{"id":36112,"date":"2024-07-02T09:59:01","date_gmt":"2024-07-02T04:59:01","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=36112"},"modified":"2024-07-02T09:59:01","modified_gmt":"2024-07-02T04:59:01","slug":"mashrab-she%ca%bcriyatida-alloh-taolo-va-qur%ca%bconi-karimda-zikr-etilgan-payg%ca%bbambarlar-tavsifi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36112&lang=oz","title":{"rendered":"MASHRAB SHE\u02bcRIYATIDA ALLOH TAOLO VA QUR\u02bcONI KARIMDA ZIKR ETILGAN PAYG\u02bbAMBARLAR TAVSIFI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh (arabcha \u201cal-Iloh\u201d \u2013 Ilohiy\u00a0 kuch, turkiy xalqlarda, xususan, o\u02bbzbeklarda-Tangri, fors-tojik tilida Xudo, Yazid), Alloh-islom dinida butun mavjudotni yaratgan oliy Ilohiy kuch, Xudoning nomi. Odatda Allohga taolo (ulug\u02bb, oliy), Taboraka va taolo, Jalla jalalahu, karim, buzurg, parvardigori olam kabi sifatlar qo\u02bbshib aytiladi. Islom diniga binoan Alloh-yakkayu-yagona Xudo, olamning yaratuvchisi va qiyomat kunining egasi. U Muhammad (s.a.v.)ni payg\u02bbambar sifatida insoniyatga o\u02bbzining so\u02bbnggi elchisi sifatida yuborgan. Islomning eng asosiy talabi hisoblangan kalimai shahodat \u201cLa ilaha illallohu Muhammadur rasululloh\u201d (\u201cAllohdan boshqa Iloh yo\u02bbq, Muhammad-Allohning payg\u02bbambari\u201d), deb uqtiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mashrab \u201cNoumidlik kufr erur, do\u02bbstlar umid qilmoq kerak\u201d, degan va doim Alloh umidi bilan yashagan:<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jumlai ummatni\u00a0 ul Sarvarga\u00a0 yetkur, ey Xudo!<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Osiy ummatlarni Payg\u02bbambarga yetkur, ey Xudo!<\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Allohning\u00a0 ilohiy sifatlari\u00a0 Qur\u02bconi karimda tilga olingan 99 ismida yaqqol ko\u02bbrinadi (Q. Al \u2013 asmo al \u2013 husno).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qur\u02bconi karimda ismlari va hayot qissalari tilga olingan payg\u02bbambarlar yigirma beshta:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1.Odam (a.s.). 2.Idris (a.s.). 3.Nuh (a.s.). 4.Hud (a.s.). 5.Solih (a.s.). 6.Ibrohim (a.s.). 7.Ismoil (a.s.). 8.Is\u02bchoq (a.s.). 9.Lut (a.s.). 10.Ya\u02bcqub (a.s.). 11.Yusuf (a.s.). 12.Ayyub (a.s.). 13.Zul-qifl (a.s.). 14.Shuayb (a.s.). 15.Muso (a.s.). 16.Horun (a.s.). 17.Ilyos (a.s.). 18.Alyasa\u02bc (a.s.). 19.Yunus (a.s.). 20.Dovud (a.s.). 21.Sulaymon (a.s.). 22.Zakariyo (a.s.). 23.Yahyo (a.s.). 24.Iso (a.s.). 25.Muhammad (s.a.v.).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Payg\u02bbambarlarning afzallari va eng afzali. \u201cO\u02bbsha payg\u02bbambarlarning ba\u02bczilaridan ba\u02bczilarini afzal qildik. Ular ichida (Muso kabi) Alloh (u bilan) gaplashgani va (Muhammad kabi) darajasini (boshqa payg\u02bbambarlardan) yuqori qilgani bor&#8230;\u201d [6:42].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Payg\u02bbambarlarning ulug\u02bblari va ularning sayyidi<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Payg\u02bbambarlarning ulug\u02bblari rivoyatlarga ko\u02bbra: 1. Nuh. 2. Ibrohim. 3. Muso. 4. Iso. 5. Muhammad sollallohu alayhi vasallamdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sahih hadisga ko\u02bbra: \u201cPayg\u02bbambarlarning sayyidlari beshtadir: Nuh (a.s.), Ibrohim (a.s.), Muso (a.s.), Iso (a.s.), Muhammad (s.a.v.). Muhammad (s.a.v.)\u00a0 esa bu beshtaning sayyididir\u201d [3:54]. Qiyomat kunida ham Odam o\u02bbg\u02bbillarining sayyidi Udir. Avvalgilar va keyingilarning eng qadrlisi U bo\u02bblgani bois, Qiyomat kuni hamd tug\u02bbi Unga berilur. Bu kunda payg\u02bbambarlarning imomi, xatibi va shafoat sohibi U bo\u02bblur. Barcha payg\u02bbambarlar U zotning tug\u02bbi ostida birlashurlar [5:14].