{"id":35055,"date":"2024-04-26T08:17:12","date_gmt":"2024-04-26T03:17:12","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=35055"},"modified":"2024-04-25T21:18:39","modified_gmt":"2024-04-25T16:18:39","slug":"o%ca%bbzbekistonda-diniy-ma%ca%bcrifiy-sohada-xayriya-va-homiylik-fazilatlari-vaqf-xayriya-jamoat-fondi-faoliyati-misolida","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35055&lang=oz","title":{"rendered":"O\u02bbZBEKISTONDA DINIY-MA\u02bcRIFIY SOHADA XAYRIYA VA HOMIYLIK FAZILATLARI: \u201cVAQF\u201d XAYRIYA JAMOAT FONDI FAOLIYATI MISOLIDA"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ma\u02bclumki, xayriya va homiylik qadriyatlari O\u02bbzbekiston tarixining turli davrlarida turli ko\u02bbrinishlarda aks etib, har xil yondashuvlar asosida shakllanib kelgan. Homiylik va saxovat kishilararo munosabatda birdaniga paydo bo\u02bblib qolmagan. Ular inson paydo bo\u02bblganidan buyon asta-sekin, dialektik tarzda rivojlanib, muhim insoniy qadriyat darajasiga ko\u02bbtarilib borgan. Homiylik va saxiylik o\u02bbzbek mentalitetining tarkibiy qismi bo\u02bblib, ajdodlarimizning fe\u02bcl-atvori, xatti-harakati, xulq-odobiga singib ketgan. U juda keng ma\u02bcnoli, eng umumiy tushunchani aks ettiruvchi falsafiy-axloqiy kategoriya sifatida talqin etilgan [1:157].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugungi kunda Yangi O\u02bbzbekiston diyorida O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning diniy-ma\u02bcrifiy sohani rivojlantirish to\u02bbg\u02bbrisidagi bir qator farmon va qarorlari asosida ko\u02bbplab xayrli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, Respublikada O\u02bbzbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil etildi. 2018-yil 15-iyun kuni Islom sivilizatsiyasi markazi poydevoriga ramziy tamal toshi qo\u02bbyildi. Respublikada 13 ta yangi masjid ochildi, 39 tasi yangidan qurildi, 100 ga yaqini ta\u02bcmirlandi. 2018-yil hisobida 7200 nafar fuqaro muqaddas haj amalini bajardi hamda umra safariga cheklanmagan miqdorda ziyoratchilar borishi imkoniyati paydo bo\u02bbldi. \u201cQur\u02bconi Karim va tajvid\u201d, \u201cArab tili\u201d kurslari tashkil etilib, bundan xalqimiz juda mamnun bo\u02bbldi [3]. Aholining himoyaga muhtoj qatlamlarini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida to\u02bblaqonli ishtirok etishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida insonparvarlik tamoyillari, shuningdek\u00a0 2017-2021-yillarda O\u02bbzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo\u02bbnalishi bo\u02bbyicha Harakatlar strategiyasidan kelib chiqib, \u201cVaqf\u201d xayriya jamoat fondi va \u201cEzgu maqsad\u201d xalqaro xayriya jamoat jamg\u02bbarmasi tashkil etildi [4].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi \u201cDiniy-ma\u02bcrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi PF-5416-son Farmoni asosida \u201cVaqf\u201d xayriya jamoat fondi tashkil etildi. Fond 10-may kuni Adliya vazirligi tomonidan davlat ro\u02bbyxatidan o\u02bbtkazildi. Ushbu fondning tashkil qilinishi O\u02bbzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va \u201cVijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi qonunda belgilangan fuqarolarning huquqlarini amalga oshirishlari uchun yana bir imkoniyat bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Fond faoliyatini kengaytirish maqsadida \u201cPayme\u201d, \u201cClick\u201d va \u201cM-bank\u201d elektron to\u02bblov tizimlari orqali mablag\u02bblarni jalb etishga mo\u02bbljallangan xizmatlar ishga tushirildi. Berilgan ko\u02bbrsatmalar asosida Toshkent shahridagi 12 ta yirik masjid va\u00a0\u00a0 