{"id":35962,"date":"2024-06-17T20:51:15","date_gmt":"2024-06-17T15:51:15","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=35962"},"modified":"2024-06-17T20:51:15","modified_gmt":"2024-06-17T15:51:15","slug":"mehr-muruvvat-va-shukronalik-ayyomi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35962&lang=oz","title":{"rendered":"MEHR-MURUVVAT VA SHUKRONALIK AYYOMI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Iyd al-Adho \u2013 Qurbon hayiti zulhijja oyining dastlabki o\u02bbn kunligi yakuniga to\u02bbg\u02bbri keladi. Islom mehr-muruvvat, saxovat, insonparvarlik, bag\u02bbrikenglik, ma\u02bcrifat va tinchlikparvarlik dini sifatida silai rahm, kattaga hurmat, kichikka izzat, yetimlarga g\u02bbamxo\u02bbrlik va muhtojlarga yordamni ham ulug\u02bb ibodatlar qatoriga qo\u02bbshgan. Zulhijja oyining birinchi o\u02bbn kunida bu fazilatlar yanada yorqin namoyon bo\u02bbladi. Odamlar bu g\u02bbanimat kunlarda zikr va ehsonga, harom amallardan saqlanishga, qalb pokligi va husni xulqqa yana ham ko\u02bbproq e\u02bctibor beradi. Gina-kuduratlar bo\u02bblsa, uzr-ma\u02bczur qiladi. Imkon qadar o\u02bbzgalarning og\u02bbirini yengil qilishga shoshiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Haj ibodati ham ayni shu kunlarda ado etiladi. Shu bois, bu oy \u201czulhijja\u201d, ya\u02bcni \u201chaj sohibi\u201d deb ataladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qurbon hayitining yana bir ulug\u02bb jihati bor. Bu kunlarda butun dunyo bo\u02bbylab millionlab yo\u02bbqsillarning bahri dili ochiladi \u2014 ular anchadan buyon ko\u02bbrmay-totmay kelayotgan ne\u02bcmatlardan bahra oladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sir emaski, jahonda hayotida \u201cko\u02bbrmoq\u201d va \u201cyemoq\u201d so\u02bbzlari uyg\u02bbunlashmay kelayotgan millionlab odamlar bor. Xususan, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo\u02bbjaligi bo\u02bbyicha tashkiloti \u2014 FAO ma\u02bclumotlariga ko\u02bbra, bugun dunyoda 828 milliondan ziyod inson ochlikdan aziyat va azob chekmoqda. Shuni inobatga oladigan bo\u02bblsak, Qurbon hayitining naqadar muazzam ayyom ekani yanada yaqqol namoyon bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugun mamlakatimizda ana shu ulug\u02bb bayram shukuhi kezib yuribdi. Yurtdoshlarimiz bu kunlarda muttasil ravishda saxovat amallarini ado etmoqda. Ko\u02bbpchilik bularni bajarish barobarida dinimizdagi insonparvarlik g\u02bboyalarini tarannum etuvchi buyuk ibodat \u2014 qurbonlik amalini bajarishga hozirlik ko\u02bbryapti.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo Qur\u02bconi karimda bunday marhamat qiladi: \u201cUlar o\u02bbz (diniy va dunyoviy) manfaatlariga shohid bo\u02bblish uchun va ma\u02bclum kunlarda (Alloh) ularga rizq qilib bergan chorva hayvonlariga (ularni qurbonlik uchun so\u02bbyishda) Alloh nomini zikr qilish uchun kelurlar. Bas, undan o\u02bbzingiz ham yeyaveringiz, bechora-kambag\u02bballarga ham yediringiz!\u201d (Haj surasi, 27-28-oyatlar).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mashhur tafsir ulamolari \u201cma\u02bclum kunlar\u201d jumlasini zulhijja oyining birinchi o\u02bbn kunligi, deb e\u02bctirof etgan. Oyat va hadislarda kelgan dalillarga binoan, zulhijja oyining dastlabki o\u02bbn kuni dinimizda hayoti dunyodagi eng afzal kunlar, deb ta\u02bcriflanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam \u201cBu kunlarda qilingan yaxshi amallar Alloh taologa boshqa kunlardagidan ko\u02bbra suyukliroqdir\u201d, deganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu bois, zulhijjaning birinchi o\u02bbn kunligida yurtimiz musulmonlari hamjihatlik bilan joylarda