{"id":36427,"date":"2024-07-17T09:58:41","date_gmt":"2024-07-17T04:58:41","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=36427"},"modified":"2024-07-17T09:58:41","modified_gmt":"2024-07-17T04:58:41","slug":"hakim-termiziyning-hadis-ilmida-tutgan-o%ca%bbrni-va-bu-sohaga-oid-asarlari-tahlili","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36427&lang=oz","title":{"rendered":"HAKIM TERMIZIYNING HADIS ILMIDA TUTGAN O\u02bbRNI VA BU SOHAGA OID ASARLARI TAHLILI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbrta asrlarda ilm-fan va islom madaniyati rivojida Movarounnahr va Xurosondan yetishib chiqqan ulamolar ilmiy merosi katta o\u02bbrin tutgan. Ayniqsa, tafsir, hadis, aqida, tasavvuf va fiqh kabi islomiy ilmlar taraqqiyotida Samarqand, Buxoro, Termiz, Shosh, Marg\u02bbilon kabi qadimiy shaharlarda faoliyat yuritgan olimlar ilmiy merosi alohida ahamiyatga ega. Qadim Termizdan yetishib chiqqan Hakim Termiziy (820-932) ham ana shunday olimlardan biridir. To\u02bbliq ismi Muhammad ibn Ali ibn Hasan ibn Bashir bo\u02bblib, \u201cAbu Abdulloh\u201d kunyasi, \u201cHakim\u201d (donishmand, hikmat sohibi) unvoni va \u201cTermiziy\u201d nisbasi bilan mashhur bo\u02bblgan. Alloma islomiy fanlarga oid ko\u02bbplab kitob muallifidir. Uning tafsir, hadis sharhi, tasavvuf, fiqh ilmlariga oid asarlari ushbu fanlar bo\u02bbyicha yozilgan eng qadimgi va mo\u02bbtabar manbalardan sanaladi. Shunga qaramay, ko\u02bbpchilik uni tasavvuf olimi sifatida tanigan. U Termiz shahrida tavallud topib, ilk ta\u02bclimni otasi \u2013 davrining taniqli muhaddis va faqihi Ali ibn Hasan Termiziydan olgan. Otasi vafot etgach, Termizdagi yetakchi olimlar qo\u02bblida tahsil olgan. So\u02bbng yirik islomiy markaz bo\u02bblgan shaharlarga safar qilib, u yerlardagi yirik muhaddislardan hadis eshitgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Allomaga tasavvuf olimi sifatida qarash natijasida uning islomiy fanlar bo\u02bbyicha martabasi, ayniqsa, hadis ilmidagi darajasiga shubha bilan qarash hollari uchraydi. Jumladan, muarrix Kamoliddin ibn Adim shunday olimlardandir. Uning fikri ko\u02bbplab olimlar tomonidan tahlil qilinib, unga munosib javob berilgan. Jumladan, yirik muhaddis Ibn Hajar Asqaloniy \u201cLison al-miyzon\u201d kitobida uni to\u02bbliq naql qilgan: \u201cBiz zikr etganimiz Hakim Termiziy hadis ahlidan emas. Uning hadis rivoyati ham yo\u02bbq. Men uni rivoyat ilmi va hadislar ma\u02bcnosini chuqur anglash (diroyat) ilmini biladi deb o\u02bbylamayman&#8230;\u201d. Iqtibosni tahlil qilgan Ibn Hajar Asqaloniy unga munosabat bildirib: \u201cQasamki, Ibn Adim bu so\u02bbzida mubolag\u02bba qilib yubordi. Buni Ibn Adim ham qaysidir imomdan naql etgani yuzasidan ilmiy omonat o\u02bblaroq bu joyda zikr etdim. Yo\u02bbqsa, bu gapni tilga olmas edim\u201d, deydi [1: 5,308]. Bundan ko\u02bbrinadiki, Ibn Hajar Asqaloniy Ibn Adimning so\u02bbzini qabul qilmagan. Qolaversa, ilmiy doiralarda katta\u00a0 olimlar haqida bunga o\u02bbxshash fikrni aytish to\u02bbg\u02bbri emas demoqchi bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Suriyalik professor S.Zakkor buni inkor etib: \u201cKamoliddin ibn Adimdek olimning Hakim Termiziy haqidagi bu gapi qarshisida kishi o\u02bbyga toladi. Ibn Adim yetuk tarixchi olim bo\u02bblsa, Hakim Termiziy haqida bu gaplarni qanday aytishi mumkin?! Yo\u02bbq, bular Ibn Adim nomidan to\u02bbqilgan yolg\u02bbon