{"id":36157,"date":"2024-07-03T10:38:54","date_gmt":"2024-07-03T05:38:54","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=36157"},"modified":"2024-07-03T10:38:54","modified_gmt":"2024-07-03T05:38:54","slug":"mavlaviy-cho%ca%bbbin-qismati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36157&lang=oz","title":{"rendered":"MAVLAVIY CHO\u02bbBIN QISMATI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jahonda qaysi mamlakatda intellektual salohiyatli insonlar, ya\u02bcni daholar ko\u02bbp bo\u02bblsa, shu mamlakat boshqalarga nisbatan yuksalib boradi. Kishilik tarixida har bir zamon va jamiyat salohiyati va ravnaqi uning ilmga munosabati bilan o\u02bblchanadi. Musulmon dunyosi ham ilm ma\u02bcrifatga intilgan davrlarda martaba va maqomi baland bo\u02bblgan. Aksincha, ilm-fandan yuz o\u02bbgirganida qo\u02bbllaridan nusrat, saltanat, savlat ketgan, xo\u02bbrlangan va xorlangan [1:69].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tarixda aynan johillar qo\u02bblida halok bo\u02bblgan allomalardan biri Mavlaviy Cho\u02bbbindir. Qo\u02bbqon xonligining mashhur Zodiyon\u00a0 qishlog\u02bbida tavallud topgan va tarixda Mavlaviy Cho\u02bbbin nomi bilan mashhur bo\u02bblgan mutafakkir Mullo Asrorqul To\u02bbychi mirzo o\u02bbg\u02bbli \u2013 Xudoyorxonning uchinchi xonligi davrida (1865\u201375) Qo\u02bbqonda yashagan. U 1875-yili olomonni o\u02bbrda talon-torojidan to\u02bbxtatmoqchi bo\u02bblganda o\u02bbldirilgan. Bu haqda\u00a0 manbalarda quyidagi ma\u02bclumotlar uchraydi: \u201cXo\u02bbqanddagi maqbuli omma, ustozi ulamoi Xo\u02bbqand bo\u02bblgan Mavlavi Chubin domulloni noinsof fuqarolar bosib borib, xo\u02bbb kaltaklab o\u02bbldirib qo\u02bbydilar\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muarrix Mirza Olim\u00a0 Mushrifning \u201cAnsob\u00a0 us-salotin\u00a0 va tavorix al-xavoqin\u201d asarida ham johil olomonning 1875-yilda Qo\u02bbqonga\u00a0 bosqin qilgani va Mavlaviy Cho\u02bbbinni halok qilgani haqidagi ma\u02bclumot bor. Mushrif o\u02bbz asarida ushbu voqealar haqida quyidagi misralarni keltiradi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0<\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nechani qatl ayladilar, xazinani toroj etib,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rustoyi shahr xalqig\u02bba vabo bo\u02bbldi, darig\u02bb.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mavlaviy Chubin bila ul Abdumo\u02bbmin rishni<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qatl qildilar, hama kori qazo bo\u02bbldi, darig\u02bb.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Masjidi jomeda jam\u02bc o\u02bbldi jami xosu om,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Chui hujumi guftugo\u02bbyi mojaro bo\u02bbldi, darig\u02bb [2:103].<\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mavlaviy Cho\u02bbbin to\u02bbg\u02bbrisida Po\u02bblotjon Domulla Qayyumovning fikri diqqatga sazovordir:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cCho\u02bbbin \u2013 bu kishining nomi Mullo Asrorqul bo\u02bblub, To\u02bbychi Mirzo nomli kishining o\u02bbg\u02bblidur. Qo\u02bbqon shahrining sharqi janubiy tomonida bo\u02bblmish Zohidonlidur. She\u02bcrda ham ixtisosi bo\u02bblmish esa-da, biror narsasini ko\u02bbrushga muyassar bo\u02bblolmadik. Otasi ham qishloq ziyolilaridan bo\u02bblub, xon saroyida munshilik mansabida bo\u02bblmishdur. Chunki mirzo unvoniga egadur. Mulla Asrorqul qishloq maktabida xat savod chiqarib olgach, shaharga kelib, Madrasai Muhammad Alida tahsil etmish. So\u02bbnra Hindistonga borib, riyoziyot va ilmi hay\u02bcat fanlaridan o\u02bbqub, bu ilmlardan bahramand bo\u02bblub qaytib keladur. Boshda bu olimni yaxshi qabul etsalar ham diniy ta\u02bcqibli ulamo va shayxlar unga qarshi edilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ilmi hay\u02bcatda O\u02bbrdadagi Arkda bo\u02bblmish Salomxona