{"id":35060,"date":"2024-04-26T09:38:40","date_gmt":"2024-04-26T04:38:40","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=35060"},"modified":"2024-04-25T21:40:22","modified_gmt":"2024-04-25T16:40:22","slug":"mustaqillik-yillarida-tasavvuf-ta%ca%bclimotining-tadqiq-etilishi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35060&lang=oz","title":{"rendered":"MUSTAQILLIK YILLARIDA TASAVVUF TA\u02bcLIMOTINING TADQIQ ETILISHI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mustaqillikning ilk yillarida islom diniga qo\u02bbyilgan bir asrlik cheklov [4:252] barham topib, e\u02bctiqod erkinligi uchun imkoniyat kengaydi[32:176-177]. Islom arkonlari jamiyatimiz kundalik hayotida tatbiq etila boshlandi va ilmiy-ma\u02bcrifiy yo\u02bbnalishda ham ko\u02bbplab tadqiqotlar amalga oshirildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom dini zamirida vujudga kelgan tasavvuf ta\u02bclimoti, asrlar davomida shakllandi va taraqqiyot bosqichlaridan o\u02bbtdi [20:3]. Tasavvuf ta\u02bclimotiga oid kitoblar shu darajada ko\u02bbp yozildiki, endilikda uni birgina shayx yoki olim tomonidan sharhlanishi yetarli bo\u02bblmay qoldi. Natijada ziyolilar, tadqiqotchilar, tasavvuf muxlislari tomonidan ta\u02bclimotni o\u02bbrganish jarayoni boshlandi. Mustaqillik yillarida O\u02bbzbekistonda tasavvuf ta\u02bclimotining ma\u02bcnosini ochib berishga bag\u02bbishlangan ilmiy tadqiqotlar olib borildi. Jumladan, 1991-2022-yillarda tasavvuf ta\u02bclimotiga oid 50 dan ortiq dissertatsiya himoya qilindi. Ularni yillar kesimida uch davrga bo\u02bblib tadqiq etish maqsadga muvofiq:<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Birinchi davr \u2013 1991-2000-yillar;<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ikkinchi davr \u2013\u00a0 2001-2016-yillar;<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Uchinchi davr \u2013 2017-2022-yillar.<\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu davrlarda dissertatsiyalar himoyasi asosan ijtimoiy\u2013gumanitar fanlarda amalga oshirildi. Tarix, filologiya, falsafa, islom tarixi va manbashunosligi, dinshunoslik, psixologiya, pedagogika, jurnalistika, san\u02bcatshunoslik kabi fanlar shular jumlasidandir [31:50].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Birinchi davr: 1991-2000-yillarda amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarda asosan tarix, adabiyot, falsafa, san\u02bcatshunoslik sohasi vakillari R.Tillabayev, B.Babadjanov, E.Karimov, Z.Qutiboyev, N.Hasanov, A.Abduqodirov, A.Nizamov, R.Shodiyev, I.Haqqulov, N.G\u02bbafforov, B.Nazarov, M.Jakbarovlar yetakchilik qildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ikkinchi davr:\u00a0 2001-2016-yillarda tasavvuf ta\u02bclimotini o\u02bbrganishga bag\u02bbishlangan dissertatsiyalarni tadqiqotchi olimlardan F.Isomiddinov, M.Razzoqova, J.Ne\u02bcmatova, O.Sharipova, G.Navro\u02bbzova, N.Safarova, U.Qosimov, B.Mallaboyev va boshqalar muvaffaqiyatli himoya qildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Uchinchi davr:\u00a0 2017-2022-yillarda N.Hasanov, X.Samatov, K.Rahimov, A.Qandaharov, M.Mamatov, Q.Ro\u02bbzmatzoda, A.Bektasheva, J.Xolmo\u02bbminov va boshqa olimlar ilmiy tadqiqot natijalarini zamonaviy ilm-fan talablariga uyg\u02bbunlashtirgan holda keng jamoatchilikka taqdim etdi [40:1].