{"id":36676,"date":"2024-07-30T10:54:19","date_gmt":"2024-07-30T05:54:19","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=36676"},"modified":"2024-07-30T10:54:19","modified_gmt":"2024-07-30T05:54:19","slug":"o%ca%bbzbeklar-marosimiy-madaniyatida-darveshona","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36676&lang=oz","title":{"rendered":"O\u02bbZBEKLAR MAROSIMIY MADANIYATIDA DARVESHONA"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbeklarning ijtimoiy-ma\u02bcnaviy hayotida diniy, nikoh to\u02bbyi, taqvimiy marosimlar bilan birga jamoaviy marosimlar, ayniqsa darveshona alohida o\u02bbrin egallaydi. Ma\u02bclumki, \u201cdarvesh\u201d forscha so\u02bbz bo\u02bblib, \u201cfaqir\u201d, \u201cbechora\u201d, \u201cmiskin\u201d ma\u02bcnolarini bildiradi, tasavvuf tariqati vakilini anglatadi [6:56]. Shuningdek, darvesh darovez so\u02bbzidan kelib chiqqan bo\u02bblib, eshiklardan rizqini terib yuruvchi degan ma\u02bcnoni ham ifodalagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Darveshlar haq (Alloh)ga yetishish uchun foniy dunyo lazzati va havasidan voz kechib, boqiy dunyo saodatiga erishishga harakat qilgan. Ular boriga qanoat qilib, Allohga tavakkal qilgan holda zikr tushgan. Darveshlar ziyoratgoh va avliyolar maqbaralarida ko\u02bbp bo\u02bblib, asosan xonaqoh va boshqa diniy imoratlarda kun kechirgan. Jamoa bo\u02bblib harakatlanadigan darveshlar qaysi qishloq, guzar va rabotdan o\u02bbtmasin, ularga suv, yegulik va taom ulashilgan. Shu sababli qadimdan ko\u02bbcha ahli va yo\u02bbldan o\u02bbtuvchilar uchun uchun ehson tariqasida qilinadigan marosim Darveshona deb nomlangan. Ayrim olimlar ushbu an\u02bcanani darveshlar jamoasidan tarqalgan bayram, deb talqin etadi [7:55].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xalq uchun tashkil etiladigan jamoaviy marosimlar haqida Abu Rayhon Beruniyning \u201cQadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar\u201d asarida ham ma\u02bclumot uchraydi. Qomusiy olim xalq uchun, ayniqsa, faqirlar uchun uyushtiriladigan marosim va bayramlar haqida ma\u02bclumot bergan. Dunyoviy ishlar uchun o\u02bbtkaziladigan bayramlarni mukarram va ulug\u02bb kunlar deb hisoblab, podshoh va raislar tomonidan o\u02bbtkazilgani keltirilgan. Marosim orqali ular nafsini sevintirishga, ruhini shodlantirishga erishgan, odamlar muhabbatini qozongan va duosini olgan. Ular o\u02bbsha kuni oddiy xalq uchun ham turli marosimlarni joriy qilgan. Oddiy xalq marosimni ado etib, podshoh va amirlar shodligiga qo\u02bbshilar va ularga ixlos bilan bo\u02bbysunib, xizmat qilayotganini izhor etardi. Ana shu bayramlar faqirlar hayotining tangligini kenglikka aylantiruvchi, umidvorlar orzusini yuzaga chiqaruvchi, musibat yetganlarni xavf-xatar va kulfatdan xalos etuvchi sabablardan biri bo\u02bblgan [4:238].\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Buxoro vohasi ziyoratgohlari vaqf hujjatlarida keltirilgan ma\u02bclumotlarga ko\u02bbra, bu joylarda doimiy ravishda qozonlarda ovqat qaynab, miskin va faqirlar yegulik bilan ta\u02bcminlab turilgan. Shayx Sayfiddin Boharziy (Shayxul olam) ziyoratgohi vaqfnomasida xonaqoh oshxonasida har kuni non va ovqat pishirilishi, haftada olti kun go\u02bbshtli, bir kun go\u02bbshtsiz taom tayyorlanishi, taomdan atrofda yashovchi aholi, kambag\u02bbal va ziyoratchilarga berilishi shart ekani yozilgan. Yana qish oylarida haftaning dushanba va juma kunlari barcha darveshlarga suyuq shirinlik yo holva berish shart qilingan [3:104-105]. Qasri Hinduvon qishlog\u02bbidagi Bahouddin Naqshband ziyoratgohida Subhonqulixon tomonidan yil davomida qozon qaynab turishi vaqfi joriy etilgan. Ziyoratgohdagi\u00a0 saqoxona (sharbatxona)da to\u02bbyimli va quvvat beruvchi sharbat tayyorlanib, tashrif buyuruvchilarga tarqatilgan [5:81]. Shaharning musofirxona va qalandarxonalari