{"id":36377,"date":"2024-07-15T15:44:34","date_gmt":"2024-07-15T10:44:34","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=36377"},"modified":"2024-07-19T16:53:48","modified_gmt":"2024-07-19T11:53:48","slug":"sov%d0%b5t-hukmronligi-davrida-amalga-oshirilgan-dinga-qarshi-siyosat-va-uning-oqibatlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36377&lang=oz","title":{"rendered":"SOV\u0415T HUKMRONLIGI YILLARIDA AMALGA OSHIRILGAN DINGA QARSHI SIYOSAT VA UNING OQIBATLARI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ma\u02bclumki, sovetlar hukmronligi davrida barcha yo\u02bbnalishlar qatori, diniy sohada ham mustamlakachilik siyosati amalga oshirildi. Diniy qadriyatlarimizni taqiqlash, o\u02bbrganishni cheklash, allomalarimiz ilmiy merosini xalqimizdan yashirish va boshqalar shular jumlasidandir. Natijada, buyuk allomalarimizning ko\u02bbplab nodir asarlari yo\u02bbqotildi, muqaddas qadamjolar oyoq osti qilindi, tarixiy binolar, qabristonlar buzib tashlandi. Bunday holat xalqimiz ma\u02bcnaviy hayotida og\u02bbriqli iz qoldirdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Sovet hukmronligi davrida hukumat tomonidan amalga oshirilgan dinga qarshi siyosat tufayli diniy muassasalar, xususan, masjidlar soni yildan yilga kamayib borgan. Jumladan, 1917 yilda sobiq Rossiya imperiyasi hududida masjidlar soni 25 mingtani tashkil etgan bo\u2018lsa, 1970 yilga kelib, bu davlatning vorisi hisoblangan Sovet Ittifoqida ularning soni 500 taga tushib qolgan edi [2:176]. 1980-yillar oxiriga kelib Sovet Ittifoqining deyarli 45-50 million aholisi o\u02bbzini musulmon hisoblagan bo\u02bblsa, ular ibodat qilayotgan masjidlar soni yuqorida keltirilgan raqamdan oshmadi. Bu davrda rasman ro\u02bbyxatga olingan masjid va madrasalar tashqarisida diniy faoliyat bilan shug\u02bbullanish man etildi [5].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bu davrda sovet hukumati xalqaro maydondagi ayrim jihatlardan ko\u02bbz yuma olmas edi. Xususan, Vyetnam urushi, Yaqin Sharqdagi mojarolar, kuchayib borayotgan sovuq urush sharoitida islom dunyosi mamlakatlarining xayrixohligiga erishish lozim edi. Shu maqsadda, ichki siyosatda ham din borasida ayrim tadbirlarni amalga oshirishga majbur bo\u02bbldi. Imom Buxoriyning 1974 yilda 1200 yilligining nishonlanishi shu maqsadda qo\u02bbyilgan qadamlardan biri edi. Bu amalda xalqaro ahamiyatga ega voqea bo\u02bbldi. Shu yili 20-23 avgust kunlari o\u02bbtkazilgan \u201cImom al-Buxoriy va bugungi kun\u201d mavzusidagi ilmiy konferensiya mazkur bayramning yakuni bo\u02bbldi. Unda barcha Diniy boshqarmalar va yuzga yaqin masjid vakillari ishtirok etdi. Konferensiyada sobiq Ittifoqning ko\u02bbzga ko\u02bbringan diniy arboblari bilan bir qatorda Osiyo, Afrika va Yevropaning 27 ta davlatidan 60 dan ortiq yirik ilohiyotchi olimlar va din arboblari, shuningdek, Butunjahon Islom Ligasi vakillari qatnashdi [1:80].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Sobiq Ittifoqda, yuqorida aytilganidek, 1985 yilda sovet jamiyatini yangilash borasida chuqur islohotlar boshlandi. Bu davrda huquqiy davlat qurish, yangicha siyosiy fikrlash, sotsializmning yangicha qiyofasi kabi masalalar bilan bir qatorda, davlat va din munosabatlarini yaxshilash masalasi ham kun tartibiga qo\u02bbyildi. Bu ishlar natijasida 1989 yil may oyida KPSS Markaziy Qo\u02bbmitasining Ideologiya komissiyasi majlisida \u201cVijdon erkinligi to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi yangi qonun loyihasi muhokama qilindi. 