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan rasman tasdiqlangan mavzular asosida tasavvuf ta\u02bclimotini tadqiq etayotgan bir qator ilmiy izlanuvchilarni ham alohida ta\u02bckidlash lozim. Bugungi kunda ushbu tadqiqotchilar tomonidan tasavvuf ta\u02bclimotiga oid ilmiy maqola va tezislar jamoatchilikka taqdim etilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jumladan, Sh.Agzamxodjayeva, J.Samatov, A.Ergashev, D.Olimova, D.Satiboldiyeva, A.Ergashov, S.Pulatov, D.G\u02bbafurov, M.O\u02bbrazmetov, R.Rajabova, D.Muxsimovlar o\u02bbz ilmiy tadqiqotlarida tasavvuf manbashunosligi, tasavvufiy tafsirlar, o\u02bbzbek tasavvuf she\u02bcriyatidagi munojotnoma va me\u02bcrojnomalarning adabiy-ilmiy tahlili va boshqa mavzularni yoritmoqda. Shuningdek, Alisher Navoiy, Jaloliddin Rumiy, Abu Homid G\u02bbazzoliy, Muhyiddin ibn Arabiy, Sulaymon Boqirg\u02bboniylarning tasavvufiy qarashlari va konsepsiyalarini o\u02bbrganishga ham e\u02bctibor qaratmoqda [28:86, 166, 170, 175, 282, 311, 198, 91, 62, 213, 229].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yuqorida istiqlol yillarida tasavvuf ta\u02bclimotining o\u02bbrganilishini uch davrga ajratgan edik. Ushbu tadqiqot davrlarida himoya qilingan ilmiy ishlarning o\u02bbziga xos jihatlarini ham ko\u02bbrishimiz mumkin. Jumladan, birinchi davr \u2013 1991-2000-yillarda himoya qilingan 12 ta dissertatsiyaning 5 tasi rus tilida yozilgan bo\u02bblib, keyingi davrlarda himoya qilingan ilmiy tadqiqotlarda o\u02bbzbek tilining ulushi ko\u02bbpayib bordi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu davrda tarix fanida (4 ta), filologiyada (4 ta), falsafada (3 ta), san\u02bcatshunoslikda (1 ta) ilmiy tadqiqotlar olib borildi. Tarix fanlari bo\u02bbyicha himoya qilingan dissertatsiyalar muhim ahamiyatga ega masalalar bilan birga Markaziy Osiyoda vujudga kelgan tariqatlarni o\u02bbrganishga bag\u02bbishlandi. Naqshbandiy shayxlarining Markaziy Osiyo xalqlari hayotidagi o\u02bbrni, ular faoliyatiga oid agiografik manbalar, Xoja Ahror Valining ijtimoiy-siyosiy va ma\u02bcnaviy faoliyati kabi mavzulardagi tadqiqotlar shular jumlasidandir[1:105; 7:156; 9:278; 26-207].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Adabiyotshunos olimlardan N.D.Hasanovning \u201cSulton Ahmad Haziniyning \u201cJavohirul abror min amvojil bihor\u201d asari va uning Yassaviyshunoslikdagi ilmiy-tarixiy qimmati\u201d [37:154] mavzusidagi dissertatsiyasida Xoja Ahmad Yassaviy hayoti va ijodi, yassaviylik tariqatining vujudga kelishi unga doir manbalar tahlil etilgan. Sulton Ahmad Haziniy va Yassaviy faoliyatining uyg\u02bbun jihatlari o\u02bbrganilgan. Shuningdek, \u201cDevoni hikmat\u201d va\u00a0 \u201cJavohirul abror\u201d asarlari, ulardagi tasavvufiy masalalar va tushunchalar tahlil etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tadqiqotchi 2017-yilda \u201cYassaviylikka doir manbalar va \u201cDevoni hikmat\u201d [36:100] mavzusi bo\u02bbyicha doktorlik (DcS) dissertatsiyasini yoqladi. Unda O\u02bbzbekistonda yassaviyshunoslik holati, uning sharq va g\u02bbarbda tadqiq etilishi tahlil qilingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Naqshbandiylik tariqatining eng mashhur vakili Bahouddin Naqshband siymosining tasviri, maqomatlarda qo\u02bbllangan badiiy til vositalari va san\u02bcatiga oid masalalar B.Nazarov [13:272] tomonidan tadqiq qilindi. O\u02bbzbek tasavvuf she\u02bcriyatining shakllanishi va taraqqiyoti, tasavvuf ta\u02bclimotida she\u02bcriyat janrining paydo bo\u02bblishi, turli tasavvufiy g\u02bboyalarning ilmiy nazariy jihatlari va manbalari tahlili I.Haqqulov [35:282] tadqiqotlarida o\u02bbz aksini topdi. Shuningdek, A.Abduqodirov izlanishlarida tasavvuf va Alisher Navoiy ijodiyotida vahdatul vujud masalasi o\u02bbrganildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu davrda tasavvuf ta\u02bclimotini falsafa va san\u02bcatshunoslik fanlari doirasida tadqiq etishga bag\u02bbishlangan dissertatsiyalar ham himoya qilindi. Jumladan, \u201cSufizm v duxovnoy jizni narodov Sredney Azii (IX-XII vv.)