{"id":36584,"date":"2024-07-24T10:02:38","date_gmt":"2024-07-24T05:02:38","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=36584"},"modified":"2024-07-24T10:02:38","modified_gmt":"2024-07-24T05:02:38","slug":"o%ca%bbzbekiston-hududlarida-davlatchilikning-shakllanish-jarayoni-bo%ca%bbyicha-mulohazalar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36584&lang=oz","title":{"rendered":"O\u02bbZBEKISTON HUDUDLARIDA DAVLATCHILIKNING SHAKLLANISH JARAYONI BO\u02bbYICHA MULOHAZALAR"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mustaqillik yillarida mamlakatimizda tarix faniga munosabat davlat siyosati darajasiga ko\u02bbtarildi, uning soxtalashtirilgan sahifalarini\u00a0 ilmiy va xolisona yoritish imkoniyati vujudga keldi. Mustabid tuzum davrida sovet mafkurasi asosida soxtalashtirilgan jihatlardan biri o\u02bbzbek davlatchiligi masalasidir. Olib borilgan tadqiqotlar o\u02bbzbek davlatchiligining yuzaga kelishi va shakllanishi jarayoni qadimgi Xorazm, Baqtriya va Sug\u02bbd davlatlari paydo bo\u02bblishidan ancha oldin boshlanganini ko\u02bbrsatdi.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ma\u02bclumki, davlatchilikning shakllanishi jarayoni uning uzoq davom etgani va g\u02bboyatda murakkab kechgani bilan xarakterlanadi. Qadimgi davlatchilik dunyoning turli hududlarida bir-biridan mustaqil tarzda vujudga kelgan. Tadqiqotlar shuni ko\u02bbrsatadiki, millionlab yillarni o\u02bbz ichiga olgan insoniyat tarixida dastlabki davlatlarning paydo bo\u02bblishi \u2013 nisbatan ancha kech yuz bergan jarayondir. Davlatchilik tarixi insoniyat sivilizatsiyasining so\u02bbnggi 6 ming yili bilan bog\u02bblanadi. Fikrimizcha, bu jarayon metallning ixtiro qilinishi natijasida mehnat qurollarining shu vaqtga qadar bo\u02bblgan davrga nisbatan\u00a0 misli ko\u02bbrilmagan darajada takomillashuvi va buning natijasida qo\u02bbshimcha mahsulotning paydo bo\u02bblishi bilan boshlangan edi. Bu esa, o\u02bbz navbatida, o\u02bbzlashtiruvchi xo\u02bbjalikdan ishlab chiqaruvchi xo\u02bbjalikka o\u02bbtishga olib keldi. Bunday xo\u02bbjalik ehtiyojlarini qondirish nafaqat yangi va takomillashgan mehnat qurollarini yaratish va shu asosda hunarmandchilikni rivojlantirishni, balki dastlabki davrlarda\u00a0 primitiv, keyinchalik murakkab irrigatsiya inshootlarini qurishni ham taqozo qilar edi. Shuningdek, qo\u02bbshimcha mahsulotning paydo bo\u02bblishi uni o\u02bbzi uchun zarur mahsulotga almashtirish imkoniyatini ham yaratadi. Bularning barchasi turmush darajasining ko\u02bbtarilishi, aholi miqdorining oshishi, urug\u02bblarning qabilalarga, qabilalarning esa qabilalar ittifoqiga aylanishiga olib keldi. Bu jarayon dehqonchilik rivojlangan hududlarda aholi yashaydigan ko\u02bbplab qishloqlarni ham vujudga keltirdi. Natijada ilgari faqat urug\u02bblarni qamrab olgan boshqaruv doirasi ancha kengayadi va bir necha bo\u02bbg\u02bbinli boshqaruv tizimi tusini oladi. Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchi xo\u02bbjalikning rivojlanishi qo\u02bbshimcha mahsulot almashtirish doirasining kengaytirilishini talab qilar edi. Natijada, bozorga ehtiyoj tug\u02bbiladi. Stixiyali ravishda vujudga kelgan bozorlar atrofida aholi punktlari ham vujudga kela\u00a0 boshlaydi. Bu aholi punktlari dehqonchilik hududlarida shakllangan qishloqlardan farq qilar edi. Agar qishloqlarda yerga ishlov berayotgan va asosan bir urug\u02bb yoki qabilaga mansub shaxslar istiqomat qilgan bo\u02bblsa, bozor atrofidagi aholi punktlari aholisining asosiy qismini\u00a0 hunarmandlar va mahsulotni almashtirishni o\u02bbziga kasb qilgan savdogarlar tashkil qilgan. Xarakterli joyi shundaki, ular turli urug\u02bb va qabilalarga mansub insonlar edi. Chunki ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyoti va xo\u02bbjalik turli shakllarining vujudga\u00a0 kelishi aholi joylashuvi, hududlarning kengayishi, shuningdek, tashqi aloqalarning rivojlanishiga olib kelgan. Natijada aholi aralash joylasha boshlagan va oqibatda bir hududda turli urug\u02bb vakillari yashaydigan bo\u02bblgan. Ya\u02bcni qarindosh \u2013 urug\u02bbchilik jamoasi o\u02bbrniga hududiy \u2013 qo\u02bbshnichilik jamoasi paydo bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xuddi ana shu vaqtdan boshlab ijtimoiy hayotda urug\u02bb jamoasi o\u02bbrniga oila markaziy o\u02bbrinni egallay boshlaydi.