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Avvalo, Odam alayhissalomning yaratilishi, keyin hazrati Havvoning yaratilishi, ularning jannatdan quvilishi va yer yuziga tushirilishini Mashrab shunday yoritadi: Odam alayhissalom yaratilgan va jannatga kiritilgan kun Juma kunidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Odam (a.s.) jannatda so\u02bbzlashadigan suhbatdoshi va o\u02bbzi bilan birga sukunat topadigan biror yaqini bo\u02bblmay yolg\u02bbiz o\u02bbzi yurganida Alloh taolo unga uyqu berdi. U uxladi. So\u02bbngra unga azob bermasdan chap\u00a0 qovurg\u02bbasidan birini olib o\u02bbrniga et to\u02bbldirdi. Odam alayhissalom uyqudan uyg\u02bbonmasidan momo Havvoni undan yaratdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Farishtalar: \u201cU nima uchun yaratildi?\u201d \u2013 deb so\u02bbrashdi. Odam (a.s.): \u201cU men sukunat topishim, men bilan uning sukunat topishi uchun yaratildi\u201d, \u2013 deb javob qildi. Shu tariqa Alloh taolo momo Havvoni Odam (a.s.)ga yo\u02bbldosh qildi. Xuddi shu nuqtani Mashrab Odam (a.s.)ga ishq tushganini, Havvoga muhabbatini tasvirlagan:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ishq topdi hazrati Odamga joy,<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Zoru zor yig\u02bblab, Havvo urdi voy [1:449].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo Odam (a.s.) hamda momo Havvoning jannatda yashashlari va uning ne\u02bcmatlaridan bemalol tanovul qilishlariga izn berdi. Faqat bir daraxtga yaqinlashmasliklarini tayinladi [7:6]. Shuningdek, iblisning ularga dushman ekanini aytib: \u201cBas, u ikkovingizni jannatdan zinhor chiqarmasin!\u201d, [8:320] deb ogohlantirdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Odam (a.s.) juma kuni jannatdan chiqarilib, yerga tushirildi. Odam alayhissalom Hindistondagi Navz yoki Bavz Tog\u02bbiga, momo Havvo esa Jiddaga Arofat tog\u02bbiga tushirildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Odam (a.s.) tushirilgan tog\u02bb Hindistonning Sarandib hududidagi Bavz (Navz) tog\u02bbi ekani aytiladi [11:36-60].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo\u00a0 Odam (a.s.)ni jannatdan chiqargach, unga jannat ozuqalaridan ehson qildi va yashashi uchun barcha narsani o\u02bbrgatdi. Alloh taolo inson ona qornida\u00a0 91- kuni, bu to\u02bbrtinchi oyning birinchi kuni odamga jon tuhfa qildi. Odam (a.s.)ni behishtdan Yer sayyorasiga ta\u02bcqiqlangan mevani yegani uchun badarg\u02bba qildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Odam (a.s)ning jannatdan yerga badarg\u02bba qilinishining boisi momo Havvo bilan Alloh taqiqlagan mevani yeyishlari bo\u02bbldi. Bu to\u02bbg\u02bbrida hatto ulamolar o\u02bbrtasida turlicha qarashlar mavjud. Ba\u02bczilar anjir, ba\u02bczilar olma, ba\u02bczilar xurmo, Mashrab esa bug\u02bbdoy deb atagan:<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alifni dilga jo qilmoqni \u201cBismilloh\u201ddin\u00a0 o\u02bbrgandim,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shohid qonini to\u02bbkmakni Kalomullohdin o\u02bbrgandim.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbshal kuni hasht dari Jannatni bir bug\u02bbdoyga sotmoqni,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tariqi bandalikni Odamu Havvodin o\u02bbrgandim [9:52].<\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Odamzod zalolat va razolatga berilib, qilgan gunohlari haddan tashqari oshib ketdi. Alloh Nuh (a.s.)ga odamlarni ogohlantirishni buyurdi. Ammo odamlar qavmi Nuhga bo\u02bbysunmadi va Alloh ularni to\u02bbfon bilan jazolashni amr etdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mashrab imon keltirmaganlarni, Nuhga ergashmaganlarni halokatga yo\u02bbliqqanlarni, ular kufr yo\u02bblidan ketganini nadomat bilan so\u02bbzlagan:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hazrati Nuh kettilar, man ayrilib qoldim, darig\u02bb,<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kishti ko\u02bbrmabmanki, to\u02bbfondin nechuk aylay suxan?