maydoniga yog\u02bbochdan yasab doirai hindiya bino\u00a0 etadur \u2013 ya\u02bcni soyadan vaqtni o\u02bblchash soati yasaydur. Xonga maqbul bo\u02bblub, olimga siporiy aytib qarshi chiquvchilardan himoya etadur. Madrasai jome\u02bcga birinchi mudarris Ulug\u02bbxon to\u02bbraga noib etib qo\u02bbyiladur. Bu kishi xondan ko\u02bbmak olib, shul doirai hindiya masjidi jome\u02bcga ham yasaydur. O\u02bbz zamonasining ruhi, saviyasiga to\u02bbg\u02bbri kelmagan hay\u02bcat fani ustida shug\u02bbli ziyoda bo\u02bblganidan mutaassib ruhoniy olimlar to\u02bbg\u02bbridan to\u02bbg\u02bbri kufr fatvosigacha boradilar. Lekin xondan qo\u02bbrqub, yashirin ig\u02bbvo fasodga vaqt poylab turadurlar.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1875 nchi yil yoz oylarinda Xudoyor Toshkandga qochib ketadur. O\u02bbg\u02bbli Nasriddin hali Ho\u02bbqandga yetib kelmagan edi. Xudoyorga qarshi ko\u02bbturilgan\u00a0 qo\u02bbzg\u02bbolonchilardanmiz, deb bo\u02bbsh holda qolgan shaharni va O\u02bbrdani talashga uringan Bachqirli olomon Jome\u02bcga kelib, kimnidur ovoz chiqarib, ochiq qichqirib, Jome\u02bcga kirib shariatga sig\u02bbmaydurgan soatni buzishga targ\u02bbib etadur. Boshqa olimlar yo\u02bbl qo\u02bbyib beradilar. Soat buziladur. Bu bilan qanoatlanmay Jome\u02bc ayvonining o\u02bbng tomonidagi hujraga qarab alomon yugurib borishib, hujradan Mulla Asrorqul domulloni sudrab olib chiqib ayvon oldida urib o\u02bbldiradurlar. Xalqqa xitoban ovoz chiqarib Mavlaviy Chubinni himoya qilg\u02bbon Domulla Ho\u02bbjamqul degan Mavlaviyning do\u02bbstini ham axtara boshlaydilar. Hovlisiga kelib qochib yotgan begunoh kishining ham uyiga bostirib kirishib obrez oldida shahid etadurlar. O\u02bbrdaga undan Arkka chiqib talab qaytib ketadurlar. So\u02bbnra o\u02bbz\u00a0 shogirdi Mulla Ismoil tomonidan Zohidonga jasadi olib borilib, o\u02bbz yeriga dafn etiladur. Atrofiga gul ekib qo\u02bbyuladur. Hozir shu joy Gulmozor deb\u00a0 yuritiladur.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cDoirai Hindiya\u201d yog\u02bbochdan yasalganidan (va) bu(ni) olim Hindistondan o\u02bbrganganidan bu kishini Mavlaviy Cho\u02bbbin deb atagan edilar. Har holda bu kishi Xo\u02bbqandli hay\u02bcatshunoslardan bo\u02bblub, Ahmad Donishga barobar munavvar hur fikr olimlardan bo\u02bblub shul yo\u02bblda shahid etilmishdur.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1908-yilda Zohidonda bo\u02bblganimda Muhammad Amin\u00a0 qozi nomli mulla kishiga uchrashib edim. Bu kishi Mavlaviy Cho\u02bbbinning o\u02bbg\u02bbli ekani ma\u02bclum bo\u02bblub edi\u201d [3:307-309].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Vaqfnomalarda bayon qilinishicha, Mavlaviy Cho\u02bbbinning otasi To\u02bbychi mirzo Zodiyonda masjid bino qilgan. Keyinchalik bu masjidga Mullo Asrorqul Oxund, ya\u02bcni Mavlaviy Chubin mutavalli bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ma\u02bclumotlarga ko\u02bbra, To\u02bbychi mirzoning Asrorqul Oxunddan bo\u02bblak Toshmuhammad ismli o\u02bbg\u02bbli ham bo\u02bblib, qishloqda yuqumli kasallik tarqalgan vaqtda vafot etgan. Mullo Asrorqul Oxund keyinchalik Zodiyonning Ro\u02bbzibiy va Ahmad qozi mahallalaridan yer sotib olib, shu joylarda masjidlar qurdirgan va o\u02bbz mulkini vaqf qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Vaqf hujjatlaridagi ma\u02bclumotlarga ko\u02bbra, Mullo Asrorqul Oxund, ya\u02bcni Mavlaviy Chubin Zodiyoning Tovushqon degan mavzesidagi qabristonga dahma qurdirgan. Ushbu dahma hamda qabriston uchun alohida vaqf belgilab, o\u02bbg\u02bbli Abdulatifni mazkur vaqflarga mutavalli etib tayinlagan. Bunday vaqf hujjatlarining birida uning Ulug\u02bbbibi ismli qizi ham bo\u02bblgani qayd etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Zodiyon masjidining vaqfnomasi<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Vaqfnoma Qo\u02bbqon qog\u02bboziga ko\u02bbchirilgan bo\u02bblib, hajmi\u00a0 24&#215;44 sm.