{"id":35878,"date":"2024-06-13T11:49:33","date_gmt":"2024-06-13T06:49:33","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=35878"},"modified":"2024-06-13T11:49:33","modified_gmt":"2024-06-13T06:49:33","slug":"totalitar-sektalarning-milliy-ma%ca%bcnaviyatga-salbiy-ta%ca%bcsiri","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35878&lang=oz","title":{"rendered":"TOTALITAR SEKTALARNING MILLIY MA\u02bcNAVIYATGA SALBIY TA\u02bcSIRI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugungi mafkuraviy jarayonlarda insonlarning ongi va qalbini egallash uchun olib borilayotgan kurash ma\u02bcnaviy ta\u02bcsir ko\u02bbrsatishni birinchi o\u02bbringa olib chiqdi. Ushbu jarayonda noan\u02bcanaviy diniy sektalar milliy ma\u02bcnaviyat hamda an\u02bcanaviy qadriyatlarga qarshi kurashmoqda. Chunki har qanday milliy ma\u02bcnaviyat biron-bir xalqqa yot g\u02bboyalarni singdirishga harakat qilayotgan kuchlar uchun jiddiy to\u02bbsiqdir. Shuning uchun ham mafkuraviy urushning eng birinchi vazifasi milliy ma\u02bcnaviyatni kuchsizlantirish hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugungi kunda ma\u02bcnaviyatga qarshi qaratilgan tahdidlar natijasida ma\u02bcnaviy qashshoqlashuv yuz berayotgani, millatlarning milliy qadriyatlari, o\u02bbziga xos yashash tarzi izdan chiqayotgani, odob-axloq, oila va jamiyat hayoti jiddiy xavf ostida qolayotganini kuzatish mumkin. Dinning milliy ma\u02bcnaviyat bilan uzviy bog\u02bbliqligini hisobga oladigan bo\u02bblsak, insonlarning o\u02bbz dinidan boshqa dinga e\u02bctiqod qilishga o\u02bbtishi milliy ma\u02bcnaviyatdan uzilishiga olib keladi. Vayronkor diniy sektalarning missionerlik harakati natijasida milliy ma\u02bcnaviyat, axloqiy qadriyatlar, an\u02bcanaviy din va e\u02bctiqod tizimiga putur yetadi. Shuningdek, insonlarning o\u02bbz milliy ma\u02bcnaviyatidan begonalashuviga sabab bo\u02bbladi. Ana shu jihatdan totalitar sektalar milliy ma\u02bcnaviyatga tahdid sifatida namoyon bo\u02bbladi. Yoshlarning totalitar sektalar ta\u02bcsiriga tushib qolishi milliy-ma\u02bcnaviy taraqqiyot uchun jiddiy xavf bo\u02bblib, milliylikka daxldorlik hissi yo\u02bbqolgan loqayd insonlar tufayli ma\u02bcnaviy qashshoqlik kuchayadi. Zero, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta\u02bckidlaganidek: \u201cEng katta xavf \u2013 loqaydlik va beparvolik\u201d[1] hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Totalitar sekta an\u02bcanaviy dindan ajralib chiqqan yoki ularga muxolif bo\u02bblgan, noqonuniy boylik orttirish va cheksiz hokimiyatga ega bo\u02bblish uchun sodiq va qaram tarafdorlar to\u02bbplashni ko\u02bbzlovchi, jamiyat manfaatlariga zid yopiq avtoritar diniy tashkilotdir. Bunday sektalar jamiyatda o\u02bbrnatilgan ijtimoiy me\u02bcyorlar, tartib va madaniyatga qarshi yo\u02bbnaltirilgan tajovuzkor harakatlarni amalga oshiradi, hatto oilani o\u02bbzlariga dushman deb biladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Totalitar sektalarda diniy hayot maxsus ishlab chiqilgan tartib-qoida va nizomlar orqali amalga oshiriladi. Bunday sektalarning ba\u02bczilari dunyoning turli burchaklarida o\u02bbz bo\u02bblimlariga ega bo\u02bblib, biznes bilan shug\u02bbullanuvchi yirik xalqaro korporatsiyalarga aylangan. Ular tashkiliy jihatdan piramida shaklida boshqariladi. Yuqoridan pastga ko\u02bbrsatmalar va adabiyotlar, pastdan yuqoriga esa hisobotlar va pul yuborish aksariyat vayronkor sektalarga xos xususiyatdir. Totalitar sektalarning ko\u02bbpchiligi noqonuniy faoliyat yurituvchi, kriminal tashkilotlardir. Bunday sektalarning missionerlik faoliyati nafaqat an\u02bcanaviy diniy konfessiyalarning manfaatlariga, balki davlatlarning milliy xavfsizligiga ham tahdid soladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugungi kunda vayronkor sektalarning o\u02bbz maqsadini amalga oshirishda ma\u02bcnaviyat omilidan foydalanishi strategik vazifaga aylangan. Buning asosiy sabablari: a) ma\u02bcnaviyatdan mahrum etilgan inson, millat, xalq va