1988 yilda Rusda xristianlik joriy etilganining 1000 yilligini nishonlash nafaqat xristian cherkovi uchun, balki mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida katta voqea bo\u02bbldi. Bu davlat va din munosabatlarida yuz berayotgan ijobiy o\u02bbzgarishlardan dalolat edi [1:83].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bunday o\u02bbzgarishlar tezda O\u02bbrta Osiyo respublikalariga ham yetib keldi. Xususan, 1988-1989 yillarda O\u02bbzbekistonning barcha viloyatlarida masjidlar ochildi, 1930-1950 yillarda tortib olingan qator maqbara va masjidlar dindorlarga qaytarib berildi. Hukumatning maxsus qarori bilan Qur\u02bconi karimning nodir nusxasi \u2013 Mus\u02bchafi Usmon musulmonlarga qaytarib berildi. Bundan tashqari, \u201cSovet Sharqi musulmonlari\u201d jurnali olti tilda (o\u02bbzbek, arab, fors, dariy, ingliz va fransuz tillarida) chiqarila boshladi. Shu bilan birga, taqvim (oy kalendari), diniy broshyura va plakatlar ham chop etish yo\u02bblga qo\u02bbyildi. Buyuk muhaddis Imom Buxoriy tavalludining 1200 yilligiga bag\u02bbishlab, diniy boshqarma tomonidan \u201cSahihul Buxoriy\u201d, \u201cSulosiyot al-Buxoriy\u201d, \u201cAl-adab al-mufrad\u201d kabi asarlari chop etildi. Shuningdek, Imom Termiziyning 1200 yilligiga bag\u02bbishlab, besh jildlik asarlar to\u02bbplami nashr qilindi [1:84].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bu davrda mahalliy kadrlar yurtimizda diniy qadriyatlarni asrab-avaylash borasida jonbozlik ko\u02bbrsatdi. Mana shunday shaxslardan biri O\u02bbrta Osiyo va Qozog\u02bbiston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, sobiq muftiy Ziyovuddinxon Eshon Boboxon o\u02bbg\u02bbli edi. Uning tashabbusi bilan 1971 yil 1 noyabrda \u201cOliy diniy madrasa\u201d tashkil etildi va \u201cNamozgoh\u201d masjidida faoliyat yuritdi. Yuqorida aytilganidek, 1974 yilda Imom Buxoriy tavalludining 1200 yillik yubileyining keng nishonlanishi munosabati bilan ushbu bilim dargohiga buyuk vatandoshimizning nomi berilib, oliy mahad, ya\u02bcni Toshkent islom instituti deb yuritila boshladi [8]. Ushbu ta\u02bclim dargohi sobiq Ittifoqda yagona edi. Shu sababli, bu yerga SSSRning boshqa musulmon o\u02bblkalaridan ham talabalar tahsil olgan. Yaratganni inkor etuvchi tuzum sharoitida oliy diniy bilim yurtini ochish katta jasorat talab qilar edi. Shu sababli, Toshkent islom instituti yuqorida aytilganidek, sobiq Ittifoqda yagona bo\u02bblib, Kavkazorti, Shimoliy Kavkaz, SSSRning Yevropa qismi va Sibir musulmonlari diniy boshqarmalarining bo\u02bblajak kadrlari ham shu yerda tahsil olgan. Ammo tahsil oluvchilar soni kam bo\u02bblib, bu, o\u02bbz navbatida, diniy sohaga ixtisoslashmagan oliy o\u02bbquv yurtlari bilan solishtirganda katta farqni tashkil qilar edi. Bu holat esa diniy soha faoliyatini cheklar edi. Xususan, 1980 yil holatiga ko\u02bbra, oliy mahadda 30 kishi ta\u02bclim olganini ko\u02bbrish mumkin [1:103].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shu o\u02bbrinda, bu davrda buyuk allomalar abadiy qo\u02bbnim topgan joylarning xarobaga aylantirilgan to\u02bbg\u02bbrisida ham aytib o\u02bbtish joiz. Ma\u02bclumki, Imom Buxoriy dafn etilgan joyda (hozirgi Payariq tumani, Xartang qishlog\u02bbi) XVI asrda kichikkina maqbara tiklangan, yoniga masjid qurilib, hovlisiga bir necha tup chinor ekilgan edi. Sovet hukmronligi davrida esa, Allomaning nafaqat ilmiy merosini o\u02bbrganish ishlariga yetarlicha e\u02bctibor berilmadi, balki uning qabri joylashgan hudud xarobazorga aylantirildi. Bunday holatdan nafaqat yurtimiz musulmonlari, balki ayrim nufuzli xorijiy mehmonlar ham norozi bo\u02bblgan edi. Livanning taniqli jamoat arboblaridan biri Shayx Naim al-Jisrning 1956 yildagi