{"id":34800,"date":"2024-04-09T16:25:28","date_gmt":"2024-04-09T11:25:28","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=34800"},"modified":"2024-04-09T16:25:28","modified_gmt":"2024-04-09T11:25:28","slug":"ramazon-oyining-fazilatlari-barchamizning-bir-umrlik-fazilatlarimizga-aylansin","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34800&lang=oz","title":{"rendered":"RAMAZON OYINING FAZILATLARI BARCHAMIZNING BIR UMRLIK FAZILATLARIMIZGA AYLANSIN"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu yil muqaddas Ramazon oyining uyg\u02bbonish, yangilanish va yasharish fasli bo\u02bblgan bahor bilan hamqadam kelishi jonajon O\u02bbzbekistonimizga o\u02bbzgacha fayz va shukuh bag\u02bbishladi. Ushbu fazilatli oyning yurtimizda mul-ko\u02bblchilik va baraka omili bo\u02bblgan seryomg\u02bbir kelishi bunyodkor xalqimizning kayfiyati va g\u02bbayrat-shijoati yana bir karra oshishiga xizmat qildi. Muqaddas islom dinining ulug\u02bb ruknlaridan bo\u02bblgan ro\u02bbza ibodati Ramazon oyida ochlik, tashnalik, nafsni jilovlash, sabr-qanoat bilan mo\u02bbmin kishi Alloh taologa qurbat, taqvo hosil qilishi va ko\u02bbproq xayru ehson, mehr-oqibat orqali ajru savob olishida namoyon bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xo\u02bbsh, nega aynan Ramazon oyida musulmonlar ro\u02bbza tutadi, mazkur oyning fazilati, hikmati nimada, kabi savollarning javobi islom dinining muqaddas manbalari hisoblangan Qur\u02bconi karim va hadisu shariflarda keltiriladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qur\u02bconi karimda: <strong>\u00abRamazon oyi odamlar uchun hidoyat (manbai) va to\u02bbg\u02bbri yo\u02bbl hamda ajrim etuvchi hujjatlardan iborat Qur\u02bcon nozil qilingan oydir\u00bb<\/strong> <em>(Baqara, 185),<\/em> Qadr surasida esa: <strong>\u00abAlbatta, Biz uni (<\/strong>Qur\u02bconni \u00abLavhul mahfuz\u00bbdan birinchi osmonga<strong>) Qadr kechasida nozil qildik\u00bb<\/strong> <em>(1-oyat) <\/em>deb marhamat qilinadi<em>.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cEy imon keltirganlar, taqvoli bo\u02bblishlaringiz uchun sizlardan oldingi <\/strong>(ummat)<strong>larga farz qilingani kabi sizlarga ham ro\u02bbza farz qilindi, shoyad (<\/strong>u sababli<strong>) taqvoli bo\u02bblsangiz\u201d<\/strong> <em>(Baqara,183) <\/em>deb keltiriladi<em>.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ya\u02bcni, Qur\u02bcon guvohlik beryaptiki, Alloh taoloning Kitobi avval Lavhul mahfuzdan dunyo osmoniga butunicha nozil qilingan va bu Ramazon oqshomlaridan birida \u2013 Qadr kechasida sodir bo\u02bblgan. Qur\u02bconning Yer yuziga, Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ga nozil qilinishi ham aynan Qadr kechasida boshlangan<a href=\"#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a><em>.<\/em> Bundan Qur\u02bconi karimning Ramazon oyida nozil bo\u02bblgani va ushbu oyda musulmonlarga ro\u02bbza tutish farz qilingani ma\u02bclum bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Adabiyotlarda Ramazonning qirq bir fazilati borligi ta\u02bckidlanadi<a href=\"#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a>. Jumladan, Ramazon taqvo (taqvo \u2013 mustahkam diniy e\u02bctiqod; haromdan hazar qilish)<a href=\"#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a> oyi bo\u02bblib, mo\u02bbmin kishiga taqvo malakasini baxsh etadi. Chunki bu oyning asosiy xossasi hisoblangan ro\u02bbza ibodatining eng katta natijasi ro\u02bbzadorda taqvo sifatini hosil qilishdir. Shuning uchun Ramazonda Qur\u02bcon tilovati va xatmiga alohida e\u02bctibor beriladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ramazon saxovat oyi bo\u02bblib, ushbu oyda sadaqa va xayru ehsonning savobi yanada ko\u02bbp bo\u02bbladi. Shuning uchun ham musulmonlar qadimdan islomning yana bir asosiy rukni bo\u02bblgan zakot ibodatini Ramazon oyida ado etishga odatlangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ramazon tinchlik elchisi, go\u02bbzal axloq