mamlakat o\u02bbz-o\u02bbzidan o\u02bbzgalarga itoatkor bo\u02bblib qoladi. Shuning uchun ham bugun milliy ma\u02bcnaviyat tahdid obyektiga aylangan; b) milliy ma\u02bcnaviyat bir tomondan millatning dunyoqarashi, ongi va tafakkurining in\u02bcikosi bo\u02bblsa, ikkinchi tomondan ularni shakllantirish va rivojlantirishning manbai hisoblanadi. Milliy ma\u02bcnaviyatdan mahrum etish, o\u02bbrniga begona g\u02bboyani singdirish millatni o\u02bbziga qaram qilish imkoniyatini beradi; v) bugungi kunda harbiy qurollar bilan o\u02bbzga mamlakatlar zaxirasini egallashning xatarli tus olayotgani bilan bog\u02bbliq. Chunki har qanday qurolni ishga tushirishda nafaqat unga ega bo\u02bblmaganlar, shuningdek, undan foydalanishni maqsad qilganlarga ham katta fojialar olib kelishi ayon; g) qurol yordamida ko\u02bbrilgan zararlarning o\u02bbrnini ma\u02bclum vaqtda qoplash mumkinligi, ammo ma\u02bcnaviyatni barbod qilish, uning asosiy elementlari bo\u02bblgan ong, ruhiyat, dunyoqarash va qalb egallansa, ularni qayta tiklash murakkab muammo ekani bilan bog\u02bbliqdir; d) bugun asosan g\u02bbarbda paydo bo\u02bblgan vayronkor sektalar tomonidan targ\u02bbib qilinayotgan missionerlik g\u02bboyalari insoniyatni itoatda bo\u02bblishini ta\u02bcminlashga qaratilgan g\u02bbarb siyosatchilari tomonidan qo\u02bbllab-quvvatlanmoqda. Ular ma\u02bcnaviyat vositasida dunyoda o\u02bbz hukmronligini o\u02bbrnatishni maqsad qilganini alohida ta\u02bckidlash lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ma\u02bcnaviyat totalitar sektalar uchun iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy manfaatlarni qondirish vositasiga aylandi. Bunday sektalar missionerlari bor kuch va imkoniyatini ishga solib, millatlarning milliy ma\u02bcnaviyati ustidan nazorat o\u02bbrnatishga harakat qilmoqda. Ushbu holat zamonaviy jamiyatda tizimli hodisa sifatida namoyon bo\u02bblmoqda. Insonlarga ham to\u02bbg\u02bbridan-to\u02bbg\u02bbri vayronkor sektalar missionerlarining da\u02bcvati, ham subyektiv maqsadga yo\u02bbnaltirilgan turli vositalar asosida shakllanadigan missionerlik harakatlari majmui ta\u02bcsir ko\u02bbrsatmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Noan\u02bcanaviy diniy harakatlarning zamonaviy rus jamiyati ma\u02bcnaviy xavfsizligiga destruktiv ta\u02bcsirini o\u02bbrgangan tadqiqotchi A.N.Sirovatkin bunday harakatlarning paydo bo\u02bblishi uchun dialektik zarurat mavjudligini ta\u02bckidlab: \u201cUlarning aksariyati halokatli va rus jamiyatining ma\u02bcnaviy xavfsizligiga tahdid solishini hisobga olmaslik mumkin emas\u201d [2:3], degan fikrni bildiradi. Professor V.Chernishev: \u201cKo\u02bbplab buzg\u02bbunchi sektalarning ta\u02bclimoti va faoliyati insonning ma\u02bcnaviy hayotiga salbiy ta\u02bcsir ko\u02bbrsatmoqda\u201d [4], deb ta\u02bckidlaydi. Tahlilchi I.Polonskiyning fikriga ko\u02bbra: \u201cSektalardan milliy madaniyatni yo\u02bbq qilish uchun foydalanish mumkin. Hech kimga sir emaski, biror sekta yoki diniy oqim safiga qo\u02bbshilgan odam o\u02bbzini milliy hamjamiyati bilan bog\u02bbliq deb hisoblamaydi. Sekta nafaqat uning oilasi o\u02bbrnini, balki o\u02bbz xalqi, millati va vatanining o\u02bbrnini egallaydi\u201d [3]. Leningrad va Ladoga mitropoliti Ioann (Ivan Matveyevich Snichyov)ning ta\u02bckidlashicha, ma\u02bcnaviy totalitarizmning maqsadi ham xuddi siyosiy totalitarizm kabi odamlar ustidan hukmronlikni qo\u02bblga olishga qaratilgan bo\u02bblib, buni faqat diniy aqidalar yordamida amalga oshiradi [4]. Darhaqiqat, totalitar sektalarning missionerlari qanday bo\u02bblmasin davlatning, millatning kelajagi bo\u02bblgan yoshlarni buzish, to\u02bbg\u02bbri yo\u02bbldan adashtirish va shu tariqa mamlakatni ma\u02bcnaviy tanazzulga uchratish oqibatida ma\u02bcnaviy totalitarizmni o\u02bbrnatishga urinmoqda. Bu o\u02bbz navbatida taraqqiy topgan mamlakatlarga endi rivojlanayotgan davlatlarni o\u02bbziga qaram qilish imkonini bermoqda. Ular ana shu imkoniyatlardan samarali foydalangan