{"id":34449,"date":"2024-03-13T11:35:47","date_gmt":"2024-03-13T06:35:47","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=34449"},"modified":"2024-03-13T11:35:47","modified_gmt":"2024-03-13T06:35:47","slug":"ramazon-mehr-muruvvat-xayru-saxovat-oyi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34449&lang=oz","title":{"rendered":"Ramazon \u2014 mehr-muruvvat, xayru saxovat oyi"},"content":{"rendered":"<p dir=\"auto\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><em><strong>Bismillahir Rohmanir Rohim.<\/strong><\/em><\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Xalqimiz hayotida ma\u02bcnaviy poklik, mehr-oqibat, xayru saxovat fazilatlari sayqallanadigan muborak Ramazon oyining ahamiyati beqiyos. Yurtdoshlarimiz ushbu muborak oyni doim katta quvonch ila kutib oladi. Oila va mahallalarda o\u02bbzaro mehr-oqibatni mustahkamlash, yosh avlodni bilim-ma\u02bcrifat sohiblari etib tarbiyalash, ehtiyojmand insonlarga yordam ko\u02bbrsatish kabi savobli amallarni ixlos bilan ado etishga intiladi.<\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Davlatimiz rahbarining 2024 yil 7 martdagi \u201cMuborak Ramazon oyini munosib tarzda o\u02bbtkazish to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi qarori xalqimiz uchun ezgulik, birdamlik, oliyjanoblik va shukronalik timsoli bo\u02bblgan qutlug\u02bb Ramazon oyini yuqori saviyada o\u02bbtkazish, diniy-ma\u02bcrifiy, madaniy qadriyatlarimizni asrab-avaylashga qaratilgan muhim chora-tadbirlarni belgilab bergani bilan xalqimiz ruhiyatini yanada ko\u02bbtarib yubordi.<\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ushbu oyda xalqimizning mehr-muruvvat, oqibat va saxovat, o\u02bbzgalarga ko\u02bbmak qo\u02bblini uzatish, yig\u02bbilganni suyash kabi fazilatlari har doimgidan-da kengroq namoyon bo\u02bbladi. Bu Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy himoya siyosatiga g\u02bboyat hamohangdir.<\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Darhaqiqat, keyingi yillarda mamlakatimizda kechayotgan yangilanish va o\u02bbzgarishlar jarayonlarida aholining barcha qatlami manfaatlarini so\u02bbzda emas, amalda himoyalashga alohida e\u02bctibor qaratilmoqda. Kam ta\u02bcminlangan oilalar, nogironligi bor shaxslar, yetim bolalarga yordam ko\u02bbrsatish, ularni o\u02bbqitish, kasb-hunarga o\u02bbrgatish, ishga joylashtirish borasida ham aniq va manzilli choralar ko\u02bbrilyapti.<\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Prezidentimiz raisligida shu yil 20 fevral kuni o\u02bbtkazilgan videoselektor yig\u02bbilishida ham ijtimoiy himoya sohasidagi ustuvor vazifalar keng muhokama qilindi. Davlatimiz rahbari bu tizimni tubdan isloh qilish, ijtimoiy yordamning manzilliligi va natijadorligini ta\u02bcminlash zarurligini ta\u02bckidladi. Yig\u02bbilishda shu boradagi ustuvor vazifalar belgilandi. Avvalo, ijtimoiy xizmat va yordamni mahalla darajasida tashkil etish masalalari ko\u02bbrib chiqildi.<\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Oylarning sultoni sanalmish Ramazon oyida bunday ezgu amallar hajmi yanada kengayadi. Keksalar, bemorlar, boquvchisini yo\u02bbqotgan insonlar, ota-ona mehridan bebahra qolganlar holidan xabar olish borasidagi ishlar qamrovi yanada ortadi.<\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko\u02bblamli insonparvarlik siyosatidan ruhlanib,\u00a0<strong>O\u02bbzbekiston musulmonlari idorasi bu yilgi Ramazon oyini \u201cMehr-muruvvat va xayru saxovat oyi\u201dga aylantirish tashabbusini e\u02bclon qildi.\u00a0<\/strong>Toki, qutlug\u02bb oyda har bir xonadon, har bir kishining qalbiga xursandchilik kirib borsin. Shunda maqsadlarimiz hosil bo\u02bbladi, Yaratgan bizdan rozi bo\u02bbladi, insha Alloh.<\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Aziz xalqimiz, ayniqsa, saxovatli do\u02bbstu birodarlarimiz bu oyda imkon qadar xayriya ishlarini ko\u02bbpaytirsa, yurtimizda ehtiyojmand kishilar yanada kamayadi, har bir uyda shodlik, quvonch muhiti hukm suradi. Binobarin, insoniyatga ibrat bo\u02bblgan Hazrati Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam bu oyda boshqa oylarga qaraganda yanada saxiyroq bo\u02bblar edilar. