{"id":36729,"date":"2024-08-01T10:57:35","date_gmt":"2024-08-01T05:57:35","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=36729"},"modified":"2024-08-01T10:57:35","modified_gmt":"2024-08-01T05:57:35","slug":"buxoroda-qiymatli-asarlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36729&lang=oz","title":{"rendered":"BUXORODA QIYMATLI ASARLAR"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1921-yilda Turkiston maorif komissarligi qoshidagi \u201cBilim\u201d ilmiy hay\u02bcati o\u02bbz tarkibida Shokirjon Rahimiy, Bulat Soliyev, Abdurauf Fitrat, G\u02bbulom Zafariy, Abdusattor Mo\u02bbminiy bo\u02bblgan guruh bilan birga Buxoro hududida ilmiy tekshirish ishlarini olib borish uchun ijodiy safar uyushtiradi. Bu safarning aynan Buxoro viloyati va shahriga uyushtirilishida adib Fitratning ta\u02bcsiri bor deb taxmin qilinadi. Chunki Toshkentda yashayotgan Fitratni Buxoroning inqilobdan keyingi ahvoli qiziqtirardi. Zero, safardan ko\u02bbzlangan maqsadlardan biri, Buxoro amirining boy kutubxonasini o\u02bbrganish bo\u02bblgan. Ammo inqilob paytida shaharni bombalash natijasida imorat va turar joylar qatori, kutubxona ham yonib, kul bo\u02bblgan edi. Ushbu safar chog\u02bbida Buxoro hukumati qaramog\u02bbidagi kutubxona va xususiy kishilar qo\u02bblida saqlanib qolgan ilmiy-badiy adabiyotlar yig\u02bbilib, boy materiallar to\u02bbplanadi. Bu haqda Sh.Rahimiy va A.Mo\u02bbminovning maqolalari matbuotda e\u02bclon qilinadi. Biroq o\u02bbsha ilmiy safar chog\u02bbida qanday adabiyotlar to\u02bbplangani va qaysi muassasaga topshirilgani noma\u02bclum edi. Atoqli tarixchi B.Soliyev tomonidan \u201cInqilob\u201d (32, 1922-yil, 1-mart 20,21,22,23 betlar) jurnalida e\u02bclon qilingan quyidagi maqola shu masalaga oydinlik kiritadi va yangi ilmiy asarlarni topishga xizmat qiladi, deb umid qilamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201c1921-yilda Turkiston Maorif komissariati Buxorog\u02bba bir ilmiy hay\u02bcat yuborg\u02bbon edi. Maqsad esa Buxoroda eski asarlarni tekshiruv tarix va boshqa fanlarga oid ham bo\u02bblg\u02bbon qo\u02bblyozmalarni taftish etish edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Buxoro o\u02bbtgan vaqtlar xizmat markazi bo\u02bblib, xizmat etganligidan o\u02bbz asrida zamoniga muvofiq asarlar maydong\u02bba keltirilgan, har fanda, vaqti bilan, bir qadar tadqiqot ishlagandir. Faqat bu asarlar zoye\u02bc bo\u02bblg\u02bbonlar, muhoraba vaqtida yong\u02bbin va talonlar o\u02bbtgan asrning qiymatli asarlarini yo\u02bbqotg\u02bbonlar. Qolg\u02bbonlarini ham ovro\u02bbpaliklar o\u02bbz o\u02bblkalariga tashig\u02bbonlar, bu kunda esa O\u02bbrta Osiyo musulmonlari ul vaqtning asarlaridan g\u02bbofillar, nafis Buxoroning o\u02bbzidagina yozilg\u02bbon, har turli fanga oid asarlar maydondan yo\u02bbqolg\u02bbondirlar. Bizlar hukumat ham xususiy kishilarning kutubxonalarini izlab, ham tekshira boshlag\u02bbondan keyin tubandagi asarlar(ni) uchra(t)diq.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1) \u201cShayboniynoma\u201d. Bu kitob nasr bilan chig\u02bbatoy tilida bolib, o\u02bbzbeklarning rahbarlaridan bo\u02bblg\u02bbon mashhur Shayboniyxon voqean yozadir. O\u02bbzbeklar Muhammad Shayboniyxon qo\u02bbli ostida XVI asrning boshlarida Turkiston va Movarounnahrni istilo qiladirlar. Muhammad Shayboniyxon Marv atrofida Eron shohi tarafidan yengilib o\u02bbldiriladir. \u201cShayboniynoma\u201dda Muhammad Shayboniyxonning bobosi \u0410bulhayrxon va uning bolalari, Shayboniyning qozoq bo\u02bblib yurgan zamonlari zikr etiladir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">2) Sharqiy chig\u02bbatoy elining xonlaridan Eson Bug\u02bbo vaqtida Chuv yilg\u02bbasi bo\u02bbyiga