{"id":36029,"date":"2024-06-26T11:00:07","date_gmt":"2024-06-26T06:00:07","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=36029"},"modified":"2024-06-26T11:12:46","modified_gmt":"2024-06-26T06:12:46","slug":"yangi-o%ca%bbzbekistonda-diniy-bag%ca%bbrikenglikni-ta%ca%bcminlash-davlat-siyosatining-ajralmas-qismi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36029&lang=oz","title":{"rendered":"YANGI O\u02bbZBEKISTONDA DINIY BAG\u02bbRIKENGLIKNI TA\u02bcMINLASH \u2013 DAVLAT SIYOSATINING AJRALMAS QISMI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Dinlararo bag\u02bbrikenglik g\u02bboyasi xilma-xil diniy e\u02bctiqodga ega bo\u02bblgan kishilarning bir zamin, bir Vatanda, ezgu g\u02bboya va niyatlar yo\u02bblida hamkor va hamjihat bo\u02bblib yashashini anglatadi. Dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik g\u02bboyalariga asoslanadi, u halollik, tinchlik, yaxshilik va do\u02bbstlik kabi bir qancha ezgu fazilatlarga tayanadi. Shuningdek, insonlarni halollik va poklik, mehr-oqibat, insonparvarlik va bag\u02bbrikenglikka da\u02bcvat etadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yangi O\u02bbzbekistonda diniy bag\u02bbrikenglik va millatlararo totuvlik \u2013 davlat siyosatining ajralmas qismi sifatida tarixiy ildiz va mustahkam qonuniy asoslarga ega bo\u02bblib, dunyoviy davlat va din orasidagi munosabatlarning mustahkam huquqiy asoslari yaratilgan. Yangi O\u02bbzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 35-moddasida \u201cHamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e\u02bctiqod qilish yoki hech qaysi dinga e\u02bctiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo\u02bbl qo\u02bbyilmaydi\u201d deb belgilab qo\u02bbyilgan [1].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yangi O\u02bbzbekiston strategiyasida, eng avvalo, insonga oliy qadriyat sifatida munosabatda bo\u02bblish, uning manfaatlarini islohotlarning asosiy mezoni tarzida tushunish muhim ahamiyat kasb etayotgani bejiz emas, albatta. Bu borada O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev alohida ta\u02bckidlaganidek, \u201c&#8230;yurtimizda uzoq yillar davomida \u201cdavlat \u2014 jamiyat \u2014 inson\u201d tamoyiliga amal qilib kelindi. Davlat qurilishi va boshqaruvi, barcha siyosiy tuzilmalar turlarining ish uslubi va faoliyati ham ana shu tamoyil asosida shakllandi. Aslida esa, avvalo, inson,uning haq-huquqlari va baxt-saodati davlat siyosati, barcha davlat organlari faoliyatining eng ustuvor maqsadi bo\u02bblishi lozim. Jamiyat qurilishi va davlat siyosati ana shu g\u02bboyaga tayanishi va \u201cDavlat \u2014 inson uchun\u201dtamoyili asosida tashkil etilishi darkor\u201d[10]. Ilgari surilgan ushbu g\u02bboyadan alohida ta\u02bckidlangan mazkur xulosaga amal qilish esa siyosiy soha va boshqaruv tizimining hozirgacha saqlanib qolayotgan yuqoridagi paradigmasini tubdan o\u02bbzgartirish, insonni va uning manfaatlarini davlat siyosati va islohotlarning asosiy mezoniga aylantirish lozimligidan dalolat beradi. Ushbu sohadagi asosiy paradigma \u201cinson \u2014 jamiyat \u2014 davlat\u201d shakliga aylandi va bu ayni bugungi hayot haqiqatini, hozirgi davr zaruratini aks ettiradi. Ya\u02bcni, davlatning mavjudligidan asosiy maqsad \u2014 inson hayoti va jamiyat taraqqiyotiga doir siyosatni to\u02bbg\u02bbri tashkil qilish, bu boradagi tizim va tuzilmalar faoliyatini xalq manfaatlari yo\u02bblida samarali tashkil etishdan iborat.