{"id":34437,"date":"2024-03-13T10:07:11","date_gmt":"2024-03-13T05:07:11","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=34437"},"modified":"2024-03-15T11:19:37","modified_gmt":"2024-03-15T06:19:37","slug":"ramazon-oyi-fayzu-barakali-bo%ca%bblsin","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34437&lang=oz","title":{"rendered":"Ramazon oyi fayzu barakali bo\u02bblsin!"},"content":{"rendered":"<p data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"size-full wp-image-34438 aligncenter\" src=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/gazeta_yuz_lt_130324.jpg\" alt=\"\" width=\"660\" height=\"587\" srcset=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/gazeta_yuz_lt_130324.jpg 660w, https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/gazeta_yuz_lt_130324-300x267.jpg 300w\" sizes=\"(max-width: 660px) 100vw, 660px\" \/><\/p>\n<p class=\"rx-block-focus\" style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bismillahir rohmanir rohim. Xayru saxovat, mehr-oqibat, silai rahm mavsumi bo\u02bblmish Ramazon oyini ato qilgan Alloh taologa hamdu sanolarimiz bo\u02bblsin! Ramazonni chinakam yaxshilik oyi sifatida o\u02bbtkazishda ummatga namuna bo\u02bblgan suyukli payg\u02bbambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga salavotu salomlarimiz bo\u02bblsin!<\/span><\/p>\n<p class=\"\" style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Butun islom ummatini, xususan, aziz xalqimizni muborak Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz. Alloh taolo bu fazilatli ayyomni butun dunyo uchun tinchlik-osoyishtalik, farovon hayot va ikki dunyo saodatiga eltuvchi oy qilsin!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Alloh taolo Ramazon ro\u02bbzasi haqidagi oyati karimada bunday marhamat qiladi: \u201cEy iymon keltirganlar! Sizlardan avvalgilarga farz qilinganidek, sizlarga ham ro\u02bbza farz qilindi. Shoyadki taqvodor bo\u02bblsalaringiz\u201d (Baqara surasi, 183-oyat).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bu oyda har bir musulmonning odobu axloqi sayqallanadi. Taqvosi ziyoda bo\u02bbladi. Buning sababidan jamiyatda yaxshi kayfiyat, ahillik va birdamlik hukm suradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Hazrat payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam bu muborak oyni g\u02bbanimat bilishga chorlab, bunday deganlar: \u201cSizlarga Ramazon oyi keldi. U muborak oydir. Alloh sizlarga uning ro\u02bbzasini farz qildi. Unda jannat eshiklari ochiladi, do\u02bbzax eshiklari yopiladi, shaytonlar kishanlanadi. Unda ming oydan yaxshi kecha bor. Kim uning yaxshiligidan mahrum bo\u02bblsa, batahqiq, (barcha yaxshiliklardan) mahrum bo\u02bblibdi\u201d. (Imom Ahmad rivoyati).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Alloh taolo oylar ichida Ramazonni fazilatli qildi. Bu oyda Qur\u02bcon nozil bo\u02bblgan, ro\u02bbza tutish farz qilingan. Ro\u02bbza tanaga ham, ruhga ham fayzu quvvat bag\u02bbishlaydi. Ushbu oyda Allohga har qachongidanda yaqinlashish, ulug\u02bb ajru mukofotlarga sazovor bo\u02bblish imkoniyati ko\u02bbp.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bu oyda Yer yuzining turli tarafidagi musulmonlar mushtarak qarash va ezgu maqsad bilan birlashadi. Shubhasiz, Qur\u02bcon xatmi, taroveh va iftorliklar musulmonlarni yanada jipslashtiradi, mehr-oqibat, dinu diyonatni shakllantiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Tabaroniy Uboda ibn Somit roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisi sharifda: \u201cSizlarga baraka oyi \u2014 Ramazon keldi. Unda Alloh sizlarni behojat qiladi, rahmatini nozil qiladi, xatolarni o\u02bbchiradi, duolarni ijobat qiladi\u201d, deya marhamat qilinadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Davlatimiz rahbarining yaqinda e\u02bclon qilingan qarorida xalqimiz uchun ezgulik, birdamlik, olijanoblik va shukrona timsoli bo\u02bblgan qutlug\u02bb Ramazon oyini munosib kutib olish va yuqori saviyada o\u02bbtkazish, diniy-ma\u02bcrifiy, madaniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda ulug\u02bblash bo\u02bbyicha qator vazifalar belgilangani barcha yurtdoshlarimizni behad xursand qildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Alloh taologa shukr, yangi O\u02bbzbekistonda barcha soha qatori diniy-ma\u02bcrifiy jabhada ham salmoqli ishlar qilindi. Ayniqsa, masjid-madrasalar ko\u02bbpayayotgani, Qur\u02bconi karimni o\u02bbrgatish kurslari faoliyati, haj, umra qiluvchilar soni oshayotgani va allomalarga ehtirom ko\u02bbrsatilib, asarlari ona tilimizga tarjima qilinayotgani barchani mamnun etdi. Mir Arab madrasasining 500-yilligiga bag\u02bbishlangan anjuman ishtirokchilari \u2014 taniqli muftiylar, zabardast ulamolar va olim-professorlar mamlakatimizdagi tarixiy o\u02bbzgarishlarni yuqori baholadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Yurtimiz ulamolarining nufuzli islomiy tashkilotlarga a\u02bczo bo\u02bblishi diniy-ma\u02bcrifiy islohotlarning musulmon dunyosi tomonidan yuksak e\u02bctirof etilishi bo\u02bbldi. Bularning barchasi mamlakatimizda vijdon va e\u02bctiqod erkinligini ta\u02bcminlash, diniy-ma\u02bcnaviy, ilmiy-ma\u02bcrifiy, umuminsoniy qadriyatlarni e\u02bczozlash yo\u02bblidagi sa\u02bcy-harakatlarning yorqin ifodasidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ramazon oyida mehr-oqibat yanada ziyoda bo\u02bbladi. Shu sababli xalqimiz bu oyning barakasidan har bir uy bahramand bo\u02bblsin, mo\u02bbminlar qalbiga shodlik kirsin deb ko\u02bbproq xayr-saxovat qilishga, zakot berishga oshiqadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ayni kunlarda ijtimoiy himoya sohasida keng ko\u02bblamli ishlar boshlandi. Kam ta\u02bcminlangan oilalar, nogironligi borlar, yetimlarga yordam berish, kasb-hunar o\u02bbrgatish, ularni o\u02bbqitish va ishga joylashtirish borasida ham aniq va manzilli chora-tadbirlar ko\u02bbrilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Biz \u2014 ulamolar bu yil Ramazon oyini yurtimizda mehr-muruvvat, xayru saxovat mavsumiga aylantirishni o\u02bbzimizga shior qilib oldik. Toki qutlug\u02bb oyda har bir xonadon, har bir kishining qalbiga xursandlik kirib borsin. Shunda murodimiz hosil, Yaratgan bizdan rozi, xalqimiz har yili Ramazonni orziqib kutadigan bo\u02bbladi, inshaalloh.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Aziz xalqimiz, ayniqsa, saxovatli do\u02bbstu birodarlarimiz bu oyda imkon qadar xayriya ishlarini ko\u02bbpaytirsin, yurtimizda ehtiyojmand kishi qolmasin, har bir uyda shodlik, quvonch muhiti hukm sursin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Binobarin, insoniyatga ksak namuna bo\u02bblgan hazrat payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam bu oyda boshqa oylarga qaraganda saxiyroq bo\u02bblar edilar. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: \u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallam odamlarning eng saxiyi edilar. Ayniqsa, Ramazon oyida yanada saxiy bo\u02bblib ketar edilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yaxshilikda shiddat bilan esayotgan shamoldanda uchqur edilar\u201d (muttafaqun alayh).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shunday ekan, umid qilamizki, qo\u02bbli ochiq, saxovatpesha yurtdoshlarimiz nogironligi bor shaxslar, yolg\u02bbiz keksalar, boquvchisini yo\u02bbqotganlar hamda kam ta\u02bcminlangan oilalarga mehr-muruvvat qo\u02bblini cho\u02bbzadi, bemorlar holidan xabar olib, ko\u02bbngillarini ko\u02bbtarishda peshqadam bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bu yil 2 mingdan ziyod masjidda taroveh namozi ado etiladi. Shundan 1 ming 600 tasida Qur\u02bcon xatm qilinadi. Ramazon oyining 27 kuni davomida masjidlarda kalomullohning sahifalari bir xil adadda o\u02bbqiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Alloh nasib etsa, barcha masjidda Ramazon oyining yigirma yettinchi kechasi, ya\u02bcni Qadr kechasi kuni Qur\u02bcon xatmi yakunlanib, bir vaqtning o\u02bbzida bir necha million yurtdoshimiz Haq taologa duo qiladi. Mana shunday jamuljam iltijo ijobatidan yurtimiz yanada ravnaq topadi, hayotimiz farovon bo\u02bbladi. Yurtimizga ilohiy nur, baraka yog\u02bbiladi, inshaalloh.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Hadisi sharifda \u201cRo\u02bbzadorning duosi maqbuldir\u201d deyiladi. Shuning uchun ham bu qutlug\u02bb oyda chin qalbdan, astoydil dunyo va oxirat saodatini so\u02bbrab duo qilishimiz kerak. Alloh taolodan ushbu qutlug\u02bb oyda aziz xalqimizga mustahkam sog\u02bbliq, bitmas-tuganmas kuch-quvvat, oilaviy baxt-saodat va faoliyatida ulkan zafarlar yor bo\u02bblishini so\u02bbraymiz. Yaratganning O\u02bbzi yurtimizni turli balo va ofatlardan omon saqlasin. Parvardigori olam yurtimiz tinchligini barqaror, xalqimiz hayotini bundanda farovon, muborak Ramazondagi xayrli ishlarni yil bo\u02bbyi bardavom qilsin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Niyati pok, maqsadi ulug\u02bb xalqimizning, har bir mo\u02bbmin-musulmonning duo va iltijolari ro\u02bbyobga oshsin! Muborak Ramazon oyi bilan barcha mo\u02bbmin-musulmonlarni, aziz xalqimizni yana bir bor samimiy qutlaymiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Barchamizga fazilatli Ramazon oyi muborak bo\u02bblsin! Vassalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuhu.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Shayx Nuriddin XOLIQNAZAR,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>O\u02bbzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bismillahir rohmanir rohim. Xayru saxovat, mehr-oqibat, silai rahm mavsumi bo\u02bblmish Ramazon oyini ato qilgan Alloh taologa hamdu sanolarimiz bo\u02bblsin! Ramazonni chinakam yaxshilik oyi sifatida o\u02bbtkazishda ummatga namuna bo\u02bblgan suyukli payg\u02bbambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga salavotu salomlarimiz bo\u02bblsin! Butun islom ummatini, xususan, aziz xalqimizni muborak Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz. Alloh taolo &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":34438,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>Ramazon oyi fayzu barakali bo\u02bblsin! - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"Ramazon oyi fayzu barakali bo\u02bblsin\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34437&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"Ramazon oyi fayzu barakali bo\u02bblsin! - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Ramazon oyi fayzu barakali bo\u02bblsin\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34437&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2024-03-13T05:07:11+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2024-03-15T06:19:37+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/gazeta_yuz_lt_130324.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"587\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"4 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34437&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34437&lang=oz\",\"name\":\"Ramazon oyi fayzu barakali bo\u02bblsin! - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34437&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34437&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/gazeta_yuz_lt_130324.jpg\",\"datePublished\":\"2024-03-13T05:07:11+00:00\",\"dateModified\":\"2024-03-15T06:19:37+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"Ramazon oyi fayzu barakali bo\u02bblsin\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34437&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34437&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34437&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/gazeta_yuz_lt_130324.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/gazeta_yuz_lt_130324.jpg\",\"width\":660,\"height\":587},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34437&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"Ramazon oyi fayzu barakali bo\u02bblsin!\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"Ramazon oyi fayzu barakali bo\u02bblsin! - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"Ramazon oyi fayzu barakali bo\u02bblsin","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34437&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"Ramazon oyi fayzu barakali bo\u02bblsin! - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Ramazon oyi fayzu barakali bo\u02bblsin","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34437&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2024-03-13T05:07:11+00:00","article_modified_time":"2024-03-15T06:19:37+00:00","og_image":[{"width":660,"height":587,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/gazeta_yuz_lt_130324.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"4 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34437&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34437&lang=oz","name":"Ramazon oyi fayzu barakali bo\u02bblsin! - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34437&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34437&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/gazeta_yuz_lt_130324.jpg","datePublished":"2024-03-13T05:07:11+00:00","dateModified":"2024-03-15T06:19:37+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"Ramazon oyi fayzu barakali bo\u02bblsin","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34437&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=34437&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34437&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/gazeta_yuz_lt_130324.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/gazeta_yuz_lt_130324.jpg","width":660,"height":587},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=34437&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"Ramazon oyi fayzu barakali bo\u02bblsin!"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/34437"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=34437"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/34437\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":34440,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/34437\/revisions\/34440"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/34438"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=34437"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=34437"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=34437"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}