fursatidir. Bu oyda o\u02bbzaro tortishish, janjallashishlar bo\u02bblmaydi. Ramazonda bunday amallardan yanada uzoqroq bo\u02bblish, hatto birov so\u02bbksa yo haqorat qilsa ham, unga ro\u02bbzadorligini aytishdan boshqa javob qaytarilmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: <strong><em>\u00abBirortangiz ro\u02bbza tutgan bo\u02bblsa, shahvoniy so\u02bbz va amallardan voz kechsin, baqir-chaqir qilmasin. Agar birortasi u bilan so\u02bbkishmoqchi yoki urishmoqchi bo\u02bblsa, \u00abMen ro\u02bbzadorman\u00bb, desin\u00bb<\/em><\/strong>, deganlar <em>(Imom Buxoriy rivoyati)<\/em><a href=\"#_ftn4\" name=\"_ftnref4\">[4]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ramazon rahmat oyidir. <strong><em>\u201cRamazonda rahmat eshiklari ochiladi\u201d<\/em><\/strong>, deyilgan. Ramazonning avvalgi o\u02bbn kunligi nafaqat oyning, balki butun bir yilning rahmat kunlari hisoblanadi <em>(Imom Muslim rivoyati)<\/em><a href=\"#_ftn5\" name=\"_ftnref5\">[5]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ramazon mag\u02bbfirat oyi bo\u02bblib, uning o\u02bbrtadagi o\u02bbn kuni nafaqat oyning, balki yilning \u201cmag\u02bbfirat kunlari\u201d hisoblanadi. Ramazonning fazilati haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: <strong><em>\u201cU avvali rahmat, o\u02bbrtasi mag\u02bbfirat va oxiri do\u02bbzaxdan ozod bo\u02bblish fursati bo\u02bblgan oydir\u201d<\/em><\/strong>, deganlar<a href=\"#_ftn6\" name=\"_ftnref6\">[6]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ramazonning oxirgi o\u02bbn kunligi mag\u02bbfirat kunlaridir. <em>Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadi:<\/em> <em>\u00abRasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: <strong>\u00abU <\/strong>(Ramazon)<strong>ning oxirgi kechasida ro\u02bbzadorlarning gunohlari kechiriladi\u00bb<\/strong><\/em>, <em>dedilar. Ular (sahobalar): \u201cEy Allohning Rasuli, u Qadr kechasimi?\u201d deb so\u02bbradi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:<strong> \u201cYo\u02bbq, lekin ishchi ishini ado etganidan so\u02bbng ajri \u2013 haqi to\u02bbla qilib beriladi\u201d<\/strong>, dedilar (Imom Ahmad rivoyati)<a href=\"#_ftn7\" name=\"_ftnref7\"><strong>[7]<\/strong><\/a>.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ramazon istig\u02bbfor oyidir. Bu oyda farishtalar ro\u02bbzadorlar uchun Allohdan mag\u02bbfirat so\u02bbraydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ramazon ruhan poklanish, axloqan yuksalish oyidir. Ramazonda shaytonlar kishanlanib, vasvasalari cheklanib, insonlarga o\u02bbzini tarbiyalash imkoni beriladi. Binobarin, bu oyda qilingan gunohning jazosi qattiqroq bo\u02bbladi. Shu bois hadislarda Ramazonda barcha axloqsizliklardan, gunohlardan poklanishga qattiq targ\u02bbib qilingan. Hatto Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: <strong><em>\u00abKim yolg\u02bbon gapirishni va unga amal qilishni qo\u02bbymasa, Alloh uning taom va ichimlikni tark etishidan behojatdir\u00bb<\/em><\/strong>, deganlar <em>(Imom<\/em> <em>Buxoriy rivoyati<\/em>)<a href=\"#_ftn8\" name=\"_ftnref8\">[8]<\/a>. Ushbu hadis ro\u02bbza ibodati kishining shunchaki yegulik va ichimlikdan o\u02bbzini tiyishdan iborat emasligini, balki gunohga sabab bo\u02bbladigan barcha nojo\u02bbya amallarni to\u02bbxtatib, axloqan poklanish yo\u02bblini tutish lozimligini ko\u02bbzda tutadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ramazonning fazilatlari hammamizning bir umrlik fazilatlarimizga aylansin!