ham och va boshpanasizlarni qabul qilgan. Sumiton qishlog\u02bbidagi Chor Bakr ziyoratgohida esa yil davomida ikkita qozon doimiy qaynagan va yo\u02bblovchilar taomdan bir kosa yeb o\u02bbtib ketgan [10:32]. Yuqoridagi ehson taomlaridan farqli o\u02bblaroq darveshona yilda bir marta belgilangan muddatda o\u02bbtkazilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asosan bahor faslida o\u02bbtkaziladigan an\u02bcanaviy marosim haqida Islom dinida hech qanday ta\u02bcrif yoki ma\u02bclumot yo\u02bbq. Ammo dinimizda ushbu marosimning asl mohiyati \u2013 silayi rahim muhim o\u02bbrin tutadi. Yurtimizning, asosan, janubiy vohalari (Surxondaryo, Qashqadaryo va Samarqandning ayrim hududlari)da har yili bahor faslining birinchi yarmida darveshona marosimi o\u02bbtkazib kelinadi. Qishning yakunlanishi, ilk bahor kelishi paytida o\u02bbtkaziladigan darveshona turli nomlar \u2013 darbishona, darshana, darnishona, davrshona, davra oshi, yil boshi, xalqona, ko\u02bbcha oshi, ehson oshi, el oshi va eshon davrasi kabi nomlar bilan ataladi. Shuningdek, marosim Buxoro shahrida oshi darveshoni, oshi darveshi, vohaning Navmetan mavzesida oshi darveshon, Qorako\u02bbl tumanida elomon oshi, Andijonda darshana, Qashqadaryoning Langarida varushona deb yuritilgan. Xalqimiz bu mahalni ilikuzildi payti deb ham nomlagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Marosim bahorni kutib olish, yangi hosil yiliga ruhan tayyorlanish, yaxshi maqsadda qurbonlik qilish, tantana, xursandchilik qilib, mehnat mavsumiga shaylanish kabi ijtimoiy foydali funksiyalarni bajargan [7:55]. Darveshona quyidagi maqsadlar bilan tashkil etilgan. Birinchidan, qish qahatchiligi va qiyinchiligidan sabr-bardosh bilan o\u02bbtib, ko\u02bbklamga yetib olgan aholining shukronaligi namunasi sanalgan. Ayrimlar bahorning tut pishiqchiligiga yetolmagan. Keksalar shuning uchun shiraga yetkazsin, deb duo qilgan. Ikkinchidan, qishloq yoki mahalladan balo-ofat daf bo\u02bblishi, yengillik bo\u02bblishi va musibat bo\u02bblmasligi uchun ehson tarqatilgan. Ayniqsa, vabo, terlama kabi kasalliklardan bezgan qishloq ahli mana shunday sadaqa berib, och-nahor, uy-joyi yo\u02bbq insonlar uchun taom tarqatgan. Uchinchidan, dehqonchilikning boshlanish vaqti bo\u02bblgani sabab mirishkor va ziroatchilar hosil yaxshi bo\u02bblishi, yil barakali kelishini tilagan. O\u02bbzbek qarluqlarida qurg\u02bboqchilik yillarida mazkur marosim o\u02bbtkazilgan. Ekinlar ekilgach, yomg\u02bbir kelmasa, xudoyi qilib, Allohdan yomg\u02bbir so\u02bbrab, duo qilgan [9:51-52].\u00a0 Eski yil yakuni, yangi yil boshlanishi ramzi darveshona sanalgan. Taqvimlarni yaxshi o\u02bbzlashtirilgan xalqimiz 5-fevralni chorva oyi boshlanishi, 15-fevralni esa dehqon oyining boshlanishi, deb hisoblagan. To\u02bbrtinchidan, mahalla yoki qishloq jamoasini bir dasturxon, yagona qozon atrofida jamlash orqali mehr-oqibat, birdamlik va hamjihatlik ta\u02bcminlangan. Darveshonada ko\u02bbpchilikning qatnashishi, hammaning yaxshilik tilab duoga qo\u02bbl ko\u02bbtarishi va ko\u02bbp kishining iltijosini Alloh eshitadi degan tushunchaga rioya etilishi o\u02bbziga xos xususiyatdir [8:30]. Shu sababdan marosimda qishloqning yoshu qarisi baravar ishtirok etishi shart bo\u02bblib, turkiylarning qadim e\u02bctiqodi bo\u02bbyicha hosil ma\u02bcbudlari sharafiga qurbonlik keltirilgan.\u00a0\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yurtimizning ba\u02bczi hududlarida darveshona ikki xil shaklda o\u02bbtkazilgan. Kichik darveshona 23-24-mart, katta darveshona 26-27-mart kunlari tashkil etilgan. Kichik darveshonada katta darveshonaning tashkiliy masalalari muhokama qilinib, pishiriladigan taomlar, olib kelinadigan yeguliklar ayollar o\u02bbrtasida taqsimlangan. Katta darveshonada erkak va ayollar alohida-alohida vaqtda qatnashgan. Erkaklar peshingacha, ayollar esa tushdan keyin ishtirok etgan [11].