\u00a0 Sopollitepada amalga oshirilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida topilgan ashyolar\u00a0 ushbu obyekt 8 ta katta oila manzilgohi bo\u02bblganini ko\u02bbrsatadi. Ushbu oilalar patriarxal tizim asosida juftliklardan iborat bir necha kichik oilalarni birlashtirgan. Patriarxal oila shakllangandan ancha keyin yozilgan yurtimiz tarixining eng qadimiy mahalliy yozma manbasi bo\u02bblmish \u201cAvesto\u201dda ko\u02bbrsatilishicha, bunday yirik oilalar \u201cnmana\u201d deb atalib, oila boshlig\u02bbi \u201cnmanapati\u201d nomi bilan yuritilgan. \u201cNmana\u201dlar esa ulardan yirik bo\u02bblgan \u201cvis\u201d deb ataluvchi jamoalarga birlashgan va ularga \u201cvispati\u201dlar rahbarlik qilgan. \u201cNmanapati\u201d va \u201cvispati\u201dlar bir vaqtning o\u02bbzida ham diniy, ham dunyoviy boshliq bo\u02bblgan [7:31-32]. Bunday jamoalarda sudlov tartibi ham mavjud bo\u02bblgan. Yengil qoidabuzarliklarni jamoa oqsoqollari ko\u02bbrib, odat tamoyillariga asoslangan holda chora ko\u02bbrgan. Agar jinoyat og\u02bbir bo\u02bblsa, u jamoaning umumiy yig\u02bbilishida muhokama qilingan va jazo belgilangan. Jamoa hukmiga ko\u02bbra, jinoyatchi jarima to\u02bblashi, jamoadan chetlatilishi yoki tan jazosiga hukm qilinishi mumkin bo\u02bblgan. Bu davrda barcha muammo jamoa doirasida hal qilingan va davlatga ehtiyoj bo\u02bblmagan. Hukmron din hisoblangan zardushtiylikda jamoaviylik tuyg\u02bbusi nihoyatda kuchli bo\u02bblib, bu holat o\u02bbsha davr jamiyatining shakllanishida juda katta rol o\u02bbynagan. \u201cAvesto\u201dda\u00a0 patriarxal oila \u2013 \u201cnmana\u201dva urug\u02bb\u00a0 \u2013 \u201cvis\u201d bilan bir qatorda oiladan\u00a0 katta, lekin urug\u02bbdan kichikroq bo\u02bblgan,\u00a0 yuzga yaqin erkaklarni qamrab olgan \u201cnafa\u201d deb nomlangan jamoa tilga olingan. Jamoa o\u02bbziga tegishli ekinzor va yaylovlarga egalik qilgan. Ushbu jamoa rahbari \u201cnafapati\u201d deb nomlangan [4:68]. Fikrimizcha, ushbu \u201cnafa\u201d jamoasi aynan mahallaning o\u02bbzidir. Chunki \u201cnafa\u201ddagi munosabatlar asosida urug\u02bbga xos qarindoshlik munosabatlari bilan bir qatorda xo\u02bbjalik va hududiy aloqalar ham yotgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jamiyat rivoji va ishlab chiqaruvchi kuchlarning o\u02bbsgani sari aholining mulkiy tabaqalanishi chuqurlashib borgan. Dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, ayirboshlash va savdoning taraqqiy etishi natijasida asta \u2013 sekinlik bilan yirik aholi yashash manzilgohlari \u2013 shaharlar shakllangan. Hozirgi O\u02bbzbekiston hududida shahar madaniyati talablariga javob beradigan va taxminan 4000-3500-yil ilgari ilk bor vujudga kelgan shahar Jarqo\u02bbton hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asosiy aholi qatlamini qon-qarindoshlar tashkil qilgan urug\u02bb manzilgohlaridan farqli ravishda shahar aholisi boshqacha tamoyillar asosida shakllangan edi. Avvalroq ta\u02bckidlanganidek, mamlakatimiz hududidagi shaharlar asosan dehqonchilik yuqori darajada taraqqiy etgan hududlarda, stixiyali ravishda vujudga kelgan bozorlar atrofida va hunarmandchilik markazlarida vujudga kelgan edi. Ayrim holatlarda yirik urug\u02bb manzilgohlari