<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nuh (a.s.) kemaga o\u02bbg\u02bbillari Som, Xom, Yofas va ularning juftlari bilan unga imon keltirganlarni oldi. O\u02bbg\u02bbli Yom kemaga chiqmadi. Chunki u kofir edi. Nuh (a.s.)ning xotini Voila ham kofir edi. Xalqqa erining majnun (jinni) ekanini aytardi. Ular kofirlardan bo\u02bblib, suvga g\u02bbarq bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kemaga chiqqanlarning Nuh (a.s.) bilan uch o\u02bbg\u02bbli va ularning juftlari, jami sakkiz kishi ekani (shuningdek, o\u02bbn besh erkak bilan besh ayol yoki o\u02bbn erkak bilan o\u02bbn ayol) aytiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hatto sakson kishi ekani haqida rivoyat bor [4:41].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Osmondan yoqqan yomg\u02bbirning, yerdan pishqirib chiqayotgan sellarning suvi butun yer yuzini qopladi va\u00a0 tog\u02bblarning cho\u02bbqqisidan yana o\u02bbn besh ziro\u02bb ko\u02bbtarildi. Quyosh nuri va oy shu\u02bclasi xiralashdi. Dunyoni zulmat qopladi. Kecha-kunduz bir bo\u02bbldi. Yog\u02bbingarchilik qirq kun davom etdi. Yer yuzida sel bosmagan, suv to\u02bblib-toshmagan joy qolmadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nuh\u00a0 (a.s.) kemasi butun dunyoni\u00a0 kezdi. Avvaliga o\u02bbng tomonga qarab suzib Habashistonga yetib bordi. So\u02bbng Jidda tomonga yo\u02bbl oldi. Keyin Rum o\u02bblkasi tomon suzdi. Rum o\u02bblkasidan o\u02bbtgach, qaytib Muqaddas Arzga yo\u02bbnaldi. Makkaga bordi. Harami Sharif atrofida yetti marta aylandi. So\u02bbngra Yamanga yo\u02bbl oldi. U yerdan qaytib Juvdiy tog\u02bbiga yetib bordi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mashrab payg\u02bbambarlar Odam (a.s.) Ibrohim Halilulloh, \u00adIsmoil Safiyulloh, Muso, Nuh( a.s.)ni axtarib yurganini, ular insoniyat va qavmlarning payg\u02bbambari ekanlarini ta\u02bckidlab boradi:<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Misli ruhmankim, miyoni jonda yurdum axtarib,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hamchu Odam jannatu rizvonda yurdum axtarib,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Navha qildim Nuhdek, to\u02bbfonda yurdum axtarib,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Chun Xalildek otashi so\u02bbzonda yurdum axtarib,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Misli Ismoil kabi qurbonda yurdum axtarib.<\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xojarning Safo va Marva\u00a0 tepaliklari orasida borib kelishi \u2013 biror kishini uchratish, ochlik, suvsizlik va vodiyda jon berayotgan jigarporasining o\u02bblimini ko\u02bbzlari bilan ko\u02bbrmaslik sababli edi. Shu bilan birga, u o\u02bbg\u02bblining oldiga ikki marta kelib ketgan va har safar uni jon berayotgan holatda ko\u02bbrib, umidsizligi ortgan edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xojar Safo va Marva tepaliklariga yetti marta borib keldi. Payg\u02bbambarimiz (s.a.v.) \u201c Shu sababli insonlar Safo va Marva orasida sa\u02bcy etarlar\u201d , \u2013 deb marhamat qilar edilar [4:154].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mashrab Ismoilning itoatgo\u02bbyligini, qurbonlikka tayyorligini shunday bayon etgan:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ishqi Ismoilni ozmoish uchun,<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jonidin kechurdi qurbonlash uchun [1:431].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu voqeadan so\u02bbng Ibrohim (a.s.) uzoq muddat o\u02bbz farzandidan yiroqlarda yurdi. Kunlardan birida yana Makkai Mukarramaga kelib, Ismoil bilan diydor ko\u02bbrishgach, unga Alloh taolo yana bir muhim vazifa yuklaganini, u ham bo\u02bblsa, insonlar Allohga ibodat qilishi uchun bir uy qurishga buyurgani, bu bo\u02bblajak Baytulloh ekani, uning o\u02bbrni shu yerdaligini aytdi. Ismoil otasiga: \u201cParvardigor amriga biz doim hozirmiz. Albatta, qurajakmiz\u201d, deb javob berdi. Ota-bola Baytulloh poydevorini qo\u02bbyishga kirishdilar. Ka\u02bcba devori ma\u02bclum miqdorda ko\u02bbtarilgach, Ibrohim\u00a0 (a.s.) Ismoilga: \u2013 Shu yerga tuzukroq tosh topgin, odamlar uchun bir nishona qilib qo\u02bbyib ketaylik, \u2013 dedi. Farishta Jabroil (a.s.) hozirgi