{"id":34983,"date":"2024-04-24T17:17:53","date_gmt":"2024-04-24T12:17:53","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=34983"},"modified":"2024-04-24T17:17:53","modified_gmt":"2024-04-24T12:17:53","slug":"payg%ca%bbambarlikning-xalq-uchun-ahamiyati-haqida-kumushxonaviy-g%ca%bboyalari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34983&lang=oz","title":{"rendered":"PAYG\u02bbAMBARLIKNING XALQ UCHUN AHAMIYATI HAQIDA KUMUSHXONAVIY G\u02bbOYALARI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2022-yilga \u201cInson qadrini ulug\u02bblash va faol mahalla yili\u201d deb nom berdi [1]. Inson butun borliqning gultojidir. Alloh insonni ikki olamda saodatli bo\u02bblishini istaydi. Shuning uchun insonlarga to\u02bbg\u02bbri yo\u02bblni ko\u02bbrsatish maqsadida vaqt va zamonga qarab payg\u02bbambarlarini yuborib turgan.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Payg\u02bbambarlikning hikmati va ularning vazifalari to\u02bbg\u02bbrisida Alloh taolo\u00a0 Qur\u02bconi karimda marhamat qilgan:\u00a0 \u201cOdamlar bir millat edilar. So\u02bbng, Alloh xushxabar eltuvchi va ogohlantiruvchi payg\u02bbambarlarni yubordi. Va u bilan odamlar orasida chiqqan tortishuvlarga hakam bo\u02bblsin, deb Haq Kitobni nozil qildi\u201d (Baqara surasi, 213-oyat) [2:78].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf o\u02bbzining \u201cHadis va hayot\u201d 20-juz \u201cAnbiyolar qissasi\u201d kitobida payg\u02bbambar, rasul, nabiy va vahiy nima ekani to\u02bbg\u02bbrisida ma\u02bclumot bergan. Alloh odamlar orasidan eng aqlli va eng yaxshi kishini tanlab, Jabroil alayhissalom orqali xabar yuborgan. Jabroil farishta orqali Allohdan\u00a0 xabar olib kelgan inson payg\u02bbambar, xabar esa vahiy, deb aytilgan. \u201cPayg\u02bbambar\u201d (fors tilida \u2013 xabar keltiruvchi) \u2013\u00a0 Allohdan vahiy olgan va uni odamlarga yetkazadigan shaxs. Nabiy ham, rasul ham payg\u02bbambar deyilgan. Alloh taolo ba\u02bczi payg\u02bbambarga faqat o\u02bbzi amal q<u>ilishi<\/u> uchun vahiy, din yuborgan. Bunday payg\u02bbambar \u201cNabiy\u201d deyilgan. Ba\u02bczi payg\u02bbambarga esa o\u02bbzidan boshqa odamlarni ham dinga da\u02bcvat qilishni buyurgan. Bunday payg\u02bbambarlar \u201cRasul\u201d deyilgan. Rasul elchi degan ma\u02bcnoni bildiradi[3:8].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bahouddin Naqshband tomonidan asoslangan naqshbandiya ta\u02bclimotining asl mohiyati jamiyatda tinchlik, xotirjamlikning barqaror bo\u02bblishi va xalqning farovon yashashini ta\u02bcminlashga qaratilgan [4:30; 5:5; 6:46; 7-167].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Maqolani yozishdan maqsad Ahmad Ziyouddin Kumushxonaviyning [8:43; 9:28; 10:11; 11:11; 8:12; 8:13] \u201cJomi\u02bcul mutun\u201d asarida keltirilgan payg\u02bbambarlar hikmatini tadqiq qilishdir. Bu inson Naqshbandiya ta\u02bclimotini Turkiyada rivojlantirgan xolidiya tarmog\u02bbining kumushxonaviya novdasi murshidi, \u201cSilsilai sharif oltin zanjir\u201dda 32-halqaning piri hisoblangan. Kumushxonaviyning ma\u02bcnaviy merosidan biri \u201cJomi\u02bcul mutun fiy haqqi anvois-sifatil ilohiyya val-\u02bcaqoidil Moturidiya va alfozil kufri va tas\u02bchihil\u2013a\u02bcmolil-\u02bcajibiyya\u201d \u2013 \u201cAlloh taoloning anvoyi ism-sifatlari, Moturidiya e\u02bctiqodi, kufr so\u02bbzlar bayoni va amallarning durust bajarilishi haqida matnlar to\u02bbplami\u201d asaridir. Bu kitobni tasavvufshunos olim va tarjimon Mirzo Kenjabek o\u02bbzbek tiliga o\u02bbgirib, 2000-yilda Toshkentdagi \u201cMovarounnahr\u201d nashriyotida chop ettirgan [14:1]<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu asar jahondagi mo\u02bbtabar manbalardan bo\u02bblib, xalqimiz tarixi va ma\u02bcnaviy-ma\u02bcrifiy hayotida muhim o\u02bbrin egallaydi. Asar Moturidiya e\u02bctiqodi asosida yozilgan bo\u02bblib, unda Imom A\u02bczam va Imom Moturidiy asarlaridan to XVIII asrga qadar e\u02bctiqod haqida yozilgan kitoblardan matnlar olingan. Kitobda Ahli sunna val jamoa aqoidiga asos bo\u02bblgan Moturidiya e\u02bctiqodi, ya\u02bcni sog\u02bblom e\u02bctiqod tamoyillari hamda buzuq aqidaga ega oqimlarning hollari matn va sharhlar asosida batafsil bayon qilingan [15:286].