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu o\u02bbrinda alohida ta\u02bckidlash joizki, bugungi kunda mamlakatimizda 130 ortiq millat va elat vakillari yagona oila farzandlaridek ahil yashayotganligi barchamiz uchun quvonarli holat. Ana shunday ko\u02bbp sonli millat va elat vakillarining birgalikda, hamnafas va hamjihat bo\u02bblib umr kechirishi natijasida ularning har biri ma\u02bcnaviy va madaniy jihatdan boyib bormoqda. Bu kabi o\u02bbzaro munosabatlar ta\u02bcsirida ko\u02bbp millatli xalqimizning turmush tarzi yanada yuksalib borayotgani sabab O\u02bbzbekistonning dunyo hamjamiyatidagi imidji kun sayin ijobiy tomonga o\u02bbzgarib bormoqda. Shuningdek,ularning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta\u02bcminlash, ta\u02bclim olishi, o\u02bbz qiziqishi va layoqati bo\u02bbyicha kasb-hunar egallashi, mehnat qilishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Ayni paytda turli millat va elatlarning milliy an\u02bcana va qadriyatlarini asrab-avaylash, ularni yanada rivojlantirish, boyitish masalasi davlatimiz siyosatining doimiy e\u02bctiborida bo\u02bblib kelmoqda. Umumiy o\u02bbrta ta\u02bclim maktablarimizda yetti tilda \u2013 o\u02bbzbek, qoraqalpoq, rus, qirg\u02bbiz, turkman, qozoq va tojik tillarida bilim berilayotgani, shuningdek, ommaviy axborot vositalari O\u02bbzbekistonda istiqomat qilayotgan millatlarning 10 ta tilida faoliyat olib borayotgani buning yorqin ifodasidir. Respublikadagi pravoslav e\u02bctiqodiga amal qiluvchilar uchun \u201cSlovo jizni\u201d gazetasi, \u201cVostok sv\u044bshe\u201d jurnali, shuningdek, ibodat ma\u02bcruzalari va boshqa ma\u02bcrifiy nashrlar chop etilyapti.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elat vakillarining o\u02bbz ona tilida o\u02bbqishi vata\u02bclim muassasalarida barcha millat vakillari uchun teng shart-sharoitlar, keng imkoniyatlar yaratilgani, barcha, ko\u02bbplab tillarda gazeta va jurnallar chop etilib, teleko\u02bbrsatuv va radioeshittirishlar olib borilayotgani fikrimizning yaqqol dalilidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yurtimizda diniy bag\u02bbrikenglik va millatlararo totuvlik g\u02bboyalari milliy taraqqiyot strategiyasining asosiy g\u02bboyalari qatoriga kiritilib, bu sohada amalga oshirilgan ishlarni quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Birinchi bosqich, Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ishlar bo\u02bblib, bu davrda respublikamizda yuzlab masjidlar, cherkovlar, sinagoga va ibodat uylari qurildi va mavjudlari qayta ta\u02bcmirdan chiqarildi. Ular qatorida Toshkentdagi \u201cHazrati Imom\u201d majmui, viloyat markazlaridagi jome masjidlar, Toshkentdagi Rus pravoslav cherkovlari, shuningdek, buddaviylik ibodatxonasi, Samarqanddagi Arman Apostol cherkovi, Qoraqalpog\u02bbiston Respublikasidagi \u201cSultan Vays bobo\u201d va \u201cMuhammad Norimjoniy\u201d ziyoratgohlari, \u201cPanteylemon\u201d cherkovi va boshqalarni ko\u02bbrsatish mumkin. Yurtimizda Amir Temur, Mirzo Ulug\u02bbbek, Alisher Navoiy, Berdaq, Ajiniyaz haykallari qatorida Ganjaviy, Rustaveli, Pushkin, Shevchenkolarning haykallari ham mahalla va ko\u02bbchalarimizga fayz baxsh etib turibdi. Bularning barchasi dinlararo bag\u02bbrikenglik va millatlararo totuvlikning yaqqol ko\u02bbrinishidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, mazkur islohotlarning huquqiy asosi sifatida 1991 va 1998-yillarda \u201cVijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi O\u02bbzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. 2021-yil 5-iyulda yangi tahrirdagi \u201cVijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi Qonun qabul qilindi. Mazkur hujjatning maqsadi O\u02bbzbekistonda vijdon erkinligini ta\u02bcminlash sohasidagi munosabatlarni, shuningdek diniy tashkilotlar faoliyatini tartibga solishdan iborat ekanligi belgilangan. Ushbu Qonunda\u00a0 konfessiyalar o\u02bbrtasidagi tinchlik va totuvlikni mustahkamlash hamda jamiyatda diniy bag\u02bbrikenglikni ta\u02bcminlash vijdon erkinligining asosiy tamoyillaridan biri sifatida ta\u02bckidlab o\u02bbtilgan [2].