\u00a0\u00a0\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Buxoroda o\u02bbrta asrlardan buyon oshi darveshona va oshi harifonani o\u02bbtkazish urf bo\u02bblgan. \u201cOshi darveshona\u201d deyishdan maqsad o\u02bbz davrida Alloh yo\u02bblida tarki dunyo qilgan darveshsifat insonlar, yetim-yesir, uy-joysiz qolgan kambag\u02bbal va beva-bechoralarga muruvvat dasturxonini yozishdir. Ikkinchisi \u201cOshi harifona\u201d do\u02bbstlar orasida mehr-oqibat yo\u02bbqolmasligi uchun do\u02bbstlar birlashib, pul yiqqan holda dam olish yoki bayram kunlari jam bo\u02bblgan. Ular yig\u02bbilganda do\u02bbstona suhbat va amri ma\u02bcruf qilib, ilm o\u02bbrgangan.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Buxoro tumanining Novmetan hududida o\u02bbtkazilgan oshi darveshon (darveshlar ma\u02bcrakasi)da 7 yoshdan 70 yoshgacha bo\u02bblgan aholi qatnashgan.\u00a0 Sharoitidan kelib chiqqan holda har kim nimaiki topsa, borini dasturxonga qo\u02bbygan, xatmi Qur\u02bcon qilishgan. Marosimda mahalla aholisi xonadonidan olib chiqadigan masalliqqa qarab taom, masalan, moshxo\u02bbrda yoki boshqa dukkakli ovqat tayyorlangan. Ehson taomi guzardagi masjid hududida pishirilib, baham ko\u02bbrilgan. Taomdan yetim yesir, og\u02bbir bemor, qariya va bevalarga tarqatilgan. Mahallaning keksa axborotchilariga ko\u02bbra, 1950-60-yillarda marosim guzar yoki ko\u02bbcha vakillari bilan o\u02bbtkazilib, asosan oshi sofi va oshi qobuli taomlari pishirilgan. Ayni shu kunlarda mahalla ahli muhtoj oilalarga yordam berish, yangi masjid qurish va boshqa kamchiliklarni bartaraf etish masalalarini muhokama etgan<a href=\"#_ftn1\" name=\"_ftnref1\"><sup>[1]<\/sup><\/a>. 2012-2014-yillarda Xushun mahallasidagilar marosimni mahallada ketma-ket musibat bo\u02bblganda, ularning xalq boshidan arishini so\u02bbrab o\u02bbtkazgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Marosim jamoasiga to\u02bbplanganlar imkoniyatiga qarab ma\u02bclum miqdorda mablag\u02bb ajratadi. Ba\u02bczi hollarda vakillar uyma-uy yurib, \u201cSadaqa yormasi chiqaryapmiz\u201d, \u201cSadaqa raddi balo, kelayotgan ofatlarni daf qilar, ataganlaringni qo\u02bbshinglar\u201d, \u201cYigit pirlariga darveshona chiqaramiz\u201d kabi\u00a0 chaqiriq bilan marosimda tayyorlanishi kerak bo\u02bblgan taom uchun mablag\u02bb yig\u02bbilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Aksariyat hollarda, vakillar darveshona uchun qishloq aholisidan imkoniyatiga qarab pul yig\u02bbadi. O\u02bbziga to\u02bbq va badavlat xonadonlar ko\u02bbproq hissa qo\u02bbshadi, ba\u02bczida ular savob umidida butun marosim xarajatlarini qoplaydi.\u00a0 Darveshona marosimining yana bir o\u02bbziga xos tomoni, savobli ishlarni amalga oshirishga intilishdir. Yig\u02bbilgan pulning ma\u02bclum bir qismi buzilib qolgan yo\u02bbllarni ta\u02bcmirlash, masjidlarni obod etish, kam ta\u02bcminlangan oila farzandlariga sovg\u02bbalar (velosiped, kiyim-bosh) ulashishga sarflanadi.\u00a0\u00a0\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ba\u02bczi hududlarda darveshonani 36 yoshni qarshilayotgan muchaldoshlar o\u02bbtkazishi an\u02bcanasi mavjud. Edilbek qishlog\u02bbida muchalini nishonlayotganlar qishloq ahliga osh beradi. Chimqo\u02bbrg\u02bbon qishlog\u02bbida har yili 40 yoshga to\u02bblgan erkaklar darveshona qilib beradi [12]. Unda sayl tomoshasi va sahnalari tashkil etiladi. Arqon tortish (ayollar o\u02bbrtasida ham), tosh ko\u02bbtarish va kurash singari qadimiy sport o\u02bbyinlari o\u02bbtkaziladi.