nogironlar, yolg\u02bbiz keksalar, boquvchisiz qolganlar, kam ta\u02bcminlangan oilalar, mehnat faxriylarini yo\u02bbqlab, holidan xabar olib, ko\u02bbtarinki kayfiyat ulashadi. \u201cMehribonlik\u201d, \u201cMuruvvat\u201d va \u201cSaxovat\u201d uylariga ziyoratlar uyushtiriladi, xayriya tadbirlari o\u02bbtkaziladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu kunlarda butun dunyo musulmonlari qatori minglab yurtdoshlarimiz ham haj ziyoratini ado etmoqda. Shuni alohida ta\u02bckidlash kerakki, hojilar sonining kvotasi avvallari 5200 ni tashkil etgan bo\u02bblsa, 2019-yilda 7200 ga, 2022-yilda 12000 ga, 2023-yildan esa 15000 ga yetkazildi. Albatta, bu doim amal qiladigan qat\u02bciy raqam emas. Kelgusida hajga boruvchilar sonini bosqichma-bosqich oshirib borish rejalashtirilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bevosita bu yilgi ziyorat haqida so\u02bbzlaydigan bo\u02bblsak, \u201cHaj \u2014 2024\u201d mavsumiga tayyorgarlik doirasida maxsus ishchi guruh Saudiya Arabistoniga avvaldan yetib borib, Makka va Madina shaharlaridagi mehmonxonalarda, shuningdek, Mino, Arafot va Muzdalifada bo\u02bblajak hojilarimiz uchun barcha sharoitlarni hozirlash bo\u02bbyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yurtimiz ziyoratchilari 23-maydan 7-iyungacha mamlakatimizning 10 xalqaro aeroporti \u2014 Toshkent, Namangan, Farg\u02bbona, Qarshi, Termiz, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Urganch, Nukus shaharlaridagi havo darvozalari orqali Madina shahriga yuborildi. Endi 22-iyundan 12-iyulga qadar barchasi Jidda shahridan O\u02bbzbekistonga olib kelinadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Quyidagi jihatga ham e\u02bctibor bering: ziyoratchilarimiz Madina shahrida \u201cMasjidi Nabaviy\u201ddan 100 metr masofada joylashgan 5 yulduzli \u201cZam-zam Pullman\u201d mehmonxonasida, Makkai mukarramada esa \u201cAbraj al-Dana\u201d, \u201cAl-Ayam Elite\u201d, \u201cDali Hotel\u201d, \u201cNajma Al-Saad\u201d, \u201cOpen Hotel\u201d, \u201cShueae Nozha Hotel\u201d, \u201cAyed AlSaha\u201d mehmonxonalarida istiqomat qilmoqda. Mavsum davomida o\u02bbzbekistonlik hojilarga xizmat ko\u02bbrsatish, yordam berish, yo\u02bbl-yo\u02bbriqni bildirib borish uchun yuqori malakali shifokorlar, oshpazlar va guruh rahbarlari (ellikboshilar) jalb etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bir so\u02bbz bilan aytganda, bo\u02bblajak hojilarimiz ibodatlarini emin-erkin va to\u02bblato\u02bbkis amalga oshirishi uchun barcha sharoit muhayyo qilingan. Bu yog\u02bbiga ularga sabr-toqat, bardosh, mustahkam sog\u02bbliq, egilmas iroda, kuchli taqvo tilaymiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Fursatdan foydalanib, bayram arafasida yurtimizda diniy-ma\u02bcrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, aniqrog\u02bbi, ulkan o\u02bbzgarishlar haqida to\u02bbxtalsak. Bu yangilanishlarning, ayniqsa, ilm-ma\u02bcrifat sohasidagi ko\u02bblamini bir-ikki so\u02bbz bilan ta\u02bcriflash mushkul. Qisqa vaqtda Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Islom sivilizatsiyasi markazi, Hadis ilmi maktabi tashkil qilindi. Buxorodagi Mir Arab madrasasiga yangi hayot baxsh etildi. Bu muassasalarning barchasi xalqimizning ko\u02bbp asrlik ilmiy-ma\u02bcnaviy merosini o\u02bbrganish, diniy va dunyoviy jihatdan tadqiq etish, milliy va xalqaro miqyosda targ\u02bbib qilish bilan birga jaholatga qarshi ma\u02bc rifat bilan kurashishga ham xizmat qiladi, albatta.