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ikkinchi bosqichda, 2017\u20132021-yillarda O\u02bbzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo\u02bbnalishi bo\u02bbyicha Harakatlar strategiyasi doirasida diniy bag\u02bbrikenglikni ta\u02bcminlash sohasida ko\u02bbplab chora-tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, BMT Bosh Assambleyasi 2018-yilning 12-dekabr oyida o\u02bbtkazilgan yalpi majlisda \u201cMa\u02bcrifat va diniy bag\u02bbrikenglik\u201d deb nomlangan maxsus rezolyutsiyani qabul qildi. O\u02bbzbekiston tomonidan ishlab chiqilgan hujjat loyihasi BMTning barcha a\u02bczo davlatlari tomonidan bir ovozdan qo\u02bbllab-quvvatlandi. Mazkur rezolyutsiyani qabul qilish tashabbusi 2017-yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgani barchamiz uchun faxr tuyg\u02bbusidir [8].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston tomonidan ishlab chiqilgan ushbu hujjat loyihasi BMTga a\u02bczo davlatlar tomonidan bir ovozdan qo\u02bbllab-quvvatlanganligi tarixiy voqelikdir.Ushbu rezolyutsiyaning asosiy maqsadi \u2014 barcha uchun ta\u02bclim olish imkoniyatini taqdim etish, savodsizlik va bilimsizlikni bartaraf etishdan iborat. Hujjatda \u201cbag\u02bbrikenglik va o\u02bbzaro hurmatni o\u02bbrnatish, diniy erkinlikni ta\u02bcminlash, dindorlar huquqlarini himoya qilish va ularning kamsitilishiga yo\u02bbl qo\u02bbymaslik\u201dka ham chaqirilgan. Rezolyutsiya BMTga a\u02bczo davlatlar tomonidan quvvatlandi, 50 dan ortiq davlatlar hammuallifligida qabul qilingan. Mualliflar orasida Qirg\u02bbiziston, Qirg\u02bbiziston, Livan, Marokash, Birlashgan Arab Amirliklari, Ummon, Pokiston, Koreya Respublikasi, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Singapur, Sudan, Tojikiston, Tailand, Ozarbayjon, Jazoir, Bahrayn, Belorussiya, Gana, Tunis, Turkmaniston, Filippin, Yaponiya va boshqa davlatlar borligi quvonarli hol.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rezolyutsiyada ta\u02bclim, tinchlik, inson huquqlari, bag\u02bbrikenglik va do\u02bbstlikning olg\u02bba surilishi muhim rol o\u02bbynashi ta\u02bckidlanadi, shuningdek, dunyoda tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash uchun integratsiya, o\u02bbzaro hurmat, inson huquqlarini himoya qilish, bag\u02bbrikenglik va o\u02bbzaro tushunishning muhimligi tan olinadi.Shu bilan birga, qabul qilingan Rezolyutsiyada BMTga a\u02bczo davlatlar milliy va xalqaro OAV hamda Internetda keng ko\u02bblamli targ\u02bbibot ishlarini o\u02bbtkazish, bag\u02bbrikenglik, din va e\u02bctiqod erkinligiga raxna solmaslik to\u02bbg\u02bbrisidagi ma\u02bcrifiy axborotlarni tarqatish kabi kommunikatsion strategiyani joriy etish taklif qilingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">2017-2021-yillar mobaynida Samarqandda Kalom va Hadis maktablari, Buxoro viloyatida joylashgan Mir Arab oliy madrasasi huzurida Bahouddin Naqshband tasavvuf ilmiy maktabi, Qashqadaryo viloyatida \u201cAbu Mu\u02bcin Nasafiy\u201d nomidagi aqida ilmi maktabi hamda Farg\u02bbonada O\u02bbzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan Islom huquqi maktabi tashkil etildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, Qurbon hayit va Ramazon hayit bayramlarining muhimligi va ahamiyatini inobatga olgan holda, milliy-ma\u02bcnaviy qadriyatlarimizni yuksaltirish va saqlab qolish maqsadida 2018-yildan boshlab ayrim dam olish kunlarini bayram kunlariga yaqin bo\u02bblgan ish kunlariga ko\u02bbchirish hisobiga uzluksiz uch kunlik dam olish kunlari belgilanganligi ham sohaga e\u02bctiborning kundan kun ortib borayotganligidan va bu orqali inson qadri yuksalayotganligini ko\u02bbrishimiz mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yangi O\u02bbzbekistonda diniy-ma\u02bcrifiy soha faoliyatini takomillashtirish va diniy soha xodimlariga ko\u02bbplab imtiyozlar yaratish maqsadida bir qator hujjatlar imzolandi. Jumladan,<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#x2714; O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining \u201cO\u02bbzbekiston islom akademiyasini tashkil etish chora-tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi Qarori;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#x2714; O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining \u201cDiniy-ma\u02bcrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi Farmoni;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#x2714; O\u02bbzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining \u201cO\u02bbzbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyatini tashkil etish va qo\u02bbllab-quvvatlash chora-tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi Qarori;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#x2714; O\u02bbzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining \u201cO\u02bbzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzurida Malaka oshirish markazi va \u201cZiyo\u201d media markazini tashkil etish hamda ularning faoliyatini qo\u02bbllab-quvvatlash chora-tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi qarori;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#x2714; O\u02bbzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining \u201cO\u02bbzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi qarori;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#x2714; Yangi tahrirdagi \u201cVijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi O\u02bbzbekiston Respublikasi Qonuni;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#x2714; O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining \u201cO\u02bbzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo\u02bbyicha qo\u02bbmita faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi PQ-3668-sonli qarori qabul qilindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Uchinchi bosqich, 2022-yildan boshlab Yangi O\u02bbzbekistonda islohotlarning tub burilishi yuz berdi. Yangi O\u02bbzbekiston taraqqiyot strategiyasida \u201cHarakatlar strategiyasidan \u2013 Taraqqiyot strategiyasi sari\u201d tamoyili ilgari surilgan. Binobarin, Harakatlar strategiyasidagi har bir yo\u02bbnalishni taraqqiyotning yangi bosqichida mantiqiy, keng ko\u02bblamli va izchil asosda rivojlantirish hamda yangi ustuvor yo\u02bbnalishlarda muhim natijalarga erishish ko\u02bbzda tutilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yangi O\u02bbzbekiston taraqqiyot strategiyasida beshinchi ustuvor yo\u02bbnalishi \u201cMa\u02bcnaviy taraqqiyotni ta\u02bcminlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish\u201d deb nomlanib, uning 74-maqsadi: jamiyatda millatlararo totuvlik va dinlararo bag\u02bbrikenglik muhitini mustahkamlashga qaratilgan. Ushbu maqsad doirasida quyidagi ishlarni rivojlantirish belgilangan:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#x2714; milliy madaniy markazlarni davlat tomonidan qo\u02bbllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#x2714; millatlararo munosabatlar sohasida O\u02bbzbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasining izchil amalga oshirilishini ta\u02bcminlash;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#x2714; turli millat yoshlari uchun qo\u02bbshimcha qulay shart-sharoitlar yaratish, ularda fuqarolik burchini anglash, vatanparvarlik, bag\u02bbrikenglikka asoslangan millatlararo muomala madaniyatini yuksaltirish;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#x2714; xorijiy tillarda faoliyat yuritayotgan hamda millatlararo munosabatlar sohasida davlat siyosatini yoritayotgan ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo\u02bbshimcha qo\u02bbllab-quvvatlash choralarini ko\u02bbrish;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#x2714; xorijiy mamlakatlar bilan do\u02bbstlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida do\u02bbstlik jamiyatlari faoliyatini takomillashtirish [4].