\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Darveshonani qishloq oqsoqollari va nuroniylar \u201comonligu omonlik hech ko\u02bbrmaylik yomonlik\u201d deb boshlab beradi. Marosimda bosh bo\u02bbluvchilarni Buxoroda guzarvakil, Qashqadaryoda rais, eshon buva, ko\u02bbcha boshi, Andijonda oqsoqol deb atagan. Jizzaxda esa marosim kunini aniqlab, uni elga ma\u02bclum qilish qishloq imomi zimmasida bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Darveshona marosimida tayyorlanadigan taom aniq belgilanmagan. Hududlarda etnik, tabiiy joylashuv, demografik, xo\u02bbjalik va ijtimoiy xususiyatlardan kelib chiqib, turli ovqatlar tayyorlangan. Darveshona aslida darveshlarga beriladigan osh ma\u02bcnosini bildirsa-da, ammo turli xil suyuq va quyuq taomlar pishirilgan. Marosim uchun maxsus qozon bo\u02bblib, u degi darveshona \u2013 darveshlar qozoni deb nomlangan. Sababi, qozon taomi asosan musofir, muhtoj va g\u02bbariblarga xizmat qilgan.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Har yili erta bahor faslida qishloq va shahar mahallalarida 2-3 kishi uyma-uy yurib pul yoki oziq-ovqat to\u02bbplashgan. Ilgari asosan halim taomi biror kishining hovlisida yoki masjidda pishirilgan. Tashkilotchilar tomonidan xonadonlardan to\u02bbplangan ehsonlar evaziga xudoyi \u2013 darveshona qilingan [7:55].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Marosim uchun moshova, go\u02bbja yoki yorma, halim kabi to\u02bbq tutuvchi taomlar tanlangan [1]. Dasturxonning kamtarona va asosiy taomi yorma oshi (qo\u02bby go\u02bbshti, no\u02bbxat va bug\u02bbdoy) va non sanalgan. Shuningdek, Qashqadaryoning Shahrisabz hududida sho\u02bbrva, Yakkabog\u02bbda halim, boshqa joylarida guruch osh, Andijonda sho\u02bbrva va osh, Dehqonobodda esa yorma, Xorazmda shovla, Buxoroda o\u02bbmoch va moshova qilingan. Yorma yoki yarma\u00a0 7 xil mahsulot \u2013 yanchilgan bug\u02bbdoy, mosh, loviya, guruch, marvarid arpa (perlovka), no\u02bbxat, qizil loviya va bug\u02bbdoydan tarkib topib, mahsulotlar pishib yorilishi sababli shunday nomlangan. Bug\u02bbdoyni ayollar keli toshlarda tuyib beradi [13]. Taomga har xil bahoriy ko\u02bbkatlar, sabzavotlar, hatto o\u02bbrik qoqi ham solingan. Ayrim hududlarda qatiqli osh ham tayyorlangan va xamir ustiga suzma suzilib, tanovul qilingan [14]. Ushbu marosim taomi uchun ehson tariqasida xo\u02bbroz, qo\u02bbchqor, katta mol, ot va tuya qurbonlik qilingan. Surxondaryoning Niholzor qishlog\u02bbida yilda o\u02bblimlar soni ko\u02bbpayib ketsa, qurbonlikka tuya berilgan [15]. Taom shifobaxsh va ko\u02bbp kasalliklarga davo hisoblangan. Andijonliklarda ushbu taom tish kasalligida shifo bo\u02bbladi degan tushuncha shakllangan. Qashqadaryoning Maylijar qishlog\u02bbida taom uchun jonliq sifatida semiz qo\u02bby olinadi. Uning go\u02bbshti kechasi bilan qaynatilgach, sho\u02bbrva va tegirmonda yanchilgan bug\u02bbdoy bilan birga yarma taomi tayyorlanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Darveshona dasturxoniga har bir xonadon imkoniyatidan kelib chiqib, atala, ko\u02bbk somsa, qovurmoch, qatiqli osh va boshqa milliy taomlarni tayyorlaydi. Marosimdan bir kun oldin ayollar sumalak pishirib, darveshonada tarqatgan. Bahorning ilk ko\u02bbkati jag\u02bb-jag\u02bb o\u02bbsimligidan, albatta, pishiriqlar tayyorlashgan. Jizzaxda dasturxonga talpiq<a href=\"#_ftn2\" name=\"_ftnref2\"><sup>[2]<\/sup><\/a>, ko\u02bbk chuchvara, burrak<a href=\"#_ftn3\" name=\"_ftnref3\"><sup>[3]<\/sup><\/a> qo\u02bbyilgan. Ba\u02bczi hududlarda marosim dasturxoni cho\u02bbzmasiz o\u02bbtmagan. Xamir zuvalalari 9, 11, 13, ya\u02bcni toq sonda bo\u02bblingan. So\u02bbngra yupqa ko\u02bbrinishida yoyilib, kichik non shakliga kelgach, qizib turgan yog\u02bbda pishirilgan. Yegan-ichganlarimizning savobi o\u02bbtganlarga yetsin deb, oxirgi cho\u02bbzmaga kelganda yog\u02bbdan yarim cho\u02bbmich olib, olovga tashlangan. O\u02bblik to\u02bbysa, tirik to\u02bbyadi, singari e\u02bctiqodlarga amal qilingan [11]. Cho\u02bbzmani asosan farzandsiz ayollar pishirib, el duosini olgan. Hamma olib chiqqan taomlarini bir-biriga ulashadi. Qand-qurslar dasturxonga sochiladi [16]. Marosim taomi tayyor bo\u02bblgach, xabarchilar \u201cjamoa jappa darveshonaga kelinlar, qozon ochildi\u201d deb qishloq aholisini chaqirib chiqadi. Marosimga aytuvchilar xabarchi, jarchi, Jizzaxning Kumushkon qishlog\u02bbida tavachi deyilgan. Marosim taomi qozonini oqsoqol ochib, uning boshida Qur\u02bcon tilovat qilingan, so\u02bbngra suzilgan.