Sovet Ittifoqiga tashrifi bu fikrimizni isbotlaydi. Xalqaro maydonda o\u02bbziga tarafdorlar yig\u02bbish bilan mashg\u02bbul bo\u02bblgan sovet hukumati musulmon mamlakatlari bilan ham munosabatlarni mustahkamlashga harakat qiladi. Bundan asosiy ko\u02bbzlangan maqsad, bu mamlakatlarni uning geosiyosiy raqibi AQSH tomoniga og\u02bbib ketishning oldini olish edi. Shu bilan birga, bu ikki buyuk davlatni ushbu davlatlarning tabiiy zaxiralari ham qiziqtirar edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shu maqsadda sovet hukumati musulmon mamlakatlari bilan aloqalarni mustahkamlash payiga tushadi. Buning uchun birinchi bo\u02bblib, sovetlarga xayrixoh Livan mamlakati tanlab olinadi. Livanning taniqli davlat va jamoat arboblari mamlakatga taklif qilinadi va o\u02bbzini diniy sohada ochiq mamlakat sifatida ko\u02bbrsatishga urinadi. Ammo sovet hukumatining bunday ishlari o\u02bbzi kutgan natijani bermaydi. Yuqorida ismi keltirilgan Livanlik yirik jamoat arbobi Shayx Nadim al-Jisr boshliq mehmonlar Sovet Ittifoqiga tashrif buyurgach, Imom Buxoriy qabrini ziyorat qilish istagini bildiradi. Tabiiyki, bu vaqtda Alloma qabri xarob ahvolda bo\u02bblib, uning atrofi paxtazorga aylantirilgan, yonidagi masjidda esa kimyoviy o\u02bbg\u02bbitlar saqlanar edi. Shu bilan birga, sovet rasmiylarining hech biri Imom Buxoriy qabri qayerda ekani to\u02bbg\u02bbrisida ma\u02bclumotga ega emas edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Tezkorlik bilan amalga oshirilgan surishtiruvlar natijasida Alloma qabri Samarqand viloyatining Xartang qishlog\u02bbida ekani ma\u02bclum bo\u02bbladi. Sovet maxsus xizmatlari livanlik muftiyni atay poyezdga chiqaradi. Chunki mehmon Toshkentga yetib kelgunicha maqbarani biroz yaxshilash va masjidni ta\u02bcmirlash ko\u02bbzda tutiladi. Bu paytda atrofdagi qishloq ahli bu ishga imkon qadar yordam beradi. Ular maqbara va masjid atrofini chiqindi uyumlardan tozalash uchun uch-to\u02bbrt kun tinmay ishlaydi [9].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shayx Nadim al-Jisr sahar vaqti Xartangga keladi. Mashinadan tushib, Imom Buxoriy maqbarasi tomon yura boshlaydi. Nogahon, kuzatib kelgan va peshvoz chiqqanlar o\u02bbrtasida o\u02bbtirib oladi. Hamma uni hayron kuzatib turardi. U Qur\u02bcon tilovat qila boshlaydi. Shu holda peshingacha o\u02bbtiradi. Yumib olgan ko\u02bbzlaridan to\u02bbxtovsiz yosh oqadi. Nihoyat, u tilovatni to\u02bbxtatadi. O\u02bbrnidan turib, yonidagilardan: \u201cEng kattangiz qaysingiz? Men Respublika Prezidenti bilan uchrashishni xohlayman\u201d, deydi. Mehmonni O\u02bbzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumining o\u02bbsha paytdagi raisi qabul qiladi. Uchrashuvda livanlik muftiy Imom Buxoriy maqbarasi va atrofidagi tuprog\u02bbining vazniga teng og\u02bbirlikda oltin berib, sotib olish istagini bildiradi. Prezidium raisi unga bu yodgorlik Imom Buxoriyning yuksak maqomiga mos ravishda qayta qurilishini aytadi [3:24-25]. Shayx Nadim al-Jisriyning safari shunday tushkun kayfiyatda nihoyasiga yetadi. Mehmon o\u02bbz yurtiga qaytib ketgach, u yerda uzoq yillar muftiy lavozimida faoliyat yuritadi. Ammo uning bu masalani biror joyda ko\u02bbtargani to\u02bbg\u02bbrisida ma\u02bclumot mavjud emas.