turgan \u201cHajar ul-asvad\u201dga ishora qildilar. Shu tariqa \u201cHajar ul-asvad\u201d Ka\u02bcba burchagiga qo\u02bbyildi. Ota-bola Allohdan qilayotgan xolisona ishlarini qabul etishini so\u02bbrab duo qilib, Ka\u02bcba qurilishini davom ettirdilar. Ka\u02bcba devori odam bo\u02bbyidan yuqori bo\u02bblgach, Ibrohim (a.s.) kattaroq toshni oyog\u02bbi ostiga qo\u02bbyib, devor qurishni davom ettirdilar. Bu toshga Allohning amri bilan Ibrohim (a.s.)ning oyoq izlari tushib qoldi. Bu tosh Ka\u02bcba yonida turar edi. Hazrati Umar davrida u Ka\u02bcba devoridan sal beriga surib qo\u02bbyildi. Hozirda bu tosh \u201cmaqomi Ibrohim\u201d deb ataladi. [9:52].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mashrab Ka\u02bcbani Ibrohim Xalilulloh qurganini, kimki, u qo\u02bbygan toshni tavof qilsa, gunohlardan poklanishini, shohu gado Alloh uyida gunohlardan mosuvo bo\u02bblishini, Ismoilni o\u02bblimdan saqlaganini, boshiga yuz ming balo kelsa-da, Alloh u joyda najot berishini ta\u02bckidlaydi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ka\u02bcba qurib bitkazilganda, Jabroil alayhissalom keldi. Ibrohim alayhissalomga: \u201cUni tavof qil!\u201d, dedi. Ibrohim (a.s.) bilan Ismoil (a.s.) Ka\u02bcbani yetti marta tavof qildi. Maqomi Ibrohim orqasida namoz o\u02bbqidilar. Jabroil alayhissalom Safo, Marva va Mino, Muzdalifa va Arofatda qilinishi lozim bo\u02bblgan amallarning barchasini ko\u02bbrsatdi va o\u02bbrgatdi [9:175].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mashrab Qur\u02bconi karimda zikr etilgan va zikr etilmagan payg\u02bbambarlarni \u201cMabdai nur\u201d axloqiy \u2013 ta\u02bclimiy, tasavvufiy \u2013 diniy, falsafiy \u2013 siyosiy asarida bir necha joyda hurmat-ehtirom bilan tilga oladi. Ularning o\u02bbz qavmlarini Allohni tanishga chaqirganlarini, insoniy sifatlarga ega bo\u02bblganlarini eslatib boradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Odam (a.s.)ni yaratishdan maqsad uni yerga badarg\u02bba etib, o\u02bbzligini, o\u02bbzini bandalariga tanitish ekanini eslatib boradi. Iso, Muso, Maryam, Xizr, Nuh, Ibrohim, Ismoil, Dovud, Sulaymon, Yahyo, Ayyub, Solih, Zakariyo, Shuayb, Yunus, Idris, Jurjis, Somiriy, Is\u02bchoq, Yaqub, Yusuf alayhissalomlarning\u00a0 bashariyatga xizmatlarini ta\u02bckidlab boradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Iso (a.s.) Imron (a.s.)ning ibodatxonaga nazr qilgan qizi bokira Maryamdan tug\u02bbildi. Alloh Jabroil farishta orqali Maryamning pok vujudiga \u201cpuf\u201d deyishi bilan o\u02bbsha vujudda homila sifatida paydo bo\u02bbldi va dunyoga keldi. Iso (a.s.) o\u02bbzidan\u00a0 avvalgi kitob \u2013 Tavrotni tasdiqlovchi sifatida yuborilgan va o\u02bbziga Injil kitobi nozil bo\u02bblgan. Injil esa Tavrot shariatiga ayrim o\u02bbzgartirishlar kiritgan xolos. Eng muhimi Iso (a.s.)ning: men Tavrotni tasdiqlash uchun va \u201cMendan keyin keluvchi Ahmad ismli rasulning bashoratini berish uchun\u201d kelganman, deganidir (Saf surasi).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Iso alayhissalomning yoshlari o\u02bbttizga yetganda Alloh taolo Injil kitobini nozil qildi. Iso alayhissalom yahudiylarni Allohning birligiga da\u02bcvat qila boshladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo unga \u201cXalqni Allohga imon keltirish va ibodatga da\u02bcvat qilishga, bemorlar, moxov, tug\u02bbma ko\u02bbr, aqli zaif, telba va turli xastalarni Allohning duosi bilan davolash\u201dga amr qildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xalq payg\u02bbambarini yaxshi ko\u02bbra boshladi, uning shuhrati, hurmati oshdi. Unga ergashganlar safi ko\u02bbpaydi [10:380].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Iso alayhissalomning xastalarni tuzatuvchi va o\u02bbliklarni tiriltiruvchi duosi: \u201cEy Allohim! Samodagi va yerdagi barcha jonzotlarning Ilohi\u00a0 Sensan! Yer va osmonni Sendan boshqa Ilohi yo\u02bbq. Ko\u02bbkka Jabbor bo\u02bblgan o\u02bbzingsan! Yer \u2013 u osmon hukmdori\u00a0 tanho o\u02bbzingsan! Ikkisini ham Sendan o\u02bbzga hukmdori yo\u02bbq. Yer yuzidagi Qudrating samodagi qudrating kabidir. Seni yer yuzidagi saltanating samodagi saltanatingdekdir! Men Sening mo\u02bbtabar ismlaring bilan Senga iltijo qilaman! Shubhasiz Sen hamma narsaga qodirsan!