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur maqsad asosida so\u02bbnggi yillarda diniy bag\u02bbrikenglikni ta\u02bcminlash va diniy-ma\u02bcrifiy sohani rivojlantirishga alohida e\u02bctibor qaratilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston o\u02bbzining tashqi siyosati va xalqaro aloqalarida ham bag\u02bbrikenglik yo\u02bblidan borayotganini amalga oshirilayotgan qator amaliy ishlar misolida ko\u02bbrishimiz mumkin. Xususan, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan do\u02bbstona aloqalarni mustahkamlash va mintaqada tinchlik hamda barqarorlikni ta\u02bcminlash borasida O\u02bbzbekiston faol harakatlar olib bormoqda. Ayniqsa, Afg\u02bboniston masalasida O\u02bbzbekiston dunyo mamlakatlarini bag\u02bbrikenglik bilan munosabatda bo\u02bblish va afg\u02bbon xalqiga ijtimoiy ko\u02bbmak berishga chorlab kelmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston o\u02bbzining ichki siyosatida ham diniy bag\u02bbrikenglik va millatlararo totuvlik masalalariga davlat siyosati darajasida e\u02bctibor qaratmoqda. Xususan, O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining bevosita tashabbusi va qarori bilan \u201cMillatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do\u02bbstlik aloqalari qo\u02bbmitasi\u201d tashkil etildi. Ushbu qo\u02bbmitaning asosiy vazifalari sifatida jamiyatda millatlararo hamjihatlik va bag\u02bbrikenglikni ta\u02bcminlashga qaratilgan davlat siyosatini izchil amalga oshirish, do\u02bbstlik va ko\u02bbpmillatli yagona oila tuyg\u02bbusi muhitini mustahkamlash, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, shuningdek, do\u02bbstona xalqaro aloqalarni yo\u02bblga qo\u02bbyish, o\u02bbzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy mamlakatlarning fuqarolik hamjamiyatlari, shu jumladan chet ellarda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan do\u02bbstlikni mustahkamlash borasidagi ishlarni samarali muvofiqlashtirish kabi jihatlar ustuvor ahamiyatga ega ekanligini ko\u02bbrishimiz mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, yurtimizda diniy bag\u02bbrikenglik va millatlararo totuvlikni ta\u02bcminlash borasida alohida fidokorlik ko\u02bbrsatgan davlat va jamoat arboblari faoliyati e\u02bctirof etilmoqda. Shu munosabat bilan 2023-yil 25-sentyabr kuni O\u02bbzbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasining 495-sonli \u201cDiniy bag\u02bbrikenglik\u201d ko\u02bbkrak nishonini ta\u02bcsis etish to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi qarori e\u02bclon qilindi. Ushbu qarorda O\u02bbzbekiston Respublikasi fuqarolarining vijdon erkinligi kafolatlarini ta\u02bcminlash borasidagi katta xizmatlari, aholi o\u02bbrtasida dinlararo va konfessiyalararo hamjihatlik, totuvlik va bag\u02bbrikenglikni mustahkamlash, diniy-ma\u02bcrifiy sohadagi islohotlarni targ\u02bbib etish, jamiyatda ijtimoiy-ma\u02bcnaviy muhit barqarorligini saqlash yo\u02bblidagi ko\u02bbp yillik samarali mehnati uchun atoqli davlat va jamoat arboblari, diniy-ijtimoiy sohadagi rahbarlar va yetuk ulamolar, davlat tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlar xodimlari, xalqaro tashkilotlar, diplomatik vakolatxonalarning vakillari, xorijiy arboblar va olimlar taqdirlanishi belgilandi [9].