Zangiota\u00a0 ziyoratgohi hududiga \u201cKapitalbank\u201d, \u201cIpotekabank\u201d va \u201cIpak yo\u02bbli bank\u201dlarining infokiosklari o\u02bbrnatildi. Jamg\u02bbarma mablag\u02bblari uch yo\u02bbnalishda: xayriya bo\u02bblimi,\u00a0 vaqf bo\u02bblimi, zakot, ushr, fitr<a href=\"#_ftn1\" name=\"_ftnref1\"><sup>[1]<\/sup><\/a> va fidya<a href=\"#_ftn2\" name=\"_ftnref2\"><sup>[2]<\/sup><\/a> bo\u02bblimi ko\u02bbrinishda faoliyat olib bormoqda. Jamoat fondining maqsadi ko\u02bbp asrlik milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga hissa qo\u02bbshgan ajdodlarimizning bebaho merosini o\u02bbrganish, xalqimizga azal-azaldan xos bo\u02bblgan ma\u02bcrifatparvarlik, bag\u02bbrikenglik, mehr-muruvvat, bunyodkorlik kabi ezgu fazilat va qadriyatlarni davom ettirishga ko\u02bbmaklashishdir. \u201cVaqf\u201d xayriya jamoat jamg\u02bbarmasi milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, masjidlar va diniy ta\u02bclim muassasalarining binolarini qurish, ta\u02bcmirlash, rekonstruksiya qilish, obodonlashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, tarixiy-me\u02bcmoriy ahamiyatga ega ziyoratgohlarni saqlash, ta\u02bcmirlash, obodonlashtirish, diniy ta\u02bclim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatini moliyalashtirish, ularning professor-o\u02bbqituvchilari, tadqiqotchilari, mutaxassislari va o\u02bbquvchi-talabalarini, masjidlar va ziyoratgohlar xodimlarini, xususan, imom-xatiblar, imom noiblari, mutavallilar, muazzinlarni, moddiy va ijtimoiy qo\u02bbllab-quvvatlash, islom ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo\u02bbshgan buyuk ajdodlarimiz, zamonamizning yetuk olim va ulamolari qalamiga mansub diniy-ma\u02bcrifiy asarlarni chop etish va aholiga yetkazishga ko\u02bbmaklashish; vaqf, zakot (fitr, ushr) va xayriya mulklariga ega bo\u02bblish va ularni belgilangan tartibda diniy-ma\u02bcrifiy va ijtimoiy maqsadlarga muvofiq tasarruf etish, yurtimizdagi muqaddas ziyoratgoh va qadamjolarning musulmon dunyosidagi nufuzini yanada oshirish, bu maskanlarga mahalliy va xorijiy fuqarolarning ziyoratlarini uyushtirish, ziyoratchilar uchun zarur sharoitlar yaratish hamda ziyorat bilan bog\u02bbliq rasm-rusumlar o\u02bbtkazishga ko\u02bbmaklashish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan, imkoniyati cheklangan shaxslarni moddiy va ma\u02bcnaviy qo\u02bbllab-quvvatlash kabi bir qator vazifalarni bajarish borasida faoliyat olib bormoqda [8]. Tashkil etilgan kundan boshlab xayriya jamg\u02bbarmasi bir qator xayrli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Ramazon oyi munosabati bilan\u00a0 \u201cVaqf\u201d xayriya jamoat jamg\u02bbarmasi tomonidan Olmazor tumanidagi kam ta\u02bcminlangan, nogiron va ko\u02bbp bolali 50 xonadonga (2 kilodan shakar, un, guruch va moy) xayriya tuhfasi ulashildi. Shuningdek, Olmazor tumanida 22 nafar fuqaroga 28 131 000 so\u02bbm, homiylar tomonidan 18 xo\u02bbjalik va oila a\u02bczolariga 12 500 000 so\u02bbm moddiy yordam ko\u02bbrsatildi. Tumandagi aqliy va jismoniy nuqsoni bo\u02bblgan, imkoniyati cheklangan bolalar uchun 36-yordamchi maktabga 1700 000 so\u02bbm moddiy yordam ko\u02bbrsatildi. Xayr va saxovat oyi munosabati bilan jamg\u02bbarma tomonidan Islomobod masjidida \u201cO\u02bbzbekiston kar va soqovlar jamiyati\u201dning jami 200 nafar ehtiyojmandlariga ramazon tuhfasi ulashildi [7]. Jamg\u02bbarma tomonidan 2018-yil 9-16-iyul kunlari umumiy hisobda 97 666 000 so\u02bbmlik zakot, xayriya va vaqf mablag\u02bblari shariatda ko\u02bbrsatilgan o\u02bbrinlarga yetkazildi [6]. O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2018-yil 