ham shaharlarga aylangan. Lekin bunda ham aholining etnik yaxlitligi boshqa urug\u02bb va qabila vakillari ko\u02bbchib kelib o\u02bbrnashishi munosabati bilan tez orada barham topgan. Bozor atrofida shakllana boshlagan va keyinchalik shaharga aylangan qishloqlarga birinchi bo\u02bblib tijoratchi va hunarmandlar kelib o\u02bbrnashgan. Shahar manzilgohlari kengayishi bilan ular nafaqat savdo-hunarmandchilik, balki madaniy va ma\u02bcmuriy markazlarga ham aylana boshlaydi. Natijada, kasbiy jihatdan shahar aholisining xilma-xilligi borgan sari oshib borgan. Chunki shaharga dastlab kelib o\u02bbrnashgan tijoratchi va hunarmandlar qatoriga uni boshqarish, tashqi dushmandan himoya qilish, ijtimoiy ma\u02bcnaviy ehtiyojlarni qondirish zarurati tufayli harbiylar, amaldorlar, kohinlar va ularga xizmat qiluvchilar\u00a0 qo\u02bbshila boshlagan. Bundan tashqari, shahar aholisining bir qismi dehqonchilik bilan shug\u02bbullanishda ham davom etgan. Shu bilan birga, hunarmandlar ham dehqonchilikdan to\u02bbla ajralmagan. Ularning kattagina qismi hatto XX asr boshlariga qadar ham o\u02bbz kasbiga qo\u02bbshimcha tarzda dehqonchilik bilan shug\u02bbullanishni kanda qilmagan [6:121]. Shaharlarning vujudga kelishi davlatchilik shakllanishining eng muhim omillaridan biridir. Zero, insoniyat tarixidagi ilk davlatlar aynan shaharlar vujudga kelishi va ularning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy mavqei oshib borishi bilan bir vaqtda sodir bo\u02bblgan. Shu bilan birga, davlatchilikning vujudga kelishida yana bir omil, ya\u02bcni kishilarni ma\u02bcnaviy va ruhiy birlashtiruvchi rivojlangan diniy qarashlar mavjudligining muhimligini ham qayd etish lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbz urug\u02bbi doirasida inson yashashi, mehnat qilishi, turli urf-odatlarga amal qilishi, farzand tarbiyasi va ta\u02bclimi, ijtimoiy hayoti bilan bog\u02bbliq barcha muammolarni urug\u02bbda o\u02bbrnatilgan tartib, qoida, an\u02bcanalar asosida hal qilgan. U yoki bu sababga ko\u02bbra urug\u02bbini tark etib, bozor atrofida shakllangan aholi manzilgohiga ko\u02bbchib kelgan shaxs o\u02bbz urug\u02bbida odatlangan turmush tarzi va jamoa doirasida amalga oshiriladigan ijtimoiy hayot qoidalaridan ajralib qolgan. Bunday muammolarni hal qilish ehtiyoji turli urug\u02bb va qabila vakillarining ijtimoiy qoida va an\u02bcanalarini e\u02bctiborga olgan holda shakllantirilgan mahallaning yuzaga kelishiga sabab bo\u02bblgan. Demak, mahalla bozor atrofidagi manzilgohlar bilan bir vaqtda vujudga kelgan desak xato qilmaymiz. Shu bilan birga, ta\u02bckidlash lozimki, O\u02bbrta Osiyo urug\u02bblaridagi uyushqoqlik va jamoatchilik darajasi azaldan boshqa hududlarnikiga nisbatan ancha yuqori bo\u02bblgan. Ushbu holat ko\u02bbp jihatdan yashash sharoiti bilan bog\u02bbliq bo\u02bblib, mahallaning vujudga kelishiga olib kelgan omillardan biriga aylangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Taraqqiyot tezlashgan sari shaharlar hududi kengayib, aholi soni oshib borgan. Shunga bog\u02bbliq tarzda mahallalar soni ham ko\u02bbpayib, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish va rahbarlik qilish zarurati paydo bo\u02bblgan. Natijada, o\u02bbsha vaqtlardayoq o\u02bbz-o\u02bbzini boshqarish organlari bo\u02bblgan\u00a0 mahalla\u00a0 boshqaruviga nisbatan ancha ustun bo\u02bblgan, jamiyat rivojlangan sari shahar miqyosida\u00a0 vujudga kelayotgan ko\u02bbplab muammolarni hal qilishga qodir bo\u02bblgan boshqaruv tizimiga ehtiyoj tug\u02bbiladi. Bu tizim urug\u02bb va mahalla boshqaruv tizimidan tubdan farq qilgan. Yechiladigan muammolar doirasi kengayib, ular harbiy, mudofaa, obodonchilik, irrigatsiya inshootlari qurish, boshqaruvni tashkil qilish kabi masalalarni qamrab ola boshlaydi. Mahalla