{"id":35174,"date":"2024-05-01T14:51:27","date_gmt":"2024-05-01T09:51:27","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=35174"},"modified":"2024-05-01T14:51:27","modified_gmt":"2024-05-01T09:51:27","slug":"shukronalik-inson-kamolotining-asosi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35174&lang=oz","title":{"rendered":"SHUKRONALIK \u2013 INSON KAMOLOTINING ASOSI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Insonning kamolga yetishida barcha ijobiy fazilatlarning o\u02bbziga xos o\u02bbrni bor. Ammo ular ichida shukronalikning o\u02bbrni kattadir. Inson Alloh tomonidan mukarram qilib yaratildi, unga sanoqsiz ne\u02bcmat va tuganmas yaxshilik berildi. Bu bilan boshqa yaratilgan maxluqotlardan afzal qilindi. Shu bilan birga, Alloh bandalar shukur qilsa, ularga ne\u02bcmatlarini ziyoda qilishni va\u02bcda qildi, itoat etsa, bu ne\u02bcmatlar davomiyligi va boqiyligini kafolatladi. Alloh taolo Qur\u02bconi karimning \u201cIbrohim\u201d surasi 7-oyatida: <strong>\u201cYana Robbingiz e\u02bclon qilgan (bu so\u02bbzlar)ni eslangiz: \u201cQasamki, agar (bergan ne\u02bcmatlarimga) shukur qilsangiz, albatta, (ularni) yana ziyoda qilaman. Bordi-yu, noshukurlik qilsangiz, albatta, azobim (ham) juda qattiqdir\u201d,<\/strong> deb marhamat qilgan. Shukur qilgan inson ham jismonan, ham moddiy, ham ma\u02bcnaviy-ruhiy tomondan kamol topadi. Naqshbandiya ta\u02bclimotida ham inson kamoloti uchun shukur, zikr va fikr asosiyligi ta\u02bckidlangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cMaqomoti Xoja Bahouddin Naqshband\u201d asarida Naqshbandiya ta\u02bclimoti asoschisi Bahouddin Naqshband (1318-1389)ning quyidagi so\u02bbzlari keltirilgan: \u201cHar bir mashoyixning oynasida ikki tomon bor, bizning oynamizda esa olti tomon. Qirq yildirki, biz oynadorlik qilamiz, vujudimiz oynasi hech qachon xato qilgan emas. Har vaqt sening ko\u02bbnglingdan nimaiki o\u02bbtsa, biz uni bexato ko\u02bbramiz\u201d. Qutbul avliyo Abdul Quddusdan naql qilinishicha, u aytgan ekan: \u201cXojamiz (qadasallohu sirrahul aziz)ning sayri osmon va yerning barcha tabaqalariga joriy edi\u201d [1:141]. Manbadagi bu so\u02bbzlardan ma\u02bclum bo\u02bbladiki, Bahouddin Naqshband 71-yil umr ko\u02bbrgan bo\u02bblsa, 31 yoshida kamolot darajasi shunday yuksaklikka erishganki, butun vujudi ko\u02bbzguga aylangan va olti tomon \u2013 orqa, oldin, o\u02bbng, chap, yuqori va pastni ham bexato ko\u02bbra olgan. Bu ulug\u02bb insonning ruhi sayri osmon va yerning barcha qavatlarida bo\u02bblgan. Biz bu darajaga yetishning siri nima ekanini aniqlash uchun manbalarga murojaat etdik va natijada asosi shukronalikda degan xulosaga keldik. Chunki shukur qilgan inson o\u02bbn sakkiz ming olamdagi ijobiy quvvatlar bilan bog\u02bblanadi va ulardan fayz oladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0Buyuk fizik olim Isaak Nyuton butun olam tortishish qonunini yaratib, moddiy narsalarning mexanik tortishi haqidagi g\u02bboyani kashf etgan. Falsafadagi metafizik yondashuv asosida tahlil qilsak, insondagi ruhiy quvvat ham o\u02bbziga uyg\u02bbun quvvatni tortadi. Bahouddin Naqshband va boshqa aziz avliyolarga bu ilohiy, ruhiy qonuniyat ayon bo\u02bblgan va ular hamisha yaxshi ishlarni qilib, ezgu niyat bilan yurgan. Demak, Bahouddin Naqshband va valiylar Isaak Nyutondan oldin butun olam tortishish qonunini mukammal kashf qilgan. Ular butun olam tortishish qonunini faqat moddiy zarrachalar orasida mexanik amal qilinishini emas, balki ma\u02bcnaviy-ruhiy quvvatlar tebranishi va harakatlarida ham amal qilishini kashf etgan. Shuning uchun ham shukronalik butun olamdagi ijobiy quvvatga ta\u02bcsir etib, aks ta\u02bcsirni hosil qiladi. Inson shukronalik holatida ilohiy nur, fayz, rahmat va marhamatdan bahramand bo\u02bbla oladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manbada yozilishicha, Bahouddin Naqshband umri davomida faqat ezgu ishlarni amalga oshirgan va shunday qila olgani uchun shukrona keltirgan. Naql qilinishicha, Bahouddin Naqshband bunday degan ekan: \u201cBuxoroda edim, Sayid Amir Kulolning sharif suhbatlariga ko\u02bbnglimda mayl paydo bo\u02bbldi. Nasafga yo\u02bbl oldim. Yetib kelganimda ular menga dedilar: \u201cEy rizojo\u02bby farzand, ayni vaqtida kelding, xumdonni taxt qilib qo\u02bbyganman, ammo o\u02bbtin yiqqani odam yo\u02bbq\u201d. Men bu ishoratga shukur qildim va o\u02bbtinni orqamga ko\u02bbtarib, xumdonning oldiga olib keldim\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bayt:<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Jamoli Ka\u02bcba chunon medavondam ba nishot,<\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Ki xorhoyi mug\u02bbiylon harir meoyad. [1:59]<\/em><\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazmuni:<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Ka\u02bcbaning jamolini ko\u02bbrishga shodlik bilan shunday chopdimki,<\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Hatto mug\u02bbilyon daraxti tikonlari ipakdek yumshoq bo\u02bbldi.