{"id":34958,"date":"2024-04-23T10:42:05","date_gmt":"2024-04-23T05:42:05","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=34958"},"modified":"2024-04-23T10:42:05","modified_gmt":"2024-04-23T05:42:05","slug":"bujayriy-nisbali-roviylar-silsilasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34958&lang=oz","title":{"rendered":"BUJAYRIY NISBALI ROVIYLAR SILSILASI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">IX-XII asrlar islom olamida ilm-fan rivojining oltin davri sifatida e\u02bctirof etilgan. Ko\u02bbplab manbalarda ayni o\u02bbsha davrda Bujayriy nisbasi bilan tanilib, samarali ijod qilgan allomalarning hayoti va ilmiy merosi haqidagi ma\u02bclumotlarni uchratish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tadqiqotlar natijasi shuni ko\u02bbrsatadiki, Bujayriy nisbasi biror joy yoki kasbga emas, Bujayr ismli shaxslarga nisbatan qo\u02bbllangan. U Bujayr ibn Hozimning ismidir. Misrlik olim Abdulloh Abdulhamid Sa\u02bcd tuzgan \u201cO\u02bbrta Osiyo olimlari qomusi\u201dda: \u201cBujayr\u201d so\u02bbzi \u201cqorinchali bobo\u201d ma\u02bcnosini bildiradi\u201d [2:53],\u00a0 deyilgan. Aslida ham arab tilida \u201cBujayr\u201d so\u02bbzi \u201cqorincha\u201d degan ma\u02bcnoni anglatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bujayrning avlodlari, ya\u02bcni farzandu nabiralari ham o\u02bbz zamonasining olimlari, mashhur roviylari bo\u02bblgan. Ularga Bujayr nisbasi berilgan. Bu silsila vakillari nasabda ham, roviylar silsilasiga oid tarix sahifalarida ham Bujayriy nisbasi bilan o\u02bbrin olgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Quyida ushbu silsila haqida qisqacha to\u02bbxtalib o\u02bbtamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad ibn Bujayr ibn Hozim ibn Roshid Hamadoniy Sug\u02bbdiy Bujayriy yuqorida nomi zikr qilingan Bujayr ibn Hozimning o\u02bbg\u02bblidir. U o\u02bbz zamonasining taniqli roviylaridan bo\u02bblib, Qa\u02bcnabiy, Abu Valid Tayolisiy, Aorim va Ahmad ibn Yunus kabi ko\u02bbplab taniqli ulamolardan hadis rivoyat qilgan. Undan o\u02bbg\u02bbli Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Bujayr va Muhammad ibn Hotam ibn Haysam hadis rivoyat qilgan. Muhammad ibn Bujayr 268\/882-yil sha\u02bcbon (mart) oyida vafot etgan [7:143; 2:108].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sulolaning yana bir vakili Abu Amr Usmon ibn Muhammad ibn Bujayr ibn Hozim ibn Roshid Bujayriydir. Muhammad ibn Bujayrning katta o\u02bbg\u02bbli. Abu Amr Usmon ibn Muhammad o\u02bbz davrining taniqli roviylari Movoliy Bani Hoshim va Husayn ibn Asvad Kufiydan hadis rivoyat qilgan. Uning o\u02bbzidan esa Abdurahmon ibn Fath Sarroj Samarqandiy rivoyat qilgan [1:7-8].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Najmiddin Umar Nasafiyning \u201cAl-Qand fi zikri ulamoi Samarqand\u201d kitobida Abu Amr Usmon ibn Muhammad ibn Bujayriydan rivoyat qilingan quyidagi hadis keltirilgan: \u201cAbu Amr Usmon ibn Muhammad ibn Bujayr: \u201cBizga Mu\u02bcmil ibn Hishom hadis aytib berdi\u201d, dedi. U: \u201cBizga Ismoil ibn A\u02bcliya Ayubdan, u Abu Qalobadan, u Molik ibn Huvayris roziyallohu anhudan hadis aytib berdi\u201d, dedi. U: \u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga bordik, biz o\u02bbsha vaqtda yosh, zabardast yigitlar edik. U zotning huzurlarida (shariat arkonlarini o\u02bbrganish uchun) yigirma kecha qoldik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizni oilamizga mushtoq bo\u02bblgan deb o\u02bbylab, ahlimizda qoldirib kelganlarimiz haqida so\u02bbradilar. Biz u zotning