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:\u00a0<em>\u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallam odamlarning eng saxiysi edilar. Ayniqsa, Ramazon oyida yanada saxiy bo\u02bblib ketar edilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yaxshilikda shiddat bilan esayotgan shamoldan-da uchqurroq edilar\u201d<\/em>\u00a0(Muttafaqun alayh).<\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shunday ekan, umid qilamizki, qo\u02bbli ochiq, saxovatpesha insonlarimiz nogironligi bo\u02bblganlar, yolg\u02bbiz keksalar, boquvchisini yo\u02bbqotgan fuqarolar hamda kam ta\u02bcminlangan oilalarga mehr-muruvvat ulashadi, bemorlarning holidan xabar olib, ko\u02bbngillarini ko\u02bbtarishda peshqadam bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Jamiyatda mehr-shafqatga, rahmdillikka va xayru ehsonga muhtoj kishilar ko\u02bbp ekanini hisobga olsak, bu ezgu tashabbusning ahamiyati yana ham ortadi. Ramazoni sharifda ushbu toifadagi fuqarolar holidan xabar olib, ularning ko\u02bbngillariga ozgina bo\u02bblsa ham, xursandlik ulashadigan bo\u02bblsak, Alloh taolo bu muborak kunlardagi ajrlarini ziyodasi bilan beradi. Zero, Salmon Forsiy roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda Payg\u02bbambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam:\u00a0<em>\u201cU oyda kim biror-bir nafl amal qilsa, boshqa oyda farz amalni ado qilgan bilan teng bo\u02bbladi. Kimda-kim bu oyda birorta farz amalni ado etsa, boshqa oyda yetmishta farz amalni ado qilgan bilan teng bo\u02bbladi\u201d,<\/em>\u00a0deya marhamat qilganlar.<\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Islom insonlar o\u02bbrtasida mehr-oqibat, saxiylik, muhtoj kishiga yordam qo\u02bblini cho\u02bbzish kabi go\u02bbzal xislatlarni keng targ\u02bbib etadi. Inson nafaqat o\u02bbzi haqida o\u02bbylashi, balki o\u02bbzgalar dardi bilan ham hamnafas bo\u02bblib yashashi kerak. Alloh taolo chin mo\u02bbmin-musulmonlarni Qur\u02bconi karimda shunday ta\u02bcriflagan:\u00a0<strong>\u201cMo\u02bbminlar va mo\u02bbminalar bir-birlariga do\u02bbstdirlar: (odamlarni) yaxshilikka buyuradilar, yomonlikdan qaytaradilar\u2026\u201d<\/strong>\u00a0<em>(Tavba surasi, 71-oyat).<\/em><\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bu borada Nabiy sollallohu alayhi vasallam o\u02bbz ummatlarini sifatlab shunday deganlar:\u00a0<em>\u201cMo\u02bbmin mo\u02bbminga nisbatan bir-birini mustahkam tarzda ushlab turgan bino singaridir\u201d<\/em>\u00a0(Imom Buxoriy rivoyati).<\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Jamiyatda yashar ekanmiz, yon-atrofimizdagi ayrim kishilarning taqdir taqozosi bilan boshiga musibat tushganiga, og\u02bbir dardga uchraganiga, imkoniyati cheklanib, yordamga muhtoj bo\u02bblganiga va boshqa qiyinchiliklarga duch kelganiga guvoh bo\u02bblamiz. Bunday holatdagi insonlar dardiga quloq tutish va imkon darajasida ularga ko\u02bbmak berish mo\u02bbminlik vazifamizdir.<\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Islomda kambag\u02bballikni tugatishga, avvalo, bunday toifadagi kishilarni mehnat qilishga undash, biror kasb-hunar bilan shug\u02bbullanishga targ\u02bbib etish bilan erishiladi. Chunki mehnat qilish bu asosiy vazifa hisoblanadi. Biroq jamiyatda mehnatga yaramaydigan yoki munosib ish topa olmayotgan yoxud ishi boru, undan oladigan daromadi ehtiyojini qoplashga yetmaydigan ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarga nisbatan ham dinimizda o\u02bbziga xos tarzda rahnamolik qilish aytilgan. Masalan, zakot, yaqin qarindoshlarga berilishi vojib bo\u02bblgan nafaqa, nafl sadaqa, xayriya, vaqf mulki, nazrlar, kafforatlar, qo\u02bbshnilar haqqi, mehmondorchilik haqqi, yetimlarga g\u02bbamxo\u02bbrlik qilish, shuningdek, davlat tomonidan ijtimoiy ta\u02bcminot uchun ajratiladigan mablag\u02bblar shu ishga yo\u02bbnaltiriladi.