\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Iso alayhissalom o\u02bbliklarni ushbu duo bilan tiriltirar edilar. Iso alayhissalom davrida tibbiyot yaxshi rivojlangan edi. Ammo tabiblar tug\u02bbma ko\u02bbr, moxov, aqli zaiflik kabi xastaliklarni davolashda ojiz edi. Iso alayhissalom esa bunday xastaliklarni Alloh qudrati bilan davolay olar edilar. Alloh taolo Iso alayhissalomga shunday imkoniyat va qudrat berdiki, mutlaqo davosiz hisoblangan shabko\u02bbrlik, pes, tug\u02bbma ko\u02bbr kabi kasalliklar ul zotning bir nazarlari bilan yoki qo\u02bbl bilan silashlari natijasida tuzalib ketardi [4:380]. Mashrab Iso haqida:<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jahon mulkida hargiz toru so\u02bbzon saqlamay o\u02bbtti,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Maqomati tajarrudni o\u02bbshal Isodan o\u02bbrgandim.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Haqiqat minbari vasliga Isoni shafi\u02bc etdi,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tariqi imtihonni ruhi Armiyodan o\u02bbrgandim [1:112].<\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">30 yoshida payg\u02bbambar qilib yuborilgan Iso (a.s.)ga Xudo juda ko\u02bbp mo\u02bbjizalar, shu jumladan, o\u02bbz nafasi bilan o\u02bblikni tiriltirish mo\u02bbjizasi ham bergan. Bu adashgan qavmni Haq yo\u02bblga ishontirish uchun kerak edi. Payg\u02bbambar 33 yoshga yetganda yahudiylar dushmanligi haddidan oshdi, suiqasd uyushtirildi. Suiqasd qilganlar biz Isoni o\u02bbldirdik deb hammani ishontirdi. Lekin Isoni Alloh O\u02bbziga ko\u02bbtargan edi. Islom aqidasi bo\u02bbyicha, qiyomat yaqin qolganda Iso yer yuziga qayta tushadi. Mashrab:<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Maqsud na edi, bilsang agar, ey bani Odam,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Dunyoga yubormak g\u02bbarazi Iysou Maryam,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Musou hozir birla malak barchalari ham \u2013 Xizr<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Pur bo\u02bbldi daru dasht \u2013 muattar hama olam,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Gesulari yozg\u02bbonda\u00a0 sabo shonani ko\u02bbrdi [1:304].<\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Al-Hofiz ibn Asokir aytadi: \u201cXizr alayhissalom Odam alayhissalomning pushti kamaridan bo\u02bblgan o\u02bbg\u02bbillaridir\u201d. Yana bir rivoyatga ko\u02bbra, \u201cOdam avlodlarining ichida eng uzun umr ko\u02bbradigani Xizr alayhissalomdirlar. U zotning ismlari Xizrun ibn Qobil ibn Odamdir. Odam alayhissalomning vafotlari yaqinlashganda avlodlariga xabar berib, shunday deganlar:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cYaqinda to\u02bbfon bo\u02bbladi. To\u02bbfon boshlanganda mening jasadimni kemaga olinglar va to\u02bbfon tinganidan keyin falon (muayyan joyni ko\u02bbrsatganlar) joyga dafn etinglar. Kim mening vasiyatimni bajarsa, uning umri uzun bo\u02bbladi. \u201cTo\u02bbfon tinganidan keyin kemadan tushib, Nuh alayhissalom o\u02bbg\u02bbillariga: \u201cOdamni vasiyat qilgan yeriga dafn qilib keling\u201d, deb buyurdilar. Yerning hamma joyini topish mushkul edi. Xizr alayhissalom sabot va matonat bilan Odam alayhissalomni o\u02bbsha yerga dafn etdilar. Shundan so\u02bbng Odam alayhissalomning duolariga noil bo\u02bblib, uzoq umr ko\u02bbradigan bo\u02bbldilar [10:328].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Jarir at-Tabariyning yozishicha, Xizr Afridun ibn Isfiy zamonida yashagan ilm sohiblaridan bo\u02bblib, Muso alayhissalom o\u02bbz zamonlarida u bilan uchrashganlar. Abu Hurayra (r.a.) aytardilar: \u201cPayg\u02bbambarimiz (s.a.v.) dedilar: Xizrning shu nom bilan atalishiga sabab shuki, u oppoq (sho\u02bbr) yerga o\u02bbtirsa ham, o\u02bbrnidan turishi bilan u yerdan yashil maysa unib chiqardi\u201d. Mashrab Xizr (a.s.)ni shunday tasvirlagan:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qarae kim obi rahmat manga no\u02bbsh aylar Xizr,<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xoli Musoyi kalimga man aso kelturmisham.