savollariga javob berdik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam atrofidagilarga juda mehribon edilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: <strong><em>\u201cOilalaringizga qaytib boring, ularga buyuring (ularni islomga da\u02bcvat eting), (dinni) o\u02bbrgating, mening namoz o\u02bbqiganimni ko\u02bbrdingiz, ularga xuddi shunday namoz o\u02bbqib bering. Namoz vaqti kirganda, biringiz azon ayting va yoshi ulug\u02bbingiz imom o\u02bbtib, namoz o\u02bbqib bersin\u201d, <\/em><\/strong>dedilar\u201d, dedi\u201d[12:492].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bujayriy nisbasi bilan mashhur bo\u02bblgan allomalardan yana biri Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Bujayr ibn Hozim ibn Roshid Hamadoniy, Samarqandiy Bujayriydir. Muhammad ibn Bujayrning kichik o\u02bbg\u02bbli. Muhaddis Abu Hafs Bujayriy 223\/838-yili Samarqandning So\u02bbg\u02bbd muzofotidagi Xushufag\u02bbn qishlog\u02bbida tug\u02bbilib, 311\/923-yili vafot etgan [2:54; 3:60; 4:374; 5:327; 6:162]. Abu Hafs Bujayriyning bolalik va yoshlik davri ona qishlog\u02bbi Xushufag\u02bbnda o\u02bbtgan. U dastlabki ta\u02bclimni otasi Muhammad ibn Bujayrdan olgan. Keyinchalik Abu Hafs Bujayriy ilm olish va bilimlarini boyitishga g\u02bbayrat-shijoati, Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan vorid bo\u02bblgan hadislarni tinglash va o\u02bbrganishga qiziqishi g\u02bboyat kuchli bo\u02bblgani sabab o\u02bbz ishtiyoqini qondirish maqsadida o\u02bbsha davrning ilm-fan o\u02bbchoqlari hisoblangan Xuroson, Basra, Kufa, Iroq, Shom, Misr, Hijoz kabi bir qancha shahar va mamlakatlarga ilmiy safar qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Allomaning Damashq shahriga borganini tarixchi olim Abulqosim Ali ibn Hasan ibn Hibatulloh ibn Abdulloh \u2013 Ibn Asokir \u201cTarixul madinati Dimashq\u201d (\u201cDamashq shahrining tarixi\u201d) kitobida bunday keltiradi: \u201cHofiz Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Bujayr ibn Hozim ibn Roshid Hamadoniy Samarqandiy Bujayriy ta\u02bclim olish va hadis jamlash niyatida Damashq shahriga borgan. U yerda Ahmad ibn Abdulvohid ibn U\u02bcbud, Abu Omir Muso ibn Omir Mariy, Hishom ibn Xolid, Muhammad ibn Hoshim Ba\u02bclabakkiy, Sulaymon Hamsiy, Ayub ibn Ali ibn Haysam Kanoniy kabi ko\u02bbplab taniqli olimlardan hadis tinglagan va ta\u02bclim olgan\u201d [8:320]. Demak, alloma Damashqda ko\u02bbplab taniqli olimlar bilan uchrashgan, ular bilan ilmiy muloqotda bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Ya\u02bclo Xaliliy o\u02bbzining \u201cIrshod\u201d nomli asarida bunday yozadi: \u201cAbu Hafs Bujayriy Iroq va Shomga borganda, Nazr ibn Tohirdan, Kufada \u2013 Abu Kurayb, Usmon ibn Abu Shaybadan, Basrada \u2013 Bundor va Abu Musodan, Shomda \u2013 Sulaymon ibn Salama Xaboiriy, Ahmad ibn Abdulvohid Damashqiy va Hishom ibn Ammordan va Makka shahrida \u2013 Muhammad ibn Zunbur va Husayn ibn Hasan Marvaziydan hadis tinglagan [1:9].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Hafs Bujayriy hadis bo\u02bbyicha asosiy ta\u02bclimni Abu Mahmud Muhammad ibn Muoviya (mashhur muhaddis, \u201cSunani Dorimiy\u201dning muallifi \u2013 Abdulloh ibn Abdurahmon Dorimiyning tog\u02bbasi), Abdulloh ibn Abdurahmon Dorimiy Samarqandiy, Iso ibn Hammod Zug\u02bbba Misriy, Is\u02bchoq ibn Shohin Vositiy, Abu Soib Silm ibn Jannoda Kufiy, Abd ibn Humayd Keshiy (Abd ibn Humayd Keshiyning \u201cMusnadi Keshiy\u201d nomli kitobi bo\u02bblib, u Imom Buxoriyning shayxlaridan \u2013 ustozlaridan hisoblanadi) va Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy kabi ko\u02bbplab mashhur muhaddis olimlardan olgan [5:327; 9:490].