\u00a0\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Darveshona Buxoro vohasida deyarli o\u02bbtkazilmaydi, shaharning ayrim xonadonlaridagina kichik darveshona o\u02bbtkaziladi. Tojiklar degi qo\u02bbraba oshi darveshi mekunem, xudoyiba guzareton, doira mezanem (o\u02bbchoqqa darvesh oshi qilamiz, ehson dasturxoniga o\u02bbting, doira uramiz), deb mehmonlarga xabar qiladi. O\u02bbn kilogramm guruchdan osh damlanadi. Bu ishni asosan ayollar bajaradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Darveshona marosimi katta sayl tarzida o\u02bbtkazilgan. Qishloqning har bir xonadoni ko\u02bbrpa, dasturxon, taom uchun kerakli la\u02bcli va idish-tovoq olib boradi. Marosim ishtirokchilari qishda to\u02bbplangan kasalliklarni ko\u02bbchaga tashlash maqsadida daryo va kanal bo\u02bbyida to\u02bbplanib, ovqatlangan. Qashqadaryoning ayrim qishloqlarida zaxkash bo\u02bbylaridagi zovur yoqa degan joylarda marosim tashkil etilgan. Odamlarda oqar suv kasalliklarni oqizib ketadi, degan tasavvur bo\u02bblgan. Beruniy ma\u02bclumotiga ko\u02bbra, Navro\u02bbzning qadimiy odatlaridan biri sifatida odamlar tong payti kanal yoki hovuzga borib, oqib turgan suvga ro\u02bbpara turgan holda barakali bo\u02bblish, ofatlarni daf etish uchun ustidan suv quygan [4:257]. Odamlar dardu sitam, xastalik va yomon kunlar unutilib, oqib ketishi uchun qo\u02bbl-yuzini oqar suvda yuvgan,\u00a0 marosim idish-tovoqlarini obi ravonda chaygan.\u00a0\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Boshqa hududlarda qishloq markazidagi katta joy, keng dala yoki maktab futbol maydonida darveshona o\u02bbtkazilgan. Barchaning yetib kelishi oson bo\u02bblishi uchun oraliqdagi hududni tanlashga harakat qilingan. Qashqadaryoning Nurobod qishlog\u02bbida ushbu marosim qadimdan beshta o\u02bbchoq mavjud joyda tashkil etilgan va ular har yili tozalangan. Mazkur hudud avliyo joy, shayit joy sifatida ulug\u02bblangani bois nurobodliklar marosim qozonlarini ayni shu maydonga osgan [17]. Loyqasoy qishlog\u02bbida qadimiy Tulkitepa degan joy bo\u02bblib, an\u02bcanaga ko\u02bbra aholi shu yerga yig\u02bbiladi. Ular bu yerda to\u02bbrtta qozon ilib, marosim taomini pishiradi [18].\u00a0\u00a0 Xorazmda ushbu marosim ota-bobolari va ajdodlari dafn qilingan qabristonlarda o\u02bbtkazgan [2:109].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Katta yo\u02bbl yoki daryo yoqasida qurilgan doshqozonlarda qaynayotgan ovqatga barchaning haqqi bo\u02bblgan. O\u02bbtgan-ketganlar yo\u02bbliga ilhaq turilgan. Ko\u02bbringan kimsa alohida izzat-ikrom bilan chorlangan va bir kosa taom suzilib, manzirat qilingan. Yosh-yalang xizmatga shay turgan. Vohalardagi katta darveshona marosimida dasturxon to\u02bbriga faqirlar, beva bechoralar o\u02bbtqizilgan.\u00a0 Darveshona taomi birinchi navbatda azadorlarni yo\u02bbqlash maqsadida ularning xonadoniga yuborilgan. Qishloq vakillari sanalgan ko\u02bbchaboshilar uyma-uy yo\u02bbqlov oshi tarqatgan [19]. Shuningdek, qozonda qolgan yorma taomi uzoqda bo\u02bblgan, saylga kelolmaganlarga yoshlar orqali berib yuboriladi.