{"id":34769,"date":"2024-04-09T10:03:05","date_gmt":"2024-04-09T05:03:05","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=34769"},"modified":"2024-04-09T10:03:05","modified_gmt":"2024-04-09T05:03:05","slug":"saxovat-ezgulik-va-poklik-bayrami","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34769&lang=oz","title":{"rendered":"SAXOVAT, EZGULIK VA POKLIK BAYRAMI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Poklanish, mehr-oqibat, insonparvarlik, bag\u02bbrikenglik, ezgulik va saxovat oyi bo\u02bblgan muborak Ramazonning ham so\u02bbnggi kuni qoldi. Hayit arafasidagi ushbu qutlug\u02bb pallalarda hammaning ko\u02bbngliga shunday fayzli va barakotli kunlarga yetkazgani uchun Parvardigorga shukronalik tuyg\u02bbusi ingan. Barchaning qalbidan shunday saodatli oylarning yana ko\u02bbpini ko\u02bbrish umidi joy olgan. Qalblarga imon nurini baxsh etadigan ushbu ulug\u02bb ayyomni yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik muhitida, oilalar bag\u02bbrida, el-yurt davrasida kutib olayotgan har bir yurtdoshimiz buning uchun Haq taologa cheksiz shukrona keltiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Joriy yil O\u02bbzbekiston ahli muborak Ramazonni o\u02bbzgacha, odatdagidan ko\u02bbtarinki ruhda kutib oldi. Chunki bu muqaddas oy arafasida xalqimiz Xalqaro xotin-qizlar kunini nishonlagan bo\u02bblsa, Ramazon kirib kelganidan keyin Navro\u02bbz umumxalq bayramini tantana qildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">8-mart bayrami Ramazon oyidagi xayrli tadbirlarga tayyorgarlikning debochasi bo\u02bbldi, desak yanglishmagan bo\u02bblamiz. Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan onaxonlarimiz va opa-singillarimiz sog\u02bblig\u02bbini mustahkamlash, ish bilan bandligini ta\u02bcminlash, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish vazifalari alohida belgilanishi barobarida umummilliy ahamiyatga ega g\u02bboyat muhim maqsad ham bayon etildi. Ya\u02bcni o\u02bbg\u02bbil-qizlarimizni jismonan va ma\u02bcnan barkamol etib tarbiyalash, milliy g\u02bburur, Vatanga muhabbat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida voyaga yetkazish barchamizning asosiy burchimiz ekanidan kelib chiqib, yoshlar tarbiyasiga e\u02bctiborni yanada kuchaytirish zarurligi ta\u02bckidlandi. Davlatimiz rahbari, jumladan, bunday dedi: <strong>\u201cBiz ma\u02bcnaviy tarbiya ishlarini endi mutlaqo yangicha usulda olib borishimiz kerak. \u201cEzgulik \u2014 shiorimiz, ma\u02bcrifat \u2014 qurolimiz\u201d degan g\u02bboya asosida bu jarayonni avvalo oiladan, mahalladan boshlashimiz lozim. Zotan, hadisi sharifda aytilganidek, \u201cOta-ona o\u02bbz farzandiga yaxshi tarbiyadan boshqa meros qoldirolmaydi\u201d. Muhtarama opa-singillarimiz, duogo\u02bby onaxonlarimizning mas\u02bculiyati aynan ana shu masalalarda yaqqol namoyon bo\u02bbladi\u201d.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ezgulik va ma\u02bcrifat muqaddas dinimizning asosiy tamoyillaridan. Shu bois, mazkur chaqiriqni Ramazon oyiga tayyorgarlikning o\u02bbziga xos ibtidosi, deyish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Musulmon dunyosi 11-martdan qalbi va ruhini poklashga kirishdi. Kimdir saxovatpesha bo\u02bblib, odamlarga yeguliklar ulashyapti, iftorliklar tashkil etyapti. Yana kimdir Mehribonlik uylariga, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam ko\u02bbrsatyapti. Bunday xayrli ishlarni qilayotganlar imkon qadar shaxsini sir tutyapti. Ya\u02bcni bunda riyo yo\u02bbq. Ular xalqimizning \u201cYaxshilik qil, daryoga tashla, baliq bilar, baliq bilmasa ham Xoliq bilar\u201d, \u201cO\u02bbng qo\u02bbling berganini chap qo\u02bbling bilmasin\u201d singari hikmatlariga rioya qilyapti.