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bir jihatni faxr bilan aytib o\u02bbtish kerakki, O\u02bbzbekiston xalqi nafaqat Xorazmiy, Zamaxshariy, Ibn Sino, Beruniy, Ulug\u02bbbek singari butun insoniyat sivilizatsiyasi rivojiga hissa qo\u02bbshgan, balki ayni paytda Imom Moturidiy, Imom Buxoriy, Burhoniddin Marg\u02bbinoniy kabi islom ilmlari taraqqiyotida g\u02bboyat salmoqli o\u02bbrin tutgan ajdodlari bilan haqli ravishda faxrlanadi. \u201cSahihul Buxoriy\u201d islom olamida Qur\u02bconi karimdan keyingi eng mo\u02bbtabar manba sanaladi. Dunyo musulmonlarining katta qismi Imom Moturidiy aqidasini asosiy tayanch deb biladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yangi ochilayotgan ilm maskanlari odamlarni, ayniqsa, yosh avlodni to\u02bbg\u02bbri yo\u02bblga solishda muhim o\u02bbrin tutadi. Ulug\u02bb allomalarimizning boy ilmiy merosi esa buning uchun mustahkam poydevor vazifasini o\u02bbtaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mamlakatimiz bu yo\u02bbnalishda yangi ilmiy markazlar ochish bilan cheklanib qolmayapti, albatta. Yurtimizda hukumat va mana shunday muassasalar tashabbusi bilan xalqimiz orziqib kutgan asarlar o\u02bbzbek tilida nashrdan chiqmoqda. \u201cTa\u02bcvilotul Qur\u02bcon\u201dda Imom Moturidiy barcha botil oqimlarga ilmiy asoslangan raddiya berish bilan birga keyingi davrlarda kimlardir tomonidan tug\u02bbilishi mumkin bo\u02bblgan savollarga javob ham berib ketgan. Kitobning dastlabki o\u02bbzbekcha juzlari bilan tanishgan kishi \u201cAgar falon narsani so\u02bbrasalar, biz mana bunday javob beramiz\u201d jumlalarini ko\u02bbp kuzatishi mumkin. \u201cSahihul Buxoriy\u201dning ham bir necha tarjimasi bosmadan chiqdi. Hadislarning muhimligi shundaki, ular orqali islomning mohiyati, arkonlari va boshqa jihatlari to\u02bbliq anglanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, xayrli tashabbuslar natijasida turli ilmiy anjumanlar tashkil etilmoqda. Ular orqali ham ko\u02bbhna Movarounnahr allomalarining boy merosi xalqaro miqyosda targ\u02bbib etilmoqda, ham xorijlik ulamo va mutaxassislar bilan jaholatga qarshi ma\u02bcrifat vositasida kurashish g\u02bboyasi yo\u02bblidagi sa\u02bcy-harakatlar birlashtirilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ularning so\u02bbnggisi 4-iyun kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Turkiyaning Islom tadqiqotlari markazi bilan hamkorlikda tashkil qilingan Hanafiy mazhabi bo\u02bbyicha IV yillik xalqaro konferensiya bo\u02bbldi. Unda Turkiya, AQSH, Avstriya, Germaniya va mamlakatimizning yetakchi islomshunos olimlari ishtirok etdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yangi ochilayotgan markazlarga nufuzli xalqaro tashkilotlar xayrixohlik bildirishi, ularning ahamiyati haqida to\u02bblib-toshib so\u02bbzlashi ham O\u02bbzbekiston tanlagan yo\u02bblning to\u02bbg\u02bbri ekanidan dalolatdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sami Ayyub, Texas universiteti professori:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2014 Ayni paytda O\u02bbzbekiston ilm-fan sohasini yanada taraqqiy toptirish orqali dun yoga boshqa jihatdan ham yuz ochyapti. Tashkil etilayotgan ko\u02bbplab ilmiy markazlarning o\u02bbzi buning yorqin bir tasdig\u02bbidir. Maqsad bitta \u2014 Movarounnahrdan yetishib chiqqan allomalar ilmiy merosini o\u02bbrganish yo\u02bblida olib borilayotgan tadqiqotlarni muvofiqlashtirish. Shu maqsadda qilinayotgan har bir ish muhim va xayrlidir. Bu borada biz bir yo\u02bblda ekanimizdan mamnunmiz va o\u02bbzaro izchil hamkorlik uchun asoslar yetarli, deb hisoblaymiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Devin Deviz, Indiana universiteti professori:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0\u2014 O\u02bbzbekistonga ilk bor 40-yil avval kelganman. Shu bois, bugun yurtingizda ilm-fanga qaratilayotgan e\u02bctiborning