mashhur bo\u02bblgan. Odamlar ulardan \u201cSahihul Buxoriy\u201dni eshitgan va qabul qilib olgan. Mana shu tabaqadagi roviylar \u201cSahihul Buxoriy\u201dni Imom Buxoriyning o\u02bbzidan eshitib, rivoyat qilganlardir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tarixdan Imom Buxoriy shogirdlari orasidan bugungi kungacha ismi va yozgan asari nusxalari mashhur bo\u02bblgan olimlar ma\u02bclumdir. Ular: Abu Is\u02bchoq Ibrohim ibn Ma\u02bcqil Nasafiy, Hammod ibn Shokir Nasafiy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf Firabriy, Abu Talha Mansur ibn Muhammad Pazdaviy va Abu Abdulloh Mahomiliydir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy \u201cSahihul Buxoriy\u201dni Firabrda dars berib bo\u02bblgach, 255\/869-yilda Nasafga kelgan va shu yerda bir muddat yashagan. Buyuk muhaddis ushbu shaharda yashaganida nasafliklar \u201cSahihul Buxoriy\u201dni Imom Buxoriydan ta\u02bclim olgan. Ular: Hammod ibn Shokir Nasafiy, Abu Is\u02bchoq Ibrohim ibn Ma\u02bcqil Nasafiy, Abu Fazl Tohir ibn Husayn ibn Maxlad, Abu Talha Mansur ibn Muhammad ibn Ali Pazdaviy, Tuban qishlog\u02bbi boshlig\u02bbi Abu Fazl Ja\u02bcfar ibn Muhammad ibn Abbos Tubaniy va Xalaf ibn Shohid ibn Hasan ibn Hoshim va boshqalardir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu shahardagi eng mashhur roviy Nasaf qozisi Abu Is\u02bchoq Ibrohim ibn Ma\u02bcqil ibn Hajjoj ibn Xaddosh ibn Xudayj Nasafiy Sonjaniy edi. U Nasafning Sonjan qishlog\u02bbida tug\u02bbilgan. Uning tarjimayi holini yozganlardan birortasi tug\u02bbilgan yilini keltirmagan. Barcha manbalarda vafot etgan yili ko\u02bbrsatilgan. Ulamolar uning Abu Is\u02bchoq deb kunyalanganiga ittifoq bo\u02bblgan. Lekin tarjimayi holi bayon qilingan manbalarning birortasida uning Is\u02bchoq ismli o\u02bbg\u02bbli borligi haqida ma\u02bclumot kelmagan. Uning Said ismli o\u02bbg\u02bbli borligi va otasidan hadis rivoyat qilgani ma\u02bclum.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ulamolar Ibrohim ibn Ma\u02bcqil Nasafiyning juda ko\u02bbp shaharlarga safar qilganini va bir necha kitob yozganini ta\u02bckidlagan. Imom Zahabiy \u201cSiyaru a\u02bclomin nubalo\u201d asarida: \u201cU juda ko\u02bbp safar qilgan\u201d, degan [4: J: 13. B:493]. U safari davomida o\u02bbz davrining ulug\u02bb olim, talabalari bilan uchrashgan va ulardan dars olgan. Alloma fiqh ilmiga juda katta e\u02bctibor bergani uchun faqih deb nomlangan. U bir necha fanni mukammal egallagan edi. Turli sohada yozilgan kitoblari ilmi kuchli ekani va darajasi yuqoriligidan dalolat beradi. U Xuroson, Iroq, Shom, Misr, Hijoz va boshqa shaharlarga safar qilgan hamda u yerdagi mashhur muhaddislardan hadis eshitgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">U safari davomida ushbu shaharlarda yashovchi Abu Rajo Qutayba ibn Said Bag\u02bbloniy, Abu Hasan Ali ibn Hujr Sa\u02bcdiy, Abu Valid Hishom ibn Ammor Damashqiy, Muhammad ibn Musaffo Himsiy, Hannod ibn Suro, Abu Kurayb Muhammad ibn Alo Kufiy, Abu Muso Muhammad ibn Musanno Basriy va Harmala ibn Yahyo Misriy kabi muhaddislar bilan uchrashgan va ulardan hadis tinglagan. U mashhur imom va muhaddis Ahmad ibn Hanbal bilan ham uchrashgan. Lekin undan hadis rivoyat qilmagan. Chunki o\u02bbsha paytda Ahmad ibn Hanbal fitnaga duchor bo\u02bblgani uchun hadis rivoyat qilmayotgan edi.\u00a0\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Albatta, uning ustozlari boshida Imom Buxoriy turadi. U \u201cSahihul Buxoriy\u201dni allomaning o\u02bbzidan ta\u02bclim olgan va bu kitobni muallifning o\u02bbzidan eng oxiri rivoyat qilganlardan biri sanaladi. Lekin kitob oxiridan ijoza bilan rivoyat qilgan qismi yo\u02bbqolgan. Abu Fazl Solih ibn Muhammad ibn Shazon Isfahoniy Abu Is\u02bchoq Ibrohim ibn Ma\u02bcqil Nasafiydan bunday rivoyat qiladi: \u201cAlbatta, Imom Buxoriy to\u02bbplamning oxirida menga Hukmlar kitobining avvalidan kitobning oxirigacha ijoza bergan