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ahmad Ziyouddin Kumushxonaviyning \u201cJomi\u02bcul mutun\u201d asarining \u201cE\u02bctiqod\u201d deb nomlangan uchinchi bo\u02bblimi to\u02bbrtinchi qismidagi \u201cPayg\u02bbambarlar haqida vojib bo\u02bblgan sifatlar\u201d va oltinchi qismidagi \u201cKatta gunohlar\u201d mavzusidagi Imom Moturidiyning matnlariga Kumushxonaviy sharh bergan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Moturidiyning matnlari quyidagicha: payg\u02bbambarlar haqida vojib bo\u02bblgan sifatlar \u2013 sidq, omonat, fatonat (o\u02bbtkir zehnilik, xushfahmlilik), ismat (poklik, begunohlik), nazofat (pokizalik), tablig\u02bb (yetkazish), hifz (yodda tutish).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Payg\u02bbambarlar haqida muhol (nomumkin) bo\u02bblgan sifatlar esa yuqorida zikr etilgan sifatlarning ziddi (aksi) bo\u02bblgan narsalardir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kumushxonaviy \u201cPayg\u02bbambarlar haqida vojib bo\u02bblgan sifatlar\u201dga quyidagicha sharh keltirgan: \u201cTaftazoniy \u201cMaqosid\u201d sharhida bunday deydi: Nubuvvat (payg\u02bbambarlik) ning sharti quyidagilardir: \u201cErkak kishi bo\u02bblishlik, aqli komil zako, fikriy quvvat egasi bo\u02bblishlik, ota-onalari tuban (past) kimsalardan bo\u02bblmasligi, g\u02bbalat (dovdirlik, xatokorlik), to\u02bbg\u02bbrini bilmaslik, qo\u02bbpollik, baras (pes) va moxov kabi nafrat qo\u02bbzg\u02bbaydigan kasalliklardan, yo\u02bblda biror narsa yemoq singari shaxsiyatni maydalashtiradigan harakatlardan, payg\u02bbambarlik hikmatiga xalal yetkazadigan hollardan uzoq bo\u02bblishlik\u201d. \u201cTajrid\u201d kitobida esa quyidagicha ta\u02bcriflar bayon qilingan: \u201cUnutuvchan bo\u02bblmaslik, shayton va inson sharridan (yomonligidan) himoyalangan bo\u02bblishlik, xotiralar va vasvasalardan uzoq bo\u02bblishlik\u201d[14:60].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo Qur\u02bconi karimning Moida surasi 67-oyatida Payg\u02bbambarimiz (s.a.v.) haqlarida bunday deb marhamat qilgan: \u201cAlloh sizni odamlar zararidan asragay\u201d[2:182].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kumushxonaviy Alloh taolo tomonidan payg\u02bbambar\u00adlarning yuborilishi haqida o\u02bbz fikr mulohazalarini sharhlab, payg\u02bbambarlar hikmatining 10 ta qirrasini ochib bergan.<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Allohni, ya\u02bcni Yaratgan zotni tanishda aql egalariga yordamlashmoq.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shunday qilib insonlarning: \u201cBizlarga kelib xabar beruvchi bo\u02bblmadi\u201d, tarzidagi uzrxonliklarining oldi olingan bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\" start=\"2\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Aql tanho o\u02bbzi bila olmaydigan hukmlarni bildirmoq.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Aql idrok eta olmaydigan ba\u02bczi yaxshi va yomon amallarni ko\u02bbrsatmoq.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Turli xil va uzoq tajribalardan keyin zararlari ma\u02bclum bo\u02bbladigan g\u02bbizo (oziq-ovqat) va davolarni bildirmoq.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nafslarni turli ilmiy va amaliy narsalarga hozirlamoq.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Insonlar muhtoj bo\u02bbladigan ba\u02bczi muhim san\u02bcatlarni (hunarlarni) o\u02bbrgatmoq.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bo\u02bbydoqlarga go\u02bbzal axloqni, idorachilarga esa jamiyatni mukammal bir tarzda idora eta olmoqlari uchun siyosatni o\u02bbrgatmoq.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Itoat etganning savobini, isyon (sarkashlik) qilganning jazosini bildirmoq.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbtmish va kelajakdan xabarlar hamda misollar keltirmoq.