ko\u02bblami boshqa xorijlik olimlardan ko\u02bbra menga ko\u02bbproq bilinadi. Hukumatingiz g\u02bbamxo\u02bbrligi natijasida vujudga kelgan akademik doiralardagi fikrlar xilma-xilligi va tadqiqotchilar topayotgan rag\u02bbbat meni boshqalardan ko\u02bbra ko\u02bbproq quvontiradi. Markazingiz esa tadqiqotlar bo\u02bbyicha ko\u02bbplab xorijiy olimlar ishlarini muvofiqlashtirish borasida ham o\u02bbzini namoyon etishga ulgurdi. Buni so\u02bbnggi vaqtda o\u02bbtkazilayotgan qator nufuzli anjumanlardan ham bilsa bo\u02bbladi. Mazkur xalqaro tadbirlar uchun tanlanayotgan mavzular hamda ko\u02bbtarilayotgan masalalar dolzarbligi jihatidan ko\u02bbplab davlatlar olimlari e\u02bctiborini tortyapti.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bruno de Nikola, Avstriya Fanlar akademiyasi professori:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2014 Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi misolida yurtingizda yetuk olim va istiqboli porloq tadqiqotchilarning yangi avlodi shakllanayotganiga guvoh bo\u02bblyapmiz. Ularning manbalar bilan ishlash hamda qiyosiy tahlil borasidagi ko\u02bbnikmalari jahon andazalariga mos keladi. Bunga davlatingiz tomonidan ilm-fan taraqqiyotiga berilayotgan yuksak e\u02bctibor sifatida baho berish o\u02bbrinli. Movarounnahr islom sivilizatsiyasi beshigi deb tan olingan. Ayni paytda bizning olimlarimiz bu hududda yaratilgan qo\u02bblyozmalarning Yevropa mamlakatlari va Eronga tarqalishini, ushbu davlatlarda saqlanayotgan manbalarning Markaziy Osiyoga bog\u02bbliq jihatlarini o\u02bbrganmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">* * *<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Albatta, bularning barchasi Prezidentimizning diniy-ma\u02bcrifiy sohaga qaratayotgan yuksak e\u02bctiborlarining amaliy natijasidir. Ushbu fayzli kunlarda butun xalqimizni muborak Qurbon hayiti bilan qizg\u02bbin muborakbod etib, Yaratgandan yurtimizda tinchlik va farovonlik barqaror bo\u02bblishini, oilalarimizdan qut-baraka arimasligini tilab qolamiz. Alloh taolo barcha ibodatlarimizni qabul aylab, duolarimizni ijobat etib, xayrli ishlarimizda madadkor bo\u02bblaversin! Qurbon hayitining qut-barakasi va barcha fazilatlari dillarimiz va go\u02bbshalarimizni charog\u02bbon qilaversin!<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shovosil ZIYODOV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manba: \u201cYangi O\u02bbzbekiston\u201d gazetasi 2024-yil 16-iyun, 119(1180) son<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Iyd al-Adho \u2013 Qurbon hayiti zulhijja oyining dastlabki o\u02bbn kunligi yakuniga to\u02bbg\u02bbri keladi. Islom mehr-muruvvat, saxovat, insonparvarlik, bag\u02bbrikenglik, ma\u02bcrifat va tinchlikparvarlik dini sifatida silai rahm, kattaga hurmat, kichikka izzat, yetimlarga g\u02bbamxo\u02bbrlik va muhtojlarga yordamni ham ulug\u02bb ibodatlar qatoriga qo\u02bbshgan. Zulhijja oyining birinchi o\u02bbn kunida bu fazilatlar yanada yorqin namoyon bo\u02bbladi. Odamlar bu g\u02bbanimat kunlarda zikr &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":35960,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[642],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>MEHR-MURUVVAT VA SHUKRONALIK AYYOMI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"MEHR-MURUVVAT VA SHUKRONALIK AYYOMI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35962&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"MEHR-MURUVVAT VA SHUKRONALIK AYYOMI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"MEHR-MURUVVAT VA SHUKRONALIK AYYOMI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35962&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2024-06-17T15:51:15+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/GAZETA-SHABLONyang170624.