{"id":35975,"date":"2024-06-20T10:40:31","date_gmt":"2024-06-20T05:40:31","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=35975"},"modified":"2024-06-20T10:40:31","modified_gmt":"2024-06-20T05:40:31","slug":"xviii-xix-asrlarda-xorazmda-faoliyat-olib-borgan-tabiblar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35975&lang=oz","title":{"rendered":"XVIII-XIX ASRLARDA XORAZMDA FAOLIYAT OLIB BORGAN TABIBLAR"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xiva xoni Abulg\u02bbozixon ibn Arab Muhammadxon Xorazmiyning (1603-1664) o\u02bbzbek tilida yozilgan \u201cManofi\u02bcul inson\u201d (\u201cInson uchun foydali dorilar\u201d)<a href=\"#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a> nomli asari tibbiyot olamida mashhurdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Biz o\u02bbrganayotgan davr (XVIII-XIX asrlar)da Xorazm (yoki ushbu hudud bilan bog\u02bbliq tarz)da faoliyat olib borgan tabiblardan Ja\u02bcfar xoja Hazoraspiy, Islom shayx Karruxiy, Mirzo Junaydulloh Hoziq, Muhammad Amin ibn mullo Muhammad Zohir xoja Husayniy Xorazmiy, Ahmad Tabibiy kabi tib olimlari faoliyati birmuncha tadqiqot talab ekanligi bilan ahamiyatlidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tibbiyot sohasida asar yozgan xorazmlik olimlardan biri Ja\u02bcfar xoja Hazoraspiy bo\u02bblib, to\u02bbliq ismi Ja\u02bcfar xoja ibn Nasriddin xoja Husayniy Karvakiy Hazoraspiydir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ja\u02bcfar xoja Nasriddin xoja o\u02bbg\u02bbli XVIII asr oxirlari \u2013 XIX asr boshlarida yashab ijod etgan. U\u00a0 1823-yili tibbiyotga oid, 67 bobdan iborat\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 \u201cMultaqat at-tib\u201d (\u201cTibbiy ma\u02bclumotlar to\u02bbplami\u201d) asarini yozgan<a href=\"#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a>. Ustozi Sayyid Odina Muhammad<a href=\"#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a> eshon bo\u02bblib, Xorazm tarixida tib ilmining eng mashhur namoyandalaridan biri bo\u02bblgan. U zotning asl nasabi Sayyid Muazzaddin Shakarlabga yetadi<a href=\"#_ftn4\" name=\"_ftnref4\">[4]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ja\u02bcfar xoja Hazoraspiy gelmintozlar (rishta); teri kasalliklari (parsha, sugal, vitiligo, furunkulez); yuqumli kasalliklar (qizilcha, suvchechak, ko\u02bbk yo\u02bbtal va boshqalar) kabi kasalliklarning simptomlari, ularni davolash uchun\u00a0 dorilarni tayyorlash va qo\u02bbllash usullari haqida yozadi<a href=\"#_ftn5\" name=\"_ftnref5\">[5]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu davrda yashagan, asli xorazmlik Hazrat Xudoyberdi (Ollohberdi)ning o\u02bbg\u02bbli Muhammad Islom shayx<a href=\"#_ftn6\" name=\"_ftnref6\">[6]<\/a> Karruxiy naqshbandiya silsilasi namoyandalaridan biri bo\u02bblish bilan birga, tib ilmini o\u02bbrganib, shogird va ixlosmand muridlarini ham ma\u02bcnaviy, ham jismoniy sog\u02bblom bo\u02bblishi uchun\u00a0 tabiblik va hakimlik ham qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cHazrat Eshon tabib va hakim edilar. Tabiblik va hakimlik ilmini mahorat bilan o\u02bbrganib, uning rivoji uchun har yili bir qancha mablag\u02bb sarf etardilar. Atrofdagi hududlardan mariz (kasal)likka uchragan har kishi, hazrat Eshon xizmatiga kelardi. U zot kasallarni xolisan davolar edilar<a href=\"#_ftn7\" name=\"_ftnref7\"><sup>[7]<\/sup><\/a>, \u2013 dyeb yozadi Mirzo Junaydulloh Hoziq.