bo\u02bblsa kerak. Buni ayrim tarixchilarning ma\u02bclumoti ham quvvatlaydi. Unga ko\u02bbra, Ibn Adim \u201cBug\u02bbyatut-talab fi tarixi Halab\u201d nomli tarix kitobini nihoyasiga yetkaza olmagan. Undan kitobning qoralamasi qolgan xolos\u201d [7: 12,64]. S.Zakkorning fikrini kitobida keltirgan doktor Ahmad Abdurahim Soyih unga hamfikr ekanini ta\u02bckidlab, qoralamani nashrga tayyorlash jarayonida unga ayrim asossiz ma\u02bclumotlar, jumladan, Hakim Termiziy haqidagi gap ham kiritib yuborilgan bo\u02bblishi mumkin ekaniga ishora qilgan [3: 188]. Demak, bu tanqid asosli emas, balki asl manbasi noaniq va uydirma gap bo\u02bblishi mumkin. Qolaversa, bunday fikr bilan Hakim Termiziyning hadis ilmidagi darajasi tushib qolmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hakim Termiziy martabasini anglash uchun uning asarlari haqida ma\u02bclumotga ega bo\u02bblishi kerak. Alloma asarlarining aniq soni bugunga qadar biror manbada keltirilmagan. Chunki tarixiy manbalarda bu borada turli fikrlar mavjud. Bu ko\u02bbrsatkichlar uning 30 tadan 400 tagacha kitob va risola ta\u02bclif etganiga ishora qiladi. Jumladan, doktor Ali Muhammad Bijoviy undan o\u02bbttizga yaqin risola va kitob qolganini aytgan [4: 12]. Misrlik professor Muhammad Juyushiy (vaf. 2006) Hakim Termiziydan 60 dan ziyod kitob va katta-kichik hajmdagi 200 dan ortiq risola qolganini aytgan. Shuningdek, u allomaning 68 ta asari nomini sanab, ba\u02bczilari yo\u02bbqolgani, ayrimlari Hakim Termiziyga tegishli emasligini ta\u02bckidlagan. So\u02bbng uning qo\u02bblyozma fondlarida saqlanayotgan qo\u02bblyozma kitoblaridan 50 tasiga ilmiy tavsif yozgan. Shuningdek, u Hakim Termiziy ilmiy merosini mazmuniga ko\u02bbra, tafsir, hadis, aqida va kalom ilmi, fiqh, tilshunoslik, shariat ahkomlari falsafasi yoki shariat maqsadlari, tasavvuf tarixi, tasavvufiy qarashlar kabi fanlarga tasniflash mumkin ekanini aytgan (6: 53-159). Bu esa, Hakim Termiziyning qomusiy alloma ekanini ko\u02bbrsatadi. Ta\u02bckidlash kerakki, bu asarlar to\u02bbliq hadis to\u02bbplami bo\u02bblmasa-da, Hakim Termiziy ularning barcha mavzularida hadis keltirgan. Ular orasida \u201cNavodir al-usul fi ma\u02bcrifati ahodis ar-Rasul\u201d, \u201cal-Manhiyyot\u201d, \u201car-Raddu alal-muattila\u201d kabi asarlarini to\u02bbliq hadis kitoblari deb baholash mumkin. Shuningdek, \u201cal-Amsol min al-Kitob vas-sunna\u201d asari ham tafsir va hadis ilmiga oid mumtoz manba hisoblanadi.\u00a0 \u201cAl-Manhiyyot\u201d to\u02bbplamida shariatda ta\u02bcqiqlangan amallarga oid hadislar\u00a0 jamlangan. \u201cAr-Raddu alal-muattila\u201d asari mo\u02bbtazila oqimining muattila firqasiga raddiya ma\u02bcnosida yozilgan. Bu firqa Alloh taoloning azaliy oliy sifatlarini inkor etish bilan mashhur. Hakim Termiziy ularga Alloh taoloning qadim sifatlari sobit ekaniga dalil bo\u02bblgan hadislarni jamlab, unda ahli sunnani quvvatlagan. Doktor Muhammad Juyushiy ham bu asarlar haqida to\u02bbxtalib, bu haqda fikr-mulohazalarini bayon qilgan [6: 176-178].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAl-Amsol minal Kitob vas-sunna\u201d asarini nafaqat hadislar sharhi bo\u02bbyicha, balki tafsir ilmida ham o\u02bbziga xos yo\u02bbnalishga asos solgan muhim manba sifatida baholash mumkin. Muallif unda Qur\u02bcon oyatlari va hadislardagi pandu nasihat va ibratli hikmatlar aks etgan zarbulmasallardan bir nechtasini\u00a0 keltirib, ularning zamiridagi haqiqatlarni sodda va ravon uslubda bayon qilgan. Asar uch qismdan iborat bo\u02bblib, 1-2 qismida Qur\u02bcon va hadisdagi masallar, 3 qismida esa, hukamolarning masalga aylanib ketgan hikmatli so\u02bbzlari bayon etilgan. Oyatlar qismida 29 ta masal 36 ta oyat misolida ifoda etilgan. Sunnatlar qismida esa, masallar eks etgan 32 ta hadis keltirilgan.