\u00a0 8 ta muhr bosilgan. Vaqfnomaning qisqacha mazmuni quyidagicha.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xo\u02bbqand dorulmulkiga qarashli Zodiyon qishlog\u02bbida joylashgan masjidi hududining bayoni. G\u02bbarb tomondan Yunus so\u02bbfi Niyozqul so\u02bbfi o\u02bbg\u02bblining mulkiga tutashgan. Shimol tomondan katta yo\u02bblga tutashgan. Sharqdan xuddi shimol tomon kabi. Janub tomondan Ro\u02bbzixon bibi mulkiga tutashgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur qishloqda joylashgan bir qit\u02bca yer maydonining bayoni. G\u02bbarbdan katta ariq bo\u02bbyiga tutashgan. Shimol tomondan qisman Bobo Qirg\u02bbiz mulkiga va qisman Mavlonqul polvon mulkiga tutashgan. Sharqdan ham uning mulkiga tutashgan. Janub tomondan katta yo\u02bblga tutashgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tarix 1266 (milodiy 1849) yili Oxund Mullo Asrorqul mudarris\u00a0 To\u02bbychi mirzo marhum o\u02bbg\u02bbli iqrori mo\u02bbtabari sha\u02bcriy qildi shul haqdakim, uning marhum akasi Toshmuhammad o\u02bblat chog\u02bbida og\u02bbir betob bo\u02bblgani bois barcha ishini uning zimmasiga yuklatgan edi. Shu sababdan 20 tillo xo\u02bbqandiyga vaqfnomada ko\u02bbrsatilgan yerni sotib olib, masjidga vaqf qilishni shart qilgan edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Vaqf qilguvchining shartiga ko\u02bbra, vaqfning mutavallisi ushbu masjidning imomi tayin etilib, vaqf qilingan yerdan olinadigan hosildan avvalo masjidni ta\u02bcmir ishlariga va uni yoritish uchun sarflanishi va hosildan qolgan (qismi) masjidning imomiga ajratilishi belgilab qo\u02bbyildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Vaqfnomaga muhr bosganlar:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Domla Rahimjon qozi kalon. 1259, muftiy Abdullohxo\u02bbja ibn\u00a0 Xo\u02bbjaxon. 1257, qozi Muhammad Ya\u02bcqub, Mirzo Nosir qozi. 1262, muftiy Abduma\u02bcri, muftiy Mirzo Shoh Sami\u02bc. 1263, Ya\u02bcqub a\u02bclam, Mirzo Abduhoshim a\u02bclam [4].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Zodiyondondagi To\u02bbychi Mirzo <\/strong><\/span><strong style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">masjidining vaqfnomasi<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Vaqfnoma Qo\u02bbqon qog\u02bboziga ko\u02bbchirilgan bo\u02bblib, hajmi 31&#215;40 sm. 9 ta muhr bosilgan. Vaqfnomaning qisqacha mazmuni quyidagicha.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xo\u02bbqand dorulmulkiga qarashli Zodiyon qishlog\u02bbida joylashgan masjid hududining bayoni. G\u02bbarb tomondan katta yo\u02bblga tutashgan. Shimol tomondan xuddi g\u02bbarb tomondagi kabidek. Janub tomondan qisman Boboxon va qisman Adham Abdurahmon so\u02bbfi o\u02bbg\u02bblining mulkiga tutashgan. Sharq tomondan qisman Mir Mirakning mulkiga va qisman Mavlonqulning mulkiga tutashgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur qishloqda ushbu masjidga vaqf qilingan taxminan sakkiz qo\u02bbshdan iborat yer hududining bayoni. G\u02bbarb tomondan zovurga tutashgan. Shimol tomondan qisman Bobo Qirg\u02bbiz va qisman Mavlaviy To\u02bbychi mirzo o\u02bbg\u02bblining mulkiga tutashgan. Sharq tomondan Zodiyondangi Karimberdi Mirshikor tomonidan barpo qilingan boshqa masjidning vaqf yeriga tutashgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tarix 1266-yili safar oyi (milodiy 1850-yilning dekabri)da Oxund Domulla Asrorqul mudarris To\u02bbychi mirzo marhum o\u02bbg\u02bbli o\u02bbz tassarufidagi mulkini mazkur masjidga vaqf qilganligini iqrori sarih sahih mo\u02bbtabari sha\u02bcriy qildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Vaqf qilguvchilarning shartiga vaqf mutavallisi etib Mavlaviy Asrorqul mudarrisning o\u02bbzi bo\u02bblib, undan keyin uning avlodlaridan munosibirog\u02bbi tayin etilishini va vaqf qilingan yerdan olinadigan hosilning o\u02bbndan bir qismi mutavalliga va qolgan qismi masjidni ta\u02bcmir ishlariga va uni yoritish uchun va yana bir qismi masjidning imomigakim, agar imom solih kishi bo\u02bblib bolalarga ta\u02bclim bergudek bo\u02bblsa sarflanishi belgilab qo\u02bbyildi. Imom bu shartga loyiq bo\u02bblmasa, u holda mutavalli mablag\u02bbni boshqa imom kelgunga qadar saqlashi ham shart qilindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Vaqfnomaga muhr bosganlar:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mullo Rahimjon qozikalon. 