edi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibrohim ibn Ma\u02bcqil Nasafiy rivoyati rivoyatlar ichida eng noqisidir. Albatta, uning rivoyatida Abu Abdulloh Firabriy rivoyatiga qaraganda uch yuzta hadis kamdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Xattobiy o\u02bbzining \u201cSahihul Buxoriy\u201dga yozilgan \u201cA\u02bclomul hadis\u201d nomli sharhida: \u201cMen kitobning ko\u02bbproq qismini Xalaf ibn Muhammad Hayyomdan, u Imom Buxoriydan \u201cSahihul Buxoriy\u201dni eshitgan mashhur shogirdi Ibrohim ibn Ma\u02bcqil Nasafiydan Imom Firabriy yo\u02bblidan boshqa yo\u02bbl bilan eshitdim\u201d, degan. Demak, Imom Xattobiy \u201cSahihul Buxoriy\u201dni Ibrohim ibn Ma\u02bcqil Nasafiy yo\u02bbli orqali rivoyat qilgan roviylardan sanaladi. U kitobning ko\u02bbproq qismini Ibrohim ibn Ma\u02bcqil Nasafiy yo\u02bbli orqali, faqat kitob oxiridagi hadislarni esa Firabriy yo\u02bbli orqali eshitgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Is\u02bchoq Ibrohim ibn Ma\u02bcqil Nasafiy rivoyati Abu Solih Xalaf ibn Muhammad ibn Ismoil Buxoriy yo\u02bbli orqali tarqalgan. U movarounnahrlik muhaddis bo\u02bblib, Ibrohim ibn Ma\u02bcqil Nasafiy va boshqa muhaddislardan hadis rivoyat qilgan. Boshqa shaharlarga safar qilmagan. Abu Is\u02bchoq Ibrohim ibn Ma\u02bcqil Nasafiy rivoyati Yer yuzida keng tarqalgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibrohim ibn Ma\u02bcqil Nasafiydan o\u02bbz shahridagi ko\u02bbp odamlar rivoyat qilgan [2: J: 5. B:487]. Ahli ilmning ko\u02bbplab vakillari uni maqtagan. Ulardan biri Hofiz Abul Abbos Ja\u02bcfar ibn Muhammad Mustag\u02bbfiriy (vaf. 432\/1041) bo\u02bblib, u: \u201cIbrohim ibn Ma\u02bcqil Nasafiy faqih, hofiz, ulamolar ixtilofini farqlovchi, fazilatli va himoyachi olim edi\u201d, degan [1: J: 2. B:686].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Is\u02bchoq Ibrohim ibn Ma\u02bcqil Nasafiy fiqh va hadis ilmini puxta egallab, hadis to\u02bbplash va asar yozishni maqsad qilgan. U \u201cAl-Musnad\u201d, \u201cAt-Tafsir\u201d va boshqa kitoblarni tasnif etgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hofiz Zahabiy (vaf.748\/1348): \u201cU hofiz, alloma, Nasaf qozisi va olimi, Musnadul kabir, tafsir va boshqa kitoblar muallifidir\u201d, degan [1: J: 2. B:686]. Demak, Imom Zahabiy uning \u201cAl-Musnad\u201d, \u201cAt-Tafsir\u201d va boshqa kitoblari borligini aytgan. Hoji Xalifa ham \u201cKashfuz zunun\u201dda uning \u201cTafsirul Qur\u02bcon\u201d kitobi bo\u02bblgani haqida ma\u02bclumot bergan.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Kattoniy sanadlar haqidagi \u201cAr-Risalatul mustatarafa\u201d kitobida: \u201cNasaf qozisi va olimi Abu Is\u02bchoq Ibrohim ibn Ma\u02bcqil Nasafiyning musnadi bor. U katta musnaddir\u201d, degan. Demak, u nasafliklarning ulug\u02bb imomi bo\u02bblib, Tufayl ibn Zayddan keyin Nasafning qozisi etib tayinlangan. Unga ta\u02bcrif bergan ulamolarning barchasi \u201cAl-Musnad\u201d asari bo\u02bblganini ta\u02bckidlagan.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xatib Bag\u02bbdodiy \u201cHadyatul orifin\u201d asarida Abu Is\u02bchoq Ibrohim ibn Ma\u02bcqil Nasafiyning \u201cAl-Istiqsoot fin nukot\u201d nomli asari bo\u02bblgan, degan.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibrohim ibn Ma\u02bcqil Nasafiy 295\/908-yil zulhijja oyida vafot etgan [1: J: 2. B:686]. U o\u02bbsha paytda sakson besh yoshda edi, deyilgan. Imom Sam\u02bconiy uning vafoti 294\/907-yil deb yozib qoldirgan [2: J: 5. B:487].