27-iyul kuni jinoyatchilikning oldini olish, davlat idoralari va jamiyatning bu boradagi mas\u02bculiyatini oshirish masalalariga bag\u02bbishlangan videoselektor yig\u02bbilishida berilgan tavsiyalardan kelib chiqqan holda, O\u02bbzbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati, \u201cVaqf\u201d jamg\u02bbarmasi tomonidan ajratilgan hadyalarning 142 ta oziq-ovqat to\u02bbplami (5 litr yog\u02bb, 3 kg guruch, 3 kg shakar va 0,5 kg choy), shuningdek, imomlarning o\u02bbz tashabbuslari bilan 1500000 so\u02bbm pul va 125 kg go\u02bbsht (52 ta xonadonga 2,5 kg. dan) haqdor oilalarga yetkazib berildi [6]. \u201cVaqf\u201d jamg\u02bbarmasi tomonidan joriy yilda Qurbon hayiti munosabati bilan 20-23-avgust kunlari bir qator xayriya ishlari amalga oshirildi. 2018-yil 27-avgustda mustaqillik bayrami munosabati bilan joylardagi imom-xatiblar bilan birgalikda Bektemir, Yashnobod, Uchtepa tumanlaridagi yordamga muhtoj nogironlar, yolg\u02bbiz keksalar, boquvchisini yo\u02bbqotgan fuqarolar hamda kam ta\u02bcminlangan 300 ta oilaga jami 31 848 000 so\u02bbmlik iste\u02bcmol savati (5 l pista yog\u02bbi, 3 kg shakar, 2 kg oliy sifatli un, 2 kg makaron, 1 kg choy va 5 quti malham choy) tarqatildi. Shuningdek, Toshkent shahar tumanlari kesimida 191 nafar jismoniy shaxsga 186 050 000 so\u02bbm va 10 ta yuridik tashkilotga 25 300 000 so\u02bbm moddiy yordam, viloyatlar va Qoraqalpog\u02bbiston respublikasi kesimida 434 nafar jismoniy shaxsga 436 856 000 so\u02bbm va 7 ta yuridik tashkilotga 208 601 056 so\u02bbm moddiy yordam ko\u02bbrsatildi. \u201cVaqf\u201d xayriya jamoat jamg\u02bbarmasi tomonidan 2018-yilning iyun-sentyabr oylari davomida turli yo\u02bbnalishlarda xayriya ishlari amalga oshirildi. 2018-yil 28-noyabr kuni O\u02bbzbekiston musulmonlari idorasida \u201cVaqf\u201d xayriya jamoat jamg\u02bbarmasi tomonidan \u201cIlmga e\u02bctibor \u2013 kelajakka e\u02bctibor\u201d nomli xayriya aksiyasi taqdimoti o\u02bbtkazildi. Unda oliy ta\u02bclim muassasalarida ta\u02bclim olayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj 145 nafar talaba yoshning 1 milliard 244 million so\u02bbmga yaqin to\u02bblov-shartnoma puli to\u02bblab berilgani ma\u02bclum qilindi [2:1]. Fond tomonidan yordamga muhtoj kishilarga, kam ta\u02bcminlangan, boquvchisini yo\u02bbqotgan oilalarga yordam berish maqsadida bir qancha yo\u02bbnalishlarda aksiyalar tashkil qilindi. Bundan tashqari, \u201cKitob\u201d, \u201cIlmga ko\u02bbmak\u201d, \u201cMasjidlar\u201d, \u201cMalham\u201d, \u201cNikoh to\u02bbylari\u201d, \u201cRo\u02bbzg\u02bbor\u201d, \u201cEhtiyojmandlarga ko\u02bbmak\u201d, \u201cO\u02bbz kasbi fidoyisi\u201d, \u201cObod xonadon\u201d, \u201cObi hayot\u201d nomli aksiyalar e\u02bclon qilindi [2].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining \u201cDiniy ma\u02bcrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi farmonlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda \u201cVaqf\u201d xayriya jamoat fondi tomonidan 2021-yil davomida ham bir qator tadbirlar amalga oshirildi va mablag\u02bblar yo\u02bbnaltirildi. Xususan:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#8211; masjidlar va diniy ta\u02bclim muassasalarining binolarini qurish, ta\u02bcmirlash, rekonstruksiya qilish, obodonlashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash yo\u02bbnalishi bo\u02bbyicha 1 mlrd 515 mln so\u02bbm;\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#8211; tarixiy-me\u02bcmoriy ahamiyatga ega ziyoratgohlarni saqlash, ta\u02bcmirlash, obodonlashtirish, ularning infratuzilmasini yanada rivojlantirish yo\u02bbnalishiga 