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bu davrda Sovet Ittifoqiga tashrif buyurgan musulmon mamlakatlari yetakchilari ham Imom Buxoriy qabrini ziyorat qilish istagini bildiradi. Bunda 1956 yilda Indoneziya Prezidenti general Sukarnoning tashrifi muhim ahamiyatga ega. Sovet Ittifoqiga tashrif davomida mehmon davlat prezidenti Samarqanddagi Imom Buxoriy qabrini ziyorat qiladi [4]. Shu o\u02bbrinda aytish mumkinki, Prezident Sukarno ulug\u02bb alloma qabrini ziyorat qilish orqali Indoneziya va O\u02bbzbekiston o\u02bbrtasidagi ziyorat turizmiga asos solgan shaxs sifatida tarixga kirdi. U O\u02bbzbekistonga safari so\u02bbngida o\u02bbzbek xalqini \u201cKo\u02bbzga uzoq, qalbga yaqin\u201d ma\u02bcnosidagi indonez maqoli orqali ta\u02bcriflagan edi [6].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Sovet hukmronligi davrida nafaqat Imom Buxoriy abadiy qo\u02bbnim topgan maskan, balki boshqa ulug\u02bb allomalar yotgan joylar ham xarobazorga aylantirildi yoki buzib tashlandi. Imom Moturidiy Shayx Abu Nasr Marg\u02bbinoniy qabri ham shular jumlasidandir. Ushbu ikki alloma qabri rus bosqini va sovet tuzumi davrida unutildi va toptaldi. Bu qabrlar joylashgan Chokardiza qabristonining katta qismi 1947-yilda aholiga beriladi. Aslida Chokardiza qabristonining bu holati Buxoro amiri Nasrullo davrida boshlangan edi. U 1840-yillar atrofida Samarqanddagi islomni qabul qilgan va xalq orasida \u201cchala\u201d degan nom olgan yahudiylarga ushbu qabristonning bir chekkasini ajratib, alohida yahudiy mahallasi va qabristonini barpo etishga ruxsat bergan edi. Bunday kaltabinlik oqibatida qanchadan qancha aziz ulamolar xoki yahudiylar tiklagan hovli joylar ostida qolib ketadi. Hatto, o\u02bbsha paytda ayrim hovlilarning sahni juda mashhur ulamolarning qabrtoshlari bilan yopilgan. 1878-yilda allaqachon o\u02bbz ahdidan qaytgan yahudiylar Chokardizada devor tiklab, o\u02bbz qabristonini alohida qilib oladi. Bu yerda ular sinagoga ham tiklaydi [7]. Shu o\u02bbrinda ta\u02bckidlash lozimki, Chokardiza qabristoni Islom olamida Makka va Madinadan so\u02bbng ulug\u02bb ulamolar dafn etilgan uchinchi mo\u02bbtabar joy sifatida tan olinadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, sovet hukmronligi yillarida O\u02bbzbekistonda diniy qadriyatlarimizga qarshi kurash olib borildi. Bu holat turli ko\u02bbrinishlarda ro\u02bby berdi. Allomalar asarlarini yo\u02bbq qilish, ular qo\u02bbnim topgan maskanlarni xarobaga aylantirish yoki buzib tashlash, diniy ta\u02bclimni cheklash va boshqalar shular jumlasidandir. Shuningdek, bunday ishlarni amalga oshirish uchun turli yillarda tegishli qarorlar e\u02bclon qilindi. Hukumat tomonidan tazyiq va siquvlarga qaramasdan, yurtimizning asl farzandlari nafaqat diniy qadriyatlarimizni saqlab qolishga intildi, balki uni rivojlantirish choralarini ko\u02bbrdi. Sovet hukumati dahriylik siyosatini tashqi siyosiy holatiga qarab o\u02bbzgartirib turdi. Musulmon mamlakatlariga o\u02bbzini diniy siyosatda ochiq ko\u02bbrsatishga urinishi ortidan ayrim cheklovlarni yumshatishga majbur bo\u02bbldi. Ammo shunday bo\u02bblsa-da, bunday tazyiq va cheklovlar O\u02bbzbekiston o\u02bbz mustaqilligini qo\u02bblga kiritgunga qadar u yoki bu tarzda davom etdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Foydalanilgan adabiyotlar:<\/strong><\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"list\" data-rx-first-level=\"true\">\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">G\u02bbafurov U. O\u02bbzbekistonda islom ta\u02bclimi tizimi: shonli tarix, istibdod zulmidan omon qolish va nurli istiqbol. Monografiya. \u2013 Toshkent: G\u02bbafur G\u02bbulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi, 2023.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ziyoyeva D. Turkistonda milliy-ozodlik harakati (Mustabid tuzumga qarshi 1916 yil va 1918-1924 yillardagi xalq kurashlari tarixshunosligi). \u2013 Toshkent: G\u02bbafur G\u02bbulom nomidagi Adabiyot va san\u02bcat nashriyoti, 2000.