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mavzuga xulosa va taklif sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#8211; Abu Is\u02bchoq Ibrohim ibn Ma\u02bcqil Nasafiy \u201cSahihul Buxoriy\u201dni Imom Buxoriyning o\u02bbzidan eshitib rivoyat qilgan birinchi tabaqa roviylaridan sanaladi;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#8211; Mag\u02bbrib va Andalusiya o\u02bblkasiga \u201cSahihul Buxoriy\u201d asari Firabriy va Nasafiy rivoyat qilgan yo\u02bbl orqali kirib borgan;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#8211;\u00a0 Imom Buxoriyning o\u02bbzidan \u201cSahihul Buxoriy\u201dni rivoyat qilgan boshqa roviylar hayoti va ilmiy faoliyatini o\u02bbrganish maqsadga muvofiq;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#8211; \u201cSahihul Buxoriy\u201d roviylari hayoti va ilmiy faoliya\u00adtini o\u02bbrganish orqali Imom Buxoriy Movarounnahrning qaysi shaharlarida yashagan va ta\u02bclim berganini o\u02bbrganish lozimdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ta\u02bckidlanganidek, asarni muallifga bog\u02bblab rivoyat qilgan mashhur va ishonchli roviylarning ayrimlari sanadi bevosita ushbu allomaga borib taqaladi. Shuning uchun ham ushbu roviy hayoti va ilmiy faoliyatini o\u02bbrganish g\u02bboyat muhim ahamiyatga ega. Chunki bunday tadqiqotlar Imom Buxoriy hayoti va faoliyati, hadisshunoslik ilmi va tarixiga oid yangi ma\u02bclumotlarni omma e\u02bctiboriga havola etishga xizmat qiladi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abu Abdulloh Shamsiddin Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon ibn Qoymaz Zahabiy. Tazkiratul Huffoz: 4 jildli. Abdurahmon ibn Yahyo Mu\u02bcallimiy tahqiqi. \u2013 Haydarobod: Dairotul maorifil Usmoniya, 1374\/1955. 1760 sahifali.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Imom Abu Sa\u02bcd Abdulkarim ibn Muhammad ibn Mansur Sam\u02bconiy. Al-Ansob: 13 jildli. \u2013 Haydarobod: Dairotul maorifil Usmoniya, 2016.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ismoil ibn Umar ibn Kasir. Al-Bidoya van nihoya: 15 jildli. Ustozlar jamoasi tahqiqi. \u2013 Bayrut: Dorul kutubil ilmiya, 1407\/1987.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Shamsiddin Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon Zahabiy. Siyaru a\u02bclomin nubalo: 25 jildli. \u2013 Bayrut: Doru muassasatir risola, 1992.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">ABDUVOSI SHONAZAROV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Imom Buxoriyning \u201cSahihul Buxoriy\u201d asari Qur\u02bconi karimdan keyingi manba hisoblanadi. Ko\u02bbpchilik bu to\u02bbplam va unga oid ma\u02bclumotlardan xabardor bo\u02bblishga intiladi. \u201cSahihul Buxoriy\u201d roviylari, ularning hayoti va ilmiy faoliyati xorijlik olimlar tomonidan mukammal o\u02bbrganilgan va bu haqda kitob, risola va bahslar yozilgan. Afsuski, yurtimizda bu mavzu hanuz to\u02bbliq o\u02bbrganilmagan. Ushbu roviylar hayoti va ilmiy faoliyatini o\u02bbrganish &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":36889,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[650],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>\u201cSAHIHUL BUXORIY\u201d ROVIYSI ABU IS\u02bcHOQ IBROHIM IBN MA\u02bcQIL NASAFIY HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"\u201cSAHIHUL BUXORIY\u201d ROVIYSI ABU IS\u02bcHOQ IBROHIM IBN MA\u02bcQIL NASAFIY HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36888&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"\u201cSAHIHUL BUXORIY\u201d ROVIYSI ABU IS\u02bcHOQ IBROHIM IBN MA\u02bcQIL NASAFIY HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"\u201cSAHIHUL BUXORIY\u201d ROVIYSI ABU IS\u02bcHOQ IBROHIM IBN MA\u02bcQIL NASAFIY HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36888&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2024-08-09T05:06:45+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2024-08-09T05:08:48+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/08\/bukhari_buxoriy2024_22.