12 mlrd 48 mln so\u02bbm; (Masalan, Ichan Qal\u02bcadagi Pahlavon Mahmud va Said Aloviddin Pir ziyoratgohlariga 1 mlrd 275 mln so\u02bbmdan\u00a0 ziyod mablag\u02bb&#8230;)<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#8211; diniy ta\u02bclim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatini moliyalashtirish, ularning professor-o\u02bbqituvchilari, tadqiqotchilari, mutaxassislari va o\u02bbquvchi-talabalarini moddiy va ijtimoiy qo\u02bbllab-quvvatlash yo\u02bbnalishiga 2 mlrd 636 mln so\u02bbm; (Oliy Mahad va madrasalar uchun 900 mln so\u02bbmga yaqin orgtexnika va smart sinflar, Hadis ilmi maktabiga 350 mln so\u02bbmlik moliyaviy yordam va hokazo)<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#8211; masjidlar va ziyoratgohlar xodimlarini, xususan, imom-xatiblar, imom noiblari, mutavallilar, muazzinlarni moddiy va ijtimoiy qo\u02bbllab-quvvatlash yo\u02bbnalishiga 2 mlrd 282 mln so\u02bbm;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#8211; aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan imkoniyati cheklangan shaxslarni moddiy va ma\u02bcnaviy qo\u02bbllab-quvvatlash yo\u02bbnalishiga 12 mlrd 935 mln so\u02bbm mablag\u02bblar yo\u02bbnaltirilgan bo\u02bblib, jami sohaviy vazifalarni amalga oshirishda 32 mlrd 65 mln so\u02bbm fond mablag\u02bblari yo\u02bbnaltirildi. (Bunda 6 mlrd 818 mln so\u02bbm oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa zaruriy anjomlar ko\u02bbrinishida, 6 mlrd 117 mln so\u02bbm esa pul mablag\u02bblari ko\u02bbrinishida berilgan.)<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, Fond tomonidan respublika bo\u02bbyicha ijtimoiy himoyaga qaratilgan bir qancha xayriya tadbirlari o\u02bbtkazilgan bo\u02bblib, shulardan ayrimlarini sanab o\u02bbtish maqsadga muvofiq:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#8211; Fondga moddiy yordam so\u02bbrab murojaat qilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolardan 13 802 nafariga \u201cZakot\u201d va \u201cXayriya\u201d hisob raqamlaridan mos ravishda 2 mlrd 816 mln so\u02bbm va 3 mlrd 301 mln so\u02bbm, jami 6 mlrd 117 mln so\u02bbm pul mablag\u02bblari bilan moddiy yordam ko\u02bbrsatildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ma\u02bclumki, davlatimiz rahbari tomonidan eshitish qobiliyatini yo\u02bbqotgan, ko\u02bbzi ojiz va boshqa toifadagi imkoniyati cheklangan shaxslarga alohida e\u02bctibor qaratib kelinadi. Fond tomonidan ham yillik reja asosida \u201cSiz bizga keraksiz\u201d tadbiri doirasida mazkur shaxslarga joriy yilda 245 mln so\u02bbm moddiy yordam berildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#8211; O\u02bbzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi masjidlar va diniy ta\u02bclim muassasalariga jami summasi 1 mlrd. 949 mln. so\u02bbmlik\u00a0 82 665 dona diniy va ma\u02bcrifiy kitoblar hamda diniy darsliklar tarqatildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#8211; Fond homiylar hisobidan Qoraqalpog\u02bbiston Respublikasining 10 ta tumanidagi ichimlik suvi tanqis bo\u02bblgan qishloq va ovullarda jami 454 mln\u00a0 so\u02bbmlik 147 ta artezian suvlari chiqarildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#8211; Fond tomonidan e\u02bclon qilingan \u201cVAQF-ko\u02bbmagi\u201d tadbiri doirasida Xorazm, Sirdaryo, Andijon, Qashqadaryo viloyatlaridan 101 nafar kasb-hunarga ega, ammo mehnat qilish uchun sarmoyasi bo\u02bblmagan ijtimoiy ko\u02bbmakka muhtoj hamyurtlarimiz uchun\u00a0 388 mln so\u02bbmlik tikuv mashinalari, pishiriq pechlari va boshqa asbob-uskunalar yetkazib berildi. Ushbu loyiha natijasida joylarda qo\u02bbshimcha ish