{"id":35465,"date":"2024-05-16T08:33:25","date_gmt":"2024-05-16T03:33:25","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=35465"},"modified":"2024-05-15T17:35:58","modified_gmt":"2024-05-15T12:35:58","slug":"abul-barakot-nasafiyning-al-e%ca%bctimod-fil-e%ca%bctiqod-asari-tavsifi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35465&lang=oz","title":{"rendered":"ABUL BARAKOT NASAFIYNING \u201cAL-E\u02bcTIMOD FIL E\u02bcTIQOD\u201d ASARI TAVSIFI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abul Barakot Nasafiy (vaf. 710\/1310) tafsir, fiqh, aqida va usulul fiqh kabi sohalarda sermahsul ijod qilib, islomiy ilmlar rivojiga katta hissa qo\u02bbshgan buyuk olimlardan biridir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloma aqidaga oid \u201cUmdat aqidati ahli sunna val jamoa\u201d (\u201cAhli sunna val jamoa aqidasi asosi\u201d), \u201cBahrul kalom\u201d (\u201cKalom ilmi dengizi\u201d), \u201cUmdatul aqoid\u201d (\u201cAqidalar asosi\u201d), \u201cAl-E\u02bctimod fil e\u02bctiqod\u201d (\u201cE\u02bctiqoddagi tayanch\u201d) nomli asarlarni ta\u02bclif etgan<a href=\"#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bularning barchasi moturidiya ta\u02bclimoti asosidagi sunniylar aqidasiga bag\u02bbishlangan asarlardir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cUmdatul aqoid\u201d muxtasar asar bo\u02bblib, kalom ilmiga oid muhim masalalarni o\u02bbz ichiga olgan. Asarning Jamoliddin Mahmud ibn Ahmad Quvnaviy (vaf. 770\/1368-69)ga tegishli \u201cAz-Zubda\u201d, XIV asrda yashagan Ahmad ibn A\u02bcvaz Donishmand Aqshihariy Hanafiyning \u201cAl-Inqod fiy sharhi umdatil e\u02bctiqod\u201d nomli o\u02bbnga yaqin sharhi mavjud<a href=\"#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">E\u02bctiborli jihati shundaki, \u201cAl-Umda fiy aqidati ahli sunna val jamoa\u201d asariga muallifning o\u02bbzi ham sharh yozgan va uni \u201cAl-E\u02bctimod\u201d deb nomlagan<a href=\"#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hoji Xalifa \u201cKashfuz zunun\u201dda: \u201cE\u02bctimodul e\u02bctiqod\u201d asari shayx, imom Hofiziddin Abdulloh ibn Ahmad Nasafiy Hanafiyga tegishlidir\u201d, deb keltiradi<a href=\"#_ftn4\" name=\"_ftnref4\">[4]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Biz o\u02bbrganayotgan ushbu \u201cAl-E\u02bctimod fil-e\u02bctiqod\u201d asari uzoq yillardan buyon nodir qo\u02bblyozmalar orasida saqlab kelingan. XX asrdan boshlab ba\u02bczi arab va turk tadqiqotchilari tomonidan o\u02bbrganila boshlangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu kitob Abu Mansur Moturidiy (vaf. 333\/944) va Abul Hasan Ash\u02bcariy (vaf. 324\/936) aqida maktablarining orasini muvofiqlashtirgan asar hisoblanadi. Umumiy qilib aytganda, u ahli sunna val jamoa aqidasini jamlagan asardir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAl-E\u02bctimod fil-e\u02bctiqod\u201d asari moturidiylik maktabidagi bo\u02bbshliqlarni to\u02bbldiradi. Chunki kitobni yozish hijriy VII asrda (XIII asr oxiri) nihoyasiga yetgan. Bu davrda esa, moturidiya maktabi kitoblari kam sonli bo\u02bblgan. Shu sababli, bu kitob moturidiylik maktabi tarixini bog\u02bblovchi muhim halqa sifatida namoyon bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu asar muallifning \u201cUmdatul aqoid\u201d nomli kitobiga sharh o\u02bblaroq yozilgan. Yuqorida ta\u02bckidlanganidek, \u201cUmdatul aqoid\u201dning sharhlari ko\u02bbp. Bu esa uning olimlar e\u02bctiborini tortganini, o\u02bbzi va muallifi qadri nechog\u02bblik baland ekanini anglatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuni ta\u02bckidlash kerakki, muallifning o\u02bbz kitobiga sharh yozishi uning boshqa asarlar orasida yuqori o\u02bbrinda ekanidan darak beradi. Chunki muallifning o\u02bbzi boshqalardan ko\u02bbra oldiga qo\u02bbyilgan maqsadni yaxshi