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriyning \u201cSahih\u201d to\u02bbplamiga yozilgan eng mo\u02bbtabar sharhlardan biri sanaluvchi Ibn Hajar Asqaloniy qalamiga mansub \u201cFathul boriy\u201d (\u201cIjodkorning ochib bergan sharhi\u201d) kitobining Muqaddimasida bunday so\u02bbzlar bitilgan: \u201cUmar ibn Muhammad Bujayriy: \u201cMuhammad ibn Ismoil Buxoriyning: \u201cJome\u02bcus sahih\u201d kitobimni Masjidul Haramda tasnif qildim. Bu kitobda yozilgan har bir hadisni Alloh taolodan yaxshilik so\u02bbrab, istixora qilib \u2013 ikki rakat namoz o\u02bbqib, sahihligiga ishonch hosil qilganimdan keyin kiritdim\u201d, deb aytayotganini eshitdim\u201d, deydi\u201d [9:490].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu rivoyatdan Abu Hafs Bujayriy hadis ilmida mo\u02bbminlarning amiri deb e\u02bctirof etilgan Imom Buxoriy bilan bir davrda yashagani, u bilan uchrashgani va bu muhaddisning mazkur so\u02bbzlarini aynan o\u02bbzidan eshitganini anglab olish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Hafs Bujayriy hadis o\u02bbrganish va to\u02bbplash bilan birga, ko\u02bbplab shogirdlar ham yetishtirgan. Abu Bakr Muhammad ibn Abdulg\u02bbaniy Bag\u02bbdodiyning \u201cTakmilatul ikmol\u201d kitobida Muhammad ibn Sobir Buxoriy, Abu Nazr Muhammad ibn Bakr Dehqon Samarqandiy, Muhammad ibn Ahmad ibn Imron Shoshiy, Mo\u02bbtamar ibn Jibril Karminiy, A\u02bcyun ibn Ja\u02bcfar Samarqandiy, Abu Ja\u02bcfar Muhammad ibn Ali Muaddab Shoshiy va Iso ibn Muso Koshoniy kabi o\u02bbz zamonasining mashhur muhaddis va roviylari aynan Abu Hafs Bujayriydan hadis tinglagani va undan rivoyat qilgani qayd etilgan [5:327]. Bundan tashqari, Abu Hafs Bujayriydan uning o\u02bbg\u02bbli Abulhasan Muhammad ibn Umar, Imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Qaffol Shoshiy, Abu Yahyo Ahmad ibn Muhammad ibn Ibrohim ibn Is\u02bchoq ibn Hozim Samarqandiy, Muhammad ibn Hotam Koshoniy, Abulfazl Ahmad ibn Ismoil ibn Yahyo ibn Hozim Azdiy Samarqandiy va Ali ibn Bindor Sayrafiy kabi olimlar ham tahsil olgan va hadis rivoyat qilgani manbalardan yaxshi ma\u02bclum [8:37].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shoshlik allomalarning hayoti va ilmiy merosini o\u02bbrganish bo\u02bbyicha ulkan ishlarni amalga oshirgan N.Muhammedov \u201cShosh vohasi olimlarining ilmiy-ma\u02bcnaviy merosi\u201d kitobida: \u201cAbu Bakr Qaffol Shoshiy Xurosonga borib, Muhammad ibn Is\u02bchoq ibn Xuzayma, Muhammad ibn Is\u02bchoq Sarroj, Umar ibn Muhammad ibn Buxayr (turli manbalarda turlicha \u2013 \u201cBujayr\u201d, \u201cBuhayr\u201d va \u201cBuxayr\u201d shaklida kelgan) Samarqandiy kabi yetuk olimlardan dars olgan va boshqa tabaqa vakillaridan hadis tinglagan\u201d, deb yozadi [10:52].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Hafs Bujayriy o\u02bbz davrida hadisshunoslikdan tashqari, fiqh, usul va tilshunoslik ilmlari bo\u02bbyicha ham tengi yo\u02bbq olim deb e\u02bctirof etilgan. Imom Abu Bakr Qaffol Shoshiy kabi bir qancha yetuk allomalarga ustozlik qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Hafs Bujayriy nufuzli allomalarni tarbiyalash bilan kifoyalanib qolmay, ilm-fan rivojiga o\u02bbzining boy ijodi bilan ham ulkan hissa qo\u02bbshgan. Hadis va tafsir ilmlariga oid bir qancha asarlar yaratgan. Manbalarda keltirilishicha, alloma \u201cSahih\u201d hadislar to\u02bbplami va \u201cTafsir\u201d kabi asarlarning muallifi hisoblanadi. Hozirgi kunda \u201cSahih\u201d to\u02bbplamining qo\u02bblyozma nusxalari xorijiy mamlakatlar kutubxona fondlarida saqlanmoqda [3:60; 11:206].