\u00a0 \u2013 Hirot shahzodasi Feruziddin kelib, kasalidan arz qildi. Hazrat Eshon (Islom shayx) uni xonaqohga kirishini tayinlab, bir qator vazifalarni berdilar&#8230; Shundan so\u02bbng Feruziddin Alloh taoloning inoyati bilan shifo topdi va u zotga shogird tushib, murid bo\u02bbldi\u201d, deb qayd etgan o\u02bbz asarida<a href=\"#_ftn8\" name=\"_ftnref8\">[8]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad Islom shayx Karruxiyning farzandi Mirzo Junaydulloh Hoziq XVIII asrning ikkinchi yarmida Foryob viloyatining shimolidagi Qaysar shahrida joylashgan Xojakenti rustoqida tavallud topgan. Manbalarda \u201cHoziqi Qaysariy\u201d<a href=\"#_ftn9\" name=\"_ftnref9\">[9]<\/a>, deb qayd etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mirzo Junaydulloh Hoziq to\u02bbg\u02bbrisida ayrim tazkiralarda<a href=\"#_ftn10\" name=\"_ftnref10\">[10]<\/a>, Sadriddin Ayniyning \u201cNamunai adabiyoti tochik\u201d<a href=\"#_ftn11\" name=\"_ftnref11\">[11]<\/a> asarida, Abdulg\u02bbani Mirzoyev<a href=\"#_ftn12\" name=\"_ftnref12\">[12]<\/a> kabi olimlarning tojik adabiyotiga doir darsliklarida, N.Ma\u02bcsumiyning \u201cXVIII asr va XIX asrning birinchi yarmida tojik adabiyoti\u201d<a href=\"#_ftn13\" name=\"_ftnref13\">[13]<\/a> risolasida ma\u02bclumotlar mavjud. Po\u02bblatjon Qayumov Mirzo Hoziqni qalandarona vaziyatda bo\u02bblgan dilovar kishi sifatida ta\u02bcriflab, uning forsiy g\u02bbazallaridan namunalar berib o\u02bbtgan<a href=\"#_ftn14\" name=\"_ftnref14\">[14]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Subhonqul Amirqulov<a href=\"#_ftn15\" name=\"_ftnref15\">[15]<\/a> Hoziqning \u201cYusuf va Zulayho\u201d dostonini ilmiy tadqiq qilgan bo\u02bblsa, H. Hikmatullayev<a href=\"#_ftn16\" name=\"_ftnref16\">[16]<\/a> Mirzo Hoziqni mohir tabiblardan biri bo\u02bblgani va tibbiyotga oid \u201cTahqiqul qavoid\u201d<a href=\"#_ftn17\" name=\"_ftnref17\">[17]<\/a> asarini yozganini ta\u02bckidlab o\u02bbtgan. Tibbiyot fanlari doktori A.A. Qodirov XVIII \u2013 XIX asrning birinchi yarmida O\u02bbzbekiston tibbiyot tarixida Mirzo Junaydulloh Hoziq muhim o\u02bbrin egallagan<a href=\"#_ftn18\" name=\"_ftnref18\">[18]<\/a>, deya e\u02bctirof etadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuni ta\u02bckidlash joizki, Ergashali Shodiyev Mirzo Hoziq hayoti va ijodiga bag\u02bbishlab yozgan \u201cHoziq kulliyoti\u201d<a href=\"#_ftn19\" name=\"_ftnref19\">[19]<\/a>, \u201cHoziq haqida yangi ma\u02bclumotlar\u201d<a href=\"#_ftn20\" name=\"_ftnref20\">[20]<\/a> nomli maqolalarida Mirzo Hoziq hayoti va asarlarining qisqacha mazmuni, otasi Islom shayx to\u02bbg\u02bbrisida fikr-mulohazalar yuritgan. Mazkur tadqiqot Mirzo Hoziqning \u201cVoqeoti islomiya\u201d asari haqida dastlabki tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, \u201cO\u02bbzbek adabiyoti tarixi\u201d<a href=\"#_ftn21\" name=\"_ftnref21\">[21]<\/a> nomli majmuada ham yuqoridagi tadqiqotlar umumiylikda berib o\u02bbtilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mirzo Junaydulloh Hoziq hayoti va faoliyatini kengroq yoritish imkoni bo\u02bblmagan. Shu sababli ham Mirzo Junaydulloh Hoziq shaxsi to\u02bbg\u02bbrisida deyarli bir xil ma\u02bclumotlar uchraydi<a href=\"#_ftn22\" name=\"_ftnref22\">[22]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yosh Junaydulloh arab va fors tillarini hamda sarfu nahvni ikki yil mobaynida ustozi xalifa Atoulloh Xo\u02bbqandiydan qunt bilan o\u02bbrgangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1826-yilda Xiva xoni Olloqulixon Hoziqni Xivaga taklif etadi. Hoziq bu yerda \u201cHaqiqatni aniqlash va tekshirib ko\u02bbrish\u201d nomli tibbiyotga doir asarini<a href=\"#_ftn23\" name=\"_ftnref23\">[23]<\/a> yozib tugallaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mirzo Hoziq 1843-yil Kitob shahrida vafot etadi. Jasadi Mavlono Oxund mozoriga dafn etilgan<a href=\"#_ftn24\" name=\"_ftnref24\">[24]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">XIX asrda ko\u02bbzga ko\u02bbringan tajribali, mashhur tabiblardan yana biri mullo Muhammad Amin ibn mullo Muhammad Zohir xoja Husayniy Xorazmiydir.\u00a0\u00a0 Shuningdek, u mohir tarjimon ham bo\u02bblgan. O\u02bbz zamonasining ko\u02bbzga ko\u02bbringan tabiblaridan biri Yusuf ibn Muhammad ibn Yusuf Hiraviy (tabib \u201cYusufiy\u201d)ning (vafoti 1514-yil)\u00a0\u00a0 \u201cYusuf tibbiyoti\u201d nomli asarini 1299\/1882-yilda o\u02bbzbek tiliga tarjima qilgan<a href=\"#_ftn25\" name=\"_ftnref25\">[25]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xiva xoni Muhammad Rahimxon II ni tabibi bo\u02bblgan Ahmad Tabibiy 1869-yil\u00a0\u00a0 Xivaning mashhur tabiblaridan biri Ali Muhammad tabib xonadonida tavallud topgan. Otasi o\u02bbg\u02bbliga fors, arab tillarini chuqur o\u02bbzlashtirishiga rahnamolik qilish bilan bir qatorda tabiblikni ham o\u02bbrgatadi. Shuning uchun ham Ahmad o\u02bbziga keyinchalik \u201cTabibiy\u201d taxallusini tanlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shoir va tabib ilm-ma\u02bcrifat, ijod ahli orasida katta hurmatga ega bo\u02bbladi, xon e\u02bctiborini qozonadi, tabib sifatida kishilar dardiga hamisha davo izlaydi<a href=\"#_ftn26\" name=\"_ftnref26\">[26]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">XVIII-XIX asrlarda Xorazmda faoliyat olib borgan tabiblar hayoti va faoliyatini o\u02bbrganish, tibbiyot sohasi rivojiga munosib hissa qo\u02bbshib, tib ilmining zabardast namoyandalari tarixini yanada oydinlashtiradi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\">\u00a0<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a> O\u02bbzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti (bundan keyin O\u02bbzR FA SHI). Qo\u02bblyozma. Inv \u2116 4107 raqam ostida saqlanmoqda.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a> O\u02bbzR FA SHI. Qo\u02bblyozma. Inv \u2116 3336.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a> Ja\u02bcfar xojaning ustozi Sayyid Odina Muhammad ibn Sayyid Muzaffar A\u02bclo Xorazmiy Hazoraspiy &#8211; Sayyid Odina eshon nomi bilan mashhur bo\u02bblgan. \u201cMiftoh ul-asror\u201d, \u201cRisolai Odina Eshon\u201d va \u201cSharhi kalimoti ba\u02bczi ahli suluk\u201d (\u201cBa\u02bczi suluk ahlining so\u02bbzlariga sharh\u201d) nomli asarlari mavjud. Bu haqda qarang: Latifjon Hoji Bahouddin o\u02bbg\u02bbli. Xorazmlik ma\u02bcrifat sohibi. T.: Zar qalam, 2003. \u2013 B. 60.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref4\" name=\"_ftn4\">[4]<\/a> O\u02bbzR FA SHI. Qo\u02bblyozma. Inv \u2116 3336. Ja\u02bcfarxoja. Multaqat at-tib. Qo\u02bblyozma, o\u02bbzbekcha. Kitobning 165b-167a varaqlarida muallif o\u02bbz shajarasini berib o\u02bbtgan.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref5\" name=\"_ftn5\">[5]<\/a> Rustamova X.Ye., Stojarova N.K., Nurmamatova Q.Ch., Abdurashidova Sh.A. Tibbiyot tarixi. \u2013T.: 2014. \u2013 B. 87.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref6\" name=\"_ftn6\">[6]<\/a> Mirzo Me\u02bcrojiddin. So\u02bbfi Ollohyor va Islom shayx tarixi. \u2013T.: MASHHUR-PRESS, 2017. \u2013 B. 76-70.