{"id":35142,"date":"2024-04-30T16:37:42","date_gmt":"2024-04-30T11:37:42","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=35142"},"modified":"2024-04-30T16:42:27","modified_gmt":"2024-04-30T11:42:27","slug":"mavlono-muhammad-qozining-silsilatul-orifin-va-tazkiratus-siddiqin-asaridagi-tarixiy-tasavvufiy-g%ca%bboyalar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35142&lang=oz","title":{"rendered":"MAVLONO MUHAMMAD QOZINING \u201cSILSILATUL-ORIFIN VA TAZKIRATUS-SIDDIQIN\u201d ASARIDAGI TARIXIY-TASAVVUFIY G\u02bbOYALAR"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida dunyoga mashhur allomalarimiz ma\u02bcnaviy merosini o\u02bbrganishga alohida e\u02bctibor qaratilmoqda. Biz ajdodlarimizning donishmandlik an\u02bcanalariga amal qilib, ularning g\u02bboyalarini teran anglagan holda islohotlarni amalga oshirmoqdamiz. Bu yo\u02bblda ular yaratgan ma\u02bcnaviy meros\u00a0 biz uchun dasturulamal bo\u02bblib xizmat qilishi shubhasizdir. Zero, Yangi O\u02bbzbekiston taraqqiyotining bugungi bosqichida ulug\u02bb alloma va mutafakkirlarimizning ko\u02bbplab bebaho asarlarini saqlash, o\u02bbrganish va kelajak avlodga yetkazish borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish muhim ahamiyat kasb etadi\u201d[4].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qomusiy olim Sayyid Sharif Jurjoniy tomonidan \u201chaqiqiy bilimga intilish, hammaga ibrat\u201d deb tushuntirgan tasavvuf ta\u02bclimotida Naqshbandiya muhim o\u02bbrin tutadi. Bu ta\u02bclimotning taraqqiyoti va yuksalishida Mavlono Muhammad Qozi muhim o\u02bbrin tutadi. Uning qalamiga mansub nodir qo\u02bblyozma \u201cSilsilat ul-orifin va tazkiratus siddiqin\u201d asari O\u02bbzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik instituti qo\u02bblyozmalar fondida saqlanmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mavlono Muhammad Qozi ma\u02bcnaviy merosini bugungi kunda Sharqshunoslik instituti qo\u02bblyozmalar xazinasida saqlanayotgan nusxasi misolida ko\u02bbrib chiqamiz. Asarda tasavvuf namoyandalari Zunnuni Misriy, Boyazid Bastomiy, Shayx Shibliy, Ahmad Hanbal, Imom Abu Qosim Qushayriy, Imom G\u02bbazzoliy, Faxr Roziy, Abu Yusuf\u00a0 Hamadoniy, Abdulxoliq G\u02bbijduvoniy, Orif\u00a0 Revgariy, Jaloliddin Rumiy, Shayx Maslahat Xo\u02bbjandiy, Bahouddin Naqishband, Alouddin Attor, Muhammad Porso, Alouddin G\u02bbijduvoniy, Bahouddin Umar, Shayx Siroj Pirmastiy, Mavlono Sayfiddin Manoriy, Ya\u02bcqib Charxiy, Nizomiddin Xomush, Sa\u02bcduddin Hamaviy, Ahmad Yassaviy, Hasan Andoqiy kabilar haqida so\u02bbz yuritilgan. Allomaning ismi qo\u02bblyozmada quyidagicha keltirilgan: \u201cMuhammad ibn Burhoniddin bo\u02bblib, Muhammad Qozi bilan mashhur\u201ddir. U XV asrda Samarqand shahrida ma\u02bcrifatli fozil inson Burhoniddin Samarqandiy (taxallusi \u2013 Miskiniy) oilasida dunyoga kelgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Uning tug\u02bbilgan yili manbalarda aniq ko\u02bbrsatilmagan. Manbada Muhammadning otasi Burhoniddin Miskiniy Samarqandiy mashhur Imodiddin Qoziga yaqinligi sabab uning o\u02bbg\u02bblini Muhammad Qozi deb atagan, deyiladi. Yuqoridagi ma\u02bclumotni Mirzo Muhammad Haydar o\u02bbzining \u201cTarixi Rashidiy\u201d asarida \u201cUlarning ismlari Mavlono Muhammad Burhoniddindur. Otalari qozi Imodiddin Samarqandiyning maxsuslaridin erdi. Ushbu jihatdan Mavlono Muhammad Qozi deb shuhrat topibdurlar\u201d, deb yozadi[3]. Uning \u201cSilsilatul orifin va\u00a0 tazkiratus siddiqin\u201d asari 885\/1480-yilda yozilgan [2.:3a varaq].