doirasida jamoatchilik asosida rahbarlik qilingan va oqsoqollar o\u02bbz kasbiga ega bo\u02bblgan. Shahar boshqaruvida esa rahbarlarga boshqa ish bilan shug\u02bbullanishga vaqt ham, imkoniyat ham qolmaydi. Ular asta-sekin professional xodimga aylana borgan. Rahbar oilasini ta\u02bcminlash, boshqaruvdagi turli ehtiyojlarni qondirish kabi masalalar soliq yig\u02bbishni talab qildi. Natijada, harbiy va amaldorlar qatoriga soliq yig\u02bbuvchilar ham qo\u02bbshila boshlaydi. Shaharlar rivojlanib, atrofdagi dehqonchilik hududlari, kichik shaharlarni o\u02bbz ta\u02bcsir doirasiga olgani sari, boshqaruv ham kengayib va murakkablashib, davlat boshqaruviga aylana boshlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Davlatchilik barcha hududlarda bir vaqtning o\u02bbzida shakllanmagan. U avvalo iqlimiy sharoiti qulay hududlarda yuzaga kelgan. Qadimgi Sharq sivilizatsiyalari joylashgan hududlarning barchasi tabiiy geografik muhitning qulayligi bilan xarakterlanadi [1:17]. Chunki yerning tabiiy unumdorligi yuqoriligi hali mehnat qurollari unchalik takomillashmagan vaqtlardayoq qo\u02bbshimcha mahsulotni ishlab chiqarish uchun sharoit yaratgan. Dehqonchilikning rivojlanishi, mehnat qurollarining takomillashuvi natijasida ikkinchi mehnat taqsimoti sodir bo\u02bbladi va hunarmandchilik dehqonchilikdan ajralib chiqadi. Yangi dastgohlarning vujudga kelishi natijasida hunarmandchilik mahsulotlari miqdori, turlari va sifati yaxshilanib borgan. Bu ham, o\u02bbz navbatida, mahsulot almashtirish hajmining oshishiga xizmat qilgan. Bundan tashqari, suv manbalari yaqinligi,\u00a0 atrofdagi manzilgohlarda istiqomat qilgan aholiga mahsulot ayirboshlash uchun qulay sharoit (jug\u02bbrofiy yaqinlik, yo\u02bbllar chorrahasida joylashgani, suv havzalari, xavfsizlikni ta\u02bcminlashga xizmat qiladigan tabiiy to\u02bbsiqlar) mavjudligining ham roli katta bo\u02bblgan. Chunki xuddi shunday sharoit mavjudligi bozor vujudga kelishining hal qiluvchi omillaridan biri bo\u02bblgan. Aynan shunday joylarda oldin bozor yoki yirik dehqonchilik markazlari, keyinchalik esa dastlabki shahar-davlatlar shakllangan. Bu jarayonda mahsulot ayirboshlash va savdo-sotiq munosabatlari rivojlanishining roli katta bo\u02bblgan. Ishlab chiqarishning rivojlanishi, savdo munosabatlari kengayishi, dehqon, hunarmand va savdogar qatlamlarining vujudga kelishi natijasida mulkiy, kasbiy, ya\u02bcni\u00a0 ijtimoiy tabaqalanish amalga oshadi. Bu ham davlatchilik vujudga kelishining eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Bu jarayon eng oldin Nil daryosi havzasida, ikki daryo oralig\u02bbida (Dajla va Frot) miloddan avvalgi 4- ming yillikda amalga oshgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbrta Osiyoda eng qadimgi davlatchilik birmuncha kech, ya\u02bcni miloddan avvalgi 3000-2000-yillar oralig\u02bbida shakllangan. Lekin shu bilan birga, bu yerda ham davlatchilik birinchi navbatda iqlimi dehqonchilik uchun qulay joylarda shakllandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">A.Asqarov ham O\u02bbzbekiston hududida ilk davlatchilikning vujudga kelishini tahlil qilar ekan, bu jarayonning quyidagi\u00a0 iqtisodiy va ijtimoiy omillariga e\u02bctibor qaratadi:<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tabiiy sharoit, ya\u02bcni unumdor tuproq, suv va boshqa geografik omillar;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hosildor sug\u02bborma dehqonchilik va uni ta\u02bcminlovchi agrotexnika;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Iqtisodiy hayotda yuz bergan tub o\u02bbzgarishlar tufayli ijtimoiy tabaqalanishning yuz berishi. U ana shu tabaqalanish jarayoni ma\u02bclum nuqtaga yetgach, jamiyatni boshqarish zaruriyati tug\u02bbiladi, deb hisoblaydi [3:3].