<\/em><\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manbadagi bu naqldan ma\u02bclum bo\u02bbladiki, Bahouddin Naqshband ko\u02bbnglidagi ustozi Amir Kulolga paydo bo\u02bblgan mayl mohiyatini farosat ilmi [2] bilan anglagan va ustozining uyiga borgan. Hazrat Amir Kulol u kishiga \u201crizojo\u02bby farzand\u201d deb behudaga aytmagan. Chunki Bahouddin Naqshband hamma vaqt butun borliq va koinot rozi bo\u02bbladigan amalni qilishga shoshilgan va shunday amallarni qila olgani, birovga ezgulik qilgani uchun shukrona degan. Shuning uchun ham xalq u kishini e\u02bczozlab: Bahouddin \u2013 dinning yorug\u02bbligi, ravshanligi, Shoh Naqshband \u2013 insonlar qalbiga Alloh naqshini bog\u02bblovchilar shohi, Balogardon \u2013 Alloh izni bilan kelayotgan balolarni qaytarishga madad beruvchi inson nomlari bilan ulug\u02bblagan [3:21-32]. Bahouddin ustoziga o\u02bbtin kerakligini bilib, shod-xurramlik bilan shukrona qilib, Ka\u02bcbaning jamolini ko\u02bbrayotgandek o\u02bbtin terayotgan paytda, mug\u02bbilyon tikanlari u kishiga ipakdek yumshoq ko\u02bbringan. Bu holat tahlili shuni ko\u02bbrsatadiki, inson mehnat jarayonida shukronalik bilan ishlasa, o\u02bbsha ish unga zavq va kuch-quvvat beradi. Shukronalik bilan ustoziga xizmati, bir tomondan duosini olishga sababchi bo\u02bblsa, ikkinchi tomondan Bahouddin ruhini ham yuksaklikka ko\u02bbtarib, jismiga xotirjamlik bag\u02bbishlagan. Ko\u02bbrinib turibdiki, shukronalik juda katta ilohiy quvvatga ega ulug\u02bb ne\u02bcmatdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manbada naql qilinishicha, Hazrat Xoja Bahouddin Naqshband Qasri Orifonda masjid imoratiga mashg\u02bbul vaqtida muborak boshlarida tuproqni masjid tomiga olib chiqar va quyidagi baytni o\u02bbqir ekan:<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Bajon bikunam kori tu, charo nakunam,<\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Ba sar bikasham bori tu charo nakasham [1:61].<\/em><\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazmuni:<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Sening ishingni jon deb qilaman, nega qilmayin,<\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Sening yukingni boshimda ko\u02bbtaraman, nega ko\u02bbtarmayin.<\/em><\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manbadagi bu naqldan ma\u02bclum bo\u02bbladiki, Bahouddin Naqshband masjid qurilishidagi xizmatini chin dildan va shukronalik bilan qilgan. Bu xizmatni sharaf deb bilgan. Shuning uchun ham butun borliq va koinot duoda bo\u02bblib, Alloh taolo rahmati va marhamatini bu kishidan ayamagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manbada yozilishicha, Bahouddin Naqshband juda oddiy va kamtarona kun kechirgan. Bu haqda u kishining o\u02bbzi aytgan quyidagi bayt manbada yozilgan:<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Na maro mafrashu na mafrashkash, <\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Na g\u02bbulomoni turku tarkashkash.<\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Hamma shab chu sagoni kahdoni, <\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Sar ba dum ovaram ba jismi xash [1:85].<\/em><\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazmuni:<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Menda na ko\u02bbrpa bor va na farrosh,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Turk g\u02bbulomlari ham menda yo\u02bbq.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tun bo\u02bbyi men itlar kabi,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Boshimni dumimga qo\u02bbyib yotaman.<\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Faqirona, moddiy holat u kishiga hech qanday ta\u02bcsir qilmagan. Bahouddin Naqshband hamisha zavq-shavq bilan Alloh berganiga qanoat qilib, shukronalik bilan yashagan. U kishining bu holatidan o\u02bbzi aytgan quyidagi ikki bayt guvohlik beradi:<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hechi mo neyu hechi mo kam ne,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Az payi hech-hechi mo g\u02bbam ne.