kelib o\u02bbrnashg\u02bbon qozoqlarning rahbarlari bo\u02bblg\u02bbon Geroy va Jonibekbollari va ular bilan Shayboniyning munosabatlari bordir. Geroy va Jonibeklar haqida \u201cQishki sen Turkistong\u02bba Geroyxon yog\u02bbiy bo\u02bblib kelib tursa Muhammad Mazid etibdurkim, sizlarni men munda olib turolmasman, yuqori Samarqandga boringlar, deb uzatib yuborib tursa, \u0410layka Sulton Sabron qo\u02bbrg\u02bbonida Jonibek xonning o\u02bbg\u02bbli Iranchixon kelib bosib, \u0410layka Sultonni shahid qilib tursa, bular Dinmuhammad Shayboniy, Qosim Sulton, Ibak Sulton boshliq sultonlarni tukali bir kelib Hamzabek boshliq barchani uch oy qamab, har kunda kelib urush qilib ko\u02bbp kishilari zoye\u02bc bo\u02bblib hech ish qila olmay yonib ketib tururlar\u201d deydir. Samarqand xoni Sulton \u0410hmad Mirzo Shayboniyxonni chig\u02bbatoylar birlan urushishga chaqiradir. Chig\u02bbatoylarg\u02bba bo\u02bblg\u02bbon safarinda Shayboniyxonning yordamlashuvin so\u02bbraydir, to\u02bby qilib chaqiradir. Lekin bu da\u02bcvoning samimiy bo\u02bblmag\u02bbonlig\u02bbin, \u0410hmad Mirzoning ko\u02bbnglida dushmanliq borlig\u02bbin Shayboniyga xabar beradirlar. Chaqirishga kelgan kishiga Shayboniyning so\u02bbylagan so\u02bbzlarin shunday yozadir: \u201cEndovg\u02bba kelgan bekka xon etib dururkim, men sizlarning fikringizni bilib turur men, sizlar sig\u02bbinmangizkim men \u201csart\u201dlardek sizlarg\u02bba bo\u02bbyunsunib turg\u02bbayman. Bu fikrlaringizni qo\u02bbyib, bizning birga burung\u02bbidek yaxshiliq ustinda bo\u02bblsangiz, borib bog\u02bblaringizni yog\u02bbiylayman va sizlar birla bo\u02bblayin. Yo\u02bbq, agar bu so\u02bbzingizni qo\u02bbymasangizlar to\u02bbying\u02bbizg\u02bba bormayman va agar borsam ko\u02bbpingizni qirarman, deb aytib turadir\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu \u201cShayboniynoma\u201dning boshi yo\u02bbqdir, oxiri Shayboniyning vafoti birlan tamom bo\u02bbladir. Kimning ta\u02bclifi ekanligi ham ma\u02bclum emasdir. Ko\u02bbchirib yozuvchi kishi Madmurod \u0410naboy o\u02bbg\u02bbli Buxoroda Madrasayi Mir \u0410rabda, \u201cMir Haydarxon\u201d vaqtida yozg\u02bbondir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">2) \u201cDili-g\u02bbaroyib\u201d. Chig\u02bbatoycha nasr bilan yozilg\u02bbon. Bu kitobda Turkistonning o\u02bbrta asr jo\u02bbg\u02bbrofiyasiga oid muhim o\u02bbrinlar bor. Movarounnahrda o\u02bbrta asrda bo\u02bblg\u02bbon shaharlar va bularning farsah hisobi birlan yiroqliq-yaqinliqlari turkiycha va ismlari va boshqa narsalarga oid ma\u02bclumotlar ko\u02bbpdir. Xorazm haqida: \u201cBaladi Xorazmi ziyoda, keng viloyatdurki, atrofining bir tarafini Sayxung\u02bba yetkururlar, bir tarafini Oqqo\u02bbrg\u02bbonkim, hala Boqurg\u02bbong\u02bba mashhurdur va qir va yana bir tarafi o\u02bbnguzkim fridunning oqaturg\u02bbon suvining shimolindadur, va bir tarafi Saroy sulton. Va bu hududlarning orasinda ulug\u02bb va kichik qal\u02bcalar va kentlar ko\u02bbp bo\u02bblg\u02bbon va janubiysi Qizilqumkim orasinda o\u02bbtun ko\u02bbp bo\u02bbladir. Qadimda qirq va ellik darvozali shaharlari bor erkan, birisiga Jurjoniya va yana birisiga Urganch derlar. Jurjoniyaning suvi Sirdaryodan kelur erkan va bu shaharning maqomini bundoq ta\u02bcyin qilurlarkim, sharqiysi Bog\u02bblon va shimolini Aqcha tengizi va g\u02bbarbiyasi Kiron va janubiysi Qiyot derlar va muning haroblig\u02bbini suvdan ko\u02bbrurlar. Suv ziroatg\u02bba yetmas. Uchun \u0410mudaryo suvikim, Unguzning janubidan o\u02bbtib erkan uch qirni tushib o\u02bbtib bir yoq suv olib zovurlar suv yo\u02bblini ulayibdur. Bundan ortqoni Jurjoniyaning janubi birlan o\u02bbtkazilib Urganch shahrining yoni birla \u0410bvonxon tog\u02bbining kun tug\u02bbarini qirib qabilasig\u02bba kechub kun botishig\u02bba chiqib o\u02bbg\u02bburcha borib Mozandaron dengiziga quydirib zovurlar va atrofi hamma qalg\u02bba va ekin va bog\u02bbliqdir bo\u02bblg\u02bbon va bu qal\u02bcani bu suv bosib harob qilg\u02bbon va undan bir harob minora boqiy qolg\u02bbondir. Va bu minorani Bobinazar so\u02bbfi degan bir kishi yangidan masjid bino qilg\u02bbon va hali ham toshi qal\u02bcada bor. Va so\u02bbfi mazkurning mozori matbarakasi shu minoraning o\u02bbrnida voqe\u02bcdur. Mozori oliya va Boboyumildiq aziz ham andadurlar va shul atrofning saksondan o\u02bbtgan bobolar bundoq eshitgan va ko\u02bbrgankim, minorani yoqqonda bir xat chiqibdur. O\u02bbqibdurlarkim, uch yuz yetmish sotunli masjidning ikkinchi minorasidur. Bu so\u02bbzning mazmuni bukim, hutbag\u02bba azon aytadurg\u02bbonning bo\u02bblgon. Balandligi o\u02bbttiz qarn ermish va olamg\u02bba tarannum qiladurg\u02bbon minoraning balandligin yuzdan ziyoda va o\u02bbttuz Qur\u02bcon qorisi va imom va muazzin va farroshning ijrosi uch yuz aqchadan ta\u02bcyin bo\u02bblung\u02bbon bir masjidning atrofida yuz ellik madrasa va bozor va saroy bor erkan. Hammasi suvg\u02bba g\u02bbarq bo\u02bblubdur\u201d. Bundan tashqari, Xorazmning boshqa shaharlari haqida ham heyla ma\u02bclumotlar bordir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yozuvchisi xivalik Xudoyberdi ibn Qo\u02bbshmuhammad ibn Niyoz Muhammad ibn Eshmuhammad ibn \u0410voz Mahmuddir. 1247-hijriy yilda yozilg\u02bbon.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">3) Turkcha tarjima etilgan \u201cYusuf va Zulayho\u201d kitobi. Forsiycha yozilg\u02bbon \u201cYusuf va Zulayho\u201dni Durbek ismli balxlik bir turk shoiri turkiychaga tarjima qilg\u02bbon. Mazkur asarni tarjima qiluv to\u02bbg\u02bbrisida Durbek shu satrlarni yozadir:<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Balx erur dahrda ummul bilod,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazhari islomu taqi adli dod.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jumla akobirning edi manzili,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sokin erur onda nabiyu vali.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bo\u02bbldi falak gardishidin dori zulm,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xalqi oning bo\u02bbldi giriftori zulm.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Zod edi tarixi taqi heyu dol,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muddati hijratdin o\u02bbtub mohi sol.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qal\u02bcayi Balx o\u02bbldi chu darvozaband,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Poyayi zulm o\u02bbldi bag\u02bboyat baland.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hukm bilan ulus kirdi ichkari,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hosili umrin qo\u02bbyubon tashqari.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shahar jahannam kabi zindon edi,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tashqari chun ravzayi rizvon edi.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tashqari erur bori nazu naim,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shahar ichida erdi azobu alim.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu qabil ila xalq uch oy tamom,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yer edilar g\u02bbussa-g\u02bbam subhu shom.