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hamyurtlarimizning qalbidagi saxovatga yanada ko\u02bbproq intilish hissi, Ramazon kayfiyati shunday xayrli amallarda ko\u02bbrinish berayotgani umumiy ijtimoiy manzarada yaqqol namoyon bo\u02bblyapti. Ma\u02bcnaviy poklanish, sabr-qanoat, xayru saxovat fazilatlari ziyoda bo\u02bbladigan mohi Ramazonni milliy an\u02bcana va qadriyatlarimizga mos tarzda, yuksak saviyada o\u02bbtkazish, yurtimiz musulmonlarining ibodat amallarini emin-erkin ado etishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi. Davlatimiz rahbarining Namangan viloyatida o\u02bbtkazilgan iftorlikda qatnashgani O\u02bbzbekiston tarixida misli ko\u02bbrilmagan voqea bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Navro\u02bbz umumxalq bayramiga bag\u02bbishlangan tantanali marosimdagi nutqda ham yurtimizda Ramazon muhiti qaror topganining alomatini ko\u02bbramiz: <strong>\u201cBugun obi rahmat yomg\u02bbirlari bilan osmondan <\/strong><strong>rizqu ro\u02bbz, qut-baraka yog\u02bbmoqda. Hammamiz bu holatni shukronalik bilan qabul qilamiz\u201d. <\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ha, Ramazon faqat saxovat va poklanish emas, baraka oyi hamdir. Bu oyda islom ummati ibodat, sabr, saxovat va riyozatga boshqa oylardagiga qaraganda, kattaroq va kuchliroq mas\u02bculiyat bilan yondashadi. Kundalik ibodatlar barobarida Qur\u02bcon tilovati, xayrli amallar va ehsonni ko\u02bbpaytiradi, zakot beradi. Shu sababli musulmonlar Ramazon oyini o\u02bbzgacha intiqlik bilan kutadi, uni boshqacha taqvo bilan o\u02bbtkazadi. Bu oyda ko\u02bbpchilik shu choqqacha bosib o\u02bbtgan hayot yo\u02bbli to\u02bbg\u02bbrisida kengroq mushohada qiladi. Ramazonda Yaratganga qalbini taslim etib, kunduzlari yeyish-ichishdan, turli ko\u02bbngilxushliklardan voz kechgan inson irodasini chiniqtirib, toblab boradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Oziq-ovqat va ichimlikdan tiyilishda katta hikmat bor. Inson bir parcha nonga, bir ho\u02bbplam suvga zor bo\u02bblganlarning ahvolini ich-ichidan his etadi. Bu tuyg\u02bbu unda rahm-shafqat, saxovat va bag\u02bbrikenglik fazilatlarini rivojlantiradi. Inson qo\u02bbli ochiqroq bo\u02bbla boradi, miskinlarga yordamini kuchaytirishga harakat qiladi. Poklik, ibodat va taqvo qalbini yumshatadi va qusurlaridan xalos bo\u02bblishiga yordam beradi. Shu bois, butun islom olamida Ramazon oyi orziqib kutiladigan, Haq taologa yaqinlashish imkonini beradigan muborak va quvonchli palla sanaladi. U Parvardigorning bandalarga ulug\u02bb inoyati va ulkan ajru savob ne\u02bcmatidir. Zero, bu kunlar tan uchun ne\u02bcmatlardan tiyilish davri bo\u02bblsa, qalb uchun orom onlarini tuhfa etadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qur\u02bconi karimda Alloh taolo bunday marhamat qiladi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cRamazon oyi \u2014 odamlar uchun hidoyat <\/strong>(manbai) <strong>va to\u02bbg\u02bbri yo\u02bbl hamda ajrim etuvchi hujjatlardan iborat Qur\u02bcon nozil qilingan oydir. Bas, sizlardan kim bu oyda<\/strong> (o\u02bbz yashash joyida) <strong>hozir bo\u02bblsa, ro\u02bbzasini tutsin. Kim bemor yoki safarda bo\u02bblsa, <\/strong>(tuta olmagan kunlarining) <strong>sanog\u02bbi boshqa kunlardandir. Alloh sizlarga yengillikni istaydi, og\u02bbirlikni xohlamaydi. Bu \u2014 hisobni to\u02bbldirishingiz hamda hidoyatga boshlagani uchun Allohga takbir <\/strong>(hamdu sano) <strong>aytishingiz uchundir. Shoyad shy\u0138p<\/strong> <strong>qilcalapingiz\u201d <\/strong>(Baqara surasi, 185-oyat).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Haq taolo O\u02bbzining abadiy mo\u02bbjizaci, qiyomatgacha inconiyatga hidoyat bo\u02bbladigan kitobi bo\u02bblmish Qyp\u02bconi kapimni nozil qilish vaqti etib Pamazoni shapifni ixtiyop etganining o\u02bbzi by oyning fazilati naqadar yuksak ekanini ko\u02bbrsatadi. Po\u02bbza ibodatini ayni Pamazon oyida ado etishni fapz qilgani esa nyp yctiga nyp, fazilat yctiga fazilatdir. Bu oyning birinchi o\u02bbn kunligi \u2014 rahmat, ikkinchisi \u2014 mag\u02bbfirat, oxirgisi \u2014 jahannamdan xalos bo\u02bblish davri ekani