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ramazon rizq-ro\u02bbzga baraka beriladigan oydir. Hadisi sharifda: <strong><em>\u201cU (Ramazon) mo\u02bbminning rizqi ziyoda qilinadigan oydir\u201d<\/em><\/strong>, deyiladi<a href=\"#_ftn9\" name=\"_ftnref9\">[9]<\/a>. Chunki Alloh taolo ro\u02bbzadorning ushbu farzni ado etish chog\u02bbidagi ochlik, tashnalik kabi azob-uqubatlarga sabri va duo-iltijolariga javoban uning rizqini, barakasini ko\u02bbpaytiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ramazon salomatlik oyidir. Qadimda ham, hozir ham ochlik bilan davolash keng tarqalgan usullardan hisoblanadi. Mutaxassislarning ta\u02bckidlashicha, inson jismonan sog\u02bblom bo\u02bblishi uchun bir yilda 28-29 kun ixtiyoriy och yurishi kerak ekan. Ramazon oyi aynan shuncha davom etadi. Alloh taolo biz, mo\u02bbmin-musulmonlarga sog\u02bbligimiz garovi bo\u02bblgan ushbu muolajani ibodat qilib berib, ulkan ajru savoblarni, yaxshiliklarni va\u02bcda qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom dini va Ramazon oyining ezgu mohiyatini keng targ\u02bbib etish bugun o\u02bbta shiddatli va ziddiyatli tarzda kechayotgan globallashuv sharoitida ayniqsa yanada dolzarb ahamiyat kasb etadi. Chunki ayrim mamlakatlarda ijtimoiy-iqtisodiy, harbiy-siyosiy, milliy va diniy keskinliklar avj olib, bebaho ne\u02bcmatlardan hisoblangan tinchlikka rahna solinmoqda. Mana shunday murakkab xalqaro vaziyat milliy-ma\u02bcnaviy qadriyatlarning, avvalo, islom dinining insonparvarlik, bag\u02bbrikenglik va tinchlikparvarlik mohiyatini keng targ\u02bbib etish orqali uning bunyodkorlik salohiyatini xalqaro miqyosda tinchlik va hamkorlikni ta\u02bcminlashga yo\u02bbnaltirishni taqozo etmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu bois O\u02bbzbekistonda ham milliy va diniy qadriyatlarni, boy ma\u02bcnaviy merosni tadqiq va targ\u02bbib etish davlat siyosatining ustuvor masalalaridan biri etib belgilangan. Xalqimiz hayoti va ma\u02bcnaviyatida islom dinining o\u02bbrni beqiyosdir. Yurtimiz musulmonlari muqaddas aqidalarga amal qilib, ezgu an\u02bcanalarni davom ettirib <a href=\"https:\/\/president.uz\/uz\/lists\/view\/7114\">\u043a\u0435\u043b\u043c\u043e\u049b\u0434\u0430.<\/a> Bu yil ham ma\u02bcnaviy poklik, xayru saxovat ayyomi bo\u02bblgan Ramazon oyi O\u02bbzbekistonda an\u02bcanaviy tarzda katta surur bilan kutib olindi. Tarovih namozi va undagi Qur\u02bcon xatmi butun mamlakat bo\u02bbylab yagona tartib qoida bilan ado etilmoqda. Ko\u02bbplab maskanlarda iftorlik dasturxonlari yozilib, xalqimizga osoyishtalik, fayzu baraka tilab duolar qilinmoqda. Jamiyatda do\u02bbstlik, birodarlik, mehr va saxovat rishtalari kuchaymoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Prezident Shavkat Mirzyoyev Namangan viloyatiga safari davomida iftorlikda ishtirok etib, ko\u02bbp millatli O\u02bbzbekiston xalqini Ramazon oyi bilan yana bir bor tabriklab, duoda bo\u02bbldi. Iftorlik payti qilingan duoning qabul va ijobat bo\u02bblishi ham Ramazonning fazilatidandir. Chunki hadisi sharifda: <strong><em>\u201cUch kishi bor, ularning duosi qaytarilmaydi: odil rahbar, ro\u02bbzador iftor qilgunicha va mazlumning duosi\u201d<\/em><\/strong>, deb keltiriladi<a href=\"#_ftn10\" name=\"_ftnref10\">[10]<\/a>. Yurtimizda shakllanayotgan yangi ijtimoiy himoya tizimi va amalga oshirilayotgan muruvvat tadbirlari ehtiyojmand va kam ta\u02bcminlanganlarga g\u02bbamxo\u02bbrlik ko\u02bbrsatish omili sifatida tahsinga loyiqdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Darhaqiqat, O\u02bbzbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar 2016-yildan o\u02bbzining yangi bosqichiga ko\u02bbtarildi. Mamlakatimiz taraqqiyotning mutlaqo yangi bosqichi bo\u02bblgan yana bir uyg\u02bbonish davri \u2013 Uchinchi Renessans sari dadil odimlamoqda. Bunda asrlar sinovidan o\u02bbtgan milliy qadriyatlar, islom dini va boy ma\u02bcnaviy merosning bunyodkorlik kuchidan samarali foydalanish asosida ma\u02bcnaviyatni yuksaltirish masalasi ustuvor ahamiyat kasb etadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, jumladan, diniy-ma\u02bcrifiy soha faoliyatini takomillashtirishga oid xayrli ishlar bizni dunyoga tanitmoqda. O\u02bbzbekiston tajribasi va taklif-tashabbuslari xalqaro miqyosda e\u02bctirof etilmoqda. Xususan, 2017-yil sentyabr oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 72-sessiyasida Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan tashabbus asosida 2018-yil 12-dekabrda <strong>\u201cMa\u02bcrifat va diniy bag\u02bbrikenglik\u201d<\/strong> deb nomlangan maxsus rezolyutsiya qabul qilindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">2018-yil 16-aprelda O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining \u201cDiniy-ma\u02bcrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi Farmoni<a href=\"#_ftn11\" name=\"_ftnref11\">[11]<\/a>, 2019-yil 4 sentyabrda \u201cDiniy-ma\u02bcrifiy soha faoliyatini takomillashtirish bo\u02bbyicha qo\u02bbshimcha chora-tadbirlar to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi Qarori e\u02bclon qilindi<a href=\"#_ftn12\" name=\"_ftnref12\">[12]<\/a>. Mazkur hujjatlar asosida jamiyatda vijdon erkinligi va diniy-ma\u02bcrifiy muhit barqarorligi kafolatlarini ta\u02bcminlashni nazarda tutuvchi yangi tizim joriy etildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Natijada O\u02bbzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Hadis ilmi oliy maktabi, O\u02bbzbekiston xalqaro islom akademiyasi kabi diniy-ma\u02bcrifiy faoliyat bilan shug\u02bbullanuvchi markaz va oliy o\u02bbquv yurtlari tashkil etildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jumladan, O\u02bbzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etilgan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi buyuk vatandoshimiz, hadis ilmining sultoni Imom Buxoriy hamda yurtimiz va musulmon dunyosidan yetishib chiqqan ulug\u02bb mutafakkir va allomalarning boy merosi, ularning jahon sivilizatsiyasi, ilm-fan taraqqiyoti rivojiga qo\u02bbshgan beqiyos hissasini chuqur tadqiq etish va keng targ\u02bbib qilish, yosh avlodni millatlararo va dinlararo bag\u02bbrikenglik, o\u02bbzaro hurmat, tinch-totuv hayotni qadrlash va mustahkamlash ruhida tarbiyalash, shuningdek, xalqaro miqyosdagi ma\u02bcnaviy-ma\u02bcrifiy muloqot va hamkorlikni kuchaytirish borasida xayrli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Markaz tomonidan Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Dorimiy, Abd Humayd Keshiy kabi ulug\u02bb allomalarning Qur\u02bcon, hadis, aqida, fiqh, kalom ilmiga oid 40 dan ortiq noyob qo\u02bblyozma asarlari o\u02bbzbek tiliga o\u02bbgirilib, nashr etildi. \u201cJaholatga qarshi \u2013 ma\u02bcrifat\u201d ruknida islom dini asoslariga oid dolzarb mavzularda mingdan ortiq ma\u02bcnaviy-ma\u02bcrifiy tadbir tashkil etildi. \u201cHadis ma\u02bcrifati\u201d ruknida yuzga yaqin videodars tayyorlanib, ijtimoiy tarmoq va saytlar orqali keng jamoatchilik e\u02bctiboriga havola etildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Turkiya, Malayziya, Saudiya Arabistoni, Misr, Hindiston, Pokiston, Rossiya, Qozog\u02bbiston, Qirg\u02bbiziston kabi davlatlardagi 40 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilot, turdosh markaz va universitetlar bilan hamkorlikka oid anglashuv memorandumlari imzolanib, ilmiy-amaliy aloqalar yo\u02bblga qo\u02bbyildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom dinining ezgu mohiyatini keng targ\u02bbib qilishga doir dolzarb mavzularda Markaz tomonidan xalqaro konferensiya, ko\u02bbrgazma, ilmiy syeminar, davra suhbati shaklida 171 tadbir tashkil etildi. Jumladan, Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti hamkorligida \u201cZarafshon vohasi tarixi va madaniyati\u201d mavzusi doirasida 24 ta xalqaro onlayn ilmiy seminar, <strong>AQSH Tinchlik instituti bilan \u201cTinchlik uchun pedagogika\u201d dasturi doirasida 5 ta seminar-trening o\u02bbtkazildi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Bu jarayonlar izchil davom ettirilmoqda.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Oylar sultonining taassurotlari, istiqbolga tikilgan umidli nigohlar hammamizni hamisha mehr-oqibat, insonparvarlik, ezgulik, bag\u02bbrikenglik va saxovatlilik kabi fazilatlarga yo\u02bbldosh qilsin!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Iydi Ramazon barchamizga muborak bo\u02bblsin!