holda, aniq rejalar asosida dunyoda yashayotgan millatlar va xalqlar ustidan ma\u02bcnaviy hukmronlikni amalga oshirishga erishmoqda. Ma\u02bcnaviy hukmronlik esa taraqqiy topgan mamlakatlarga o\u02bbzligidan mahrum bo\u02bblgan, ma\u02bcnan qashshoq va manqurt olomonni shakllantirish imkonini beradi. O\u02bbzligidan mahrum olomon o\u02bbzgalarga osongina itoat qiladi va ularning izmida yurishga majbur bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Turli mamlakatlarda vayronkor sektalar tomonidan amalga oshirilayotgan missionerlik harakati o\u02bbsha jamiyatlarda tuzatib bo\u02bblmaydigan ma\u02bcnaviy inqirozni vujudga keltiradi. Uzoq vaqt sektalar ta\u02bcsirida bo\u02bblgan insonlar ko\u02bbp jihatdan bir-biriga o\u02bbxshash bo\u02bblib qoladi. Fikrlash qobiliyatining pasayishi, psixologik rivojlanishning sekinlashishi, ruhiy quvvat va oqilona-mantiqiy fikrlashning zaiflashuvi, aybdorlikni sezish, qo\u02bbrquv, ishonchni yo\u02bbqotish natijasida ular o\u02bbzligidan mahrum bo\u02bblgan \u201cmanqurt\u201dga yoki o\u02bbz jamoasi yetakchilariga so\u02bbzsiz itoat etuvchi \u201cbiorobotlar\u201dga aylanadi. Yoshlarning totalitar sektalar ta\u02bcsiriga tushib qolishi\u00a0 jamiyat barqarorligi va mamlakat xavfsizligiga tahdid soladi.\u00a0 Totalitar sektalar tomonidan targ\u02bbib qilinayotgan g\u02bboya yoshlar ongi va qalbidan o\u02bbrin olib, e\u02bctiqod darajasiga ko\u02bbtarilsa, milliy ma\u02bcnaviyat barbod bo\u02bbladi va natijada millat o\u02bbzgalar ta\u02bcsiriga tushib qoladi. Shuning uchun ham ular insonlarning ongi va qalbini egallash uchun kurashmoqda. Bunday sektalar an\u02bcanaviy din, milliy ma\u02bcnaviyat, milliy ong, axloqiy qadriyatlar, ko\u02bbp asrlik ajdodlar merosini barbod qilib, o\u02bbrniga o\u02bbzining sun\u02bciy shakllantirilgan bilim, xulq-atvor qoidalarini singdirishga urinmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbrganish va tahlillar natijasida quyidagicha xulosa qilish mumkin:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Totalitar sektalar xalqlarni milliy va diniy negizidan judo qilib, o\u02bbrniga o\u02bbzining e\u02bctiqodi, g\u02bboya va qarashlarini singdirmoqda. Natijada milliy-ma\u02bcnaviy taraqqiyotga, jamiyat xavfsizligi va mamlakat barqarorligiga tahdid solmoqda;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Faol missionerlik harakati bilan shug\u02bbullanuvchi sektalarning faoliyati nafaqat milliy ma\u02bcnaviyatimiz taraqqiyoti, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy hayotga ham jiddiy xavf tug\u02bbdiradi. Afsuski, bugungi kungacha yurtimizda diniy sektalar masalasi ilmiy jihatdan tadqiq qilinmagan va\u00a0 uning inson va jamiyatga o\u02bbtkazadigan ta\u02bcsiri o\u02bbrganilmagan. Bu esa sektalar tahdidi ko\u02bblamini, ularning milliy ma\u02bcnaviyatga o\u02bbtkazayotgan salbiy ta\u02bcsirini anglab yetishni murakkablashtiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Sektalar tahdidi va oqibatlarini o\u02bbz vaqtida anglash murakkab hisoblanadi. Chunki ularning missionerlik harakati to\u02bbg\u02bbridan-to\u02bbg\u02bbri hujum qilmaydi, balki zimdan harakat qilib, dastlab ong va dunyoqarashni zaiflashtiradi. Shu bilan birga insonlarning diniy e\u02bctiqodiga ta\u02bcsir o\u02bbtkazib, ruhiyatini zabt etadi, so\u02bbngra asosiy maqsadini amalga oshirishga kirishadi. Ushbu jarayon asta-sekinlik bilan amalga oshiriladi, oxir-oqibatda inson va jamiyat ma\u02bcnaviyatining yemirilishiga olib keladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Chetdan kirib keladigan e\u02bctiqod va madaniyatni targ\u02bbib etadigan, milliy ma\u02bcnaviyatimizga raxna solish orqali milliy o\u02bbzlikni anglashga putur yetkazadigan totalitar sektalarning tahdididan fuqarolarimizni, ayniqsa, yoshlarimizni xabardor qilish zarur. Buning uchun ta\u02bclim va tarbiya ishlarini oqilona yo\u02bblga qo\u02bbyish, ayniqsa, milliy tarbiyani tobora avj olayotgan tahdidlarning oldini olishga qodir bo\u02bbladigan