payg\u02bbambarimizning ko\u02bbplab hadislarida bayon etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy va Imom Muslim Abu Hurayra roziyallohu anhudan payg\u02bbambarimizning quyidagi so\u02bbzlari keltirilgan: \u201cQodir Alloh aytadi: \u201cOdam bolasining har qanday ishi uning o\u02bbzi uchun, faqat ro\u02bbza mustasno, ro\u02bbzani Men uchun tutadi, uning ajrini ham O\u02bbzim beraman\u201d. Ro\u02bbza qalqondir, sizlardan biringiz ro\u02bbza tutsa, har qanday yomonlikdan saqlansin va ovozini balandlatmasin. Kimdir unga yomon gapirsa yo janjallashmoqchi bo\u02bblsa, \u201cMen ro\u02bbzadorman!\u201d desin\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ramazon nafsni jilovlash oyidir. Ro\u02bbza tutgan inson tashqi olamini ozoda saqlash, fe\u02bclini yaxshilash, tili va ko\u02bbzini tiyishdan tashqari ichki dunyosini ham poklaydi \u2014 tubanlik va razolatga boshlovchi o\u02bby-xayollardan chekinadi. Riyo qilmaydi, dili va ruhini tarbiyalaydi. Shunday qilmas ekan, uning ro\u02bbzasi quruq ochlik va tashnalik bilan o\u02bbziga jabr yetkazishdan boshqa narsa bo\u02bblmay qoladi. Alloh qalbi toza bo\u02bblmagan bandaning oziq-ovqat va ichimliklardan tiyilishiga muhtoj emas.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu oy, avvalo, qalbni poklash, fe\u02bcl-atvorni ayb va nuqsonlardan xoli qilish pallasidir. Yil davomida yig\u02bbilib qolgan xatolarni mulohaza qilib, takrorlamaslik yo\u02bblini mahkam tutish salohiyatiga mana shu oyda erishish imkoniyati ko\u02bbproq bo\u02bbladi. Chunki nafsning jilovlanishi insonni faqat yaxshi tomonga o\u02bbzgartirishga xizmat qiladi. Kishi bekorchi o\u02bby-xayollar, oldi-qochdi gap-so\u02bbzlar, behuda xatti-harakatlardan tiyilishi, yomon odatlarni tark etishi bilan komillik yo\u02bbliga o\u02bbtadi. Sog\u02bblom turmush tarzining foydalarini jismu tani va ruhiyatida his etib, afzalliklariga guvoh bo\u02bbladi va ishonch hosil qiladi. Bularning barchasi shukronani kuchaytiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Har yili jism va ruhni shunday riyozatdan o\u02bbtkazish orqali insonning ichki dunyosi o\u02bbzgaradi. Bora-bora u faqat Ramazonda emas, umuman, butun hayoti davomida saxiyroq, rahmliroq bo\u02bbladi. Ya\u02bcni Ramazon tugasa-da, bu xayrli ishlar yakun topmaydi. Iyd alfitr bayram qilinganidan keyin ham inson o\u02bby-xayollari va xatti-harakatlari nazoratini bo\u02bbshashtirmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yurtimizda Ramazon oyiga davlat darajasida e\u02bctibor beriladi. Har yili bu oyni, Ramazon hayitini munosib o\u02bbtkazish to\u02bbg\u02bbrisida Prezident qarori qabul qilinishi bu fikrning yorqin dalilidir. Bir necha yildan buyon tarovih namozlari chog\u02bbida qilinadigan xatmi Qur\u02bcon ham go\u02bbzal tarzda tartibga solib kelinayotganiga guvoh bo\u02bblyapmiz. Mana, namozxonlarga qulay bo\u02bblishi uchun butun mamlakat bo\u02bbylab tarovih namozining vaqti aniq qilib belgilandi. Qaysi kuni Mus\u02bchafi sharifning qayeridan qayerigacha o\u02bbqilishi ko\u02bbrsatib berildi. Ya\u02bcni turli sabablarga ko\u02bbra, o\u02bbzi qatnab yurgan masjidga emas, boshqasiga borib qolgan odam xatmning kelgan joyidan davom etishi borasida hech ikkilanmadi. Oxirida butun mamlakat Qadr kechasida yoppasiga, deyarli birga duo qildi. Bu odat go\u02bbzal an\u02bcanaga aylanib ulgurdi, deb bemalol aytish mumkin. Har yili tele va radiokanallarimizda aynan iftorlik va saharlik paytlariga mo\u02bbljallab ma\u02bcrifiy ko\u02bbrsatuv va eshittirishlar tayyorlanadi. Qisqasi, ro\u02bbzadorlar nafaqat jisman, balki ma\u02bcnan o\u02bbz-o\u02bbzini tarbiyalab, takomillashtirib borishi uchun barcha choralar ko\u02bbrilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Vijdon erkinligi haqida so\u02bbz borar ekan, ma\u02bcrifiy yuksalish, ajdodlar merosini o\u02bbrganish va targ\u02bbib qilish borasidagi ishlarga to\u02bbxtalmay iloj yo\u02bbq. Yurtimizda qisqa vaqtda Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Hadis ilmi maktabi tashkil qilindi. Buxorodagi Mir Arab madrasasiga yangi hayot baxsh etildi. Bu muassasalarning barchasi xalqimizning ko\u02bbp asrlik ilmiy-ma\u02bcnaviy merosini o\u02bbrganish, diniy va dunyoviy jihatdan tadqiq etish, milliy va xalqaro miqyosda targ\u02bbib qilish bilan birga, davlatimiz siyosatining asosiy yo\u02bbnalishlaridan biri \u2014 jaholatga qarshi ma\u02bcrifat bilan kurashishga ham xizmat qiladi, albatta.