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"383\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"6 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36888&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36888&lang=oz\",\"name\":\"\u201cSAHIHUL BUXORIY\u201d ROVIYSI ABU IS\u02bcHOQ IBROHIM IBN MA\u02bcQIL NASAFIY HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36888&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36888&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/08\/bukhari_buxoriy2024_22.jpg\",\"datePublished\":\"2024-08-09T05:06:45+00:00\",\"dateModified\":\"2024-08-09T05:08:48+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"\u201cSAHIHUL BUXORIY\u201d ROVIYSI ABU IS\u02bcHOQ IBROHIM IBN MA\u02bcQIL NASAFIY HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36888&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36888&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36888&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/08\/bukhari_buxoriy2024_22.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/08\/bukhari_buxoriy2024_22.jpg\",\"width\":660,\"height\":383},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36888&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"\u201cSAHIHUL BUXORIY\u201d ROVIYSI ABU IS\u02bcHOQ IBROHIM IBN MA\u02bcQIL NASAFIY HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"\u201cSAHIHUL BUXORIY\u201d ROVIYSI ABU IS\u02bcHOQ IBROHIM IBN MA\u02bcQIL NASAFIY HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"\u201cSAHIHUL BUXORIY\u201d ROVIYSI ABU IS\u02bcHOQ IBROHIM IBN MA\u02bcQIL NASAFIY HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36888&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"\u201cSAHIHUL BUXORIY\u201d ROVIYSI ABU IS\u02bcHOQ IBROHIM IBN MA\u02bcQIL NASAFIY HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"\u201cSAHIHUL BUXORIY\u201d ROVIYSI ABU IS\u02bcHOQ IBROHIM IBN MA\u02bcQIL NASAFIY HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36888&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2024-08-09T05:06:45+00:00","article_modified_time":"2024-08-09T05:08:48+00:00","og_image":[{"width":660,"height":383,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/08\/bukhari_buxoriy2024_22.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"6 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36888&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36888&lang=oz","name":"\u201cSAHIHUL BUXORIY\u201d ROVIYSI ABU IS\u02bcHOQ IBROHIM IBN MA\u02bcQIL NASAFIY HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36888&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36888&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/08\/bukhari_buxoriy2024_22.jpg","datePublished":"2024-08-09T05:06:45+00:00","dateModified":"2024-08-09T05:08:48+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"\u201cSAHIHUL BUXORIY\u201d ROVIYSI ABU IS\u02bcHOQ IBROHIM IBN MA\u02bcQIL NASAFIY HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36888&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=36888&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36888&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/08\/bukhari_buxoriy2024_22.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/08\/bukhari_buxoriy2024_22.jpg","width":660,"height":383},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36888&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"\u201cSAHIHUL BUXORIY\u201d ROVIYSI ABU IS\u02bcHOQ IBROHIM IBN MA\u02bcQIL NASAFIY HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/36888"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=36888"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/36888\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":36893,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/36888\/revisions\/36893"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/36889"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=36888"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=36888"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=36888"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}