{"id":34783,"date":"2024-04-09T14:28:37","date_gmt":"2024-04-09T09:28:37","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=34783"},"modified":"2024-04-09T14:29:02","modified_gmt":"2024-04-09T09:29:02","slug":"imom-buxoriyning-otasi-haqida-manbalarda-qanday-ma%ca%bclumotlar-keltirilgan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34783&lang=oz","title":{"rendered":"IMOM BUXORIYNING OTASI HAQIDA MANBALARDA QANDAY MA\u02bcLUMOTLAR KELTIRILGAN?"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriyning otasi alloma Ismoil katta tijoratchi bo\u02bblib, o\u02bbg\u02bbliga ko\u02bbp mol-mulkni meros qilib qoldirgan. U o\u02bbz kasbida o\u02bbta parhezkor bo\u02bblgan, har qanday shubhali narsalardan saqlangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad ibn Abu Hotim Varroq Buxoriy aytadi: \u201cMen Muhammad ibn Xidoshdan, u Ahmad ibn Hafsdan eshitgan. Ahmad ibn Hafs bunday deydi: \u201cAbu Abdullohning otasi Abu Hasanning oldiga o\u02bblim to\u02bbshagida yotgan paytida kirdim. Shunda Abu Hasan: \u201cMen mol-mulkim orasida biror dirham harom yo biror dirham shubhali narsa borligini bilmayman\u201d, dedi\u201d. Ahmad ibn Hafs bu gapni eshitganda: \u201cShunda o\u02bbzimning amallarim ko\u02bbzimga arzimas bo\u02bblib ko\u02bbrinib ketdi\u201d, dedi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy: \u201cSo\u02bbzlarning eng to\u02bbg\u02bbrisi kishining vafot etayotgan paytdagisidir\u201d, dedi. Imom Buxoriyning otasi Ismoilning kunyasi Abu Hasan bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Hafs Kabir Buxoriy o\u02bblaroq tanilgan Ahmad ibn Hafsning bu gapdan ajablanishi Ismoilning o\u02bbta parhezkor va har qanday shubhali narsalardan saqlanishiga ishoradir. Imom Buxoriy otasidan juda ko\u02bbp mol-mulkni meros qilib olgan va ularni muzorabaga qo\u02bbygan (Muzoraba \u2013 savdoning bir turi bo\u02bblib, unda bir kishi sarmoya yotqizadi va ikkinchisi ishlaydi. Foydada ikkalasi sherik bo\u02bbladi), undan kelgan foydani o\u02bbz ehtiyojlari uchun sarflagan va boshqalarga xayru ehson qilgan. Ya\u02bcni, boylik topish haqida bosh qotirmasdan, bor imkoniyatini ilm olishga va hadis to\u02bbplashga sarflagan. Otasi ham aslida xuddi shuni xohlagan va buning uchun ko\u02bbp mol-mulk qoldirib ketgan edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriyning kotibi Abu Ja\u02bcfar Varroq Buxoriy aytadi: \u201cIs\u02bchoq ibn Ahmad ibn Xalaf Buxoriy bunday degan edi: \u201cMen Muhammad ibn Ismoil Buxoriyning: \u201cOtam Imom Molikdan hadis tinglagan va Hammod ibn Zaydning Ibn Muborak bilan ikki qo\u02bbllab ko\u02bbrishganini ko\u02bbrgan\u201d, deganini eshitganman\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Hajar Asqaloniy \u201cTag\u02bbliqut ta\u02bcliq\u201d asarida mana bu rivoyatni keltiradi: \u201cImom Buxoriy \u201cTarixul kabir\u201d asarida otasi Ismoil ibn Ibrohim ibn Mug\u02bbiyra Jo\u02bbfiyning tarjimayi holida: \u201cU kishi Hammod ibn Zaydning Ibn Muborak bilan ikki qo\u02bbllab ko\u02bbrishganini ko\u02bbrgan\u201d, deb hikoya qilgan\u201d. Imom Buxoriy Abdulloh ibn Salama Murodiyning tarjimayi holida aytadi: \u201cDo\u02bbstlarimizdan Yahyo va boshqa bir kishi menga otam Ismoil ibn Ibrohim haqida so\u02bbzlab berdi. Otam: \u201cMen Hammod ibn Zaydni ko\u02bbrdim. Ibn Muborak Makkaga kelganda, Hammod ibn Zayd Ibn Muborak bilan ikki qo\u02bbllab ko\u02bbrishgandi. O\u02bbshanda Yahyo ibn Ja\u02bcfar Poykandiy ham mening oldimda edi\u201d, degan ekan\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriyning otasi faqatgina tijoratchi bo\u02bblib qolmasdan, ilm bilan chuqur shug\u02bbullangan va ancha yuqori darajaga