\u201d (R.Shodiyev) va \u201cIX-XII asr Movarounnahr falsafiy fikrida ijtimoiy ideal va komil inson muammosi\u201d (M.Jakbarov) nomli tadqiqotlarda \u201ckomil inson\u201d konsepsiyasi yoritildi. San\u02bcatshunoslik fanlari bo\u02bbyicha \u201cSufizm v kontekste muz\u044bkalnoye kultur\u044b narodov Sentralnoy Azii\u201d (A.Nizamov) mavzusidagi tadqiqotda zikr va samo\u02bc marosimlari o\u02bbrganildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tadqiqotimizning eng katta davriy jarayonini qamrab olgan \u201cikkinchi davr\u201d \u2013 2001-2016-yillar bo\u02bblib, bu davrda\u00a0 birinchisiga nisbatan ko\u02bbproq fan sohalarida tadqiqotlar amalga oshirilganini kuzatamiz. Jumladan, pedagogika, psixologiya, islom tarixi va manbashunosligi, jurnalistika yo\u02bbnalishlarida ilk marotaba tasavvuf ta\u02bclimotini o\u02bbrganishga bag\u02bbishlangan tadqiqot ishlari olib borildi. Masalan, psixologiya fani bo\u02bbyicha U.Qosimovning \u201cKomil insonning ijtimoiy psixologik-xususiyatlari (A.G\u02bbijduvoniy ta\u02bclimoti asosida)\u201d va M.Xolnazarovaning \u201cNaqshbandiya tariqatida psixologik qarashlar\u201d mavzusidagi tadqiqotlarida tasavvuf ta\u02bclimoti zamonaviy psixologik nazariya va yondashuvlar asosida tadqiq etilgan. Jurnalistika yo\u02bbnalishida G.Tog\u02bbayevaning \u201cO\u02bbzbek matbuotida tasavvuf ta\u02bclimotining yoritilishi: muammolari, tamoyillari va shakllari\u201d mavzusidagi tadqiqotida tasavvuf ta\u02bclimoti nazariyasi, uning adabiyotdagi o\u02bbrni va tasavvuf manbalarining matbuotda yoritilishi o\u02bbrganilgan. Shu bilan birga o\u02bbzbek matbuotida tasavvufiy maqolalarning bayon etilishi uslublari alohida tadqiq etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, pedagogika sohasida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishlarini ham alohida ta\u02bckidlab o\u02bbtish zarur. Jumladan, M.Xajiyevaning \u201cXoja Ahmad Yassaviyning ma\u02bcnaviy-tarbiyaviy qarashlari\u201d mavzusidagi tadqiqot ishida inson shaxsining shakllanish omillari va e\u02bctiqod tarbiyasi o\u02bbrganilgan. K.Qilichevaning izlanishlarida [8:139] esa talabalar ma\u02bcnaviyatini oshirishda tasavvuf ta\u02bclimoti namoyandalari merosidan unumli foydalanish hamda Naqshbandiya tariqatining pedagogik jihatdan ahamiyatini yoritish masalalariga e\u02bctibor qaratilgan. Tadqiqotchi G.Zaripovaning \u201cNaqshbandiya tariqatida ta\u02bclim-tarbiyaning o\u02bbziga xos pedagogik texnologiyasi\u201d mavzusidagi tadqiqotida Naqshbandiya tariqatida shaxsning zohiriy va botiniy jihatlarini tarbiyalashda zikr va suhbat usuli o\u02bbziga xos uslub ekani alohida bayon etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Fan sohasidagi tadqiqotlarda filologiya yo\u02bbnalishida amalga oshirilgan ilmiy ishlar ham tasavvuf ta\u02bclimotini o\u02bbrganishda muhim ahamiyatga ega. Jumladan, K.Mullaxo\u02bbjayeva o\u02bbz tadqiqotida [12:268] Navoiy g\u02bbazallarida tabiat tasviri va so\u02bbfiyona qarashlar ifodasidagi uyg\u02bbunlikni ochib berdi. Tasavvuf ta\u02bclimotini o\u02bbrganishda tarix fani eng asosiy tarmoqlardan biridir. Fan yordamida tasavvuf ta\u02bclimotining shakllanishi, taraqqiyot bosqichlari o\u02bbrganiladi. Shu bilan birga tasavvuf maktablari faoliyatiga ta\u02bcsir qiluvchi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jarayonlarni, mashhur shaxslar va tarixiy manbalarning qiyosiy tahlilini o\u02bbrganadi. Bu tadqiqotlar tasavvuf ta\u02bclimotini o\u02bbrganishni istovchi tadqiqotchilar uchun dastlabki ma\u02bclumotlarni beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Masalan, N.Xidirovaning \u201cXoja Muhammad Porso Xojagon \u2013 Naqshbandiya tariqatining rivojlanishida tutgan o\u02bbrni va roli (XIV asr oxiri \u2013 XV asr boshlari)\u201d va X.Yuldashxodjayevning \u201cMusoxon Dahbediyning naqshbandiya-mujaddidiya tariqati rivojida