\u00a0 Ayrim hududlarda, mabodo marosim taomi ortib qolsa, o\u02bbtgan-qaytganlarga tarqatilgan, ba\u02bczi hollarda baliqlarga ozuqa sifatida suvga oqizilgan<a href=\"#_ftn4\" name=\"_ftnref4\"><sup>[4]<\/sup><\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Marosimning muhim tartiblaridan biri taomning ko\u02bbchada tanovul qilinishi va uyga olib ketilmasligidir. Ehson ko\u02bbchaniki, jamoaniki, hayrot shaklida bo\u02bblgani uchun uyda yeyish mumkin bo\u02bblmagan. Umuman marosim yeguligi va buyumlari uyga qaytmaydi. Dasturxondan qolgan masalliqlar uvol bo\u02bblmasligi uchun hayvonlarga berilgan. Hatto ortib qolgan o\u02bbtinlar ham to\u02bblaligicha yoqilgan yoki o\u02bbsha hududda kelasi yil uchun g\u02bbamlab qo\u02bbyilgan [20].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Darveshona yig\u02bbini so\u02bbngida el maslahati ham bo\u02bbladi. Qashqadaryoda qishloq mol-qo\u02bbyini boqadigan cho\u02bbpon, to\u02bby-tepchik, ma\u02bcraka-marosimda xizmat qiladigan arbobu xodimlar va el oshpazi saylanadi. Bu odatga hozirda ham amal qilinmoqda. Har yilgi darveshonada shunga o\u02bbxshash masalalar muhokama qilinadi. Ishboshilar saylab va albatta, Navro\u02bbzning qanday o\u02bbtkazilishi kelishib olinadi\u00a0 [1].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Umuman olganda, darveshona o\u02bbzbek halqining ijtimoiy, ma\u02bcnaviy hayotida alohida o\u02bbrin egallagan marosimdir. U turlicha shakl va ko\u02bbrinishda o\u02bbtkazilsa-da,\u00a0 mehr-oqibat, birdamlik, hamjihatlik, uyushqoqlik va jamoaviylik xususiyatlarini o\u02bbzida saqlab qolgan. Xalqimizda odam taftini odam oladi, degan naql bor. Inson borki, albatta, mehrga, oqibatga, oshno bo\u02bblib yashaydi. Darveshona marosimi ham sof insoniy fazilat, o\u02bblmas qadriyat va tarixiy an\u02bcanalarni namoyon etishi bilan ajralib turadi. Ilgari darveshona taomini faqat darveshu qalandar yo\u02bblovchilar, gadolarga tarqatilgan bo\u02bblsa, hozir unda asosan qishloq ahli ishtirok etadi. Shunday bo\u02bblsa-da, marosimning umumiy funksiyasi, maqsad mohiyati o\u02bbzgargan emas. Marosim tarixini chuqur tadqiq qilish va xalqimiz hayotidagi o\u02bbrnini o\u02bbrganish yoshlarga ajdodlar tajribasi haqida ma\u02bclumot berish imkonini beradi. Bu esa, asriy qadriyatlar davomiyligini ta\u02bcminlaydi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>Foydalanilgan adabiyotlar:<\/strong><\/span><\/div>\n<div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abdullayeva X. Xalqona udumlar. Darveshona \u2013 xayru ehson marosimi \/\/ Qashqadaryo gazetasi. 2017-yil 18 mart. (Elektron resurs) http:\/\/qashqadaryogz.uz. (Murojaat 24.03.2024-yil)<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abidova Z. Xorazm vohasi ziyoratgohlari va qadamjolari (tarixiy-etnologik tadqiqot): tar. fan. bo\u02bby. fal. dok. diss. \u2013 Toshkent, 2018. \u2013 B.109.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Asrorova L. Buxoroni sharif etgan zot \u2013 Sayfiddin Boxarziy. \u2013 Toshkent: O\u02bbzbekiston xalqaro islom akademiyasi, 2021. \u2013 B.104-105.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Beruniy. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar. \u2013 Toshkent: O\u02bbzbekiston, 2020. \u2013 B.238.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Bobojonov Sh. Bahouddin Naqshband tarixiy-me\u02bcmoriy majmuasi. \u2013 Toshkent: Navro\u02bbz, 2019. \u2013 B.81<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Islam. Ensiklopedicheskiy slovar. \u2013 Moskva: Nauka, 1991. \u2013 S.56.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Qoraboyev U. O\u02bbzbek xalqi bayramlari. \u2013 Toshkent: Sharq, 2002. \u2013 B.55.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Qurbonova M. Buxoro vohasi o\u02bbzbek va tojiklarining an\u02bcanaviy taomlari. (XIX asr oxiri va XX asr boshlari): Tarix fanlari nomzodi diss. \u2013 Toshkent, 1994. \u2013 B.30.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Shaniyazov K. Uzbeki-Karluki (istoriko-etnogra\u00adfiches\u00adkiy ocherk). \u2013 Tashkent: Nauka, 1964. \u2013 S.51-52.