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Janda bar pusht, pushti go\u02bbriston,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Gar bimirim hech motam ne [1:85].<\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazmuni:<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hech narsamiz yo\u02bbq va hech narsadan kamimiz yo\u02bbq,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hech narsaning ortidan g\u02bbamimiz ham yo\u02bbq.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yelkada janda-yu go\u02bbriston yonimizda,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Agar o\u02bblib qolsak, hech bir motam ham yo\u02bbq.<\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu mashhur misralar u kishining qalbi Alloh ishqi bilan limmo-lim ekani va bergan ne\u02bcmatlariga shukronalik bilan yashashidan dalolat beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cMaqomot\u201dda Bahouddin Naqshband aytgan quyidagi so\u02bbzlar keltiriladi: Kamolot va nisor ahli Allohdan fayz oladi va visolga yetuvchi abadiy umr topib, buning shukrini ado qilmoqchi bo\u02bblsa ham ado qilolmaydi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Gar biguyam shukri lutfat bardavom,<\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Bigzarad umru nagardat in tamom [1:155].<\/em><\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazmuni:<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Sening shukringni to\u02bbxtamay aytsam ham,<\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Umrim tugaydi, ammo uni tamom qilolmayman.<\/em><\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bahouddin Naqshband va u kishi kabi kamolotga yetgan insonlar Allohning marhamati, fayzu barakotini o\u02bbzida his qilgan va qancha shukur qilsa ham uning yetarli emasligini anglagan. Shuning uchun ham Alloh ularga rahmat bilan qaragan va barakotlari cheksiz bo\u02bblgan.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cHar bir tavfiq egasi o\u02bbz nafsiga qarshi turmog\u02bbi va bu har qancha oz bo\u02bblsa ham ko\u02bbp bilsin hamda bu tavfiqning shukrini qilsin\u201d, [1:115] degan alloma. Bahouddin Naqshbandning bu o\u02bbgitlari Alloh tavfiqi va madadiga shukur qilish lozimligini uqtirmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shukronalik halollik va poklikning ham asosidir. Shukrona qiladigan inson halol luqmaga qanoat qiladi. Halollik esa tinchlik va xotirjamlik asosidir [4:9-11]. Halollik va shukronalik g\u02bboyalari shakllanishida Buxoroi sharifning Yetti Piri xizmatlari kattadir [5:51-52].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shukronalikning shakllanishida sabr-qanoatlilik fazilati ham muhim ahamiyatga ega. Sotsiolog olim Mansur Bekmuradov \u201cFarosat ilmi\u201d nomli o\u02bbquv qo\u02bbllanmasida odamlardagi qaysi xususiyat qanday fe\u02bcl-atvorga olib kelishini farosat orqali bilish mumkinligini tavsiflab, sabr-qanoatlilik shukronalikka olib kelishini yozgan [2:173]. Darhaqiqat, shukronalik fazilati sabr-qanoat bilan mustahkam bog\u02bblangan. Ayyub alayhissalom hayot yo\u02bbllari bunga misol bo\u02bbla oladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shukronalik fazilati insonni kamolotga yetkazadi. Noshukurlik insonni jisman, ma\u02bcnan va moddiy tomondan qashshoqlashishiga, o\u02bbzgalar oldida qadrsiz va hurmatsiz bo\u02bblishiga olib keladi. Shukronalik insonni go\u02bbzal va ulug\u02bbvor bo\u02bblishiga yordam bersa, noshukurlik uni xunuk va past insonga aylantiradi. Tasavvuf namoyandalari insonlarni ikki xil: nuriy va noriyga bo\u02bbladi. Nuriy inson ezgu ishlarga kamarbasta, ilohiy nurlar yog\u02bbilib turgan kishidir. Noriy kishi esa hasad, g\u02bbazab, kibr olovida yonadigan, har bir bajaradigan ishini ta\u02bcma qiladigan odamlardir. Shukronasi bor inson yuz-ko\u02bbzidan nur yog\u02bbilib turadi, barakali bo\u02bblib, hamisha xolis xizmat qiladi. Ko\u02bbpning duosi nuridan vujudi nurli bo\u02bblgani uchun ularni nuriy inson deyish mumkin. Aksincha, noshukur, zalolat va g\u02bbaflatda qolganlar noriy odamlardir. Noshukurlik ularning jismi, qalbi va ruhini kasal qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shukronalik ruhida tarbiyalashda tasavvufning Naqshbandiya ta\u02bclimoti o\u02bbrni kattadir. Bu ta\u02bclimotdagi o\u02bbn bir rashha insonni shukronalik ruhida tarbiyalaydi. Ta\u02bclimotning birinchi rashhasi \u201cHush dar dam\u201d har bir dam, ya\u02bcni har bir nafasga shukur qilish lozimligini o\u02bbrgatadi. Shoir Sadriddin Salim Buxoriy \u201cHush dar dam\u201d rashhasidagi g\u02bboya ta\u02bcsirida bitilgan Olmon adibi Gyotening quyidagi baytlarini tarjima qilgan:<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Nafas olmoq hamda chiqarmoq erur, <\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Ikki ehson, buni anglamoq zarur.