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Payg\u02bbambarlar jamiyat orasida bo\u02bblmoqligi shu jamiyat uchun Rahmatdir. Va yana sanab bo\u02bblmaydigan miqdorda ko\u02bbpgina hikmatlar bor&#8230;[14:78]<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Payg\u02bbambarlar qasddan gunoh qilmaydi. Payg\u02bbambarlarning mo\u02bbjizalaridan bittasi ham ularning barcha ayblardan uzoq bo\u02bblmoqliklaridir. Ular insonlarning eng yaxshisi, eng mukarrami, eng chiroyli axloqlisi, eng xushfe\u02bcli, eng aqllisi va eng adolatlisidir [6:78].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad Sayyid Tantoviy (1928\/2010) \u201c<u>Payg\u02bbam<\/u>barlar tarixi\u201d kitobida (Qur\u02bconi karim qissalari) makkiy suralar \u2013 A\u02bcrof, Yunus, Hud, Yusuf, Shuaro, Qasas, Soffot va boshqalarda anbiyolar qissasini keltirgan. Qur\u02bconi karimdagi qissalar o\u02bbzida oliy maqsad va ko\u02bbpgina hikmatlarni jamlagan. Ulardan eng muhimlari:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1) Barcha payg\u02bbambarlarni Alloh taolo bir risolat bilan, o\u02bbzlariga yuklatilgan vazifani bajarish va odamlarni Allohga ixlos bilan ibodat qilishga chaqirish uchun yuborganini bayon qilgan;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">2) Qur\u02bconi karimdagi qissalarni keltirishdan yana bir maqsad Qur\u02bcon Alloh taoloning huzuridan ekani va bu ilmga Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) Alloh o\u02bbz Kitobini vahiy qilgandan so\u02bbng ega bo\u02bblganlari, shuningdek, o\u02bbz Rabbidan yetkazayotgan narsalar haq \u2013 rost ekanini bayon qilishdir;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">3) Qur\u02bconi karim qissalarining keltirilishidan yana bir maqsad shundan iboratki, undan ibrat va pand-nasihat olishdir. \u00ab(Ey Muhammad), Biz sizga payg\u02bbambarlarning xabarlaridan qalbingizni <u>mustah<\/u>kam qiladigan barcha qissalarni so\u02bbylab berurmiz. Bu qissalarda Sizga haqiqat va barcha mo\u02bbminlar uchun pand-nasihat hamda eslatmalar keldi\u00bb [2:329].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yuqoridagi oyatning ma\u02bcnosi: \u201cHar bir xabar o\u02bbtgan hurmatli payg\u02bbambarlarning xabarlaridandir. Biz uni sizga so\u02bbzlab beramiz va undan sizni xabardor qilamiz\u201d. Ushbu oyatdagi \u201cqalbni <u>mustahkamlash<\/u>\u201ddan murod Nabiy (alayhissalom)ning Allohga bo\u02bblgan ishonchlarini yanada kuchaytirish, u zot (sollallohu alayhi vasallam) va as\u02bchoblariga Haq Dinni insonlarga yetkazish chog\u02bbida yetgan turli mashaqqatlarga sabr qilishga chaqirish va tasalli berishdir [16].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Darhaqiqat, payg\u02bbambarlarning hayotlarini o\u02bbrganib, har birining o\u02bbziga xos maqomi, vazifasi, hunari, fe\u02bcl-atvori, axloq-odobi bo\u02bblgani to\u02bbg\u02bbrisida ma\u02bclumotga ega bo\u02bblamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Maqola yuzasidan quyidagicha xulosa qilish mumkin:<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kumushxonaviyning \u201cJomi\u02bcul mutun\u201d asarida payg\u02bbambarlar hikmati Allohning bandasiga mehri\u00adbonligiga dalil ekani isbotlangan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Payg\u02bbambarlar Alloh tomonidan tanlab yuborilgan insonlarning eng oliysi ekani ko\u02bbrsatilgan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kumushxonaviyning \u201cJomi\u02bcul mutun\u201d asari payg\u02bbambarlar hayot yo\u02bbli insoniyat uchun ibrat ekanini asoslaydi.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0<\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>Foydalanilgan adabiyotlar:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Yangi O\u02bbzbekiston. Ijtimoiy-siyosiy gazeta. \u21163(525), 2022 6-yanvar.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Qur\u02bconi Azim muxtasar tafsiri. Shayx Alouddin Mansur. \u2013 T.: Sharq, 2019.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Hadis va hayot. Anbiyolar qissasi kitobi. 20-juz. \u2013 T.: Sharq, 2011.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Sayfiddin S. Yetti pir (dunyo murshidlari). \u2013 T.: O\u02bbzbekiston, 2019.