1257, Abdullohxo\u02bbja muftiy. 1257, Muhammad Ya\u02bcqub qozi, Mirzo Nazar qozi. 1262, Mirzo Shosaid muftiy. 1263, Mullo Sami\u02bc muftiy, Xush Odil a\u02bclam. 1261, Mir Abduxoliq a\u02bclam, muftiy Abduma\u02bcri [5].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Zodiyon masjidi vaqfnomasi<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Vaqfnoma Qo\u02bbqon qog\u02bboziga ko\u02bbchirilgan bo\u02bblib, hajmi 26&#215;40 sm. 2 ta muhr bosilgan. Vaqfnomaning qisqacha mazmuni quyidagicha.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xo\u02bbqand dorulmulkiga qarashli Zodiyon qishlog\u02bbi Ro\u02bbzibiy mahallasida joylashgan bir hovli hududining bayoni. G\u02bbarb tomondan Muhammadrasul so\u02bbfining mulkiga tutashgan. Shimol tomondan Xoliqqul Jonbo\u02bbta o\u02bbg\u02bblining mulkiga tutashgan. Sharqdan mazkur vasiqani sotuvchi Muhammadolim\u00a0 Ahmad qozi o\u02bbg\u02bblining mulkiga tutashgan. Janub tomondan katta yo\u02bblga tutashgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tarix 1281-yilning zulhijja oyi (milodiy 1866-yilning apreli)da mazkur Muhammadolim o\u02bbzini yuqorida bayon etilgan hovlisini masjid mutavallisi Mavlaviy Asrorqul mudarris To\u02bbychi mirzo marhum o\u02bbg\u02bblining ishonchli vakili Muhammadrahim Xudoyberdi o\u02bbg\u02bbliga 28 tilloga sotganligini iqrori sarih sahih mo\u02bbtabari sha\u02bcriy qildi. Mazkur Muhammadrahim ushbu hovlini masjidning vaqf puliga sotib oldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Zodiyoda joylashgan mazkur masjid hududining bayoni. G\u02bbarb tomondan katta yo\u02bblga tutashgan.\u00a0 Shimoldan ham shunday. Sharq tomondan\u00a0 Mavlon so\u02bbfi Mullo Xudoyor o\u02bbg\u02bblining mulkiga tutashgan. Janub tomondan qisman Abdurahim Abdurahmon o\u02bbg\u02bblining ekinsiz yeriga va qisman Boboxon Abdurahmon o\u02bbg\u02bblining mulkiga tutashgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Vaqfnomaga muhr bosganlar:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qozi Mulla Vose\u02bc ibn Domulla Muhammadrahim al-Mutavakkil a\u02bclo Abu Muhibulloh al-Qadim 1273 (1857).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad Zakariyo a\u02bclam ibn Domullo Emin. 1274. (milodiy 1858).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Vaqfnomada ishtirok etgan ahli majlis:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mullo Ya\u02bcqubbiy, Mullo Muhammadamin, Abduvali pahlavon, Xoliqqul oqsoqol, Boboxon, Tosh oqsoqol, Botirboy, Muhammadrahim, Sulaymon mergan, Niyozaliboy, Asrorboy, Qobilboy va boshqa ahli muslimlar [6].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Ahmad qozi mahallasidagi Asrorqul Oxund <\/strong><\/span><strong style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mavlaviy masjidining vaqfnomasi<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Vaqfnoma Qo\u02bbqon qog\u02bboziga ko\u02bbchirilgan bo\u02bblib, hajmi\u00a0 33&#215;34 sm. 2 ta muhr bosilgan. Vaqfnomaning qisqacha mazmuni quyidagicha.