o\u02bbrinlari yaratilmoqda va mazkur loyihani qolgan viloyatlarda ham davom ettirish rejalashtirilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#8211; \u201cQur\u02bcon va tajvid\u201d kurslarini rivojlantirish va moddiy qo\u02bbllab-quvvatlash uchun 2021-yil \u201cKapitalbank\u201dda Fondning alohida hisob raqami ochildi. Hozirgi kunda mazkur hisob raqamga qariyb 110 mln so\u02bbm xayriya kelib tushdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#8211; Olcha.uz elektron savdo platformasi orqali sotilgan mahsulotlardan tushgan mablag\u02bblarining ma\u02bclum miqdorini \u201cVaqf\u201d xayriya jamoat fondi hisob raqamlariga o\u02bbtkazishni ko\u02bbzda tutuvchi memorandum imzolanib, amaliyotga tatbiq qilindi. Hozirgi kunda mazkur kompaniyadan har oy ma\u02bclum bir miqdor mablag\u02bb fond hisobiga xayriya sifatida kelib tushmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbtgan yillardagi kabi 2021-yilda ham Fond tomonidan xorijiy tashkilot va fuqarolar xomiylik mablag\u02bblarini jalb qilgan holda bir qator loyihalar amalga oshirilgan bo\u02bblib, ushbu loyihalarga xorijiy homiylarning jami\u00a0 5 mlrd 492 mln so\u02bbm pul mablag\u02bblari yo\u02bbnaltirildi [5].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yuqorida tahlil etilgan xayriya jamoat fondi faoliyati shundan dalolat beradiki, xayriya jamg\u02bbarmasi so\u02bbnggi yillarda tashkil etilgan, bir qator xayrli vazifalarni birlashtirgan, saxovat va ko\u02bbmak, xayriya va homiylik tashkilotidan biri hisoblanadi. Uning mamlakat ravnaqi va ijtimoiy hayotni yaxshilashda ko\u02bbrsatayotgan faoliyati ko\u02bbpgina jamoat fondlari hamda boshqa tashkilotlarga o\u02bbrnak bo\u02bbla oladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0<\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>Foydalanilgan adabiyotlar:<\/strong><\/span><\/div>\n<div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abdullayev D.N. O\u02bbzbekistonda xayriya va homiylikning rivojlanish tarixi (XIX asr ikkinchi yarmi \u2013 XXI asr boshlari). Monografiya. \u2013 T.: Innovatsiya \u2014 Ziyo, 2019. \u2013 B. 157.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u201cIslom nuri\u201d gazetasi. \u2116 23(616)-son. O\u02bbzbekiston musulmonlari idorasi \u201cMovarounnahr\u201d nashriyoti. 15.12.2018. \u2013 B. 1.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Islom nuri gazetasi. \u2116 1(618)-son. O\u02bbzbekiston musulmonlari idorasi \u201cMovarounnahr\u201d nashriyoti. 15.01.2019<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u201cEzgu maqsad\u201d xalqaro xayriya jamoat fondi tashkil etildi \/\/ https:\/\/www.gazeta.uz\/uz\/2017\/07\/18\/fond\/ (12.09.2018).<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">2021-yil davomida sohaviy vazifalarni amalga oshirishda yo\u02bbnaltirilgan xayriya mablag\u02bblar haqida hisobot. https:\/\/vaqf.uz\/uz\/news\/view\/786<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">http:\/\/www.vaqf.uz\/oz\/news\/view\/34 (28.10.2018)<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">http:\/\/www.vaqf.uz\/oz\/lists\/expenses\/18 (29.10.2018)<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">http:\/\/www.vaqf.uz\/oz\/pages\/view\/function. (30.10.2018)<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref1\" name=\"_ftn1\"><sup>[1]<\/sup><\/a> Fitr \u2013 (arab. ro\u02bbzaning tugashi, ramazon hayitida beriladigan ehson, sadaqa). Ro\u02bbza oxirida kambag\u02bbal, ehtiyojmandlarga beriladigan sadaqa, ehson. O\u02bbzbek tilining izohli lug\u02bbati. To\u02bbrtinchi jild. \u2013 T.: \u201cO\u02bbzbekiston milliy ensiklopediyasi\u201d Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. \u2013 B. 250.