biladigan va kitobdagi nozik iboralarni kengroq ochib beradigan shaxsdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abul Barakot Nasafiy ushbu asarni ta\u02bclif etish sababini kitobning kirish qismida, Allohga hamd va Payg\u02bbambarga salavot va salomlar aytgandan keyin quyidagicha keltiradi: \u201cAhli sunna val jamoa aqidasini bayon qilish borasida tasnif etgan \u201cAl-Umda\u201d<a href=\"#_ftn5\" name=\"_ftnref5\">[5]<\/a> asarimga qiziqish katta ekanini ko\u02bbrdim. Garchi, u diroyatdan xoli bo\u02bblmagan, rivoyatlar bilan to\u02bbldirilgan bo\u02bblsa ham, mushkulotlarni izohlaydigan, qiyin masalalarni ochiqlaydigan sharhga muhtoj edi. Shunda men bandalar Xoliqining tavfiqi bilan masalalari sharhlangan, dalillari mufassal bayon qilingan, \u201cAl-E\u02bctimod fil e\u02bctiqod\u201d deb nomlangan bir kitobni jamlashni xohladim. Alloh O\u02bbziga tavakkal qiluvchi kishiga kifoya qiluvchi va ishlarini Unga topshiruvchi kishiga yordam beruvchidir. Menga Uning O\u02bbzi yetarli va U qanday ham yaxshi yordam beruvchidir\u201d<a href=\"#_ftn6\" name=\"_ftnref6\">[6]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muallif asarida moturidiylik va ash\u02bcariylik aqidasi orasidagi lafziy ixtiloflarni keltirmaslikka uringan bo\u02bblsa ham, ayrim o\u02bbrinlarda ikki maktab orasidagi ixtiloflarni muvofiqlashtirishga harakat qilgan. Masalan, \u201cAlloh taolo kofirga kufrni iroda qilishi\u201d masalasida Imom Ash\u02bcariy ixtiyor etgan so\u02bbzni zikr etib, bu o\u02bbz shayxi Abu Mansur bildirgan fikrga yaqin ekanini ta\u02bckidlaydi. Imonning haqiqati borasida ash\u02bcariy mazhabining fikrini bayon qilib, undan moturidiylik mazhabiga muvofiq keladigan fikrni oladi. \u201cMuqallidning imoni\u201d masalasida esa \u201cBunda moturidiya va ash\u02bcariya mazhablari orasida ixtilof yo\u02bbq. Ixtilof faqat mo\u02bbtazilalar bilandir\u201d, deb zikr qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muallifning moturidiylik va ash\u02bcariylik maktablari orasini yaqinlashtirishga harakat qilgani ham kitobning nechog\u02bblik ahamiyatli ekanini ko\u02bbrsatadi. U ushbu sa\u02bcy-harakatiga to\u02bbliq erishdi deb aytmoqchi emasmiz. Chunki hali ko\u02bbp masalalar muallaq bo\u02bblib, ular orasidagi lafziy ixtiloflar davom etmoqda. Lekin olimning qilgan ishlari muhim ahamiyatga egadir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAl-E\u02bctimod fil e\u02bctiqod\u201d asarining tarkibiy tuzilishi haqida aytadigan bo\u02bblsak, u muqaddimadan tashqari 55 ta mavzuni o\u02bbz ichiga olgan<a href=\"#_ftn7\" name=\"_ftnref7\">[7]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Lekin turk olimi Muhammad Yazichi asarning tarkibiy tuzilishi haqida: \u201cUmumiy ma\u02bclumotlar, ilohiylik, payg\u02bbambarlik, vasiyat, qazo va taqdir, imon, sem\u02bciyot, turli masalalar va imomat masalalaridan iborat 8 qismdan iborat bo\u02bblgan asarda jami 54 bob mavjud\u201d<a href=\"#_ftn8\" name=\"_ftnref8\">[8]<\/a> deb boblar sonini 54 ta deb keltirgan. Chunki u \u201cHaqiqatlarni isbotlash\u201d deb nomlangan dastlabki mavzuni bob sifatida keltirmagan bo\u02bblishi mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ammo Azhar universiteti \u201cUsuli din\u201d fakulteti ustozi doktor Abdulloh Muhammad Abdulloh Ismoil \u201cHaqiqatlarni isbotlash\u201d bobini ham alohida keltirib bunday deydi: \u201cShuni ko\u02bbrishimiz mumkinki, muallif (ya\u02bcni Nasafiy) o\u02bbz kitobini ushbu masala bilan boshladi. U bu borada Abul Muin Nasafiy, Najmiddin Nasafiy va boshqa moturidiya maktabining yetuk olimlaridan bo\u02bblgan o\u02bbz salaflariga ergashgan. Buning sababi shuki, islomiy aqida kitoblarini ushbu masala bilan boshlash juda ahamiyatlidir. Chunki \u201cHaqiqatlarni isbotlash\u201d masalasi bo\u02bblmasa, Allohning mavjudligi va