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref7\" name=\"_ftn7\"><sup>[7]<\/sup><\/a> Mirzo Junaydulloh Hoziq. Voqeoti Islomiya. Qo\u02bblyozma. Forscha. O\u02bbzR FA SHI H.Sulaymonov fondi. Inv \u2116 3021. 31-a varaq.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref8\" name=\"_ftn8\">[8]<\/a> Mirzo Me\u02bcrojiddin. So\u02bbfi Ollohyor va Islom shayx tarixi. \u2013 T.: MASHHUR-PRESS, 2017. \u2013 B. 59.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref9\" name=\"_ftn9\">[9]<\/a> Sayid Muhammad Alem Labib \/\/ Namoyandagoni barjasti havzai adabii Balx dar sadai XIX \/\/ (S.Ayniy nomidagi Tojikiston davlat Pedagogika Universiteti) Vestnik Pedagogicheskogo Universiteta. \u2013 Dushanbe, 2015. \u2116 3 (64). \u2013 S. 156-157.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref10\" name=\"_ftn10\">[10]<\/a>Mullo Abdulmutallib xo\u02bbja. Tazkirai Abdulmutallib xo\u02bbja Fahmiy. Qo\u02bblyozma. 1277\/1860. O\u02bbzR FA SHI. Inv \u2116 2331\/III, 299 sahifa.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref11\" name=\"_ftn11\">[11]<\/a> Sadriddin Ayniy. Namunai adabiyoti tojik. \u2013 Moskva, 1926. \u2013 B. 257-261.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref12\" name=\"_ftn12\">[12]<\/a> Abdulg\u02bbani Mirzayev. Adabiyot. \u2013 Dushanbe, 1948. \u2013 B. 141-145.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref13\" name=\"_ftn13\">[13]<\/a> Ma\u02bcsumy N. Adabiyoti tochik dar asri XVIII va nimai avvali asri XIX. \u2013 Dushanbe, 1962.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref14\" name=\"_ftn14\">[14]<\/a> Qayumov P. Xo\u02bbqand tarixi va uning adabiyoti. \u2013 T.: Tamaddun, 2011. \u2013 B. 36-40.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref15\" name=\"_ftn15\">[15]<\/a> Subhonqul Amirqulov. Chunaydullo Hoziq va dostoni o\u02bb \u201cYusuf va Zulayxo\u201d. \u2013 Dushanbe: Irfon, 1967.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref16\" name=\"_ftn16\">[16]<\/a> Hikmatullayev H. Shoir Hoziqning tibbiy asarlari va tabibligi haqida \/\/ \u201cO\u02bbzbek tili va adabiyoti\u201d, 1969 yil 5-son. \u2013 B. 51; Sharq tabobati. \u2013 Toshkent, 1994. \u2013 B. 99-102.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref17\" name=\"_ftn17\">[17]<\/a> \u201cTahqiqul qavoid\u201d asari Umar Chagminiyning \u201cSharhi qonuncha\u201dsiga yozilgan sharh hisoblanadi. Asarning uchta qo\u02bblyozma nusxasi mavjud bo\u02bblib, ular ToshDSHI SHQM fondida \u21161306, 6794, 710 &#8211; raqamlar ostida saqlanmoqda. \u00a0<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref18\" name=\"_ftn18\">[18]<\/a> Qodirov A.A. Istoriya meditsin\u044b Uzbekistana. \u2013 T.: Ibn Sino, 1994. \u2013 Str. 132-133.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref19\" name=\"_ftn19\">[19]<\/a> Ushbu asar muallifga Samarqand viloyati Toyloq tumanida yashovchi ushbu avlod vakillari xonadonidan yetganligi haqida ma\u02bclumotlar bor. Qarang.: Shodiyev E. Hoziq kulliyoti \/\/ \u201cO\u02bbzbek tili va adabiyoti\u201d jurnali, 1971-yil 2-soni.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref20\" name=\"_ftn20\">[20]<\/a> Shodiyev E. Hoziq xaqida yangi ma\u02bclumotlar \/\/ \u201cO\u02bbzbek tili va adabiyoti\u201d jurnali, 1972-yil 1-soni.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref21\" name=\"_ftn21\">[21]<\/a> O\u02bbzbek adabiyoti tarixi. IV tom. \u2013T.: Fan, 1978. \u2013 B. 204-215.