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qo\u02bblyozmada ushbu asar tariqat sayyidi, haqiqat daryosi, irshod masnadi sadri, hidoyatga yetaklovchi xassos, qalblar tabibi Xoja Ubaydulloh Ahrorga bag\u02bbishlab tasnif etilgani qayd qilingan. Muallif 12 yil Xoja Ahror huzurida xizmat qilib, tariqat sir-asrorlarni qunt bilan o\u02bbrganadi. Bu haqda Faxriddin Ali Safiy o\u02bbzining \u201cRashahotu aynul hayot\u201d asrida \u201cHazrati Eshonning\u00a0 as\u02bchoblari va maqbullarining ajillalaridin turur va ul Hazratning manoqiblari, shamoyilu xasoyis va fazoyillarida kitobe tasnif\u00a0 etibdurlar. \u201cSilsilatul orifin va tazkiratus siddiqin\u201d bila musammodur. Ul joyda keltiribdurkim, sananing ta\u02bcrixi sakkiz yuz sakson beshda (1480) erdikim, Hazrati Eshonning mulozamatlarig\u02bba yetushuldi. Va o\u02bbn ikki yilg\u02bba qarib ul Hazratning mulozamatlarida bo\u02bbldi\u201d [1]. \u201cSilsilatul orifin va tazkiratus siddiqin\u201d asari siddiq va oriflar haqida yozilgan kitob bo\u02bblib, muqaddima, uch fasl va xotimadan iborat.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Birinchi faslida Hazrat Eshon (Xoja Ahror Vali) va Xojagan silsilasi [2.7 a varaq] azizlari haqida so\u02bbz yuritilgan bo\u02bbsa, ikkinchi fasli latif xabarlar va go\u02bbzal majlislar to\u02bbg\u02bbrisida. Uchinchi faslida esa (Xoja) Eshondan zuhur bo\u02bblgan odat va karomatlar haqida bayon qilingan. Asarning xotimasida axloq sifatlari va bu toifa (xojagon) haqida turli hikoyatlar zikr etilgan. \u201cHazrat Eshon (Xoja Ahror Valiy)ning nasabalari va hasabalari bayon qilinadi. Hazrat Xoja Kalon (q.s.) Hazrat Xojamning o\u02bbg\u02bblidur. U kishi Xoja Mahmudning o\u02bbg\u02bblidur. U kishi esa Xoja Shahobiddinning o\u02bbg\u02bbli. U kishi uch yoki to\u02bbrt vosita bilan Xoja Muhammad Nomiyga yetadi. Xabar berildiki, Muhammad Nomiy Bag\u02bbdoddan. Uning ustozi\u00a0 shayx Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Qaffol Shoshiydir. Qaffol Shoshiy shofeiy mazhabi ulamolaridan edi. Zohiriy va botiniy ilmda zamonasining peshvo imomlaridan edi. Abu Bakr Qaffol Shoshiy o\u02bbz hayotlarini uch qismga bo\u02bblgan ekanlar. Bir vaqt Rum tarafga g\u02bbazotga borganlari, (U paytda Rumda hanuz Islom muyassar bo\u02bblmagan ekan), bir vaqt hajga borganlari, bir vaqt o\u02bbz viloyatlarida o\u02bbtirib, xalqni Haqqa da\u02bcvat qilganlari\u201d[2:35\u0430-b varaq].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qo\u02bblyozmaning 36\u0430-37b varag\u02bbida: \u201cAbu Bakr Muhammad ibn Ali Qaffol Shoshiy zamonasining mashhur ulomalaridan bo\u02bblib, Shosh (Toshkent) shahrida istiqomat qilar edilar. U zot ko\u02bbp marotaba hajga safar qilib, borishda va qaytishda aksar ilmlarni olgan Bag\u02bbdodga kirib o\u02bbtar edilar. Bir galgi safarlarida Bag\u02bbdodga kelsalar, ulamolarning nihoyatda sarosimada qolganini ko\u02bbrdilar. Chunki Rum podshohi \u2013 qaysari ibriy tilida xalifaga bir qasida yuborib, yo ushbu qasidaga munosib javob yozasizlar, yo har yili o\u02bblpon to\u02bblaysizlar, yoki urushga tayyorlanaveringlar, deb talab qilgan edi. O\u02bbsha paytda ularning Rum bilan urushishga imkoni yo\u02bbqligi,\u00a0 talab qilingan o\u02bblponni ham to\u02bblash uchun yetarli mablag\u02bbi bo\u02bblmaganidan qasidaga javob yozishga majbur edi. Bag\u02bbdodning jami ulamo va fozillari yig\u02bbildi. Lekin qasidaga mos javob yozishga barchasi