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref2\" name=\"_ftn2\"><sup>[2]<\/sup><\/a> Fidya \u2013 \u201cfido qilish\u201d ma\u02bcnosini anglatadi va shariatga ko\u02bbra, ro\u02bbza tutishga qodir bo\u02bblmagan insonning (keksa, kasal, musofirlar) uning o\u02bbrniga sarmoya sarflashi \u201cfidya berish\u201d deb tushuniladi \/\/ Qarang: http:\/\/www.vaqf.uz\/uz\/pages\/view\/fidya<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">DIYORJON ABDULLAYEV<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Toshkent davlat pedagogika universiteti dotsenti,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0tarix fanlari doktori (DSc)<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">ABDULAZIZBEK O\u02bbTKIROV<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi, <\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sohibi<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ma\u02bclumki, xayriya va homiylik qadriyatlari O\u02bbzbekiston tarixining turli davrlarida turli ko\u02bbrinishlarda aks etib, har xil yondashuvlar asosida shakllanib kelgan. Homiylik va saxovat kishilararo munosabatda birdaniga paydo bo\u02bblib qolmagan. Ular inson paydo bo\u02bblganidan buyon asta-sekin, dialektik tarzda rivojlanib, muhim insoniy qadriyat darajasiga ko\u02bbtarilib borgan. Homiylik va saxiylik o\u02bbzbek mentalitetining tarkibiy qismi bo\u02bblib, ajdodlarimizning fe\u02bcl-atvori, xatti-harakati, xulq-odobiga &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":35056,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>O\u02bbZBEKISTONDA DINIY-MA\u02bcRIFIY SOHADA XAYRIYA VA HOMIYLIK FAZILATLARI: \u201cVAQF\u201d XAYRIYA JAMOAT FONDI FAOLIYATI MISOLIDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"O\u02bbZBEKISTONDA DINIY-MA\u02bcRIFIY SOHADA XAYRIYA VA HOMIYLIK FAZILATLARI: \u201cVAQF\u201d XAYRIYA JAMOAT FONDI FAOLIYATI MISOLIDA\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35055&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"O\u02bbZBEKISTONDA DINIY-MA\u02bcRIFIY SOHADA XAYRIYA VA HOMIYLIK FAZILATLARI: \u201cVAQF\u201d XAYRIYA JAMOAT FONDI FAOLIYATI MISOLIDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"O\u02bbZBEKISTONDA DINIY-MA\u02bcRIFIY SOHADA XAYRIYA VA HOMIYLIK FAZILATLARI: \u201cVAQF\u201d XAYRIYA JAMOAT FONDI FAOLIYATI MISOLIDA\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35055&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2024-04-26T03:17:12+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2024-04-25T16:18:39+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/vaqf260424.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"445\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"9 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35055&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35055&lang=oz\",\"name\":\"O\u02bbZBEKISTONDA DINIY-MA\u02bcRIFIY SOHADA XAYRIYA VA HOMIYLIK FAZILATLARI: \u201cVAQF\u201d XAYRIYA JAMOAT FONDI FAOLIYATI MISOLIDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35055&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35055&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/vaqf260424.jpg\",\"datePublished\":\"2024-04-26T03:17:12+00:00\",\"dateModified\":\"2024-04-25T16:18:39+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"O\u02bbZBEKISTONDA DINIY-MA\u02bcRIFIY SOHADA XAYRIYA VA HOMIYLIK FAZILATLARI: \u201cVAQF\u201d XAYRIYA JAMOAT FONDI FAOLIYATI MISOLIDA\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35055&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35055&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35055&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/vaqf260424.