<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu bilan birga, davlatchilikning umum e\u02bctirof etilgan belgilari ham mavjud bo\u02bblib, ular quyidagilardan iborat:<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Davlat boshqaruvi organlarining vujudga kelishi;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Davlat boshqaruvi huquqiy normalarining mavjudligi;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Soliq yig\u02bbish tizimining shakllangani;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Boshqaruv organlari va huquq amal qiladigan hududning mavjudligi [9:68].<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu belgilar bilan bir qatorda yozuv ixtiro qilinganining roli juda kattadir. Chunki davlat boshqaruvi huquqiy normalari yozuv paydo bo\u02bblganidan keyingina ishlab chiqilgan edi. Harqalay Misr va Mesopotamiyada insoniyat tarixidagi ilk davlatchilik yozuv bilan bir vaqtda shakllangan edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mamlakatimiz tarixiga oid eng qadimgi yozma manbalarning topilmaganligi davlatchilik yuzaga keli\u00adshi bilan bog\u02bbliq ko\u02bbplab muammolarni ilmiy tahlil qilishni qiyinlashtiradi. Shunday bo\u02bblsa-da, O\u02bbrta Osiyo, jumladan, janubiy O\u02bbzbekistonda topilgan Sopollitepa, Jarqo\u02bbton, Oltintepa, Go\u02bbnurtepa kabi bronza davriga oid yodgorliklarning o\u02bbrganilishi natijasida ular rivojlangan dehqonchilik va hunarmandchilikka ega bo\u02bblgani, shaharlar ichida bozorlar, hukmdor yoki rahbar saroyining mavjud ekani, ibodatxonalar qurilgani va sinfiy tabaqalanish sodir bo\u02bblgani aniqlandi. Bu jarayonlar davlatchilik shakllanganidan ham dalolat beradi.\u00a0\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sovetlar davrida va mustaqillikning dastlabki yillarida O\u02bbzbekistondagi davlatchilik\u00a0 miloddan ilgari VIII-VII asrlarda mavjud bo\u02bblgan Qadimgi Baqtriya, Qadimgi Xorazm va So\u02bbg\u02bbdiyona bo\u02bblgani qayd etib kelinar edi. Bu davlatlar katta hududlarni qamrab olgan yirik davlat birlashmalari bo\u02bblgan. Lekin ushbu davlat birlashmalari qay tarzda vujudga kelgani, ular shakllangunga qadar mavjud bo\u02bblgan siyosiy birlashmalarning mohiyati kabi muammoli masalalar tarixchilar tomonidan yetarli darajada asoslanmasdan qolavergan edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mustaqillik yillarida A.Asqarov, A.Sagdullayev, T.Shirinov va Sh.Shaydullayev kabi olimlarning izlanishlari davlatchiligimiz tarixining yana 1000-yilga qadimiyroq ekanini aniqlash, bu jarayonning butun dunyo miqyosida bo\u02bblgani singari shahar-davlatlar shakllanishidan boshlanganini asoslash imkonini berdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu bilan birga, O\u02bbzbekiston hududida shakllangan ilk davlatchilik o\u02bbziga xos xususiyatlarga ega edi:<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Uncha katta bo\u02bblmagan bir yoki bir-biri bilan uzviy bog\u02bbliq bir necha jamoa hududlarida tashkil topgan va aksariyat hollarda biron-bir tabiiy chegara (tog\u02bb, dengiz, cho\u02bbl) bilan chegaralangan Mesopotamiyadagi hududiy jihatdan juda kichik bo\u02bblgan qadimgi shahar-davlatlardan [12] farqli ravishda Vatanimizning ilk shahar davlatlari dehqonchilik rivojlangan, ko\u02bbplab jamoalar istiqomat qilgan ancha katta hududlarda shakllangan edi. Masalan, 2000-yil ilgari shakllana boshlagan Jarqo\u02bbtonning umumiy maydoni 100 gektar bo\u02bblib, faqat hukmdor Arkining o\u02bbzi 3 gektar yerda joylashgan edi [10].<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Vatanimizning qadimgi tarixidan farqli o\u02bblaroq Qadimgi Sharqdagi ilk davlatchilik bo\u02bbyicha yozma manbalar saqlanib qolgan [5].