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Navro\u02bbzova G.N. Naqshbandiya \u2013 kamolot yo\u02bbli. \u2013 T.: Fan, 2007.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Navro\u02bbzova G.N. Xoja Bahouddin Naqshband hayoti va ma\u02bcnaviy merosi. \u2013 T.: Fan, 2021.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Navro\u02bbzova G.N. Xoja Bahouddin Naqshband hayoti va ma\u02bcnaviy merosi. \u2013 T.: Fan, 2021.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Gulamova M.T. Ahmad Ziyouddin Kumushxonaviyning \u201cRomuzul- ahodis\u201d asarida qo\u02bbshnichilik odoblari. \/\/ Islom tafakkuri. 2022-yil 1-son.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Gulamova M.T. Mushku anbar hidli valoyat g\u02bbunchasi Ziyouddin Ahmad Kumushxonaviy \/\/ Imom Buxoriy saboqlari jurnali. 2020-yil 2-son.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Gulamova M.T., Djumayeva M.K. O trude \u201cRomuzul axadis\u201d Axmada Ziyavuddina al-Kumushxanavi \/\/ Universum: ob\u0449yestvenn\u044bye nauki: elektron. nauchn. jurn. 2021. 11-12 (79).<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Gulamova M.T. Jiznenn\u044by put i duxovnoye naslediye Axmada Ziyavuddina al-Kumushxanavi \/\/ Universum: ob\u0449yestvenn\u044bye nauki: elektron. nauchn. jurn. 2022. 5(84).<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Gulamova M.T. Konsepsiya razuma Kumushxanavi v rabote Djomi ul-Mutun \/\/ Universum: Ob\u0449yestvenn\u044bye nauki: elektron. nauchn. jurn. 2020. \u2116 5(65). URL: http:\/\/7universum.com\/ru\/ social\/archive\/item\/950.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Navruzova G.N., Gulamova M.T. Xojagon genezis ucheniya Nakshbandiya \u2013 xolidiya \u2013 kumushxonaviya: ob\u0449yee i osobennoye \/\/ Universum: ob\u0449yestvenn\u044bye nauki: elektron. nauchn. jurn. 2022. 5(84). URL: https:\/\/7universum.com\/ru\/social\/archive\/item\/13849<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ziyouddin Ahmad al-Kumushxonaviy. Jomi\u02bcul mutun. Tarjimon Mirzo Kenjabek. \u2013 T.: Movarounnahr, 2000.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Gulamova M.T. Ahmad Ziyouddin Kumushxonaviyning moturidiy ta\u02bclimoti to\u02bbg\u02bbrisidagi sharhlari \/\/ Falsafa va hayot xalqaro jurnal. 2020 \u21161. Maxsus son.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Muhammad Sayyid Tantoviy. Payg\u02bbambarlar tarixi (Qur\u02bconi karim qissalari) 1-2-3-4-kitoblar. Tarjimon: Ziyovuddin Rahim. https:\/\/n.ziyouz.com\/books\/islomiy\/tarix\/Muhammad%20Sayyid%20Tantoviy. %20Payg\u02bbambarlar%20tarixi%20(1-4-kitoblar).pdf<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0<\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">MAVJUDA GULAMOVA,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Buxoro davlat tibbiyot instituti dotsenti, kimyo fanlari nomzodi<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2022-yilga \u201cInson qadrini ulug\u02bblash va faol mahalla yili\u201d deb nom berdi [1]. Inson butun borliqning gultojidir. Alloh insonni ikki olamda saodatli bo\u02bblishini istaydi. Shuning uchun insonlarga to\u02bbg\u02bbri yo\u02bblni ko\u02bbrsatish maqsadida vaqt va zamonga qarab payg\u02bbambarlarini yuborib turgan.\u00a0 Payg\u02bbambarlikning hikmati va ularning vazifalari to\u02bbg\u02bbrisida Alloh taolo\u00a0 Qur\u02bconi karimda marhamat qilgan:\u00a0 \u201cOdamlar bir millat &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":34984,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>PAYG\u02bbAMBARLIKNING XALQ UCHUN AHAMIYATI HAQIDA KUMUSHXONAVIY G\u02bbOYALARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"PAYG\u02bbAMBARLIKNING XALQ UCHUN AHAMIYATI HAQIDA KUMUSHXONAVIY G\u02bbOYALARI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34983&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"PAYG\u02bbAMBARLIKNING XALQ UCHUN AHAMIYATI HAQIDA KUMUSHXONAVIY G\u02bbOYALARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"PAYG\u02bbAMBARLIKNING XALQ UCHUN AHAMIYATI HAQIDA KUMUSHXONAVIY G\u02bbOYALARI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34983&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2024-04-24T12:17:53+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/kumushxona.