<\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Biri siqar, o\u02bbzgasi yangi quvvat,<\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Shular sabab hayot go\u02bbzaldir g\u02bboyat.<\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Allohga shukur de, nafas kirgan on,<\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Shukur de nafasing chiqargan zamon.<\/em><\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bahouddin Naqshband \u201cAvrod\u201d risolasida: \u201cYo Alloh, bizni shukringni ado etuvchi qil!\u201d[6:53], deb iltijo qilgani yozilgan. Hazrat Alisher Navoiy Shayx Abulqosim Bishr Yosin haqida keltirgan ma\u02bclumotda Shayx Abu Said Abulxayr aytgan quyidagi ruboiyni keltiradi:<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Jonon, sensiz qarorim yo\u02bbqdur,<\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Sening ehsonlaringning sanog\u02bbiga yetolmayman.<\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Tanamdagi har bir tuk tilga aylanganda ham,<\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Ming shukringdin birini ado qilolmayman [7:207].<\/em><\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manbada yozilishicha, shu ruboiyni muntazam takrorlagan inson haqiqatni topadi va Haqqa yetadi. Bu shundan dalolat beradiki, shukronalik shunday ilohiy quvvatki, insonni oliy had darajasigacha kamolga yetkazadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Umumiy xulosa qilganda, Yangi O\u02bbzbekistonda Uchinchi Renessans poydevorini qurish uchun yoshlarni yuksak ma\u02bcnaviyatli qilib tarbiyalashimiz zarur. Shukronalik ruhida tarbiyalangan yoshlarni ijobiy fikrlaydigan va jamiyatni hamjihat, do\u02bbstligini ta\u02bcminlaydigan ijobiy quvvat deb hisoblash mumkin. Yoshlarni shukronalik ruhida tarbiyalashda ma\u02bcnaviy merosimizdan ta\u02bclim-tarbiya jarayonida foydalanish yaxshi samara beradi. Bahouddin Naqshband hayot yo\u02bbli va naqshbandiya ta\u02bclimotidagi shukronalikka oid fikrlarni ta\u02bclim-tarbiya jarayonida va ommaviy axborot vositalari orqali targ\u02bbib etish foydalidir.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>Foydalanilgan adabiyotlar:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abul Muhsin Muhammad Boqir ibn Muhammad Ali. Maqomoti Xoja Bahouddin Naqshband. \/ Forsiydan tarjimon, so\u02bbz boshi, izoh va lug\u02bbat muallifi Mahmud Hasaniy. \u2013 T.: O\u02bbzbekiston NMIU, 2019.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Bekmurodov M. Farosat ilmi. \u2013 T.: G\u02bbafur G\u02bbulom nomidagi nashriyot \u2013 matbaa ijodiy uyi, 2022.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Navro\u02bbzova G.N. Xoja Bahouddin Naqshband hayoti va ma\u02bcnaviy merosi. \u2013 T.: Fan, 2021.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Navro\u02bbzova G. Halollik \u2013 tinchlik va xotirjamlik asosi. Imom Buxoriy saboqlari. 2022-yil 1-son.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Navro\u02bbzova G. Buxoroi sharifning Yetti Piri halol tu\u00adshunchasi xususida. Imom Buxoriy saboqlari. 2022-yil 4-son.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Bahouddin Naqshband. Avrod (To\u02bbldirilgan qayta nashr). Maqola, izoh va sharhlar muallifi, tarjimon Navro\u02bbzova G.N. \u2013 T.: Sano-standart, 2019.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Alisher Navoiy. Nasoyimul muhabbat. Mukammal asarlar to\u02bbplami. T.17. \u2013 T.: Fan, 2001.