<\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u0410bjad hisobi bilan \u0636 \u2013 800, \u062d \u2013 10, \u062f \u2013 to\u02bbrt, jami bo\u02bbladir 812-sanayi hijriy. Bundan Durbekning IX asrning boshlarida yetishgan bir turk shoiri ekanligi anglashiladir. \u0410mir Temurning vafotiga besh yil to\u02bblg\u02bbonda Balx shahrida yozilg\u02bbon bo\u02bbladir. Mazkur Balx voqeasi esa \u0410mir Temurning o\u02bbg\u02bbli Pirmuhammad Balxda Pir \u0410litoz tarafidan o\u02bbldiriladir. Balxda isyon boshlanadir, Shohruh kelib Balxni muhosara etadur. Shul muhosara vaqtida Balxning ichida qiling\u02bbondir. Durbek ikkinchi o\u02bbrinda muhosara vaqtida tarjima etganligini yozib o\u02bbtadir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">4) \u201cMuqaddimat ul-adab\u201d nomli lug\u02bbat kitobi. Bu asar mashhur Mahmud Zamaxshariyning asaridir. Xorazm xonlaridan \u0410bul-Muzaffar Otsizga bag\u02bbishlab va uning kutubxonasi uchun yozilg\u02bbon. Muqaddimasida shu so\u02bbzlar bor: \u201cUshbu kitob \u0410miral-mo\u02bbminin Sipohsolor \u0410lovuddavla \u0410bul-Muzaffar Otsiz ibn Xorazmshohga bag\u02bbishlangan\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu asar 5 qismga taqsim etilgan: Ism, fe\u02bcl, harf, ismlar tasrifi, fe\u02bcllarning tasrifi. Keyinchalik forsiycha, chig\u02bbatoycha, mo\u02bbg\u02bbulchaga tarjima etilgan. Biz uchun eng muhimi ushbu tarjimalardir. \u201cMuqaddimat ul-adab\u201dni shu uch tarjimalari bilan birga topdiq. Kitobning tarimalariga oid hech bir o\u02bbrinda izoh yo\u02bbqdir, kim tarafidan tarjima etilganiga doir bir o\u02bbrinda ham ishora yo\u02bbqdir. Faqat XVI asrda o\u02bbzbek xonlaridan mashhur \u0410bdullaxon zamonida yozilg\u02bbonlig\u02bbi ma\u02bclumdir. \u201cMuqaddimat ul-adab\u201dning o\u02bbzi nemis olimlaridan Vatzastayn tarafidan tasxih etilib, 1850-yilda Leypsigda bosilg\u02bbon edi. \u0410mmo tarjimasi bugunga qadar ko\u02bbrilmagandir. Lug\u02bbat jhatidan biz uchun g\u02bboyat muhim bir asardir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">5) \u201cIlmi tashrix al-badan\u201d. Muallifi Mansur ibn Muhammad ibn \u0410hmad \u0410mirzoda Pirmuhammad zamonida unga atab yozilg\u02bbon. \u0410shtarxoniylardan Subxonquli Bahodirxon o\u02bbz zamonida ko\u02bbchirtirib yozdirg\u02bbon. Bir muqaddima, 5 maqola, bir xotimadan iborat. Muqaddimasida a\u02bczoni taqsim va ta\u02bcrif. \u0410vvalgi maqolasida suykalarni va ularg\u02bba mutaalliq bo\u02bblg\u02bbon narsalarni ta\u02bcrif etadir. Qolg\u02bbon boblarida ham tomirlar, qon tomirlari, a\u02bczoning hamma bo\u02bblaklarini ta\u02bcrif va tasvir qiladir. Kitobning eng keyingi sahifasida ham tashrixga oid rasmi bor. Faqat rasmning boshini o\u02bbchirganlar. Kitob forsiy tilda yozilg\u02bbon, kitobning chetida mang\u02bbit amirlaridan Mir Haydarning muhri bosilg\u02bbon, muhrda shu so\u02bbzlar bor: Mir Haydar podshohi olam oliyjanob \u2013 sahot ayn kitob az bahr tahsili savob. Muhrning sanasi 1227-sanayi hijriy.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">6) Musiqag\u02bba oid forsiycha bir kitob, nomi yo\u02bbq. Bu kitob o\u02bbzbek xonlaridan \u0410bdullaxon zamonida yozilg\u02bbon. Bu kitobning ko\u02bbrsatishi bo\u02bbyicha, sharq cholg\u02bbulari shulardan iborat ekan: tanbur, nay, qonun, ud, barbat, rubob, qo\u02bbbuz, rud, g\u02bbijjak, shamoma, nay inon, hafona, ruh ahza, kunkura, arg\u02bbunun. Ushbu cholg\u02bbulardan ba\u02bczilarining tarixlari ham ko\u02bbrsatilgan. Rubob Sulton Muhammad \u0410lovuddin Xorazmshoh zamonida chiqarilg\u02bbon. Qo\u02bbbuz turk jaloyir qabilasining beklaridan Sulton Ulyos tomonidan chiqarilg\u02bbon. G\u02bbijjaj Sulton Mahmud G\u02bbaznaviy zamonida islom faylasuflari \u0410bu \u0410li ibn Sino bilan Nosir Xisrav tomonidan chiqarilg\u02bbon. Bu kitobning aytishicha, Sharq kuylarining asosi 12 kuydir: navo, ushshoq, buslik, rost, isfahon, kuchak, bizrak, rahoviy, husayniy, hijoz, iroq, zangova. Bu o\u02bbn