\u00a0 Hukamolar masallarini sharhlashda ham hadislardan unumli foydalangan muallif ushbu bobda 52 ta hadis keltirgan. Asarda umumiy 74 ta hadis qo\u02bbllangan. Shunga ko\u02bbra, doktor Muhammad Juyushiy bu kitobni Hakim Termiziyning hadislar sharhiga bag\u02bbishlangan asarlari qatorida sanab o\u02bbtgan [6: 176].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu asarning ilk yig\u02bbma-qiyosiy matni 1975-yilda doktor Ali Muhammad Bijoviy tomonidan nashr etilgan. 1987-yilda esa, doktor Sayyid Jumayliy tahriri bilan chop etilgan. 2002-yilda Solim Mustafo Badriy, 2007-yilda shayx Ahmad Abdul-Ol Tahtoviy tomonidan asarning sharh va ilmiy tahqiq ekani da\u02bcvo qilingan zamonaviy nashrlari tayyorlangan. Shuningdek, doktor Ahmad Soyihning tadqiq va tahriri bilan ham chop etilgan. Ogohlantirib o\u02bbtish kerakki, so\u02bbngi uchala nashrni umuman ilmiy tahrir va sharh deb baholab bo\u02bblmaydi. Ularda birorta sharh bo\u02bblmaganidan tashqari, hatto asar nomini xato yozgan o\u02bbrinlari ham uchraydi. Marokashlik doktor Xolid Zahriy shu ma\u02bcnoda ushbu uchala \u201cakademik\u201d nashrlarni salbiy baholagan [8: 85-88]. Asarni 2023-yili B.A\u02bczamov va A.Muratov to\u02bbliq tarjima qildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hakim Termiziyning hadis sharhiga oid shoh asari \u201cNavodir al-usul fi ma\u02bcrifat ahodis ar-Rasul\u201d ekani shubhasiz. Asarning dunyo bo\u02bbylab qo\u02bblyozma nusxalari tarqalgani, zamonasining ilmiy doiralarida e\u02bctirof etilgani, mashhur mufassir va muhaddislar undan istifoda olgani va boshqalar bunga dalildir. Jumladan, 2008-yilda Ismoil Ibrohim Mutavalli Avaz uning ikki jildli zamonaviy nashrini, 2010-yilda termiziyshunos olim Tavfiq Mahmud Takla yetti jildli ilmiy-tanqidiy matnni tayyorlagan. Shuningdek, 2015-yili Doktor Nuriddin Shukriy ibn Ali al-Burduriy asarning oltita qo\u02bblyozmasi asosida besh jildli ilmiy-tanqidiy matnni, 2020-yilda O\u02bbzbekiston xalqaro islom akademiyasi va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi olimlari \u201cNavodir al-usul\u201d va \u201cal-Masoil\u201d asarlarini to\u02bbrt jildli ilmiy-tanqidiy matnini\u00a0 nashr qilgan. 2021-yilda esa, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (1952-2015) rohimahulloh tomonidan asarning \u201cRasul sollallohu alayhi vasallam hadislaridagi Nodir asllar\u201d degan nom bilan amalga oshirilgan muxtasar tarjimasi nashr etildi. Tarjimon hayotligida yakunlangan ushbu tarjima uning vafotidan olti yil o\u02bbtgach ilm ahli qo\u02bbliga yetdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asarning xalqaro miqyosda keng o\u02bbrganilib, ilmiy-tanqidiy matnlari va tarjimalari nashr etilishi uning ilmiy qiymati yuqori ekanini ko\u02bbrsatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hakim Termiziyning muhaddislar orasida tutgan o\u02bbrni va \u201cNavodir al-usul\u201d kitobi mazmuni, uni hadis manbalari orasidagi darajasiga to\u02bbxtalgan Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh quyidagicha