ojiz qoldi. Rum elchisi esa ularni shoshiltirar edi. Shayx Bag\u02bbdodga kirib kelganlarida, Turkiston yurtidan Bag\u02bbdodga bir zabardast donishmand kelibdi, degan xabar tarqaladi. Xalifa odam yuborib, u kishi javob qasidasini yozsa, evaziga xohlagan narsasini berishini aytadi\u201d. \u201c\u2026Naql qilinishicha, Hazrati Shayx g\u02bbazotga borib, rumliklar bilan jang qilgan yili ahli Islomga shikast yetib, ko\u02bbpgina musulmonlar bilan birga asirga tushadi. Hazrati Shayxni Rum podshosining oldiga olib kelganida podshoh Shayxga boqib: \u201cSen bu viloyatning odamiga o\u02bbxshamaysan, rostini ayt, qayerdansan?\u201d deb so\u02bbraydi. Hazrati Shayx: \u201cShosh viloyatidanman\u201d, deb javob beradi. Podshoh: \u201cSen biz uchun Tavrotni arab tiliga o\u02bbgir, sen va asir musulmonlarning gunohidan o\u02bbtaman va ko\u02bbp ne\u02bcmatlarni in\u02bcom qilaman!\u201d deydi. Shayx unga: \u201cMayli, roziman, ammo shartim shuki, Tavrot qanday nozil qilingan bo\u02bblsa, arab tiliga xuddi o\u02bbshanday tarjima qilaman. Ammo hozir sizlarning qo\u02bblingizdagi Tavrot o\u02bbzgartirilgandir!\u201d deb javob qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Podshoh darg\u02bbazab bo\u02bblib: \u201cAgar bu ishni qilmasang, seni asir musulmonlar bilan birga qatl ettiraman!\u201d deb dag\u02bbdag\u02bba qiladi. Shayx esa: \u201cNimani xohlasang, shuni qil! Men Haqdan nozil bo\u02bblgan Tavrotdan boshqa Tavrotni tarjima qilmayman!\u201d deydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Podshoh ulamolar va ulug\u02bblar bilan maslahat qilgan holda oxiri rozi bo\u02bblib: \u201cMayli, sen arabcha qil, ammo biz Muhammadning sharhlariga kelganda ko\u02bbzimizini yumamiz va uni o\u02bbqimaymiz!\u201d deydi. Alqissa, Hazrati Shayx ishga kirishadi. Ozgina fursatda shunday katta ishning uddasidan chiqib, Tavrotni boshdan oyoq tarjima qiladilar. \u2026Rum podshohi Hazrati Shayxga in\u02bcomlar berib, ahli Islomning barchasini ozod qiladi. O\u02bbn ming asir xalos bo\u02bblgani bilan Hazrati Imom Bag\u02bbdod xalifasining huzuriga keladi va ko\u02bbp hurmatli bo\u02bblib, \u201cMendan tilang\u201d, deganda bir noma tiladilarkim, Toshkent shahrining voliyi (hokimi)ning nomigakim, qadimgi podsholardan qolgan arig\u02bblar botil bo\u02bblib (ko\u02bbmilib ketib), Toshkent shahriga suv kelishi mashaqqat bo\u02bblibdir. Imkoni bo\u02bblsa, viloyat hokimi buyrug\u02bbingiz bo\u02bbyicha bosh bo\u02bblib, suvni joriy qilib bersa, dedilar. Xalifa noma yozib, abbosiy xazinasidan bir yuz oltmish tanga berdi. Hazrati Imom mazkur tanga bilan nomani keltirib, viloyat hokimiga beradilar\u201d. Natijada xalq ko\u02bbp ariq qazib, band bog\u02bblab, suv chiqariladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asarning 66b-67a varag\u02bbida Xorazm voliysi Qutluq Temur, Mirzo Shohruh, Abu Said Mirzolar haqidagi voqealar bayon qilingan. Tarixiy manbalarda Mirzo Ulug\u02bbbek shahid etilgan mavze Samarqand shahrining chekkasida joylashgani haqida ba\u02bczi ma\u02bclumotlar keltirilgan. Lekin bu mavzening aniq o\u02bbrni hozirgacha noma\u02bclum edi. Mirzo Ulug\u02bbbek \u2013 Bog\u02bbi Maydondagi Bog\u02bbi Chinnida vafot etgani haqida Muhammad Qozi bunday deydi: \u201cMirzo Ulug\u02bbbekning umri Bog\u02bbi Maydon-Chinnixonada tamom bo\u02bbldi\u201d, [2:68 a] degan ma\u02bclumotni beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Zikr talqini Hazrati Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak dillaridan Abu Bakr Siddiqqa o\u02bbtadi. Keyin bu saodat Salmon Forsiyga o\u02bbtadi. U kishidan Ja\u02bcfar Sodiqqa, keyin Boyazid Bistomiyga o\u02bbtadi. Undan keyin Abul Hasan Haraqoniyga, undan shayx Abul Qosim Gurgoniy Tusiyga, undan shayx abu Ali Farmadiy Tusiyga, undan shayx Abu Yusuf Hamadoniyga o\u02bbtdi. U kishidan zikr talqini yanada quvvati oshib, to\u02bbrt buzrukvor (xalifa-shogird)ni tarbiya qildilar. To\u02bbrtoviga ham tariqat da\u02bcvatiga ijozat berdilar. Birinchisi Abdulloh Barraqiy, keyin Xoja Hasan Andoqiy, uchinchisi Ahmad Yassaviy va oxirgisi Xoja Abdulxoliq G\u02bbijduvoniydir [2:58a varaq].\u00a0 Xoja Abdulxoliq G\u02bbijduvoniy esa Xoja Ahmad Siddiq, Xoja Orif Revgariy va Avliyoi Kalonga ijozat berdi. Xoja Orif Revgariydan Xoja Mahmud Anjir Fag\u02bbnaviyga o\u02bbtdi. Undan Hoja Ali Romitaniyga [2:58b -59a varaq], undan Xoja Muhammad Bobo Sammosiyga o\u02bbtdi. Undan Amir Kulolga, undan Xoja\u00a0 Bahouddinga o\u02bbtdi. Bahouddin Xufiya zikrga mashg\u02bbul bo\u02bbldi. \u201cMen seni qanday tarbiyat etgan bo\u02bblsam, farzandim Bahouddinni ham xuddi shunday parvarish qilgin va shafqatni darig\u02bb tutmagaysan\u201d. Shu tariqa Amir Kuloldan zikr ta\u02bclimini oldi.\u00a0 Xojagon silsilani shu yerga qadar Muhammad Hofiz Muhammad Porso yozishmalari orqali naql qildi [61b varaq].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asarda turli bayt, g\u02bbazal, masnaviylar ham berib borilgan.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0Jumladan:<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cDaftar sarfi savod va huruf nest,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Chiz dil safid mehavon baraf nest\u201d,<\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ya\u02bcni:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cNoma\u02bci a\u02bcmol daftarida yozuvlar ko\u02bbp, ammo savod (e\u02bctiqod) bilan yozilmagan, go\u02bbyoki dilim pok deb yozgani bilan, dil oq (pok) bo\u02bblib qolmaydiku\u201d [2:9\u0430 varaq].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mavlono Muhammad Qozi ma\u02bcnaviy merosidagi \u201cSilsilatul orifin va tazkiratus siddiqin\u201d asari asl tariximizni kelajak avlodga yetkazishda, shuningdek, Uchinchi Renessans poydevori bo\u02bblgan sifatli kadrlarni tayyorlashda nodir manba bo\u02bblib xizmat qiladi. Zero, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ta\u02bckidlanganidek: \u201c\u2026Eng katta boylik \u2013 bu aql zakovat va ilm, eng katta meros \u2013 bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik \u2013 bu ilmsizlikdir! Shu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o\u02bbzlashtirish, chinakam ma\u02bcrifat va yuksak madaniyat egasi bo\u02bblish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak\u201d[5].<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>Foydalanilgan adabiyotlar:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Faxriddin Ali Safiy. Rashahotu aynil hayot. www.ziyouz.com kutubxonasi. 467<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u041c\u0443\u04b3\u0430\u043c\u043c\u0430\u0434 \u0438\u0431\u043d \u0411\u0443\u0440\u04b3\u043e\u043d\u0443\u0434\u0434\u0438\u043d \u0438\u0431\u043d \u0425\u043e\u0436\u0430 \u041c\u0443\u04b3\u0430\u043c\u043c\u0430\u0434 \u0420\u0438\u0437\u043e \u041c\u0443\u04b3\u0430\u043c\u043c\u0430\u0434 \u0430\u043b-\u049a\u043e\u0437\u0438. \u0421\u0438\u043b\u0441\u0438\u043b\u0430\u0442\u0443\u043b \u043e\u0440\u0438\u0444\u0438\u043d \u0432\u0430 \u0442\u0430\u0437\u043a\u0438\u0440\u0430\u0442\u0443\u0441 \u0441\u0438\u0434\u0434\u0438\u049b\u0438\u043d. \u040e\u0437\u0420 \u0424\u0410 \u0428\u0418 \u049b\u045e\u043b\u0451\u0437\u043c\u0430\u043b\u0430\u0440 \u0445\u0430\u0437\u0438\u043d\u0430\u0441\u0438. \u211611413. \u2013 B.276.