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Al-Xitobiy aytadi: Xizrning shu nom bilan atalishiga sabab, uning yuzi nurli va go\u02bbzal bo\u02bblgani uchundir\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mashrab Qur\u02bconi karimdagi hamma payg\u02bbambarlarni madh etgan:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0<\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yig\u02bblagin, sho\u02bbrida bo\u02bbl monandi Nuh,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yig\u02bblagin to zindasan, abdulamin.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Misli odamdek bu yo\u02bblda yig\u02bblagin.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yig\u02bbla Ibrohimdek Xalildek behudi,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nurga aylanganmu nori Namrudi,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yig\u02bblagin to sanga kelgay ma\u02bcrifat,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hamchunon qon yig\u02bbla Ismoil sifat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yig\u02bbla Dovuddek, jahon bo\u02bblg\u02bbay xarob,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tuhfai dargohida chashmi purob.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yig\u02bbla Musodek bu yo\u02bblda hoziri,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Dinni barbod etti sehri Somiriy.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yig\u02bbla Isodekki, jon bo\u02bbldi giro\u02bb,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bandi har so\u02bbzan bo\u02bblub ul nekro\u02bb.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yig\u02bbla monandi Sulaymondek sanam,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Oxiri san ham ketarsan, ham manam.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yig\u02bbla Yahyodekki, umr bo\u02bbldi axir,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yo\u02bblimizni ustida noru sa\u02bcir.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yig\u02bbla Ayyubdek jigarlar bo\u02bbldi resh,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jumla ro\u02bbgardon bo\u02bbldi qavmu xesh.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yig\u02bbla Solihdek bukun shomu sahar,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Noqatulloh aylanib keldi magar.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yig\u02bblagin bu yo\u02bblda misli Zakariyo,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Toki jon Haq yo\u02bblida topgay baho.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yig\u02bblagin har soate misli Shu\u02bcayb,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Digal bergaymu Xudo asrori g\u02bbayb.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yig\u02bbla Yunusdekki, to vaqti duo,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Haq nahangi nafsdin bergay fano.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yig\u02bbla Idrisdekki, to davlatga yet,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rahravonlar kettilar, jannatga yet.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yig\u02bbla Jurjisdekki, ey sho\u02bbrida baxt,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qilsalar boshingni munda saxt \u2013 saxt,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yig\u02bblagin Is\u02bchoqdek rahmat talab,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rahmatidin dilni uzma ro\u02bbzu shab.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yig\u02bblagin monandi Ya\u02bcqubi nabiy,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sad giribon pora qilgin har shabe .