darajada tashkil etish kerak bo\u02bbladi. Chunki milliy tarbiya millatni asrab qolishning muhim omillaridan biridir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosalar asosida totalitar sektalar tahdidining oldini olishga qaratilgan quyidagi tavsiyalarga e\u02bctibor qaratilishi zarur deb hisoblaymiz:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Diniy konfessiyalar va etnik guruhlar o\u02bbrtasida sog\u02bblom muloqot muhitini yaratish, jamiyatda milliy g\u02bboya asosida barcha millatlarning jipsligi hamda barqaror kelajagini ta\u02bcminlashga e\u02bctiborni kuchaytirib, noqonuniy diniy faoliyat va totalitar sektalarning missionerlik harakatiga qarshi kurashishda diniy konfessiyalar bilan birgalikda huquqni muhofaza qilish organlari, turli davlat va jamoat tuzilmalarining sa\u02bcy-harakatlarini birlashtirish va safarbar qilish;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Jamiyatda vayronkor sektalar faoliyatiga oid ijtimoiy-huquqiy siyosat ishlab chiqilishi, missionerlik harakatlari to\u02bbg\u02bbrisidagi qonunni qabul qilish maqsadga muvofiq. Shuningdek, mavjud qonunchilikni takomillashtirish, unga diniy va totalitar sekta tushunchalarini kiritish, vayronkor sektalar tomonidan amalga oshiriladigan missionerlik harakatining jinoiy tarkibini aniqlashtirish va tartibga solish zarur. Shu bilan birga vayronkor sektalar tomonidan sodir etilishi mumkin bo\u02bblgan jinoyatlarning oldini olish, ochish va ularga barham berishda xalqaro hamkorlikni kuchaytirish maqsadga muvofiq.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>Foydalanilgan adabiyotlar:<\/strong><\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Shavkat Mirziyoyev: Eng katta xavf \u2013 loqaydlik va beparvolik \/\/ http:\/\/uza.uz\/uz\/posts\/shavkat-mirziyoev-eng-katta-xavf-loqaydlik-va-beparvolik_235418.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Sirovatkin A.N. Destruktivnoye vliyaniye netraditsionn\u044bx religiozn\u044bx dvijeniy na duxovnuyu bezopasnost sovremennogo rossiyskogo ob\u0449yestva \/\/ dissertatsii na soiskaniye uchenoy stepeni kandidata filosofskix nauk: 09.00.11 \u2013 Pyatigorsk 2013. \u2013 S. 3.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Polonskiy I. Sekt\u044b kak ugroza natsionalnoy bezopasnosti Rossii. Voyennoye obozreniye. \/\/ https:\/\/www.topwar.ru\/82297-sekty-kak-ugroza-nasionalnoy-bezopasnosti-rossii.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Chernishev V. Sekta i lichnost: psixologicheskiye mexanizm\u044b vliyaniya \/\/ https:\/\/pravlife.org\/ru\/content\/sekta-i-lichnost-psihologicheskie-mehanizmy-vliyaniya.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">ERGASH AHMEDOV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Toshkent kimyo-texnologiya instituti v.b. dotsenti, PhD<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bugungi mafkuraviy jarayonlarda insonlarning ongi va qalbini egallash uchun olib borilayotgan kurash ma\u02bcnaviy ta\u02bcsir ko\u02bbrsatishni birinchi o\u02bbringa olib chiqdi. Ushbu jarayonda noan\u02bcanaviy diniy sektalar milliy ma\u02bcnaviyat hamda an\u02bcanaviy qadriyatlarga qarshi kurashmoqda. Chunki har qanday milliy ma\u02bcnaviyat biron-bir xalqqa yot g\u02bboyalarni singdirishga harakat qilayotgan kuchlar uchun jiddiy to\u02bbsiqdir. Shuning uchun ham mafkuraviy urushning eng birinchi vazifasi &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":35879,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>TOTALITAR SEKTALARNING MILLIY MA\u02bcNAVIYATGA SALBIY TA\u02bcSIRI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"TOTALITAR SEKTALARNING MILLIY MA\u02bcNAVIYATGA SALBIY TA\u02bcSIRI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35878&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"TOTALITAR SEKTALARNING MILLIY MA\u02bcNAVIYATGA SALBIY TA\u02bcSIRI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"TOTALITAR SEKTALARNING MILLIY MA\u02bcNAVIYATGA SALBIY TA\u02bcSIRI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35878&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2024-06-13T06:49:33+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/sektta.