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Mirzo Muhammad Haydar. Tarixi Rashidiy. \u2013T.: 2011. \u2013 B.308.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining \u201cQadimiy manbalarni saqlash va tadqiq etish tizimini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi Qarori\/\/ Xalq so\u02bbzi, 2022-yil 11-fevral.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 24.01.2020. http:\/\/www.press-service.uz.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">MANSUR ALIMOV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">SamDCHTI mustaqil tadqiqotchisi<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida dunyoga mashhur allomalarimiz ma\u02bcnaviy merosini o\u02bbrganishga alohida e\u02bctibor qaratilmoqda. Biz ajdodlarimizning donishmandlik an\u02bcanalariga amal qilib, ularning g\u02bboyalarini teran anglagan holda islohotlarni amalga oshirmoqdamiz. Bu yo\u02bblda ular yaratgan ma\u02bcnaviy meros\u00a0 biz uchun dasturulamal bo\u02bblib xizmat qilishi shubhasizdir. Zero, Yangi O\u02bbzbekiston taraqqiyotining bugungi bosqichida ulug\u02bb alloma va mutafakkirlarimizning ko\u02bbplab bebaho asarlarini saqlash, &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":35143,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>MAVLONO MUHAMMAD QOZINING \u201cSILSILATUL-ORIFIN VA TAZKIRATUS-SIDDIQIN\u201d ASARIDAGI TARIXIY-TASAVVUFIY G\u02bbOYALAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"MAVLONO MUHAMMAD QOZINING \u201cSILSILATUL-ORIFIN VA TAZKIRATUS-SIDDIQIN\u201d ASARIDAGI TARIXIY-TASAVVUFIY G\u02bbOYALAR\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35142&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"MAVLONO MUHAMMAD QOZINING \u201cSILSILATUL-ORIFIN VA TAZKIRATUS-SIDDIQIN\u201d ASARIDAGI TARIXIY-TASAVVUFIY G\u02bbOYALAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"MAVLONO MUHAMMAD QOZINING \u201cSILSILATUL-ORIFIN VA TAZKIRATUS-SIDDIQIN\u201d ASARIDAGI TARIXIY-TASAVVUFIY G\u02bbOYALAR\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35142&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2024-04-30T11:37:42+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2024-04-30T11:42:27+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/ssh.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"439\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"8 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35142&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35142&lang=oz\",\"name\":\"MAVLONO MUHAMMAD QOZINING \u201cSILSILATUL-ORIFIN VA TAZKIRATUS-SIDDIQIN\u201d ASARIDAGI TARIXIY-TASAVVUFIY G\u02bbOYALAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35142&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35142&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/ssh.jpg\",\"datePublished\":\"2024-04-30T11:37:42+00:00\",\"dateModified\":\"2024-04-30T11:42:27+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"MAVLONO MUHAMMAD QOZINING \u201cSILSILATUL-ORIFIN VA TAZKIRATUS-SIDDIQIN\u201d ASARIDAGI TARIXIY-TASAVVUFIY G\u02bbOYALAR\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35142&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35142&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35142&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/ssh.