tutgan o\u02bbrni (XVIII asr)\u201d mavzusidagi hamda boshqa ilmiy tadqiqot natijalarini [5:157; 10:154; 18:126; 27:285; 30:150; 33:159; 39-151] alohida ta\u02bckidlash lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tasavvuf sohasi tarixshunosligi bo\u02bbyicha olib borgan izlanishlarimiz xulosasiga ko\u02bbra, tasavvuf ta\u02bclimotini mustaqillik yillarida yurtimizda eng ko\u02bbp tadqiq etgan fan falsafa hisoblanadi. Bu holatni falsafa fanining obyekti va predmetining ko\u02bblami juda kengligi bilan izohlashimiz mumkin. Ushbu fan nuqtayi nazaridan tasavvuf ta\u02bclimotidagi irratsional g\u02bboya va nazariyalarni o\u02bbrganish katta imkoniyat beradi. Bu jihatlar o\u02bbz navbatida faylasuflarning tasavvuf ta\u02bclimoti bo\u02bbyicha ilmiy tadqiqot olib borish imkoniyatini oshiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Masalan, G.Navro\u02bbzovaning \u201cNaqshbandiya tasavvufiy ta\u02bclimoti va barkamol inson tarbiyasi\u201d va S.Ismoilovning \u201cNaqshbandiya tariqatining tasavvuf taraqqiyotidagi o\u02bbrni\u201d nomli tadqiqotlarida uning obyekti hisoblangan inson kamolotidagi ruhiy, axloqiy, tasavvufiy g\u02bboyalar va nazariyalar falsafiy tadqiq etilgan [2:157; 6:138; 16:133; 19:154; 22:148; 24:172; 25:135; 38:160].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Uchinchi davr \u2013 2017-2022-yillarda tasavvuf manbalarini tadqiq etgan olimlardan K.Rahimovning \u201cXojagon-naqshbandiya ta\u02bclimotining ildizlari va shakllanish manbalari (IX\u2013XIV asrlar)\u201d nomli falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi va \u201cMustamliy Buxoriyning \u201cSharh at-ta\u02bcarruf\u201d asari hamda uning XI\u2013XV asrlar Movarounnahr va Xuroson tasavvuf manbalariga ta\u02bcsiri\u201d mavzusidagi tarix fanlari doktori (DSc) darajasini olish uchun yozgan ilmiy tadqiqot ishlarini aytib o\u02bbtish mumkin. Shuningdek, A.Qandaharovning tasavvuf tariqatlarining XVI asr ijtimoiy-siyosiy va ma\u02bcnaviy hayotdagi o\u02bbrnini ochib berishga bag\u02bbishlangan \u201cXVI asrda Karmana shayxlarining ijtimoiy-siyosiy va ma\u02bcnaviy hayotda tutgan o\u02bbrni\u201d mavzusidagi ilmiy izlanishi ham muhim ahamiyat kasb etadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yuqorida ta\u02bckidlab o\u02bbtganimizdek, falsafa sohasi tadqiqotchilari tasavvuf ta\u02bclimotini yurtimizda eng ko\u02bbp tadqiq etgan fan sohasi vakillari hisoblanadi. To\u02bbg\u02bbri, 1991-2000-yillarda bu soha vakillari tomonidan himoya qilingan dissertatsiyalar ulushi katta bo\u02bblmagan. Bu holatni mustabid tuzumdan endigina ozod bo\u02bblgan falsafa fanida xudosizlik g\u02bboyasiga asoslangan kommunistik mafkura asoratlarining mavjudligi bilan asoslashimiz mumkin [29:403]. Ammo keyingi ikki davr 2001-2016 va 2017-2022-yillarda tasavvuf ta\u02bclimotini o\u02bbrganishda faylasuflarning eng ko\u02bbp ilmiy tadqiqot olib borganini ko\u02bbrishimiz mumkin [3:256; 11:217; 14:129; 15:230; 17:142; 21:298; 23:125; 34:244; 36:271].<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tadqiqot natijalaridan kelib chiqib, mamlakatimizda tasavvuf ta\u02bclimotini samarali tadqiq etishda quyidagi vazifalarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#8211; Tasavvuf sohasidagi ilmiy tadqiqotlarga islomshunoslik mutaxassislarini ko\u02bbproq jalb etish;<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#8211; Yurtimizda tasavvuf ta\u02bclimoti bo\u02bbyicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar tasnifini ishlab chiqish;<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#8211; Tadqiqot ishlariga xorijdagi nufuzli ilmiy maslahatchilarni biriktirish;<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#8211; Yurtimizdagi tasavvuf manbalarining alohida katalogini nashr etish;<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#8211; Tasavvuf ta\u02bclimoti bo\u02bbyicha mahalliy grant loyihalari miqdorini oshirish;<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#8211; Tasavvuf ta\u02bclimotiga oid xorijiy grant loyihalarida mahalliy olim va tadqiqotchilar ishtirokini qo\u02bbllab-quvvatlash.