{"id":35965,"date":"2024-06-19T10:08:24","date_gmt":"2024-06-19T05:08:24","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=35965"},"modified":"2024-06-19T10:11:34","modified_gmt":"2024-06-19T05:11:34","slug":"qurbonlik-ibodat","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35965&lang=oz","title":{"rendered":"QURBONLIK \u2014 IBODAT"},"content":{"rendered":"<p data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"size-full wp-image-35966 aligncenter\" src=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/gazeta_zar_190624.jpg\" alt=\"\" width=\"660\" height=\"660\" srcset=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/gazeta_zar_190624.jpg 660w, https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/gazeta_zar_190624-300x300.jpg 300w, https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/gazeta_zar_190624-150x150.jpg 150w\" sizes=\"(max-width: 660px) 100vw, 660px\" \/><\/p>\n<p class=\"\" style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Alloh taolo barcha insonlarni O\u02bbzigagina ibodat qilishga buyuradi. Chunki ibodat \u2014 Unga qurbat (Yaratganga yaqinlik) hosil qilish, Uning roziligini topish uchun bir vosita. Bandani Alloh taologa yaqinlashtiruvchi moliyaviy ibodatlardan biri qurbonlik bo\u02bblib, u har yili bir vaqtda, ya\u02bcni hijriy hisob bilan Zulhijja oyining o\u02bbninchi kuni \u2014 Qurbon hayiti kunlari qilinadi. Qurbonlikning mohiyati Allohga bandalik qilgan holda, uning ne\u02bcmatlari uchun shukrona etmoq va fidokorlik qilmoqdir.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Qurbonlikning tarixi Hazrat Ibrohim alayhissalom va u zotning o\u02bbg\u02bbli Ismoil alayhissalomga borib taqaladi. Hazrati Ibrohim bir kuni tushida o\u02bbg\u02bbli Ismoilni qurbonlik qilayotganini ko\u02bbradi \u2014 bu ilohiy vahiy edi. Hazrati Ibrohim ahvolni, ya\u02bcni ko\u02bbrgan tushini o\u02bbg\u02bbliga aytadi. O\u02bbg\u02bbli Ismoil ham ahvolni to\u02bbg\u02bbri tushunib, bunga tayyor, rozi ekanligini bildiradi. Hazrati Ibrohim o\u02bbg\u02bbli Ismoilni qurbonlik qilishga tayyorlanayotganda Alloh taolo ularning bu samimiyati va itoati sababli Ismoilning o\u02bbrniga jannatdan bir qo\u02bbyni evaz qilib berdi. Hazrati Ibrohim Ismoilning o\u02bbrniga shu qo\u02bbyni qurbonlik qildi. Alloh taolo bu borada Qur\u02bconi karimning \u201cAs-Soffat\u201d surasi 102-111-oyatlarida shunday marhamat qiladi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>\u201cBas, qachonki (bola) uning o\u02bbzi bilan birga yuradigan bo\u02bblganida: \u201cEy o\u02bbg\u02bbilcham, men tushimda seni so\u02bbyayotganimni ko\u02bbrmoqdaman, boqib ko\u02bbr, nima deysan?\u201d \u2014 dedi. U: \u201cEy otajon, senga amr etilganni bajar, insha Alloh, meni sabr qilguvchilardan topursan\u201d.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>\u201cIkkovlari taslim bo\u02bblib, uni peshonasicha yotqizganida biz unga nido qildik: \u201cEy, Ibrohim! Batahqiq, sen tushni tasdiq qilding! Albatta, biz go\u02bbzal ish qilguvchilarni mana shunday mukofotlaymiz\u201d.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>\u201cAlbatta, bu ochiq-oydin sinovning ayni o\u02bbzidir\u201d, \u201cBiz uning o\u02bbrniga katta qurbonlik fido qildik\u201d. \u201cVa keyingilar ichida uning uchun (olqishlar) qoldirdik\u201d.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Qurbonlik lug\u02bbatda \u201cyaqinlashmoq\u201d, \u201cqurbat hosil qilish\u201d ma\u02bcnosini anglatsa, istilohda esa Qurbon hayiti kunlarida Allohga ma\u02bcnaviy qurbat \u2014 yaqinlik hosil qilish maqsadida turi, yoshi va boshqa vasflari dinimiz belgilagan hayvon (jonliq)ni so\u02bbyish va muhtojlarga tarqatishdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Islom dinida qurbonlik hijratning ikkinchi (milodiy 624) yili Madinada mashru\u02bc qilingan. Qurbonlik qilish boy \u2014 qarzi va yashayotgan uyi va zaruriy ehtiyojidan tashqari zakot nisobiga yetarli mablag\u02bb (20 misqol (80.18 gramm) oltin yoki shu qiymatdagi pul yoki mol)ga ega va muqim bo\u02bblgan (o\u02bbz elida doimiy yashayotgan) har bir musulmon erkak va ayolga vojib amal hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu borada shunday marhamat qilganlar: <strong>\u201cMixnaf ibn Sulaym roziyallohu anhu \u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan Arafotda turgan edik. Men U zotning: Ey odamlar, har bir uy ahliga har yili qurbonlik lozimdir\u201d, deganlarini eshitdim\u201d, dedi<\/strong> (Imom Termiziy rivoyati).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Qurbonlikning fazilati haqida bir qancha hadislarni keltirish mumkin. Jumladan, bir hadisda qurbonlikning qoni yerga tushib ulgurmasdan qurbonlik qilayotgan kishining gunohlari mag\u02bbfirat qilinishi hamda qurbonlik qilinayotgan hayvonning junlari miqdoricha savoblanishi bashorat qilingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallam Fotima roziyallohu anhoga: <strong>\u201cTuring va borib qurbonligingizga guvoh bo\u02bbling. Uning qonining birinchi tomchisi tomishi bilan sizning o\u02bbtgan gunohlaringiz mag\u02bbfirat qilinur\u201d, dedilar. Shunda Fotima roziyallohu anho: \u201cEy Allohning Rasuli, bu <\/strong>(qurbonlikning qonining birinchi tomchisi tomishi bilan gunohlarning mag\u02bbfirat qilinishi)<strong> biz \u2014 ahli baytga xosmi yoki biz va musulmonlarga umumiymi?