{"id":36306,"date":"2024-07-11T10:29:27","date_gmt":"2024-07-11T05:29:27","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=36306"},"modified":"2024-07-10T11:31:08","modified_gmt":"2024-07-10T06:31:08","slug":"buyuk-faqih-benazir-olim-va-mashhur-mufassir","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36306&lang=oz","title":{"rendered":"BUYUK FAQIH, BENAZIR OLIM VA MASHHUR MUFASSIR"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston qadimdan buyuk mutafakkirlari bilan jahonga mashhurdir. Yurtimizdan yetishib chiqqan olimlar dunyo tamadduniga benazir hissa qo\u02bbshgan. Buning natijasida o\u02bbrta asrlarda uyg\u02bbonish davri, ya\u02bcni Sharq Renessansi vujudga kelgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham 2020-yil 29-dekabr kuni Oliy Majlisga Murojaatnomasida: \u201cBiz o\u02bbz oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug\u02bb maqsadni qo\u02bbygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug\u02bbbeklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta\u02bclim va tarbiyani rivojlantirish, sog\u02bblom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g\u02bboyamizning asosiy ustunlari bo\u02bblib xizmat qilishi lozim\u201d, deb ta\u02bckidladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ko\u02bbhna Sharq, xususan, yurtimiz buyuk mutafakkirlari va allomalari amalga oshirgan ulkan kashfiyotlari tufayli shuhrat qozongan. Ularning ilm va kashfiyotlari, ma\u02bcnaviy va madaniy merosi hozirga qadar o\u02bbz ahamiyatini saqlab qolgan. Ana shunday allomalardan biri Abu Lays Samarqandiydir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mashhur faqih va mutakallim olimning to\u02bbliq ismi \u2013 Abu Lays Nasr ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Ibrohim Samarqandiy bo\u02bblib, u \u201cAbu Lays\u201d kunyasi bilan mashhur bo\u02bblgan. \u201cAbu Lays\u201d, ya\u02bcni sherning otasi [4:741] kunyasi bilan mashhur bo\u02bblishiga sabab sifatida sherdek bahodir, jasur, dovyurak, shijoatli bo\u02bblgani keltiriladi [2:766].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Allomaning tug\u02bbilgan yili aniq emas. Shu bois uning \u201cUyunul masoil\u201d asarini tahqiq qilgan Sayyid Muhammad Muhanniy olimning tavallud sanasi haqida aniq ma\u02bclumot keltirmagan [5:7].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Turkiyada chop etilgan islom ensiklopediyasida ham Abu Lays Samarqandiyning tavallud sanasi keltirilmagan [8:473].\u00a0 Internet saytlarida olimning tug\u02bbilgan yili aniq ko\u02bbrsatilmasdan, faqatgina X asrda tavallud topgani keltiriladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Lekin ayrim tadqiqotchilar Abu Lays Samarqandiyning 298\/911-yili Samarqandda tug\u02bbilib, 375\/985-yil shu yerda vafot etgani, olim umri davomida tafsir, fiqh, usul (din asoslari), aqida, zuhd bo\u02bbyicha ilmiy faoliyat yuritib, ko\u02bbplab asar yozganini qayd etadi [1:6-7].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Boshqa tarixchilar esa u kishi, taxminan, 301\u2013310 hijriy yillar oralig\u02bbida tavallud topganini aytadi. Abu Lays Samarqandiyning tavallud sanasi aniq emasligiga asosiy sabab sifatida o\u02bbsha davrda odamlarning dunyoga kelish sanasini aniq qayd etish urf bo\u02bblmagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Allomaning tug\u02bbilgan sanasi aniq bo\u02bblmagani kabi, vafoti to\u02bbg\u02bbrisida ham ma\u02bclumotlar turlicha. Dovudiy o\u02bbzining \u201cTobaqotul mufassiriyn\u201d asarida Abu Lays Samarqandiy 393 hijriy yilning 11 jumodul avval tunida vafot etgan degan [6:515]. \u201cTabaqotus saniyya fi tarojim al-hanafiyya\u201d asarida esa 383-yilning 3 sanasida deyilgan. \u201cTojut tarojim\u201dda esa 375 hijriy yil qayd etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cJavahirul maziya\u201dda 373-yilning 3 kuni deyilgan. \u201cKashfuz zunun\u201dda Hoji Xalifa Abu Lays 376 yoki 383 yoki 393 hijriy yillarning birida vafot etganini aytadi.. \u201cTarix at-turos al-arobiy\u201dda uning vafoti 373-yil ekani, 375 va 393 degan so\u02bbzlar ham borligi keltiriladi [8:43].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAl-ansob\u201d asari muallifi Abu Said Abdulkarim Sam\u02bco\u00adniy (1113\u20131167) alloma haqida birinchi bo\u02bblib ma\u02bclumot bergan. Uning yozishicha, \u201cAbu Lays Nasr ibn Muhammad ibn Ibrohim Tuziy Abu Hanifa mazhabidagi faqihlardan hisoblangan. Bahs-munozarada mashhur bo\u02bblgan. Samarqandda yashagan va shu yerda vafot etgan. Ustozi Abu Ibrohim Termiziy bo\u02bblib, undan hadis rivoyat qilgan. Shogirdi Muhammad ibn Muhammad ibn Said Samarqandiy Navoiy bo\u02bblgan\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloma hayoti va ilmiy faoliyati haqida ko\u02bbplab olimlar o\u02bbz asarlarida ma\u02bclumot bergan [9:544].