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref22\" name=\"_ftn22\">[22]<\/a> Nosir Muhammad. Nasaf va Kesh allomalari. \u2013 T.: G\u02bbafur G\u02bbulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2006. \u2013 B. 89-90; Ismat Sanayev. Nodim Ziyovuddiniy. \u2013Samarqand: Zarafshon, 1995. \u2013 B. 5-6; G\u02bbafur G\u02bbulom. Unitilmas kishilar \/\/ Qizil O\u02bbzbekiston. \u2013Toshkent, 1949. 8-iyun; Qayumov A. Qo\u02bbqon adabiy muhiti. \u2013 Toshkent, 1961; Ismat Sanayev. Tahqir ta\u02bcqibidagi taqdirlar. \u2013 Samarqand. Zarafshon, 2001. \u2013 B. 10-14; XIX asrning ikkinchi yarmi va\u00a0 XX asrning boshlarida Zarfshon vodiysi adabiy muhiti. \u2013 T.: Tafakkur, 2009; Umid Bekmuhammad. Saroyga sig\u02bbmagan tabib \/\/ \u201cZarafshon\u201d gazetasi, 2007-yil 7-iyul.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref23\" name=\"_ftn23\">[23]<\/a> Umid Bekmuhammad. Saroyga sig\u02bbmagan tabib \/\/ &#8220;Zarafshon&#8221; gazetasi. 2007-y. 7-iyul. 2 sahifa.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref24\" name=\"_ftn24\">[24]<\/a> (Hoji) Ahadqul Berdiyev. Haqiqatga sadqa bosh. \u2013 Toshkent, 2005. \u2013 B. 16-26.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref25\" name=\"_ftn25\">[25]<\/a> O\u02bbzR FA SHI. Qo\u02bblyozma. Inv \u2116 8391. SVR, VII-tom. \u2116 5448 (8391).<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref26\" name=\"_ftn26\">[26]<\/a> 1968-yil F. G\u02bbanixo\u02bbjayev &#8220;Tabibiyning hayoti va ijodiy merosi&#8221; mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. Bu haqda qarang: B. Qosimov, Sh. Yusupov, U. Dolimov. Sh. Rizayev. S. Ahmedov. Milliy uyg\u02bbonish davri adabiyoti. \u2013 T.: Ma\u02bcnaviyat nashriyoti, 2004. \u2013 B. 55-56. www.ziyouz.com kutubxonasi.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Mehrojiddin Amonov<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tarix fanlari bo\u02bbyicha falsafa doktori (PhD)<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\">\u00a0<\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Hafizulloh Boyqobilov<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xiva xoni Abulg\u02bbozixon ibn Arab Muhammadxon Xorazmiyning (1603-1664) o\u02bbzbek tilida yozilgan \u201cManofi\u02bcul inson\u201d (\u201cInson uchun foydali dorilar\u201d)[1] nomli asari tibbiyot olamida mashhurdir. Biz o\u02bbrganayotgan davr (XVIII-XIX asrlar)da Xorazm (yoki ushbu hudud bilan bog\u02bbliq tarz)da faoliyat olib borgan tabiblardan Ja\u02bcfar xoja Hazoraspiy, Islom shayx Karruxiy, Mirzo Junaydulloh Hoziq, Muhammad Amin ibn mullo Muhammad Zohir xoja Husayniy &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":35976,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>XVIII-XIX ASRLARDA XORAZMDA FAOLIYAT OLIB BORGAN TABIBLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"XVIII-XIX ASRLARDA XORAZMDA FAOLIYAT OLIB BORGAN TABIBLAR\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35975&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"XVIII-XIX ASRLARDA XORAZMDA FAOLIYAT OLIB BORGAN TABIBLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"XVIII-XIX ASRLARDA XORAZMDA FAOLIYAT OLIB BORGAN TABIBLAR\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35975&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2024-06-20T05:40:31+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/xorazmda.