yozadi: \u201cHakim Termiziy rahmatullohi alayhi o\u02bbz davrida hadis ilmini yaxshi o\u02bbzlashtirgan olimlardan bo\u02bblganini u kishining hayoti va ilmiy faoliyatini o\u02bbrgangan barcha olimlar alohida ta\u02bckidlaydi. U kishi Xuroson mashoyixlarining eng ulug\u02bblaridandir. Hadislarini otasi, Qutayba ibn Sa\u02bciyd, Solih ibn Abdulloh Termiziy, Ya\u02bcqub Davraqiy, Ali ibn Hajar Sa\u02bcjiy, Solih ibn Muhammad Termiziy, Utba ibn Abdulloh Marvaziy, Yahyo ibn Muso, Ibod ibn Ya\u02bcqub Ravojaniy, Iso ibn Ahmad Asqaloniy Balxiy, Sufyon ibn Vakiy\u02bc va boshqalardan rivoyat qilgan. &#8230; Hakim Termiziy rahmatullohi alayhning bu ulug\u02bb asarini hadislarning sharhi bo\u02bbyicha eng qadimgi asarlardan desak, mubolag\u02bba qilmagan bo\u02bblamiz. &#8230;Hakim Termiziy rahmatullohi alayhning bu kitobi qadimda ham mashhur bo\u02bblgan. Katta ulamolar ham bu kitobdan o\u02bbz asarlarida iqtiboslar keltirganlar [10: 29-53]. Bu satrlar muallifi Hakim Termiziyga hadis ilmi bo\u02bbyicha bildirilgan e\u02bctirozlarni keskin rad qilib, allomaning\u00a0 zamondosh va keyingi asrlardagi olimlar nazarida yuksak qadr-qiymatga ega bo\u02bblganini ta\u02bckidlamoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mahalliy olimlarimizdan I.Usmonovning \u201cNavodir al-usul\u201d asari haqidagi fikri ham Hakim Termiziy hadis va tasavvuf ilmlari bilimdoni bo\u02bblgani va asarlarida bu uyg\u02bbunlikni tatbiq etganini ko\u02bbrsatadi: \u201c&#8230; Hakim Termiziy ushbu asarida faqat hadislarni jamlash bilan cheklanmay, har bir hadisni mufassal sharhlab, uning botiniy va zohiriy ma\u02bcnolarini, hikmatini ko\u02bbrsatib, hadisning mazmun-mohiyatini har tomonlama tahlil qiladi hamda hadisning asl mag\u02bbziga yetib borishga, uni to\u02bbliq idrok etishga harakat qiladi. Uning har bir sharhida tasavvufiy talqin sezilib turadi. Asarda hadislarni inson ma\u02bcnaviy-ruhiy va maishiy hayotida qanday tatbiq qilish mumkinligi ko\u02bbrsatib berilgan\u201d [11: 6].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hakim Termiziyga bildirilgan tanqidlarga muqobil ravishda uning mashhur muhaddis ustozlardan ta\u02bclim olganiga ham e\u02bctibor qaratish kerak. Zero, ustozning ilmiy salohiyati shogird kamolotida katta ahamiyat kasb etadi. Shu ma\u02bcnoda allomaning ayrim ustozlari va ularning hadis ilmida tutgan o\u02bbrin va martabalariga qisqacha to\u02bbxtalib o\u02bbtish muhimdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Avvalo, Hakim Termiziy ilm ahli va ziyolilar xonadonida tavallud topgan. Otasi Ali ibn Hasan Termiziy uning ilk ustozidir. Ali ibn Hasan\u00a0 muhaddis va o\u02bbz davrining ko\u02bbzga ko\u02bbringan faqihi bo\u02bblib, ko\u02bbplab shaharlarga ilmiy safar qilgan. Mashhur muarrix Xatib Bag\u02bbdodiy uning Bag\u02bbdod shahriga borib, u yerda hadis rivoyat qilgani haqida yozgan [2:11,373]. Onasi va ona tomonidan bobosi ham hadis roviylaridan bo\u02bblgan. Zero, u \u201cAr-raddu ala-l-muattila\u201d va \u201cNavodir al-usul\u201d asarlarida ikkita hadisni onasi Ummu Oishadan, u esa, otasi Sahldan rivoyat qilgan. U onasini \u201cUmmu Oisha bint Sahl ibn Solim\u201d shaklida zikr qilgan [5: 68-99]. Bu holat uning oilaviy ilmiy silsila va hadis maktabi muhiti ta\u02bcsirida yoshlikdan ilmga muhabbat qo\u02bbyganini ko\u02bbrsatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hakim Termiziyning ustozlari qay