<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a> Jo\u02bbrayev A. Qur\u02bcon nozil bo\u02bblgan oy \/\/ http:\/\/old.muslim.uz\/index.php\/rus\/hadis\/item\/8196<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a> Hasanxon Yahyo Abdulmajid. Ramazonning qirq bir fazilati \/\/ https:\/\/islom.uz\/maqola\/429<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a> O\u02bbzbek tilining izohli lug\u02bbati. 5 jildli. 4 jild. \u2013T.: O\u02bbzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2008.\u2013B.35.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref4\" name=\"_ftn4\">[4]<\/a> Hasanxon Yahyo Abdulmajid. Ramazonning qirq bir fazilati \/\/ https:\/\/islom.uz\/maqola\/429<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref5\" name=\"_ftn5\">[5]<\/a> Hasanxon Yahyo Abdulmajid. Ramazonning qirq bir fazilati \/\/ https:\/\/islom.uz\/maqola\/429<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref6\" name=\"_ftn6\">[6]<\/a> Hasanxon Yahyo Abdulmajid. Ramazonning qirq bir fazilati \/\/https:\/\/islom.uz\/maqola\/429<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref7\" name=\"_ftn7\">[7]<\/a> Hasanxon Yahyo Abdulmajid. Ramazonning qirq bir fazilati \/\/ https:\/\/islom.uz\/maqola\/429<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref8\" name=\"_ftn8\">[8]<\/a> Hasanxon Yahyo Abdulmajid. Ramazonning qirq bir fazilati \/\/ https:\/\/islom.uz\/maqola\/429<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref9\" name=\"_ftn9\">[9]<\/a> Hasanxon Yahyo Abdulmajid. Ramazonning qirq bir fazilati \/\/ https:\/\/islom.uz\/maqola\/429<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref10\" name=\"_ftn10\">[10]<\/a> http:\/\/old.muslim.uz\/index.php\/maqolalar\/item\/26471-ramazonning-41ta-fazilati<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref11\" name=\"_ftn11\">[11]<\/a> O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining \u201cDiniy-ma\u02bcrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi Farmoni \/\/ Xalq so\u02bbzi gazetasi, 2018-yil, 17-aprel, \u2116 75(7033) \u2013B.1-4.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref12\" name=\"_ftn12\">[12]<\/a> O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining \u201cDiniy-ma\u02bcrifiy soha faoliyatini takomillashtirish bo\u02bbyicha qo\u02bbshimcha chora-tadbirlar to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi Qarori \/\/ O\u02bbzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to\u02bbplami 2019-yil 16-sentyabr, 37-son (901). \u2013 B.95-98.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Baxtiyor TURSUNOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bu yil muqaddas Ramazon oyining uyg\u02bbonish, yangilanish va yasharish fasli bo\u02bblgan bahor bilan hamqadam kelishi jonajon O\u02bbzbekistonimizga o\u02bbzgacha fayz va shukuh bag\u02bbishladi. Ushbu fazilatli oyning yurtimizda mul-ko\u02bblchilik va baraka omili bo\u02bblgan seryomg\u02bbir kelishi bunyodkor xalqimizning kayfiyati va g\u02bbayrat-shijoati yana bir karra oshishiga xizmat qildi. Muqaddas islom dinining ulug\u02bb ruknlaridan bo\u02bblgan ro\u02bbza ibodati Ramazon oyida ochlik, &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":34801,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>RAMAZON OYINING FAZILATLARI BARCHAMIZNING BIR UMRLIK FAZILATLARIMIZGA AYLANSIN - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"RAMAZON OYINING FAZILATLARI BARCHAMIZNING BIR UMRLIK FAZILATLARIMIZGA AYLANSIN\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34800&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"RAMAZON OYINING FAZILATLARI BARCHAMIZNING BIR UMRLIK FAZILATLARIMIZGA AYLANSIN - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"RAMAZON OYINING FAZILATLARI BARCHAMIZNING BIR UMRLIK FAZILATLARIMIZGA AYLANSIN\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34800&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2024-04-09T11:25:28+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/ramazon0904.