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"371\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"7 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34983&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34983&lang=oz\",\"name\":\"PAYG\u02bbAMBARLIKNING XALQ UCHUN AHAMIYATI HAQIDA KUMUSHXONAVIY G\u02bbOYALARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34983&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34983&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/kumushxona.jpg\",\"datePublished\":\"2024-04-24T12:17:53+00:00\",\"dateModified\":\"2024-04-24T12:17:53+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"PAYG\u02bbAMBARLIKNING XALQ UCHUN AHAMIYATI HAQIDA KUMUSHXONAVIY G\u02bbOYALARI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34983&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34983&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34983&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/kumushxona.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/kumushxona.jpg\",\"width\":660,\"height\":371},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34983&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"PAYG\u02bbAMBARLIKNING XALQ UCHUN AHAMIYATI HAQIDA KUMUSHXONAVIY G\u02bbOYALARI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"PAYG\u02bbAMBARLIKNING XALQ UCHUN AHAMIYATI HAQIDA KUMUSHXONAVIY G\u02bbOYALARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"PAYG\u02bbAMBARLIKNING XALQ UCHUN AHAMIYATI HAQIDA KUMUSHXONAVIY G\u02bbOYALARI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34983&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"PAYG\u02bbAMBARLIKNING XALQ UCHUN AHAMIYATI HAQIDA KUMUSHXONAVIY G\u02bbOYALARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"PAYG\u02bbAMBARLIKNING XALQ UCHUN AHAMIYATI HAQIDA KUMUSHXONAVIY G\u02bbOYALARI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34983&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2024-04-24T12:17:53+00:00","og_image":[{"width":660,"height":371,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/kumushxona.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"7 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34983&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34983&lang=oz","name":"PAYG\u02bbAMBARLIKNING XALQ UCHUN AHAMIYATI HAQIDA KUMUSHXONAVIY G\u02bbOYALARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34983&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34983&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/kumushxona.jpg","datePublished":"2024-04-24T12:17:53+00:00","dateModified":"2024-04-24T12:17:53+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"PAYG\u02bbAMBARLIKNING XALQ UCHUN AHAMIYATI HAQIDA KUMUSHXONAVIY G\u02bbOYALARI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34983&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=34983&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34983&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/kumushxona.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/kumushxona.jpg","width":660,"height":371},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34983&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"PAYG\u02bbAMBARLIKNING XALQ UCHUN AHAMIYATI HAQIDA KUMUSHXONAVIY G\u02bbOYALARI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/34983"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=34983"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/34983\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":34985,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/34983\/revisions\/34985"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/34984"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=34983"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=34983"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=34983"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}