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xalqimiz Imom Moturidiy, Imom Buxoriy, Burhoniddin Marg\u02bbinoniy kabi islom ilmlari taraqqiyotida g\u02bboyat salmoqli o\u02bbrin tutgan ajdodlari bilan ham haqli ravishda faxrlanadi. \u201cSahih ul-Buxoriy\u201d islom olamida Qur\u02bconi karimdan keyingi mo\u02bbtabar manba sanaladi. Dunyo musulmonlarining katta qismi Imom Moturidiy aqidasini asosiy tayanch deb biladi. Burhoniddin Marg\u02bbinoniyning \u201cHidoya\u201d asari hali-hanuz islom huquqshunosligining bosh qo\u02bbllanmasi bo\u02bblib qolmoqda. Tasavvufning eng yirik namoyandalari ham biz yashayotgan zamindan yetishib chiqqan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining ikki Ramazon oralig\u02bbidagi faoliyati ham samarali kechdi. Ko\u02bbplab ma\u02bcnaviy-ma\u02bcrifiy tadbirlar o\u02bbtkazildi. \u201cIslom dinida tinchlik\u201d, \u201cAhli sunna va jamoa aqidasiga ko\u02bbra, Alloh lomakondir\u201d, \u201cMutaassiblik va dinda chuqur ketishning xatarlari\u201d, \u201cG\u02bbuluvning xatarlari\u201d kabi risolalar nashr etildi. Markaz ilmiy xodimlari \u201cHadis ma\u02bcrifati\u201d ruknida yuzga yaqin videodars tayyorladi. Hadislar noto\u02bbg\u02bbri talqin qilinishining oldini olish, ularning asl mazmun-mohiyatini keng targ\u02bbib qilish bo\u02bbyicha 250 ga yaqin material tayyorlandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ilmiy tadqiqot yo\u02bbnalishida ulug\u02bb alloma va mutafakkirlarimiz qalamiga mansub 22 asar tarjima qilinib, nashrga hozirlandi. Najmiddin Kubro, Mahmud Zamaxshariy, Imom Dorimiy, Abu Lays Samarqandiy, Abul Barakot Nasafiy, Hakim Termiziy, Abduxoliq G\u02bbijduvoniy, Burhoniddin Marg\u02bbinoniy, Yusuf Xos Hojib, Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va faoliyatiga oid \u201c10 haqiqat\u201d ruknidagi plakat va risolalar nashrga tayyorlandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ortda qolayotgan muborak oy mana shunday xayrli, yorqin amallar tufayli yana ham fayzli va barakali bo\u02bbldi. \u201cRamazon yakunlanib qolganiga ko\u02bbp achinma, kelasi yil u o\u02bbn kun oldinroq keladi\u201d, deydilar. Oylar sultonining taassuroti, istiqbolga tikilgan umidli nigohlar hammamizni hamisha mehr-oqibat, insonparvarlik, ezgulik, bag\u02bbrikenglik va saxovatlilik kabi fazilatlarga yo\u02bbldosh qilsin!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kirib kelayotgan Ramazon hayiti barchamizga muborak bo\u02bblsin!<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shovosil ZIYODOV, <\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manba: \u201cYangi O\u02bbzbekiston\u201d gazetasi 2024-yil 9-aprel, \u211670(1131)<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Poklanish, mehr-oqibat, insonparvarlik, bag\u02bbrikenglik, ezgulik va saxovat oyi bo\u02bblgan muborak Ramazonning ham so\u02bbnggi kuni qoldi. Hayit arafasidagi ushbu qutlug\u02bb pallalarda hammaning ko\u02bbngliga shunday fayzli va barakotli kunlarga yetkazgani uchun Parvardigorga shukronalik tuyg\u02bbusi ingan. Barchaning qalbidan shunday saodatli oylarning yana ko\u02bbpini ko\u02bbrish umidi joy olgan. Qalblarga imon nurini baxsh etadigan ushbu ulug\u02bb ayyomni yurtimizda hukm surayotgan &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":34767,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[642],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>SAXOVAT, EZGULIK VA POKLIK BAYRAMI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"SAXOVAT, EZGULIK VA POKLIK BAYRAMI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34769&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"SAXOVAT, EZGULIK VA POKLIK BAYRAMI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"SAXOVAT, EZGULIK VA POKLIK BAYRAMI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34769&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2024-04-09T05:03:05+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/yangiuz.