undan boshqa haqiqatlar kabi tavhid ilmining haqiqatlarini isbot qilish mumkin emas. Shuning uchun olimlar ushbu masalani asos qilib olgan\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Is\u02bchoq Saffor Buxoriy (vaf. 534\/1139) ham \u201cTalxiysul adillati li qavoidit tavhid\u201d asarini \u201cHaq va botil haqidagi bo\u02bblim\u201d degan mavzu bilan boshlagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Demak, \u201cHaqiqatlarni isbotlash\u201d mavzusi ham alohida bob hisoblanar ekan. Shu sababli, \u201cAl-E\u02bctimod fil e\u02bctiqod\u201d asari 55 bobni o\u02bbz ichiga olgan, deb xulosa qilish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asarda dastlab boshqa islomiy aqida kitoblari singari asosiy masala, hukmlarning sharh va tahlili bayon etilgan. Masalan, Alloh taoloning zotiga taalluqli vojib bo\u02bblgan sifatlarni Unga isbot qilish, U zotning mavjudligi, olamning yaratuvchisi ekani va yakka-yu yagona, qadim, mutakallim, barcha komillik sifatlari bilan sifatlangani bayon qilingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, dastlabki mavzular Alloh taolo zotiga loyiq bo\u02bblmagan narsalarni inkor etishni o\u02bbz ichiga olgan. Masalan, Uning zoti araz, javhar va jism emasligi hamda Alloh taolo zotiga loyiq bo\u02bblmagan nuqsonli salbiy sifatlar bilan sifatlanmasligi bayon etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shundan so\u02bbng nubuvvat, risolat masalalari, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam risolatini tasdiq etish, nubuvvat shartlari, imon masalasi, uning mohiyati, ziyoda yo kam bo\u02bblmasligi haqidagi aqidaga oid turli mavzular bayon etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bundan tashqari, asarda isbot qilishda faqat Qur\u02bcon va sunnatga tayaniladigan masalalar ham qamrab olingan. Masalan, oxiratdagi hisob-kitob, sirot ko\u02bbprigi kabi masalalar, tarozi, jannat, do\u02bbzax va boshqa misollarni keltirish mumkin<a href=\"#_ftn9\" name=\"_ftnref9\">[9]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asardagi mavzularning umumiy jihatiga e\u02bctibor beradigan bo\u02bblsak, Abul Barakot Nasafiy har bir mavzuda mo\u02bbtazila, mushabbiha, xavorij, karromiya, qadariya, murjia kabi adashgan toifalar g\u02bboyalarini keltirib, ularga naqliy va aqliy dalillar bilan raddiya bergan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nasafiy ushbu asarni umrining oxirlarida ta\u02bclif etgan\u201d<a href=\"#_ftn10\" name=\"_ftnref10\">[10]<\/a>. Asarning yozilishi 698-yili 26 jumadul avval (1299-yil 1-mart) oyida yakunlangan<a href=\"#_ftn11\" name=\"_ftnref11\">[11]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAl-E\u02bctimod fil-e\u02bctiqod\u201dning asosiy manbalari Abul Muin Nasafiyning \u201cTabsiratul adilla\u201d va Nuriddin Sobuniyning \u201cAl-kifoyatu fil hidoya\u201d nomli asarlaridir. Bu jihatdan asar rejasi va iboralarining \u201cTabsiratul adilla\u201dning sharhi bo\u02bblgan \u201cKitobut tamhid\u201d bilan o\u02bbxshashligi ham e\u02bctibordan chetda qolmaydi<a href=\"#_ftn12\" name=\"_ftnref12\">[12]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Boshqa tomondan, asarda Imom G\u02bbazzoliy va Faxriddin Roziy kabi ash\u02bcariy olimlariga ham ishora qilingan. Bu shuni ko\u02bbrsatadiki, muallif o\u02bbzidan oldingi Abul Muin Nasafiy yondashuvidan farqli o\u02bblaroq, moturidiya va ash\u02bcariyaning bir-biriga xilof qilgan tomonlariga urg\u02bbu bermaydi, balki ikki mazhabning mushtarak tomonlarini ko\u02bbrsatishga harakat qiladi<a href=\"#_ftn13\" name=\"_ftnref13\">[13]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAl-E\u02bctimod fil-e\u02bctiqod\u201d asarining bugungi kungacha yetib kelgan turli qo\u02bblyozmalari orasida Sulaymoniya kutubxonasi, Fotih, 721-yil sanasi bilan \u21163085 raqami ostida ro\u02bbyxatga