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Buxoriyga hurmat: istiqlolgacha, istiqloldan so\u02bbng. Hidoyat jurnali, 2011 yil 8 son.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"http:\/\/old.muslim.uz\/index.php\/rus\/novosti-2018\/item\/32660-prezident-indonezii-sukarno-polozhil-nachalo-palomnicheskomu-turizmu-mezhdu-nashimi-stranami-posetiv-mogilu-imama-bukhari\">http:\/\/old.muslim.uz\/index.php\u2026<\/a><\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/bestpublication.org\/index.php\/iq\/article\/view\/387&lt;span style='mso-tab-count:1'&gt;\">https:\/\/bestpublication.org\/in\u2026<\/a><\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/islom.uz\/maqola\/11525\">https:\/\/islom.uz\/maqola\/11525<\/a><\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/kh-davron.uz\/ijod\/maqolalar\/xurshid-davron-bu-voqea-olis-1956-yilda-bolib-otgan-edi.html\">https:\/\/kh-davron.uz\/ijod\/maqo\u2026<\/a><\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/oliymahad.uz\/institut-haqida\">https:\/\/oliymahad.uz\/institut-\u2026<\/a><\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/ziyouz.com\/books\/jurnallar\/hidoyat\/Hidoyat%20-%202011_8.pdf\">https:\/\/ziyouz.com\/books\/jurna\u2026<\/a><\/span><\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Sanjarbek DJUMANOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi, tarix fanlari bo\u02bbyicha falsafa doktori (PhD)<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ma\u02bclumki, sovetlar hukmronligi davrida barcha yo\u02bbnalishlar qatori, diniy sohada ham mustamlakachilik siyosati amalga oshirildi. Diniy qadriyatlarimizni taqiqlash, o\u02bbrganishni cheklash, allomalarimiz ilmiy merosini xalqimizdan yashirish va boshqalar shular jumlasidandir. Natijada, buyuk allomalarimizning ko\u02bbplab nodir asarlari yo\u02bbqotildi, muqaddas qadamjolar oyoq osti qilindi, tarixiy binolar, qabristonlar buzib tashlandi. Bunday holat xalqimiz ma\u02bcnaviy hayotida og\u02bbriqli iz qoldirdi. Sovet hukmronligi &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":36386,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>SOV\u0415T HUKMRONLIGI YILLARIDA AMALGA OSHIRILGAN DINGA QARSHI SIYOSAT VA UNING OQIBATLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"SOV\u0415T HUKMRONLIGI DAVRIDA AMALGA OSHIRILGAN DINGA QARSHI SIYOSAT VA UNING OQIBATLARI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36377&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"SOV\u0415T HUKMRONLIGI YILLARIDA AMALGA OSHIRILGAN DINGA QARSHI SIYOSAT VA UNING OQIBATLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"SOV\u0415T HUKMRONLIGI DAVRIDA AMALGA OSHIRILGAN DINGA QARSHI SIYOSAT VA UNING OQIBATLARI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36377&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2024-07-15T10:44:34+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2024-07-19T11:53:48+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/bukhari_buxoriy2024_20.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"440\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"7 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36377&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36377&lang=oz\",\"name\":\"SOV\u0415T HUKMRONLIGI YILLARIDA AMALGA OSHIRILGAN DINGA QARSHI SIYOSAT VA UNING OQIBATLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36377&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36377&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/bukhari_buxoriy2024_20.jpg\",\"datePublished\":\"2024-07-15T10:44:34+00:00\",\"dateModified\":\"2024-07-19T11:53:48+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"SOV\u0415T HUKMRONLIGI DAVRIDA AMALGA OSHIRILGAN DINGA QARSHI SIYOSAT VA UNING OQIBATLARI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36377&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36377&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36377&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/bukhari_buxoriy2024_20.