ikki kuyning har birining juda ko\u02bbp tarmoqlari bor, har bir asos kuyning yigirma olti tarmog\u02bbi borlig\u02bbini ko\u02bbrgazadir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">7) Nota. Bugunga qadar sharq kuylarining notasi borlig\u02bbi ma\u02bclum emas edi. Buxoroda biz buning bir nusxasini topdiq. G\u02bbarb musiqiy notalari shaklli emas, o\u02bbziga maxsus usuli bordir. Bu notani Buxoroning mashhur cholg\u02bbuchilaridan Mirza G\u02bbiyos oqsoqolning qo\u02bblida bu kunda saqlanmoqdadir. Biz shu kishidan olib takomil etdik. Buxoroning mashhur cholg\u02bbuchi va hofizlarini yig\u02bbib mazkur notani isloh etdik. Sharq kuylarin yo\u02bbqolib ketishidan saqlash uchun buning ahamiyatinda shubha yo\u02bbqdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">8) Sharq shoir va faylasuflarining o\u02bbz qalamlari bilan yozg\u02bbon asarlari. Sa\u02bcdiy, Hofiz Sheroziy, Navoiy, Mushfiqiy, G\u02bbazzoliy, Suyutiydek buyuk shoir va olimlarning o\u02bbz qalamlari bilan yozg\u02bbon asl nusxalari bor. Bular Buxoroning mashhur bir olimning kutubxonasida saqlanmoqdadir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">9) Xatlar kolleksiyoni. Navoiy, Jomiydek shoirlar, Sulton \u0410bu Saiddek Temur bolalarining o\u02bbz qo\u02bbllari bilan yozg\u02bbon xatlari bor. Hamda \u0410mir Temurdan boshlab Mirzo Boburning nabirasi bo\u02bblg\u02bbon \u0410kbarshohg\u02bba qadar Temur bolalarining rasmlari bor, Shohruh, \u0410bu Said, Umarshayx, Mirzo Boburdek xonlarning rasmlari ham mazkur olimning kutubxonasida saqlanadir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">10) \u201cTuhfayi shohiy\u201d. Forsiy tilda \u0410bdulahadxon zamonida yozilg\u02bbon, mang\u02bbitlar tarixiga oid bir asar. Rus istilosi va Buxoro askari mag\u02bblubiyatining sabablarini yozadir. Mang\u02bbitlar idorasining nochor yoqlarini juda achchiq qalam bilan tasvir etadir. Bu kunga qadar rus istilo tarixini biz faqat rus yozuvchilaridang\u02bbina olar edik. Ruslarning yozganlari aniq, lekin bir yoqlamadir. Mazkur \u201cTuhfayi shohiy\u201d mutolaa qilinsa, ruslar ko\u02bbrsatgan sabablar, ular ko\u02bbrsatgan ba\u02bczi voqealarning yanglish ekanligi maydong\u02bba chiqadir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">11) \u201cFathnoma sultoniy\u201d. Mang\u02bbitlar tarixiga oid bir asar. Forsiy tilda, Mir Olim ismli kishi tarafidan \u0410mir Nasrullo zamonida yozilg\u02bbon. Mangit amirlaridan Shohmuroddan olib, \u0410mir Nasrulloga qadar bo\u02bblg\u02bbon Movarounnahr voqealari yozilg\u02bbon.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">12) \u201cTankisuqnoma elxoniy\u201d. Muhammad ibn Husayn at-Tusiyning asari. Muallif asar muqaddimasida shul so\u02bbzlarni yozadir:<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201c\u0627\u0645\u0627 \u0628\u0639\u062f \u0686\u0646\u06cc\u0646 \u06af\u0648\u06cc\u062f \u0645\u062d\u0631\u0631 \u0648 \u0645\u0624\u0644\u0641 \u0627\u06cc\u0646 \u06a9\u062a\u0627\u0628 \u0645\u062d\u0645\u062f \u0628\u0646 \u0627\u0644\u062d\u0633\u06cc\u0646 \u0627\u0644\u0637\u0648\u0633\u06cc \u0646\u0648\u0631\u0627\u0644\u0644\u0647 \u0642\u0628\u0631\u0647 \u06a9\u0647 \u067e\u0627\u062f\u0634\u0627\u0647 \u062c\u0647\u0627\u0646\u00a0 \u0648\u0627\u0633\u0637\u0647 \u0627\u0645\u0646 \u0648 \u0627\u0645\u0627\u0646 \u0647\u0648\u0644\u0627\u06a9\u0648 \u062e\u0627\u0646 \u0627\u0632 \u0627\u06cc\u0646 \u0636\u0639\u06cc\u0641 \u062f\u0631\u062e\u0648\u0627\u0633\u062a \u06a9\u0631\u062f \u06a9\u0647 \u062a\u0623\u0644\u06cc\u0641\u06cc \u0645\u06cc\u200c\u0628\u0627\u06cc\u062f \u067e\u0631\u062f\u0627\u062e\u062a \u062f\u0631 \u0645\u0639\u0631\u0641\u062a \u0627\u0646\u0648\u0627\u0639 \u062c\u0648\u0627\u0647\u0631 \u0645\u0639\u062f\u06cc \u0648 \u063a\u06cc\u0631 \u0622\u0646\u00a0 \u0686\u06cc\u0632\u0647\u0627\u06cc \u0638\u0631\u06cc\u0641 \u06a9\u0647 \u0628\u0647 \u062d\u0636\u0631\u062a \u0646\u0627\u0645\u06cc \u0622\u0648\u0631\u0646\u062f \u0648 \u06a9\u06cc\u0641\u06cc\u062a \u0645\u0639\u0631\u0641\u062a \u0622\u0646 \u0627\u0632 \u0628\u0647\u062a\u0631\u06cc\u0646 \u0648 \u0628\u062f\u062a\u0631\u06cc\u0646 \u0648 \u0634\u0628\u0647 \u0627\u0632 \u06cc\u06a9 \u0648 \u062e\u0627\u0635\u06cc\u062a \u0648 \u0642\u06cc\u0645\u062a \u0622\u0646 \u0648 \u0645\u062e\u0627\u0644\u0641\u062a \u0622\u0646 \u0634\u0631\u062d\u06cc \u062a\u0645\u0627\u0645 \u0628\u0646\u0648\u06cc\u0633\u201d<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu kitobni Boqimuhammad ibn Hofiz Nur \u0410ndhudiy ismli kishi 1538-hijriy yilda ko\u02bbchirib yozg\u02bbon.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bizning bu yozg\u02bbonlarimizdan boshqa Buxoroda qiymatdor asarlar bor. Izlansa, axtarilsa Buxoroda ahamiyatli asarlarning topilishi aniqdir. Hech bir qo\u02bbl tegmagan vaqfnomalar, yorliqlar bor, bularda Buxoroning tarix, jo\u02bbg\u02bbrofiyasiga oid muhim ma\u02bclumotlarning borlig\u02bbiga shubha yo\u02bbqdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Buxoroda eng boy kutubxona amir kutubxonasi bo\u02bblg\u02bbon. Kutubxonani necha daf\u02bca ko\u02bbrgan kishilarning aytishicha, qirq ming jilddan ortiq (40,000) qiymatli qo\u02bblyozma kitoblar bo\u02bblg\u02bbon. Biroq, bu qadar zo\u02bbr ilm xazinasi Buxoro inqilobida tamom yonib bitgan, hech bir asar qolmag\u02bbondir. Kutubxonaning o\u02bbrnida bir qadar axtarib qarasam ham harobadan boshqa hech bir narsa topa olmadim. Yarmidan ko\u02bbpi yonib bitgan bir-ikki Qur\u02bcon, ba\u02bczi bir forsiycha kitoblar uchrasa-da, ko\u02bbpi yonib harob bo\u02bblg\u02bbonliqdan bir narsa anglash mumkin emas. \u0410mir Muzaffarning o\u02bbg\u02bbli Nosirxonto\u02bbra \u201c\u0410sar as-salotin\u201d nomli Movarounnahr tarixiga oid muhim bir asar ta\u02bclif etgan bo\u02bblg\u02bbon. XVI asrda o\u02bbzbeklar istilosidan olib shul kunga qadar bo\u02bblg\u02bbon voqealarni taftish va tadqiq bilan yozilg\u02bbon bu asar ham mazkur yong\u02bbinda zoye\u02bc bo\u02bblg\u02bbon. Hozirda nusxasi yo\u02bbqdir. Mazkur asarni bosdirishg\u02bba harakat etsalarda, \u0410mir Mir Olim hech bir ruxsat etmagan.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Bulat Soliyev. Inqilob jurnali. 1922-yil. \u2116 2-son.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">UBAYDULLA QUVVATALIYEV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Termiz davlat universiteti tuzilmasidagi Qatag\u02bbon qurbonlari xotirasi muzeyi direktori<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>1921-yilda Turkiston maorif komissarligi qoshidagi \u201cBilim\u201d ilmiy hay\u02bcati o\u02bbz tarkibida Shokirjon Rahimiy, Bulat Soliyev, Abdurauf Fitrat, G\u02bbulom Zafariy, Abdusattor Mo\u02bbminiy bo\u02bblgan guruh bilan birga Buxoro hududida ilmiy tekshirish ishlarini olib borish uchun ijodiy safar uyushtiradi. Bu safarning aynan Buxoro viloyati va shahriga uyushtirilishida adib Fitratning ta\u02bcsiri bor deb taxmin qilinadi. Chunki Toshkentda yashayotgan Fitratni Buxoroning &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":36730,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>BUXORODA QIYMATLI ASARLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"BUXORODA QIYMATLI ASARLAR\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36729&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"BUXORODA QIYMATLI ASARLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"BUXORODA QIYMATLI ASARLAR\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36729&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2024-08-01T05:57:35+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/08\/Buxorada010824.