olingan nusxasi xattotlikdagi ravonligi bilan ham, muallif vafot etgan 710-yilga yaqinligi bilan ham e\u02bctiborni tortadi<a href=\"#_ftn14\" name=\"_ftnref14\">[14]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAl-Umda\u201d va \u201cAl-E\u02bctimod fil e\u02bctiqod\u201d asarlaridan ulamolar o\u02bbz kitoblarida manba sifatida foydalangan. Jumladan, bu asarlar orasida Ibn Humomning \u201cAl-musayara\u201d, Taftazoniyning \u201cSharhul maqosid\u201d asarlarini keltirish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yana Taftazoniyning \u201cAqoidi Nasafiy\u201d asari bilan \u201cAl-Umda\u201d va \u201cAl-E\u02bctimo\u201d asarlari solishtiriladigan bo\u02bblsa, matnlarining qanchalik yaqin ekani yaqqol ko\u02bbzga tashlanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad Yazichi asar haqida: \u201cXuddi shunday \u201cSharhi fiqhul akbar\u201dning muallifi Mulla Ali Qori ham \u201cAl-E\u02bctimod\u201ddan manba sifatida foydalangan, degan fikrdamiz. Chunki \u201cSharhi fiqhul akbar\u201dga nazar tashlaydigan bo\u02bblsak, ayniqsa, imomat bahsi unga juda ham o\u02bbxshashdir\u201d<a href=\"#_ftn15\" name=\"_ftnref15\">[15]<\/a> deydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa o\u02bbrnida shuni aytish mumkinki, Abul Barakot Nasafiyning \u201cAl-E\u02bctimod fil e\u02bctiqod asari\u201d moturidiya ta\u02bclimotini keng sharhlab bergan, adashgan toifalar g\u02bboyalariga asosli raddiyalar bergan hamda ahli sunna val jamoa aqidasini jamlagan asar hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>\u00a0<\/strong><a href=\"#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a> Maxsudov D. Buyuk ajdodlarimiz \u201cAbul Barakot Nasafiy hayoti va ilmiy ijodi\u201d. \u2013 T.: Toshkent islom universiteti, 2013. \u2013 B.61.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a> Maxsudov D. Buyuk ajdodlarimiz \u201cAbul Barakot Nasafiy hayoti va ilmiy ijodi\u201d. \u2013 T.: Toshkent islom universiteti, 2013. \u2013 B.13.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a> Hoji Xalifa. Kashfuz zunun. Muhammad Sharafiddin Yoltqoya tahqiqi. \u2013 J.II. \u2013 Bayrut: Dor ihyo\u02bcut turosil arabiy. \u2013 B.1168.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref4\" name=\"_ftn4\">[4]<\/a> Hoji Xalifa. Kashfuz zunun. Muhammad Sharafiddin Yoltqoya tahqiqi. \u2013 J.I. \u2013 Bayrut: Dor ihyo\u02bcut turosil arabiy. \u2013 B.119.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref5\" name=\"_ftn5\">[5]<\/a> \u201cUmdatul aqoid\u201d asari nazarda tutilgan.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref6\" name=\"_ftn6\">[6]<\/a> Abul Barakot Nasafiy. Al-E\u02bctimod fil e\u02bctiqod. Dr. Abdulloh Muhammad Ismoil tadqiqi. \u2013 Qohira: Maktabatul azhariyya lit turos, 2011. \u2013 B.106-107.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref7\" name=\"_ftn7\">[7]<\/a> Abul Barakot Nasafiy. Al E\u02bctimod fil e\u02bctiqod. Dr.Abdulloh Muhammad Ismoil tadqiqi. \u2013 Qohira: Maktabatul azhariyya lit turos, 2011. \u2013 B.535-538.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref8\" name=\"_ftn8\">[8]<\/a> Muhammed Yazici. Eb\u00fc\u02bbl-Berek\u00e2t en-Nesef\u00ee, Hayat\u0131, \u015eahsiyeti ve el-\u0130\u02bbtim\u00e2d fi\u02bbl-i\u02bbtik\u0101d Adl\u0131 Eseri. \u2013 Erzurum, 1992. \u2013 S.63.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref9\" name=\"_ftn9\">[9]<\/a> Vergl Rudolph Ulrich. Al-Maturidi und Sunnitische Theologie in Samarkand. \u2013 P. 221-235.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref10\" name=\"_ftn10\">[10]<\/a> Muhammed Yazici. Eb\u00fc\u02bbl-Berek\u00e2t en-Nesef\u00ee, Hayat\u0131, \u015eahsiyeti ve el-\u0130\u02bbtim\u00e2d fi\u02bbl-i\u02bbtik\u0101d Adl\u0131 Eseri. \u2013 Erzurum, 1992. \u2013 S.63.