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/bukhari_buxoriy2024_20.jpg\",\"width\":660,\"height\":440},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36377&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"SOV\u0415T HUKMRONLIGI YILLARIDA AMALGA OSHIRILGAN DINGA QARSHI SIYOSAT VA UNING OQIBATLARI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"SOV\u0415T HUKMRONLIGI YILLARIDA AMALGA OSHIRILGAN DINGA QARSHI SIYOSAT VA UNING OQIBATLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"SOV\u0415T HUKMRONLIGI DAVRIDA AMALGA OSHIRILGAN DINGA QARSHI SIYOSAT VA UNING OQIBATLARI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36377&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"SOV\u0415T HUKMRONLIGI YILLARIDA AMALGA OSHIRILGAN DINGA QARSHI SIYOSAT VA UNING OQIBATLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"SOV\u0415T HUKMRONLIGI DAVRIDA AMALGA OSHIRILGAN DINGA QARSHI SIYOSAT VA UNING OQIBATLARI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36377&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2024-07-15T10:44:34+00:00","article_modified_time":"2024-07-19T11:53:48+00:00","og_image":[{"width":660,"height":440,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/bukhari_buxoriy2024_20.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"7 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36377&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36377&lang=oz","name":"SOV\u0415T HUKMRONLIGI YILLARIDA AMALGA OSHIRILGAN DINGA QARSHI SIYOSAT VA UNING OQIBATLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36377&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36377&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/bukhari_buxoriy2024_20.jpg","datePublished":"2024-07-15T10:44:34+00:00","dateModified":"2024-07-19T11:53:48+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"SOV\u0415T HUKMRONLIGI DAVRIDA AMALGA OSHIRILGAN DINGA QARSHI SIYOSAT VA UNING OQIBATLARI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36377&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=36377&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36377&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/bukhari_buxoriy2024_20.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/bukhari_buxoriy2024_20.jpg","width":660,"height":440},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36377&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"SOV\u0415T HUKMRONLIGI YILLARIDA AMALGA OSHIRILGAN DINGA QARSHI SIYOSAT VA UNING OQIBATLARI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/36377"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=36377"}],"version-history":[{"count":5,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/36377\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":36499,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/36377\/revisions\/36499"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/36386"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=36377"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=36377"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=36377"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}