<\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Muhtoj insonlarga yordam berish juda katta savobli amal bo\u02bblib, dinimiz unga targ\u02bbib qiladi. Bu borada Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam bunday marhamat qiladilar:\u00a0<em>\u201cBir birodarimning hojatini (ravo qilib) yurishim men uchun mana bu masjidda (Masjidi Nabaviyda) bir oy e\u02bctikof o\u02bbtirishdan yaxshiroqdir. Kim birodarining hojatini ravo qilib bergunigacha u bilan birga yursa, Alloh uni qadamlar toyiladigan kunda qadamini sobit qiladi\u201d<\/em>\u00a0(Imom Tabaroniy rivoyati).<\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Dinimiz boquvchisini yo\u02bbqotgan, nogironligi bor, ijtimoiy ko\u02bbmakka muhtoj bo\u02bblgan insonlar bilan muomala qilishda quyidagi uch asosga chaqiradi: ularning hurmatini saqlash; haq-huquqlariga rioya qilish; jamiyatdagi odamlar orasida tenglik o\u02bbrnatish. Mana shu uchta tamoyil ham bugungi kunda yurtimizda keng quloch yozmoqda.<\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Mehr-muruvvat, hamjihatlik, bag\u02bbrikenglik, saxiylik xalqimiz ardoqlagan, asrlar osha amal qilib kelayotgan go\u02bbzal fazilatlardir. Alloh taolo bunday marhamat qiladi:\u00a0<strong>\u201cAlloh yo\u02bblida mollarini ehson qiluvchilar (savobining) misoli go\u02bbyo bir donga o\u02bbxshaydiki, u har bir boshog\u02bbida yuztadan doni bo\u02bblgan yettita boshoqni undirib chiqaradi. Alloh xohlagan kishilarga (savobini) yanada ko\u02bbpaytirib beradi. Alloh (karami) keng va bilimdon zotdir\u201d\u00a0<\/strong><em>(Baqara, 261).<\/em>\u00a0Boshqa oyati karimada:\u00a0<strong>\u201cSadaqalaringizni agar oshkora bersangiz, juda yaxshi. Bordiyu, kambag\u02bballarga pinhona bersangiz \u2014 o\u02bbzingiz uchun yanada yaxshiroqdir va (U) gunohlaringizdan o\u02bbtar. Alloh qilayotgan (barcha) ishlaringizdan xabardordir\u201d<\/strong>\u00a0<em>(Baqara, 271).<\/em><\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Hazrati Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam:\u00a0<em>\u201cKimki bir musulmonning dunyo qayg\u02bbularidan birini ketkazsa, Alloh uning qiyomat kunidagi qayg\u02bbularidan birini ketkazadi. Kimki dunyoda bir qiynalgan birodarining og\u02bbirini yengil qilsa, Alloh taolo uning qiyomatdagi og\u02bbirini yengil qiladi. Bir banda boshqa bandaga yordam qilsa, Alloh taolo unga ham yordam ko\u02bbrsatadi\u201d,<\/em>\u00a0deganlar.<\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u02bbzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi masjid imom-xatiblari homiylarni jalb etgan holda kam ta\u02bcminlangan, boquvchisini yo\u02bbqotgan oilalarga, Mehribonlik, Saxovat, Muruvvat uylariga, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat faxriylariga moddiy yordamlar ko\u02bbrsatish ishlarini boshlab yubordi.<\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Jumladan, O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, hududlardagi \u201cInson\u201d ijtimoiy xizmatlar markazlari bilan O\u02bbzbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi \u201cVaqf\u201d xayriya jamoat fondi hamkorligida aholining kam ta\u02bcminlangan qatlami, xususan, nogironligi bor shaxslar uylarida iftorlik dasturxoni yozib, ko\u02bbngillarini\u00a0 ko\u02bbtarishga harakat qilinadi. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: <em>\u201cKim ro\u02bbzador kishiga iftorlik qilib bersa, u kishiga ham ro\u02bbza tutganning ajridek savob beriladi. Bu bilan ro\u02bbzadorning ajridan hech bir narsa kam bo\u02bblmas\u201d,<\/em>\u00a0dedilar (Imom Termiziy rivoyati). O\u02bbz navbatida, joylarda aholi tomonidan o\u02bbtkaziladigan iftorliklarni isrofsiz ixcham o\u02bbtkazib, zarur oziq-ovqat mahsulotlarini muhtoj oilalarga ulashish orqali ko\u02bbplab xonadonlarga quvonchu shodlik olib kirish katta savobli ish ekani keng targ\u02bbib qilinadi.