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xo\u02bbqand dorulmulkiga qarashli Zodiyon qishlog\u02bbi Ahmad qozi mahallasida joylashgan Asrorqul Oxund Mavlaviy To\u02bbychi mirzo o\u02bbg\u02bbli tomonidan barpo qilingan masjid hududining bayoni. G\u02bbarbdan qisman katta yo\u02bblga va qisman Sultonqul Boboxonboy o\u02bbg\u02bblining mulkiga tutashgan. Janubdan qisman Sultonqul mulkiga va qisman xos yo\u02bblga va qisman Asrorboy Bekbo\u02bbtaboy o\u02bbg\u02bblining mulkiga tutashgan. Sharq tomondan qisman Asrorqul Esonqul o\u02bbg\u02bblining mulkiga va qisman Usta Mavlon mulkiga tutashgan. Shimoldan Usta Mavlonning ekinsiz yeriga va qisman katta yo\u02bblga tutashgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur qishloqda joylashgan yana bir qit\u02bca yer maydonining bayoni. G\u02bbarbdan katta yo\u02bblga tutashgan. Janubdan xuddi g\u02bbarb tomondagi kabi.\u00a0 Sharqdan Mavlon so\u02bbfi Qo\u02bbrchi so\u02bbfi o\u02bbg\u02bblining mulkiga tutashgan. Shimoldan Abduvali polvon Ahmad qozi o\u02bbg\u02bblining mulkiga tutashgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tarix 1297-yili jumodil soniy oyi (milodiy 1879-yilning mayi)da Boboqulboy Muhammadamin polvon o\u02bbg\u02bbli va Muhammad Sodiq Roziq o\u02bbg\u02bbli vaqfnomaning ikkinchi bandida ko\u02bbrsatilgan o\u02bbz tasarrufidagi mulklarini yuqorida bayon etilgan masjidga vaqf qilganligini iqrori mo\u02bbtabari sha\u02bcriy qildilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Vaqf qilguvchilar shartiga ko\u02bbra, vaqfni mutavallisi mazkur masjidning mutavallisi (sifatida) tayin etilib, vaqf qilingan yerdan olinadigan hosildan avvalo masjidni ta\u02bcmir ishlariga va uni yoritish uchun sarflanishi va hosildan qolgan qismini masjidni imomi va muazziniga hamda bir qismi mutavalliga ajratilishi belgilab qo\u02bbyildi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Vaqfnomaga muhr bosganlar:<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qozi Shamsiddinxo\u02bbja ibn Doniyolxo\u02bbja al-Mutvakkil a\u02bclo Abu Muhibulloh al-Qadim 1297.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">A\u02bclam Mullo Faxriddinxo\u02bbja ibn Domulla Doniyolxo\u02bbja Marhum. 1297.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Vaqfnomada ishtirok etgan ahli majlis:<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asrorboy, Mullo Oxundjon, Nurmuhammad A\u02bczam, Abdulqodir Amin, Muhammadrahimboy va boshqa ahli muslimlar [7].<\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Asrorqul Oxund Mavlaviy vaqfnomasi<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Vaqfnoma Qo\u02bbqon qog\u02bboziga ko\u02bbchirilgan bo\u02bblib, hajmi\u00a0 29&#215;34 sm.\u00a0 2 ta muhr bosilgan. Vaqfnomaning qisqacha mazmuni quyidagicha.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Zodiyon qishlog\u02bbidagi Chimboy mahallasida joylashgan Toqushqon arig\u02bbidan sug\u02bboriladigan bir qit\u02bca yer hududining bayoni. G\u02bbarb tomondan Qodirqul Aliyor o\u02bbg\u02bblining mulkiga tutashgan. Janub tomondan Fayziboyning ekinsiz yeriga tutashgan. Sharq tomondan qisman Ulug\u02bb bibi mazkur yerni vaqf qilguvchi qizining mulkiga va qisman Qodirqulning mulkiga tutashgan. Shimol tomondan qisman yana o\u02bbsha Qodirqulning mulkiga va qisman mazkur Ulug\u02bbbibi va\u00a0 qisman\u00a0 Pirimqul polvonning mulkiga tutashgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tarix 1288-yili jumodil soniy oyi (milodiy 1871-yilning avgusti)da Eshon Mavlaviy nomi bilan mashhur bo\u02bblgan Domulla Asrorqul Oxund tani sihatligida va aqli rasoligida yuqorida bayon qilingan o\u02bbz tassarufidagi mulkini o\u02bbzi bino qilgan dahma va Tovushqondagi qabriston uchun vaqf qilganligini iqrori sari sahi mo\u02bbtabari sha\u02bcriy qilgan edi. Mazkur vaqfnomaga o\u02bbg\u02bbli Abdulatif maxzumni mutavalli etib, Qozi Eshon Abdulvahobxo\u02bbja qozikalon muhri bilan tasdiqlatgan edi. Vaqf qilguvchining shartiga ko\u02bbra, vaqf daromadi 48 qismga bo\u02bblinib, barchasi belgilangan tartibda sarflanishi lozim edi. Chunonchi har juma dahmaga kelguvchilarga taom tayyorlanishi va dahmada o\u02bbqilgan Qur\u02bconi karimdan hosil bo\u02bblgan savobini vaqf qilguvchi va mazkur qabristondan dafn qilingan ahli muslimlarning ruhiga baxshida qilinmog\u02bbi shart edi. Ammo mazkur vaqfnoma notinch zamonlar vaqtida yo\u02bbqolganligi sababli tarix 1301 (milodiy 1883) yili muharram oyida vaqfnoma qaytadan yozildi va tasdiqlandi. Vaqfnoma muhr bosguvchilar:<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qozi Muhammad Yusuf bin Abdulroziq lafzal Asadulloh Voyiq. 