<\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">So\u02bbnggi yillarda yurtimizda olib borilgan islohotlar natijasida islomshunoslik fanlari yo\u02bbnalishida ham tasavvuf ta\u02bclimotini o\u02bbrganish imkoniyati kengayib bormoqda. Axborot oqimi jadallashgan bu davrda muqaddas islom dini zamirida vujudga kelib, taraqqiy etgan tasavvuf ta\u02bclimotini o\u02bbrganish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Insoniyat axloqiy tanazzulini bartaraf etishda eng samarali yo\u02bbllardan biri tasavvuf ta\u02bclimoti bo\u02bblib, asrlar davomida sinovlardan muvaffaqiyatli o\u02bbtib kelmoqda. Shu jihatdan, bunday ma\u02bcnaviy merosimizni yosh avlodga yetkazish tadqiqotchi olimlar zimmasiga ulkan mas\u02bculiyat yuklaydi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>Foydalanilgan adabiyotlar:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Babadjanov B. \u201cPoliticheskiy deyatelnost shayxov Nakshbandiya v Maverannaxre (I polovina XVI v.)\u201d. Tarix.f.n.diss. \u2013 T.: 1996.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Zaynobidinova N. \u201cJaloliddin Rumiy tasavvufiy ta\u02bclimotida inson ma\u02bcnaviy kamoloti masalasi\u201d. Falsafa.f.n.diss. \u2013 T.: 2011.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Isaqova Z. \u201cIrfon va uning sharq falsafiy tafakkuri rivojidagi o\u02bbrni (X-XIII asrlar)\u201d. Falsafa.f.d. (DSc) diss. \u2013 Samarqand: 2022.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Islom: spravochnik. M.A.Usmonov tahriri ostida. \u2013 T.: Matbuot, 1989.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ismoilov M. \u201cShayx Xudoydod \u201cBahr al-ulum\u201d asari Markaziy Osiyoda tasavvuf tarixiga oid muhim manba (XVIII asrning ikkinchi yarmi)\u201d. Tarix.f.n.diss. \u2013 T.: 2006.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Isomiddinov F. \u201cShayx San\u02bcon haqidagi qissalarning qiyosiy tahlili (Farididdin Attor va Alisher Navoiy asarlari asosida)\u201d. Filologiya.f.d.diss. \u2013 T.: 2001.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Karimov E. \u201cSufiyskiye tarikat\u044b v Sentralnoy Azii XII-XV vv.\u201d. Tarix.f.d.diss. \u2013 T.: 1998.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Qilicheva K. \u201cOliy ta\u02bclim tizimida tasavvuf ta\u02bclimoti vositasida talabalar ma\u02bcnaviyatini shakllantirish\u201d. Pedagogika.fan.nomz. \u2013 T.: 2005.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Qutiboyev Z. \u201cXoja Ubaydulloh Ahror va uning Movarounnahrni XV asrdagi ijtimoiy-siyosiy, ma\u02bcnaviy hayotida tutgan o\u02bbrni\u201d. Tarix.f.d.diss. \u2013 T.: 1998.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Mallaboyev B. \u201cChorizmning Turkistonda vaqf mulkchilik siyosati (Xoja Ahror avlodlari vaqf mulklari misolida)\u201d. Tarix.f.n.diss. \u2013 Namangan: 2004.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Mamatov M. \u201cTasavvuf ta\u02bclimotining tarixiy-falsafiy mohiyati\u201d. Falsafa.f.d. (DSc) diss. \u2013 T.: 2018.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Mullaxo\u02bbjayeva K. \u201cAlisher Navoiy g\u02bbazaliyotida tasavvufiy timsol va badiiy san\u02bcatlar uyg\u02bbunligi (\u201cBadoe\u02bc ul-bidoya\u201d devoni asosida)\u201d. Filologiya.f.d.diss. \u2013 T.: 2009.