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">GULCHEHRA NAVRO\u02bbZOVA,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Buxoro muhandislik-texnologiya instituti professori,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">falsafa fanlari doktori<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Insonning kamolga yetishida barcha ijobiy fazilatlarning o\u02bbziga xos o\u02bbrni bor. Ammo ular ichida shukronalikning o\u02bbrni kattadir. Inson Alloh tomonidan mukarram qilib yaratildi, unga sanoqsiz ne\u02bcmat va tuganmas yaxshilik berildi. Bu bilan boshqa yaratilgan maxluqotlardan afzal qilindi. Shu bilan birga, Alloh bandalar shukur qilsa, ularga ne\u02bcmatlarini ziyoda qilishni va\u02bcda qildi, itoat etsa, bu ne\u02bcmatlar davomiyligi va &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":35175,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>SHUKRONALIK \u2013 INSON KAMOLOTINING ASOSI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"SHUKRONALIK \u2013 INSON KAMOLOTINING ASOSI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35174&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"SHUKRONALIK \u2013 INSON KAMOLOTINING ASOSI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"SHUKRONALIK \u2013 INSON KAMOLOTINING ASOSI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35174&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2024-05-01T09:51:27+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/05\/naqshbandd.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"440\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"9 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35174&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35174&lang=oz\",\"name\":\"SHUKRONALIK \u2013 INSON KAMOLOTINING ASOSI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35174&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35174&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/05\/naqshbandd.jpg\",\"datePublished\":\"2024-05-01T09:51:27+00:00\",\"dateModified\":\"2024-05-01T09:51:27+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"SHUKRONALIK \u2013 INSON KAMOLOTINING ASOSI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35174&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35174&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35174&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/05\/naqshbandd.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/05\/naqshbandd.jpg\",\"width\":660,\"height\":440},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35174&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"SHUKRONALIK \u2013 INSON KAMOLOTINING ASOSI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"SHUKRONALIK \u2013 INSON KAMOLOTINING ASOSI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"SHUKRONALIK \u2013 INSON KAMOLOTINING ASOSI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35174&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"SHUKRONALIK \u2013 INSON KAMOLOTINING ASOSI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"SHUKRONALIK \u2013 INSON KAMOLOTINING ASOSI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35174&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2024-05-01T09:51:27+00:00","og_image":[{"width":660,"height":440,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/05\/naqshbandd.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"9 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35174&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35174&lang=oz","name":"SHUKRONALIK \u2013 INSON KAMOLOTINING ASOSI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35174&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35174&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/05\/naqshbandd.jpg","datePublished":"2024-05-01T09:51:27+00:00","dateModified":"2024-05-01T09:51:27+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"SHUKRONALIK \u2013 INSON KAMOLOTINING ASOSI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35174&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=35174&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35174&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/05\/naqshbandd.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/05\/naqshbandd.jpg","width":660,"height":440},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35174&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"SHUKRONALIK \u2013 INSON KAMOLOTINING ASOSI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/35174"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=35174"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/35174\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":35176,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/35174\/revisions\/35176"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/35175"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=35174"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=35174"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=35174"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}