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/vaqf260424.jpg\",\"width\":660,\"height\":445},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35055&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"O\u02bbZBEKISTONDA DINIY-MA\u02bcRIFIY SOHADA XAYRIYA VA HOMIYLIK FAZILATLARI: \u201cVAQF\u201d XAYRIYA JAMOAT FONDI FAOLIYATI MISOLIDA\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"O\u02bbZBEKISTONDA DINIY-MA\u02bcRIFIY SOHADA XAYRIYA VA HOMIYLIK FAZILATLARI: \u201cVAQF\u201d XAYRIYA JAMOAT FONDI FAOLIYATI MISOLIDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"O\u02bbZBEKISTONDA DINIY-MA\u02bcRIFIY SOHADA XAYRIYA VA HOMIYLIK FAZILATLARI: \u201cVAQF\u201d XAYRIYA JAMOAT FONDI FAOLIYATI MISOLIDA","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35055&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"O\u02bbZBEKISTONDA DINIY-MA\u02bcRIFIY SOHADA XAYRIYA VA HOMIYLIK FAZILATLARI: \u201cVAQF\u201d XAYRIYA JAMOAT FONDI FAOLIYATI MISOLIDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"O\u02bbZBEKISTONDA DINIY-MA\u02bcRIFIY SOHADA XAYRIYA VA HOMIYLIK FAZILATLARI: \u201cVAQF\u201d XAYRIYA JAMOAT FONDI FAOLIYATI MISOLIDA","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35055&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2024-04-26T03:17:12+00:00","article_modified_time":"2024-04-25T16:18:39+00:00","og_image":[{"width":660,"height":445,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/vaqf260424.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"9 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35055&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35055&lang=oz","name":"O\u02bbZBEKISTONDA DINIY-MA\u02bcRIFIY SOHADA XAYRIYA VA HOMIYLIK FAZILATLARI: \u201cVAQF\u201d XAYRIYA JAMOAT FONDI FAOLIYATI MISOLIDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35055&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35055&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/vaqf260424.jpg","datePublished":"2024-04-26T03:17:12+00:00","dateModified":"2024-04-25T16:18:39+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"O\u02bbZBEKISTONDA DINIY-MA\u02bcRIFIY SOHADA XAYRIYA VA HOMIYLIK FAZILATLARI: \u201cVAQF\u201d XAYRIYA JAMOAT FONDI FAOLIYATI MISOLIDA","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35055&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=35055&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35055&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/vaqf260424.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/vaqf260424.jpg","width":660,"height":445},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=35055&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"O\u02bbZBEKISTONDA DINIY-MA\u02bcRIFIY SOHADA XAYRIYA VA HOMIYLIK FAZILATLARI: \u201cVAQF\u201d XAYRIYA JAMOAT FONDI FAOLIYATI MISOLIDA"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/35055"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=35055"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/35055\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":35057,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/35055\/revisions\/35057"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/35056"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=35055"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=35055"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=35055"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}