<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Misr va Mesopotamiya hududlaridagi ilk davlatlar yozuv bilan bir vaqtda vujudga kelgani olimlar tomonidan to\u02bbla asoslangan. O\u02bbsha davrga oid yozma manbalarning ko\u02bbpligi va xilma-xilligi ularni o\u02bbqish va o\u02bbrganishni osonlashtirdi. Shu tufayli biz ushbu davlatlarda boshqaruvning huquqiy asoslari mavjud bo\u02bblgan va rahbarlar unga amal qilganini aniq aytishimiz mumkin.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jarqo\u02bbton yodgorligidagi tadqiqotlar natijasida sopollarga bitilgan piktografik yozuv \u2013 belgilar topilgan. Hozirga qadar 47 ta shunday belgi \u2013 yozuv topilgan bo\u02bblib, shu singari piktografik yozuvlar Xarappa, Markaziy Eron yodgorliklarida aniqlangan [2:42;85-93]. Demak, yozuvning mavjudligi jihatdan Vatanimizdagi davlatchilik Qadimgi Sharq davlatchiligidan farq qilmaydi. Lekin yozuv belgilarining nihoyatda ozligi uni o\u02bbqish imkoniyatini bermaydi. Shu sababli biz bu davlatlardagi boshqaruv tizimi, uning huquqiy asoslari haqida ishonarli ma\u02bclumotga ega emasmiz. Shu bilan birga, mamlakatimiz hududidagi ilk davlatlar boshqaruvida odatning roli katta bo\u02bblganini taxmin qilish mumkin. Chunki davlatchilik rivojlangan, uning huquqiy asoslari to\u02bbla shakllangan, ko\u02bbplab yozma manbalar mavjud bo\u02bblgan o\u02bbrta asrlarda ham davlat boshqaruv tizimida odat sezilarli rol o\u02bbynagan. Buni biz Amir Temurning qurultoyda rasmiy ravishda saylanganida, Shayboniylar davlatida xonlik taxtiga odatga ko\u02bbra eng obro\u02bbli va yoshi ulug\u02bb sulola vakillarining saylanishida, sud tizimida shariat qoidalari bilan birga odatga asoslangan tamoyillarning saqlanib qolganida ham ko\u02bbrishimiz mumkin. Shularga asoslanib qadimgi davrda odatning boshqaruvdagi roli bundan ham katta bo\u02bblganini taxmin qilish mumkin.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sharqning ilk shahar davlatlarida qadimgi davrlardayoq sulolaga asoslangan podsholik boshqaruvi shakllangan edi [11]. Ijtimoiy-siyosiy hayotda azaldan jamoaviylik va urf-odatlarga sadoqat tuyg\u02bbusi g\u02bboyatda yuqori bo\u02bblgan Vatanimizning qadimiy shahar davlatlarida urug\u02bb va qabilalardagi demokratik an\u02bcanalar saqlanib qolgan edi. Lekin shu bilan birga, ilk davlatlar o\u02bbrtasidagi raqobatning avj olishi, ko\u02bbchmanchi qabilalar tazyiqining tobora oshib borishi harbiylar mavqeining kuchayishiga sabab bo\u02bblgan [8]. Natijada, dunyoning ko\u02bbplab hududlarida bo\u02bblgani singari mamlakatimizdagi shahar davlatlarda ham boshqaruvning harbiy demokratik turi markaziy o\u02bbrinni egallay boshlagan. Bu tamoyillarning elementlari hokimiyatning sulolaviy podsholik davriga o\u02bbtilgandan keyin ham saqlanib qolgan. Qang\u02bb, Turk xoqonligi kabi davlat birlashmalarida turli ko\u02bbrinishdagi oqsoqollar kengashining saqlanib qolgani, qavi, xon, amir va boshqa hukmdorlarning rasmiy saylanish marosimining o\u02bbtkazilgani bu fikrni tasdiqlaydi.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston hududida davlatchilikning rivojlanishi qadimgi davrda quyidagi bosqichlarni bosib o\u02bbtdi:<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Davlatlarning eng qadimgi formasi \u201cshahar-davlatlar\u201d. Bunga Jarqo\u02bbton misol bo\u02bbla oladi;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hududiy podshohliklar (hududiy davlatlar). Bunday davlatlar sifatida Qadimgi Baqtriya, Xorazm va So\u02bbg\u02bbdiyonani ko\u02bbrsatishimiz mumkin [9:66];<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shunday qilib, O\u02bbzbekistonda davlatchilikning yuzaga kelishi o\u02bbziga xos xususiyatlarga ega bo\u02bblsa-da, shakllanishi, rivojlanish jarayonlari dunyo mamlakatlarinikidan deyarli farq qilmaydi va umumiy qoidalardan chetga chiqmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0<\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>Foydalanilgan adabiyotlar:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Avdiyev V.I. Qadimgi Sharq tarixi. \u2013 T.: 1964. \u2013 B. 17.