darajadagi muhaddislar bo\u02bblganini bilish uchun mustalahul-hadis ilmidagi ayrim istilohlarga to\u02bbxtalib o\u02bbtish kerak. Unga ko\u02bbra, muhaddislar zobti (zehni, hifzi), axloqi va din-diyonati, ilmiy salohiyatiga ko\u02bbra, olti darajaga ajratiladi. Har bir darajaning o\u02bbziga xos laqab \u2013 unvoni bo\u02bblib, eng yuqori pog\u02bbonani \u201camirul-mu\u02bcminin fil-hadis\u201d (hadis ilmida mo\u02bbminlarning amiri, eng yetakchi muhaddis) ilmiy unvoniga ega muhaddislar egallaydi. Sufyon Savriy, Abdulloh ibn Muborak, Ahmad ibn Hanbal, Imom Buxoriy va Imom Muslim kabi buyuk muhaddislar shu qatorda sanaladi [12: 1,3-4]. Yana ushbu fanda \u201cSihohi sitta\u201d (Olti ishonchli to\u02bbplam) degan atama ham bo\u02bblib, ahli sunna va jamoa olimlari uni faqat sahih hadislar to\u02bbplangan oltita kitobga nisbatan ishlatadi. Ular Imom Buxoriyning \u201cSahihi Buxoriy\u201d, Imom Muslimning \u201cSahihi Muslim\u201d, Imom Nasoiyning \u201cSunani Nasoiy\u201d, Imom Abu Dovudning \u201cSunani Abu Dovud\u201d, Imom Termiziyning \u201cSunani Termiziy\u201d, Imom Ibn Mojaning \u201cSunani Ibn Moja\u201d hadislar to\u02bbplamidir [13: 153].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu o\u02bbrinda Hakim Termiziyning ustozlariga e\u02bctibor qilinsa, ular qatorida Xurosonning yirik muhaddisi, \u201camirul-mu\u02bcminin fil-hadis\u201d darajasidagi Qutayba ibn Sa\u02bcidni, shuningdek, Solih ibn Abdulloh va Sufyon ibn Vaki\u02bc kabi o\u02bbz davrining peshqadam muhaddislarini ko\u02bbrish mumkin. Bu olimlar ushbu \u201cOlti ishonchli to\u02bbplam\u201d musanniflariga ustoz bo\u02bblgan. Ulardan Imom Buxoriy, Imom Muslim, Abu Iso Termiziy kabi buyuk muhaddislar hadis rivoyat qilgan. Hakim Termiziy ham safar qilib, bevosita ushbu zotlarning hadis halqalarida ishtirok etib, ulardan eshitgan hadislarini rivoyat qilgan. Bu esa, Hakim Termiziyning ushbu muhaddislar bilan ustozi bir ekani, u nafaqat tasavvuf ilmi nazariyotchisi, balki hadis ilmida ham yetuk alloma ekanini ko\u02bbrsatadi. Zero, Hakim Termiziy asarlarida o\u02bbz sanadi bilan rivoyat qilgan hadislarni ko\u02bbplab muhaddislar o\u02bbzining \u201csahih\u201d, \u201csunan\u201d va \u201cmusnad\u201d turkumidagi kitoblarida rivoyat qilgan. Bundan Hakim Termiziy rivoyat qilgan hadislar ishonchli ekanini anglash mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qolaversa, buyuk olimlar tarjimayi holiga bag\u02bbishlangan manbalarda uning oddiy roviy emas, balki hofiz darajasidagi muhaddis ekani mashhur olimlar tomonidan e\u02bctirof etilgan. Hakim Termiziyning hadis ilmidagi darajasini idrok etish uchun, avvalo, hadis ilmlari fanidagi \u201chofiz\u201d degan ilmiy unvon mazmunini bilib olish lozim. Imom Zahabiy ushbu daraja sohibi \u201cmusnid\u201d va \u201cmuhaddis\u201d deb ataluvchi hadisni sanadi bilan rivoyat qilib, ularning ma\u02bcnosi va roviylari haqida ilmga ega bo\u02bblgan muhaddislardan yuqori turishini bayon etgan [12: 1,3-4]. Ma\u02bclumki, Imom Zahabiy muhaddislar darajacini oltiga taqsimlab, qanday sifatga ega muhaddis qaysi darajada sanalishini bayon etgan. Bu taqsimotga hadis ilmi olimlari rozi bo\u02bblib, hadis ilmida roviylar darajasi o\u02bbsha taqsimot asosida aniqlanadi. Ushbu taqsimotning muassisi bo\u02bblgan Imom Zahabiy (mil. 1274-1348) Hakim Termiziy haqida \u201cTazkirat al-huffoz\u201d asarida \u201cU zohid imom, hofiz, muazzin, ko\u02bbplab