1297 (milodiy 1879).<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muftiy Mullo Bobi bin Mullo Muhammadg\u02bbozi. 1301.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Vaqfnomada ishtirok etgan ahli majlis:<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mullo Abdulkarim, Mullo Subhonqul, Mavlonboy, Sulaymonqul polvon, Mullo Ahrorqul va boshqa ahli muslimlar [8].<\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">XVIII asrda yashagan fransuz faylasufi Pol-Anri Golbax \u201cBolaligidanoq o\u02bbzining noto\u02bbg\u02bbri fikri izmida bo\u02bblgan, mutaassiblikka mukkasidan ketgan odamlar ko\u02bbzidagi jaholat pardasini saqlab qolishni muhim hisoblaydi va ularning ko\u02bbzini ochishga uringan kishilar bilan kurashadi. Agar zulmatga o\u02bbrganib qolgan ko\u02bbzlari bir lahza yorug\u02bblikni ko\u02bbrgudek bo\u02bblsa, bundan azob chekadi va g\u02bbazab bilan mash\u02bcal tutgan kishilarga tashlanadi\u201d, degan edi. Chindan ham uning so\u02bbzlari naqadar to\u02bbg\u02bbri ekanini Mavlaviy Cho\u02bbbinning ayanchli qismatida ko\u02bbrish mumkin. Binobarin o\u02bbz davrining peshqadam allomasi ilmsiz johil kimsalar qurboni sifatida tarixda qoldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>Foydalanilgan adabiyotlar:<\/strong><\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ahmad Muhammad Tursun. Tarozining ikki pallasi. \u2013 Toshkent: Sharq, 2019.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Mirzaolim Mushrif. Ansob us-salotin va tavorix al-xavoqin. \u2013 Toshkent: G\u02bbafur G\u02bbulom, 1995.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Po\u02bblotjon Domulla Qayyumov. Tazkirai Qayyumiy. Ikkinchi kitob. \u2013 Toshkent., 1998.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">O\u02bbzR.MDA, I-19-f. Farg\u02bbona viloyat boshqarmasi. 1-r. 34602-ish. 23-varaq.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">O\u02bbzR.MDA, I-19-f. Farg\u02bbona viloyat boshqarmasi. 1-r. 34602-ish. 47-varaq.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">O\u02bbzR.MDA, I-19-f. Farg\u02bbona viloyat boshqarmasi. 1-r. 34602-ish. 49-varaq.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">O\u02bbzR.MDA, I-19-f. Farg\u02bbona viloyat boshqarmasi. 1-r. 34602-ish. 52-varaq.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">O\u02bbzR.MDA, I-19-f. Farg\u02bbona viloyat boshqarmasi. 1-r. 34602-ish. 55-varaq.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">NODIRJON ABDULAHATOV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">tarix fanlari doktori,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Farg\u02bbona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o\u02bbrgatish markazining professori<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jahonda qaysi mamlakatda intellektual salohiyatli insonlar, ya\u02bcni daholar ko\u02bbp bo\u02bblsa, shu mamlakat boshqalarga nisbatan yuksalib boradi. Kishilik tarixida har bir zamon va jamiyat salohiyati va ravnaqi uning ilmga munosabati bilan o\u02bblchanadi. Musulmon dunyosi ham ilm ma\u02bcrifatga intilgan davrlarda martaba va maqomi baland bo\u02bblgan. Aksincha, ilm-fandan yuz o\u02bbgirganida qo\u02bbllaridan nusrat, saltanat, savlat ketgan, xo\u02bbrlangan va xorlangan &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":36158,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>MAVLAVIY CHO\u02bbBIN QISMATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"MAVLAVIY CHO\u02bbBIN QISMATI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36157&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"MAVLAVIY CHO\u02bbBIN QISMATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"MAVLAVIY CHO\u02bbBIN QISMATI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36157&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2024-07-03T05:38:54+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/chubin.