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekistonda din ishlari sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta\u02bcminlashga mas\u02bcul vakolatli davlat boshqaruvi organi sifatida O\u02bbzbekiston Respublikasi Din ishlari bo\u02bbyicha qo\u02bbmitasi ta\u02bcsis etilgan bo\u02bblib, uning asosiy vazifasi sifatida jamiyatda \u201cjaholatga qarshi ma\u02bcrifat\u201d ulug\u02bbvor g\u02bboyasi asosida dinning asl insonparvarlik mohiyatini, ezgulik, tinchlik va insoniylik kabi fazilatlar, azaliy qadriyatlar ifodasi ekanligini targ\u02bbib etish maqsadida barcha davlat tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlarga bu boradagi faoliyatni amalga oshirishga ko\u02bbmaklashadi, mamlakatdagi diniy-ijtimoiy jarayonlar hamda diniy bag\u02bbrikenglikni ta\u02bcminlash masalalarini o\u02bbrganish natijalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini qo\u02bbllab-quvvatlash, targ\u02bbibot va tashviqot tadbirlarini o\u02bbtkazish choralarini ko\u02bbrish belgilangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Din ishlari bo\u02bbyicha qo\u02bbmita o\u02bbzining faoliyati doirasida O\u02bbzbekistonda mavjud diniy konfessiyalar va turli e\u02bctiqod vakillarining o\u02bbzaro bag\u02bbrikenglik munosabatlarini ta\u02bcminlash va yurtimizda hamjihatlik va birdamlik tuyg\u02bbularini shakllantirishga ko\u02bbmaklashadi. Shu munosabat bilan har yili \u201c16-noyabr \u2013 xalqaro diniy bag\u02bbrikenglik kuni\u201d arafasida Respublikamiz bo\u02bbylab, \u201cDiniy bag\u02bbrikenglik\u201d tadbirlari tashkil etiladi. Unda turli din va konfessiya vakillari o\u02bbzaro hamjihatlikda ishtirok etib, bir-birlari bilan samimiy va do\u02bbstona munosabatda bo\u02bbladilar. Mazkur an\u02bcanaga sodiq qolgan holda joriy yilning 16-noyabr kuni \u201cMillatlararo va dinlararo bag\u02bbrikenglik \u2013 samarali hamkorlikning muhim omili\u201d mavzusida xalqaro konferensiya bo\u02bblib o\u02bbtdi. Unda O\u02bbzbekiston faoliyat olib borayotgan diniy konfessiya vakillari, soha mutaxassislari hamda nufuzli xorijiy tashkilot rahbarlari ishtirok etdi. Ushbu konferensiyada dunyoda yuz berayotgan notinchliklar va ularni oldini olishda diniy bag\u02bbrikenglik va millatlararo totuvlik g\u02bboyalarini keng targ\u02bbib etish naqadar ahamiyatli ekanligi yana bir bor ta\u02bckidlandi. Shuningdek, O\u02bbzbekiston xalqaro islom akademiyasida qator ma\u02bcnaviy-ma\u02bcrifiy tadbirlar tashkil etilganini qayd etish joiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yuqorida zikr etilgan ma\u02bclumotlardan shuni anglash mumkinki, O\u02bbzbekiston qadimdan bag\u02bbrikeng diyor. Bu mintaqa asrlar osha o\u02bbzining insonparvar va xalqparvar siyosati bilan doimiy tinchlik va hamjihatlikda hayot kechirishi bilan boshqa o\u02bblkalardan ajralib turadi. Yangi O\u02bbzbekistonda ham diniy bag\u02bbrikenglik va millatlararo totuvlik g\u02bboyalarini jamiyatda yanada rivojlantirish, turli din va e\u02bctiqod vakillari uchun teng hamda o\u02bbzaro bag\u02bbrikenglik asosidagi davlat siyosatini amalga oshirish bosh maqsad qilingan. Bu esa yurtimiz va Markazi Osiyo mintaqasida tinchlik va farovonlik ta\u02bcminlashda juda ham muhim vazifalardan biri hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>Foydalanilgan adabiyotlar:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">O\u02bbzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. \/\/ https:\/\/lex.uz\/docs\/-6445145<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">O\u02bbzbekiston Respublikasining \u201cVijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi Qonuni. 05.07.2021 \/\/ https:\/\/lex.uz\/docs\/5491534<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi PF-5416-son \u201cDiniy-ma\u02bcrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi Farmoni. \/\/ https:\/\/lex.uz\/docs\/3686277<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son \u201c2022 \u2014 2026-yillarga mo\u02bbljallangan Yangi O\u02bbzbekistonning taraqqiyot strategiyasi to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi Farmoni. \/\/ https:\/\/lex.uz\/docs\/5841063<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-dekabrdagi PQ-3433-son \u201cO\u02bbzbekiston islom akademiyasini tashkil etish chora-tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi Qarori. \/\/ https:\/\/lex.uz\/docs\/4873152<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">O\u02bbzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-iyundagi 466-son \u201cO\u02bbzbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyatini tashkil etish va qo\u02bbllab-quvvatlash chora-tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi Qarori. \/\/ https:\/\/lex.uz\/docs\/3791929<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">O\u02bbzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 693-son \u201cO\u02bbzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi Qarori. \/\/ https:\/\/lex.uz\/ru\/docs\/5084643<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u201cMa\u02bcrifat va diniy bag\u02bbrikenglik rezolyutsiyasi\u201d O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 19-sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutqi. \/\/ https:\/\/uza.uz\/uz\/posts\/zbekiston-prezidenti-shavkat-mirziyeev-bmt-bosh-assambleyasi-20-09-2017<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">O\u02bbzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-sentyabrdagi 495-son \u201cDiniy bag\u02bbrikenglik\u201d ko\u02bbkrak nishonini ta\u02bcsis etish to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi Qarori. \/\/ https:\/\/lex.uz\/ru\/docs\/5084643<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Sh.M.Mirziyoyev. Yangi O\u02bbzbekiston strategiyasi. \u2013 Toshkent: \u201cO\u02bbzbekiston\u201d, 2021-yil. \u2013 464 b.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">HUSNIDDIN AHMEDOV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi <\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Malaka oshirish markazi direktori,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">siyosiy fanlar doktori, professor<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Dinlararo bag\u02bbrikenglik g\u02bboyasi xilma-xil diniy e\u02bctiqodga ega bo\u02bblgan kishilarning bir zamin, bir Vatanda, ezgu g\u02bboya va niyatlar yo\u02bblida hamkor va hamjihat bo\u02bblib yashashini anglatadi. Dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik g\u02bboyalariga asoslanadi, u halollik, tinchlik, yaxshilik va do\u02bbstlik kabi bir qancha ezgu fazilatlarga tayanadi. Shuningdek, insonlarni halollik va poklik, mehr-oqibat, insonparvarlik va bag\u02bbrikenglikka da\u02bcvat etadi. Yangi O\u02bbzbekistonda &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":36034,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>YANGI O\u02bbZBEKISTONDA DINIY BAG\u02bbRIKENGLIKNI TA\u02bcMINLASH \u2013 DAVLAT SIYOSATINING AJRALMAS QISMI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"YANGI O\u02bbZBEKISTONDA DINIY BAG\u02bbRIKENGLIKNI TA\u02bcMINLASH \u2013 DAVLAT SIYOSATINING AJRALMAS QISMI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36029&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"YANGI O\u02bbZBEKISTONDA DINIY BAG\u02bbRIKENGLIKNI TA\u02bcMINLASH \u2013 DAVLAT SIYOSATINING AJRALMAS QISMI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"YANGI O\u02bbZBEKISTONDA DINIY BAG\u02bbRIKENGLIKNI TA\u02bcMINLASH \u2013 DAVLAT SIYOSATINING AJRALMAS QISMI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36029&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2024-06-26T06:00:07+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2024-06-26T06:12:46+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/bagrikengg22.