kitob tasnif etgan\u201d, deb e\u02bctirof etgan [12: 2,645]. Imom Zahabiydek, umume\u02bctirof etilgan olim biror allomaning ilmiy salohiyati haqida so\u02bbz yuritganda unga tamalluq qilishi yoki uning darajasini soxtakorlik bilan bo\u02bbrttirib yozishi mumkin emas. U kabi olimlar har bir yozgan narsasiga Qiyomat kunida javob berishini anglagan holda qalam tebratishi shubhasiz. Shunga ko\u02bbra, Imom Zahabiyning Hakim Termiziyga bergan bu ta\u02bcrifi shar\u02bciy omonat yuzasidan berilgan bahodir. Shuningdek, \u201chadis ilmida mo\u02bbminlar amiri\u201d darajasidagi mashhur muhaddis Ibn Hajar Asqaloniy (mil. 1371-1448): \u201cU zot musulmonlarning imomlaridan biri, usuluddin va hadislar ma\u02bcnolariga oid katta kitoblar musannifi, buyuk olimlar bilan hamsuhbat bo\u02bblgan\u201d, deb yozgan [1: 5,308]. Abu Nu\u02bcaym Isfahoniy (mil. 947-1038), Abu Abdurahmon Sulamiy (mil. 936-1021), Tojuddin Subkiy (mil. 1327-1370) kabi olimlar ham o\u02bbz asarlarida uning Xuroson va Iroqdagi muhaddislardan ko\u02bbplab hadis eshitib yozgani, hadis rivoyati bilan shug\u02bbullangan yirik muhaddis ekani, foydali kitob va risolalar ta\u02bclif etgani va boshqalar haqida ma\u02bclumot bergan [6: 175].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa o\u02bbrnida aytish mumkinki, Hakim Termiziy barcha islomiy ilmlar bo\u02bbyicha qomusiy olimdir. Xususan, uning hadis ilmidagi o\u02bbrni beqiyos bo\u02bblib, ushbu fanga oid asarlari jahon olimlari qiziqib o\u02bbrganadigan klassik manbalar qatoridan o\u02bbrin olgan. Zero, Hakim Termiziy ham Imom Buxoriy va Imom Abu Iso Termiziy ta\u02bclim olgan yetakchi olim va muhaddislar huzurida hadis eshitib, yozib olgan. Shuningdek, ularni shogirdlariga o\u02bbz sanadi bilan rivoyat qilgan va kitoblariga kiritgan. Yuqoridagi ma\u02bclumotlarga ko\u02bbra, Hakim Termiziy tasavvuf nazariyotchisi bo\u02bblishi bilan birga, Movarounnahr muhaddisi ham bo\u02bblgan. Shuningdek, u rivoyat qilgan hadislarini ishonchli hadislar sirasiga kiradi deb hisoblash mumkin.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>Foydalanilgan adabiyotlar:<\/strong><\/span><\/div>\n<div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ahmad ibn Hajar Asqaloniy. Lison al-miyzon. \u2013 Bayrut: Dar al-kutub al-ilmiya, 1998.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ahmad ibn Ali ibn Sobit Xatib Bag\u02bbdodiy. Tarixu Bag\u02bbdod. \u2013 Bag\u02bbdod: Dor al-g\u02bbarb al-islomiy, 2001.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Doktor Ahmad Abdurahim Soyih. Al-Hakim at-Termiziy va nazariyyatuhu fis-suluk. \u2013 Qohira: Maktabatu-s-saqofatid-diniya, 2006.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Doktor Ali Muhammad Bijoviy tadqiqoti. Hakim Termiziyning \u201cAl-Amsol minal Kitob vas-sunna\u201d asarining kirish qismi. \u2013 Qohira: Maktabatu Dar at-turos, 1975.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Doktor Jo\u02bbrabek ibn Omon tadqiqoti. Al-Hakim at-Termiziy. Kitobu tafsir al-Qur\u02bcon al-musamma Bahr at-tafsir. \u2013 Istanbul: Dar al-kutub al-arabiya, 2023.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Doktor Muhammad Ibrohim Juyushiy. Al-Hakim at-Termiziy: dirosa li osorihi va afkorihi. \u2013 Qohira: Dar an-nahda al-arabiya, 1980.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Doktor Suhayl Zakkor. Ibn al-Adim muarrixu Halab va bilodi-sh-Shom. \u201cNahjul-islom\u201d ilmiy jurnali. \u2013 Suriya: Vizoratul-avqof, 1982. 