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Nazarov B. \u201cIslom agiografiyasi tizimida maqomatning o\u02bbrni va uning badiiy-uslubiy xususiyatlari (Bahouddin Naqshband maqomatlari misolida)\u201d. Filologiya.f.d.diss. \u2013 T.: 2000.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Namozov B. \u201cAbu Bakr Kalobodiy tasavvufiy qarash\u00adlarining falsafiy asoslari\u201d. Falsafa.f.n.diss. \u2013 T.: 2011.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Namozov B. \u201cMuhammad Porso tasavvufiy ta\u02bclimotining falsafiy asoslari\u201d. Falsafa.f.d. (DSc) diss. \u2013 Samarqand: 2021.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ne\u02bcmatova J. \u201cYassaviylik va uning ijtimoiy-falsafiy fikr rivojidagi o\u02bbrni\u201d. Falsafa.f.n.diss.\u00a0 \u2013 T.: 2001.\u00a0<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Norova M. \u201cSayfiddin Boxarziyning tasavvuf tarixidagi o\u02bbrni\u201d. Falsafa.f.d. (PhD) diss \u2013 Buxoro: 2021.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Razzoqova M. \u201cYa\u02bcqub Charxiy ilmiy merosi va uning Naqshbandiya tariqati rivojida tutgan o\u02bbrni (XIV-XV asrlar)\u201d. Tarix.f.n.diss. \u2013 T.: 2001.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Raxmatova X. \u201cXoja Ahror Valiyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari\u201d. Falsafa.f.n.diss. \u2013 T.: 2012.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Rahimov K. Movarounnahr tasavvufi tarixi: ta\u02bclimotning shakllanishi va tizimlashtirilishi (VII-XI asrlar) \u2013 T.: Akademnashr, 2020.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ro\u02bbzmatzoda Q. \u201cXojamnazar Huvaydo tasavvufiy qarashlarida ontologik va gnoseologik konsepsiya\u201d. Falsafa.f.d. (DSc) diss. \u2013 T.: 2019.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Samadov A. \u201cAxloqiy idealning ijtimoiy-falsafiy mohiyati va uning barkamol avlod tarbiyasidagi ahamiyati\u201d. Falsafa.f.n.diss. \u2013 Samarqand: 2011.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Samatov X. \u201cMaxdumi A\u02bczam Kosoniyning ma\u02bcnaviy merosi va uning yoshlar tarbiyasidagi o\u02bbrni\u201d. Falsafa.f.d. (PhD) diss. \u2013 Samarqand: 2018.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Safarboyev O. \u201cNajmiddin Kubroning tasavvufiy ta\u02bclimotida insonparvarlik va vatanparvarlik g\u02bboyalari\u201d. Falsafa.f.n.diss. \u2013 T.: 2011.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Safarova N. \u201cXojagon tasavvufiy ta\u02bclimotida ma\u02bcnaviy-axloqiy qadriyatlar masalasi\u201d. Filologiya.f.n.diss. \u2013 T.: 2002.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Tillabayev R. \u201cSredneaziatskiye agiograficheskiye sochineniya XV-XVI vv. Kak istoricheskiy istochnik (Jitiya sheyxov tarikata Nakshbandiya)\u201d. tarix.f.d.diss. \u2013 T.: 1994.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">To\u02bbrayev H. \u201cBuxoro xonligining XVI-XVII asrlar ijtimoiy-siyosiy va ma\u02bcnaviy-madaniy hayotida Jo\u02bbybor xojalarining tutgan o\u02bbrni\u201d. Tarix.f.d.diss. \u2013 T.: 2007.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">O\u02bbzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Byulleteni. \u2013 T.: 2022. \u21161. \u2013 B. 82,166, 170, 175, 282, 311. \u21162. \u2013 B. 198. \u21163. \u2013 B. 91, 162, 213, 229.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">O\u02bbzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. \u2013 T.: Sharq, 2000.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Usmonov I. \u201cAl-Hakim at-Termizining \u201cNavodir al-usul\u201d asari hadis va tasavvuf ilmiga oid muhim manba\u201d. Tarix.f.n.diss. \u2013 T.: 2005.