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"8 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34769&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34769&lang=oz\",\"name\":\"SAXOVAT, EZGULIK VA POKLIK BAYRAMI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34769&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34769&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/yangiuz.jpg\",\"datePublished\":\"2024-04-09T05:03:05+00:00\",\"dateModified\":\"2024-04-09T05:03:05+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"SAXOVAT, EZGULIK VA POKLIK BAYRAMI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34769&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34769&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34769&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/yangiuz.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/yangiuz.jpg\",\"width\":660,\"height\":660},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34769&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"SAXOVAT, EZGULIK VA POKLIK BAYRAMI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"SAXOVAT, EZGULIK VA POKLIK BAYRAMI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"SAXOVAT, EZGULIK VA POKLIK BAYRAMI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34769&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"SAXOVAT, EZGULIK VA POKLIK BAYRAMI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"SAXOVAT, EZGULIK VA POKLIK BAYRAMI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34769&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2024-04-09T05:03:05+00:00","og_image":[{"width":660,"height":660,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/yangiuz.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"8 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34769&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34769&lang=oz","name":"SAXOVAT, EZGULIK VA POKLIK BAYRAMI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34769&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34769&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/yangiuz.jpg","datePublished":"2024-04-09T05:03:05+00:00","dateModified":"2024-04-09T05:03:05+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"SAXOVAT, EZGULIK VA POKLIK BAYRAMI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34769&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=34769&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34769&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/yangiuz.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/yangiuz.jpg","width":660,"height":660},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34769&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"SAXOVAT, EZGULIK VA POKLIK BAYRAMI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/34769"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=34769"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/34769\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":34770,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/34769\/revisions\/34770"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/34767"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=34769"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=34769"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=34769"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}