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"495\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"8 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35878&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35878&lang=oz\",\"name\":\"TOTALITAR SEKTALARNING MILLIY MA\u02bcNAVIYATGA SALBIY TA\u02bcSIRI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35878&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35878&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/sektta.jpg\",\"datePublished\":\"2024-06-13T06:49:33+00:00\",\"dateModified\":\"2024-06-13T06:49:33+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"TOTALITAR SEKTALARNING MILLIY MA\u02bcNAVIYATGA SALBIY TA\u02bcSIRI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35878&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35878&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35878&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/sektta.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/sektta.jpg\",\"width\":660,\"height\":495},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35878&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"TOTALITAR SEKTALARNING MILLIY MA\u02bcNAVIYATGA SALBIY TA\u02bcSIRI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"TOTALITAR SEKTALARNING MILLIY MA\u02bcNAVIYATGA SALBIY TA\u02bcSIRI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"TOTALITAR SEKTALARNING MILLIY MA\u02bcNAVIYATGA SALBIY TA\u02bcSIRI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35878&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"TOTALITAR SEKTALARNING MILLIY MA\u02bcNAVIYATGA SALBIY TA\u02bcSIRI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"TOTALITAR SEKTALARNING MILLIY MA\u02bcNAVIYATGA SALBIY TA\u02bcSIRI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35878&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2024-06-13T06:49:33+00:00","og_image":[{"width":660,"height":495,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/sektta.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"8 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35878&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35878&lang=oz","name":"TOTALITAR SEKTALARNING MILLIY MA\u02bcNAVIYATGA SALBIY TA\u02bcSIRI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35878&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35878&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/sektta.jpg","datePublished":"2024-06-13T06:49:33+00:00","dateModified":"2024-06-13T06:49:33+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"TOTALITAR SEKTALARNING MILLIY MA\u02bcNAVIYATGA SALBIY TA\u02bcSIRI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35878&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=35878&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35878&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/sektta.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/06\/sektta.jpg","width":660,"height":495},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35878&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"TOTALITAR SEKTALARNING MILLIY MA\u02bcNAVIYATGA SALBIY TA\u02bcSIRI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/35878"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=35878"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/35878\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":35880,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/35878\/revisions\/35880"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/35879"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=35878"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=35878"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=35878"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}