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Xatamov T. Mustaqillik yillarida tasavvufga oid ilmiy-ma\u02bcrifiy merosning tadqiq etilishi \/\/ Islom tafakkuri jurnali. \u2013 T.: 2022. \u21162.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Xatamov T. O\u02bbzbekistonning eng yangi tarixi. \u2013 T.: Tafakkur, 2022.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Xidirova N. \u201cXoja Muhammad Porsoning Xojagon-Naqshbandiya tariqati rivojlanishida tutgan o\u02bbrni va roli (XIV asr oxiri \u2013 XV asr boshlari)\u201d. Tarix.f.n.diss. \u2013 T.: 2006.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Xolmo\u02bbminov J. \u201cVahdatul vujud falsafasi va uning naqshbandiya ta\u02bclimotiga ta\u02bcsiri (Ibn-al-Arabiy, Muhammad Porso va Abdurahmon Jomiy qarashlari asosida)\u201d. Falsafa.f.d. (DSc) diss. \u2013 T.: 2020.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Haqqulov I. O\u02bbzbek tasavvuf she\u02bcriyatining shakllanishi va taraqqiyoti (g\u02bboyaviylik, izdoshlik, obrazlar olami). Filologiya.f.d.diss. \u2013 T.: 1995.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Hasanov N.D. \u201cYassaviylikka doir manbalar va \u00abDevoni hikmat\u201d. Filologiya.f.d.diss. \u2013 T.: 2017.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Hasanov N.D. \u201cSulton Ahmad Haziniyning \u201cJavohirul abror min amvojil bihor\u201d asari va uning yassaviyshunoslikdagi ilmiy-tarixiy qimmati\u201d. Filo\u00adlogiya.f.n.diss. \u2013 T.: 1999.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Sharipova O. \u201cXo\u02bbja Abduxoliq G\u02bbijduvoniy tasavvufiy ta\u02bclimotida axloqiy qarashlar\u201d. Falsafa.f.n.diss. \u2013 T.: 2002.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Yuldashxodjayev X. \u201cMusoxon Dahbediyning naqshbandiya-mujaddidiya tariqati rivojida tutgan o\u02bbrni (XVIII asr)\u201d. Tarix.f.n.diss. \u2013 T.: 2008.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">www.diss.natlib.uz \u2013 Alisher Navoiy nomidagi O\u02bbzbekiston milliy kutubxonasining \u201cDissertatsiya va avtoreferatlarning ilmiy elektron kutubxonasi\u201d bo\u02bbyicha rasmiy sayti.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">TOHIR XATAMOV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzXIA dotsenti, tarix fanlari nomzodi<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mustaqillikning ilk yillarida islom diniga qo\u02bbyilgan bir asrlik cheklov [4:252] barham topib, e\u02bctiqod erkinligi uchun imkoniyat kengaydi[32:176-177]. Islom arkonlari jamiyatimiz kundalik hayotida tatbiq etila boshlandi va ilmiy-ma\u02bcrifiy yo\u02bbnalishda ham ko\u02bbplab tadqiqotlar amalga oshirildi. Islom dini zamirida vujudga kelgan tasavvuf ta\u02bclimoti, asrlar davomida shakllandi va taraqqiyot bosqichlaridan o\u02bbtdi [20:3]. Tasavvuf ta\u02bclimotiga oid kitoblar shu darajada ko\u02bbp &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":35061,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>MUSTAQILLIK YILLARIDA TASAVVUF TA\u02bcLIMOTINING TADQIQ ETILISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"MUSTAQILLIK YILLARIDA TASAVVUF TA\u02bcLIMOTINING TADQIQ ETILISHI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35060&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"MUSTAQILLIK YILLARIDA TASAVVUF TA\u02bcLIMOTINING TADQIQ ETILISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"MUSTAQILLIK YILLARIDA TASAVVUF TA\u02bcLIMOTINING TADQIQ ETILISHI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35060&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2024-04-26T04:38:40+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2024-04-25T16:40:22+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/tasavvufi.