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Lays Samarqandiy yozgan asarlar Andalusiyadan Indoneziyagacha keng tarqalib, asrlar davomida mo\u02bbmin-musulmonlarning tafsir, aqida, hadis, fiqh borasidagi ilmining yanada yuksalishiga, eng muhimi, hanafiy mazhabining keng tarqalishiga xizmat qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Lays Samarqandiy dastlabki bilimni otasi Muhammad ibn Ibrohim Tuziydan o\u02bbrganadi. Muhammad ibn Ibrohim Tuziy zamonasining faqih ulamolaridan bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Lays Samarqandiyning barcha ustozlari hanafiy mazhabi ulamolari bo\u02bblib, ko\u02bbpchiligining silsilasi Imomi A\u02bczam No\u02bbmon ibn Sobit Abu Hanifa (699\u2013767), Abu Yusuf (731\u2013798) va Muhammad ibn Hasanga (749\u2013805) borib taqaladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloma ko\u02bbplab asarlar yozgan. Xususan, tafsir borasida \u201cBahrul ulum\u201d (Ilmlar dengizi) nomli uch jildli kitob yozgan. Fiqh borasida \u201cXizonatul fiqh\u201d (Fiqh xazinasi) \u201cUyunul masoil\u201d, (Masalalar sarchashmasi), \u201cMuqaddima Abu Lays fis-solat\u201d, (Namoz muqaddimasi), \u201cAn-navozil fil fatovo\u201d (Fatvolar haqida kitob), \u201cTa\u02bcsis an-nazoir al-fiqhiya\u201d, \u201cAl-Mabsut fi furu\u02bcil fiqh al-hanafiy\u201d, \u201cAn-Navodirul muqayyida\u201d (Fiqhning nozik masalalari haqida), \u201cSharh al-jomi\u02bcul kabir\u201d va \u201cSharh al-jome\u02bcus sag\u02bbir\u201d. (Muhammad ibn al-Hasan ash-Shayboniy kitoblariga sharh yozgan), \u201cMuqaddima fi bayoni al-kaboir vas-sag\u02bboir\u201d, \u201cFatovo Abu Lays\u201d kabi asarlarni yozgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Aqoid borasida ham \u201cKitob muxtalif ar-rivoya\u201d (Turli rivoyatlar haqida kitob), \u201cKitob bayon aqoid al-usul\u201d (Din asoslari qoidalari bayoni kitobi), \u201cKitob asror al-vahiy\u201d (Vahiy sirlari kitobi) kabi asarlarni ta\u02bclif etgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Olimning 30 ga yaqin asari bizgacha yetib kelgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yuqorida keltirilgan ma\u02bclumotlardan ma\u02bclum bo\u02bbladiki, Abu Lays Samarqandiy tafsir, hadis, aqida, tibbiyot, falsafa va tarix sohalaridan ko\u02bbra ko\u02bbproq islom huquqshunosligiga oid asarlar yozgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Allomaning fiqhga oid 11 ta asari bor. Shu bois Abu Lays Samarqandiy nomiga \u201cAl-faqih\u201d, ya\u02bcni tengi yo\u02bbq faqih laqabi qo\u02bbshib aytiladi. Laqabdagi \u201cal\u201d artikli uning fiqh borasida zamondoshlaridan hech kim tenglasha olmaydigan darajaga erishganiga dalolat qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Lays Samarqandiyning biz o\u02bbrganayotgan \u201cUyun al-masoil\u201d asari islom huquqshunosligida hanafiy mazhabi asosida yozilgan muhim manba bo\u02bblib, 230 sahifadan iborat. Asarda islom shariatining asosiy arkonlari, hukmlar, qoidalar, muomalalar bayon etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Barcha fiqh kitoblarida bo\u02bblgani kabi alloma Abu Lays Samarqanday ham \u201cUyunul masoil\u201d asarini tahorat bobi bilan boshlab, namoz, ro\u02bbza, zakot, haj, nikoh, taloq, savdo, qasam, kafforat va muomalalar boblarini ham keltiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu asarning ahamiyati shundaki, unda islom huquqshunosligiga oid mavzular aniq, lo\u02bbnda va tushunarli tarzda keltirilgan. Shu bilan birga, asarda har bir mavzu bo\u02bbyicha Movarounnahrga xos fatvolar ham bayon etilgan. Bu esa, asarning qiymatini yanada oshirgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ayni paytda ushbu asar o\u02bbzbek tiliga tarjima qilinmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cUyunul masoil\u201d asari o\u02bbzbek tiliga tarjima qilingach, O\u02bbzbekiston musulmonlari idorasi tizimidagi o\u02bbrta maxsus islom ta\u02bclim muassasalari o\u02bbquvchilari uchun muhim qo\u02bbllanma va darslik bo\u02bblishi mumkin.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>Foydalanilgan adabiyotlar:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abdullayev A. Abu Lays Samarqandiy. \u2013 T.: TIU, 2011. \u2013 B.6-7.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">An-Na\u02bcym. \u2013T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2003, \u2013B.766.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Zirikliy X. Al-a\u02bclom. J. 8. \u2013 Bayrut: Dorul-ilm li-l-malayin, 2002. \u2013 B.27.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ma\u02bcluf L. Al-Munjid fil lug\u02bba. \u2013 Bayrut: Dorul mashriq, 1986. \u2013 B.741.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Samarqandiy Abu Lays. Uyunul masoil. \u2013 Bayrut: Dorul kutubil ilmiya, 1998. \u2013 B.7.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Sam\u02bconiy A. Al-ansob. \u2013 Bayrut. Doru-l-fikr, 1998. \u2013 B.515.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Uvatov U. O\u02bbzbekiston \u2013 buyuk allomalar yurti \/ Abul Lays Samarqandiy. \u2013 T.: Ma\u02bcnaviyat, 2010 \u2013 B.79-80.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Xalifa H. Kashf az-zunun. An asom al-kutub va al-funun: \u2013 Istanbul: 1360-62\/1941-43.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Qurashiy A. Al-Javahir al-maziyya fi tobaqot al-hanafiyya. \u2013 Hindiston: Dairot al-maorif an-nizomiya. J. 3. \u2013B.544.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u0130slam ansiklopedisi. \u2013 \u0130stanbul: 1988. Cilt 36. \u2013S.473.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Sezgin F. GAS, I. \u2013S.445\u2013450.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">https:\/\/uza.uz\/uz\/posts\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat- mirziyoevning-oliy-mazhlisga- murozhaatnomasi_198650.