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Askarov A.A., Shirinov T.Sh. Rannyaya gorodskaya kultura epoxi bronz\u044b yuga Sredney Azii. \u2013 Samarkand, 1993. \u2013 S.42; Shaydullayev Sh.B. Severnaya Baktriya v epoxu rannejeleznogo veka. \u2013 T.: 2000. \u2013 S.85-93.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Asqarov A.A. Eng qadimiy shahar. \u2013 T.: 2001. \u2013 B.3.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Gafurov B. Tadjiki. Kn.1. \u2013 Dushanbe: Irfon, 1989. \u2013 B. 68.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Istoriya drevnego vostoka. Chast I. \u2013 M., 1983.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Istoriya Uzbekistana. Tom 3. \u2013 T.: Fan, 1993. \u2013 B.121.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Karimov Sh., Shamsutdinov R. Vatan tarixi. \u2013 T.: O\u02bbqituvchi, 1997. \u2013 B.31-32.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Nefedov S.A. Faktorn\u044by analiz istoricheskogo protsessa. Istoriya Vostoka. \u2013 M., 2008.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Shaydullayev Sh.P. O\u02bbzbekiston hududida davlatchilikning paydo bo\u02bblishi va rivojlanish bosqichlari (Baqtriya misolida). Tarix fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. \u2013 Samarqand, 2009. \u2013 B.68.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">http:\/\/pravo-olymp.ru<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">https:\/\/ru.wikipedia.org\/wiki<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">https:\/\/surxon-turizm.uz\u203a.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">MAHMUD NASRULLAYEV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">SamDU dotsenti<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mustaqillik yillarida mamlakatimizda tarix faniga munosabat davlat siyosati darajasiga ko\u02bbtarildi, uning soxtalashtirilgan sahifalarini\u00a0 ilmiy va xolisona yoritish imkoniyati vujudga keldi. Mustabid tuzum davrida sovet mafkurasi asosida soxtalashtirilgan jihatlardan biri o\u02bbzbek davlatchiligi masalasidir. Olib borilgan tadqiqotlar o\u02bbzbek davlatchiligining yuzaga kelishi va shakllanishi jarayoni qadimgi Xorazm, Baqtriya va Sug\u02bbd davlatlari paydo bo\u02bblishidan ancha oldin boshlanganini ko\u02bbrsatdi.\u00a0 Ma\u02bclumki, &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":36585,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>O\u02bbZBEKISTON HUDUDLARIDA DAVLATCHILIKNING SHAKLLANISH JARAYONI BO\u02bbYICHA MULOHAZALAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"O\u02bbZBEKISTON HUDUDLARIDA DAVLATCHILIKNING SHAKLLANISH JARAYONI BO\u02bbYICHA MULOHAZALAR\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36584&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"O\u02bbZBEKISTON HUDUDLARIDA DAVLATCHILIKNING SHAKLLANISH JARAYONI BO\u02bbYICHA MULOHAZALAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"O\u02bbZBEKISTON HUDUDLARIDA DAVLATCHILIKNING SHAKLLANISH JARAYONI BO\u02bbYICHA MULOHAZALAR\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36584&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2024-07-24T05:02:38+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/davlatchilik.