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"416\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"12 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35060&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35060&lang=oz\",\"name\":\"MUSTAQILLIK YILLARIDA TASAVVUF TA\u02bcLIMOTINING TADQIQ ETILISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35060&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35060&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/tasavvufi.jpg\",\"datePublished\":\"2024-04-26T04:38:40+00:00\",\"dateModified\":\"2024-04-25T16:40:22+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"MUSTAQILLIK YILLARIDA TASAVVUF TA\u02bcLIMOTINING TADQIQ ETILISHI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35060&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35060&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35060&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/tasavvufi.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/tasavvufi.jpg\",\"width\":660,\"height\":416},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35060&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"MUSTAQILLIK YILLARIDA TASAVVUF TA\u02bcLIMOTINING TADQIQ ETILISHI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"MUSTAQILLIK YILLARIDA TASAVVUF TA\u02bcLIMOTINING TADQIQ ETILISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"MUSTAQILLIK YILLARIDA TASAVVUF TA\u02bcLIMOTINING TADQIQ ETILISHI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35060&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"MUSTAQILLIK YILLARIDA TASAVVUF TA\u02bcLIMOTINING TADQIQ ETILISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"MUSTAQILLIK YILLARIDA TASAVVUF TA\u02bcLIMOTINING TADQIQ ETILISHI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35060&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2024-04-26T04:38:40+00:00","article_modified_time":"2024-04-25T16:40:22+00:00","og_image":[{"width":660,"height":416,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/tasavvufi.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"12 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35060&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35060&lang=oz","name":"MUSTAQILLIK YILLARIDA TASAVVUF TA\u02bcLIMOTINING TADQIQ ETILISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35060&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35060&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/tasavvufi.jpg","datePublished":"2024-04-26T04:38:40+00:00","dateModified":"2024-04-25T16:40:22+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"MUSTAQILLIK YILLARIDA TASAVVUF TA\u02bcLIMOTINING TADQIQ ETILISHI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35060&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=35060&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35060&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/tasavvufi.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/tasavvufi.jpg","width":660,"height":416},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35060&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"MUSTAQILLIK YILLARIDA TASAVVUF TA\u02bcLIMOTINING TADQIQ ETILISHI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/35060"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=35060"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/35060\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":35062,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/35060\/revisions\/35062"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/35061"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=35060"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=35060"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=35060"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}