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Husenov S., Rajabova I. Chor Bakr. \u2013 Toshkent: Sharq, 2001. \u2013 B.32.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Dala yozuvlari. Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani, Uchtepa dahasi. 2024-yil, fevral.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Dala yozuvlari. Qashqadaryo viloyati, Yakkabog\u02bb tumani, Edilbek, Chimqo\u02bbrg\u02bbon qishloqlari. 2024-yil, fevral.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Dala yozuvlari. Qashqadaryo viloyati, Yakkabog\u02bb tumani, Langar qishlog\u02bbi. 2024-yil, yanvar.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Dala yozuvlari. Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani. 2024-yil, fevral.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Dala yozuvlari. Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani, Niholzor qishlog\u02bbi. 2024-yil, fevral.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Dala yozuvlari. Qashqadaryo viloyati, Ko\u02bbkdala tumani, Moylijar qishlog\u02bbi. 2023-yil, noyabr.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Dala yozuvlari. Qashqadaryo viloyati, G\u02bbuzor tumani, Fayzobod mahallasi, Nurobod qishlog\u02bbi. 2023-yil fevral.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Dala yozuvlari. Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani, Loyqasoy qishlog\u02bbi. 2024-yil, fevral.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Dala yozuvlari. Qashqadaryo viloyati, Koson tumani, G\u02bbishmon qishlog\u02bbi. 2022-yil, aprel.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Dala yozuvlari. Qashqadaryo viloyati, Yakkabog\u02bb tumani, Serob qishlog\u02bbi. 2024-yil, yanvar.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref1\" name=\"_ftn1\"><sup>[1]<\/sup><\/a> 1950-yilda tug\u02bbilgan, Novmetanda yashovchi Roziya Odilovadan yozib olindi.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref2\" name=\"_ftn2\"><sup>[2]<\/sup><\/a> Talpiq \u2013 yoyilgan xamirga ko\u02bbkatlar solinib, yog\u02bbda pishirib olinadigan taom.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref3\" name=\"_ftn3\"><sup>[3]<\/sup><\/a> Burrak \u2013 to\u02bbrtburchak shaklda tandirga yopiladigan ko\u02bbk somsa.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref4\" name=\"_ftn4\"><sup>[4]<\/sup><\/a> 1947-yilda tug\u02bbilgan Imsim Abduvasiyevadan yozib olindi. 2023-yil, noyabr.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">SHAVKAT BOBOJONOV, <\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">TerDU mustaqil tadqiqotchisi (DSc),<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">TDPU dotsenti v.b., PhD<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u02bbzbeklarning ijtimoiy-ma\u02bcnaviy hayotida diniy, nikoh to\u02bbyi, taqvimiy marosimlar bilan birga jamoaviy marosimlar, ayniqsa darveshona alohida o\u02bbrin egallaydi. Ma\u02bclumki, \u201cdarvesh\u201d forscha so\u02bbz bo\u02bblib, \u201cfaqir\u201d, \u201cbechora\u201d, \u201cmiskin\u201d ma\u02bcnolarini bildiradi, tasavvuf tariqati vakilini anglatadi [6:56]. Shuningdek, darvesh darovez so\u02bbzidan kelib chiqqan bo\u02bblib, eshiklardan rizqini terib yuruvchi degan ma\u02bcnoni ham ifodalagan. Darveshlar haq (Alloh)ga yetishish uchun foniy dunyo lazzati &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":36677,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>O\u02bbZBEKLAR MAROSIMIY MADANIYATIDA DARVESHONA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"O\u02bbZBEKLAR MAROSIMIY MADANIYATIDA DARVESHONA\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36676&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"O\u02bbZBEKLAR MAROSIMIY MADANIYATIDA DARVESHONA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"O\u02bbZBEKLAR MAROSIMIY MADANIYATIDA DARVESHONA\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36676&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2024-07-30T05:54:19+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/darvesh.