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Allomaning \u201cKitobus safina\u201d (\u201cKema kitobi\u201d) nomli yana bir asari bo\u02bblib, u haqda Abdulloh Abdulhamid Sa\u02bcd o\u02bbzining \u201cO\u02bbrta Osiyo olimlari qomusi\u201d kitobida bunday yozadi: \u201cAbu Hafs Bujayriydan uning Ahmad ismli nabirasi \u201cJome\u02bcus sahih\u201d (\u201cIshonchli to\u02bbplam\u201d) va \u201cKitobus safina\u201d (\u201cKema kitobi\u201d) kitoblarini o\u02bbqib o\u02bbrgangan. Bu asarlarni Abu Hafsning o\u02bbzi yozgan\u201d [2:145; 6:370]. Afsuski, bu kitob bizning davrimizgacha yetib kelmagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloma qalamiga mansub \u201cJome\u02bcul musnad\u201d va \u201cTaf\u00adsir\u201d asarlari bir qismining qo\u02bblyozma nusxalari hozir\u00adgi kunda Damashq shahridagi Zohiriya kutubxonasida \u21161067 raqam ostida saqlanmoqda\u201d [3:60]. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi elektron bazasida uning elektron nusxasi mavjud. U 248 betdan iborat bo\u02bblib, \u201cJome\u02bcul musnad\u201dning uchdan bir qismini, ya\u02bcni o\u02bbttizinchi \u2013 \u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallam\u00adning betobliklari va vafotlari\u201d bobini va \u201cTafsir\u201d kitobining avvalgi qismini qamrab olgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bujayriy nisbasi bilan tanilgan roviylardan yana biri Abulhasan Muhammad ibn Umar ibn Muhammad ibn Bujayr Samarqandiy Bujayriydir. Muhaddis Abu Hafs Umar ibn Muhammadning o\u02bbg\u02bbli. U ham ko\u02bbplab mamlakatlarda safarda bo\u02bblib, Ali ibn Abdulaziz Bag\u02bbaviy, Is\u02bchoq Dabriy, Bishr ibn Muso, Abu Muslim Kajjiy, Abdulaziz ibn Hasan ibn Bakr ibn Sharud, Ubayd ibn Muhammad ibn Ibrohim Kashuriy, Muoz ibn Musanno va boshqa ulamolardan hadis rivoyat qilgan. 345\/956-yilning rabiul avval\/iyul oyida vafot etgan [1:7-8; 2:108].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sulolaning shuhrat qozongan vakillaridan yana biri roviy Abulabbos Ahmad ibn Muhammad ibn Hofiz Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Bujayr Samarqandiy Bujayriydir. Muhammad ibn Umarning o\u02bbg\u02bbli, ya\u02bcni muhaddis Abu Hafs Umar ibn Muhammadning nabirasi. Alloma xalq orasida Ahmad Bujayriy va Ahmad Xushufag\u02bboniy nomlari bilan mashhur bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ahmad Bujayriy boshlang\u02bbich ta\u02bclimni tug\u02bbilib o\u02bbsgan qishlog\u02bbi Xushufag\u02bbonda bobosi Abu Hafs Bujayriydan olgan. Ta\u02bckidlanganidek, Abu Hafs Bujayriy \u201cJome\u02bcus sahih\u201d va \u201cKitobus safina\u201d nomli kitoblar tasnif etgan. Ahmad Bujayriy esa bobosidan ta\u02bclim olib, mazkur kitoblarni to\u02bbliq o\u02bbzlashtirgan. Keyinchalik u o\u02bbz davrining ko\u02bbplab yirik muhaddislaridan ko\u02bbplab hadis tinglab, ularni aniq yozib olgani bois taniqli roviylardan biri bo\u02bblib ulg\u02bbayadi. O\u02bbz navbatida undan bir qancha olimlar hadis rivoyat qilgan. Ahmad Bujayriy 372\/982-yilning rabiul avval\/sentyabr oyida vafot etgan [6:370].