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"371\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"13 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36029&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36029&lang=oz\",\"name\":\"YANGI O\u02bbZBEKISTONDA DINIY BAG\u02bbRIKENGLIKNI TA\u02bcMINLASH \u2013 DAVLAT SIYOSATINING AJRALMAS QISMI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36029&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36029&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/bagrikengg22.jpg\",\"datePublished\":\"2024-06-26T06:00:07+00:00\",\"dateModified\":\"2024-06-26T06:12:46+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"YANGI O\u02bbZBEKISTONDA DINIY BAG\u02bbRIKENGLIKNI TA\u02bcMINLASH \u2013 DAVLAT SIYOSATINING AJRALMAS QISMI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36029&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36029&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36029&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/bagrikengg22.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/bagrikengg22.jpg\",\"width\":660,\"height\":371},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36029&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"YANGI O\u02bbZBEKISTONDA DINIY BAG\u02bbRIKENGLIKNI TA\u02bcMINLASH \u2013 DAVLAT SIYOSATINING AJRALMAS QISMI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"YANGI O\u02bbZBEKISTONDA DINIY BAG\u02bbRIKENGLIKNI TA\u02bcMINLASH \u2013 DAVLAT SIYOSATINING AJRALMAS QISMI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"YANGI O\u02bbZBEKISTONDA DINIY BAG\u02bbRIKENGLIKNI TA\u02bcMINLASH \u2013 DAVLAT SIYOSATINING AJRALMAS QISMI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36029&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"YANGI O\u02bbZBEKISTONDA DINIY BAG\u02bbRIKENGLIKNI TA\u02bcMINLASH \u2013 DAVLAT SIYOSATINING AJRALMAS QISMI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"YANGI O\u02bbZBEKISTONDA DINIY BAG\u02bbRIKENGLIKNI TA\u02bcMINLASH \u2013 DAVLAT SIYOSATINING AJRALMAS QISMI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36029&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2024-06-26T06:00:07+00:00","article_modified_time":"2024-06-26T06:12:46+00:00","og_image":[{"width":660,"height":371,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/bagrikengg22.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"13 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36029&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36029&lang=oz","name":"YANGI O\u02bbZBEKISTONDA DINIY BAG\u02bbRIKENGLIKNI TA\u02bcMINLASH \u2013 DAVLAT SIYOSATINING AJRALMAS QISMI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36029&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36029&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/bagrikengg22.jpg","datePublished":"2024-06-26T06:00:07+00:00","dateModified":"2024-06-26T06:12:46+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"YANGI O\u02bbZBEKISTONDA DINIY BAG\u02bbRIKENGLIKNI TA\u02bcMINLASH \u2013 DAVLAT SIYOSATINING AJRALMAS QISMI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36029&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=36029&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36029&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/bagrikengg22.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/bagrikengg22.jpg","width":660,"height":371},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=36029&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"YANGI O\u02bbZBEKISTONDA DINIY BAG\u02bbRIKENGLIKNI TA\u02bcMINLASH \u2013 DAVLAT SIYOSATINING AJRALMAS QISMI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/36029"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=36029"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/36029\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":36031,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/36029\/revisions\/36031"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/36034"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=36029"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=36029"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=36029"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}