ko\u02bbtarilgan. U Hammod ibn Zaydning Abdulloh ibn Muborak bilan ikki qo\u02bbllab ko\u02bbrishganini ko\u02bbrgan va Imom Molikdan hadis rivoyat qilgan. Bu voqea Abdulloh ibn Muborak Makkaga Hammod ibn Zaydning oldiga borganda sodir bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tadqiqotchilar shu ma\u02bclumotga tayanib Ismoilning Hijozga borganini aytadi. Hijoz \u2013 Tabuk, Madina, Jidda, Makka va Toif kabi katta shaharlar joylashgan hudud. Ehtimol, bu haj safari bo\u02bblgan bo\u02bblishi mumkin. Uning davomida Madina shahriga borib, Imom Molikdan hadis tinglagan. Manbalarda uning Iroqqa ham safar qilgani aytiladi. Bunga Ibn Hibbonning \u201cAs-Siqot\u201d kitobidagi: \u201cImom Buxoriyning otasi Ismoil ibn Ibrohim Hammod ibn Zayd va Molikdan hadis rivoyat qilgan. Undan iroqliklar hadis rivoyat qilgan\u201d, degan so\u02bbzlari dalolat bo\u02bbladi. \u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ismoil Buxoriy o\u02bbz davrining taniqli insonlaridan biri bo\u02bblgan. Solih ibn Muborak va Abu Muoviyadan hadis rivoyat qilgan. Yahyo ibn Ja\u02bcfar Poykandiy, Ahmad ibn Hafs, Nasr ibn Husayn va iroqlik bir qancha olimlar Ismoil ibn Ibrohim Buxoriyning shogirdi hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Hajar Asqaloniy: \u201cImom Buxoriy otasi haqida uning solih kishilardan ekaniga dalolat bo\u02bbladigan ma\u02bclumotlarni keltirgan\u201d, degan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriyning otasi Ismoil ibn Ibrohim Buxoriy haqida bir rivoyat bor. Uni Imom Zahabiydan boshqa biror kishi keltirmagan. \u201cSiyaru a\u02bclomin nubalo\u201d asarida Abu Hafsning tarjimayi holida bunday deyiladi: \u201cShayx Muhammad ibn Abu Rajo Buxoriy aytadi: \u201cMen Ahmad ibn Hafsdan eshitdim. U: \u201cTushimda Nabiy sollallohu alayhi vasallamni ko\u02bbrdim. Bir ayol u kishining oldilarida yig\u02bblab o\u02bbtirardi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam ayolga: <strong><em>\u201cSen yig\u02bblama. Men vafot etsam, yig\u02bblaysan\u201d,<\/em><\/strong> dedilar. Tushimni ta\u02bcbir qilib beradigan biror kishini topolmadim. Imom Buxoriyning otasi Ismoil menga: \u201cAlbatta, sunnat hanuz mavjuddir\u201d, deganidan so\u02bbng tushimning ma\u02bcnosini anglab yetdim\u201d, dedi\u201d.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu Imom Buxoriyning otasi Ismoil faqih Ahmad ibn Hafsning do\u02bbsti bo\u02bblganini bildiradi. Shuning uchun Imom Buxoriy yoshligida uning oldiga borib turgan. Ehtimol, Imom Buxoriyning otasi o\u02bbg\u02bblini ilmga qiziqtirish uchun uni o\u02bbzi bilan birga hamroh qilib olgandir. Imom Buxoriyning otasi Ismoil u bolalik payti vafot etib ketgan. U tushlarni ta\u02bcbir qiladigan kishilardan edi. Faqih Ahmad ibn Hafs Buxoriy tushini ta\u02bcbir qilish uchun Imom Buxoriyning otasidan boshqa kishini topolmagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ismoil Buxoriy tarixga e\u02bctiborli bo\u02bblgan va o\u02bbtmishdagi voqealarni qayd etib borgan. Ibn Asokir o\u02bbzining \u201cDamashq tarixi\u201d asarida bunday yozadi: \u201cAbu Hasan Muvahhid bizga Hannod Qozidan, u Muhammad ibn Ahmad G\u02bbunjordan, u Abu Nasr Muhammad ibn Said ibn Ahmad ibn Said Tojirdan, u Muhammad ibn Yusuf ibn Matordan, u esa Abu Ja\u02bcfar Muhammad ibn Abu Hotim Varroq Buxoriydan rivoyat qilgan: \u201cAbu Amr Mustanir ibn Atiq menga bunday deb aytdi: \u201cMen Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoildan: \u201cQachon tug\u02bbilgansiz?\u201d deb so\u02bbradim. U otasining: \u201cMuhammad ibn Ismoil 194\/810-yil shavvol oyining o\u02bbn uchinchi kuni Juma namozidan keyin tug\u02bbildi\u201d, degan qaydnomasini ko\u02bbrsatdi. U 256\/870-yil Ramazon hayiti kechasi vafot etdi\u201d.