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"439\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"9 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36157&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36157&lang=oz\",\"name\":\"MAVLAVIY CHO\u02bbBIN QISMATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36157&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36157&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/chubin.jpg\",\"datePublished\":\"2024-07-03T05:38:54+00:00\",\"dateModified\":\"2024-07-03T05:38:54+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"MAVLAVIY CHO\u02bbBIN QISMATI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36157&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36157&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36157&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/chubin.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/chubin.jpg\",\"width\":660,\"height\":439},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36157&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"MAVLAVIY CHO\u02bbBIN QISMATI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"MAVLAVIY CHO\u02bbBIN QISMATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"MAVLAVIY CHO\u02bbBIN QISMATI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36157&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"MAVLAVIY CHO\u02bbBIN QISMATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"MAVLAVIY CHO\u02bbBIN QISMATI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36157&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2024-07-03T05:38:54+00:00","og_image":[{"width":660,"height":439,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/chubin.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"9 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36157&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36157&lang=oz","name":"MAVLAVIY CHO\u02bbBIN QISMATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36157&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36157&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/chubin.jpg","datePublished":"2024-07-03T05:38:54+00:00","dateModified":"2024-07-03T05:38:54+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"MAVLAVIY CHO\u02bbBIN QISMATI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36157&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=36157&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36157&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/chubin.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/chubin.jpg","width":660,"height":439},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36157&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"MAVLAVIY CHO\u02bbBIN QISMATI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/36157"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=36157"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/36157\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":36159,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/36157\/revisions\/36159"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/36158"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=36157"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=36157"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=36157"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}