\u201d dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: \u201cYo\u02bbq. Barcha musulmonlarga umumiydir\u201d, dedilar.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shu bois ulug\u02bblarimiz qurbonlik qilishning savobi ulug\u02bb va fazilati yuksakligidan vojib bo\u02bblmasa ham, kishi bir qo\u02bbyni so\u02bbyishga qodir bo\u02bblsa, qurbonlik qilsa yaxshi bo\u02bbladi, deb aytishgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Qurbonlik uchun so\u02bbyishga besh yoshga to\u02bblgan tuya, ikki yoshga to\u02bblgan qoramol, olti oylikdan oshgan qo\u02bby va bir yoshli echki yaraydi. Xo\u02bbroz, tovuq, kurka va g\u02bboz kabi uy parrandalari hamda go\u02bbshti yeyiladigan yovvoyi hayvonlar qurbonlik uchun so\u02bbyishga yaramaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Qo\u02bby va echkini bir kishi, tuya va qoramolni esa bir kishidan yetti kishigacha birlashib, barchasi qurbonlik niyati bilan so\u02bbysa bo\u02bbladi. Qurbonlik qilingan hayvon go\u02bbshti, yog\u02bbi, terisi va boshqa narsalari sotilmaydi. Lekin kishi ularni ixtiyoriy ravishda birovlarga berishi yoki oilasi uchun ishlatishi mumkin. Agar teri sotilsa, qiymati sadaqa qilinadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Qurbonlik uchun tanlangan jonliq o\u02bbta ozg\u02bbin, so\u02bbyish joyigacha yurib bora olmaydigan holdagi<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">cho\u02bbloq, ko\u02bbzi ko\u02bbr, qulog\u02bbi, shoxi yoki dumining uchdan bir qismidan ko\u02bbprog\u02bbi kesib tashlangan bo\u02bblsa qurbonlikka yaramaydi. Chunki Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam: <strong>\u201cTo\u02bbrt narsa qurbonlikka joiz emas \u2014 g\u02bbilayligi, bemorligi, cho\u02bbloqligi ochiq-oydin bo\u02bblgan hayvon va miyasi aylanib qolgan hayvon\u201d<\/strong> deb marhamat qilganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Qurbon hayiti kuni hayit namozining o\u02bbqib bo\u02bblinishi qurbonlik so\u02bbyish vaqtining boshlanishidir. Bunga quyidagi oyat va hadislar dalil bo\u02bbladi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Alloh taolo \u201cKavsar\u201d surasining 1,2-oyatlarida shunday marhamat qiladi: \u201cAlbatta, Biz Senga Kavsarni berdik. Bas, Rabbing uchun namoz o\u02bbqi va qurbonlik so\u02bby\u201d.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Oyatda avval hayit namozini o\u02bbqishga buyurilib, so\u02bbng qurbonlik qilishga amr qilinmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shuningdek, <strong>\u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallamning xutba aytib: \u201cAlbatta, bugun <\/strong>(hayit kuni)<strong> birinchi bo\u02bblib qiladigan ishimiz \u2014 namoz o\u02bbqimoq, keyin ersa, borib qurbonlik qilmoqdir. Kimki shunday qilsa, bizning sunnatimizni bajo keltiribdi!\u201d deganlar\u201d<\/strong>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Qurbonlikni Hayit namozi o\u02bbqib bo\u02bblingandan boshlab, hayitning uchinchi kuni quyosh botgunga qadar so\u02bbyish mumkin. Biroq hayitning birinchi kuni so\u02bbygan afzal.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u02bbzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay\u02bcatining ko\u02bbrsatmasiga muvofiq, bomdod namozini ado qilgandan so\u02bbng, to quyosh chiqqunga qadar zikru tasbehlar bilan mashg\u02bbul bo\u02bblib, quyosh chiqib, biroz ko\u02bbtarilgach (quyosh chiqqanidan 15-20 daqiqadan so\u02bbng), zuho namozini ado qilgandan keyin qurbonliklarimizni so\u02bbysak, bir nechta sunnat va mustahablarni ado qilgan bo\u02bblamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Agar qurbonlikni so\u02bbyish qo\u02bblidan kelsa, qurbonlik qilayotgan kishining o\u02bbzi so\u02bbyadi. Qo\u02bblidan kelmasa, qo\u02bblidan keladigan kishiga so\u02bbydiradi va o\u02bbzi yonida qurbonlik qilinayotgan hayvonga qo\u02bblini tekkizib, qurbonligining qabul bo\u02bblishini so\u02bbrab duo qiladi. So\u02bbygan kishiga xizmat haqi sifatida qurbonlik go\u02bbshtidan (terisi va boshqa narsalaridan) berish joiz emas. Unga pul berib, rozi qilinadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Qurbonlik go\u02bbshtining uchdan birini sadaqa qilish, uchdan birini kelgan mehmonlarga pishirib berish va uchdan birini keyinchalik yeyishga olib qolish mustahab. Agar qurbonlik qiluvchi serfarzand bo\u02bblsa, sadaqa qilish o\u02bbrniga hammasini oilasi ehtiyoji uchun qoldirsa ham bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p class=\"\" style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Qurbonlikning axloqiy va iqtisodiy ahamiyati ham katta. Qurbonlik go\u02bbshtining bir qismini moddiy imkoniyati cheklangan, nochor oilalarga, yetim-yesirlarga bersa, ularning ham qozoni qaynaydi va xonadoniga xursandchilik kiradi. Albatta, bu xayrli ish orqali qurbonlik qilgan kishi yana bir bor ulkan ajr-savobga ega bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Muhimi, bu xayrli ish jamiyatdagi ijtimoiy yordam va birdamlikning go\u02bbzal namunalaridan biri hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Yo\u02bbldoshxon ISAYEV,<br \/>\n<\/strong><\/span><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi.<\/strong><\/span><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Alloh taolo barcha insonlarni O\u02bbzigagina ibodat qilishga buyuradi. Chunki ibodat \u2014 Unga qurbat (Yaratganga yaqinlik) hosil qilish, Uning roziligini topish uchun bir vosita. Bandani Alloh taologa yaqinlashtiruvchi moliyaviy ibodatlardan biri qurbonlik bo\u02bblib, u har yili bir vaqtda, ya\u02bcni hijriy hisob bilan Zulhijja oyining o\u02bbninchi kuni \u2014 Qurbon hayiti kunlari qilinadi. Qurbonlikning mohiyati Allohga bandalik qilgan &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":35966,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[642],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>QURBONLIK \u2014 IBODAT - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"QURBONLIK - IBODAT\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35965&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"QURBONLIK \u2014 IBODAT - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"QURBONLIK - IBODAT\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35965&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2024-06-19T05:08:24+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2024-06-19T05:11:34+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/gazeta_zar_190624.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"5 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35965&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35965&lang=oz\",\"name\":\"QURBONLIK \u2014 IBODAT - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35965&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35965&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/gazeta_zar_190624.jpg\",\"datePublished\":\"2024-06-19T05:08:24+00:00\",\"dateModified\":\"2024-06-19T05:11:34+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"QURBONLIK - IBODAT\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35965&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35965&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35965&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/gazeta_zar_190624.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/gazeta_zar_190624.jpg\",\"width\":660,\"height\":660},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35965&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"QURBONLIK \u2014 IBODAT\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"QURBONLIK \u2014 IBODAT - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"QURBONLIK - IBODAT","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35965&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"QURBONLIK \u2014 IBODAT - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"QURBONLIK - IBODAT","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35965&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2024-06-19T05:08:24+00:00","article_modified_time":"2024-06-19T05:11:34+00:00","og_image":[{"width":660,"height":660,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/gazeta_zar_190624.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"5 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35965&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35965&lang=oz","name":"QURBONLIK \u2014 IBODAT - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35965&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35965&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/gazeta_zar_190624.jpg","datePublished":"2024-06-19T05:08:24+00:00","dateModified":"2024-06-19T05:11:34+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"QURBONLIK - IBODAT","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35965&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=35965&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35965&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/gazeta_zar_190624.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/gazeta_zar_190624.jpg","width":660,"height":660},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35965&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"QURBONLIK \u2014 IBODAT"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/35965"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=35965"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/35965\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":35971,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/35965\/revisions\/35971"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/35966"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=35965"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=35965"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=35965"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}