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"371\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"11 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36584&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36584&lang=oz\",\"name\":\"O\u02bbZBEKISTON HUDUDLARIDA DAVLATCHILIKNING SHAKLLANISH JARAYONI BO\u02bbYICHA MULOHAZALAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36584&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36584&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/davlatchilik.jpg\",\"datePublished\":\"2024-07-24T05:02:38+00:00\",\"dateModified\":\"2024-07-24T05:02:38+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"O\u02bbZBEKISTON HUDUDLARIDA DAVLATCHILIKNING SHAKLLANISH JARAYONI BO\u02bbYICHA MULOHAZALAR\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36584&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36584&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36584&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/davlatchilik.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/davlatchilik.jpg\",\"width\":660,\"height\":371},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36584&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"O\u02bbZBEKISTON HUDUDLARIDA DAVLATCHILIKNING SHAKLLANISH JARAYONI BO\u02bbYICHA MULOHAZALAR\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"O\u02bbZBEKISTON HUDUDLARIDA DAVLATCHILIKNING SHAKLLANISH JARAYONI BO\u02bbYICHA MULOHAZALAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"O\u02bbZBEKISTON HUDUDLARIDA DAVLATCHILIKNING SHAKLLANISH JARAYONI BO\u02bbYICHA MULOHAZALAR","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36584&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"O\u02bbZBEKISTON HUDUDLARIDA DAVLATCHILIKNING SHAKLLANISH JARAYONI BO\u02bbYICHA MULOHAZALAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"O\u02bbZBEKISTON HUDUDLARIDA DAVLATCHILIKNING SHAKLLANISH JARAYONI BO\u02bbYICHA MULOHAZALAR","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36584&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2024-07-24T05:02:38+00:00","og_image":[{"width":660,"height":371,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/davlatchilik.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"11 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36584&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36584&lang=oz","name":"O\u02bbZBEKISTON HUDUDLARIDA DAVLATCHILIKNING SHAKLLANISH JARAYONI BO\u02bbYICHA MULOHAZALAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36584&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36584&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/davlatchilik.jpg","datePublished":"2024-07-24T05:02:38+00:00","dateModified":"2024-07-24T05:02:38+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"O\u02bbZBEKISTON HUDUDLARIDA DAVLATCHILIKNING SHAKLLANISH JARAYONI BO\u02bbYICHA MULOHAZALAR","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36584&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=36584&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36584&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/davlatchilik.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/davlatchilik.jpg","width":660,"height":371},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36584&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"O\u02bbZBEKISTON HUDUDLARIDA DAVLATCHILIKNING SHAKLLANISH JARAYONI BO\u02bbYICHA MULOHAZALAR"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/36584"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=36584"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/36584\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":36586,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/36584\/revisions\/36586"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/36585"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=36584"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=36584"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=36584"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}