<\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ijtimoiy ko\u02bbmakka muhtoj bo\u02bblgan kishilarga moddiy yordam ko\u02bbrsatish bilan birga ma\u02bcnaviy ko\u02bbmak berish, ularni imkoniyati doirasida biror kasbga yo\u02bbnaltirish ham ulkan savob. Bu borada Muhammad sollallohu alayhi vasallamning imkoniyati cheklangan sahobalarga qilgan tadbirlari va o\u02bbtgan azizlarning hayotlari bizga o\u02bbrnak va namuna. U zot Abdulloh ibn Ummu Maktum roziyallohu anhuni ko\u02bbzi ojiz bo\u02bblishiga qaramay muazzinlik vazifasiga qo\u02bbyganlar. Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam Muoz ibn Jabalni oqsoq bo\u02bblishiga qaramay, Yamanga qozi va hokim qilib yubordilar. Abdulloh ibn Mas\u02bcud roziyallohu anhu jismoniy imkoniyatlari biroz cheklangan bo\u02bblsa-da, asri saodatdayoq Qur\u02bcon va fiqhda ustoz bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Mashhur sahoba Abdurahmon ibn Avf roziyallohu anhu ham oqsoq edi. Shunga qaramay tijorat bilan shug\u02bbullanib, juda katta boylikka ega bo\u02bblgan. U zot barcha boyligini yordamga muhtoj insonlarga infoq-ehson qilgan. U zot topgan mol-davlatini xayrli va ezgu ishlarga sarf etib, islom tarixida o\u02bbchmas iz qoldirgan.<\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Katta tobeinlardan Muhammad ibn Sirin rahmatullohi alayh kar bo\u02bblgan. Buni ko\u02bbpchilik bilmaydi. Bu zot ham ilm va taqvoda o\u02bbz davrining yetuk ulamolaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, ibn Sirin hazratlari zamonasining eng katta tijoratchilaridan biri bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shuni ham aytib o\u02bbtish joizki, islomdagi ijtimoiy himoya faqat moddiyat bilan cheklanib qolmaydi, balki ijtimoiy va ruhiy qo\u02bbllab-quvvatlash bilan ham o\u02bbziga xosdir. Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:\u00a0<em>\u201cBirodaringning yuziga tabassum bilan boqishing ham sadaqa, yaxshilikka buyurishing ham sadaqa, yomonlikdan qaytarishing ham sadaqa, yo\u02bbldan adashgan kishini to\u02bbg\u02bbri yo\u02bblga solib yuborishing ham sadaqa, ko\u02bbzi ojiz kishiga yordam berishing ham sadaqa, yo\u02bblning yuzida yotgan toshni, tikanni, suyakni chetga olib qo\u02bbyishing ham sadaqa, chelagingdagi suvdan birodaringning chelagiga quyib berishing ham sadaqadir\u201d<\/em>\u00a0(Imom Termiziy rivoyati).<\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ramazon oyida qilingan sadaqa eng yaxshi sadaqadir. Shuning uchun ham kam ta\u02bcminlangan oilalarga Ramazon quvonchi va sururini olib kirish har birimiz uchun ham qarz, ham farzdir.<\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Alloh taolo ushbu oyni barchamizga muborak qilsin va ulug\u02bb savoblardan barchamizni bahramand aylasin!<\/span><\/p>\n<div dir=\"auto\" style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Shayx Nuriddin XOLIQNAZAR,<\/strong><\/span><\/div>\n<div dir=\"auto\" style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>O\u02bbzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bismillahir Rohmanir Rohim. Xalqimiz hayotida ma\u02bcnaviy poklik, mehr-oqibat, xayru saxovat fazilatlari sayqallanadigan muborak Ramazon oyining ahamiyati beqiyos. Yurtdoshlarimiz ushbu muborak oyni doim katta quvonch ila kutib oladi. Oila va mahallalarda o\u02bbzaro mehr-oqibatni mustahkamlash, yosh avlodni bilim-ma\u02bcrifat sohiblari etib tarbiyalash, ehtiyojmand insonlarga yordam ko\u02bbrsatish kabi savobli amallarni ixlos bilan ado etishga intiladi. Davlatimiz rahbarining 2024 yil &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":34445,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>Ramazon \u2014 mehr-muruvvat, xayru saxovat oyi - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"Ramazon \u2014 mehr-muruvvat, xayru saxovat oyi\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34449&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"Ramazon \u2014 mehr-muruvvat, xayru saxovat oyi - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Ramazon \u2014 mehr-muruvvat, xayru saxovat oyi\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34449&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2024-03-13T06:35:47+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/20240313_xalqsozi_lt.