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"396\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"9 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36729&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36729&lang=oz\",\"name\":\"BUXORODA QIYMATLI ASARLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36729&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36729&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/08\/Buxorada010824.jpg\",\"datePublished\":\"2024-08-01T05:57:35+00:00\",\"dateModified\":\"2024-08-01T05:57:35+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"BUXORODA QIYMATLI ASARLAR\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36729&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36729&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36729&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/08\/Buxorada010824.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/08\/Buxorada010824.jpg\",\"width\":660,\"height\":396},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36729&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"BUXORODA QIYMATLI ASARLAR\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"BUXORODA QIYMATLI ASARLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"BUXORODA QIYMATLI ASARLAR","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36729&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"BUXORODA QIYMATLI ASARLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"BUXORODA QIYMATLI ASARLAR","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36729&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2024-08-01T05:57:35+00:00","og_image":[{"width":660,"height":396,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/08\/Buxorada010824.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"9 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36729&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36729&lang=oz","name":"BUXORODA QIYMATLI ASARLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36729&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36729&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/08\/Buxorada010824.jpg","datePublished":"2024-08-01T05:57:35+00:00","dateModified":"2024-08-01T05:57:35+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"BUXORODA QIYMATLI ASARLAR","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36729&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=36729&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36729&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/08\/Buxorada010824.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/08\/Buxorada010824.jpg","width":660,"height":396},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36729&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"BUXORODA QIYMATLI ASARLAR"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/36729"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=36729"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/36729\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":36731,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/36729\/revisions\/36731"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/36730"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=36729"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=36729"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=36729"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}