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"462\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"11 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36676&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36676&lang=oz\",\"name\":\"O\u02bbZBEKLAR MAROSIMIY MADANIYATIDA DARVESHONA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36676&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36676&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/darvesh.jpg\",\"datePublished\":\"2024-07-30T05:54:19+00:00\",\"dateModified\":\"2024-07-30T05:54:19+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"O\u02bbZBEKLAR MAROSIMIY MADANIYATIDA DARVESHONA\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36676&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36676&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36676&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/darvesh.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/darvesh.jpg\",\"width\":660,\"height\":462},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36676&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"O\u02bbZBEKLAR MAROSIMIY MADANIYATIDA DARVESHONA\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"O\u02bbZBEKLAR MAROSIMIY MADANIYATIDA DARVESHONA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"O\u02bbZBEKLAR MAROSIMIY MADANIYATIDA DARVESHONA","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36676&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"O\u02bbZBEKLAR MAROSIMIY MADANIYATIDA DARVESHONA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"O\u02bbZBEKLAR MAROSIMIY MADANIYATIDA DARVESHONA","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36676&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2024-07-30T05:54:19+00:00","og_image":[{"width":660,"height":462,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/darvesh.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"11 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36676&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36676&lang=oz","name":"O\u02bbZBEKLAR MAROSIMIY MADANIYATIDA DARVESHONA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36676&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36676&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/darvesh.jpg","datePublished":"2024-07-30T05:54:19+00:00","dateModified":"2024-07-30T05:54:19+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"O\u02bbZBEKLAR MAROSIMIY MADANIYATIDA DARVESHONA","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36676&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=36676&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36676&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/darvesh.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/darvesh.jpg","width":660,"height":462},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36676&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"O\u02bbZBEKLAR MAROSIMIY MADANIYATIDA DARVESHONA"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/36676"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=36676"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/36676\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":36678,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/36676\/revisions\/36678"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/36677"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=36676"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=36676"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=36676"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}