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"440\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"9 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34800&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34800&lang=oz\",\"name\":\"RAMAZON OYINING FAZILATLARI BARCHAMIZNING BIR UMRLIK FAZILATLARIMIZGA AYLANSIN - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34800&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34800&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/ramazon0904.jpg\",\"datePublished\":\"2024-04-09T11:25:28+00:00\",\"dateModified\":\"2024-04-09T11:25:28+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"RAMAZON OYINING FAZILATLARI BARCHAMIZNING BIR UMRLIK FAZILATLARIMIZGA AYLANSIN\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34800&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34800&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34800&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/ramazon0904.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/ramazon0904.jpg\",\"width\":660,\"height\":440},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34800&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"RAMAZON OYINING FAZILATLARI BARCHAMIZNING BIR UMRLIK FAZILATLARIMIZGA AYLANSIN\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"RAMAZON OYINING FAZILATLARI BARCHAMIZNING BIR UMRLIK FAZILATLARIMIZGA AYLANSIN - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"RAMAZON OYINING FAZILATLARI BARCHAMIZNING BIR UMRLIK FAZILATLARIMIZGA AYLANSIN","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34800&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"RAMAZON OYINING FAZILATLARI BARCHAMIZNING BIR UMRLIK FAZILATLARIMIZGA AYLANSIN - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"RAMAZON OYINING FAZILATLARI BARCHAMIZNING BIR UMRLIK FAZILATLARIMIZGA AYLANSIN","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34800&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2024-04-09T11:25:28+00:00","og_image":[{"width":660,"height":440,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/ramazon0904.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"9 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34800&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34800&lang=oz","name":"RAMAZON OYINING FAZILATLARI BARCHAMIZNING BIR UMRLIK FAZILATLARIMIZGA AYLANSIN - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34800&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34800&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/ramazon0904.jpg","datePublished":"2024-04-09T11:25:28+00:00","dateModified":"2024-04-09T11:25:28+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"RAMAZON OYINING FAZILATLARI BARCHAMIZNING BIR UMRLIK FAZILATLARIMIZGA AYLANSIN","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34800&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=34800&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34800&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/ramazon0904.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/ramazon0904.jpg","width":660,"height":440},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34800&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"RAMAZON OYINING FAZILATLARI BARCHAMIZNING BIR UMRLIK FAZILATLARIMIZGA AYLANSIN"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/34800"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=34800"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/34800\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":34802,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/34800\/revisions\/34802"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/34801"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=34800"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=34800"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=34800"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}