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"418\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"7 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35975&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35975&lang=oz\",\"name\":\"XVIII-XIX ASRLARDA XORAZMDA FAOLIYAT OLIB BORGAN TABIBLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35975&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35975&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/xorazmda.jpg\",\"datePublished\":\"2024-06-20T05:40:31+00:00\",\"dateModified\":\"2024-06-20T05:40:31+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"XVIII-XIX ASRLARDA XORAZMDA FAOLIYAT OLIB BORGAN TABIBLAR\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35975&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35975&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35975&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/xorazmda.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/xorazmda.jpg\",\"width\":660,\"height\":418},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35975&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"XVIII-XIX ASRLARDA XORAZMDA FAOLIYAT OLIB BORGAN TABIBLAR\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"XVIII-XIX ASRLARDA XORAZMDA FAOLIYAT OLIB BORGAN TABIBLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"XVIII-XIX ASRLARDA XORAZMDA FAOLIYAT OLIB BORGAN TABIBLAR","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35975&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"XVIII-XIX ASRLARDA XORAZMDA FAOLIYAT OLIB BORGAN TABIBLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"XVIII-XIX ASRLARDA XORAZMDA FAOLIYAT OLIB BORGAN TABIBLAR","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35975&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2024-06-20T05:40:31+00:00","og_image":[{"width":660,"height":418,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/xorazmda.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"7 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35975&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35975&lang=oz","name":"XVIII-XIX ASRLARDA XORAZMDA FAOLIYAT OLIB BORGAN TABIBLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35975&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35975&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/xorazmda.jpg","datePublished":"2024-06-20T05:40:31+00:00","dateModified":"2024-06-20T05:40:31+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"XVIII-XIX ASRLARDA XORAZMDA FAOLIYAT OLIB BORGAN TABIBLAR","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35975&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=35975&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35975&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/xorazmda.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/xorazmda.jpg","width":660,"height":418},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35975&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"XVIII-XIX ASRLARDA XORAZMDA FAOLIYAT OLIB BORGAN TABIBLAR"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/35975"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=35975"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/35975\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":35977,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/35975\/revisions\/35977"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/35976"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=35975"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=35975"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=35975"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}