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>* * *<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yuqorida keltirilgan ma\u02bclumotlardan qo\u02bbyidagilarni xulosa qilishimiz mumkin:<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">* Imom Buxoriyning otasi o\u02bbta parhezkor va taqvodor bo\u02bblgan. Har qanday shubhali narsalardan o\u02bbzini olib qochgan.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">* Imom Buxoriyning otasi ilm talabida ba\u02bczi shaharlarga safar qilgan. Safari davomida ko\u02bbplab ulamolar bilan uchrashgan va ulardan hadis rivoyat qilgan.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">* Imom Buxoriyning otasi Ismoil katta tijoratchi va ayni paytda hadis roviylaridan bo\u02bblgan. Iroqliklar undan hadis rivoyat qilgan.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">* Imom Buxoriyning otasi juda ko\u02bbp mol-mulkni meros qilib qoldirgan va o\u02bbg\u02bbli ularni muzorabaga qo\u02bbygan. U ilmga qattiq mehr qo\u02bbygan, o\u02bbg\u02bblining ham ilm olishi uchun zamin hozirlagan.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">* Imom Buxoriyning otasi boyligini faqat yaxshilik yo\u02bblida sarflagan. U o\u02bbg\u02bblining ta\u02bclim olishi va ilmdan boshqa narsaga chalg\u02bbimasligi uchun katta davlatni meros qilib qoldirgan.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy shunday zabardast muhaddis bo\u02bblishi uchun buyuk xizmat qilgan otasining hayoti va ilmiy faoliyatini o\u02bbrganish g\u02bboyat muhim ahamiyatga ega. Chunki, bu yoshlarimizni ilm-ma\u02bcrifatli, xususan, hadis ilmiga ishtiyoqmand bo\u02bblishiga xizmat qiladi.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Abduvosi SHONAZAROV, <\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/strong><strong>\u00a0ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Imom Buxoriyning otasi alloma Ismoil katta tijoratchi bo\u02bblib, o\u02bbg\u02bbliga ko\u02bbp mol-mulkni meros qilib qoldirgan. U o\u02bbz kasbida o\u02bbta parhezkor bo\u02bblgan, har qanday shubhali narsalardan saqlangan. Muhammad ibn Abu Hotim Varroq Buxoriy aytadi: \u201cMen Muhammad ibn Xidoshdan, u Ahmad ibn Hafsdan eshitgan. Ahmad ibn Hafs bunday deydi: \u201cAbu Abdullohning otasi Abu Hasanning oldiga o\u02bblim to\u02bbshagida yotgan &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":34784,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[2945],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>IMOM BUXORIYNING OTASI HAQIDA MANBALARDA QANDAY MA\u02bcLUMOTLAR KELTIRILGAN? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"IMOM BUXORIYNING OTASI HAQIDA MANBALARDA QANDAY MA\u02bcLUMOTLAR KELTIRILGAN?\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34783&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"IMOM BUXORIYNING OTASI HAQIDA MANBALARDA QANDAY MA\u02bcLUMOTLAR KELTIRILGAN? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"IMOM BUXORIYNING OTASI HAQIDA MANBALARDA QANDAY MA\u02bcLUMOTLAR KELTIRILGAN?\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34783&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2024-04-09T09:28:37+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2024-04-09T09:29:02+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/otasi2.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"446\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"5 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34783&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34783&lang=oz\",\"name\":\"IMOM BUXORIYNING OTASI HAQIDA MANBALARDA QANDAY MA\u02bcLUMOTLAR KELTIRILGAN? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34783&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34783&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/otasi2.jpg\",\"datePublished\":\"2024-04-09T09:28:37+00:00\",\"dateModified\":\"2024-04-09T09:29:02+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"IMOM BUXORIYNING OTASI HAQIDA MANBALARDA QANDAY MA\u02bcLUMOTLAR KELTIRILGAN?\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34783&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34783&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34783&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/otasi2.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/otasi2.jpg\",\"width\":660,\"height\":446},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34783&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"IMOM BUXORIYNING OTASI HAQIDA MANBALARDA QANDAY MA\u02bcLUMOTLAR KELTIRILGAN?\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"IMOM BUXORIYNING OTASI HAQIDA MANBALARDA QANDAY MA\u02bcLUMOTLAR KELTIRILGAN? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"IMOM BUXORIYNING OTASI HAQIDA MANBALARDA QANDAY MA\u02bcLUMOTLAR KELTIRILGAN?","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34783&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"IMOM BUXORIYNING OTASI HAQIDA MANBALARDA QANDAY MA\u02bcLUMOTLAR KELTIRILGAN? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"IMOM BUXORIYNING OTASI HAQIDA MANBALARDA QANDAY MA\u02bcLUMOTLAR KELTIRILGAN?","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34783&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2024-04-09T09:28:37+00:00","article_modified_time":"2024-04-09T09:29:02+00:00","og_image":[{"width":660,"height":446,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/otasi2.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"5 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34783&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34783&lang=oz","name":"IMOM BUXORIYNING OTASI HAQIDA MANBALARDA QANDAY MA\u02bcLUMOTLAR KELTIRILGAN? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34783&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34783&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/otasi2.jpg","datePublished":"2024-04-09T09:28:37+00:00","dateModified":"2024-04-09T09:29:02+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"IMOM BUXORIYNING OTASI HAQIDA MANBALARDA QANDAY MA\u02bcLUMOTLAR KELTIRILGAN?","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34783&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=34783&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34783&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/otasi2.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/otasi2.jpg","width":660,"height":446},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34783&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"IMOM BUXORIYNING OTASI HAQIDA MANBALARDA QANDAY MA\u02bcLUMOTLAR KELTIRILGAN?"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/34783"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=34783"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/34783\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":34785,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/34783\/revisions\/34785"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/34784"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=34783"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=34783"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=34783"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}