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"587\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"8 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34449&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34449&lang=oz\",\"name\":\"Ramazon \u2014 mehr-muruvvat, xayru saxovat oyi - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34449&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34449&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/20240313_xalqsozi_lt.jpg\",\"datePublished\":\"2024-03-13T06:35:47+00:00\",\"dateModified\":\"2024-03-13T06:35:47+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"Ramazon \u2014 mehr-muruvvat, xayru saxovat oyi\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34449&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34449&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34449&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/20240313_xalqsozi_lt.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/20240313_xalqsozi_lt.jpg\",\"width\":660,\"height\":587},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34449&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"Ramazon \u2014 mehr-muruvvat, xayru saxovat oyi\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"Ramazon \u2014 mehr-muruvvat, xayru saxovat oyi - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"Ramazon \u2014 mehr-muruvvat, xayru saxovat oyi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34449&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"Ramazon \u2014 mehr-muruvvat, xayru saxovat oyi - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Ramazon \u2014 mehr-muruvvat, xayru saxovat oyi","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34449&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2024-03-13T06:35:47+00:00","og_image":[{"width":660,"height":587,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/20240313_xalqsozi_lt.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"8 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34449&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34449&lang=oz","name":"Ramazon \u2014 mehr-muruvvat, xayru saxovat oyi - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34449&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34449&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/20240313_xalqsozi_lt.jpg","datePublished":"2024-03-13T06:35:47+00:00","dateModified":"2024-03-13T06:35:47+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"Ramazon \u2014 mehr-muruvvat, xayru saxovat oyi","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34449&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=34449&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34449&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/20240313_xalqsozi_lt.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/20240313_xalqsozi_lt.jpg","width":660,"height":587},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34449&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"Ramazon \u2014 mehr-muruvvat, xayru saxovat oyi"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/34449"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=34449"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/34449\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":34451,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/34449\/revisions\/34451"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/34445"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=34449"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=34449"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=34449"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}