12-son. \u2013 B. 64.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Doktor Xolid Zahriy. Hakimu Xuroson va anisuz-zamon. \u2013 Rabot: Dor al-Amon, 2013.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Mustafo Abdulqodir Ato tahqiqi. Al-Hakim at-Termiziy. Navodir al-usul fi ma\u02bcrifati ahoidsir ar-rasul. \u2013 Bayrut: Dar al-kutub al-ilmiya, 1992.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Tarjimon: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Rasul sollallohu alayhi vasallam hadislaridagi Nodir asllar. \u2013 Toshkent: Hilol-Nashr, 2021.<\/span><\/li>\n<li>\u00a0Tarjimon: Ibrohim Usmonov. Hakim Termiziy asarlaridan saylanma. \u2013 Toshkent: Movarounnahr, 2017.<\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Shamsuddin Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon Zahabiy. Tazkirat al-huffoz. \u2013 Bayrut: Dar al-kutub al-ilmiya, 1998.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Shayx Abdulfattoh Abu G\u02bbudda tahqiqi. Shayx Tohir Jazoiriy. Tavjiyhun-nazar ila usulil-asar. \u2013 Halab: Maktabatul matbuotil islomiya, 2010.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">BAHODIRJON A\u02bcZAMOV, <\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzXIA tayanch doktoranti, <\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Toshkent islom instituti o\u02bbqituvchisi<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u02bbrta asrlarda ilm-fan va islom madaniyati rivojida Movarounnahr va Xurosondan yetishib chiqqan ulamolar ilmiy merosi katta o\u02bbrin tutgan. Ayniqsa, tafsir, hadis, aqida, tasavvuf va fiqh kabi islomiy ilmlar taraqqiyotida Samarqand, Buxoro, Termiz, Shosh, Marg\u02bbilon kabi qadimiy shaharlarda faoliyat yuritgan olimlar ilmiy merosi alohida ahamiyatga ega. Qadim Termizdan yetishib chiqqan Hakim Termiziy (820-932) ham ana shunday &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":36428,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>HAKIM TERMIZIYNING HADIS ILMIDA TUTGAN O\u02bbRNI VA BU SOHAGA OID ASARLARI TAHLILI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"HAKIM TERMIZIYNING HADIS ILMIDA TUTGAN O\u02bbRNI VA BU SOHAGA OID ASARLARI TAHLILI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36427&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"HAKIM TERMIZIYNING HADIS ILMIDA TUTGAN O\u02bbRNI VA BU SOHAGA OID ASARLARI TAHLILI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"HAKIM TERMIZIYNING HADIS ILMIDA TUTGAN O\u02bbRNI VA BU SOHAGA OID ASARLARI TAHLILI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36427&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2024-07-17T04:58:41+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/hakimtermiz-1.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"440\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"11 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36427&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36427&lang=oz\",\"name\":\"HAKIM TERMIZIYNING HADIS ILMIDA TUTGAN O\u02bbRNI VA BU SOHAGA OID ASARLARI TAHLILI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36427&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36427&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/hakimtermiz-1.jpg\",\"datePublished\":\"2024-07-17T04:58:41+00:00\",\"dateModified\":\"2024-07-17T04:58:41+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"HAKIM TERMIZIYNING HADIS ILMIDA TUTGAN O\u02bbRNI VA BU SOHAGA OID ASARLARI TAHLILI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36427&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36427&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36427&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/hakimtermiz-1.