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu sulola nafaqat nasab jihatdan, balki X asrda hadis rivoyat qilish bo\u02bbyicha ham ma\u02bclum va mashhur bo\u02bblgan. Bujayriy nisbasi bilan ijod qilgan allomalardan ba\u02bczilari o\u02bbzining keng qamrovli ilmiy faoliyati bilan hadis va tafsir ilmlari rivojiga katta hissa qo\u02bbshgan. Lekin shu choqqacha ularning hayoti va ilmiy merosi bo\u02bbyicha alohida tadqiqot olib borilmagan. Bugungi kunda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Abu Hafs Bujayriyning hayoti, faoliyati va uning \u201cJome\u02bcul musnad\u201d kitobini tadqiq etish bo\u02bbyicha muayyan ishlar boshlab yuborilgan. Tadqiqotlar davomida Bujayriy nisbali allomalarning faoliyatiga doir yangi ma\u02bclumotlar yuzaga chiqadi, degan umiddamiz.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>Foydalanilgan adabiyotlar:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abu Umar Muhammad ibn Ali Azhariy. Mustaxriju ala Sahihil Buxoriy va musammo bil Jomi\u02bcil musnad. \u2013 Qohira: 2020.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abdulloh Abdulhamid Sa\u02bcd. O\u02bbrta Osiyo olimlari qomusi. \u2013 T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-ma\u02bcrifiy markazi nashriyoti, 2007.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Xayriddin Zirikliy. A\u02bclom. J. 5. Dorul ilm, 2002.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abu Abdulloh Yoqut Hamaviy. Mo\u02bbjamul buldon. J. 2. \u2013 Bayrut: 1979.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abu Bakr Muhammad ibn Abdulg\u02bbaniy Bag\u02bbdodiy. Takmila\u00adtul ikmol. J. 3. \u2013 Makka: Jomi\u02bca ummul quro, 1410\/1990.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abdulkarim Sam\u02bconiy. Ansob. J. 2. \u2013 Bayrut: 1998.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abu Hotam Muhammad ibn Habbon. Siqot. J, 9. \u2013 Bayrut: Dor al-fikr, 1975.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abulqosim Ali ibn Hasan ibn Hibatulloh ibn Abdulloh Shofi\u02bc. Tarixul madinati Dimashq. J. 45. \u2013 Bayrut: 1995.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ibn Hajar Asqaloniy. Fathul boriy. J. 2. \u2013 Misr: Miriy Kubro matbaasi, Muqaddima.1301\/1884.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Muhamedov N. Shosh vohasi olimlarining ilmiy-ma\u02bcnaviy merosi. \u2013 T.: TIU, 2007.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon Zahabiy. Tazkiratul huffoz. J. 2. \u2013 Bayrut: 1998.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Najmiddin Umar ibn Muhammad ibn Ahmad Nasafiy. Al-Qand fi zikri ulamoi Samarqand. \u2013 Tehron: 1999.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">YO\u02bbLDOSHXON ISAYEV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>IX-XII asrlar islom olamida ilm-fan rivojining oltin davri sifatida e\u02bctirof etilgan. Ko\u02bbplab manbalarda ayni o\u02bbsha davrda Bujayriy nisbasi bilan tanilib, samarali ijod qilgan allomalarning hayoti va ilmiy merosi haqidagi ma\u02bclumotlarni uchratish mumkin. Tadqiqotlar natijasi shuni ko\u02bbrsatadiki, Bujayriy nisbasi biror joy yoki kasbga emas, Bujayr ismli shaxslarga nisbatan qo\u02bbllangan. U Bujayr ibn Hozimning ismidir. Misrlik olim &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":34959,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>BUJAYRIY NISBALI ROVIYLAR SILSILASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"BUJAYRIY NISBALI ROVIYLAR SILSILASI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34958&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"BUJAYRIY NISBALI ROVIYLAR SILSILASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"BUJAYRIY NISBALI ROVIYLAR SILSILASI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34958&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2024-04-23T05:42:05+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/BUjayrr.