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">https:\/\/ru.wikipedia.org\/wiki.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">https:\/\/ar.wikipedia.org\/wiki.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">TOLIBJON NIZOMOV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzXIA tayanch doktoranti<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u02bbzbekiston qadimdan buyuk mutafakkirlari bilan jahonga mashhurdir. Yurtimizdan yetishib chiqqan olimlar dunyo tamadduniga benazir hissa qo\u02bbshgan. Buning natijasida o\u02bbrta asrlarda uyg\u02bbonish davri, ya\u02bcni Sharq Renessansi vujudga kelgan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham 2020-yil 29-dekabr kuni Oliy Majlisga Murojaatnomasida: \u201cBiz o\u02bbz oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug\u02bb maqsadni qo\u02bbygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":36307,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[650],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>BUYUK FAQIH, BENAZIR OLIM VA MASHHUR MUFASSIR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"BUYUK FAQIH, BENAZIR OLIM VA MASHHUR MUFASSIR\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36306&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"BUYUK FAQIH, BENAZIR OLIM VA MASHHUR MUFASSIR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"BUYUK FAQIH, BENAZIR OLIM VA MASHHUR MUFASSIR\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36306&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2024-07-11T05:29:27+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2024-07-10T06:31:08+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/Layss.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"440\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"5 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36306&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36306&lang=oz\",\"name\":\"BUYUK FAQIH, BENAZIR OLIM VA MASHHUR MUFASSIR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36306&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36306&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/Layss.jpg\",\"datePublished\":\"2024-07-11T05:29:27+00:00\",\"dateModified\":\"2024-07-10T06:31:08+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"BUYUK FAQIH, BENAZIR OLIM VA MASHHUR MUFASSIR\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36306&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36306&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36306&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/Layss.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/Layss.jpg\",\"width\":660,\"height\":440},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36306&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"BUYUK FAQIH, BENAZIR OLIM VA MASHHUR MUFASSIR\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"BUYUK FAQIH, BENAZIR OLIM VA MASHHUR MUFASSIR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"BUYUK FAQIH, BENAZIR OLIM VA MASHHUR MUFASSIR","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36306&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"BUYUK FAQIH, BENAZIR OLIM VA MASHHUR MUFASSIR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"BUYUK FAQIH, BENAZIR OLIM VA MASHHUR MUFASSIR","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36306&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2024-07-11T05:29:27+00:00","article_modified_time":"2024-07-10T06:31:08+00:00","og_image":[{"width":660,"height":440,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/Layss.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"5 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36306&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36306&lang=oz","name":"BUYUK FAQIH, BENAZIR OLIM VA MASHHUR MUFASSIR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36306&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36306&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/Layss.jpg","datePublished":"2024-07-11T05:29:27+00:00","dateModified":"2024-07-10T06:31:08+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"BUYUK FAQIH, BENAZIR OLIM VA MASHHUR MUFASSIR","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36306&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=36306&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36306&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/Layss.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/Layss.jpg","width":660,"height":440},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36306&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"BUYUK FAQIH, BENAZIR OLIM VA MASHHUR MUFASSIR"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/36306"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=36306"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/36306\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":36308,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/36306\/revisions\/36308"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/36307"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=36306"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=36306"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=36306"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}