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref11\" name=\"_ftn11\">[11]<\/a> Temel Ye\u015filyurt, Eb\u00fc\u02bbl-Berek\u00e2t en-Nesef\u00ee ve \u0130sl\u00e2m D\u00fc\u015f\u00fcncesindeki Yeri. \u2013 Malatya, 2000. \u2013 S. 57-58; Uludag\u02bb universiteti teologiya fakulteti jurnali: K\u0131l\u0131\u00e7 Aslan MAV\u0130L. Bir Hanef\u00ee-M\u00e2t\u00fcr\u00eed\u00ee \u00c2limi Eb\u00fc\u02bbl-Berek\u00e2t en-Nesef\u00ee. \u2013 S.82.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref12\" name=\"_ftn12\">[12]<\/a> Muhammed Yaz\u0131c\u0131. Eb\u00fc\u02bbl-Berek\u00e2t en-Nesef\u00ee, Hayat\u0131, \u015eahsiyeti, Eserleri ve el-\u0130\u02bbtim\u00e2d fi\u02bbl-i\u02bbtik\u00e2d Adl\u0131 Eseri (Yay\u0131mlanmam\u0131\u015f Y\u00fcksek Lisans Tezi, Atat\u00fcrk \u00dcSBE 1992). \u2013 S.67.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref13\" name=\"_ftn13\">[13]<\/a> Ulug\u02bbdag\u02bb universiteti teologiya fakulteti jurnali: K\u0131l\u0131\u00e7 Aslan MAV\u0130L. Bir Hanef\u00ee-M\u00e2t\u00fcr\u00eed\u00ee \u00c2limi Eb\u00fc\u02bbl-Berek\u00e2t en-Nesef\u00ee. \u2013 S.82.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref14\" name=\"_ftn14\">[14]<\/a> Asarning boshqa nusxalariga qarang: Boyazid davlat kutubxonasi, \u2013\u21162801; Chorum viloyat xalq kutubxonasi, \u2013\u2116 4078; Sulaymoniya kutubxonasi., Laleli, \u2013\u21162317-2365, Rashid afandi, \u2013\u2116323.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref15\" name=\"_ftn15\">[15]<\/a> Muhammed Yaz\u0131c\u0131. Eb\u00fc\u02bbl-Berek\u00e2t en-Nesef\u00ee, Hayat\u0131, \u015eahsiyeti, Eserleri ve el-\u0130\u02bbtim\u00e2d fi\u02bbl-i\u02bbtik\u00e2d Adl\u0131 Eseri (Yay\u0131mlanmam\u0131\u015f Y\u00fcksek Lisans Tezi, Atat\u00fcrk \u00dcSBE 1992). \u2013 S.63.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Ravshan ELMURODOV<\/strong><strong>,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi <\/strong><strong>ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Abul Barakot Nasafiy (vaf. 710\/1310) tafsir, fiqh, aqida va usulul fiqh kabi sohalarda sermahsul ijod qilib, islomiy ilmlar rivojiga katta hissa qo\u02bbshgan buyuk olimlardan biridir. Alloma aqidaga oid \u201cUmdat aqidati ahli sunna val jamoa\u201d (\u201cAhli sunna val jamoa aqidasi asosi\u201d), \u201cBahrul kalom\u201d (\u201cKalom ilmi dengizi\u201d), \u201cUmdatul aqoid\u201d (\u201cAqidalar asosi\u201d), \u201cAl-E\u02bctimod fil e\u02bctiqod\u201d (\u201cE\u02bctiqoddagi tayanch\u201d) nomli &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":35466,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[650],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>ABUL BARAKOT NASAFIYNING \u201cAL-E\u02bcTIMOD FIL E\u02bcTIQOD\u201d ASARI TAVSIFI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"ABUL BARAKOT NASAFIYNING \u201cAL-E\u02bcTIMOD FIL E\u02bcTIQOD\u201d ASARI TAVSIFI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35465&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"ABUL BARAKOT NASAFIYNING \u201cAL-E\u02bcTIMOD FIL E\u02bcTIQOD\u201d ASARI TAVSIFI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"ABUL BARAKOT NASAFIYNING \u201cAL-E\u02bcTIMOD FIL E\u02bcTIQOD\u201d ASARI TAVSIFI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35465&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2024-05-16T03:33:25+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2024-05-15T12:35:58+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/05\/barakotnasafi.