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"381\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"9 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34958&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34958&lang=oz\",\"name\":\"BUJAYRIY NISBALI ROVIYLAR SILSILASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34958&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34958&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/BUjayrr.jpg\",\"datePublished\":\"2024-04-23T05:42:05+00:00\",\"dateModified\":\"2024-04-23T05:42:05+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"BUJAYRIY NISBALI ROVIYLAR SILSILASI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34958&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34958&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34958&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/BUjayrr.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/BUjayrr.jpg\",\"width\":660,\"height\":381},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34958&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"BUJAYRIY NISBALI ROVIYLAR SILSILASI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"BUJAYRIY NISBALI ROVIYLAR SILSILASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"BUJAYRIY NISBALI ROVIYLAR SILSILASI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34958&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"BUJAYRIY NISBALI ROVIYLAR SILSILASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"BUJAYRIY NISBALI ROVIYLAR SILSILASI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34958&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2024-04-23T05:42:05+00:00","og_image":[{"width":660,"height":381,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/BUjayrr.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"9 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34958&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34958&lang=oz","name":"BUJAYRIY NISBALI ROVIYLAR SILSILASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34958&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34958&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/BUjayrr.jpg","datePublished":"2024-04-23T05:42:05+00:00","dateModified":"2024-04-23T05:42:05+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"BUJAYRIY NISBALI ROVIYLAR SILSILASI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34958&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=34958&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34958&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/BUjayrr.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/BUjayrr.jpg","width":660,"height":381},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34958&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"BUJAYRIY NISBALI ROVIYLAR SILSILASI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/34958"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=34958"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/34958\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":34960,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/34958\/revisions\/34960"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/34959"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=34958"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=34958"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=34958"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}