<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yig\u02bblagin Yusuf sifat to zinda bo\u02bbl,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bandi chohi guldin barkanda bo\u02bbl [ 2:147-148].<\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>Foydalanilgan adabiyotlar:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Boborahim Mashrab. Kulliyot. Mirzo Kenjabek so\u02bbzboshisi. \u2013 T.: Muharrir, 2017.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Boborahim Mashrab. Mabdai nur. Tadqiq qiluvchi, eski o\u02bbzbek yozuvidan nashrga tayyorlagan, lug\u02bbat va izohlarni tuzuvchi: Hoji Ismatulloh Abdulloh. \u2013 T.: Noshir, 2023.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Hakim. Mustadrak. 2-jild.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ibn Sa\u02bcd Tabaqot, 1-jild.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Payg\u02bbambarlar tarixi \/ Nashrga tayyorlovchilar: Ahmad A., Nurulloh I., Atamurodov Sh. \u2013T.: Movarounnahr, 2020.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Qur\u02bconi karim ma\u02bcnolarining tarjimasi. Baqara surasi, 253-oyat. \u2013T.: \u201cToshkent islom universiteti\u201d nashriyoti, 2001.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Qur\u02bconi karim ma\u02bcnolarining tarjimasi. Baqara surasi, 35-oyat; A\u02bcrof surasi, 52-oyat. \u2013T.: \u201cToshkent islom universiteti\u201d nashriyoti, 2001.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Qur\u02bconi karim ma\u02bcnolarining tarjimasi. Toho surasi, 117-oyat. \u2013T.: \u201cToshkent islom universiteti\u201d nashriyoti, 2001.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Shayx Zohidxon Qodir Otaxon o\u02bbg\u02bbli. Payg\u02bbambarlar qissasi. \u2013T.: O\u02bbzbekiston xalqaro islom akademiyasi, 2019.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">So\u02bbzboshi muallifi va mas\u02bcul muharrir Anvar qori Tursunov. Payg\u02bbambarlar tarixi. Islomiyat tarixi. \u2013 T.: Movarounnahr, 2020.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Tabariy. Tarix. 1-jild. \u2013B. 60; Ibn Asr. Komil. 1-jild.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0<\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">MO\u02bbMIN HOSHIMXONOV, <\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">JDPU professori v.b, <\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-size: 14pt;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif;\">Falsafa fanlari doktori<\/span> <\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Alloh (arabcha \u201cal-Iloh\u201d \u2013 Ilohiy\u00a0 kuch, turkiy xalqlarda, xususan, o\u02bbzbeklarda-Tangri, fors-tojik tilida Xudo, Yazid), Alloh-islom dinida butun mavjudotni yaratgan oliy Ilohiy kuch, Xudoning nomi. Odatda Allohga taolo (ulug\u02bb, oliy), Taboraka va taolo, Jalla jalalahu, karim, buzurg, parvardigori olam kabi sifatlar qo\u02bbshib aytiladi. Islom diniga binoan Alloh-yakkayu-yagona Xudo, olamning yaratuvchisi va qiyomat kunining egasi. U Muhammad &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":36113,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>MASHRAB SHE\u02bcRIYATIDA ALLOH TAOLO VA QUR\u02bcONI KARIMDA ZIKR ETILGAN PAYG\u02bbAMBARLAR TAVSIFI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"MASHRAB SHE\u02bcRIYATIDA ALLOH TAOLO VA QUR\u02bcONI KARIMDA ZIKR ETILGAN PAYG\u02bbAMBARLAR TAVSIFI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36112&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"MASHRAB SHE\u02bcRIYATIDA ALLOH TAOLO VA QUR\u02bcONI KARIMDA ZIKR ETILGAN PAYG\u02bbAMBARLAR TAVSIFI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"MASHRAB SHE\u02bcRIYATIDA ALLOH TAOLO VA QUR\u02bcONI KARIMDA ZIKR ETILGAN PAYG\u02bbAMBARLAR TAVSIFI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36112&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2024-07-02T04:59:01+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/mashrab.