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/ssh.jpg\",\"width\":660,\"height\":439},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35142&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"MAVLONO MUHAMMAD QOZINING \u201cSILSILATUL-ORIFIN VA TAZKIRATUS-SIDDIQIN\u201d ASARIDAGI TARIXIY-TASAVVUFIY G\u02bbOYALAR\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"MAVLONO MUHAMMAD QOZINING \u201cSILSILATUL-ORIFIN VA TAZKIRATUS-SIDDIQIN\u201d ASARIDAGI TARIXIY-TASAVVUFIY G\u02bbOYALAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"MAVLONO MUHAMMAD QOZINING \u201cSILSILATUL-ORIFIN VA TAZKIRATUS-SIDDIQIN\u201d ASARIDAGI TARIXIY-TASAVVUFIY G\u02bbOYALAR","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35142&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"MAVLONO MUHAMMAD QOZINING \u201cSILSILATUL-ORIFIN VA TAZKIRATUS-SIDDIQIN\u201d ASARIDAGI TARIXIY-TASAVVUFIY G\u02bbOYALAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"MAVLONO MUHAMMAD QOZINING \u201cSILSILATUL-ORIFIN VA TAZKIRATUS-SIDDIQIN\u201d ASARIDAGI TARIXIY-TASAVVUFIY G\u02bbOYALAR","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35142&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2024-04-30T11:37:42+00:00","article_modified_time":"2024-04-30T11:42:27+00:00","og_image":[{"width":660,"height":439,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/ssh.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"8 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35142&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35142&lang=oz","name":"MAVLONO MUHAMMAD QOZINING \u201cSILSILATUL-ORIFIN VA TAZKIRATUS-SIDDIQIN\u201d ASARIDAGI TARIXIY-TASAVVUFIY G\u02bbOYALAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35142&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35142&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/ssh.jpg","datePublished":"2024-04-30T11:37:42+00:00","dateModified":"2024-04-30T11:42:27+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"MAVLONO MUHAMMAD QOZINING \u201cSILSILATUL-ORIFIN VA TAZKIRATUS-SIDDIQIN\u201d ASARIDAGI TARIXIY-TASAVVUFIY G\u02bbOYALAR","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35142&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=35142&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35142&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/ssh.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/ssh.jpg","width":660,"height":439},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35142&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"MAVLONO MUHAMMAD QOZINING \u201cSILSILATUL-ORIFIN VA TAZKIRATUS-SIDDIQIN\u201d ASARIDAGI TARIXIY-TASAVVUFIY G\u02bbOYALAR"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/35142"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=35142"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/35142\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":35146,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/35142\/revisions\/35146"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/35143"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=35142"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=35142"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=35142"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}