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/hakimtermiz-1.jpg\",\"width\":660,\"height\":440},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36427&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"HAKIM TERMIZIYNING HADIS ILMIDA TUTGAN O\u02bbRNI VA BU SOHAGA OID ASARLARI TAHLILI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"HAKIM TERMIZIYNING HADIS ILMIDA TUTGAN O\u02bbRNI VA BU SOHAGA OID ASARLARI TAHLILI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"HAKIM TERMIZIYNING HADIS ILMIDA TUTGAN O\u02bbRNI VA BU SOHAGA OID ASARLARI TAHLILI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36427&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"HAKIM TERMIZIYNING HADIS ILMIDA TUTGAN O\u02bbRNI VA BU SOHAGA OID ASARLARI TAHLILI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"HAKIM TERMIZIYNING HADIS ILMIDA TUTGAN O\u02bbRNI VA BU SOHAGA OID ASARLARI TAHLILI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36427&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2024-07-17T04:58:41+00:00","og_image":[{"width":660,"height":440,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/hakimtermiz-1.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"11 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36427&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36427&lang=oz","name":"HAKIM TERMIZIYNING HADIS ILMIDA TUTGAN O\u02bbRNI VA BU SOHAGA OID ASARLARI TAHLILI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36427&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36427&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/hakimtermiz-1.jpg","datePublished":"2024-07-17T04:58:41+00:00","dateModified":"2024-07-17T04:58:41+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"HAKIM TERMIZIYNING HADIS ILMIDA TUTGAN O\u02bbRNI VA BU SOHAGA OID ASARLARI TAHLILI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36427&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=36427&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36427&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/hakimtermiz-1.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/hakimtermiz-1.jpg","width":660,"height":440},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36427&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"HAKIM TERMIZIYNING HADIS ILMIDA TUTGAN O\u02bbRNI VA BU SOHAGA OID ASARLARI TAHLILI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/36427"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=36427"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/36427\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":36429,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/36427\/revisions\/36429"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/36428"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=36427"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=36427"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=36427"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}