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"1103\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"697\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"7 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35465&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35465&lang=oz\",\"name\":\"ABUL BARAKOT NASAFIYNING \u201cAL-E\u02bcTIMOD FIL E\u02bcTIQOD\u201d ASARI TAVSIFI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35465&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35465&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/05\/barakotnasafi.jpg\",\"datePublished\":\"2024-05-16T03:33:25+00:00\",\"dateModified\":\"2024-05-15T12:35:58+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"ABUL BARAKOT NASAFIYNING \u201cAL-E\u02bcTIMOD FIL E\u02bcTIQOD\u201d ASARI TAVSIFI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35465&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35465&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35465&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/05\/barakotnasafi.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/05\/barakotnasafi.jpg\",\"width\":1103,\"height\":697},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35465&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"ABUL BARAKOT NASAFIYNING \u201cAL-E\u02bcTIMOD FIL E\u02bcTIQOD\u201d ASARI TAVSIFI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"ABUL BARAKOT NASAFIYNING \u201cAL-E\u02bcTIMOD FIL E\u02bcTIQOD\u201d ASARI TAVSIFI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"ABUL BARAKOT NASAFIYNING \u201cAL-E\u02bcTIMOD FIL E\u02bcTIQOD\u201d ASARI TAVSIFI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35465&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"ABUL BARAKOT NASAFIYNING \u201cAL-E\u02bcTIMOD FIL E\u02bcTIQOD\u201d ASARI TAVSIFI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"ABUL BARAKOT NASAFIYNING \u201cAL-E\u02bcTIMOD FIL E\u02bcTIQOD\u201d ASARI TAVSIFI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35465&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2024-05-16T03:33:25+00:00","article_modified_time":"2024-05-15T12:35:58+00:00","og_image":[{"width":1103,"height":697,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/05\/barakotnasafi.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"7 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35465&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35465&lang=oz","name":"ABUL BARAKOT NASAFIYNING \u201cAL-E\u02bcTIMOD FIL E\u02bcTIQOD\u201d ASARI TAVSIFI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35465&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35465&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/05\/barakotnasafi.jpg","datePublished":"2024-05-16T03:33:25+00:00","dateModified":"2024-05-15T12:35:58+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"ABUL BARAKOT NASAFIYNING \u201cAL-E\u02bcTIMOD FIL E\u02bcTIQOD\u201d ASARI TAVSIFI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35465&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=35465&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35465&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/05\/barakotnasafi.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/05\/barakotnasafi.jpg","width":1103,"height":697},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35465&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"ABUL BARAKOT NASAFIYNING \u201cAL-E\u02bcTIMOD FIL E\u02bcTIQOD\u201d ASARI TAVSIFI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/35465"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=35465"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/35465\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":35467,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/35465\/revisions\/35467"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/35466"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=35465"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=35465"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=35465"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}