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"495\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"10 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36112&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36112&lang=oz\",\"name\":\"MASHRAB SHE\u02bcRIYATIDA ALLOH TAOLO VA QUR\u02bcONI KARIMDA ZIKR ETILGAN PAYG\u02bbAMBARLAR TAVSIFI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36112&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36112&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/mashrab.jpg\",\"datePublished\":\"2024-07-02T04:59:01+00:00\",\"dateModified\":\"2024-07-02T04:59:01+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"MASHRAB SHE\u02bcRIYATIDA ALLOH TAOLO VA QUR\u02bcONI KARIMDA ZIKR ETILGAN PAYG\u02bbAMBARLAR TAVSIFI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36112&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36112&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36112&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/mashrab.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/mashrab.jpg\",\"width\":660,\"height\":495},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36112&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"MASHRAB SHE\u02bcRIYATIDA ALLOH TAOLO VA QUR\u02bcONI KARIMDA ZIKR ETILGAN PAYG\u02bbAMBARLAR TAVSIFI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"MASHRAB SHE\u02bcRIYATIDA ALLOH TAOLO VA QUR\u02bcONI KARIMDA ZIKR ETILGAN PAYG\u02bbAMBARLAR TAVSIFI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"MASHRAB SHE\u02bcRIYATIDA ALLOH TAOLO VA QUR\u02bcONI KARIMDA ZIKR ETILGAN PAYG\u02bbAMBARLAR TAVSIFI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36112&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"MASHRAB SHE\u02bcRIYATIDA ALLOH TAOLO VA QUR\u02bcONI KARIMDA ZIKR ETILGAN PAYG\u02bbAMBARLAR TAVSIFI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"MASHRAB SHE\u02bcRIYATIDA ALLOH TAOLO VA QUR\u02bcONI KARIMDA ZIKR ETILGAN PAYG\u02bbAMBARLAR TAVSIFI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36112&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2024-07-02T04:59:01+00:00","og_image":[{"width":660,"height":495,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/mashrab.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"10 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36112&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36112&lang=oz","name":"MASHRAB SHE\u02bcRIYATIDA ALLOH TAOLO VA QUR\u02bcONI KARIMDA ZIKR ETILGAN PAYG\u02bbAMBARLAR TAVSIFI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36112&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36112&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/mashrab.jpg","datePublished":"2024-07-02T04:59:01+00:00","dateModified":"2024-07-02T04:59:01+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"MASHRAB SHE\u02bcRIYATIDA ALLOH TAOLO VA QUR\u02bcONI KARIMDA ZIKR ETILGAN PAYG\u02bbAMBARLAR TAVSIFI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36112&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=36112&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36112&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/mashrab.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/mashrab.jpg","width":660,"height":495},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36112&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"MASHRAB SHE\u02bcRIYATIDA ALLOH TAOLO VA QUR\u02bcONI KARIMDA ZIKR ETILGAN PAYG\u02bbAMBARLAR TAVSIFI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/36112"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=36112"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/36112\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":36114,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/36112\/revisions\/36114"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/36113"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=36112"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=36112"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=36112"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}