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"6 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35962&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35962&lang=oz\",\"name\":\"MEHR-MURUVVAT VA SHUKRONALIK AYYOMI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35962&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35962&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/GAZETA-SHABLONyang170624.jpg\",\"datePublished\":\"2024-06-17T15:51:15+00:00\",\"dateModified\":\"2024-06-17T15:51:15+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"MEHR-MURUVVAT VA SHUKRONALIK AYYOMI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35962&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35962&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35962&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/GAZETA-SHABLONyang170624.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/GAZETA-SHABLONyang170624.jpg\",\"width\":660,\"height\":660},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35962&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"MEHR-MURUVVAT VA SHUKRONALIK AYYOMI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"MEHR-MURUVVAT VA SHUKRONALIK AYYOMI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"MEHR-MURUVVAT VA SHUKRONALIK AYYOMI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35962&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"MEHR-MURUVVAT VA SHUKRONALIK AYYOMI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"MEHR-MURUVVAT VA SHUKRONALIK AYYOMI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35962&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2024-06-17T15:51:15+00:00","og_image":[{"width":660,"height":660,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/GAZETA-SHABLONyang170624.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"6 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35962&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35962&lang=oz","name":"MEHR-MURUVVAT VA SHUKRONALIK AYYOMI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35962&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35962&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/GAZETA-SHABLONyang170624.jpg","datePublished":"2024-06-17T15:51:15+00:00","dateModified":"2024-06-17T15:51:15+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"MEHR-MURUVVAT VA SHUKRONALIK AYYOMI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35962&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=35962&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35962&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/GAZETA-SHABLONyang170624.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/GAZETA-SHABLONyang170624.jpg","width":660,"height":660},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35962&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"MEHR-MURUVVAT VA SHUKRONALIK AYYOMI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/35962"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=35962"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/35962\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":35963,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/35962\/revisions\/35963"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/35960"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=35962"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=35962"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=35962"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}